O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining


Download 353.87 Kb.
bet1/10
Sana26.11.2020
Hajmi353.87 Kb.
#152359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2698 14.07.2015




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining

buyrug‘i

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2698-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq buyuraman:



1. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Direktor J. ISMOILOV

Toshkent sh.,

2015-yil 29-iyun,

01-176-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 29-iyundagi 01-176-son buyrug‘iga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (bundan buyon matnda Bank-moliya akademiyasi deb yuritiladi) magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar

1. Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari test sinovlari shaklida amalga oshiriladi.

Test sinovlari “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari”, “Mutaxassislik fani” hamda “Ingliz tili” fanlaridan o‘tkaziladi.

2. Test sinovlari 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.

3. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.

4. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o‘tkazish mas’uliyati Davlat test markazi vakillari, tegishli o‘quv yili uchun tashkil etilgan Bank-moliya akademiyasi qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) raisi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tayinlangan auditoriya rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

2-bob. Test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish

1-§. Qabul komissiyasi ishini tashkil etish

5. Qabul komissiyasi tashkil etish, uning tarkibi va raisini tasdiqlash Bank-moliya akademiyasi rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

6. Test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul komissiyasining ish rejasi ishlab chiqiladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

7. Qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, nomzodlarga (bundan buyon matnda abituriyent deb yuritiladi) ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar berish qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

8. Qabul komissiyasi test sinovlari boshlanishidan bir oy oldin Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 255-son “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va mazkur Nizom nusxasini, shuningdek qabul jarayoniga oid zarur ma’lumotlarni Bank-moliya akademiyasi rasmiy veb-saytiga va qabul komissiyasi e’lonlar taxtasiga joylashtiradi.

9. Qabul komissiyasi:

20-avgustgacha — tegishli binolar va auditoriyalarni test sinovlarini o‘tkazish uchun tayyorlaydi;

31-avgustgacha — test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar va auditoriyalar haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 1-ilovasi 1 — 7-shakllariga muvofiq Davlat test markaziga taqdim etadi, ushbu ma’lumotlarga keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;

2-sentabrda — abituriyentlarning qayd raqami, ta’lim muassasasining nomi, fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tug‘ilgan yili va joyi, tugatgan oliy ta’lim muassasasining nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom seriyasi va raqami, diplomdagi umumiy reyting bali, ta’lim tili, mutaxassisligi va test sinovi topshiradigan chet tili haqidagi ma’lumotlar bazasini mutaxassislik bo‘yicha maxsus dasturga xatosiz kiritadi va abituriyentlarning elektron surati bilan Davlat test markaziga yuboradi;

2-sentabrda — mazkur Nizomning 2-ilovasi 1-shakliga muvofiq abituriyentlardan tushgan arizalar haqida ma’lumotni, mazkur Nizomning 2-ilovasi 2-shakliga muvofiq xalqaro (TOEFL, IELTS yoki GMAT) sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatini tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi, ushbu ro‘yxatlarga keyinchalik o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;

3-sentabrgacha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi titul varaqasi, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi abituriyent ruxsatnomasi, mazkur Nizomning 5-ilovasi 1-shakliga muvofiq abituriyentlarning umumiy ro‘yxati hamda mazkur Nizomning 5-ilovasi 2-shakliga muvofiq abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomasini chop etish bo‘yicha Davlat test markazi bilan shartnoma tuzadi;

4-sentabrda — Davlat test markazidan abituriyentlarning umumiy ro‘yxatini tasdiqlangan holda qabul qiladi va uni shu kunning o‘zida Bank-moliya akademiyasi rasmiy veb-saytiga va qabul komissiyasi e’lonlar taxtasiga joylashtiradi;

7-sentabrda — Davlat test markazidan abituriyentlar ruxsatnomalari va abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomalarini qabul qilib oladi;

8-sentabrda — test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda abituriyentlarni test sinovi o‘tkazish tartibi bilan yana bir bor tanishtirish maqsadida maslahat punktlari tashkil qiladi va abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini tarqatadi;

8-sentabrda — test sinovi o‘tkazish uchun tayyorlangan binolarni Davlat test markazining bino vakiliga topshiradi va bu haqda mazkur Nizomning 6-ilovasi 1-shakliga muvofiq binoning test sinovlariga tayyorligi to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;

9-sentabrda — abituriyentlar uchun repetitsiya tashkil etadi va o‘tkazadi hamda shu kuni soat 7.30 ga qadar Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlangan mazkur Nizomning 6-ilovasi 2-shakliga muvofiq bino hududiga kirishga ruxsat berilgan Davlat test markazi vakillari (muassasa, bino, hudud va qavat vakillari), videooperatorlari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ro‘yxatini oladi hamda nazorat xizmati postlariga topshiradi;

10-sentabrda — mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda abituriyentlarni bino hududi va binoga o‘z vaqtida tartibli kiritish uchun har bir bino eshigida nazorat xizmati postlarini, Bank-moliya akademiyasida tashkil etilgan Bosh shtabda, binolarning kirish eshigida va test materiallarini tarqatish-qabul qilish xonasida (shtabda) videotasvir o‘rnatilishini ta’minlaydi;

repetitsiya o‘tkazilgandan so‘ng, mazkur Nizomning 6-ilovasi 3-shakliga muvofiq binoda repetitsiya o‘tkazish bayonnomasini rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

kompyuter texnikalari, nusxa ko‘chirish va aloqa vositalari saqlanadigan xonalar, test sinovlari o‘tkazilmaydigan auditoriyalar, xonalar va qavatlarning kirish-chiqish eshiklari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan auditoriya va xonalarning muhrlanishida ishtirok etadi;

Davlat test markazidan test sinovi natijalari qaydnomasi hamda abituriyent tomonidan to‘ldirilgan titul varaqalarining asl nusxalarini va to‘ldirilmagan titul varaqalarining nusxalarini tekshirib, mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi titul varaqalari solingan paketni ochish haqida dalolatnoma asosida qabul qilib oladi va belgilangan tartibda to‘ldirilmagan titul varaqalarining asl nusxalari Davlat test markazida qoldiriladi;

test sinovi natijalarini Davlat test markazidan olgan kuni e’lon qiladi.

10. Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi zimmasiga yuklatiladi.

2-§. Test sinovini tashkil etish va o‘tkazishda Davlat test markazining asosiy vazifalari

11. Quyidagilar test sinovini tashkil etish va o‘tkazishda Davlat test markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:

test savollarini tuzadi va ularni ekspertiza qiladi;

test materiallarining sifatli, nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlaydi hamda maxfiylikni saqlagan holda tayyorlaydi va chop etadi;

Bank-moliya akademiyasidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tegishli ma’lumotlarni tasdiqlangan holda oladi va ularga ishlov beradi;

Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlaydi;

auditoriyalar bo‘yicha abituriyentlar ro‘yxatlarini shakllantiradi;

test materiallarini test sinovi o‘tkaziladigan binoga va test sinovi tugagandan so‘ng, Davlat test markaziga yetkazilishini ta’minlaydi;

qabul komissiyasiga test sinovi natijalari va to‘ldirilgan titul varaqalarini topshiradi;

test sinovi natijalarini 2 kun ichida tekshiradi va chiqaradi.

12. Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda:

auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha dastur ishlab chiqadi va Bank-moliya akademiyasiga taqdim etadi;

Bank-moliya akademiyasidan test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar va auditoriyalar haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi, tahlil qiladi, ularning reja-chizmalarini tasdiqlaydi;

2-sentabrda — auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi hamda tasdiqlangan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi;

7-sentabrda — abituriyentlar ruxsatnomalari va abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomasini tasdiqlangan holda qabul komissiyasiga topshiradi;

9-sentabrda — Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining binolar bo‘yicha taqsimotini tasdiqlangan holda qabul komissiyaga taqdim etadi;

Davlat test markazi vakillarining o‘z vazifalarini aniq bilishini ta’minlaydi.

3-§. Test sinovini tashkil etish va o‘tkazishda Davlat test markazi vakillarining vazifalari

13. Davlat test markazi vakillari mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari orasidan kelishuv asosida tanlab olinadi.

14. Davlat test markazining vakillari test sinovlari jarayoniga shartnoma asosida jalb etiladi.

15. Davlat test markazining Bank-moliya akademiyasi bo‘yicha vakili (bundan buyon matnda muassasa vakili deb yuritiladi) Davlat test markazining bino bo‘yicha vakili (bundan buyon matnda bino vakili deb yuritiladi), Davlat test markazining bino hududi bo‘yicha vakili (bundan buyon matnda hudud vakili deb yuritiladi) va Davlat test markazining qavat bo‘yicha vakiliga (bundan buyon matnda qavat vakili deb yuritiladi) umumiy rahbarlik qiladi hamda ular faoliyatini nazorat qiladi.

Bino vakili qavat vakillarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Qavat vakili auditoriya rahbarlari faoliyatini boshqaradi.

Qavat vakili bino vakilining, bino vakili muassasa vakilining, muassasa vakili Davlat test markazining mas’ul xodimi rahbarligida faoliyat yuritadi.

16. Davlat test markazi vakillari:

test sinovini o‘tkazish tartibini mukammal bilishi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va qabul komissiyasi bilan hamkorlikda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etiladigan shaxslar uchun test sinovini o‘tkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishi;

test sinovi o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya qilinishi, test sinovlarining xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlashi;

test sinovi jarayonida auditoriya rahbariga amaliy yordam berishi;

test sinovi o‘tkaziladigan bino hududiga kirish joyidagi nazorat postida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtirish bo‘yicha dalolatnoma tuzishi lozim.

17. Davlat test markazi vakillarining test sinovi o‘tkaziladigan bino hududiga yon daftarcha, sumka, uyali aloqa vositalari va shunga o‘xshash buyumlar bilan kirishi taqiqlanadi.

18. Muassasa vakili:

8-sentabrda — qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan birgalikda tegishli bino, qavat va auditoriyalarning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi. Qabul komissiyasi mas’ul kotibidan dislokatsiya hujjatlari asosida binoni qabul qiladi va binoning test sinovlariga tayyorligi to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiradi;

9-sentabrda — soat 8.00 dan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyasi, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ishtirokida test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun repetitsiya o‘tkazadi hamda binoda repetitsiya o‘tkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi va shu kuni Davlat test markaziga taqdim etadi.

19. Muassasa vakili test sinovlari o‘tkaziladigan kuni:

soat 12.00 gacha — Bank-moliya akademiyasiga yetib keladi va pasporti bilan nazorat xizmati postlari orqali binoga kiradi;

soat 12.15 gacha — Bosh shtabda bino vakillari ishtirokida Davlat test markazining test sinovini o‘tkazishga mas’ul xodimidan test materiallarini ularning muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qiladi;

mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi bino vakillarining binolar bo‘yicha taqsimotini e’lon qiladi;

kelmagan bino vakili o‘rniga zaxiradagi vakillardan birini tayinlaydi;

soat 12.30 gacha — mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda binolar bo‘yicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasining tegishli ustunini rasmiylashtiradi;

Bank-moliya akademiyasida test sinovlarining o‘z vaqtida boshlanishi va tugashini nazorat qiladi;

vujudga kelgan muammolarni o‘z vakolatlari doirasida bartaraf etish choralarini ko‘radi;

soat 17.20 gacha — binolar bo‘yicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida bino vakilidan test materiallarini qabul qiladi va tegishli ustunni rasmiylashtiradi;

o‘z vaqtida topshirilgan test materiallarini bino vakillari ishtirokida Davlat test markazining test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul xodimiga topshiradi va bu haqda Davlat test markaziga telefon orqali xabar beradi. Uzrli sabablarsiz o‘z vaqtida olib kelinmagan test materiallarini qabul qilmaydi va hisobot shaklining boshqa muammolar qismiga bu haqda batafsil ma’lumot kiritadi;

soat 17.30 gacha — mazkur Nizomning 10-ilovasi 1-2-shakllariga muvofiq qavat vakili hisoboti, bino vakili hisoboti, shuningdek bino bo‘yicha to‘ldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar, testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ruxsatnomalari, test materiallarini tarqatish va yig‘ib olish bayonnomalari, abituriyentlarning binoga kirish jarayoni videotasviri solingan va muhrlangan maxsus paketlarni qabul qilib oladi hamda mazkur Nizomning 10-ilovasi 3-shakliga muvofiq muassasa vakili hisoboti bilan birgalikda test sinovi o‘tkazilgan kuni soat 18.00 gacha Davlat test markaziga topshiradi;

muassasa vakili test sinovini o‘tkazish tartibini buzgan taqdirda, Davlat test markazi mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma tuzilib, test sinovidan chetlashtiriladi hamda uning o‘rniga zaxiradan boshqa vakil tayinlanadi.

20. Bino vakili test sinovlari o‘tkaziladigan kuni:

soat 12.20 gacha — Bosh shtabda muassasa vakilidan bino bo‘yicha qavat vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilari ro‘yxatlarini, ularning va videooperatorlar ruxsatnomalarini, test materiallarini qabul qilib oladi hamda soat 12.40 gacha binoga yetib boradi;

zaxira test materiallari solingan qutilarni seyfga joylashtiradi va muhrlaydi;

soat 13.00 gacha — qavat vakillari orqali mazkur Nizomning 11-ilovasi 1-shakliga muvofiq qavat vakili, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari taqsimotini e’lon qilib, ularga va videooperatorlarga ruxsatnomalarni tarqatadi. Kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari o‘rniga zaxiradan tayinlaydi va bu haqda mazkur Nizomning 11-ilovasi 2-shakliga muvofiq test sinovlariga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi;

soat 13.00 da — hudud vakiliga mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi abituriyentlarning bino va guruhlar bo‘yicha umumiy ro‘yxatini, auditoriya rahbarlariga abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatini va abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha titul varaqalari solingan paketlarni beradi;

soat 13.00 gacha — bino bo‘yicha to‘ldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar hamda test sinovi jarayoniga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilari ruxsatnomalarini maxsus paketga solib muhrlaydi;

soat 13.15 gacha — qavat vakillari orqali mazkur Nizomning 13-ilovasi 1-shakliga muvofiq binoda test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida test materiallari qutilarini auditoriya rahbarlariga topshiradi va bu haqda bayonnomaning tegishli ustunlarini rasmiylashtiradi;

soat 14.00 gacha — qavat vakillarining abituriyentlar tomonidan test materialida tipografik nuqson borligi haqidagi murojaati yuzasidan zudlik bilan zaxira qutisidan ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos test materiallarini olib qavat vakiliga beradi va bu haqda mazkur Nizomning 13-ilovasi 2-shakliga muvofiq zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtiradi;

soat 16.50 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.00 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.15 gacha) — abituriyentlarning test sinovlari topshirishini nazorat qilib boradi va test sinovlari jarayonida muammo paydo bo‘lsa, zudlik bilan hal qiladi;

auditoriyada test sinovini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovidan chetlashtirilishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishini nazorat qiladi;

soat 17.00 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.10 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.25 gacha) — qavat vakillari orqali binoda test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida auditoriya rahbarlaridan test materiallari qutilarini muhrlangan holda qabul qilib oladi, bayonnomaning tegishli ustunlarini rasmiylashtiradi hamda o‘z vaqtida topshirgan auditoriya rahbarlari ruxsatnomasining tegishli joylarini to‘ldirib imzo qo‘yadi, auditoriyadan sababsiz o‘z vaqtida olib kelinmagan test materiallari qutilarini qabul qilmaydi va hisobot shaklining boshqa muammolar qismiga bu haqda batafsil ma’lumot kiritadi;

soat 17.20 gacha — qavat vakillari ishtirokida muhrlangan test materiallari qutilarini qoplarga solib muhrlaydi. Muhrlangan test materiallarini Bosh shtabga olib boradi va ta’lim muassasasi vakiliga topshiradi hamda Davlat test markazining test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul xodimiga topshirilishida ishtirok etadi;

soat 17.20 gacha — qavat vakillaridan hisobotlarni qabul qiladi va bino vakili hisobotini yozadi. Bino bo‘yicha to‘ldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar, bayonnomalar, testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilari ruxsatnomalari, abituriyentlarning binoga kirish jarayoni videotasviri solingan va muhrlangan maxsus paketni muassasa vakiliga topshiradi.

21. To‘ldirilmagan yoki Davlat test markaziga keltirilmagan shakllar uchun bino vakili javobgar hisoblanadi.

22. Qavat vakili test sinovlari o‘tkaziladigan kuni:

soat 13.00 gacha — auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilariga bino vakili boshchiligida ruxsatnomalarni tarqatadi hamda ularni belgilangan auditoriyalarga olib boradi;

o‘ziga tegishli qavatda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining faoliyatini nazorat qiladi;

test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyada abituriyent tomonidan test o‘tkazish tartibi buzilishi aniqlanganda, auditoriya rahbaridan ushbu holat bo‘yicha test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirishni talab qiladi;

test sinovi tartibini buzgan auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisini test sinovidan chetlashtiradi, ularning o‘rniga zaxiradan boshqa shaxsni tayinlaydi hamda ushbu holatlarni o‘z hisobotida ko‘rsatadi;

auditoriyalarda paketlar va test materiallari qutisini muhrlashda amaliy yordam ko‘rsatadi;

qavatdagi auditoriyalar rahbarlari tomonidan test materiallari qutilarining bino vakiliga topshirilishini nazorat qiladi;

qavat vakili hisobotini yozib, bino vakiliga topshiradi.

23. Hudud vakili test sinovlari o‘tkaziladigan kuni:

soat 13.00 da — bino vakilidan abituriyentlarning bino va guruhlar bo‘yicha umumiy ro‘yxatini oladi va bino hududidagi e’lonlar taxtasiga joylashtiradi;

abituriyentlarni bino hududi va binoga tartibli ravishda kirishini nazorat qiladi;

bino hududiga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan abituriyentlarni test sinovlaridan chetlashtirish va tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishda ishtirok etadi.

24. Test sinovini o‘tkazish davomida mazkur Nizomning 65-bandida ko‘rsatilgan holatlardan birortasini sodir etgan Davlat test markazi vakili test sinovidan chetlashtiriladi. Bunda qavat vakili bino vakili tomonidan, bino vakili muassasa vakili tomonidan, muassasa vakili Davlat test markazi mas’ul xodimi tomonidan test sinovidan chetlashtiriladi va uning o‘rniga zaxiradan boshqa vakil tayinlanadi hamda ushbu holatlar tegishli hisobotlarda ko‘rsatiladi.

4-§. Test sinovini tashkil etish va o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari

25. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Bank-moliya akademiyasining murojaatiga asosan:

test sinovini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishda amaliy yordam beradi;

Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga, repetitsiyaga va test sinovlariga o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlaydi;

o‘z vakolatlari doirasida test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlaydi.

5-§. Test sinovini o‘tkazishda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining vazifalari

26. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari orasidan shakllantiriladi.

27. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari auditoriyalarga Davlat test markazi tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi.

28. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari tomonidan binoga yon daftarcha, sumka, uyali aloqa vositalari va shunga o‘xshash buyumlarni olib kirilishi man etiladi. Test sinovi o‘tkaziladigan auditoriyada tegishli qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilingan holda to‘g‘ri va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik auditoriya rahbari zimmasiga yuklanadi.

29. Har bir auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari, 30 tagacha abituriyent uchun 1 nafar auditoriya kuzatuvchisi biriktiriladi. Auditoriya kuzatuvchisi auditoriyadagi abituriyentlarga test materiallarini tarqatish va yig‘ib olish hamda test sinovini belgilangan tartibda o‘tkazilishida mas’ul hisoblanadi. Auditoriya rahbari auditoriya kuzatuvchilari faoliyatini nazorat qiladi, mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq auditoriyada test sinovini o‘tkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi.

30. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o‘ziga biriktirilgan binoga soat 12.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib keladi.

Soat 13.00 gacha bino shtabida ruxsatnomasi hamda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatini oladi va imzo qo‘yadi hamda ruxsatnomada ko‘rsatilgan auditoriyaga borib, ism va familiyasini yozuv taxtasiga (doskaga) yozib qo‘yadi.

31. Auditoriya rahbari soat 13.15 gacha bino shtabida bino vakilidan tegishli titul varaqalari solingan paketni va test materiallari qutisini ularning muhri buzilmaganligini tekshirib qabul qiladi, qavat vakili boshchiligida auditoriyaga olib keladi hamda titul varaqalari solingan paketni guvohlar ishtirokida ochib, auditoriya kuzatuvchilariga topshiradi.

32. Auditoriya rahbari soat 13.30 da auditoriya kuzatuvchilari va ikki nafar abituriyentlar guvohligida test materiallari qutisini ochadi. Test materiallari qutisidan abituriyentlar soniga mos ravishda mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi savollar kitobi hamda mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi javoblar varaqasi, mazkur Nizomning 18-ilovasi 1 — 3-shakllariga muvofiq titul varaqalari paketi, javoblar varaqasi paketi va ishlatilmagan savollar kitoblari paketi, mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida dalolatnoma, test materiallarini muhrlash uchun Davlat test markazining 4 ta emblemasi va auditoriyada test sinovini o‘tkazish bayonnomasi mavjudligini tekshirib oladi.

33. Auditoriya rahbari abituriyentlarga tarqatish uchun javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini kuzatuvchilarga topshiradi hamda abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga abituriyentlarning test materiallarini qabul qilib olganliklarini tasdiqlab, imzo qo‘yishlarini nazorat qiladi.

34. Auditoriya rahbari soat 14.00 gacha:

abituriyentlarni javoblar varaqasini bukmaslik, uning marker chizig‘iga yozmaslik va javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik haqida ogohlantiradi;

abituriyentlarga savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqish, javoblar varaqasi va savollar kitobi muqovasining tegishli joyiga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib imzo qo‘yish, titul varaqasi va abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga javoblar varaqasidan javoblar varaqasi raqamini xatosiz ko‘chirib yozib imzo qo‘yish va titul varaqasidan javoblar varaqasining tegishli joyiga maxsus kodni to‘g‘ri ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma beradi;

kuzatuvchilardan test sinoviga kelmagan abituriyentlarning javoblar varaqalari va savollar kitoblarini sanab qabul qilib oladi;

kuzatuvchilarga abituriyentlar tomonidan to‘ldirilgan titul varaqalarini yig‘ib olish bo‘yicha ko‘rsatma beradi;

abituriyent savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilganda, nuqson borligiga shaxsan o‘zi ishonch hosil qilgandan keyin tezkorlik bilan qavat vakiliga murojaat qilib, zaxiradan shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan savollar kitobi hamda javoblar varaqasini keltirib berishni so‘raydi hamda abituriyentga nuqsonsiz test materiallarini topshiradi;

nuqsonli savollar kitobi va javoblar varaqasi ustiga “Nuqsonli” degan yozuv kiritadi, nuqsonli test savollari kitobi ustiga uning almashtirilgan vaqtini, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib imzo qo‘yadi hamda nuqsonli test savollari kitobi va javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga soladi.

35. Auditoriya rahbari soat 14.00 da test sinovi boshlanganini e’lon qilib, test sinovining tugash vaqtini doskaga yozib qo‘yadi.

36. Auditoriya rahbari soat 14.20 gacha:

test sinoviga kelmagan abituriyentga tegishli savollar kitobini ishlatilmagan savollar kitobi paketiga solib muhrlaydi, javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yadi va abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga test sinoviga kelmagan abituriyent haqida “Qatnashmadi” deb yozib qo‘yadi;

yig‘ilgan titul varaqalariga yozilgan javoblar varaqalari raqamlarini abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga yozilgan javoblar varaqalari raqamlari bilan mosligini birma-bir tekshirib chiqadi, tegishli joyiga imzo qo‘yib, titul varaqalari paketiga solib qo‘yadi;

auditoriyada test sinovlarini o‘tkazish bayonnomasining tegishli bandlarini rasmiylashtiradi.

37. Auditoriya rahbari soat 16.30 da (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 14.40 da, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.55 da) test savollari bilan ishlash uchun ajratilgan vaqt tugaganligini va javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun ajratilgan 20 daqiqalik vaqt boshlanganligini e’lon qiladi.

38. Auditoriya rahbari soat 16.50 da (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.00 da, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.15 da) test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va abituriyentlarni o‘rinlaridan turishlarini talab qiladi hamda kuzatuvchilarga abituriyentlardan test materiallarini yig‘ib olish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.

Test materiallari yig‘ib olinganidan so‘ng, auditoriya rahbari savollar kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshiradi va abituriyentlarga test materiallarini topshirganligini tasdiqlash maqsadida abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga imzo qo‘ydirib, auditoriyadan chiqishlarini nazorat qiladi.

Test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini inobatga olmagan abituriyentlarning test materiallarini qabul qilmaydi. Abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga “Topshirmadi” degan yozuv kiritib, imzo bilan tasdiqlaydi, mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiradi va dalolatnomaga abituriyentning titul varaqasini yelimlaydi.

39. Auditoriya rahbari soat 16.50 dan 17.00 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.00 dan 15.10 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.15 dan 16.25 gacha):

javoblar varaqasi paketiga testda qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, ishlatilmagan javoblar varaqalarini, test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnoma yelimlangan javoblar varaqalari va titul varaqalarini, test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan abituriyentlarning titul varaqalari yelimlangan dalolatnomalarni, test sinoviga kelmagan abituriyentlarning titul varaqalarini, ustiga “Nuqsonli” deb yozilgan savollar kitobi va unga tegishli javoblar varaqasini soladi;

titul varaqalari paketiga test sinovida qatnashgan abituriyentlarning titul varaqalari hamda abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatini soladi;

javoblar varaqasi paketi va titul varaqalari paketi ustidagi shaklni rasmiylashtiradi va ularni auditoriya kuzatuvchilari va ikki nafar abituriyent guvohligida Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi hamda muhr ustidagi tegishli joyga imzo qo‘yadi;

test materiallari qutisiga, ishlatilgan savollar kitoblarini, ishlatilmagan savollar kitoblari paketini, javoblar varaqasi paketini, titul varaqalari paketini, auditoriyada test sinovini o‘tkazish bayonnomasini soladi;

test materiallari qutisini auditoriya kuzatuvchilari va ikki nafar abituriyent guvohligida Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi hamda muhr ustidagi tegishli joyga imzo qo‘yadi.

40. Auditoriya rahbari soat 17.00 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.10 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.25 gacha) muhrlangan test materiallari qutisini auditoriya kuzatuvchilari ishtirokida bino vakiliga topshiradi va ushbu materiallarni o‘z vaqtida topshirilganligini tasdiqlatib, ruxsatnomasining tegishli joyiga imzo qo‘ydiradi.

41. Test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentning dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtirilmaganligi, test sinovi jarayonida ishlatilgan shakllar yoki paketlar ustidagi rekvizitlar to‘ldirilmaganligi yoki chala to‘ldirilganligi, qutining auditoriyada muhrlanmaganligi, paketning ustiga yozilgan yozuvning paket ichidagi test materiallari soniga mos kelmasligi, test materiallarining to‘liq emasligi, shikastlangan test materiallari bo‘yicha dalolatnoma tuzilmaganligi uchun auditoriya rahbari javobgar hisoblanadi.

42. Auditoriya kuzatuvchisi soat 13.10 gacha:

auditoriyaning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, test jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

auditoriyada abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqaradi, auditoriyadagi o‘tirish o‘rinlari belgilangan namuna asosida raqamlanganligini tekshiradi;

auditoriya rahbaridan abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxati va titul varaqalarini qabul qilib oladi;

abituriyentlarni titul varaqasi, abituriyent ruxsatnomasi va pasporti asosida tekshirib (rasmlarning shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib), abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxati asosida ularni auditoriyaga kiritadi;

abituriyentga titul varaqasini topshirib, ularga titul varaqasida ko‘rsatilgan joyga borib o‘tirish haqida ko‘rsatma beradi;

test sinoviga kelmagan abituriyentning o‘rni test sinovi davomida bo‘sh qoladi;

test sinoviga kelmagan abituriyentlarga tegishli titul varaqalarini sanab auditoriya rahbariga topshiradi.

43. Auditoriya kuzatuvchisi soat 13.30 da auditoriya rahbaridan javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini qabul qilib oladi va abituriyentlarga tarqatib chiqadi. Abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatiga yozdirib, imzo qo‘ydiradi va abituriyentlar tomonidan to‘ldirilgan titul varaqalarini yig‘ib oladi hamda auditoriya rahbariga topshiradi.

44. Auditoriya kuzatuvchisi soat 14.00 dan 16.50 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 14.00 dan 15.00 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 14.00 dan 16.15 gacha) test sinovining belgilangan tartibda o‘tishini nazorat qiladi, abituriyentlardan test materiallarini yig‘ib oladi va auditoriya rahbariga topshiradi.

Soat 17.00 gacha (“Mutaxassislik fani” va “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 15.10 gacha, “Ingliz tili” fanidan test sinovlarini topshirmaydiganlar soat 16.25 gacha) test materiallari qutisini auditoriyada muhrlashda va bino vakiliga topshirishda ishtirok etadi.

45. Test sinovi davomida mazkur Nizomning 66-bandida ko‘rsatilgan holatlardan birortasini sodir etgan auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi qavat vakili tomonidan test sinovidan chetlashtiriladi, o‘rniga zaxiradan boshqa auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi tayinlanadi hamda bu haqda tegishli hisobotlarda ko‘rsatiladi.

6-§. Test sinovlari o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash

46. Qabul komissiyasi bino va auditoriyalarni test sinovlarini o‘tkazish uchun tayyorlaydi.

47. Qabul komissiyasi joriy yilda test sinovlariga qatnashadigan abituriyentlar sonini o‘tgan yilga nisbatan yigirma foiz qo‘shgan holda rejalashtiradi.

48. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning reja-chizmasi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.

49. Bank-moliya akademiyasida test materiallarini qabul qilish va topshirish uchun maxsus xona (Bosh shtab), binolarda esa, test materiallarini tarqatish va qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan xona (shtab) tayyorlanadi va ular Davlat test markazining vakillari uchun yetarli miqdorda stol-stullar, statsionar telefon aloqasi, test jarayonida hujjatlarni saqlash uchun seyf va soat bilan jihozlanishi lozim.

50. Test sinovi o‘tkaziladigan bino va auditoriyalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

binolar hududiy joylashuvi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lishi;

binoga kirish yo‘lagi ko‘pi bilan 500 nafar abituriyentga mo‘ljallangan bo‘lishi;

abituriyentlarni tartibli va o‘z vaqtida kiritish uchun binolarning kirish eshiklarida nazorat xizmati postlari tashkil etilishi;

bino hududida abituriyentlarning auditoriyalar bo‘yicha ro‘yxatini osib qo‘yish uchun e’lonlar taxtasi bo‘lishi;

binoda test jarayoni uchun zarur bo‘lgan axborot, texnik va maishiy sharoitlar yaratilishi;

bino va auditoriyalarning holati tegishli sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq javob berishi;

binodagi har bir qavatda kamida 180 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 12 tagacha auditoriyalar tashkil etilishi hamda ushbu auditoriyalar Davlat test markazining qavat vakili tomonidan nazorat qilish uchun qulay masofada joylashgan bo‘lishi;

auditoriyalarning eshiklariga guruh raqami yozilgan ko‘rsatkich osib qo‘yilishi;

test sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalar raqami bino raqamining o‘sishi tartibida, bino bo‘yicha auditoriyalar raqami esa, yuqori qavatdan pastki qavatga o‘sishi tartibida raqamlanishi;

har bir auditoriyadagi o‘tirish o‘rinlari soni 15, 30 yoki 60 nafar abituriyentgacha mo‘ljallangan bo‘lishi;

auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar va test materiallari uchun alohida stol bilan ta’minlanishi (bunda stol-stullar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lmasligi kerak);

auditoriyalarni tayyorlashda yorug‘lik tushishi, shamollatish, abituriyentni tik tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi;

auditoriya soat, bo‘r yoki marker, yozuv taxtasi (doska), yelim, ichimlik suvi hamda abituriyentlar, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari soniga teng miqdorda stol, stul va havo rang pastali sharikli ruchka bilan ta’minlanishi shart.

Test sinovlari nechta binoda o‘tkazilishidan qat’i nazar, auditoriyalarning tartib raqami ketma-ketligi takrorlanmasligi, auditoriya sifatida oshxona, yo‘lak (koridor) va shunga o‘xshagan xonalardan foydalanilmasligi, auditoriyalar xonadan-xonaga o‘tiladigan bo‘lmasligi va ular bir nechta shartli auditoriyalarga bo‘linmasligi hamda auditoriyalarda test sinovlari topshiriladigan fanlarga taalluqli ko‘rgazmali vositalar bo‘lmasligi lozim.

7-§. Test sinovlari jarayonini videotasvirga olishni tashkil qilish

51. Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlari jarayonini videotasvirga olishni tashkil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

har bir nazorat xizmati postida va shtablarda kamida 2 tadan videotasvirga tushirish qurilmasi o‘rnatiladi, 2 ta videotasvir orqali jarayonni to‘liq qamrab olishda muammolar yuzaga kelgan taqdirda, qo‘shimcha videotasvirga tushirish qurilmalari o‘rnatiladi;

videotasvirga tushirish qurilmasi uzluksiz ishlashi, videotasvirda sana va vaqt aniq yozilgan bo‘lishi, tasvirga olinayotgan jarayonni to‘liq qamrab olishi, jarayon ishtirokchilarining kimligi videotasvir orqali aniqlanadigan darajada bo‘lishi lozim;

videotasvirga tushirish qurilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida videotasvirga tushirish va diskka yozish (ko‘chirish) malakasiga ega bo‘lgan shaxs (bundan buyon matnda videooperator deb yuritiladi) tayinlanadi;

videotasvirni o‘rnatish joylarining reja-chizmalari Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi;

videooperatorlar ro‘yxati qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;

videooperatorlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni biriktirilgan binoga soat 12.30 da yetib keladi va bino hududiga nazorat xizmati postlari orqali qabul komissiyasi taqdim etgan ro‘yxat asosida pasporti bilan kiritiladi. Soat 13.00 gacha bino vakilidan tegishli ruxsatnomani oladi;

videotasvirga tushirish qurilmasi reja-chizmada belgilangan joyga o‘rnatiladi va uning ishlashga tayyorligi tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi;

videotasvirning test sinovlari tugagunga qadar uzluksiz ishlashi ta’minlanadi;

videotasvirlarni ko‘chirish yoki montaj qilish, videotasvirga tushirish jarayonida ularning obyektiv holatiga o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi;

test sinovlari tugashi bilan videotasvirlar tushirilgan disklar ketma-ket raqamlangan holda bino bo‘yicha alohida konvertga solinadi. Konvert ta’lim muassasasi nomi va kodi, bino raqami, videooperator familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan, muhrlangan va imzolangan holda bino vakiliga topshiriladi.

52. Videotasvirlarning Davlat test markaziga yetkazilishi bino vakili tomonidan ta’minlanadi.

8-§. Test sinovlarini o‘tkazish

53. Test sinovi o‘tkaziladigan kuni abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan bino hududiga soat 13.00 dan boshlab videotasvir orqali pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kiritiladi. Abituriyent e’lonlar taxtasidagi umumiy ro‘yxatdan qaysi guruhda ekanligini aniqlab, binoga kiradi va ko‘rsatgichlardan foydalanib, o‘ziga tegishli auditoriyaga boradi. Abituriyentlar auditoriyaga soat 13.30 gacha kiritiladi. Test sinovlari boshlangandan keyin abituriyentlar auditoriyaga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

54. Kirish test sinovlarining savollari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.

Test savollari kitobidan nusxa berilmaydi.

O‘quv dasturlari test sinovlari boshlanishidan 3 oy oldin Davlat test markaziga taqdim etiladi.

55. Test sinovi soat 13.30 da boshlanadi.

Soat 13.30 dan 14.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishtiriladi va javoblar varaqasining tegishli joyiga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozadi. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

56. Test sinovi boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test savollari bo‘yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.

Test sinovi davomida auditoriya eshiklari ochiq holatda turadi. Auditoriya rahbari yoki kuzatuvchining auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi.

57. Abituriyent javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo‘qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo‘lganda soat 14.00 gacha bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi va soat 14.00 dan keyin e’tirozlar qabul qilinmaydi.

58. Abituriyentlar abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini, titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kodni esa, javoblar varaqasiga ko‘chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo‘yaydi.

59. Abituriyent tomonidan to‘ldirilmagan javoblar varaqasi bo‘yicha e’tirozlar ko‘rib chiqilmaydi.

Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni yozib, imzo qo‘yadi. Ushbu ma’lumotlar kiritilmagan yoxud qisman yoki noto‘g‘ri kiritilgan taqdirda, abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

60. Abituriyentga 3 ta fandan 100 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt beriladi.

Savollar kitobida “Mutaxassislik fani” dan 50 ta, “Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari” fanidan 25 ta, “Ingliz tili” fanidan 25 test topshiriqlari bo‘ladi.

Har bir savolga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) javoblar varianti berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan to‘g‘ri deb hisoblagan javobni topib, savollar kitobiga belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasidagi mos doirachalarini belgilangan tartibda bo‘yashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi “Belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu javobga ball berilmaydi. Savollar kitobida belgilangan javoblar natija chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.

To‘ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

61. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havorang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.

Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri bo‘yagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun test sinovi uchun belgilangan vaqtga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi.

62. Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyent qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi, sog‘lig‘i yomonlashgan holatlarda test materiallarisiz qavat vakili kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.

63. Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugaganligi va savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga bo‘yash uchun qo‘shimcha 20 daqiqalik vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda, abituriyent savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga bo‘yashni boshlashi, qo‘shimcha ajratilgan vaqt tugaganligi e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to‘xtatishi shart.

Abituriyentning test savollari yoki test sinovlarini o‘tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlari mavjud bo‘lganda, Davlat test markaziga mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq test savollari yoki test sinovlarini o‘tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlarini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

64. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, abituriyentlar belgilangan tartibda test materiallarini topshiradi.

65. Davlat test markazi vakillari quyidagi hollarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi:

bino va qavatga taqiqlangan vositalar olib kirganda;

taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun abituriyentga sharoit yaratib berganda;

bino va qavatda test sinovi jarayoniga ruxsatnomasi bo‘lmagan begona shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yganda;

o‘ziga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilganda;

xatti-harakatlari test sinovini o‘tkazish tartibining buzilishiga olib kelganda;

test sinovi vaqtida auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan auditoriya eshigining yopib qo‘yilishi yoki auditoriya eshigi oldida turib qavatdagi harakatlarning kuzatilishiga yo‘l qo‘yganda;

test sinovi jarayonida bino va qavatda nazoratni qo‘ldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘lganda;

auditoriyalarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilishiga qarshilik qilganda;

test sinovi jarayonida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda.

66. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi quyidagi hollarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi:

auditoriyaga taqiqlangan vositalarni olib kirganda;

taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun abituriyentga sharoit yaratib berganda;

auditoriyada o‘tkazilayotgan test sinovi jarayoniga ruxsatnomasi bo‘lmagan begona shaxslarning aralashuviga yoki kirishiga yo‘l qo‘yganda;

o‘ziga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilganda;

xatti-harakatlari test sinovini o‘tkazish tartibining buzilishiga olib kelganda;

test sinovi boshlangandan keyin auditoriyadan test materiallarining olib chiqilishi va olib kirilishiga yo‘l qo‘yganda;

auditoriya eshigini yopib qo‘yganda;

test sinovi vaqtida auditoriyadan tashqariga chiqqanda;

auditoriya eshigidan turib qavatdagi harakatlarni kuzatganda;

test sinovi jarayonida auditoriyada nazoratni qo‘ldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘lganda;

test sinovi jarayonida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda.

67. Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varag‘ini yirtsa abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.

68. Test sinovidan chetlashtirilgan abituriyentning javoblar varaqasi bo‘yicha natija hisoblanmaydi va javoblar varaqasi nusxasi berilmaydi.

3-bob. Test sinovlari natijalari yuzasidan nomzodlarning arizalarini ko‘rib chiqish

69. Magistraturaga kirish test sinovlari natijalari yuzasidan nomzodlarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun Bank-moliya akademiyasi rektorining buyrug‘iga asosan Appelatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Bank-moliya akademiyasining professor-o‘qituvchilari va fanlar bo‘yicha ekspertlar kiritiladi.

Arizani ko‘rib chiqish jarayoniga qabul komissiyasi a’zolari, Davlat test markazi vakillari hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilinishi mumkin.

70. Arizalar kirish test sinovlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida Apellatsiya komissiyasi raisi nomiga nomzodlar tomonidan mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shaklda berilishi mumkin.

Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan arizalarni ular kelib tushgan kundan boshlab 3 kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Ariza ko‘rib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma yuboriladi (beriladi).

71. Ariza tushgan kuni Bank-moliya akademiyasi tomonidan Davlat test markazidan murojaat qilgan abituriyentning test materiallari (savollar kitobi, javoblar varaqasining nusxasi va test sinovida yo‘l qo‘ygan noto‘g‘ri javoblari ro‘yxati) so‘rab olinadi. Test materiallaridan nusxa ko‘chirish taqiqlanadi.

72. Apellatsiya jarayoni tugaganidan so‘ng test materiallari Davlat test markaziga to‘liq qaytariladi.

Javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi abituriyent tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda to‘ldirilmagan, shuningdek u test sinovidan chetlashtirilgan bo‘lsa, abituriyentning arizasi ko‘rib chiqilmaydi.

73. Ariza bilan murojaat qilgan abituriyent xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda Apellatsiya komissiyasiga o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

74. Apellatsiyani ko‘rib chiqishda abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, noto‘g‘ri javoblari ro‘yxati hamda testda tushgan savollar kitobi beriladi.

Abituriyent o‘zining e’tirozlarini yozib, o‘ziga berilgan test materiallari bilan birga Apellatsiya komissiyasiga topshiradi.

75. Apellatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida Davlat test markazi va abituriyentga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

76. Ko‘rsatilgan e’tirozlar o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, Apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

77. Apellatsiya komissiyasining arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

4-bob. Yakuniy qoida

78. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan kelishilgan.

Bank-moliya akademiyasi rektori v. v. b. A. BEKMURADOV

2015-yil 29-iyun



O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA


1-shakl (namuna)

Bank-moliya akademiyasining kodi

“TASDIQLAYMAN”
Qabul komissiyasi raisi

“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi

_______

______________

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

(imzo)

(F.I.O.)

Davlat test markazi direktori

20__yil “____” _________

__________

____________

(imzo)

(F.I.O.)

20__yil “____” _________


TEST SINOVI O‘TKAZILADIGAN BINO, QAVAT VA AUDITORIYALARNING REJA-ChIZMASI


Qabul komissiyasi raisi:________________________________________________________

(F.I.O., ish, uyali telefon raqami)

Qabul komissiyasi mas’ul �otibi:_________________________________________________

(F.I.O., ish, uyali telefon raqami)

Binolar soni: __________

Jami qavatlar soni: ________

Jami auditoriyalar soni: ____

15 o‘rinli auditoriyalar soni: ____ 30 o‘rinli auditoriyalar soni: ____ 60 o‘rinli auditoriyalar soni: ______ Jami o‘rinlar soni: _______


Bank-moliya akademiyasi manzili: __________________________________________________



Download 353.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling