O‘zbekiston respublikasi


Download 365.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.08.2020
Hajmi365.34 Kb.
  1   2   3   4   5

- 2 - 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM  VAZIRLIGI 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI  

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 

HOZIRGI ZAMON  O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 

«Qutlug‘ qon» asarida xarakterlar ruhiyati tasviri

 mavzusida



 

BITIRUV  MALAKAVIY ISH 

     


                 Bajaruvchi:                Bozorov K. 

              Ilmiy rahbar:               

 

f.f.n. Qobilov U. 

           

 


- 3 - 

 

REJA: 



I. Kirish. 

II. Asosiy qism: 

I BOB  Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi.  

1.1.  Adib romanlari badiiyatiga bir nazar. 

1.2.  Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari. 

1.3.  «Qutlug‘ qon» asari va istiqlol adabiyotshunosligi. 



II BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili.  

2.1. Asar mazmuni va obrazlar tizimi. 

2.2. Asarda xotin-qizlar ruhiyati talqini. 

III  BOB  «Qutlug‘ qon» asarida xarakterlar ruhiyati tasviri.  

3.1.  Asar qahramonlari ruhiyatidagi o‘zgarishlar tasviri. 

3.2.  Roman strukturasi va badiiy xarakterlar ruhiyati 

3.3.  Asarda epizodik obrazlari ruhiy dunyosi tasviri va asar badiiy 

qimmati. 

III. Xulosa. 

IV. Adabiyotlar ro‘yxati. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 


- 4 - 

 

Mavzuning dolzarbligi.  Mustaqillik tufayli ijtimoiy hayotning barcha 

jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa ma’naviyat sohasida misli 

ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Uzoq tarix va boy ana’nalarga ega bo‘lgan 

ma’daniy merosimiz o‘z tabiiy sarchashmalari asosida o‘rganilishga barcha 

imkoniyatlar yaratildi. Xalq og‘zaki ijodi, uzoq asrlik mumtoz adabiyotimiz va 

jahon adabiyoti durdonalari bilan erkin tanishish natijasida adabiy jarayonda katta 

yuksalishlar yuzaga keldi. Tarixiy tajribalardan foydalanish, jahon erishgan 

adabiy-estetik tuyg‘ularni o‘zlashtirish, yangi davr, xususan, mustaqillik davri 

adabiy jarayonining asosiy fonemenini belgilab berishga xizmat etdi. Ijod 

olamidagi  an’analar, tajribalar va yutuqlar keyingi davrlar o‘zbek adabiyotining 

erkin taraqqiy etishiga poydevor bo‘lib xizmat etdi.  

 

Ma’lumki, ma’naviyat, axloq, estetik tuyg‘uni shakllantirishda 



adabiyotchalik xizmat etadigan vositaning o‘zi yo‘q desak xato qilmagan bo‘lamiz. 

Shu bois qadimdan, adabiyotga, badiiy so‘z san’atiga e’tibor nihoyatda katta bo‘lib 

kelgan. Birgina badiiy so‘zning qimmati haqidagi sharq va g‘arb allomalarining, 

arbob-u siyosatdonlarning, faylasufi  ijodkorlarning aytgan fikrlarini jamlasak, 

badiiy adabiyotning nufuzi nihoyatda ardoqli ekanligini anglashimiz tabiiy. 

Asrimiz boshlaridayoq ma’rifatparvar shoir Cho‘lpon «Adabiyot yashasa –  millat 

yashar» degan shiori bilan adabiyotning millat va xalq taqdiridagi o‘rnini belgilab 

berganligini  ko‘ramiz. Bunday qarashlarni barcha ma’naviyat fidoiylari ta’kidlab 

o‘tganlar. Ayniqsa yangi asr bo‘sag‘asida Prezidentimiz Islom Karimovning 

«Adabiyotga e’tibor –  ma’naviyatga e’tibor»  degan purma’no, hikmatli so‘zlari 

badiiy adabiyotning millat, xalq va insoniyat taqdiridagi asosiy xizmatini ko‘rsatib 

berdi. Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Prezidentimiz istiqlolning dastlabki 

yillaridan boshlab ma’naviyatga e’tibor qaratganligi, yangi davr insonlarini 

ma’naviyati yuksak, axloqan pok, ruhan baquvvat etib tarbiyalash masalasini ilgari 

surdiki, bu esa o‘z navbatida jahon xaritasida paydo bo‘lgan yangi bir davlatning 

qiyofasini belgilab berishga xizmat etdi. Shu ma’noda badiiy adabiyotning 

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’naviy poydevori ekanligini har birimiz anglab 

olishimiz mumkin bo‘ladi. Prezidentimiz I. A. Karimovning haqli ta’kidlaganidek, 



- 5 - 

 

mustabid tuzum davrida «Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona 



inkor etilardi. Navruz, Ramazon, Qurbon hayiti kabi ko‘plab muqaddas, milliy 

bayramlar ta’qib etilgandi. Amir Temur, Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, 

Ahmad Al-Farg‘oniy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Najmiddin 

Kubro, Mahmud Az-Zamaxshariy, Xo‘ja Axrori Valiy, Abduholiq G‘ijdivoniy 

kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid 

Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy ozodlik harakati 

fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat 

qilinardi».

1

  Bunday qabih  harakatlar istiqlol davrigacha davom etganligi ma’lum. 



O‘zbek adabiyoti va keng ma’noda ma’naviyat fidoyilari bu davrning og‘ir 

oqibatlarini boshidan kechirgan. Shunday bo‘lsa-da, millat va vatan manfa’atlari 

yo‘lida sobitqadamlik bilan kurash olib borganlar. Shunday ardoqli adiblardan biri 

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir. Oybek asrimiz boshlarida dunyoga kelib 

asrimizning uchinchi choraklari o‘tayotgan bir vaqtda olamdan o‘tgan. Ijodkorning 

butun hayoti o‘zbek ma’naviyati ravnaqi bilan bog‘liq deya olamiz. U shoir, 

yozuvchi, publisist, adabiyotshunos, faylasuf, tarjimon va boshqa sohalarning 

ulkan namoyondasi edi. Oybekning o‘zbek she’riyatiga, prozasiga, 

adabiyotshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi umumjihatdan olib qaralsa, 

butun bir jarayonni, davrni tashkil etadi. Gap shundaki, Oybek ijodi bir butun

yaxlit jarayonni qamrab olsa-da, uning asarlari sobiq sovet mafkurasi davrida ayro 

xolda tahlil etilganligini ko‘ramiz.  



Mavzuning yangligi va o‘rganilish darajasi. Yozuvchining tarixiy 

asarlariga munosabat bilan zamonaviy mavzudagi asarlariga bo‘lgan munosabat 

orasida ham muayyan farqli jihatlar ko‘zga tashlangan. Bu, albatta, davrning 

manfur siyosati oqibatlari edi. Shu narsani alohida qayd etishimiz lozimki, biz 

ushbu bitiruv-malakaviy ishimizda tadqiqot obyekti qilib olingan «Qutlug‘ qon» 

romani ma’lum ma’noda, sovet totalitar tuzumining yetakchi asarlaridan biri 

sifatida qabul qilingan va bu asarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham ko‘pchilikni 

tashkil etardi. Ammo masala shundaki, «Qutlug‘ qon»  asari tadqiqida davrning 

                                                            

1

 Ислом Каримов. Ўзбекистон XXI асрга интилмо



қда. «Халқ сўзи», 1999 й. 15 – апрель. 

- 6 - 

 

hukmron mafkurasiga xizmat etuvchi tahlillar bilan asar tabiiy mazmunidan 



yiroqlashib ketgan edi. Natijada asarni davrning mafkurasiga bo‘ysundirish 

oqibatida, asar badiiy olami, poetik dunyosi soxtalashib qolgan edi. «Qutlug‘ qon» 

asariga yangicha munosabatning shakllanishi ham aynan istiqlol bergan ma’naviy 

erkinlikning natijasida yuzaga keldi. Asar milliy adabiyotimizning nodir na’munasi 

ekanligi, uning g‘oyaviy olami sovet tuzumining mafkurasini emas, balki inson 

taqdirini, uning qalbida yuz berayotgan kechinmalarini va fojiyalarini tasvir etib 

berishga asoslangan badiiy asar ekanligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Bizning 

maqsadimiz ushbu asardagi qahramonlar taqdiri, o‘y-kechinmalari, ruhiy dunyosini 

atroflicha tahlil etishga qaratilgan. Aytib o‘tganimizdek «Qutlug‘ qon»  asarning 

dastlabki tadqiq etilishi uni davr mafkurasining ifodasi ekanligini ko‘rsatishga 

harakat qilindi. Hatto, ushbu asar asosida ko‘p qismli kinofilm ham yaratilib, unda 

asar qahramonlarini sinfiy talqin etishga qaratilganligini ham bilamiz. Asarni tahlil 

etishdagi  ikkinchi harakat uni XX  asr o‘zbek adabiyotining ulkan namunasi 

sifatida qaralib, bu istiqlol sharofati tufaylidir. Biz ushbu ishimizda esa «Qutlug‘ 

qon» asarini ilk bora badiiy tahlil, ya’ni ruhiy tahlil asosida tadqiq etishga harakat 

qilamiz. Chunki, fikrimizcha, XX asr o‘zbek adabiyotining bir qator na’munalari, 

jumladan,  «Sarob», «Ulug‘bek xazinasi»,  «Navoiy»,  «Yulduzli tunlar»  va boshqa 

asarlar ruhiy tahlil etilgan. Xuddi shuningdek, «Qutlug‘ qon»  ham ruhiy tahlil 

uchun bepoyon manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, asardagi har bir obraz, badiiy 

detal, dialog, monolog, tush epizodi va boshqalar ijodkor tomonidan chuqur ruhiy-

psixologik mushoxada asosida tasvir etilgan. Asardagi epizodik obrazlardan 

boshlab xarakterlargacha ruhiy kechinmalar qamrab olingan. Shuni hisobga olib, 

biz ishimizda asardagi umumiy poetik mazmun haqida mulohazalar yuritdik. Shu 

mazmunni ochib beruvchi xarakterlar dunyosiga e’tibor qaratdik.  



Mavzuning amaliy ahamiyati. Ma’lumki,  ruhiy-psixologik tahlil jahon 

adabiyoti va adabiyotshunosligining ulkan yutug‘i sifatida yuzaga kelgan. Asarga 

psixologik jihatdan yondashish, asar qahramonlarini ruhiy olamiga safar qilish

birinchi navbatda, asarning hayotiy – falsafiy olamini ochib berishga xizmat etadi, 

adabiyot hayotning badiiy ifodasi ekanligini ko‘rsatib beradi. Albatta, asar o‘ziga 


- 7 - 

 

xos kichik bir olam hisoblanadi. Uning barcha qirralari ruhiy tahlil asosida ko‘rib 



chiqishga ehtiyoj sezilmaydi. Garchi ruhiy tahlil asarning barcha elementlariga xos 

bo‘lsa-da, ruhiy-psixologik yondoshuvning ham o‘ziga xos alohida tadqiq 

obyektlari bor. Bu asardagi dialog va monologlar orqali xarakterlar mantig‘i, 

ruhiyatini belgilab olish, tush tasviri orqali asar qahramonlari va voqeliklar tizimini 

o‘zlashtirish, xarakterlar ruhiyatini ochuvchi vositalarga e’tibor qaratish va boshqa 

masalalarga asos sifatida e’tibor beriladi. Asarning butun strukturasi, kompozitsion 

vositalar, syujet elementlari, xullas, sarlavhadan boshlab xotima qismigacha barcha 

jihatlari ruhiy kechinmalar ifodasiga qaratiladi. Shu ma’noda  «Qutlug‘ qon» 

romani ham xarakterlar ruhiyati orqali poetik mazmun ifodalangan asar deya 

baholashimizga imkon beradi. 

  

Xullas, mazkur bitiruv-malakaviy ishmizda Oybekning «Qutlug‘ qon» asari 



xarakterlarini ruhiy tahlil asosida o‘rganishga harakat qildik. Ishni an’anaviy 

kirish, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati hamda uch asosiy bob tarzida yoritib berishga 

intildik.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I BOB  Oybek o‘zbek romanchilik maktabining ulkan namoyondasi.  


- 8 - 

 

1.1 Adib romanlari badiiyatiga bir nazar



 

 

Oybek o‘z ijodini shoir sifatida boshlab bu sohada ajoyib samaralarga 



erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo‘lsa-da, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, 

nasriy asarlar yaratishga o‘tadi. Avvalo,  «Gulnor opa»,  «Fonarchi ota», 

«Geografiya muallimi»,  «Tilla topar»,  «Globus»,  «Musicha»,  «Kurashchi yigit» 

singari hikoya va ocherklar yozib nasrda ma’lum bir tajriba va malaka hosil qiladi. 

So‘ngra  «Qutlug‘ qon»  romanini yozishga kirishadi. Oybek romanning yaratilish 

tarixi haqida: «1973 – yilda «Qutlug‘ qon» romanini yoza boshladim. Bu romanni 

yozish uchun material yig‘ib o‘tirmadim. Bolaligimdan hayotni kuzatishni 

sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon»  romani quyilib 

kelaverdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim», - degan edi. 

 

1940-yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon»  romani badiiy jihatdan yetuk asar 



unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek 

xalqining 1917-yil to‘ntarilishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan 

kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan. 

 

Romanning bosh  qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida 



shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda tadrijiy 

o‘sishda aks ettirilgan. 

 

Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga uning 



shaxsiy hayoti va insoniy xislatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol 

va pokligi, sof vijdonligi va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, 

kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasi va singlisi Unsunga 

mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan. 

 

Yo‘lchi sodda, halol, pok qalbli mard yigit sifatida romanda katta mahorat 



bilan tasvirlangan. Yo‘lchi milliy xarakter darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. 

Yozuvchi Yo‘lchining har bir harakatini psixologik jihatdan asoslab bergan. 

 

Yo‘lchi dastlab: «Ajab dunyo ekan! Har yerda dehqonning ishi chatoq! Eri 



bo‘lsa ulovi yo‘q, ulovi bo‘lsa eri yo‘q. Ko‘pida ikkisi ham yo‘q. Mana men hozir 

qayoqqa qarasang menga  o‘xshaganlar...»  -  deb o‘sha hayotga til tekkizadi. 

Yo‘lchidagi bu norozilik kayfiyati roman voqealari davomida o‘sib, alangalana 


- 9 - 

 

boradi. Mirzakarimboy o‘z qaramog‘idagi batraklarga o‘tkazgan zulmi, 



Yo‘lchining sevgilisi Gulnorga uylanishi, Gulnorning boyvachchalar tomonidan 

o‘g‘irlanishi va oxir oqibatda zaharlanib o‘lishi, mayshatparast 

Tantiboyvachchaning qilmishlari, uning o‘z xizmatkori Qambarga bo‘lgan 

munosabati, Mardikorlikga olishi kabi nohaqliklar, qisqasi hayotdagi ijtimoiy 

adolatsizlik Yo‘lchining ong tushunchasida jiddiy o‘zgarish keltiradi. Yo‘lchining 

kurash girdobida toblana borib, 1916-yilgi milliy ozodlik harakatining faol 

ishtirokchisi va yo‘lboshchisi darajasiga ko‘tarilishini ustalik bilan ko‘rsatgan. 

 

Asar xotimasida Yo‘lchi mehnatkashlarni ozodlikka chiqarish yo‘lidagi 



isyonda qahramonlarcha halok bo‘ladi. Romanda Yo‘lchining zulm va 

adolatsizlikka qarshi kurashi va bu kurashda mardona halok bo‘lishi g‘oyatda jonli, 

ta’sirli aks ettirilgan. Kambag‘al kosib Shokir otaning Unsinga aytgan so‘zlarida 

katta ma’no bor. «Yo‘lchining o‘limi uncha-muncha o‘lim emas. Bu juda katta 

o‘lim. Akang, Yo‘lchi o‘g‘lim nima uchun, kim uchun qon to‘kdi? O‘zi uchun 

emas, xalq uchun, jamiyki alamzadalar uchun qon to‘kdi. Yo‘lchining qoni sira 

behuda ketmaydi, sira behuda ketmaydi. Bu hikmatli qon Qutlug‘ qon». 

 

«Qutlug‘ qon»  romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. 



Ular orasida ayniqsa, Gulnor timsoli o‘qituvchida katta taassurot qoldiradi. Adib 

Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiyali qismatini 

umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham 

axloq-odobi ham yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soddalik yo‘q. 

Ammo, Gulnor – huquqsiz. Shu sababli Yo‘lchini jonidan ortiq sevgani hamda qari 

chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘lar edi. 

 

Gulnorning onasi Gulsunbibi –  o‘zi bir olam u mushfiq mehribon ona 



Gulsunbibi har narsadan odamgarchilikni ustun qo‘yadi. Qizini tushunadi va 

ayaydi, shu sababli u boyning mulkiga uchmaydi, qizini Mirzakarimboy xotinlikka 

olmoqchi ekanligini eshitgach, u ruhan qiynalib ich-ichidan eziladi. Gulsunbibi 

obrazida o‘sha davr onalariga xos itoatkorlik ham zahmatkashlik va mehribonlik 

ham yorqin aks etgan. 


- 10 - 

 

 



«Qutlug‘ qon»  romanida Shoqosim, Qoratoy, O‘roz, Shokir ota, Qambar, 

Yormat, Unsun kabi obrazlar ham jonli to‘laqonli  bo‘lib chiqqan. Bu obrazlar, 

romanda o‘z mavqeiga ega, ular bosh qahramon xarakteridagi yetakchi 

xususiyatlarni ochib berishga xizmat qiladilar. Professor Q.Yo‘ldoshev shunday 

degan edi: “Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar adabiy hodisalarni qayta idrok 

etish va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq adabiyotshunoslik 

ilmining talablari asosida baholash zaruratini taqozo etadi.”

2

 



 

Romanda ayniqsa, Mirzakarimboy obrazi puxtalik bilan ishlangan. 

Mirzakarimboy aqlli tadbirkor shaxs, uning qilmishlari jirkanchli, buzuq. Mahalla 

baqqolining o‘g‘li bo‘lgan Mirzakarimboy halollik bilan emas, balki qorovul va 

xizmatkorlarni shavqatsiz ishlatish, ularning ish haqidan urib qolishi orqali 

mashhur millioner boy darajasiga ko‘tarilgan. 

 

Mirzakarimboyning ma’naviy dunyosi ham past, u qarindoshlik tuyg‘usidan 



mahrum. U moddiy yordamga muhtoj qarindoshi Qumribibi haqida yomon so‘zlar 

aytadi. Yo‘lchiga “odam bo‘lmoqchi ersang onang zoriga quloq solma” deb nasihat 

qiladi. Mirzakarimboy o‘z jiyani Yo‘lchiga zulm adolatsizlik va insonfsizlik qiladi. 

Bu qari chol hatto jiyanining sevgilisi, nabirasi qatori qiz Gulnorga uylanishdan 

ham tortinmaydi. Mirzakarimboy Yo‘lchiga nasihat qilgan bo‘lib, o‘zining hayot 

va odamlar haqidagi falsafasini bayon etadi. Mirzakarimboyning falsafasiga ko‘ra 

pul hamma narsaning otasi, pul –  belga quvvat, boshga toj, puldor odam qanotli 

odam. Bu qanot bilan mag‘ribdan mashoyiqgacha uchasan, har yerda oshno-

og‘ayni, do‘st-yor topasan. Mirzakarimboy men do‘stlarga sira ishonmayman. 

Xotin erning quli, xotinning ko‘ngliga, rayiga qarab ish qilgan erkak odam emas 

deydi. Yuqorida keltirilgan misollarda Mirzakarimboyning yirtqich qiyofasi uning 

odamgarchilikdan mahrum ekanligi yaqqol anglashiladi. 

 

«Qutlug‘ qon» romani til va badiiy mahorat jihatdan ham g‘oyatda diqqatga 



sazovor. Asarda adib obraz yaratishda psixologik tahlil san’atidan, xalq tili 

boyliklaridan ustalik bilan foydalangan. Obraz xarakterining personaj tilini tabiiy 

va jonli qilib tasvirlangan. Shunga ko‘ra romandagi har bir obrazni o‘z ichki, 

                                                            

2

  Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. - Т., "Янги аср авлоди" 2006.Q. Yo’ldosh. 2006 йил, 48 бет. 



- 11 - 

 

tashqi dunyosi bor, o‘z xarakteri va individual tili bor. Masalan, Abdushukur 



tilidan ishlatilgan «G‘oliba maqsad», «Komunikantning g‘oyaviy hayoti», «E voh, 

zolim Turkiston»,  «Milliy sarmoya»,  «O‘z boylarimiz –  musulmon boylarimiz» 

singari so‘z va iboralar bu obraz tiliga individual tus bergan. 

 

Romanda personajlar tili singari muallif nutqi ham katta mahorat bilan 



ishlangan. Asarda Oybek jonli xalq boyliklari: xalq maqollari hikmatli so‘zlar va 

obrazli iboralardan, shuningdek o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a, 

majoz kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Bundan tashqari yozuvchi 

maqol va hikmatli so‘zlar darajasida tuzuvchi «Yer sotgan –  er bo‘lmaydi, er yer 

sotmaydi, jabrning to‘qmig‘iga toqat yo‘q»,  «Xalq o‘z ishini bilib qiladi», 

«O‘tinsiz qozon qaynamaydi»  singari sermazmun chiroyli jumlalar va iboralar 

yaratgan.  «Qutlug‘ qon»  romani syujeti kompozitsiyasi nihoyatda tahsinga 

loyiqdir. Unga asar g‘oyasini va obrazlar xarakterini ochishga xizmat qilmaydigan 

tasvirlar ochiqcha epizodlar yo‘q. Yozuvchi voqealar tasvirini ortiqcha 

cho‘zmaydi. Voqeadan voqea chiqarish va ularni tabiiy tarzda bir-biri bilan 

bog‘lash orqali asosiy syujet chizig‘ini vujudga keltiradi. Shu bilan birga syujetni 

xarakter yaratish ishiga mohirona xizmat qildiradi. Kezi kelganda shuni ham qayd 

etish kerakki, roman ayrim qusurlardan xoli ham emas. Asarda o‘sha davr 

taqozosiga ko‘ra sosialistik realizm talabiga binoan rus inqilobchisi Petrov obrazi 

sun’iy ravishda kiritilgan. Uning Yo‘lchiga ko‘rsatgan ta’siri ideallashtirilgan. 

Jadid Abdushukur esa bir tomonlama tasvirlanib, o‘quvchida yoqimsiz taassurot 

qoldirishga urinilgan. 

 

Romanda asosiy obrazlar har birini o‘ziga xos hayot yo‘li va fel-atvori 



tasvirlangan. Bu jihatdan xususan Yormat obrazi xarakterli.  Yormat  –  kambag‘al 

xizmatkor, lekin u ko‘p yillardan beri o‘zini kimligini bilmay yuradi. O‘zini 

boshqa qarollardan yuqori qo‘yadi. Ularga bo‘lar-bo‘lmasga ish buyurib kattalik 

qiladi. Yormat Mirzakarimboy mulkini o‘z mulki deb hisoblaydi. Chunki u 

Mirzakarimboy bilan o‘zi orasida tengsizlik borligini sezmaydi. Ammo Yormat 

keyinchalik o‘zining aldanib yurganligini anglab yetadi. Natijada, zolim, nopok 

boylardan qasos olishga ahd qiladi. Yormat qizi Gulnor qabri ustida ont ichib, 


- 12 - 

 

shunday deydi: «Hammasini qiraman, dadang endi qo‘rqmaydi. Ular endi xo‘jayin 



emas qizim. Yelkamga xo‘p minishdi. Endi bas! Ko‘zim ochildi, Gulnor. Lekin bu 

ko‘z qurg‘ur juda kech ochildi. Yuragimga zaxar yugurganda ochildi. Yuragim sen 

eding, Gulnor... E voh essiz umr, essiz qizim». 

 

Oybek romanida mehnatkash xalq vakillari hayotini, orzu istaklarini, kurash 



yo‘llarini tasvirlash jarayonida o‘sha davr ijtimoiy hayotining keng va yorqin 

manzarasini chizgan. Hayotdagi ijtimoiy tengsizli va adolatsizlikni fosh etgan. 

Romanda Mirzakarimboy, Hakimboyvachcha, 

Tantiboyvachcha, 

Salimboyvachcha, Fazliddin, Nuri singari salbiy obrazlar yaratilgan. Bu 

obrazlarning o‘ziga xos fe’l atvori, xatti-harakati takrorlanmas darajada original va 

jonli qilib chizib berilgan.  

1916-yil qo‘zg‘oloni arafasidagi hayot ana shunday fojiyali manzaralardan 

iborat bo‘lgan va ular Oybek romanida haqqoniy tasvir etilgan. 

1.2. Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari 

Yozuvchining “Qutlug‘ qon” asari haqida adabiyotshunos S.Mirzaev 

shunday degan edi: “1940 –  yilda  chop etilgan “Qutlug‘ qon” romani –  badiiy 

jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona 

ko‘rsatilgan... Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida 

shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda –  tadrijiy 

o‘sishda aks ettirilgan”.

3

 



 

Yo‘lchi obrazi ruhiyati:  Asar Yo‘lchining Mirzakarimboy xonadoniga kirib 

kelishi bilan boshlanadi va uning yorug‘ dunyoni tark etishi bilan tugaydi. Agar 

asar boshlanishida u yigirma uch yoshli yigit bo‘lgan bo‘lsa, Toshkentda, boy 

tog‘asining uyida uch yil yashab, yigirma olti yoshda, chor mirshabining o‘qidan 

halok bo‘ladi. 

 

Oybek o‘z asariga ana  shu yigirma olti yoshlik umrning uch yilini tanlab 



olgan. Uning Xo‘jakentda beva onasi dag‘rida, qashshoqlik muhitida kechggan 

hayoti bizga faqat ma’lumot uchun kerak. U ana shu muhitdan najot izlab, boy 

tog‘asining mehriga bo‘lmasa-da insofiga umid bog‘lab keladi. Lekin voqealar 

                                                            

3

 Мирзаев С. ХХ аср ўзбек адабиёти. - Т., Янги аср авлоди, 2005-йил. 208 б. 



- 13 - 

 

rivoji bilan uning Mirzakarimboy uyida qilgan mehnati evaziga onasiga pul-mul 



yuborib turish haqidagi rejasi barbod bo‘ladi. U tushgan muhit uni girdob sari 

yutib yuboradi. 

 

Yo‘lchi  –  halol mard, oliyjanob yigit. U boshqalarni ham o‘zi singari toza, 



pokiza kishilar deb o‘ylaydi. Lekin Mirzakarimboyning xonadonida yashayotgan 

va xizmat qilayotgan kishilar, beshqo‘ldek baravar emas edilar. Agar 

xizmatkorlarning aksariyat  to‘pori, mehnatkash, halol va qashshoq bo‘lsa, boy 

xonadonining boshqa a’zolari esa, kibr havoli odamni cho‘ntagiga qarab muomala 

qiluvchi kishilardir. 

 

Yo‘lchining uyg‘onishi avvalo,  Mirzakarimboy obrazi bilan bog‘liq. 



Mirzakarimboy bilan har bir uchrashuv tog‘a va jiyan o‘rtasidagi masofani 

uzoqlashtiradi. Tog‘a jiyanini shaldek ishlatsa-yu, mehnat haqqini to‘lamasa, hatto 

Yo‘lchi g‘arib onasini yo‘qlab turmasa. Mirzakarimboy obrazining ana shu 

qirrasida uning xudbinligi oddiy insoniy hislardan mahrumligiga 

mujassamlashgan. Lekin Yo‘lchining ko‘zini bu ziqna oila boshlig‘i emas, balki 

boshqalar ham navbatma-navbat ochib boradilar. Nuri o‘zining buzuq niyat bilan, 

Tanti boyvachcha bir bechora bolani mastlik orqasida otmoqchi bo‘lgani, hatto 

boyning xotini kambag‘al Yo‘lchidan bir qarindoshidan jirkanishi bilan uning 

ongidagi budroq qarashlarni uyg‘otib yuboradilar. 

 

Oybek asarda tasvirlangan voqealarni asosan Yo‘lchining yuzi bilan ko‘rish 



va tasvirlashga uringan. Uning badiiy poetikasiga ko‘ra asarda tasvirlangan 

voqealar bamisoli tez oqar daryo bo‘lsa, Yo‘lchi shu daryoning o‘rtasiga tushib 

qolgan g‘arib kishilardan biridir. Uning bu daryodan omon chiqishi mumkin emas. 

Bu daryo o‘zining vaxshiy oqimida faqat uni emas, balki hatto Salimboyvachchani 

ham, Gulnorni ham yutib yuboradi. Yormatni holi boshqa g‘arib-u g‘uborlarni ham 

shu daryo o‘z girdobiga tortay deb turibgan shunday bir vaziyatda Yo‘lchiga biror 

bir g‘oyaviy rahbarni keragi yo‘q. Shuning uchun Oybek hatto jadid Abdushukur 

obrazini faollashtirishni lozim deb topmagan. Yo‘lchi va uning do‘stlari ko‘zini 

ochgan ularni ikkiyoqlama zulmga qarshi yo‘naltirgan birdan-bir kuch hayotning 

o‘zi edi. 



- 14 - 

 

 



Yo‘lchi ikkiyoqlama zulm ovi avj olgan bir davrda yashagan. Bu davrda na 

mahalliy boy na chor ma’muriyatlari orasida oddiy xalq taqdiri haqida 

qayg‘uruvchi kishilar deyarli yo‘q edi. Shu yillarda endigina shakllanib kelayotgan 

jadidchilik harakati ma’rifat nurlaridan bo‘lak bir narsani berishga qodir emas edi. 

Xalqqa esa kitob-daftar zarur bo‘lsa-da, birinchi galda non-ovqat kerak edi. 

Shuning uchun ham Oybek Abdushukur obrazini sust harakat qilishi sifatida 

tasvirlagan. U Yo‘lchiga ommaga yordam bera olmaganidek, Yo‘lchi ham uning 

maqsadiga tushunmaydi, shu tufayli uning maslahatiga muxtoj emas. Yozuvchi 

shu o‘rinda jadidchilik harakatining zaif nuqtalarini ham ro‘y-rost ochib tashlashga 

intilgan. 

 

Shunday qilib,  Yo‘lchi faqat o‘zining taqdirida do‘stlari bilan yolg‘izlanib 



qoladi. Ularning barchasi sodda, oqko‘ngil, mehnatsevar kishilar bo‘lsalar-da, na 

o‘z mehnatlari bilan baxtsiz taqdirlarini o‘zgartira oladi na birlashib zulm 

saltanatini ag‘dara oladilar. Ular tarixning boshi berk ko‘chasiga kirib qolgan 

bechoralardir.  

 

Yo‘lchining halok bo‘lishi qonuniydir. Shafqatsiz hayot Yo‘lchidek or 



nomusli ammo yod oqimga Mirzakarimboy va Tanti boyvachchalarga qo‘shila 

olmagan g‘arib kishilarni majaqlab tashlaydi. Oybek hayotning ana shu qonunini 

bilgani holda Yo‘lchining o‘z haqiqati uchun adolat uchun, kambag‘allar manfaati 

uchun,  Gulnor uchun,  o‘zi aziz bilgan qadriyatlar uchun kurashishni xoxlaydi va 

ana shu kurashda uning insoniy mohiyatini ochgan deb bilamiz. 

 

Iste’dodli yozuvchi Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini 



ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib 

bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, 

insonparvarligi, sevgiga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va 

boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan. Yo‘lchi halol ishlab, yashashni xoxlaydi. 

Mehnatsiz kun ko‘rishni, tekinxo‘rlik qilishni aslo yoqtirmaydi. Shunga ko‘ra u 

Tantiboyvachcha bergan harom pullarni olishdan hazar qiladi. Yo‘lchi 

Tantiboyvachchaning «pulning qadrini bil», «lo‘lining eshagini sug‘or, pulini ol», 

«puldorlarga egil»  degan nasihatlariga javoban: «Yigitning yuragi nomusi, 



- 15 - 

 

odamgarchiligi puldan aziz, puldan yuqori emasmi? Puldorlarga egilish pastkashlik 



emasmi? Egiluvchan bilan tilamchi orasida nima farq bor? Oz bo‘lsa ham peshona 

terim bilan topaman, suqatoylik, mo‘ltonilikka sira yurmayman», - deydi. 

 

Shunisi ham ma’lumki, Yo‘lchi o‘z puliga, moddiy yordamga muhtoj bo‘lsa-



da, Shoqosim, Shokir ota singari qashshoqlardan hech narsani ayamaydi. Yo‘lchi 

har doim qashshoqlarning mushkulini oson qilishga intiladi. Zarur bo‘lib qolganda 

ularga o‘zining oxirgi so‘mini ham berib turadi. 

 

Mirzakarimboy obrazi ruhiyati:  Romanda eng murakkab obraz – 

Mirzakarimboy obrazi. Agar asarning 1939-, va 1940 – yillardagi muhokamalarida 

vulgarshiyona mohiyatini ocha bilmaganlikda ayblangan bo‘lsalar, so‘nggi 

vaqtlarda buning bu obraz tasvirida qora bo‘yoqlardan haddan ziyod 

foydalanganligi haqida jiddiy fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Shubhasiz, Oybek 

tirik bo‘lib, romanni shu kunlarda yozgani yo qayta ishlaganida Mirzakarimbobo 

o‘zgacha talqin qilgan bo‘lardi. Lekin har bir asar faqat muallifni emas, balki 

muayyan davrning ham farzandi. 

 

Oybek 30-yillar oxirida Mirzakarimboy obraziga o‘zgacha yondashish 



mumkin emas edi. Qolaversa,  u Mirzakarimboyni jamiyatda Yo‘lchi va Gulnorni 

mavh etgan kuchlarning timsoli sifatida tasvirlamoqchi bo‘lgan. 

Binobarin u bunga haqli edi.  Mirzakarimboy kamtar mahalla baqqolining 

o‘g‘li bo‘lgan. U yoshligida kichkina chaqqon harakatli bo‘lgani uchun uni Karim 

chittak deb atashgan. Ana  shu Karim chittak har ishda ehtiyotkorlikni ma’qul 

ko‘rgan va puxta-pishiq ish tutgani orqasida Toshkentning eng oldingi boylaridan 

biriga aylangan. Shubhasiz boshqa odamlardek, boylarning ham yaxshi ham 

yomoni, sahiy va ochko‘zi, oliyjanob va pastkashi bo‘ladi. Gulnor va Yo‘lchining 

baxtiga zomin bo‘lgan boyning ijobiy obrazini yaratishni yohud uning ijobiy 

sifatlarini, tadbirkorligini ko‘rsatishni yozuvchi «Qutlug‘ qon» romanida o‘z oldiga 

vazifa qilib qo‘ymagan. U kishilarning, xususan, boylarning pulga, mol-mulkga 

o‘chligi faqat ularni emas, balki, jamiyatni halokat sari olib borishi mumkin, degan 

g‘oyani Mirzakarimboy obrazi orqali olg‘a surgan. Asardagi Mirzakarimboy obrazi 

bilan bog‘liq barcha voqealar ana shu g‘oyani ochishga safarbar etilgan. 



- 16 - 

 

Mirzakarimboy yo‘lchining onasiga tog‘a bo‘ladi. Yo‘lchi otasi o‘lib bir 



parcha yeri ham sotilib ketgach, bechora onasining maslahati bilan Toshkentga, 

tog‘asini qora qilib keladi. Tog‘asi esa Yo‘lchining otasini o‘lganiga emas, yerning 

sotilib ketganiga ko‘proq achinadi. «Chakki bo‘lmabdi jiyan – deydi. – Yer sotgan 

er bo‘lmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning mag‘zini chaq... Yer sotganlarni 

ko‘pini ko‘rdik, axiri gadoy bo‘ldi. To‘g‘ri yerni pulga sotadilar, pul esa hamma 

narsaning otasi. Pul bu – belga quvvat, boshga toj, puldor odam – qanotli odam, bu 

qanot bilan mag‘ribdan mashriqqacha uchasan, har yerda oshna-og‘ayni, yor-do‘st 

topasan... Pulsiz odam o‘z joyidan bir qadam siljisinchi! Be! Pul shuncha yaxshi 

narsa jiyan...»  Mirzakarimboyning bu so‘zlari boshdan-oyoq hikmatlidir. U hatto 

yersiz Shoqosimning gado bo‘lganini ham, pulsiz Yo‘lchining o‘z maqsadi yo‘lida 

biror qadam qo‘ya olmaganini ham oldindan bashorat qiladi. 

Lekin halollik bilan birovning cho‘ntagiga tushmay turib boyish, pul topish 

qiyin. Qobunchi dehqonning qon qaqshatgan baqqolni halol pul topadi deb 

bo‘lmaydi. Mirzakarimboy, ehtimol, ana shunday baqqolni o‘g‘lidir. Ehtimol 

Oybek baqqolni Mirzakarimboyning ildiziga nazar tashlay olish uchun asrga 

kiritgandir. 

Yo‘lchi Mirzakarimboy xonadoniga kirib kelganda, qorni juda och edi. 

Lekin Mirzakarimboy «savdogar nazokatidanmi yoki odatlanganidanmi»  nonni 

juda mayda ushatgan edi. «Yo‘lchi bir burdasini og‘ziga tiqsa, lunjining bir 

chekkasida yo‘qolib ketar, patnisga ketma-ket qo‘l cho‘zaverishga iymanar edi» 

deb yozadi yozuvchi. Bu lavhadagi Mirzakarimboyning nonni juda mayda 

ushatishi tavsili bejiz topilmagan. Oybek birinchi uchrashuvidayoq anashu tafsil 

orqali, bir tomondan, Mirzakarimboyning pishiq-puxta odam ekanligi, ikkinchi 

tomondan, Yo‘lchining bu xonadonda nasibasi hech qachon butun bo‘lmasligiga 

ishora qiladi. 

Mirzakarimboy  –  juda aqlli, hushyor, ehtiyotkor, tadbirkor odam. U pulni 

qanday topish va qanday ishlatish kerakligini yaxshi biladi. U Yo‘lchining uch-

to‘rt  so‘m pul topib, onasiga yuborib turishi uchun shaharga kelganini yaxshi 

biladi. Bilmasligi mumkin emas. Lekin Yo‘lchi ro‘zg‘ordan siqilgan onasiga 


- 17 - 

 

yuborish uchun pul so‘raganida, Mirzakarimboy ancha davom etgan jimlikdan 



so‘ng dedi: 

«Xotin zotining aqli qisqaligi hammaga ma’lum narsa. Onang 

Xushro‘ybibining ham aqli komil deb bo‘lmaydi, jiyan. San yuborgan pulni 

mazzasiga tushundimi –  bo‘ldi, haftada, oyda pul so‘rayveradi. Yaxshi yegisi, 

yaxshi ichkisi kelad, keyin qo‘sha-qo‘sha kiyim qilish orzusiga tushadi. Xullas 

kalom, sabrni, qanoatni unutadi. Gapimga kirsang odam bo‘lmoqchi bo‘lsang, 

onang zoriga quloq solma!» 

Bu so‘zlarni eshitgan odam Mirzakarimboyni Yo‘lchiga jaraq-jaraq pul berar 

ekan deb o‘ylashi mumkin. Holbuki, nonni juda mayda ushatgan joydan pul 

chiqishi ham oson emas. Mirzakarimboy Yo‘lchiga uch-to‘rt so‘m berishdan avval 

yana safsata sotadi: 

«Pul topish qiyin... sen pul topishdan avval pul sarflashni o‘rgan. Hamma 

gap shunda. Bu narsa sabr qanoat bilan bo‘ladi. Eshigimda juda ko‘p odamlar 

ishlagan... Bir xizmatchim to‘qqiz yilgacha qarzidan qutilmadi. Axiri churq – 

chorig‘ini tashlab qochib ketdi. Ammr mandan hali qutilgani yo‘q u. Yigirma so‘m 

qarz edi, oxiratda ham javobini beradi. San o‘zimnikisan. Bo‘yningni qarzga 

kirgizma deyman tushundingmi?» 

Oybek Mirzakarimboyning ana shunday pishiqlik, ziqnalik va 

xizmatkorlariga shafqatsizlik orqasida boy bo‘lganini ko‘rsatish niyatida qora 

bo‘yoqlardan ko‘proq foydalangan. Biz Balzakning Gobsek, Gogolning Plyushkin 

yohud Sadriddin Ayniyning Qori Ishkanba obrazlarini yaratishda hajviy 

bo‘yoqlardan, mubolag‘adan haddan ziyod  foydalanganliklari uchun ularni 

qoralamaganimizdek, Oybekni ham bir tomonlamalikda ayblamasligimiz lozim. 

Zero, uning maqsadi pulni, boylikni hamma narsadan ustun qo‘ygan, hatto pulni 

oldida g‘arib jiyani ham ko‘ziga ko‘rinmagan ishini fosh etish, zamondoshlarida 

unga nisbatan nafrat uyg‘otishdir. Ana shunday kishigia qarigan chog‘ida kenja 

farzandi tengi qiz Gulnorga, yana Yo‘lchining unga ko‘ngli borligini bila turib, 

uylanishi mumkin. 

 


- 18 - 

 


Download 365.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling