O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 52.51 Kb.
bet1/2
Sana17.11.2021
Hajmi52.51 Kb.
#451574
  1   2
Bog'liq
107 12.02.2018
КРОСВОРД, Referat, Referat, Art-terapiyaning bola shaxsi rivojlanishiga taʼsiri, bozor iqtisodiyoti, Matematika imtihon 9-sinf 2020-2021, 42 referat (1), 1, Бўстонлиқ СУВСОЗ тех условия, 3 Т, 20-mavzu huquq 11-sinf ochiq dars ishlanmasi, 20-mavzu huquq 11-sinf ochiq dars ishlanmasi, 20-mavzu huquq 11-sinf ochiq dars ishlanmasi, 20-mavzu huquq 11-sinf ochiq dars ishlanmasi



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-fevral,

107-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 5-son, 20-modda) ilovaning 3, 6 va 34-bandlaridagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti” so‘zlari tegishli kelishikda “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.



Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)

3. Vazirlar Mahkamasining “Beg‘araz yordamdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)

5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi 10-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi va 16-bandining oltinchi xatboshidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)

7. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga ilovaning 3-bandidagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda):

a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovada:

4-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

18, 22 — 25-bandlardagi “Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomda:

2-bandning beshinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-banddagi “Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin;

4-ilovada:

“Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin;

7-banddagi “Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

12. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshidagi “mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari” so‘zlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 14-15-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi nizomning 1.5-bandidagi “mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish” so‘zlari “Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

14. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori “O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

15. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“po doljnosti — veduщiy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam selskogo i vodnogo xozyaystva, pererabotki selskoxozyaystvennoy i prodovolstvennoy produksii Kabineta Ministrov”.

Oldingi tahrirga qarang.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

17. Vazirlar Mahkamasining “Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 26-son, 298-modda) ilovaning ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining” so‘zlari “Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

19. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda) Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:

a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 18-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Litsenziyalar Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar, madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari kompleksi rahbari tomonidan imzolanadi”;

g) ilovadagi “Bosh vazir o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari” bloki “Axborot tizimlari va kommunikatsiyalar, madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari kompleksi rahbari” bloki bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 255-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2018-y., 09/18/255/1034-son)

21. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):

a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.

22. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini axborot-metodik ta’minlash xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 14-apreldagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

23. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 354-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 621-modda) bilan tasdiqlangan Naslchilikni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:

a) 15-banddagi “produksii i potrebitelskix tovarov” so‘zlari “i prodovolstvennoy produksii” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilova “11-y etap” pozitsiyasining “Meropriyatiya” ustunidagi “produksii i potrebitelskix tovarov” so‘zlari “i prodovolstvennoy produksii” so‘zlari bilan almashtirilsin.

24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-yil 17-son, 206-modda) 1-ilovaning yigirma to‘qqizinchi xatboshidagi “Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

26. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomning 12-bandidagi “Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)

28. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida” 2015-yil 6-noyabrdagi 320-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 45-son, 575-modda) 2-ilovada:

a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimiga ko‘ra — Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri, Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari”;

b) o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimiga ko‘ra — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining shu’ba mudiri, Jamoatchilik kengashi kotibi”.

29. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 9-bandining rus tilidagi matnida “zdravooxraneniya, ekologii i oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari “obrazovaniya, zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari bilan almashtirilsin.

30. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) 3-ilovaning yigirma to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimiga ko‘ra — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi”.

Oldingi tahrirga qarang.

(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)

33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar” so‘zlari “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

34. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 816-modda) 11-bandining uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari


Download 52.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling