O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 54.02 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2021
Hajmi54.02 Kb.
#468125
  1   2
Bog'liq
524 16.08.2021
2-аmaliy mashgulot, 2-аmaliy mashgulot, 2-maruza, 2-maruza, 23-сон АХБОРОТ ХАТИ 1 қисм, 10.Mamarajabov.S - informatika 10-amaliy, Amaliy ish (1), 6 D sinf Ochiq dars bayonnomasi, 6 D sinf Ochiq dars bayonnomasi, 22a9cc40218bd8c702e87e310577ffee, ks8, ks8, maxsus integral va uning bazi bir xossalari, xor dirijyorligi, vvoDh5V4SJCfP66sKTVLSqNrKtoIDw2B



[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;

3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 16-avgust,

524-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

1. Vazirlar Mahkamasining “Beg‘araz yordamdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.



2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ustavi 10-bandining to‘qqizinchi xatboshisi va 16-bandining oltinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-banddagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1 va 4-ilovalardagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

6. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning san’at va madaniyat sohasidagi qobiliyat hamda iqtidorini barvaqt aniqlash, rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 225-son qaroriga 2-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri”.

7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda Ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida:

a) 1-ilovaning 15-bandidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning yettinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati Davlat komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi”.

9. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom rus tilidagi matnining 9-bandidagi “Sekretariata po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, kulturi, molodeji, duxovnosti i obщestvennix organizatsiy, podderjki maxalli i semi” so‘zlari “Sekretariata po voprosam obrazovaniya i zdravooxraneniya” so‘zlari bilan almashtirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 10-bandidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 48-bandidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ustavi 28 va 62-bandlaridagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

13. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 5-ilovaning o‘n sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi”.

14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 22-banddagi “Sport va turizmni rivojlantirish” so‘zlari “Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 35-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “turizm va sport vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.

15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida nizomning 48-bandidagi “Ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-martdagi 189-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

17. Vazirlar Mahkamasining “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi 257-son qarorining 7-bandidagi “Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

18. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 42 va 68-bandlaridagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish” so‘zlari “Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

19. Vazirlar Mahkamasining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, Respublika komissiyasi rahbarining o‘rinbosari”.

20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida:

a) 30-bandda:

birinchi xatboshidagi “normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga” so‘zlari “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, qoida tariqasida, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida” so‘zlari “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 38-bandning o‘ninchi xatboshisidagi va 89-bandning beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga” so‘zlari “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1, 2, 7 va 8-ilovalardagi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga” so‘zlari “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga biriktirilgan kontingentga kafolatlangan tibbiy va sanator — sog‘lomlashtirish yordamini ko‘rsatish tartibi va hajmi to‘g‘risidagi nizomga ilovaning “Lavozimlar nomi” ustuni 1-bo‘limning 4-pozitsiyasi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, apparat boshqaruvchisi va apparat boshqaruvchisining o‘rinbosarlari, Bosh vazir hamda Bosh vazir o‘rinbosarlari yordamchilari, inspeksiyalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, kotibiyatlar va departamentlar mudirlari, kotibiyatlar va departamentlar mudirlarining o‘rinbosarlari, departamentlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘limlar, sho‘balar, xizmatlar mudirlari va mudirlarning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili, matbuot kotibi, bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar”.

22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2019-y., 20-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandi uchinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

23. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi 503-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish” so‘zlari “Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

24. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-avgustdagi 673-son qaroriga 7-ilovada:

a) birinchi xatboshidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “turizm va sport vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Lavozimiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari”;

v) o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Lavozimiga ko‘ra — Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shu’ba mudiri, ishchi guruhining mas’ul kotibi”.

25. Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga 2-ilovada:

a) ikkinchi xatboshidagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish” so‘zlari “Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining shu’ba mudiri, Komissiya kotibi”.

26. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-yanvardagi 21-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i, “O‘zavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga:”.

27. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorida:

a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 8-banddagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) ilovaning 3-bandidagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 29-yanvardagi 40-son qarorida:

a) 5-banddagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning 49-bandidagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 2-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 10-fevraldagi 73-son qarorida:

a) 9-banddagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

30. Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-martdagi 139-son qarorining 7-bandidagi “Davlat tilini rivojlantirish” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

31. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida nizomning 24-bandidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

32. Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qarorida:

a) 8-bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev” so‘zlari “turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

1-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “turizm va sport vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. U.A. Azamov — turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari”;

17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. A.Q. Karimov — turizm va sport vaziri o‘rinbosari”;

25-banddagi “Sport va turizmni rivojlantirish” so‘zlari “Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 478-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 18-yanvardagi 26-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Ta’lim va sog‘liqni saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

35. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarorida:

a) 2-ilovada:

38-banddagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Vaqtinchalik tartibga 2g-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunining 2-bandidagi, “7-bosqich” pozitsiyasining “Mas’ullar” ustunidagi, “8-bosqich” pozitsiyasi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunining 3-bandidagi va “9-bosqich” pozitsiyasining “Mas’ullar” ustunidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovada:

69-banddagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

Vaqtinchalik tartibda:

3b-ilovaning “13-bosqich” pozitsiyasining “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi, “14-bosqich” pozitsiyasining “Amalga oshiriladigan tadbirlar” va “Respublika” ustunlaridagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3g-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi “Hisobot tayyorlash chora-tadbiri” ustunining 2-bandidagi, “6-bosqich” pozitsiyasining “Mas’ul” ustunidagi, “7-bosqich” pozitsiyasi “Hisobot tayyorlash chora-tadbiri” ustunining 3-bandidagi va “8-bosqich” pozitsiyasining “Mas’ul” ustunidagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.

36. Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorida:

a) 5-banddagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning 27-bandidagi “Davlat tilini rivojlantirish departamenti” so‘zlari “Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.

37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyundagi 370-son qarorida:

a) 8-ilovada:

6-pozitsiyadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

8-pozitsiyadagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

19-pozitsiya chiqarib tashlansin;

b) 9-ilovaning 9-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 10-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 11-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 16-ilovada:

“Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Inspeksiya boshlig‘i*” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:

“*Vazirlar Mahkamasining rahbariyati va xodimlariga Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga asosan kotibiyat mudiriga qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari belgilanadi”;

e) 19-ilovaning 19-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

38. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishining rus tilidagi matnda:

a) 1-ilova 4-bandining 4.4-kichik bandi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:

“4.4. Zaveduyuщiy Sekretariatom Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan, zaveduyuщiye sekretariatami i departamentami, nachalniki inspeksiy i upravleniy apparata Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”;

b) 2-ilova 4-bandining 4.4-kichik bandi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:

“4.4. Zaveduyuщiy Sekretariatom Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan, zaveduyuщiye sekretariatami i departamentami, nachalniki inspeksiy i ix zamestiteli, zamestiteli zaveduyuщix sekretariatami i departamentami, zamestiteli nachalnikov departamentov, nachalniki upravleniy i ix zamestiteli, zaveduyuщiye otdelami i sektorami apparata Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, a takje Polnomochniy predstavitel Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan v Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan”.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari


Download 54.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling