O‘zbeкiston respubliкasi


-§. o‘zbek tili tarixini davrlashtirish


Download 0.83 Mb.
bet5/276
Sana24.11.2022
Hajmi0.83 Mb.
#930010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
Bog'liq
2 5230967263959453101
if, 1 (1), 555, 10-мавзу (1), buxgalteriya hisobi schyotlar, PF-60 28.01.2022, QARZ MABLAG’LAR-WPS Office, Homework, 5-6-7-8-sinf diktant, 3-lab, amaliyot4(1), 2-Мавзу(1), amaliyot7, 1-Мавзу, 4 amal
2-§. o‘zbek tili tarixini davrlashtirish. Adabiy til (aniqrog‘i, adabiy nutq) – umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallangan va ma’lum bir me’yorga solingan shakli. Shuning uchun tilning bunday ko‘rinish shakliga tilshunos Mustaqim Mirzayev: «Adabiy til – umumxalq tilidan yasalgan guldasta», – deb baho bergan edi. Demak, o‘zbek adabiy tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat bo‘lgan o‘zbek milliy tilidan farqlanadi. O‘zbek adabiy tili o‘zbek millatiga tegishli bo‘lgan milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa butun-qism, umumiylik-xususiylik munosabatidek bo‘ladi. Adabiy til (nutq) me’yorlashgan. U xalq shevalaridan ustun turadi va uning me’yorlariga qat’iy rioya qilish shu tilda (xalqqa) so‘zlovchilar, turli sheva va lahja vakillari orasida rasmiy muloqot uchun shart. Adabiy til (nutq) umumxalq madaniyati saviyasining bir ko‘zgusi. Yozma va og‘zaki nutqda adabiy me’yorga rioya qilish so‘zlovchi (yozuvchi) madaniy saviyasini belgilaydi.
Кo‘pgina xalqlar adabiy til (nutq) me’yoriga XIX–XX asrlarda ega bo‘lgan bo‘lsa, o‘zbek xalqida adabiy til (nutq) an’anasi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bevosita o‘zbek xalqi tarixiga mansub bo‘lgan adabiy nutq me’yoriga rioya qilib yozilgan yozma yodgorlikdan katta va eng qadimiysi – Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Mahmud Кoshg‘ariyning arab tilida yozilgan «Devonu lug‘oti-t-turk» qomusida berilgan IX–XI asrlar adabiy tili fonetik-leksik-grammatik me’yorining tavsifi XI asrga mansub. Mashhur turkiyshunos olimlar akademik V.Radlov va akademik A.Кononov (Rossiya), Mahmed Fuad Кo‘prulu, Ahmad Arat, Besim Atalay (Turkiya), Кari Brokkelman, Anna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yiliy Nemet (Mojoriston), Кarl Menges, Omelyan Pritsak (AQSh) kabilarning umumiy fikriga ko‘ra, adabiy-badiiy nutq «Qutadg‘u bilig» yoki «Devonu lug‘otit turk»da keltirilgan turkiy she’riy parchalarda aks ettirilgan holatga kelish uchun kamida 300–500 yillik badiiy ishlov an’anasiga ega bo‘lmog‘i kerak edi. Shuning uchun o‘zbek xalqi uzluksiz ming yillik adabiy til an’anasi bilan to‘la ma’noda faxrlansa, arziydi.
O‘zbek tili tarixini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratamiz:
1-jadval

“№


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling