O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Download 81.7 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi81.7 Kb.
#144220
Bog'liq
baxtyorjon

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
  • MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
  • TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO O’QITISH METODIKASI 401-GURUH TALABASI
  • MAMAJONOV BAXTIYORJON BAHODIRJON O’G’LINING
  • Axborot texnologiyasidan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi mavzusidagi

    KURS ISHI

    Ilmiy rahbar: Payg’amov Rahimjon

    Abduqayumovich

    QO’QON-2017

Reja:

  • Reja:
  • Kirish.

    I Bob. Ta’lim jarayonida ahborot texnologiyalarinig o’rni va ahamiyati.

    1.1 Ta’limda o’quv mashg’ulotlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ahamiyati.

    1.2 O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda multimedia va animatsiyalardan foydalanish.

    II Bob. Kimyo fanini o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari.

    2.1 Kimyo fanini o’qitishda multimedia va animatsiyalardan foydalanishning ahamiyati

    2.2 “Xlor” mavzusini axborot texnologiyalari asosida o’qitish dars ishlanmasi.

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Kirish

O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risidagi Qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Respublikamizda ta'lim islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, oliy ta'lim muassasalari talabalarida muayyan o'quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma'lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o'rgatish hamda shu asosda

ma'suliyatli yechimlar qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifa qilib qo'yilgan.

  • Respublikamiz Prezdenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotida,kishilarning turmush tarzida,maktab va oliy o’quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g’oyasi ilgari surilgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 mayda qabul qilingan 230-sonli 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnalogiyalarini rivojlantirish “Internetning xalqaro tizimlariga keng kirib borishni taminlash” dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlar to’grisidagi qarori qabul qilindi.Oradan bir yil o’tgach ya’ni 2002 - yil 30 - mayda O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to’g’risida”gi farmonini amalga oshirish yuzasidagi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6-iyundagi 2002 va 2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot komunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish dasturi” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi.Bulardan ko’rinadiki hozirgi kunning dolzarb muammosiga aylangan

Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o’zaro bog’liqligi bo’lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedianing apparat – dasturiy vositalari foydalanuvchi o’z ish faoliyatida axborotning matn va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish, hamda o’zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin. 

  • Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o’zaro bog’liqligi bo’lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedianing apparat – dasturiy vositalari foydalanuvchi o’z ish faoliyatida axborotning matn va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish, hamda o’zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin. 

1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush «MEMEX» nomli xotirani tashkil kilish kontseptsiyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g’oyaviy sababi bo’ldi. Bu g’oyaga ko’ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, ya’ni nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo’yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu g’oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gipermatn tizimlari, ya’ni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo’lishiga olib keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo’ldi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo’nalishining kelib chiqishiga olib keldi. Shunday qilib multimedia o’z ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.

  • 1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush «MEMEX» nomli xotirani tashkil kilish kontseptsiyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g’oyaviy sababi bo’ldi. Bu g’oyaga ko’ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, ya’ni nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo’yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu g’oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gipermatn tizimlari, ya’ni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo’lishiga olib keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo’ldi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo’nalishining kelib chiqishiga olib keldi. Shunday qilib multimedia o’z ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.

Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig’indisi. Grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o’lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi. Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimedia texnolologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan taqdimotlar tinglovchi va foydalanauvchilar uchun tushunarli va samaralidir.

  • Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig’indisi. Grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o’lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi. Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimedia texnolologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan taqdimotlar tinglovchi va foydalanauvchilar uchun tushunarli va samaralidir.

Download 81.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling