O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana05.04.2017
Hajmi0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Alar bir-biriga birodar kelur. 

Nechun sevinchlaringbir xil, ayo, Dune ,  

Nechun armonlaringbunchalar rangin? 

Degan  savol  qo`yr  ekan,  insonlarningtutgan  ishidan  hayron  buladi.  ’ni 

xoru  zabunlikda  qolgan  insonlarga  ko`makka  o`z  jinsi  emas,  sut  emizgan 

jayronlar 

kelganidan, 

insonlarningbadbinligidan 

kuyunadi. 

SHoir 

buningsababini,  albatta,  o`zi  biladi.  SHeg’rxonningesa  mag’lum  islomiy 

bilimga ega bo`lmasdan anglashi qiyin.  

O`zbekiston  xalq  shoiri  X.  Xudoyberdieva  milliy  g`oya  va  mafkurani 

o`zgacha  idrok  etadi  va  ko`radi.  Uningshe’rlarida  ayollar  siymosi 

ularningjamitdagi  pesh  qAdam  o`rinlarda  ekanligini  o`z  sherlarida  aks 

ettiradi.  Ayollrningbadiy  siymosini  tarixiy  ildizlardan  o`zmagan  xolda 

chizadi. Uayolni bexad ezozlaydi, unga kata ishonch bildiradi: 

Ayol- olov, ayol-gul, 

Sochlar- arsloniy yollar, 

Ishqda yonmay bo`lsa qul  

Xayf- ey, olov ayollar  

Umuman olganda she’rdagi xalqona oxangmilliy jozibadorlikni yuzaga 

keltirsa, zamiridagi fikr milliy mafkurani tag’minlaydi.  

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 



1. Butungi   kun    talabi    adabiyotga    qanday   yondoshishni    taqozo 

qiladi? 

2. Bugungi kun she’riyatiningtabiati qanday? 

3. Ijtimoiy   hayotdagi   evrilishlar   birinchi   navbatda   nimada (qaysi 

janrda) aks-sado beradi? 

4.

 

Totalitar      to`zim      mafkurasining    salbiy      ta’siri      nimalarda 

ko`rinadi. 

5.

 

Bugungi she’riyatda nechta tamoyil etakchiik qiladi? 

6.

 

Milliyg`oya va milliy mafkura nima?  Uningshakllanishida she’riyat 

qanday rol o`ynaydi? 

FOYDALANILGAN MANBAALAR: 

1.

 

Solijonov Y. Romanningoydin yo`li. “SHarq YUlduzi” 2004 y. 1-fasl. 

2.

 

Solijonov Y . Nutq va uslub. 2002.  

3.

 



Solijonov Y. Olimningolami. 

4.

 

Solijonov Y . SHoir ko`p, ammo she’r-chi? “O`zAS”. 18.07.2003 y. 

5.

 

Ochilov E. Siz she’r aytasizmi? “O`zAS”. 17.09.2004 y. 

6.

 

N.Rahimjonov. Mustaqillik davri o`zbek she’riyati. 2007 

7.

 

J.Kamol. Lirik she’riyat. T., 1980 

8.

 

H.Karomatov. Qur’on va o`zbek adabiyoti. T., 1993 

9.

 

B.Norboev. Istiqlol va iste’dod. T., 1996 

10.

 

.Qosimov, Uyg`oyanish sadolari. T., 1991 

11.

 

I.G`afurov. Lirikaningyuragi.   1982 

13.    www. Adiblar uz. 

14.   www. Ziyo istagan qalblar uchun.uz. 

 

3- MAVZU: HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA HIS-TUYG’U VA 

G’OYAYA BIRLIGI  

Reja: 

1.

 

His-tuyg’u va g’oya birligi tushunchasi. 

2.

 

Tuyg’u va fikr birligini ifodalovchi vositalar. 

3.

 

Badiiy mukammallik namunalari.  

Tanch  so’z  va  iboralar:  his-tuyg’u  va  g’oya  birligi,  matn  badiiyligi,  ta’sir 



kuchi, estetik quvvati, tasviriy vositalar,  she’riy kompozitsiya. 

His-tuyg’u  va  g’oya      she’riy  mazmun  va  she’riy  shaklning  tarkibiy 

qismlari sifatida doimiy ravishda she’riy asarda  bo’lishi  talab qilinadi. Rus 

tanqidchisi  N.  A.  Dobrolyubov  ham  she’r  uchun  uchta  xususiyat:  go’zallik, 

ezgulik, donolik bo’lishini ta’kidlaydi. Bu erdagi go’zalik bevosita his-tuyg’u, 

ezgulik  va  donolik  g’oya,  mafkura  bilan  bog’liq  jihatdir.  Demak,  she’ritdagi 

his-tuyg’u  va  g’oya  tabiiy  holda  bo’lishi  kerakligi  haqida  olimlarimiz    bitta 

fikrga egalar.  

Muayyan  element,  obraz  to’g’risida aniq  tasavvurga  ega bo’lish  uchun 

she’rda g’oya va his-tuyg’u mutanosibligi saqlanishi lozim. Agar ulardan biri 

oshib  ketsa,  yoki    kam  bo’lsa,  matn  badiiyligi,  ta’sir  kuchi,  estetik  quvvati 

yo’qoladi. Shuning uchun unga doimo e’tibor qaratiladi.  

Bir  davrlar  bo’lganki,  unda  she’rda  g’oyaviy  element  ustun  bo’lishi 

talab qilingan va she’r  ijtimoiy ko’rinish olib, ma’lum g’oyani targ’ib qilish 

uchun  davralarda  baralla  ovozda  o’qilgan.  Jumladan,  o’tgan  asrning  20 

yillaridan  saksoninchi  yillarigacha    sobiq  ittifoq  hududidagi  xalqlar 

adabiyotida  sovetlar  mafkurasi  birlamchi  bo’lishi  shart  qilingan.  Bu  kabi 

hodisa XX asrning 30 - 40 yillarida Germaniyada ham yuz bergan, fashistlar 

o’z g’oyalarini targ’ib qilishlari uchun badiiy asarda g’oya yetarchi bo’lishini 

talab qilishgan.  

Aslida  esa  she’r  insonning  tabiiy  e’tiyoji.  Unda  inson  yashaydi.  Inson 

esa his etishga, fikr yuritishga moyil. Busiz yasholmaydi. Bularni bari u o’ziga 

xos tarzda amalga oshiradi. SHuninguchun barcha shoirlarda ham his-tuyg’u 

va g’oya birligi bir ‘il chiqavermaydi. Bu shoirningistedodiga bog’liq hodisa. 

U  nazorat  qilib  bo’lmaydigan,  ammo  kuzatsa,  bo’ladigan  ijodiy  jarayondir. 

Biz shoirlarimiz asarlarini mutolaay qilarkanmiz. Ularda umumiylik va turli 

o’ziga xoslikka ega g’oya va his-tuyg’ular mavjudligi ko’zga tashlandi.   

Ma’lumki,  badiiylik,  tasviriy  vositalar,    she’riy  kompozisi  zamirida 

shoirningbosh g’oyasi yotadi.  Matndagi boshqa unsurlar, yordamchi g’oyalar 

va  boshqa  poetik  elementlar  ana  shu  g’oyaningto’la  qonli  ochilishiga  xizmat 

qiladi.  Bu  she’ritda  lirik  kompozion  butunlik  deb  ataladi.  Kompozion 

butunlikda albatta his-tuyg’u ham etakchi vazifa bajaradi. 

H.Xudoyberdieva,  O.Hojieva,  Xurshid  Davron  asarlaridagi  umumiylik 

ularning  g’oyaviy  mavzusida  ko’rinadi.  Derli  Har  uchala  ijodkorning80- 

yillarningso’ngi,  90 -yillaridagi she’rlarida  ozodlik,  milliy  ‘urlik,  mustaqillik, 

shaxs  erki,  qatag’oyan,  vatan  ishqi  kabi  g’oyaviy  mavzularda  yozilgan 

ko’plab  she’rlar uchraydi. Lekin Har biri uni o’zicha his etadi va o’ziga xos 

fikr  yuritadi.  Jumladan,  O’zbeksiton  Xalq  shoiri  ‘.Xudoyberdieva  ijdodida 

ngi sifat o’zgarishlar kuzatiladi. Unda oldingi  davrdagi kabi obrazlar tizimi, 

musiqiylik, mayinlik o’rnini keskin fikrlar, kurashchan tuyg’ular egalladi.  

O’tgan asrning yetmishinchi yillarida iste’dodli shoiramiz murosasozlik, 

taqdirga va mavjud imkonitga ko’nikish bilan quyidagilargi yozadi: 

Insof bilan aytsam, umr ko’ngilli o’tar, 

Qish qorlari ‘ech narsani ketmadi yopib. 

Ishqmi, uni men to’satdan  yo’qotdim kecha, 

Hechqisi yo’q erta birov oladi topib. 

1

  

SHoira ijodidagi ana shu xususiyat o’rnini to’qsoninchi yilllarda keskin 

kurashchanlik egallaydi. Bu kurashchanlik g’oyada ham, tuyg’uda ham qqol 

ko’zga  tashlanadi.  Ulkan  vazifalarni  tezroq  ado  etish,  milliy  o’zlikni  anglash 

g’oyasi  va  bu  bilan  birga  milliy  kamsitilishga  qarshi  kurash  vazifasini 

shoiramiz o’z zimmasiga olishni so’raydi: 

Soviy-soviy muzlagan dil muzliklarim, 

Eriy boshlab so’z ochmoqda so’zliklarim, 

Qaytsa, qaytmas bo’lib ketgan o’zliklarim 

Turk, turonni ko’tarmoqni o’zimga ber. 

2

 

Avvalgi  she’rga  e’tibor  qilinsa,  «qish  qorlari»  bilan  uni  yopmoqchi,  

‘atto ishqini yo’qotdi, ‘ech kimi yo’q, ertaga kimdir uni topib olishidan umid 

qilib,  boriga  ko’nishga  tayyor  turgan  ayol  tasvirlangan.  Keyingisida  esa,   

«dilidagi muzliklari» eriy boshlayotagan va uningortidan so’zliklari  

so’z  ayta  yotgani,  Turklik,  turonlik  xususiyati  va  or-nomusini  ko’tarishga 

tayyor kurashchan, tog’ni talqon qiladigan ayol obrazi berilgan. 

 Bu o’quvchiningyodiga, eri vafot etib yurt boshqarish boshiga tushgan 



va  eronliklarga  qarshi  mardonavor  kurashgan  To’maris  momo  obrazini 

yodga  soladi.  Dar’aqiqat,  shoira  she’rlaridagi  shiddat,  keskinlik,  mardlik  va 

milliy  g’urur  g’oyalari  vatanga  mu’abbat  tuyg’usi,  onalik,  farzandlik 

mu’abbati  bilan  yo’g’rilib  o’zgacha  sifat  kashf  etgan.  Unda    g’oya  ortib 

ketgan  yoki  tuyg’u  bo’rtib  turgan  hamda  g’oya  va  his-tuyg’u  mutanosibligi 

buzilgan  alomatlar sezilmadi. To’g’ri, ba’zi joylarda ‘ijo ortishi yoki kamroq 

bo’lishi uchraydi. Ammo, bu ham shoiraning ijodiy usullaridan biridir.  

___________ 



1. H. Xudoyberdieva. Bu kunlarga etganlar bor. Saylanma.  100-bet 

2. O’sha manba. 472-bet. 

 

 

 

Keskin  tuyg’u  va  kurashchan  g’oya  so’zdan,  gapdan  ortib  unga 

bo’ysunmay  qoladi.  Ba’zida  esa  kamayib  ketadi.  Bu  shoira  ru’itidagi 

o’zgarishlar bilan bog’liq jarayon bo’lib, she’rningbadiiy qimmatini oshiradi 

xolos.  SHuninguchun  ovoz  chiqarib  o’qilganda  unday  she’rdagi  texnik 

kamchiliklar bilinmay qoladi, she’rdagi nutqiy ritmika o’z izida ketaveradi.  

She’r  qamrovi  zamonlarga  teng,  g’oyat  ulkan  hayot  haqiqatini, 

o’zgarishlarni,  ngicha  fikrlashni  aks  ettiradimi  yoki  shoirning--  lirik 

qa’ramonningbir  la’zalik  kechinmasini,  jo’shqin  to’yg’usini  ifoda  etadimi, 

bundan  qatoin  nazar  chinakam  badiiy  asar  sifatida  tan  olinar  ekan,  unda 

albatta  poetik  g’oya  shaydi.  CHunki  poetik  g’oya  oshiqningbor-yo’g’i  bir 

necha misraga sig’dirilgan va singdirilgan bo’ladiki, uni o’qigan yoki eshitgan 

kishi  beixtiyor  shoirningiste’dodi  oldida  bosh  egadi.  Masalan,  ‘alima 

Xudoyberdievaningquyidagi misralarini olib ko’raylik: 

Onaginam! 

Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol, 

Qayon boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor. 

Olcha gulin ko’zlaringga surtasan be’ol. 

«Bu kunlarga etganlar bor, etmaganlar bor».



 Mazkur satrlardagi so’nggi xulosa 

--  «Bu  kunlarga  etganlar  bor, 

etmaganlar  bor»  she’rningasosiy  poetik  g’oyasini  tashkil  etadi.  U  bir  necha 

vazifalarni  o’zida  mujassam  etmoqda.  Dastlabki  o’rinda  bugungi  dorilomon 

kunlarni ratishga xissa qo’shgan, lekin uningmevasidan tatib ko’rolmay vafot 

etganlar  xotirasini  yodga  olish  va  ularni  qadrlashni  ta’kidlasa,  ikkinchi 

ma’nosi  bugungi  farovon  kunlar  osonlik  bilan  qo’lga  kiritilmaganligi, 

uningqadriga  etish  va  kelajak  avlodga  nimadir  qoldirish  g’oyasi  ilgari 

surilgan.  O’z  navbatida  bu  shoiraningtuyg’ulariningxotirasi,  onasi  va 

uningkechinmalari, hayotiy xulosalari hamdir.    

Undan tashqari shoirningiste’dod kuchi bilan  asosiy g’oya estetik kuch 

va  emosional  ta’sir  etish  quvvatiga  ham  ega  bo’lptiki,  bu  g’oya  bilan  his-

tuyg’uningmutanosibligiga  yorqin  misol  bo’ladi.  «Bu  kunlarga  etganlar  bor, 

etmaganlar  bor»  satri    o’quvchiga  yorqin  fikr  va  chuqur  lirik  kechinma 

bermoqda. O’quvchi dilida o’tgan mashaqqatli kunlar, iztirobli daqiqalar va 

xo’rlangan  tuyg’ular  g’alabasi  sifatida  yoqimli  kechinma  o’yg’oyanadi. 

hozirgi  o’zbek  she’ritida  poetik  g’oya  va  his-tuyg’uni  go’zal  lirik  obrazlar, 

badiiy  sanoatlar,  stilistik  usullar  va  tasviriy  vositalar  orqali  ifodalash 

kuchaydi.  Ayniqsa,  his-tuyg’uningkuchligi  va  g’oyaningkeskin  qo’yilishi 

o’xshatish va tire yordamida ochilishi ko’plab ijodkorlarda uchraydi. Xurshid 

Davron  «Kun  sovidi»  deb  boshlanuvchi  she’rida  «Oy  –  bevaningchorasiz 

dardi,  Bolakayningkir  ko’ylagi  --  tong»,  «CHinor  sig’mas  –  er  qilar  torlik» 

degan  his-tuyg’u  va  g’oyaga  boy  misralar  bor.  Qa’ramonning«ko’ksidan 

qayg’u  ketmaydi.»  Oy  mumtoz  she’ritimizda  go’zallik  timsoli  sifatida  talqin 

qilinadi.  Tongesa  bokiralik  ramzi.  CHinor  uzoq  umr  belgisi.  Lekin  bu  erda 

shoir ngi estetik dunyo qarashini va his-tuyg’ularini biz ko’nikkan vositalarni 

boshqacha tarzda qo’llash orqali ifodalamoqda. SHuninguchun unda g’oya va 

g’amgin  tuyg’ular  ta’sirli,  esda  qolarlidir.  Tasviriy  vositalardan  foydalanish  

Oydin Hojievaningijodida ham o’z o’rniga ega: 

1. H. Xudoyberdieva. Bu kunlarga etganlar bor. Saylanma.  25-bet 

 

Qizarmaslar – yuzlariningqizili yo’q, 



Tiyilmaslar – insof degan tizgini yo’q. 

Yugurgani –  somonxona buzoqboshlar, 



Asli odam, naslin so’rsang’ayvon bo’lgay. 



Bu  satrlarda  ikkiyuzlamachi,  vijdon,  or-nomus,  insof  kabi  insoniy 

fazilatlardan  uzoq  turadigan,  ma’naviy  qashshoq  kishilarningportreti 

chizilgan.  SHoir  ularga  nisbatan  munosabatini,  g’azabini,  fikrlarini  qisqa, 

lekin to’q satrlar orqali bermoqda.  

Boshqa  bir  she’rida  shoira  me’natkash  ayol  tasvirini  mo’irlik  bilan 

ratib,  me’natsevarlik  g’oyasini  va  bu  faoliyatdan  olgan  ichki  kechinmalarini 

badiiy ifodalar orqali ochib beradi: 

«Sichqonquloq» bo’lgan lpiz intizor -- 

Go’dakday suykalar etaklariga. 

Oshiq yigit kabi shamol baxtiyor -- 

Lab bosar sochiningo’rmaklariga.   

... Eshilgan ipakday dalalar mayin 

Uyqular o’chadi!  

Xush kelding, ko’klam! 

Erga qadamlari tushgani sayin  

Ildiz ota boshlar Inson o’zi ham! 



«Lolaxonga»  deb  atalgan  ushbu  she’rda  mustaqillik  davridagi  ijtimoiy 

hayotda fa’l bo’lgan fidoiy shaxs obrazi berilgan.  

Ayoz shamolidan ‘atto er ham junkikib ketadi. Kun ham erinibgina chiqadi. 

Oyog’iga  muzday  etigini  kiyib  nozanin  dalaga  chiqadi.  Qulog’iga  sirg’alar 

taqar, surmadan ko’zlar qora, soy bo’yidan o’tsa ‘atto jiydaday bu qiz an’or 

ham  yo’rg’alab  qolar.  Barmog’idan  tok  barglariga  kurtaklariga  hayotbaxsh 

nur o’tadi. Bu go’zal va me’natkash ayolni ko’rganini bodom og’zidan gullab 

qo’di.  

 

Bu  poetik  tasvirda  bugunningayoli  va  uning’is-tuyg’ularga  to’la  qalbi, 



ratish,  obod  qilish  ishtiyoqi  o’quvchi  diliga    ham  ratish,  me’nat  qilish 

g’oyalarini solmoqda. O’quvchiga go’zallikni anglash va his etishni o’rgatadi. 

Bu  erda  his-tuyg’u  va  g’oya  o’zaro  mos  kelmoqda,  bu  xususiyat  o’quvchi 

qalbiga  estetik  zavq  beradi  va  axloqiy  tarbi,  she’rningma’rifiy  a’amitini 

oshiradi.  SHu  erda  mazmunningma’rifiylik  va  estetiklik  belgilari  namoyon 

bo’lmoqda.  

Ko’plab    she’rlarda  badiiylik  yoki  g’oyaviy  etishmasligi  oqibatida 

engxshi poetik topilmalar, obrazlar badiiylik kasb etmaydi.  

Ushbu  she’rda  esa  shoira  dunyoni  obrazlar  orqali,  metaforik  ko’radi. 

«Sichqonquloq»  lpiz  nozaniningko’ylagi  etaklariga  suykalishi,  shamol  esa 

oshiq 

yigitdan 

uningsochlariga 

lab 

bosishi 

zamirida 

lirik 

qa’ramonningsevgiga to’la vujudi va baxtiyor hayoti haqida ma’lumot beradi. 

Bunday inson o’zini jamit uchun, insonlar farovonligi uchun baxsh eta oladi. 

CHunki  uningqalbi  mu’abbatga,  me’natdan    ba’ra  olishga  mushtoq.  Nozik 

oyog’iga qo’pol etikni kiyshi ham shunda dalolat bor. Aslida u  

1. Oydin Hojieva. Pano’im. 1998 yil.  91-bet 

2. O’sha manba 98-bet. 

 

 

 

ham  boshqalarga  o’xshab,  faqat  maishiy  hayot  bilan  cheklanib  qolib,  o’z 

yoriga  manzur  bo’lsa  ham  ‘ech  kim  uni  ayblamaydi.  Ammo    uningqalbi, 

vijdoni  to’la  qonli  shashga,    insonlar  uchun  me’nat  qilishga,  o’z  ro’at-

farog’atini  o’zgalar uchun  qurbon  qilishga  baxsh etilgan. Bu  bugungi  kunda 

uncha-muncha  ayol  tugul  zabardast  erkaklarning’am  qo’lidan  kelmadigan 

fidoiylikdir.    O’z  baxtini  o’zgalar  farovonligiga  baxshida  etish.  So’ngbunda 

o’zi  hissiy  lazzat  tuyishi  chin  insoniylik  baxt  ekanligi  she’rningso’ngi 

qatorlarida anglashilmoqda: «Ildiz ota boshlar Inson o’zi ham!» Ildiz otish bu 

shashni. Meva berishni, shu erga egalik qilishni anglatadi. Bu g’oyalar milliy 

istiqlol  mafkurasiga  to’la  mos  keladi.  Demak,  shoira  ngi  jamitda  ngi  shaxs 

tarbisiga ham munosib hissa qo’shmoqda.  

 

 Oydin  Hojieva  o’z  she’rlari  bilan  bizni  hayot  fojealari,  dramalari  oldida 

mardonavorlikni  yo’qotmaslikka,  bedorlikka  chaqiradi.  Vijdonimizni,  or-

nomusimizni,  g’ururimizni  pokiza  tutushni  va  vujudimizdan  loqaydlik, 

tanballik, boqimandalik balolarni siqib chiqarishga o’rgatadi.  

 Asosiy  g’oyalarni  hisli  misralar,  poetik  obrazlar  bilan  berish    badiiylikni 

oshiradi. 

Bunday 

xususiyat 

badiiy  asarningumrini 

uzoq 

bo’lishini 

ta’minlaydi.  Lekin  baribir  g’oya  va  his-tuyg’u  uyg’unligi  buzilmasligi  shakl 

va mazmun mutanosibli kabi asosiy shartlardan hisoblanadi.           

  She’r  qamrovi  davrlarga  teng,  g’oyat  katta  real  haqiqatni  tasvirlaydimi 

yoki  shoir  qalbidagi  la’zalik  jilvanimi,  ichki  kechinmanimi    baribir,  agar  u 

haqiqiy  asar  bo’lsa  unda  badiiylik,  his-tuyg’u  va  albatta  potik  g’oya  shaydi. 

CHunonchi,  g’oya  shoirningbor  yo’g’i  bir  necha  misralarga  jo  bo’lgan  

she’rida  ham  shaydiki,  undagi  g’oya  va  his-tuyg’u  mutanosibiligini  bir 

o’qishda anglab olish qiyin emas:  

Tog’da tunadik yozda. 

Tolgandik -- 

Uyqu bosdi.  

SHundoy tepamizda 

Osmon chirog’in osdi. 

O, so’lim tog’ kechasi! 

YUlduzlar chaman-chaman. 

Ular shunday qinki, 

Ko’zimni yumolmayman. 



Hayotsevarlik  va  shukronalik  g’oyasi  hamda  samimiylik,  hayotga 

mu’abbat  hissi  singdirilgan  ushbu  she’rninglirik  kompozisisi,  g’oya  va 

tuyg’usi  shu  qadar  mutanosib  va  chambarski,  bir  misra,  biror  iborani  yoki 

tinish  belgisini  olinsa  g’oya  va  tuyg’u,  shakl  va  mazmun  butunligiga  ziyon 

etadi. Bu badiiy mukammmalikdir.   

 

FOYDALANILGAN MANBAALAR. 

 

1.

 

N.Rahimjonov. Mustaqillik davri o`zbek she’riyati. 2007 

2.

 

Izzat 

Sulton. 

Adabiyot 

nazarisi. 

Universitetlar 

va 

pedogogika 

institutlariningfilologi  fakultetlari  studentlari  uchun  darslik.  Toshkent. 

«O’qituvchi» -- 1980. 120-132 betlar. 

3.

 

Oydin Hojieva. Pano’im. 1998 yil  

4.

 

3.Xurshid  Davron.  Ba’ordan  bir  kun  oldin.she’rlar,  rivotlar,  tarjimalar. 

SHarq.  Toshkent -- 1997. 17- bet. 

5.

 

‘alima  Xudoyberdieva.  Bu  kunlarga  etganlar  bor.  She’rlar  saylanma.  

G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va sanoat nashriyoti 1993. 51-bet.  

6.

 

www. Adiblar uz. 

7.

 

www. Ziyo istagan qalblar uchun.uz. 

8.

 

Solijonov Y . SHoir ko`p, ammo she’r-chi? “O`zAS”. 18.07.2003 y. 

9.

 

Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling