Oʻzbekiston respublikasi xalq taʼlimi tizimi tarixi


Download 34.5 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1756854
Bog'liq
tahlil


Mamasaidov Lutfillo tomonidan yozilgan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI TIZIMI TARIXI (Namangan viloyatimisolida, 1991–2021-yillar)” mavzusidagi dissertatsiya bob va undagi paragraf nomlanishlari, undagi ma’lumotlar dissertatsiya mazmuniga mos bo‘lib, Namangan misolidagi xalq ta’limi tizimiga oid har bir ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur dissertatsiyada quyidagi ayrim kamchiliklar ham mavjud

  • statistik ma’lumotlarga juda ko‘p berilib (hattoki boblar yakunidagi xulosa qismida ham), uning tahlili ayrim holatlarda to‘laqonli yoritilmagan;

  • Imloviy xatolar ham ko‘p uchraydi (lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida yozish qoidalari bilan bog‘liq).

  • Sovet davridagi xalq ta’limi qaysi davlat andozasida, 2-jahon urushi davrida darslik (kiril yozuvigа o‘tganligi sabab) va o‘qituvchilar yetishmasligi, maktablar qisqartirilgani, asosan ishchi kuchini yaratish maqsad qilinganligi, har bir fan uchun markazdan ajratilgan dars soatlari rejasi (boshqa sovet davlatlaridachi) … ?

  • Xalq talimiga oid mustaqillikdan keyin qabul qilingan qonunlar va ularning ijro mexanizmi tanqidiy tahlil sifatida (masalan, 1992-yilning 5 oyi mobaynida pedagog xodimlarning shaxsiy uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olishga yozgan arizalaridan Toshkent shaxrida 4,7%, Andijon viloyatida 11%, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida 15%, Namangan viloyatida 2% qondirilgan xolos)

  • Har bir xalq ta’limi vaziri davrida amalga oshirilgan islohotlar Namangan misolida tahlil qilinsa (yutuq va kamchiliklar) maqsadga muvofiq bo‘lardi (Йулдошев Ж. Таълимимиз истиқлол ийўлида. Тошкент, 1996)

  • Ilmiy yangilik va xulosa qismini yana bir ko‘rib chiqish kerak ("Namangan viloyatida uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bepul ovqatlanish tizimi joriy etilgani..." amalga oshirilmagan islohotlar ilmiy yangiliklar qismida, xulosa qismida berilgan takliflarni boyitish lozim

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling