O„zbekiston respublikasi


modul. INSTITUTSIONAL TAHLIL R E J A


Download 286.9 Kb.
bet20/29
Sana26.03.2020
Hajmi286.9 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29

modul. INSTITUTSIONAL TAHLIL R E J A


    1. Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari.

    2. Loyiha ishtirokchilarining faoliyatidagi doimiy muammolar.

    3. Zaruriy institutlarni tashkil etishga ta‘sir etuvchi omillar.




    1. Institutsional tahlilning mohiyati va maqsadlari.

Loyiha natijalari ko‗p jixatdan tashkiliy tarkibni sifatiga bog‗liqdir. CHunki, davr talabiga javob beradigan kuchli boshqaruv tizimiga ega bo‗lgan tashkilotlarning malakali, qobiliyatli mutaxassislarigina loyihani samarali natijaga erishishni ta‘minlaydilar, aksincha, ya‘ni noqobil zaif boshqaruv tarkibiga ega. Tashkilot eng yaxshi loyihani ham samarasiz natija olishiga olib kelishi mumkin. SHu boisdan har bir loyiha institutsional tahlil qilinadiki, undan maqsad-loyihani tashkiliy, xuquqiy, siyosiy va ma‘muriy xolatlarini tahlil qilib, ular doirasida loyihalarni amalga oshirilishini va ishlatilishiga jalb qilingan tashkilotlarni tadbirlari to‗g‗risida tavsiyanomalar ishlab chiqarish hamda uni baholashdir. Bunda quyidagi masalalar bo‗yicha imkoniyatlarni o‗rganib zarur tavsiyalar beriladi:



  1. Menejmentning usul va uslublari;

  2. Tashkiliy tarkib va undagi o‗zgarishlar;

v) Rejalashtirish, shu jumladan investitsiyalarni joylashtirishni tartibga solish;

g) Xodimlarni tanlov asosida qabul qilish va o‗qitish;



  1. Molyaiviy faoliyatni boshqarish;

  2. Loyihalarni moddiy-texnika ta‘minoti;

j) Loyihani ishlatish va texnik xizmat ko‗rsatish tuzimi;

z) Tashkilotlararo muvofiqlashtirish;

i) Tarmoqlar munosabatidagi siyosat.

Xozirda mamlakatimizda davlat ixtiyorida bo‗lgan ko‗plab korxonalar davlat tasaruffidan chiqarilib turli mulkchilik shakllariga aylantirildi va bu jarayon yana davom etmoqda.

Mulkni egasini bo‗lishi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotni loyiha bo‗yicha barcha javobgarlikni o‗z zimmasiga olishni ta‘minlaydi. Bu o‗z navbatida respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarni samarasini ta‘minlaydi. CHunki mulkga egalik qilish xukuki, loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarning menejerlari loyiha maqsadini aniq tasavvur qilib unga erishish yo‗lidagi zarur qarorlarni o‗zlari mustaqil qabul qilish imkonini beradi. Binobarin ular loyihaga rahbarlik qilishda xususiy manfaatdorlikga ega bo‗ladilar.

Loyihani institutsional tahlili uchun amalda aniq sharoitlarga moslashuvchi andozaviy echimlar yo‗q. Ba‘zan iqtisodiy xolatlardagi noxush o‗zgarishlar tufayli belgilangan rejani bajarilishida o‗zgarishlar bo‗lishi mumkin.

Institutsional tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi:


  1. Loyihani amalga oshirilishi va ishlatilishi doirasida unga ko‗proq ta‘sir etadigan qonunlarni, tashkilotlarni, me‘yoriy xujjatlarni va siyosiy omillarni ko‗rib chiqish;

  2. Loyiha ishida qatnashuvchi tashkilotlarni zaif va kuchli tomonlarini, moddiy va mexnat resurslar nisbatini, texnik malakasini tashkiliy tarkibini, boshqaruv va ma‘muriy imkoniyatlarini, moliyaviy xolatlarini baholash;

v)Loyihani amalga oshirishi va ishlatilishiga qonunlarni, siyosatni va tavsiyanomalarni imkonli ta‘sirni, atrof muhitni himoyalashga munosabatni, ish xaqi, narxlarni, subsidiyalarni, tashqi savdo, valyuta kursi va boshqalarni baholash;

g)Loyiha ishida mavjud kamchiliklarni bartaraf etuvchi muqobil usullarni taklif etish;

d)Tavsiya qilinayotgan tashqiliy o‗zgarishlarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqishda texnik yordam ko‗rsatish va xokazolar.


    1. Loyiha ishtirokchilarining faoliyatidagi doimiy muammolar.

Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‗lmagan yangi institutlarni tashkil etish. Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir qator institutlar mavjud emas edi. Iqtisodiy islohotlar, shubhasiz, ishsizlik va boshqa ij-timoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boshka muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. SHu tufayli o‗tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratish bilan birga bormasa, amalga oshirib bo‗lmaydigan vazifaga aylanadi.

Institutsional muammolarni xarakterlash uchun ko‗pincha zarur echimlarni topishga halaqit beruvchi yuzaki atamalar qo‗llaniladi. Masalan, qiyinchilikka uchragan loyiha haqida, uning "rahbarlari zaif" deyilsa, loyiha muvaffaqiyatini 'loyihaning harakatchan menejeri" bilan bog‗lashadi. Moliya-viy faoliyatni nazorat qilishda yuzaga kelgan qiyinchilik-larni esa ko‗pincha buxgalteriyada personal kompyuterlarning yo‗qligi bilan izohlashadi, xodimlar va ma‘muriyatning qoni-qarsiz ishi esa, xodimlarda etarli malaka yo‗q, deb osongina izohlab qo‗yiladi.

Ammo bu ko‗rinib turgan kamchiliklarni tuzatish bo‗yicha taklif qilingan qarorlar ko‗pincha navbatdagi muammolar qat-lamini aniqlashning ancha qimmat turadigan yo‗lidir. Albatta, yaxshi menejer kerak. Lekin menejerlar aslida ishga layoqatli bo‗lsalaru bir-biriga zid

talablarga duch kelishsa hamda bu ziddiyatni echish vakolatiga ega bo‗lishmasa menejerlarni o‗zgartirishdek ko‗p vaqt talab qiluvchi va kimmat turuvchi, jarayon hech kanday ijobiy natija bermaydi. SHu singari hakiqiy muammo buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish emas, balki anik axborotning kelib turishi bo‗lsa, kompyuter o‗rna-tish bilan masala echilib krlmaydi.

Ko‗pgina davlatlarda vazirliklardagi byudjet hisob-kitoblarida personal kompyuterlarni qo‗llash nafaqat axbo-rotlarni kayta ishlash hajmlarini ko‗paytirish va tezligini oshirish tufayli, shuningdek, vazirliklar rahbarlariga axborot tizimining o‗zini o‗zgartirish imkonini bergani uchun ham muvaffaqiyatli bo‗ldi. Natijada hisobotlarni topshirish tartibi sodsalashdi va shu qadar tezlashdiki, topshirish muddatlari hafta va oylar o‗rniga kunlargacha qisqardi hamda turli xildagi va xajmdagi xarajatlar okibatini ancha aniqroq ba-holash tizimini o‗rnatishga erishildi.

Xuddi shuningdek, ayrim hollarda xodimlar malakasining etishmasligi ular qoniqarsiz ishlashining vazifalarini bel-gilash va stimullar tizimida aniqlik etishmasligi, xizmatda ko‗tarilish imkoniyatlari cheklanganligi kabi omillarga nisbatan ikvdnchi darajali sababi bo‗lishi mumkin. Bu omillarda o‗zgarish yasamasdan turib, xodimlarni o‗kitish borasidagi chora- tadbirlar kutilgan natijani bermaydi.

Qisqacha qilib aytganda, odatda, loyihalarni amalga oshi-rayotganda paydo bo‗ladigan ko‗pgina institutsional muammolar juda chuqur sabablarga ega. Bu sabablarni aniqlamasdan turib esa uzoq muddatli qarorlar kabul qilish qiyin. Sanab o‗tilgan qiyinchiliklardan ko‗pini xal etish o‗nlab yillarni talab qili-shi mumkin. CHunki ular chuqur iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va madaniy cheklanishlarni aks ettiradi. YAngi institutlar o‗z ja-miyatida ildiz otishi va o‗z madaniy muhitiga moslashishi kerak. Texnik va boshqaruv layoqati siyosatni samarali rejalashtirish, ishlarni dasturlash, moliya va kadrlarni boshqarish va hozirgi zamon tashkilotining boshqa muxdm vazifalarini bajarishni ta‘minlashi uchun asta-sekin yaxshilanib borishi kerak.




    1. Download 286.9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling