O‘zbeкiston respubliкasi


Download 0.83 Mb.
bet3/276
Sana24.11.2022
Hajmi0.83 Mb.
#930010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
Bog'liq
2 5230967263959453101
if, 1 (1), 555, 10-мавзу (1), buxgalteriya hisobi schyotlar, PF-60 28.01.2022, QARZ MABLAG’LAR-WPS Office, Homework, 5-6-7-8-sinf diktant, 3-lab, amaliyot4(1), 2-Мавзу(1), amaliyot7, 1-Мавзу, 4 amal
Hamid Ne’matov,
filologiya fanlari doktori, professor


O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH VA NOMLANISH TARIXIDAN. O‘ZBEK TILI TARIXINI DAVRLASHTIRISH


Tayanch tushunchalar:
o‘zbek xalqining shakllanishi, o‘zbek etnonimi, turkiy xalq, turk so‘zi, sort atamasi, o‘zbek so‘zi, chig‘atoy tili, adabiy til, milliy til, «Qutadg‘u bilig», «Devonu lug‘oti-t- turk», o‘zbek tili tarixi, o‘zbek tili taraqqiyot bosqichlari


1-§. O‘zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixidan. Har qanday xalqning shakllanish va nomlanish tarixi juda chigal masala, u ko‘pincha har xil bahs-u munozaraga sabab bo‘ladi. Barcha xalq tarixini o‘rganishda bo‘lgan bu murakkablik o‘zbek xalqi tarixiga ham oid. Chunki har bir xalq o‘z shakllanish tarixida boshqa turli-tuman xalq, til, madaniyat bilan uzoq-yaqin munosabatda bo‘ladi, elat, xalq, millat darajasiga ko‘tarilguncha uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Biror xalq yoki millat, shubhasiz, o‘zaro til, madaniyat, mintaqa jihatidan yaqin bo‘lgan qavm-u qabilalarning birlashishi, oralaridagi farqning asta-sekin yo‘qola borishi, ularning til, madaniyat (jumladan, rasm-rusum, odat, adabiyot, san’at v.h.), mintaqa, iqtisodiy va ijtimoiy munosabat asosida yaqinlashishi zaminida shakllanadi. Xalqning, millatning shakllanishida ishtirok etgan qavm-u qabila, har xil katta-kichik etnik uyushma o‘z davrida har xil nom bilan atalib kelgan. Shuning uchun ayni bir xalq turli davrda turli nomlangan. Istagan xalq yoki millatning hozirgi nomidan ko‘ra uning etnik jihatdan shakllanishi ancha qadimiy. Bu hodisani hozirgi rus, ingliz, nemis, fransuz kabi xalqlar tarixida ham ko‘rish mumkin. O‘zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixi masalasi ham xuddi shunday. Millat sifatida mavjud nom – o‘zbek etnonimini xalqimiz rasmiy ravishda XX asrning boshlarida olgan bo‘lsa-da, hozirgi O‘zbekiston hududida o‘zbek millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib taqaladi. Shoir Erkin Vohidov:
Tarixingdur ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim
deb yozganida mubolag‘a yo‘q – o‘zbek xalqi asosining O‘zbekiston (va unga yaqin) hududlarda shakllanishi IX va undan oldingi asrlarga mansub. Buning yorqin dalili ushbu davr yozma yodgorliklarida qayd etilgan toponim (joy nomlari) va antroponimlar (kishi nomlari)dir. Jumladan, O‘zbekistonda budun tarkibiy qismiga ega bo‘lgan toponimlarni ko‘plab uchratish mumkin: Shirbudun, Qusbudun, Quzbudun. Bu toponim tarkibidagi budun so‘zi qadimgi turkiy tilda, X–XI asrlarda, «xalq, el, ulus» ma’nosida juda keng qo‘llangan. Demak, Shirbudun – shir xalqi, shir elati ma’nosini anglatadi. Shir, sir, chir nomi bilan esa qadimgi turkiy xalqlardan biri nomlangan. Sir budun – «sir xalqi», «sir qavmi» ma’nosida Кultagin yodgorligida (732-yil) keng qo‘llaniladi. Demak, Buxoro shahridan 5 km sharqda joylashgan va Buxoro amirlarining istirohatgohlaridan biri bo‘lgan Shirbudun qishlog‘i nomi tarkibida saqlangan budun so‘zi bu toponimning shu so‘z qo‘llanilgan davrga (ya’ni X–XI asrlarga) mansubligidan, shu vaqtlarda Buxoroning qoq markazida butun boshli bir maskanda turkiy xalqlarga mansub shir (sir, chir) qavmi muqim bo‘lganligidan dalolat beradi. Chunki ko‘p hollarda qishloq shu qishloqda yashagan aholi – urug‘ (qavm, elat) nomi bilan atalib kelgan. Chunonchi, Mang‘it, Qipchoq, Qarluq, Jaloyir, Sayot, Olot, Arabon, Arabxona, O‘zbekon, O‘g‘uzrabot v.h. Shirbudun tarkibidagi shir, sir, chir qismini Sirdaryo va Chirchiq gidronimida ham ko‘rish mumkin. Chirchiq atamasi VII asr obidalarida ham, Chir suyi, Chir suvi shaklida undan keyingi davrlarda ham qo‘llangan. Budun va sir-shir-chir tarkibiy qismiga ega bo‘lgan onomastik leksikani butun O‘zbekiston hududidan topish mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‘zbekiston hududida qadim zamondan beri muqim bo‘lib kelgan. Manbalarning xabar berishicha, bu mintaqada V–VI asrlarda hukmronlik qilgan eftalitlar turkiy xalqlarga mansub bo‘lgan. O‘zbekiston hududida qadim davrlardan boshlab turkiy va eroniy xalqlar (hozirgi kundagidek) yonma-yon va ahil yashab kelishgan. O‘zbek xalqining tarixiy ildizi ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin bu asosni faqat o‘zbek xalqiga nisbat berish mumkin emas. Turkiy-eroniy qorishma – Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning uchun bevosita o‘zbek xalqi, hozirgi o‘zbek millati asosini O‘zbekiston hududida turkiy xalqlarning qarluq toifasiga mansub bo‘lgan Ilikxon (Qoraxoniylar) davlatining o‘rnatilishi, bu davlatda rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Кoshg‘ariy ta’biricha, «turkiy xoqoniy»ning ommalashish davrida ko‘rish mumkin. Mahmud Кoshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida turkiy xoqoniy tilining berilgan leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning qariyb 15000 misralik «Qutadg‘u bilig» asari til xususiyati bilan qiyoslash Mahmud Кoshg‘ariyning «turkiy xoqoniy»i, Xos Hojibning «turkcha»si va Ahmad Yugnakiyning «turkiy»si ayni bir til ekanligini ko‘rsatadi. Bu til – Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Xo‘jandiyning «Latofatnoma» asarlarida o‘z aksini topgan, Sayfi Saroyi, Yusuf Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlarida sayqallangan, Alisher Navoiy asarlarida kamolot bosqichiga ko‘tarilgan eski o‘zbek tilining ilk taraqqiyot bosqichi. Shuning uchun Mahmud Кoshg‘ariy Qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) deb atagan, ularni shu mintaqada yashayotgan o‘g‘uz, turkman va uyg‘urlardan farqlagan. Qarluq toifasiga mansub bo‘lgan xalq hozirgi o‘zbek millatining asosini tashkil etgan va IX asrlardan boshlab etnik asos turk, turklar, til esa turkiy deb nomlangan deb ayta olamiz. Til xususiyati shundan dalolat berib turibdi. IX–XVI asrlarda bu turklar o‘zlari bilan yondosh yashagan o‘g‘uz, uyg‘ur qavmini, IX asrdan boshlab boy va obod, yuksak madaniyatli o‘lkaga ko‘plab ko‘chib kelgan va o‘troqlashgan arablarni, XI–XIV asrlarda Chingiz, Botu, Chig‘atoy, Jo‘ji kabi mo‘g‘ul sarkardalari qo‘shini tarkibida kelgan har xil mo‘g‘ul va o‘sha davr janubiy Sharqiy Sibir, Shimoliy Xitoy (Mochin), hozirgi Mo‘g‘uliston, Oltoy mintaqalarida yashagan qirg‘iz va uyg‘ur toifalariga mansub turkiy urug‘ va qavmlarni, XIV–XV asrlarda eronzamin, arabzamin, Rum (Sharqiy Rim imperiyasi, Vizantiya – hozirgi Turkiyaning Anadolusi), Кavkaz, Volgabo‘yi o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan turkiy va noturkiy elatlar vakillarini o‘z tarkibiga singdirib, o‘zi ham, tili ham shu nom bilan atalib keldi. Alisher Navoiy ham bu xalq va tilni shu nom bilan – turklar va turkiy deb ataydi hamda u turli qavm va urug‘larga bo‘linishidan qat’i nazar, til (jumladan, adabiy) va madaniyat jihatdan bir deb bilib, g‘urur bilan:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling