O„zbekiston respublikasi


Loyihani eksplutatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili


Download 286.9 Kb.
bet24/29
Sana26.03.2020
Hajmi286.9 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

Loyihani eksplutatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili.


Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni moliyaviy tahlilga uchta moliyaviy hisobotni tayyorlash, tahlil etish va prognoz qilish kiradi:

  • daromadlar(foyda va zararlar) hisoboti;

  • pul mablaglari tushumlari va chiqimlari hisoboti; balans hisoboti.

Bu hisobotlar loyihaning butun amalda bo‗ladigan davri yoki hech bo‗lmaganda uni ekspluatatsiya qilishning dastlabki bir necha yiliga tuziladi.

Ko‗rsatilgan moliyaviy hisobotlarni prognoz qilish ularning barcha komponentlarini chuqur tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning umumiy qabul qilingan qoidalarini bilishni talab etadi. SHu tufayli bu ishni taj-ribali buxgalter auditorlarga yoki moliyaviy tahlilchiga top-shirish kerak.

(Roydd sh zararlar hisoboti korxoia^shng ma‘lum davrdaga (chorak, yil) ishlab chigarshi faoliyatidap olgap daromadlartsh shu davrda-gi qilingan va daromad oligl bilai boklshch bo‗lgan xaral«1tlari o‗r-tasidagi nisbatni ko‗rsatadi. Bu hisobot yayuriy xo‗jalik faoliyati samaradorligi, loyihaning o‗z kapitalshsh oshirish zahiralarini ba-holshp uchun zar^r. Bu shaklning yana bir vazifasi turli soliq to‗lov-lari va dividendlar mikdorini aniklashdan iborat.
Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Loyihalarning moliyaviy tahlili nima maqsadda o‗tka-ziladi?

  2. Moliyaviy rentabellik tahlilining mohiyati nimada?

  3. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili qanday amalga oshi-riladi?

  4. Xarajatlarning qoplanishi tahliliga tavsif bering.

  5. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-viy tahlilida qo‗llaniladigan hisobot

shakllarini izohlabbering.

  1. Loyiha tahlili turlari bo‗yicha qo‗llaniladigan me-zonlarni tushuntirib bering.

  2. Moliyaviy tahlilda qo‗llaniladigan qaysi koeffitsi-entlarni bilasiz?

  3. Moliyaviy tahlilda aylanma mablag‗larga talab so‗mdava valyutada hisoblanishi sababi nimada?




      1. modul. IQTISODIY TAHLIL R E J A
    1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati va maqsadi.


    2. Iqtisodiy tahlil vazifalari. Loyiha maqsadlarini va tahlil chiziasini aniqlash.

    3. Iqtisodiy tahlilda yashirish baholar.

    4. Manfaatlar va xarajatlarni o‗lchash uslublari va muammolari

    5. Iste‘molchining qo‗shimcha daromadi.

    6. Loyihani tashqi samarasi.


    1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati va maqsadi.

Iqtisodiy tahlilning maqsadi bir qancha loyiha variyantlari ichidan eng kam xarajatlar qilib eng ko‗p foyda oluvchi loyiha aniqlashdir. Bunda loyihani umumjamiyat uchun qanchalik daromadli bo‗lishini, jamiyatlar va boshqalarga ta‘sirini xisobga olgan holda tahlil qiladi. SHuningdek loyihani amalga oshirilishi uchun resurslar ajratilishi jamiyat nuqtai- nazaridan qanchalik afzalligini tahlil etadi. Xulosa qilib aytganda iqtisodiy tahlil loyiha bilan bog‗liq barcha samaralarni asosini ko‗rib chiqishdan iborat bo‗lib, bunda:



  1. bozor bitimlarida aks ettirilgan iqtisodiy o‗zgaruvchilarni aniqlaydi.(masalan, uy narxi va uni joylashgan tumani, transportni qulayligi, shahar arxitekturasini zamonaviligi va boshqa mavjud uylar soni ularni o‗lchamlaridan tashqari tavsiflarini aks ettiradi);

  2. loyiha ustivorligi qatoriga pulga tegishli bo‗lmagan qiymatlarini ya‘ni, kishilarning xulq- atvori kabi belgilariga qarab baholaydi;

v) loyihani amalga oshirishda olinadigan daromadlarni uni xarajatlaridan yuqori yoki kam bo‗lishini batavsil tahlil etib bu xaqida qaror qabul qiladi.

Moliyaviy tahlil va iqtisodiy tahlillar bir-birini shunday ma‘noda to‗ldiradiki, moliyaviy tahlil loyihani aloxida ishtirokchilari tutgan o‗rnidan olib borsa, iqtisodiy tahlil esa to‗la jamiyatni tutgan o‗rnidan olib boradi.

Iqtisodiy tahlilda quyidagilar amalga oshiriladi:


  1. loyiha maqsadlarini aniqlash;

  2. loyihani baholanishini aniqlash;

v) loyiha natijalariga bo‗ladigan talabni bashorat qilish;

g) foyda va xarajatlarni o‗lchanishi;



  1. rentabellik ko‗rsatkichlarini baholash;

  2. sezgirlik va tavakkalchilikni tahlil qilish;

Iqtisodiy tahlilda loyihani muqobil variantlarini ko‗rib chiqish muhim qism xisoblanadi. Masalan, texnik muqqobilliklarda turli texnika va texnologiyalar son va sifat jihatidan bir xil natijaga (foydaga) ega bo‗lsa, unda tahlil investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlari eng kam

bo‗lgan variantini aniqlab berish kerak. Agar barcha variantlar uchun foyda va xarajatlar turlicha bo‗lsa, unda amaldagi variantlar orasidan eng ko‗p sof foyda keltiruvchi tanlab olinadi.

Loyihani iqtisodiy tahlili loyihani foyda va xarajatlarining resurslarini boshqacha ishlatilishidagi yuzaga keladigan foyda va xarajatlar bilan taqqoslaydi. Loyihalar resurslar bilan foydalanib mahsulot chiqaradi, loyiha bo‗lmaganda esa bu resurslar va mahsulotlarga egalik qilish begona iqtisodi uchun o‗zgaradi. Ko‗plab ishbilarmonlar investitsiyalar xaqidagi qarorlarni shu kabi oddiy usul bilan qabul qiladilar. Ko‗rib chiqilgan xolatda loyiha bo‗lmaganda investorlar o‗z mablag‗larini boshqa loyihalarga sarflash imkoniga ega bo‗ladi, agar loyiha mavjud bo‗lsa ular maskur loyihaga sarflaydilar. Bu bilan maskur loyihani amalga oshirish muayan turdagi mahsulotni ko‗plab ishlab chiqarilishi uning bozorida ko‗payishiga va narxini pasayishiga olib keladi, bu o‗z navbatida haridorlarning (iste‘molchilarni) ko‗shimcha daromadini paydo bo‗lishiga olib keladi.


Download 286.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling