O„zbekiston respublikasi


Download 286.9 Kb.
bet27/29
Sana26.03.2020
Hajmi286.9 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29

Loyihani tashqi samarasi.

Loyihani tashqi samarasiga loyiha tufayli milliy kadrlarni o‗qitish orqali olgan bilimlari, loyiha amal qiladigan xududda infrastrukturalarini rivojlanishi, qishloq joylarida madaniyat va ma‘rifatni rivojlanishi, yangi axoli punktlarini, yangi shaharchalarni paydo bo‗lishi kabilarni ko‗rsatish mumkin. Masalan, Asaka shaxrida bunyod etilgan OzDEU avto‖ qo‗shma korxonasi Ruspublikamizda, xususan Andijon viloyatida xalq xo‗jaligini yangi yo‗nalishi bo‗lgan avtomabilsozlik bo‗yicha minglab milliy kadrlarni xorijiy mamlakatlarda, jumladan Janubiy Koreyada o‗qitib zamonaviy kasb egasi bo‗lishiga olib keldi. Endi bular xozirda murakkab texnika texnologiyalarni boshqarib, jaxon andozasidagi O‗zbekistonning o‗z engil avtomobillarini chiqarishmoqda. Bular «O‗zDEU avto» loyihasining tashqi samarasi bo‗lib, endi ular mamlakatimizning milliy boyligidir.

Loyiha tufayli tashqi samaradan tashkari tashqi xarajatlar ham yuzaga keladi. Ularga misol qilib atrof muhitni ifloslanishi, suvni ko‗p foydalanishi sababli daryolarni sayozlanishi va suv zaxiralarini kamayishi, sug‗orish tizimini kishilar va er osti suv satxiga salbiy ta‘siri, muayyan xududda xalqni ko‗payishi va boshqalarni ko‗rsatish mumkin. Masalan, Markaziy Farg‗onadagi, Mirzacho‗ldagi, Qarshi cho‗llaridagi erlarni qishloq xo‗jaligi maqsadida o‗zlashtirilishi u erdagi o‗simlik va xayvonot dunyosiga ma‘lum darajadi salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu erlarni samarasiz uslublarda sug‗orish oqibatida qayta shurlanish tufayli minglab gektar erlar qishloq xo‗jaligida foydalanishdan chiqib qolmoqda, buni eng katta salbiy oqibati orol dengizidagi suv balansini bo‗zilishiga olib keladi. YAna bir misol, Farg‗ona vodiysida qishloq xo‗jaligini rivojlantirish maqsadida Andijon suv ombori 1977 yili qurib bitkazildi. To‗g‗ri bu loyiha vodiyda yangi erlar o‗zlashtirish va qishloq xo‗jaligi uchun suv ta‘minotini to‗la qondirish imkonini berdi. Biroq bu loyiha suv omborga yaqin joylashgan tuman xo‗jaliklarida er osti suvi satxini ko‗tarilishiga sabab bo‗ldi. Bu salbiy oqibatni bartaraf etish yangi koolektir, brinajlar ko‗rish uchun ko‗shimcha xarajatlar qilishni talab etmoqda.

Loyihani tashqi samarasini ko‗p xollarda aniqlash va o‗lchash mushkil xisoblanadi, biroq uni aniqlashga hamma vaqt harakat qilmog‗i kerak. Agar loyihani tashqi samarasini miqdor jihatdan o‗lchashni iloji bo‗lmasa, unda ular sifat jihatidan muloxaza qilinmog‗i zarur. SHundan so‗ngina, loyiha iqtisodiy naqtai-nazardan makolani amalga oshirish yoki qayta ishlash bo‗yicha qaror qabul qilinmogi lozim.

Bozor iqtisodiyoti mulkchilikni turli shakllarini payda bo‗lishiga olib keldi. Bu o‗z navbatida xalq iste‘mol tovarlarin va xizmatlarini turli mulkchilikdagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar tomonidan yaratilishini hamda amalga oshirilishini ta‘minladi. Binobarin, tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar o‗rtasida raqobatdoshlik mahsulot hajmi hamda xizmat to‗rini ko‗paytirish, uni sifatini yaxshilashga olib kelmoqda. SHunga qaramasdan shunday tovar va xizmatlar borki, ularni jamoa bo‗lib ishlab chiqarish yuqori samarani beradi. Xuddi shu ishlab chiqarish soxasida jamiyat va jamoa tovarlari bo‗yicha davlat ularni manfaati yo‗lida iqtisodiy faoliyat olib borishi mumkin. Albatta bu, davlat nuqtai-nazaridan qaralganda mamlakatning umumiy manfaatlari uchun o‗ta muhim bo‗lgan soxalarida yaqqol namoyon bo‗ladi. Masalan, Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy mustakilligini ta‘minlash uchun amalga oshirilaytgan qator dasturlar: don mustaqilligi, energetika mustaqilligi, axolini ichimlik suvi va gaz bilan ta‘minlash, milliy kadrlarni tayyorlash kabi dasturlarni amalga oshirishda davlatni roli muhim ahamiyat kasb etadi.

Xozirga kunda respublikamizdagi barcha turdagi mulkchilikda faoliyat ko‗rsatayotgan tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar davlat tomonidan muxofaza etilib ularni faoliyati qo‗llab-quvvatlanmoqda. Buning uchun zarur konunlar, qarorlar va me‘yoriy xujjatlar qabul qilingan.

Xulosa qilib aytganimizda loyihani iqtisodiy tahlili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshishida katta ahamiyatga egadir. CHunki ko‗p loyihalar o‗z xomiylari tomonidan keladigan foydalarni sun‘iy oshirib, xarajatlarni pasaytirib oldinga suriladi. Bu kabi takliflarga qarshi turish va uni oldini olishda eng yaxshi qurol loyihalarni tizimli iqtisodiy baholashdir. SHundagina biz yosh mutaqil respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko‗tarilishiga va o‗z mahsulotlari hamda xizmatlari bilan jaxon bozorida munosib, mustahkam o‗rin egallashini ta‘minlashga erishamiz.
Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Iqtisodiy tahlil vazifalarini tushuntirib bering.

  2. Iktisodiy tahlilning maksadi va moliyaviy tahlildanfarqi nimada?

  3. YAshirin baholar nima? Iqtisodiy tahlilda nima uchunyashirin baholardan foydalaniladi?

  4. Manfaat va xarajatlarni o‗lchash muammolariga izohbering.

  5. Iste‘mol tejami nima?

  6. Tashqi samara, jumladan, xalqaro samaraning mohiyatinimada?

      1. Download 286.9 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling