O„zbekiston respublikasi


Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari


Download 286.9 Kb.
bet18/29
Sana26.03.2020
Hajmi286.9 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29

Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari.


  • Axolining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari.

  • Loyiha va maxalliy madaniyat talablari

    10.4 Loyihalardan manfaatdorlikni ta‘minlash masalalari.


      1. Ijtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari.

    Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati katta. Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining maqsadli guruhi manfaati talablariga javob berishi yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil loyiha va u yo‗naltirilgan ijtimoiy guruhning o‗zaro muvofiq kelishini yaxshilash bo‗yicha tadbirlarni taklif etadi. SHuningdek, ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigats hamda jamoatchilik srikri va qarashlaridagi o‗zgarishlarni rag‗batlantirish yo‗li bilan loyiha maqsadlariga erishishni ta‘minlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi.

    Ijtimoiy tahlil qilinmagan loyiha mazmuniga uni ishlab chiqaruvchilarning madaniy qarashlari loyiha mo‗ljallangan kishilarning madaniy qarashlariga nisbatan ko‗proq ta‘sir ko‗r- satadi, Ijtimoiy tahlil loyiha tahlilishshg boshkd turlari bilan birga o‗tkazilishi kerak. Loyiha tahlilining boshka turlari singari ijtimoiy tahlil ham indentifikatsiya bosqichida boshlanib, loyiha davrining keyingi har bir bosqichida davom etishi kerak.

    Ijtimoiy tahlil to‗rt asosiy sohaga e‘tiborni jamlay-di. Bular:


    1. Loyihaga ta‘sir ko‗rsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy tavsifi, miqdoriy tavsifi va ijtimoiy tuzilmasibo‗yicha tahlil.

    2. Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidanishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, shu jumladan, oilalar, uy xo‗jaliklari t}tuzilmasi, ishchi kuchining mavjudliligi,erga egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalaritahlili.

    3. Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan ta-labga javob berishi, xususiy loyihaning mavjud ijtimoiy me‘yorlarga moslash}tvchanligi, kishilarning qarashlarida, o‗z ehtiyojlarini anglashlarida zarur o‗zgarishlar yasashga krbilligi.

    4. Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi manfaatdorligini ta‘minlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va tashkilotlarning loyihaning barcha bosqichlarida uzluksiz ishtirokini ta‘minlashdir.
      1. Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari.

    Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo‗naltiril-gan aholi guruhi, uning miqdori va tarkibini aniqlashdan ibo-rat.

    Loyiha yo‗naltirilgan aholining turmush tarzi ko‗pincha uni ishlab chiquvchi kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. SHu tufayli rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi jalb etilmasa, loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin. Mahal-liy sharoitlarni bilmaslik, bu to‗g‗rida bir guruh shaxslar, xusu-san, yo‗lboshchilarning intervyu yo‗li bilan olingan fikriga ko‗ra ish yuritish aholi ko‗pchilik tabaqalari qarashlarining e‘tibo-ridan chetda qolishiga olib keladi.

    SHahar hamda qishlok joylaridagi oilaviy xo‗jaliklar tarkibi to‗g‗risida to‗g‗ri tassavurga ega bo‗lish ham katta kuch talab etadi. SHahar joylari uchun mo‗ljallangan ayrim loyihalarda bu erlarda oila a‘zolari qishloq joylarida muhim rol o‗ynovchi ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash tizimidan butunlay aloqasini uzgan deb qaralgan. Aslida kam ta‘minlangan shahar oilasi tez o‗zgarib turuvchi ijtimoiy koalitsiya hisoblanadi. Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar o‗zgarishi ta‘sirida bu oila bolalari bir uy xo‗jali-gidan boshqasiga o‗tib turadilar, boshqa a‘zolari esa boyroq qarin- doshlarinikiga ko‗chib o‗tadilar. Bunday o‗zgarishlar oila a‘zola-ri sonining o‗zgarib turishiga moslasha oladigan uy-joy maydonini talab etadi.

    Ko‗pchilik shahar oilalari o‗z daromadlarining kattagina qismini karindoshlaridan yordam tariqasida oladilar. SHunday yo‗l bilan ijtimoiy himoya tizimi yaratiladi va minimal zarur iste‘mol darajasi ta‘minlab turiladi. Uy-joy qurilishi loyi-halashtirilganda bu jihatlar e‘tiborga olinishi kerak. Agar loyiha aholini ko‗chirishni ko‗zda tutsa, ularning ijtimoiy madaniyati va demografik xususiyatlarini e‘tiborga olishi zarur. Majburiy ko‗chirish o‗ziga xos ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. U ojizlik, begonalik tuyg‗ularini tug‗diradi hamda ijtimoiy birdamlik va guruh ishlab chiqarish potensiali pasayishiga olib keladi.

    Ko‗chirish dasturlari uy-joy bilan ta‘mishyush, tovon puli to‗lash, ishga joylashtirish tadbirlari bilan bir qatorda, kishilarga ularning turmush darajalari yaxshilanishini kafolatlashi kerak.

    Ko‗p hollarda loyiha ta‘sir ko‗rsatadigan aholi (ayniqsa, qishloq joylarida) resurslar va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda uyushgan bo‗ladilar. Bunda mulk huquqi va er hamda suvdan foydalanish huquqlari muhim ahamiyatga ega. Uyushmalarning boshqa bir tashkiliy elementi resurslarni birgalikda va individual boshqarish usullari, kapitalga ega bo‗lish xarakteri, ishchi kuchini mavsumiy taklif etish, mehnat taqsimoti, ragoatlantirish tizimi, mahalliy ishlab chiqarish uyushmalarining tiplari, savdo va hukumat muassasalari bilan o‗zaro munosabatlar hisoblanadi. Bir qancha kamchiliklarga ega bo‗lishiga qaramasdan bu tashkiliy elementlarni doimo hisobga olib borish kerak, chunki ular loyiha tuzish uchun asos bo‗ladi.

    Ko‗p sonli aholiga ta‘sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo‗lishi uchun ularning ko‗pchiligi loyiha maqsadini tushinishlari va uni qo‗llab-quvvatlashlari kerak. SHu tufayli loyhalarny ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyat-lar tizimini, urf- odatlar, an‘analar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur.

    Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo‗lgan loy-ihalar maqsadi mahalliy aholi uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko‗ra, ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Oqibatda loyihalar mahal-liy aholi tomonidan qo‗llab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual maqsadlari bilan bog‗lash yo‗llarini ko‗rsatib beradi.

    Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyatning o‗ziga xos xususiyatlari loyiha maqsadiga yoki umumiy maq-sadlarga erishishga ta‘sir ko‗rsatadi. Loyiha natijalari odamlarning loyiha va undan keladigan foyda o‗rtasidagi bog‗liqlik-ni qanchalik tushunishiga aloqador bo‗lgan yana bir soha sog‗liqni saqlash sohasidir.




      1. Download 286.9 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling