O„zbekiston respublikasi


Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati


Download 286.9 Kb.
bet3/29
Sana26.03.2020
Hajmi286.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati.

Investitsiya siyosati har qanday davlatning iqti-sodiy rivojlanishi va unda ishlab chiqarishni ken-gaytirishning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir. SHunday ekan, milliy iqgisodiyotni har tomonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgizish-ni talab qiladi. Bu, o‗z navbatida, respublikada chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirishni ta‘minlay-di. Milliy iqgisodiyot sohalariga tashqi va ichki in-vestitsiyalar oqimini faollashtirish iqtisodiy yuk-salishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil hisoblanadi.

Har qanday korxona o‗z faoliyatini boshlashi, kengayti-rishi va yangilashi uchun investitsiyalarga zarurat sezadi. In-vestitsiyalar korxonalarni rivojlantirish, mamlakatda iqti- sodiy o‗sishni ta‘minlashning bosh omillaridan biridir. In-vestitsiyalar deganda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlayotgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, ish-lab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda ( atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy kabi) boshka yakuniy nati-jalarga erishish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tad-birga (loyiha)larga sarflanadigan mablag‗ tushuniladi. In-vestitsiyalar o‗z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy sa-maraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablarlari, shuningdek, maqsadli bank omonatlari, paylar, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qogozlar, tex-nologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boshqa mulk va mulk huquqlarini hamda intelektual boyliklarni oladi.

Demak, investitsiya tushunchasi «Investitsiya faoliyati to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunida ta‘rif berilga-nidek, iqtisodiy yoki boshqa faoliyat ob‘ektiga sarf qilina- digan moddiy va nomoddiy ne‘matlar va ularni tasarruf qilish huquqini ifodalaydi. Moliyaviy mohiyatiga ko‗ra, investitsiya-lar daromad olish maqsadida xo‗jalik faoliyatiga sarflana-digan barcha turdagi aktiv (vosita)lardir.

Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra, investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni yaratish, kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirish uchun qilinadigan xarajat-lardir.

Tijorat amaliyotida investitsiyalarning quiidagi uch shakli o‗zaro farqlanadi:



  • fizik aktivlarga qilingan investitsiyalar;

  • pul aktivlariga qilingan investitsiyalar;

  • nomoddiy aktivlarga qilingan investitsiyalar.Fizik aktivlar deganda asosiy ishlab chiqarish vositalari ya‘ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‗lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi.

Pul aktivlari deganda boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‗larini olish huquqi, masalan, bankdagi de-pozitlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar anglashiladi.

Nomoddiy aktivlar — xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziya-lar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasi-da firma ega bo‗ladigan boyliklardir.

Qimmatbaho qogozlarga qilinadigan investitsiyalar por-tfel investitsiyalari, fizik aktivlariga qilinadigan inves-titsiyalar esa real investitsiyalar, deb ataladi.

Investitsiyalarning har ikki turi ham korxonalar barqa-ror ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Portfelli investitsi-yalar muammolari moliyaviy menejment sohasida chuqur o‗rga-nilishini ta‘kidlagan holda, bu o‗quv qo‗llanmamizda ko‗proq real aktivlarga qilinadigan investitsiyalarga to‗xtalamiz.

Real aktivlarga qilinayotgan investiyalarni tayerlash va tahlil qilish asosan firmaning maqsadlariga, ya‘ni investi-siya yordamida firma nimaga erishmoqchiligiga bogliq. TTTu nuqtai nazardan investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajra-tish mumkin:


  1. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad usku-nalarini almashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko‗chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sha-roit yaratishdan iborat.

  2. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quv-vatlar xdsobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

  3. YAngi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchunqilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgariishlab chiqarilmagan tovarlar va ko‗rsatilmagan xizmatlarturlarini vujudga keltirish yoki ilgari ishlab chiqarilgantovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.

  4. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishuchun qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsu-lot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavak-kalchilik darajasi har xil bo‗lishi asos qilib olingan.

YUqorida keltirilganlardan birinchi va to‗rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikki-'tasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma‘lum bo‗lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. SHu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkal xavfi eng yuqori bo‗lgan investitsiyalardir.

Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiya-larda tavakkal xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan inves-titsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon kabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamayti-rishni ko‗zda tutgani uchun ham, ularda tavakkal xavfi daraja-si ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past bo‗ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari ta- lablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavak-kal xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi.

Investitsiyalar, shuningdek, manbalariga ko‗ra, ichki va ta-shqi investitsiyalarga bo‗linadi. Ichki investitsiyalar manbala-ri davlat byudjeti, korxonalar va aholi mablag‗lari, bank kre-ditlari hamda nobyudjet jamgarmalari mablag‗lari, tashqi investitsiyalar manbalari So‗lib, xorijiy davlatlar va firma-larning, iuuningdek, xalqaro mgliya tashkilotlarining maolag‗-lari hiso- blanadi. Investitsiyalarni manbalariga ko‗ra bunday. Guruhlash ularning manbalari bo‗yicha tuzilishini xam oelgi-lash imkonini -beradi. Iqtisodiy-tahlil maqsadlarida va ama-liyotda investysiyalarning manoalariga ko‗ra tuzilishi bilan birga ularning tarmoq tuzilishi, hududiy tuzilishi, mulkchilik shakllariga ko‗ra tuzilishi, takror ishlao chiqarrsh tuzilishi va texnologik tuzilishi farqlanadi.

Investitsiyalarning tarmoq (hududiy) tuzilishi alohida tarmoq (hudud)ning ma‘lum davrda kilingan investitsiya sar-flaridagi ulushini ko‗rsatsa, mulkchilik shakllariga ko‗ra tu-zilishi jami investitsiyalar manbai va sarfidagi davlat va nodavlat mulki ob‘ektlarining hissasini ko‗rsatadi. Takror ishlab chiqarish tuzilishi yangi qurilish, ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirish maqsadlarida sarflangan investitsiyalarning jami investi-siyalardagi ulushi ko‗rinishida aniklanadi.

Investitsiyalarning texnologik tuzilishi qurilish-mon-taj ishlari, uskuna va inventarlar hamda boshka xarajatlar (loyiha-kidiruv ishlari, boshkaruv xarajatlari va h.k.)ga qilingan xarajatlarning jami investitsiya xarajatlaridagi ulushini ko‗rsatadi.

Investitsiyalar tuzilishini tashkil etish, ularning sama-radorligini oshirish ko‗p jihatdan mamlakatda amalga oshi-rilayotgan investitsiya siyosatiga borliq.





    1. Download 286.9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling