O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Download 2.69 Mb.
bet11/120
Sana09.09.2022
Hajmi2.69 Mb.
#803141
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
Буюк географик кашф мажмуа 2018
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12
Savollar va topshiriqlar:
1. Qaysi ekspeditsiya XVIII asrning so`nggi o'n yilliklaridagi eng ahamiyatli ekspeditsiya bo`ldi?
2. M.V.Lomonosov 1765 yilda harbiy dengizchi Vasiliy Yakovlevich Chichagov rahbarligida uyushtirgan yashirin ekspeditsiya maqsadi nima edi?
3. Rossiyada amalga oshirilgan Asosiy chegaralanish bo'yicha ishlar qanday geografik ahamiyat kasb etdi?
4. Qanday vaziyat amerikaliklarga Rossiyadan Alyaskani sotib olishlari uchun qulay sharoit tug'dirdi?
5. Jeyms Kuk ekspeditsiyalarining natijalari nimalardan iborat bo`ldi?
1. XIX asrdan boshlab yirik dengiz ekspeditsiyalarini tashkil etishda birinchi o`rin qaysi davlatga o'tdi?
2. Birinchi rus dunyo bo'ylab sayohati qachon, kim tomonidan amalga oshirildi?
3. XIX asr geografiya fani rivojiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
4. K.M.Ber qanday fanlarning asoschisi hisoblanadi?
5. Kropotkin o'z sayohatlari natijasi sifatida Osiyo sharqining tuzilishi haqidagi ilgarigi tasavvurlarni butunlay o'zgartirib yuboruvchi qanday xulosa chiqardi?


7 - Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Shimoliy va Janubiy Amеrika, Afrika va Avstraliya ichki rayonlarining gеografik tadqiq etilishi tarixi (4 soat)
Rеja:
1. Alеksandr fon Gumboldtning Markaziy va Janubiy Amerikaga sayohatlari tarixi.
2. Afrikada David Livingston va Marton Stenlilarning sayohatlari va tadqiqotlari.
3. Avstraliyadagi geografik tadqiqotlar.


Mavzuning tayanch tushunchalari
A.Makkenzining Shimoliy Amerikadagi tadqiqotlari. K.J.Vankuverning Shimoliy Amerika shimoli- g'arbiy qirg'oqlaridagi tadqiqotlari. XIX asrda (40-70- yillarda) Afrikada muhim geografik kashfiyotlar. D.Livingstonning Afrikadagi tadqiqotlari. M.Park ekspeditsiyalari. XIX asrning 20- 70- yillarida Avstraliyaning tadqiq etilishi. R.Berk va J.M.Styuart ekspeditsiyalari. Janubiy Amerikaning o'rganilishi. R.Fitsroy ekspeditsiyasi. A.Gumboldt tadqiqotlari.


1. Geografik bilimlarni ilmiy tizimlashtirish davriga Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliyadagi muhim kashfiyotlar to'g'ri keladi. Bu davrning Shimoliy Amerika tadqiqotchilari orasida eng taniqlisi shotlandiyalik Aleksandr Makkenzi bo'lib, o'z sayohatlari vaqtida u (1789, 1792-93) dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri - Makkenzini kashf etdi, Atabaska ko`lidan Tinch okeaniga daryo yo'lini topish maqsadida Shimoliy Amerikani ikki marta kesib o'tdi va Qoyali tog'ning Oldingi va Qirg'oq tizmalari orasidagi Ichki yassitog'likni kashf etdi. XVIII asr oxirlarida Shimoliy Amerika materigining shimoli-g'arbiy qirg'oqlarini tadqiq etish bilan ingliz kapitani, Kukning ikkita dunyo aylana sayohati ishtirokchisi Jorj Vankuver o'zining uchinchi dunyo aylana sayohati vaqtida shug'ullandi. Hozirgi kunda uning ismi bilan Kanadadagi shahar va orol nomlangan. U tomonidan Amerikaning 30 va 60 daraja shimoliy kenglik oralig'idagi 3000 kmli Tinch okeani qirg'oqlari tadqiq etildi va tasvirlandi. Bu asosiy vazifadan tashqari ekspeditsiya Avstraliya Janubiy qirg'oqlarining birinchi va nisbatan to'liq planini oldi, 56-58 daraja shimoliy kenglik oralig'idagi bir qator orollar, bo'g'oz , ko'rfazlar va daryolarni kashf etdi. Bu davrda Afrikadagi asosiy geografik kashfiyotlar XlX asrga, asosan bu asrning 40-70-yillariga to'g'ri keladi. Bu kashfiyotlar bevosita Afrikaning hududiy taqsimlanishi boshlanishiga asos bo'ldi. Bu borada Afrikaning ichki viloyatlarini tadqiq etish va u yerda Britaniya hukmronligini mustahkam o'rnatish uchun “Afrika assosiatsiyasi”ni tuzgan inglizlar hamda fransuzlar faollik ko'rsatdilar.
2. Afrika hududlaridagi eng ahamiyatli kashfiyotlar o'z umrining katta qismini (1841 yildan 1873 yilgacha) uni o'rganishga (asosan markaziy va Janubiy qismlarini) bag'ishlagan Devid Livingston nomi bilan bogliq. U Afrikaga vrach va missioner sifatida yuborilgan edi. U afrikaliklarning hayoti va urf - odatlarini o'rganishga muvaffaq bo`ldi. U Zambezi va Kongo oralig'idagi suvayirg'ichni, ulkan Viktoriya sharsharasini va bir qator daryo va ko'llarni, shuningdek maydoniga ko`ra Afrikada uchinchi o'rinda turuvchi Nyasa ko'lini kashf etdi. U ichki Afrikaning katta qismi qumlarida daryolar yo'qolib ketuvchi dasht ekanligi haqidagi hukmron fikrni rad etdi.
1849 yilda Livingston afrikalik yo'l ko'rsatuvchi hamrohligida yevropaliklardan birinchi bo'lib Kalaxari cho'lini kesib o'tdi va Ngami ko'lini tadqiq etdi. Ko'p yillar davomida Livingston Buyuk afrika ko'llari hududini tadqiq etdi. Bu ko'llarni Livingston bilan birga boshqa bir angliyalik sayohatchi - jurnalist Genri Marton Stenli ham o'rgana boshladi. U birinchi bo`lib Kongoning butun oqimi bo'ylab suzishni amalga oshirdi. Stenli Tanganiki - materikning eng chuqur ko'lini o'lchamlarini aniqladi; Nilning boshlanish joyini aniqladi, Eduard ko'lini va qadimgi Ruvenzori tog` massivini kashf etdi. U ikki marta Afrika mintaqasini kesib o'tdi: 1874-1877 yillarda - sharqdan g'arbga tomon, 1877- 1879 yillarda g'arbdan sharqqa tomon.
Afrikaning ko'pgina daryolari va ayniqsa Niger daryosi jumboqlari 1796-1797 va 1805 yillarda shotlandiyalik Mungo Park tomonidan hal etildi. XIX asrning 20-70- yillariga Avstraliyaning ichki viloyatlari bo'ylab ekspeditsiyalar va sayohatlar seriyasi to'g'ri keladi. 1858 yilda Avstraliya geografik jamiyatining Robert Berk rahbarligidagi ekspeditsiyasi bu materikni birinchi bo`lib kesib o'tdi. Robert Berk qaytishda sillasi qurib vafot etdi. 60- yillar boshlarida Avstraliyani ikkinchi bo'lib Jon Makduel Styuart otryadi kesib o'ldi. 1876 yilga kelib Avstraliya ichkarisida faqat uncha katta bo'lmagan oq dog`largina qoldi. Ular XX asrga kelib tugatildi.
Angliya hukumati 20- 30- yillarda asosiy vazifasi Janubiy Amerika qirg'oqlarini janubdan 10 daraja shimoliy kenglikkacha tavsiflash bo`lgan ikkita dunyo aylana sayohatni tashkillashtirdi. 1831- 1836 yillarda "Bigl" korablida Robert Fitsroy rahbarligidagi ikkinchi sayohatda Charlz Robert Darvin ishtirok etdi. U sayohat davomida kuzatuvchidan Janubiy Amerikaning mo'tadil va o'rtacha sovuq zonalarining buyuk tadqiqotchisiga aylandi.
XIX asrning birinchi yarmida Jon Ross, Uilyam Parri va ayniqsa Jon Franklinning ingliz ekspeditsiyalari Kanada Arktika Arxipelagini tadqiq etdilar.
3. O`zining geografik natijalariga ko`ra XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi eng mashhur sayohatlardan biri nemis olim ensiklopedisti Aleksandr Gumboldt va fransuz botanigi Eme Bonplanning 1799-1804 yillarda Janubiy Amerika va Meksikaga qilgan sayohatlari edi. Ular Venesuela savannalarini borib ko'rdilar. Hayotlarini xavf ostiga qo'yib yevropalik geograflar ishonishni istamagan afsonaviy Orinoko daryosining tarmoqlangan joyini ko'rish uchun Janubiy Amerika materigining ichkarisiga kirib bordilar. Orinoko suvining bir qismi Orinokodan Amazonkaga (aniqrog'i uning irmogi - Rio- Negroga) o'tuvchi Kasikyare daryosi - suv ko'prigi bo'ylab ketadi. Keyinchalik Gumboldt bu hodisaning ilmiy sababini keltirib, uni daryolarning bifurkatsiyasi (ikkiga ayrilishi, ikki tarmoqqa ayrilib ketishi) deb atadi.
Olimlar Kubada, Peruda, Ekvadorda bo'ldilar; Tinch okeani qirg'oqlarida kuchli oqimni (keyinchalik Gumboldt nomi bilan atalgan) aniqladilar; ekvatoroldi Andlaridagi vulqonlarni o'rgandilar; yuqorilagan sari tabiiy sharoitlar qanday o'zgarib borishini kuzatib, o'sha paytda dunyoning eng yuqori cho'qqisi hisoblangan Katopaxi va Chimboraso vulqonlariga ko'tarildilar. Vulqonlarni o'rganish Meksikada ham davom ettirildi. Asosiy e'tibor organik dunyoni va ayniqsa o`simliklarni o`rganishga qaratildi. Olimlar to'plagan gerbariy 12 ming o'simlikdan iborat edi.
Butun sayohat besh yil vaqtni oldi. Uning ilmiy natijalari ulkan edi. Tayyorlangan yozuvlar, rasmlar, sayohatning o`zini tavsifi jadvallar va xaritalar bilan birga “1799-1804 yillarda Yangi dunyoning teng kunli viloyatlariga sayohat” nomi bilan e'lon qilingan 30 jildni band etdi. Zamondoshlari bu voqeani "Amerikani ikkinchi bor kashf etilishi"deb atadilar. Gumboldt o'zining 1829 yilda Rossiyaning turii rayonlarida kechgan ikkinchi sayohati bayonini ham yozdi: Moskva - Qozon -O’rta Ural - G'arbiy Sibir - Baraba choli - Altay - Janubiy Ural -Volga bo'ylab Astraxangacha.
Sayohat qilar ekan, Gumboldt umumiy qonunlar asosida boshqariluvchi Yer tabiatini bir butun holda tushunishga harakat qildi, va shuning uchun asosiy e'tiborini tabiat hodisalarining (iqlim, relyef, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi va boshqalarning) o`zaro aloqalarini anglashga qaratdi.
Gumboldt landshaft haqidagi nazariyani yaratishni o'yladi. U shunday nazariyaki, "Tabiat manzaralari" so'zboshisida yozganidek, uning uchun "organizmlar-(hayvonot va o'simliklar) hayotining yer yuzining turli shakllari bilan landshaftga oid va mahalliy o`zaro aloqalari sharoitidagi tavsifi" material bo`lib xizmat qiladi. "Ularning har biri bizning sayyoramiz butun hayotining kichik bir qisminigina ifodalaydi". (Tabiiy yoki tabiiy - geografik landshaft yer yuzasining ma`him bir qismi bo'lib, bu qism o`zaro bir-biriga ta`sir etuvchi turli xil tabiiy elementlar va hodisalarning alohida tarzda butunligicha bir biriga qo`shiluvi bilan farq qiladi va o`zining maxsus rivojlanish yo`li bor. Landshaftning butun elementlari bir-biri bilan shu qadar mustahkam bog`liqki, ulardan birining o`zgarishi orqasida asta-sekin landshaftning butun hammasi tamomila o`zgarib ketadi).
Geografik qonuniyatlarni ochish uchun u birinchi bo`lib qiyosiy metodni qo`llay boshladi va And va Meksika tog`liklarining ko`ndalang kesimini tuzib, birinchi bo`lib biror narsaning ko`ndalang umumiy ko`rinishini o`rganish metodini (metod profilirovaniya) qo'lladi. Bu maqsad uchun Gumboldt birinchi marta 700 ta nuq`a balandligini aniqlab chiqdi. Uni tabiiy geografiyaning asoschisi deb ham hisoblashadi. U bu fanni "ko`plikdagi umumiylik"ni o'rganuvchi fan deb hisobladi. Gumboldt tabiiy geografiya fanining yangi bir bo`limini – o`simliklar geografiyasini yuzaga keltirdi. Shuningdek, u fanning bir qator sohalariga: klimatologiyaga, 1817 yilda birinchi izoterma (xaritalarda o'rtacha harorati bir xil bo'lgan joylarni birlashtiruvchi chiziqlar) xaritasini tuzib, vulkanalogiyaga va yer magnitizmi haqidagi nazariyaga katta hissa qo`shdi. Gumboldt dunyoning eng sermahsul olimlaridan biri. U 636 ta kitob yozdi. Shu jumladan, yuqorida eslatib o`tilgan "Tabiat manzaralari"ni (1808 yil) yozdi. Kitobda tabiatni yaxlit idrok etish borasidagi o'z qarashlarini bayon etgan va tushuntirgan ("Men tabiat manzarasini yaxlit aks ettirishga va uning kuchlari o`zaro munosabatlarini ko`rsatishga harakat qildim") hamda qiyosiy metod mohiyatining ta`rifini beradi: "Uzoq marnlakatlarning farqlanib turuvchi o`ziga xosliklarini bir- biri bilan taqqoslash va bu taqqoslashning natijalarini qisqacha tarzda ifodalash - yerni umumiy o'rganishdagi qiyin vazifa bo`lsa-da, samarali ish".
"Tabiat manzaralarida" u kenglikka oid zonalashganlik - yer shari tabiiy sharoitlari va jarayonlarining kenglik bo'ylab (ekvatordan qutblarga tomon va aksincha) qonuniy o'zgarishi va balandlik mintaqaviyligi - tabiiy sharoitlar va jarayonlarning balandlik bo'ylab (etakdan cho'qqiga tomon va aksincha) o'zgarishi g'oyasini ilgari surdi va asosladi, shuningdek bu turlar bilan tabiat qonuniyatlari o'rtasidagi muvofiqlikni qayd etdi.
A.Gumboldt ijodining cho'qqisi "Kosmos" nomli besh tomli ilmiy asar hisoblanadi. Birinchi jild 1845 yilda chop etilgan edi (uning ustida ish boshlanganidan keyin 11 yil o'tib). Beshinchi jild esa vafotidan so'ng, 1862 yilda chop etildi. U o'ylagan bir butun va rivojlanishdagi moddiy dunyo haqidagi ko'p jildli asarining qolgan qismini yozib ulgurmadi. O'z davri tabiatshunosligining deyarli barcha sohasini ijodiy tafakkuri bilan qamrab olganligi uchun "o'n to'qqizinchi yuz yillikning Aristoteli " deb atalgan Gumboldt 1859 yilda 90 yoshida vafot etdi.

Download 2.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling