O'zbekiston respublikasi


Download 480.72 Kb.
bet1/6
Sana29.11.2020
Hajmi480.72 Kb.
#155574
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moodle tizimida masofali kurslar yaratish microsoft office dasturlar majmui misolida


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

У", -Vj , г 4 /\у, , , ■/* 'Л, , * >-Д.. ^ i jff jf1'fo»

OLIY VA O'RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

NAMANGANDAVLAT UNIVERSITET1

FIZIKA МАТЕМЛТ1КА FAKULTETI 5130200 - AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA

YO'NALISHI 4-bosqich 405-guruh bitiruvchisi

NURMATOV BEKZOD XOLMURODOVICHNING



"MOODLE TIZIMIDA MASOFALIKURSLAR YARATISH (MICROSOFT OFFICE DASTURLAR MAJMUI MISOLIDA)" MAVZUSIDAGI

MUNDARIJA

Bet


NURMATOV BEKZOD XOLMURODOVICHNING 1

MUNDARIJA 1

Bet 1

1-BOB. MASOFAVIY KURSLAR YARATISH ASOSLARI 7

1.1. Masofaviy o'qitish kurslarini yaratishga qo'yiladigan talablar 10

1.2. Masofali o'qitishda qo'llaniladigan texnik vosita va texnologiyalar 10

2-BOB. MOODLE TIZIMI VA UNING ISHLASH IMKONIYATLARI 2.1. Moodle tizimi haqida umumiy ma'lumotlar 14

1 - rasm. Masofali kurslarni boshqarish tizimlari tahlili 14

2.2. Moodle tizimini o'rnatish 19

Ro'yxatdan o'tish tugaganini bildirish 22

2.3. Kurs formatlari 24

2.4. Bloklar bilan ishlash 25

2.5. Moodle da mavzuni rasmiylashtirish 28

2.6. Kurs qatnashchilari 28

2.7. Kurs resurslari bilan ishlash 29

2.8. Kurs elementlari 31

Sana; 38


Raqamli. 38

N / <1. 39



3-BOB. MOODLE TIZIMIDA "MICROSOFT OFFICE (WORD, EXCEL, POWER POINT)" MAVZULARI BO'YICHA MASOFALI KURSLAR 43

ISHLAB CHIQISH 3.1. Moodle da kursni yaratish 43

3.2. Kurslarni tahrirlash saxifasini yaratish 45

3.3. Mijoz tomonidagi ma'lumotlarni chiqarish qismini yaratish 45

3.4. Moodle tizimida qollaniladigan testlarning turlari 46

Uchinchi bosqich testlar 47

Esse 50


Raqamli 50

XULOSA 53

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 54

Internet sahifalar 56



"Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi"1- deb bejizga takidlamagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov.

Prezidentimiz I.A. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo'shma majlisida hozirigi vaqtda dunyoda sodir bo'layotgan voqealarga munosabat bildirib, "... keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o'sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o'z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdilarning kuchayib borayotgani

л

barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo'ymaydi", deb ta'kidladi.

Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, mehr-oqibat muhitini asrash, mustaqillikning qadriga etish, Vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik tuyg'usini anglash, har qanday xavf-xatar va tahdidlarning oldini olishda ta'lim jarayonini puxta o'ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta'sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o'zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o'ta aniq maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog'i zarur.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda har bir sohadagi eng so'nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy-nazariy o'rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to'la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur. Tizimning muvaffaqiyati fanlarning o'qitilish sifati, fanlar o'rtasidagi o'zaro integratsiya, "uzluksiz tarbiya ob'ekti va sub'ekti" bo'lgan talabalarning kamoloti, ongu tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishiga bog'liq.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim sohasida juda katta isloxotlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning ikkinchi sifat bosqichi uchun belgilangan ustuvor yonalishlar, «Axborot haqida», «ЕНМ uchun dastur va ma'lumotlar bazasining huquqiy himoyasi haqida», «Aloqalar haqida»gi qonunlar talabiga ko'ra O'zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlashtirish sohasini qayta qurishning milliy dasturi va telekommunikatsion tarmoqni taraqqiy ettirishning meyoriy-huquqiy asoslari ta'lim tizimida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Prezident farmoyishiga binoan ta'lim tizimida moddiy-texnika bazasining holatini tanqidiy baholash va ta'limni rivojlantirish dasturini bajarishga qaratilgan bosqichma - bosqich istiqbolli rejalar tuzilmoqda va amalga oshirilmoqda. Biroq, xanuzgacha ta'lim tizimini axborotlashtirish, o'quv jarayoni uchun virtual laboratoriya stendlari, virtual stend va laboratoriyalar yaratish hamda masofadan o'qish kurslarini tadbiq etish bo'yicha yetarli darajada ishlar ko'lami bajarilmagan. Mazkur jarayonni tashkil etish, bu borada tug'ilgan muammo va masalalarni yechish uchun mavjud holatni ob'yektiv tarzda tahlil etish hamda real chora - tadbirlar ishlab chiqish zarur bo'ladi.

Hozirgi davrda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan jamiyat uchun ta'lim - eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Xalqning farovon turmush tarzi ta'limning nechog'li sifatli va samaradorligiga bog'liq. Hozirgi murakkab iqtisodiy vaziyatda xalq xo'jaligining barcha sohalarida yuqori malakali kadrlarni ko'paytirish juda muhim hisoblanadi. Fan va texnikaning tez sur'atlarda rivojlanishiga erishish - mamlakatimiz ishlab chiqarishining qayta tug'ilishi - iqtisodiy o'sishning, xalqning ijtimoiy moddiy farovonligining kafolatidir. Bu fikrlarning tasdig'iga Prezidentimizning quyidagi fikrlari orqali ishonch hosil qilish mumkin:

«Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig'iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi.

Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas." [1].

Hozirgi vaqtda axborotli kommunikasion tarmoqlar, shu jumladan internet- foydalanuvchilar sohasi, foydalanuvchilari bilan o'zaro interaktiv aloqa istiqbolli hisoblanadi. 2003 yilda ADL tashabbuskor guruhi internet-texnologiyada keng qo'llanilishga mo'ljallangan Sharable Content Object Reference Model (SCORM) masofaviy interaktiv ta'lim standartini ishlab chiqishni boshladi.

Standartlarni kiritish masofaviy ta'lim tarkibidagi talablar kabi, dasturiy ta'minot talablarini ham osonlashtiradi. Hozirgi vaqtda ko'plab masofaviy ta'lim xizmatlarini beradigan ta'limni boshqarish tizimlari mavjud.

Mashhur ta'limni boshqarishga asoslangan tizimlarga quyidagi tizimlarni kiritish mumkin: Moodle, ILIAS, aTutor, Blackboard Learning System, CCNet, Claroline, Desire2Learn, Dokeos va boshqalar [8]. Biz bu ishda Moodle tizimi bilan ish olib bordik.

Ta'lim jarayonini takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan bir vaqtda masofaviy o'qitish jarayoniga ham juda katta e'tibor berilmoqda, jumladan hozir masofaviy ta'lim tizimlari asosida ta'lim vazirliklari, oliy o'quv yurtlari o'zlarining virtual ta'lim tizimlarini yaratib, shu asosda ta'lim jarayonini tashkillashtirmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda keng tarqalgan ochiq kodli Moodle platformasida o'quv kurslari uchun "Axborot - tanuvchi tizimlar" fani bo'yicha multimediali elektron o'quv kursini yaratish masalasi ko'rib chiqilgan.

BMIning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da «Kadrlarni o'qitish va tarbiyalash milliy tiklanish printsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo'naltirilgan ta'limning mazmuni davlat ta'lim standartlari asosida isloh qilinadi. Ta'lim oluvchining shaxsiga, unda ta'lim va bilimlarga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tibor beriladi» deb ko'rsatib o'tilgan.

Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida» 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ-191-sonli Qarori, "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli Qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Kelajagi buyuk davlatni bunyod etishda yangicha fikrlaydigan, bozor munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o'rin egallashi uchun zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini inson faoliyatining barcha jabhalariga, shu jumladan ta'lim tizimiga keng joriy etish muhim vazifalardan biridir.

Respublikada jahon axborot makonining tuzilmalari va milliy axborot- hisoblash tarmog'i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo'lmoqda.

Oliy ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy komp'yuterlar yordamida talabalarning mustaqil o'zlashtirishi va o'zlashtirilgan bilim darajalarini aniqlash, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 25 fevraldagi 34-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va 2005-2006 o'quv yilidan boshlab o'quv jarayoniga kiritilgan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risida» gi namunaviy Nizomda talabaning mustaqil ishi - o'quv rejasida muayyan fanni o'zlashtirish uchun belgilangan o'quv ishlarining ajralmas qismi bo Tib, u uslubiy va axborot resurslar bilan ta'minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi, deb qayd etilgan. Bu esa talabalarga fanlardan mustaqil ish topshiriqlari berish orqali, ularni mustaqil ta'lim olishga undashni talab etadi.

Bundan ko'rinib turibdiki, hozirgi zamon talabiga javob beradigan mutahassis kadrlarni tayyorlashda, mustaqil ta'limni tashkil etish katta ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo'yicha ajratilgan "Microsoft Office paketlar majmui" mavzusini mustaqil o'zlashtirish uchun electron o'quv qo'llanmalardan foydalanib kelinmoqda.

SHuningdek, o'quv jarayonida Internet texnologiyalari yordamida talabalarning fanlarni mustaqil o'zlashtirishi va o'zlashtirgan bilim darajalarini aniqlovchi komp'yuter dasturini yaratish, ayniqsa zamonaviy komp'yuter texnologiyalari va kommunikatsiya vositalaridan foydalanib mustaqil ta'limni tashkil etishga etarlicha e'tibor berilmayotganligi sezilmoqda. SHuning uchun ham hozirgi kunda oliy ta'lim tizimida fanlardan mustaqil ta'limni tashkil etish va talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun masofali kurslarni yaratish hamda ulardan o'quv-tarbiya jarayonida foydalanish dolzarb masalalardan biri ekanligi shubhasizdir.

Bituruv malakaviy ishining maqsadi. Moodle masofaviy ta'lim tizimining strukturaviy tuzilishini o'rganish va Moodle tizimi yordamida "Microsoft Office paketlar majmui" mavzusi bo'yicha onlayn o'quv kursini yaratishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishi bo'yicha vazifalar:

  1. Qaralayotgan muammoga oid ilmiy - uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish.

  2. Talabalarni «Microsoft Office paketlar majmui» mavzusini o'zlashtirish bo'yicha:

  • mavzu bo'yicha materiallar, taqdimotlar, tarqatma mareriallarni to'plash ;

  • mavzu bo'yicha mustaqil ta'lim topshiriqlari va ularning mazmuni bilan tanishish;

- talabalarning mavzuni mustaqil o'zlashtirishlari uchun Moodle platformasida masofali kurs tayyorlash;

1-BOB. MASOFAVIY KURSLAR YARATISH ASOSLARI



Yuz yilliklar davomida ta'lim insoniyat faoliyatining eng konservativ sohasi sanalib kelingan, chunki bilimlar hajmi muntazam oshib kelgan, ammo axborotlarni uzatish texnologiyalari o'zgarmasdan qolgan. Bugunga kelib vaziyat o'zgardi: axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish va INTERNETning shakllanishi tufayli zamonaviy ta'lim tizimi o'z rivojlanishining yangi bosqichiga ko'tarildi, ya'ni axborot-ta'lim muhitining shakllanishi va rivojlanishi kuzatilmoqda.

Jahon kompyuter tarmog'i - INTERNET va yangi virtual o'qitishning kompyuter tizimlari asosida ta'lim mahsulotlari va xizmatlari bozori jadal rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalari bo'yicha Xalqaro assotsiatsiyaning ma'lumotlariga qaraganda bu bozor 1995 yilda 19 million AQSh dollariga baholangan bo'lsa, World Wide Web Xalqaro konferentsiyaning (Gonkong, may 2001 yil) ma'lumotlari bo'yicha bu ko'rsatkich 2005 yilga kelib 54,1 trillion AQSh dollariga etishi ko'rsatilgan.

Jahondagi ta'lim jarayonining tahlili hozirning o'zida 1 million talabasi bo'lgan Mega universitetlariga o'tilayotganini ko'rsatmoqda. Ularni o'qitishda zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilmoqda.

Endilikda jahon tadbirkorlik tizimida elektron tijorat o'z o'rnini topgan vaqtda, elektron ta'lim INTERNETning eng istiqbolli rivojlanish sohasi sanalmoqda.

Masofaviy o'qitish INTERNET kompyuter tarmog'i shakllanganga qadar ta'lim tizimining shakli sifatida rivojlanib kelingan. Dastlab o'quv-metodik materiallar maxsus jamlanib talabalarga mustaqil o'qishlari uchun etkazib berilgan. Mashg'ulotlar o'tkazish va ma'ruzalar o'qish uchun televideniya texnologiyalaridan foydalanildi. Vaqt o'tishi bilan qog'ozdagi darsliklar va qo'llanmalar o'rnini CD,DVD-ROM disklar egallamoqda. INTERNET tizimining paydo bo'lishi bilimlarni tarqatish texnologiyalarining rivojlanishiga, talaba va o'qituvchilarga elektron darsliklar va kutubxonalardan foydalanishga, bilimlarni testlar orqali sinashga, yangi o'zaro muloqot vositasini shakllanishiga asos bo'ldi. Shundayqilib, INTERNET ta'lim muhitida axborot madaniyatini oshishiga zamin yaratildi.

Agar INTERNET tizimida mavjud ta'lim resurslarini tahlil qilsak, ularni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin:

  • birinchi guruhga faqat INTERNET texnologiyalariga asoslangan shaklda faoliyat yurituvchi muassasalar kiradi. Ularda ta'lim kursinitanlash, kurs uchunto'lovlar, talabalar uchun mashg'ulotlar, nazorat topshiriqlarini yuborish va ularni javob initekshirish, shuningdek oraliq va yakuniy imtihonlarni topshirish tarmoq orqali amalga oshiriladi. Bunday ta'lim muassasalari «virtual universitetlar» deb yuritiladi. Bunday universitetlar dasturiy ta'minotga bo'lgan talabning yuqoriligi va dastlab katta moliyaviy xarajatlar zarurligi sababli ko'p emas;

  • ikkinchi guruhni ko'pchilikni tashkil etadigan o'quv maskanlari tashkil etadi. Ularda an'anaviy ta'lim masofaviy o'qitishning zamonaviy vositalari bilan qo'shib olib boriladi. Bunday ta'lim muassasalari o'zlarining ma'lum kurslarini elektron shaklga o'tkazib, INTERNET texnologiyalari orqali o'qishlarni tashkil qilish bilan birga, an'anaviy imtihon sessiyalarini tashkil etmoqdalar. Ya'ni o'quv jarayonini qisman kompyuterlashtirishga erishilgan;

  • uchinchi guruhga INTERNETdan o'zlarida ichki kommunikatsiya muhiti sifatida foydalanayotgan ta'lim muassasalari kiradi. Ular o'zlarining INTERNETdagi saytlarida o'quv materiallarini joylashtirishgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, yangi axborot texnologiyalari o'qitish mazmunini boyitadi, talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi muloqot shaklini o'zgartiradi. Bunda oliy ta'limning yangi sifati va paradigmasi shakllanadi.

Bu ishda zamonaviy masofaviy kurslar yaratish asoslari muhimligi ko'rsatib o'tiladi. Ularni qisqacha quyidagicha bayon etish mumkin:

1. O'quv jarayonining markazida tinglovchining mustaqil bilim olish faoliyati (o'qish, o'qitish emas) turadi.

    1. Tinglovchi bilimlarni mustaqil egallashi, turli axborot manbalari bilan ishlashi va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'lishi muhim hisoblanadi.

    2. Bilimlarni mustaqil egallash passiv xarakterga ega boTmasligi, aksincha tinglovchi faol bilish faoliyatiga jalb qilinishi kerak.

    3. Masofaviy o'qitish tinglovchining o'qituvchi bilan faol muloqotidan tashqari boshqa tinglovchilar bilan ham muloqotni nazarda tutadi.

Nazorat tizimi doimiy xarakterga ega bo'lishi va tezkor teskari aloqaga, testdan o'tkazish avtomatik tizimi asoslangan bo'lishi kerak [6].

1.1. Masofaviy o'qitish kurslarini yaratishga qo'yiladigan talablar



Pedagoglar masofaviy o'qitish kurslarini yaratishda quyidagi talablarni inobatga olishlari kerak:

      1. Motivasiya - o'qitishning zarur qismi sanaladi va o'qitish jarayoni davomida qo'llab-quwatlanib turilmog'i lozim. Tinglovchi oldiga qo'yilgan aniq maqsad katta ahamiyat kasb etadi. Agar tinglovchi oldiga qo'yilgan vazifalar uning tayyorgarlik darajasiga mos kelmasa motivasiya keskin kamayadi.

      2. O'quv maqsadlarining qo'yilishi. Tinglovchilar undan nima talab etilishini bilishi kerak. Dasturda maqsad va vazifalarning aniq ko'rsatilishi muhim hisoblanadi.

      3. O'quv materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish. Bunday sharoitlarni yaratishda qo'shimcha yordamchi materiallar (tinglovchilar uchun qo'llanma) qo'l keladi. Dastlabki test sinovlarini o'tkazish ham mumkin.

      4. O'quv materiallarini yetkazish - har qanday o'quv masalalarini yechish bilan bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Bunda kompyuter ekraniga chiqariladigan kadrlarni yaratish muhim muammo sanaladi, ma'lum qulay o'qish tamoyilidan foydalanish zarur bo'ladi.

      5. Teskari aloqa. Bu mezon tinglovchi uchun katta ahamiyatga ega. Kompyuter teskari aloqani amalga oshirishda yordam beradi.

      6. Baholash. Tinglovchilar kompyuter bilan ishlash jarayonida o'quv materiallarini qanday o'zlashtirayotganlarini bilib borishlari kerak. Ammo yakuniy baholashga qadar noto'g'ri javoblarni ko'rsatmaslik maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Tinglovchilarni kam qolgan topshiriqlar soni ko'p bajarilgan topshiriqlar soniga nisbatan ko'proq faollashtiradi. Masofaviy kurslarda «tinglovchi-o'qituvchi-tinglovchi» muloqotining tashkil etilishi juda muhim hisoblanadi. Buning uchun tinglovchilar faoliyatini hamkorlikda o'qish yoki loyihalar metodlari, bahslar asosida tashkil qilish lozim [6,7].

1.2. Masofali o'qitishda qo'llaniladigan texnik vosita va texnologiyalar

Ta'limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi - axborotni uzatish va qayta ishlashning elektron vositalariga asoslangan yangi ta'lim texnologiyalarining va o'qitish shakllarining paydo bo'lishiga olib keldi. Masofaviy o'qitishda quyidagi texnik vosita va texnologiyalar qo'llaniladi: o'rgatuvchi, sinovchi va aloqa vositalari. O'rgatuvchi vositalarga izohli lug'atlar, qidiruv vositalari, elektron o'quv qo'llanmalar, ma'ruzalarning videokursi va boshqalar kiradi. Sinovchi vositalarga test savollari, o'z-o'zini tekshirish vositalari mansub. Aloqa vositalari bo'lib forumlar, pochta, audio va video kassetalar xizmat qiladi. Odatdagi ma'ruza kursi an'anaviy o'qitishda quyidagini nazarda tutadi: ma'ruza, izohlar (o'quv materialini ma'ruzachi tomonidan izohlash), og'zaki, yakuniy imtihonda baholash.

Masofaviy ta'limda o'qituvchi funksiyasini o'rgatuvchi va sinovchi vositalar (to'la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o'qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi. Elektron darslikning imkoniyatlarini multiplikasiya va videotexnikaning zamonaviy vositalarini qo'llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o'quv kursi bo'yicha videoma'ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Elektron darslikni yaratishda ma'lumotlar omborini yaratish va unga ma'lumotlar kiritish lozim bo'ladi. Bunday vaziyatda ma'lumotlar omboriga murojaat va unda joylashgan materiallar ustida amallar bajarishning ayrim usullari mavjud bo'ladi [6].

Zamonaviy kompyuterga mo'ljallangan didaktik dasturlar (elektron darsliklar, kompyuter topshiriqnomalari, Multimediali elektron darsliklar, gipermatnli axborot-ma'lumot tizimlari, elektron arxivlar, elektron kataloglar, ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor dasturlar) o'qitishning multimediya vositalari sarasiga kiradi. Multimediya didaktik materialni uzatishni yuqori darajada qulay va ko'rgazmali bo'lishini ta'minlaydi, bu o'z navbatida talabalarda o'rganishga qiziqishni orttiradi.

Ta'lim muassasasining axborotlashgan muhitini yaratish Oliy ta'lim muasssalarining barcha kompyuter sinflarini internetga ulash va shu asnoda internetda mavjud ma'lumotlardan, shu jumladan elektron o'quv adabiyotlaridan foydalanish imkoni yo'q vaziyatda lokal tarmoqda ishlovchi oliy ta'lim muassasasining internet-fazosini yaratish mumkin. Yaratilajak internet fazo fanlar bo'yicha didaktik portfel, o'qituvchilarning individual portfeli kabi bir turkum ma'lumotlardan tashkil topadi.

Oliy ta'lim muasssalarida yangi axborotlashgan muhitga asoslangan o'quv tizimini, Internet - oliy ta'lim muassasasi fazosini joriy qilish, unga elektron o'quv adabiyotlarini joylashtirish hamda masofaviy ta'lim shakl va metodlarining ilmiy- nazariy asoslari bayoniga to'xtalamiz. Talabalarning fundamental tayyorgarlik darajasi sifatini oshirishga yo'naltirilgan o'qitishning yangi texnologiyalarini rivojlanishi tez o'zgarayotgan axborotlashgan jamiyatda zamonaviy oliy ta'lim muassasasi modernizasiyasida ham asosiy yo'nalish hisoblanadi.

Oliy ta'lim muassasasi Internet-fazosini tashkil etuvchilari - o'quv, tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar hamda talabalarni fanlar bo'yicha qo'llab- quwatlash, oliy ta'lim muassasasining Web-sahifasi, o'qituvchilarining individual portfeli, fanlar bo'yicha o'quv darslarining uslubiy ta'minoti bo'limlaridan iborat bo'ladi. Undan internetga ulanish imkoni bo'lmagan oliy ta'lim muassasasilarning Internet-fazosini tashkil etishda ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, yaxlit axborotlashgan ta'lim muhitidan maqbul foydalanishning tashkiliy tartibi Oliy ta'lim muasssalari uchun quyidagicha bo'ladi.

Internet-fazo muvofiqlashtiruvchi markazi oliy ta'lim muassasasining turli xizmatlarida foydalanish uchun dasturiy vositalar omboridan tashkil topadi. Boshqarish jarayoni ishini avtomatlashtirish, axborotlarni tahlil qilish va hisobot tuzish uchun maxsus dasturiy texnologiyalar majmuasini yaratish lozim bo'ladi. Boshqaruv bloki uslubiy ta'minoti bo'yicha turli xil nazorat sinovlari uchun mo'ljallanadi.

O'quv bloki yoki didaktik portfel fan bo'yicha quyidagilardan tashkil topadi:

  • o'quv rejalar va dasturlar;

  • darslik va uslubiy qo'llanmalar;

  • an'anaviy bosma o'qitish vositalari;

  • kodogrammalar;

  • diapozitivlar;

  • o'quv kinofilmlari;

  • jadvallar;

  • o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish uchun didaktik materiallar;

  • o'quv jihozlari;

  • multmediali dars ishlanmalari;

  • o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy vositalar;

  • virtual laboratoriyalar;

  • elektron ensiklopediya va lug'atlar.

Fanlar bo'yicha didaktik portfel doimiy yangilanib borishi va to'ldirilishi lozim. Uni elektron ko'rinishdagi tayyor mahsulot bilan yohud xususiy mahsulotni yaratish bilan amalga oshirish mumkin. Aytib o'tish joizki, elektron ko'rinishdagi tayyor mahsulot bilan bir qatorda didaktik portfelni ta'lim muassasasida tayyorlangan o'quv mahsulotlar bilan ham to'ldirib borish ahamiyatlidir. Bu esa o'z navbatida birinchidan ta'lim muassasasi imkoniyatlarini ochadi va talabalarga differensiallashgan yondashuv imkonini beradi.

Ushbu loyiha faoliyatida zamonaviy Internet-texnologiyadan foydalanish o'ta muhimdir. Loyiha bilan ishlash jarayonida ayrim talabalar HTML gipermatn tilini o'rganadilar, binobarin loyiha ishlari natijasi Web - sahifa tarzida tuziladi. Mazkur dasturiy vositalar asosida ta'lim muassasasida ma'lum fan yo'nalishlari bo'yicha elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari tayyorlanadi. Dasturni shunday yozish lozim bo'ladiki, yonma-yon joylashgan kompyuterdagi foydalanuvchilar mutloq bir xil natija olmasligi zarur. Bundan tashqari yaratilgan dasturiy mahsulot o'qituvchiga talaba bajarayotgan har bir ishni kuzatib borish imkoniyatini yaratish zarur. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida eksperement natijalarini o'zida joylovchi nazorat fayli tashkil etiladi.

Darsdan so'ng, o'qituvchi ushbu fayllarni ko'zdan kechirishi va tegishli natijalar bilan taqqoslash imkoni bo'lishi lozim. Ushbu turdagi dasturiy mahsulotning amaliy jihatlaridan yana biri uning masofaviy ta'limga moslashgan bo'lishidadir.

Fan sohalari bo'yicha lozim materiallar bilan didaktik portfelni to'ldirish bilan bir qatorda ta'lim muassasasining pedagog-o'qituvchilari haqida umumiy ma'lumotlar-pedagogik staji, ma'lumoti, malaka oshirganligi haqida ma'lumot, yutuqlari, chop qilingan o'quv-uslubiy materiallarini ham kiritish muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta'lim muassasasida Internet-muhitni yaratishning yana bir e'tiborli jihati shuki, u ham bo'lsa talabalarni psixologik-pedagogik quwatlashdir.

Axborotlashgan resurslar talabalarni nafaqat anketa yoki psixologik testlar bilan ularning xarakteridagi xususiyatlarni o'rganish, lozim bo'lganda talabalar va ota-onalar uchun psixologik konsultasiya xizmatini tashkil etishga yordam berishi ham lozim. Xizmatni ushbu turiga asosan qandaydir noma'lum sabablarga ko'ra bevosita psixologga to'g'ridan-to'g'ri savol bermaydigan talaba va ota-onalar jalb qilinadi. Ular kompyuter bilan bevosita muloqotda bo'lib o'zi qiziqqan savollarga javob olishlari mumkin [11].


Download 480.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling