О’zbekiston respublikasi


Download 234 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi234 Kb.
#1116006
Bog'liq
Korrupsiya boyicha




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI
XORAZM VILOYATI BOSHQARMASI
220100, Urganch sh, A.Qodiriy,7, Tel:(99862)223-10-32
www.pfru.uz el.pochta: horezm-pensiya@URGPF.pf.mf.uz




O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg'armasi
Ijro etuvchi apparatiga
Ijro etuvchi apparatning 19-avgustdagi topshiriq xatiga asosan, Xorazm viloyati boshqarmasi va barcha tuman (shahar) bo‘limlarida quyidagi ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz.
Hududiy boshqarma va barcha tuman (shahar) bo‘limlaridagi korrupsiyaga eng ko’p moyil bo’lgan lavozumlar va xodimlar ro’yxati shakllantirildi. (Ro’yxat ilova qilinadi)
Shuningdek, pensiya tayinlash (qayta hisoblash) va to’lash yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarni xizmat xonalarida boshqa xodimlarning ish o’rnida bo’lgan vaqtda qabul qilish tizimi joriy qilindi. Bunda, xizmat xonasining xajmini inobatga olgan xolda 2-8 nafar xodim bir xizmat xonasiga joylashtirilib, kuzatuv kameralarini o’rnatish chorasi ko’rilmoqda.
Fuqarolar tomonidan, korrupsiya va xodimlarning hatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan taqdirda, ushbu murojaatni shaxsan boshqarma boshlig’i yoki unng o’rinbosari ko’rib chiqishi belgilandi. Agar ushbu mazmunda murojaat kelib tushgan (murojaat ko’rsatilgan holatlar o’z isbotini topmasaham) taqdirda, jazosi qattiq bo’lishi bo’yicha barcha xodimlar yana bir bor ogohlantirildi.
Hududiy boshqarma va barcha tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari bilan tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari bo’yicha korrupsiyaga qarshi shartlarning kiritish yuzasidan qo’shimcha kelishuvlar tuzildi.
Boshqarma va barcha tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining ish stolida oila a’zolarining suratlarini qo’yish (suratlarda “Oilangiz sizni kutyapti”, “Sog’-salomat keling otajon/onajon”, “Sizni kutyapmiz otajon/onajon” so’zlarini yozgan holda) ta’minlandi.


Boshqarma boshlig'i: M.Sariyev
Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling