O`zbekiston respublikasi


Download 0.49 Mb.
bet1/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#188561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
DORIVOR O‘SIMLIKLAR kurs ishi


DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Reja:
Kirish

1. Dorivor о‘simliklar haqida umumiy ma’lumot.

2. Ilmiy tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar.

3. Dorivor о‘simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash.

4. Dorivor о‘simliklarning guruhlanishi.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Dorivor о‘simliklar qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Ularni turlari juda kо‘p bо‘lib yer yuzining hamma hududida (regionida) ishlatiladiganlaridan tashqari har bir hududning о‘ziga xos dorivor о‘simligi ham bо‘ladi. Ammo, xalq tabobatida va an’anaviy (traditsion) tibbiyotda qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda о‘z о‘rnini egallagani yо‘q. Lekin ularning ba’zi birlari shu vaqtgacha davosi topilmagan kasalliklarga shifo bо‘lishi ham mumkin.

Ma’lumki, xalq tabobatida qо‘llaniladigan dorivor о‘simliklar soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha kо‘p. Masalan, О‘zbekiston xalq tabobatida 500 dan ortiq о‘simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan 100 dan ortig‘igina ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agarda xalq tabobatida kо‘llaniladigan о‘simliklar har taraflama va chuqur о‘rganilsa, ular ichidan shifobaxsh xususiyatga ega bо‘lganlarini topilishi aniq.

Odamlar kо‘pincha dorivor о‘simliklarni yig‘ib, undan uy sharoitida о‘zlari dori tayyorlab oladilar. Bu notо‘g‘ri, chunki о‘simlikning qandayligini bilmay turib tayyorlangan dori yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi kо‘rinishidan dorivor о‘simliklarga о‘xshagan zaharli о‘simliklar ham uchraydi. Shuning uchun dorivor о‘simliklarni yig‘ishdan avval ularning botanik alomatlarini, yig‘ib olinadigan muddatini bilish kerak bо‘ladi. Dorivor moddalar о‘simliklarning ba’zilarida kurtagida, bargida yoki poyasida, ba’zi о‘simliklarning guli yoki mevasida, ba’zilarining esa ildizi yoki pо‘stlog‘ida tо‘planishi mumkin.

Yuqorida aytilgandek, kо‘pchilik dorivor о‘simliklar tarkibida kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi zaharli moddalar bо‘ladi. Bunday dorivor о‘simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli moddalar dozasi bir oz ortiqroq bо‘lsa ham kuchli zaharlaydi yoki turli kasalliklarga yо‘liqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladona, itsigak, isiriq, kuchala, kо‘knori, maralquloq, mingbosh, mingdevona, omonqora, qirqbо‘g‘in, qonchо‘p va boshqa shunday zaharli dorivor о‘simliklar jumlasidandir. Shuning uchun ularni ishlatishda belgilangan dozalarga qat’iy amal qilish kerak.

Hozirgi kunda ilmiy tibbiyotda qо‘llanilayotgan kо‘pchilik dorivor о‘simliklar aslida xalq tabobatidan olingan. Shuning uchun xalq tabobatining dorivor о‘simliklari yangi, samarador fitopreparatlar yaratish maqsadida ilmiy-tekshirish ishlari olib borishda bitmas-tuganmas manbadir.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling