O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Download 2.69 Mb.
bet6/120
Sana09.09.2022
Hajmi2.69 Mb.
#803141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Буюк географик кашф мажмуа 2018
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12
Savollar va topshiriqlar:
1. Ilk o'rta asrlardagi geografik bilimlar va ularning rivojiga xos xususiyatlarni aniqlang.
2. Shimoliy Amerika va Grenlandiyaning ilk bor kashf etilishi qachon va qanday yuz berdi?
3. Arab xalifaligida geografik bilimlarning rivojlanish omillari va xususiyatlari haqida gapirib bering.
4. Ilk o'rta asrlarda Orta Osiyoda yashab ijod qilgan mutafakkirlarning geografik bilimlar rivojiga qo`shgan hissasi nimalardan iborat?
5. Ilk o'rta asrlar kartografiyasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Savollar va topshiriqlar:
1. Katolik cherkovi Osiyoga yuborgan P.Karpini va G.Rubruk rahbarligidagi elchilik missiyalarining maqsadlari nimalardan iborat edi?
2. Marko Poloning Osiyoga sayohati va uning geografik ahamiyati haqida gapirib bering.
3. "Uch dengiz osha sayohat" qilgan tverlik savdogar kim?
4. Hindistonga dengiz yo`lining ochilishi haqida gapirib bering.
5. Portugaliya dengiz maktabining geografik kashfiyotlar rivojida o'ynagan rolini aniqlang.
4 - Mavzu: Buyuk gеografik kashfiyotlar davri tarixi
(XV asr oxirlari – XVII asr o`rtalari) (6 soat)
Rеja:
1. Gеografik kashfiyotlar tarixi va uni davrlashtirish masalalari.
2. Xristofor Kolumb, Amеrigo Vеspuchchi kashfiyotlari va «Yangi dunyoning ochilishi» .
3.Vasko da Gama sayohati-Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi.
4. Fеrnando Magеllan sayohati - dunyo aylana birinchi sayohat
5. V.T.Alеnin – Yermak, I.Yu.Moskvitin, V.D.Poyarkov, Е.P.Xabarov, K.Ivanov, S.I.Dеjnеv, F.A.Popov sayohatlari
6. F.Drеyk sayohati – dunyo bo`ylab ikkinchi sayohat. A.Tasman, V.Yanson, V.Barеnts, G.Gudzon sayohatlari tarixi.


Mavzuning tayanch tushunchalari
Geografik kashfiyotlar tarixi davri va uning bosqichlari. I. P. Magidovich va boshqa geograflarning Geografik kashfiyotlar tarixidavrini davrlashtirish borasidagi qarashlari. Geografik kashfiyotlar tarixining muhim omillari: Yevropada Tovar- pul munosabatlari va savdoning rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti, kemasozlik va dengizchilik rivoji. Portugaliya Qiroli Enriki Dengizchi va uning Dengizchilar maktabi. Geografik kashfiyotlar tarixidavriga o'tish davri kashfiyotlari. Bartolomeu Diash, Vasko da Gamma ekspeditsiyalari. Yevropadan Hindistonga dengiz yo'lining kashf etilishi
Geografik kashfiyotlar tarixi davrining 1- bosqichi - ispan- portugal davri - XV asr oxiri -XVI asr boshlari. Geografik kashfiyotlar tarixi davrining 2- bosqichi - rus- golland davri - XVI asr o'rtalari- XVII asr o'rtalari.
Xristofor Kolumb ekspeditsiyalari. Yangi Dunyoning kashf etilishi. Amerigo Vespuchchi va uning tadqiqotlari. Jovanni Kabot ekspeditsiyalari. Nyufaulend sayozligining tadqiq etilishi. Jak Kartye ekspeditsiyalari. Muqaddas Lavrentey qo'ltig'ining tadqiq etilishi. Vasko Nunyes Balboa ekspeditsiyalari. Fernando Magellanning dunyo aylana sayohati va uning geografiya uchun ahamiyati.
Yermak yurishlari - G'arbiy Sibirning zabt etila boshlanishi asnosida kashf etila boshlanishi. I.Yu. Moskvitin safarlari. B.D.Poyarkov va Ye.P.Xabarov safarlari. Baykalning kashf etilishi. S.I.Dejnev va F.Alekseyev kashfiyotlari. Frensis Dreykning dunyo bo'ylab sayohati. L.V.Torres, A.Tasman va V.Yanszon kashfiyotlari. Avstraliyaning kashf etilishi. Geografik kashfiyotlarning kitoblar, xaritalar ko'rinishida umumlashtirilishi. Sebastyan Myunster va Avraam Orteley xaritalari. S.I.Remezovning "Chizmalar kitobi", Bernxardus Vareniusning "Umumiy geografiya'si va boshqalar.
Geografiyaning mustaqil bilimlar sohasiga aylanishi, yer yuzasi tuzilishi haqidagi, kashf etilgan yerlardagi aholi, ularning xo'jaligi hamda Dunyo okeanining tabiati haqidagi muhim ma'lumotlar bilan boyishi. Geografik bilimlarning tavsifiy xarakteri saqlanishi. Geografik kashfiyotlar tarixining tarixiy jarayonlarga ta'siri. Savdo- sotiqning kengayishi. Dengiz savdo yo`llarining rivojlanishi. Buyuk Ipak yo`lining ahamiyati susayishi. Yevropaning kashf etilgan mamlakatlar bilan munosabatlari. Mustamlakachilik ekspansiyalari. Yevropada tovar ishlab chiqarishning o'sishi. Qul savdosi. Mustamlakalar uchun kurash.

XV asrda - so'nggi o'rta asrlardan Geografik kashfiyotlar tarixi davriga o'tish asrida geografik sayohatlar maqsadga yo'naltirib amalga oshiriladigan bo'ldi. Sayohatlar sof tadqiqotchilik maqsadlari bilan ilk o'rta asrlarda arab dunyosida ham tashkil etilgani haqida ma'lumotlar mavjud. Masalan, Sinyakovich S.V. "Geografik kashfiyotlar sirlari"da (1999) Nil daryosi boshlariga, Buyuk Xitoy devoriga, Atlantika okeani bo'ylab qilingan ekspeditsiyalar haqida yozadi. Ammo u bu ma'lumotlar sinchiklab tekshirishni talab etishini ta'kidlaydi. Bu yo'nalishdagi mashhur faoliyat deb 1415 yilda Portugaliya janubi-g'arbida San-Vinsenti burnida dengizchilik maktabi va observatoriyaga asos solgan Dengizchi laqabli Portugal qiroli Enriki (Genrix) faoliyatini aytish mumkin. Barcha hukmron guruhlari dengiz ekspansiyasi - dengiz yo'llari ustidan hukmronlik doirasini kengaytirishga qiziqib qolgan, kuchli dengiz mamlakaii bo'lgan Portugaliyada bu davrda ushbu maktabdan muvaffaqiyatli foydalanildi. Enriki maktabi o'zi mavjud bo'lgan qirq yil davomida ko'pchiligi Afrika g'arbiy qirg'oqlariga va Atlantika orollariga qilingan ekspeditsiyalarda ishtirok etgan ko'plab tajribali dengizchilarni tayyorladi. Enriki tomonidan qirq yil davomida uyushtirilgan ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Ofirni - oltinlar va qullar mamlakatini qidirib topish edi. Bu maktab bitiruvchilari birma-bir Gibraltar bo'g'ozidan boshlab 12 daraja shimoliy kenglikkacha Afrika g'arbiy qirg'oqlarini ochdilar. Ular Atlantika okeanidagi uchta yirik arxipelagni (arxipelag - bir xildagi kelib chiqish va geologik tuzilishga ega bo'lgan, bir-biriga yaqin orollar guruhi): Azor, Kanar va Yashil burun arxipelaglarini qo'lga kiritdilar. Bu orollar (uzoq tortishuvlardan so'ng Ispaniyaga o'tgan Kanar orollaridan tashqari), shuningdek boshqa mayda orollar portugaliyalik kolonistlar tomonidan tezda ishg'ol etila boshlandi.


Enriki davrida tashkil etilgan ekspeditsiyalarga turli vaqtlarda: Juan Gonsalvish Zarku va Trishtan Vash Teysheyra, Gonsalu Velyu Kabral, Jil Ianish, Antan Gonsalvish va Nunu Trishtan, Diogu Teyli, Lansaroti Pisanya, Juan Fernandish, Dinish Diash, Alvaru Fernandish, Diogu Gomish, Alvize (Luidji) da Kadamosto (da Mosto) va boshqalar rahbarlik qilishgan.
Portugaliyaliklarning Afrikaning Atlantika qirg'oqlari bo'ylab harakatlari 1460 yilda Enriki olimidan so'ng ham davom etdi. Portugaliyaliklar tomonidan g'arbiy Afrika qirg'oqlarini geografik ochilishi XV asrning 80 - yillarida, Bartolomeu Diash 1488 yilda Yaxshi Umid burniga (dastlab Bur burni) - 34 daraja 52 minut janubiy kenglikda joylashgan Afrikaning eng janubiy nuqtasiga yetib borgandan so'ng tugallandi. Kashf etilgan bu burunni aylanib o'tgan (qaytishda) Bartolomeu Diash boshqa okeanda - Hind okeanida ekanini va Afrika Janubiy qutbga qadar (Ptolomey xaritasidagidek) cho'zilmaganligini tushundi. Shu tufayli u janubi-sharqiy Afrika qirg'oqlari bo'ylab deyarli 30 daraja janubiy kenglikka qadar ko'tarildi. Bu yerda uning shubhalari batamom yo`qoldi: u Hindistonga Afrika aylana dengiz yo'li topilganligi va bu kashfiyotda birinchilik palmasi o'ziga tegishli ekanini angladi.
Afsuski, Bartolomeu Diash ekspeditsiyasidan iborat kema komandasi holdan toydiruvchi darbadarlikdan so'ng vatanga qaytishni talab qildilar va unga haqiqiy Hindistongacha borib yetish nasib etmadi. Portugaliya hukumati dengiz yo'li ochilishiga sovuqqonlik bilan qaradi, chunki ular endi Portugaliya va Hindiston o'rtasidagi juda katta masofa haqida bilgan edilar: birinchidan Yaxshi Umid burniga qadar 10 ming kmdan kam bo'lmagan masofa borligi ma'lum bo`lgan edi, ikkinchidan, bu burunni bir necha ming kilometr masofa Hindistondan ajratib turgani taxmin qilingan edi. Hind okeanida dengiz yolini qidirishni davom ettirish harajatlari katta bo`lishi aniq edi. Davlat xazinasida bunday mablag` bo'lmaganligi tufayli portugaliyaliklarning Hindistonga dengiz ekspeditsiyasi vaqtincha to'xtatildi.
Ko'pyillik barcha portugal ekspeditsiyalarining umumiy xizmati Portugal dunyo xaritasida aks ettirilgan (1496 yil) Afrika qirg'oqlari (g'arbiy va janubiy) katta qismining juda yaxshi o'rganilishi bo'ldi. Bu xaritada Afrika birinchi marta materik sifatida ko'rsatilgan. Portugal xaritasigacha bo'lgan xaritalarda faqat Yevropa va Osiyoni tasvirlaganlar.(materik sifatida)
Portugaliyada safar uchun pul 10 yildan so'ng, X.Kolumb boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi tomonidan "G'arbiy Hindiston" kashf etilgandan keyin ajratildi. Portugaliyaliklar Sharqiy Hindiston ustidan o'z "huquq"larini mustahkamlab olishga oshiqdilar. Afsuski taqdir shunday hukm chiqardiki, 1497 yilda G'arbiy Hindistonga olib boradigan dengiz yo`lining yakunlovchi razvedkasi uchun dengiz ekspeditsiyasi rahbari etib tajribali B.Diash emas, balki yosh, o'zini hali biror ish bilan ko'rsatmagan saroy amaldori Vasko da Gama tayinlandi. Vasko da Gama ekspeditsiyasi Hindiston g'arbiy qirg'oqlarida joylashgan Kalikut shahri (hozir Kojikode)gaha yetib bordi. Ekspeditsiya 1497 yil iyulida boshlandi va 1499 yil avgustida yakunlandi, 2 yildan ortiqroq davom etdi. Bu vaqt mobaynida dengizchilar 40000 kmdan ortiq suzdilar. Bundan ular Portugal qiroliga imkon qadar tezroq Hindistonning uzil-kesil topilganligi haqida xabar berishga va shu bilan Portugaliyaga Sharqiy Hindiston ustidan o'z huquqlarini mustahkamlashiga yordam berishga oshiqqanliklari haqida xulosa chiqarish mumkin.
Vasko da Gama Hindistonga yana ikki marta borib keldi: 1502 yildan 1503 yilgacha ulkan qiymatdagi ziravorlarning katta yukini olib kelgan ekspeditsiya boshlig'i sifatida (o'sha paytda ziravorlar oltindan qimmat baholanar edi) va 1524 yilda Hindistonning vitse-qiroli sifatida.
Hindistonga dengiz yo'lining ochilishi haqidagi hikoya bilan geografiya tarixi va geografik kashfiyotlar tarixining boshqa davriy qismiga - Geografik kashfiyotlar tarixi davriga "o'tila" boshlandi.


Geografik kashfiyotlar tarixi. XV-XVII asrlar o'rtalarida yevropalik sayyohlar amalga oshirgan yirik kashfiyotlar.
Asosiy sabablar:
Yevropaliklar tomonidan ko'p sonli ekspeditsiyalar uyushtirilishi uchun undovchi motivlar bir qancha edi. Turklar hukmronligining kengayishi Kichik Osiyo va Suriyadan o'tadigan Yevropani Sharq bilan bog'laydigan muhim savdo yo'llarini to`sib qo'ydi, savdo aloqalarini izdan chiqardi. Bundan tashqari bu davrda ochiq dengizda suzish bilan bog'liq muammolar o'z yechimini topgan, okeanda suzish imkoniyatiga ega, ishonchli kemalar qurilgan va bularning barchasi Hindistonga yangi yo'llar qidirishni Yevropadan janubroqda joylashgan yerlarni ochish va qo`lga kiritishni rag'batlantirdi (tezlashtirdi).
Sharqning afsonaviy boy mamlakatlariga yo'l qidirilishining asosiy omillaridan biri oltinga bo'lgan intilishlar edi. Mehnat qurollari yaxshilanishi va katta korxonalar paydo bo'lishi bilan Yevropa mamlakatlarida turli mahsulotlar ishlab chiqarish ko'paydi. Buning natijasida savdo-sotiq yanada kengaydi. Yevropada savdoning rivojlanishi qimmatbaho metallarga bo'lgan kuchli ehtiyojni keltirib chiqardi. Pul zarb qilish uchun qimmatbaho metallar - oltin va kumush ko'proq kerak bolib qoldi. Yevropada ularning manbai nihoyatda cheklangan edi. Ayni vaqtda qimmatbaho sharq mahsulotlari uchun to'lovni ko'p hollarda kumush va oltin bilan amalga oshirishga to'g'ri kelar edi. Oltin va kumush qimmatbaho mahsulotlar sotib olish uchun asrlar davomida Sharq mamlakatlariga eltib turilgan edi. Yevropaga mahsulot keltirish olib chiqilishini ham (loaqal narxiga ko'ra) sezilarli darajada orttirdi. Oltinga savdogarlar, sudxo'rlar, qirol va dvoryanlar ko'proq zarurat sezardilar.
Geografik kashfiyotlar tarixining bevosita sababi Hindiston va Xitoyga yangi dengiz yo`llarining qidirilishi edi. Bu mamlakatlar bilan savdo mo'g'ul imperiyasining inqirozi va turk istilolari natijasida qiyinlashgan edi. Ziravorlar va boshqa sharq mahsulotlari endi cheklangan miqdorda, faqat Misrdagi arab savdogarlari bilan savdoni qo'llarida ushlab turgan venetsiyaliklar orqaligina yetkazib berilar edi. Hindiston va Xitoy bilan bo'lgan savdoni ko'p vaqtdan buyon arablar o'z qo'llariga kiritib olgandilar. Arablar Sharq mahsulotlarini arzon bahoda olib, o'z narxidan 8-10 baravar ortiq baho bilan italyan savdogarlariga sotardilar. Shu sababli yevropalik dengiz sayyohlari Sharq bilan bo'ladigan g'oyat katta daromadni o'zlariniki qilib olish uchun Osiyo mamlakatlari bilan bevosita aloqa o'rnatishga intildilar. Turklar va arablarni aylanib o'tadigan yangi dengiz yo'lini topish g'arbiy yevropalik dengizchilarning zaruriy vazifasi bo`lib qoldi. Turklar Konstantinopolni bosib olgach yevropaliklarning Sharq bilan savdo qilishi yanada qiyinlashdi. Turklar Kichik Osiyo va Suriya orqali boradigan savdo yo'llarini bosib oldilar. Ular shu qadar katta boj olardilarki, bu mamlakatlardan tovar olib o'tish savdogarlar uchun foydasiz bo`lib qola boshladi. Turklar istilosi Yevropadan Osiyoga boriladigan yangi yo`llar qidirib topishni tezlashtirdi.
Geografik kashfiyotlar tarixiga kema qurilishidagi, kema yurgizish san`atidagi va geografik bilimlar rivojidagi ulkan yutuqlar bilan hozirlik ko`rilgan edi. Portugaliyaliklar va ispanlar nihoyatda takomillashtirilgan - yengil, burulishga qulay, tezyurar va keng (ko`p yuk ortish mumkin bo'lgan) to`lqinlarda shamolga qarshi suza oladigan kemalar - karavellalar (o`zbekchada yelkanli qayiqlar) yasashni o`rgandilar. Kemaning turgan joyini belgilashga yordam beruvchi asboblar (Astrolyabiya - kemaning turgan joyini yulduzlarning vaziyatiga qarab belgilash uchun qo`llaniladigan burchak o`lchash asbobi) ham ixtiro qilindi". Kompasdan foydalanish va kartografiya rivoji ochiq okeanda suzish imkonini berdi. Bu vaqtga kelib Yerning shar shaklida ekani haqidagi nazariya yoyilgan edi. Bu nazariya dengizchilarda afsonaviy sharq mamlakatlariga g'arb tomondan yo'l topish umidini tug`dirgan edi.
Oltinga boy mamlakatlar va Hindistonga dengiz yo`lini qidirishga birinchi bo'lib portugaliyalik dengizchilar otlandilar. Ularning ekspeditsiyalarida venetsiyalik raqobatchilarini sharq bilan savdoda quvib yetishga uringan genuyaliklar faol ishtirok etishdi. O`rta dengizdan Shimoliy dengizga va Baltika dengiziga boriladigan muhim yo`l Portugaliya qirg`oqlari yonidan o`tar edi. Portugaliya portlariga juda ko`p kemalar kelib to`xtardi. Dengiz savdosi baliq ovlash sohil bo'ylaridagi aholining asosiy mashg`uloti edi. Bu yerdagi baliqchilar orasidan tajribali dengizchilar yetishib chiqdi. Portugaliyaliklar 1415 yildayoq Afrika materigida muhim savdo punkti va harbiy istehkom bo`lgan Seutani egalladilar. So`ngra arab geograflarining asarlarida aytib o`tilgan oltinga boy daryolarni qidira boshladilar. Bu ekspeditsiyalarni tashkil etishga Portugal shahzodasi Enriki Dengizchi katta yordam berdi. Uning homiyligida tuzilgan savdo kompaniyalari Afrika mamlakatlarida mustamlakalar bilan savdoda, xususan negr qullar savdosida monopol huquqdan foydalanar edi. Foydaning katta qismi otasi Yevropaga negr qullar olib kelishda monopol huquqni in`om etgan shahzodaning o`ziga tegar edi. 1460 yilda portugaliyaliklar Yashil Burun orolini kashf etdilar va Gvineya qo`ltig`iga kirib bordilar. Portugaliyaliklar mayda-chuyda bezak buyumlarni: rangdor lattalar, shisha marjonlar, kichkina oynachalarni negrlardan oltin aralash qumga va fil suyaklariga almashtirib ola boshladilar. Negrlarni olib-sotish savdosi ham xuddi ana shu vaqtdan boshlangan edi. Afrikaning g`arbiy sohilidagi ba`zi o`lkalarning Qullar Qirg`og`i, Oltin Qirg'oq, Fil Suyagi Qirg`og`i deb atalgani bejiz emas.
2. Birinchi davr. (XV asr - XVI asr o’rtalariga qadar) Okeandagi dastlabki rcja asosidagi ekspeditsiyalardan birini portugaliyalik dengizchilar boshladilar. 1416 yil G.Velyu Afrika bo`ylab janubga borar ekan, Kanar orollarini kashf etdi, 1419 yilda Zarku va Vash Teysheyra Madeyra va Portu-Santu orollarini, 1431 yilda V.Kabral Azor orollarini kashf etdilar.
1487-88 yillarda B.Diash Afrikaning janubiy chekkasigacha borib yetdi, undan o`tib, Yaxshi Umid burnini kashf etdi. Ekvatorial viloyatni bosib o'tib, Ptolemey davridan buyon mavjud bo'lgan tropik mintaqadan o'tib bo'lmasligi haqidagi afsonani yo'qqa chiqardi. 1497-98 yillarda Vasko da Gama (arab yo'l ko`rsatuvchi yordamida) to'rtta kemada Afrikadan o'tdi va Hindistonga yetdi. Yerning shar shaklida ekani haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib, X.Kolunb boshqa yo'l bilan (Atlantika okeanida g'arbga suzib) Hindistonga borib yetishga qaror qildi. Ispan hukumati unga uchta karavella ajratdi va 1492 (Amerika kashf etilgan yil hisoblanadi) Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Bagam orollaridan birini qo`lga kiritdi. Shundan so'ng u yana 3 marta dengiz ekspeditsiyasiga chiqib, Puerto-Riko, Yamayka orollarini, Janubiy va Markaziy Amerika qirg'oqlarini, hamda Kichik Antil guruhiga kiradigan bir necha kichik orollarni kashf etdi. Kolumb 1506 yilda Hindistonga yangi yo'l ochganligiga to`la ishonch bilan vafot etdi. 1499-1504 yillarda Amerika qirg'oqlariga italiyalik dengizchi A.Vespuchchi to'rt marta sayohat qilib, o'rgangan mamlakatlarini «Yangi dunyo» deb atadi. Nemis kartografi va nashriyotchisi M.Valdzemyuller uning kitobi so'zboshisida «Yangi dunyo»ni Amerika sharafiga Amerika (Vespuchchi atamasisiz) deb atashni taklif qildi va bu nom tarixga kirdi. (1538 yilda u birinchi marta xaritada Janubiy va Shimoliy Amerikaga nisbatan qo'llangan). 1500-1501 yilda portugaliyalik P.Kabral rahbarligida Hindistonga otlangan eskadra ekvatorial oqimlarda butunlay burilib Braziliyaga borib yetdi va uni Portugaliya koloniyasi deb e'lon qildi; undan so'ng suzishda davom etib, Afrikaga yetib bordi va Mozambik bo'g'ozi orqali Hindistonga yo'l oldi.
Avvalgi sayohatchilar singari Kabral ham o'zi kashf etgan Braziliyani Osiyoning bir qismi deb hisobladi. Yevropaliklardan birinchi bo`lib ispaniyalik Nunyes de Balboa 1513 yilda Panama bo'ynini kesib o'tib, Tinch okeani qirg'oqlariga yetib bordi va Janubiy Amerikadan g'arbda joylashgan Tinch okeani orollarini tadqiq etdi. Yerning shar shaklida ekanini amalda isbotlab bergan birinchi Dunyo bo'ylab sayohatni amalga oshirgan (1519-21) F.Magellan Amerika va Osiyo o'rtasida ulkan okean mavjudligini uzil - kesil tasdiqladi. Magellan rahbarligidagi ekspeditsiya Janubiy Amerikaning janubi-sharqiy qismini tekshirdi, Atlantika va Tinch okeanlari o'rtasidagi bo'g'ozlarni (Magellan bo'g'ozi) kashf etdi va Tinch okeani Janubiy qismiga sayohatni amalga oshirdi. Magellan Marianna va Filippin (yovvoyilar bilan to'qnashuvda halok bo'lgan joy) orollarida bo'ldi. U bilan sayohatga chiqqan 239 kishidan 21 kishi qaytib keldi.
Bu ekspeditsiya Amerika va Osiyo o'rtasida ulkan okean mavjudligini tasdiqladi (shuningdek Dunyo okeanini) tasdiqladi, yer sharida quruqlik va dengizning nisbiy o'lchami haqida tasavvur berdi.
XV asr oxirida italiyalik J.Kabot X-XI asrlarda vikinglar borib ko'rgan Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy qirg'oqlarini kashf etdi.
Keyinroq uning o'g'li S.Kabot Janubiy Amerika sharqiy qirg'oqlari bo`ylab uzoq davom etgan sayohatni amalga oshirdi. XVI asr ikkinchi yarmida F.Pisarro va boshqa ispan konkistadorlari, Janubiy Amerikaning Tinch okeani qirg'oqlarini tekshirdilar, Amazonka, Orinoko, Parana, Paragvay yirik daryolarni kashf etdilar.
Ikkinchi davr. (XVI asr o'rtalaridan XVII asr o'rtalarigacha).
Bu davrda rus sayohatchilari va konchilari tomonidan Sibir o'zlashtirila boshlardi. Oq dengiz qirg'oqlariga o'rnashgan pomorlar qutbdagi orollarni (Shpitsbergen va boshqalar) ocha borib kichik yelkanli kemalarda davomli safarlarga otlanganlar. 1579 yoki 1581 yilda Yermak Sibirning ichkarisiga safar qila boshladi. 1587 yilda uzoq vaqt Sibirning poytaxti bo'lib qolgan Tobolsk qo'lga kiritildi. G'arbiy Sibirning shimolida 1601 yilda mo'yna savdo markazi Mangazey shahriga asos solindi. Yenisey va Lenada Sibir xoni Kuchum hujumlaridan ko'chib kelganlar xavfsizligini ta'minlaydigan qal'alar qurildi. 1639 yilda I.Yu.Moskvitin Oxota dengiziga kelib, uning qirg'oqlarini kashf etdi. V.Poyarkov va E.Xabarov 1649-53 yillarda o'z guruhlari bilan Amurga chiqdilar. S.Dejnev ekspeditsiyasi Osiyo va Shimoliy Amerikani ajratib turgan Bering bo'g'ozidan birinchi bo`lib o'tdi. V.Atlasovning Kamchatkaga safari ruslarning Sibirdagi geografik kashfiyotlarini yakunladi.
Yevropalik sayyohlarning bu davrda yana Kolumb tomonidan kashf etilgan yerning shimolidan o'tib Osiyoga yangi yo'l topishga urinishlari Shimoliy Atlantika va Arktikani o'rganishni jadallashtirdi. D.Deyvis Atlantikadan Tinch okeaniga olib boradigan shimoli-g'arbiy yo'lni qidirib uchta sayohatni amalga oshirdi, 1587 yil bo'g'oz kashf etdilar (uning o'z ismi bilan atalgan). G.Gudzon Shimoliy Amerikaning Arktika qismidagi ekspeditsiyalari vaqtida uning nomi bilan atalgan bo'g'oz, qo'ltiq va daryoni kashf etdi. Gudzonning taqdiri 1611 yil bahorida isyon ko'targan ekipaj a'zolari tomonidan voyaga yetmagan o'gli bilan birga qayiqda suvga tashlanishi va ikkisining o'limi bilan fojiali yakunlandi. U.Baffin 1612-16 yillarda Shpitsbergen qirg'oqlariga ekspeditsiya uyushtirib, Gudzon qo'ltig'i va dengizini tekshirdi, natijada uning nomi bilan atalgan Kanada Arktikasi arxipelagidagi bir qator orollarni kashf etdi.
Gollandiyalik dengizchi V.Yanszon 1606 yilda Avstraliya (Keyp-York yarimorolining g'arbiy qirg'oqlari)ni kashf etdi. 1642 yilda A.Tasman o'zining nomi bilan atalgan orolni kashf etdi, birinchi bo`lib Avstraliyani janub tomondan aylanib o'tib, u quruqlikning yaxlit massivi (maydoni) ekanini isbotladi. Bu mintaqada suzib yurib L.Torres Yangi Gvineyaning janubiy qirg'oqlarini va u bilan Avstraliya o'rtasidagi keyinchalik uning nomini olgan bo'g'ozni kashf etdi. Geografik kashfiyotlar tarixining insoniyat tarixidagi ahamiyati katta. Ular Yerni geografik tadqiq etishning yangi erasi tantanasi edi, ko'p hududlarda borliqni o'rganishning rivojiga turtki bo'ldi, jahon savdosining jadallashuvi imkonini berdi. Ko'pincha adabiyotlarda Geografik kashfiyotlar tarixiga XX asr o'rtalarida okeanlar tubida 60000 km gacha cho'zilgan ulkan okean o'rtasi tog` tizmalari (sm Dunyo suv osti qoyalari tizimi) va chuqur suvosti botiqlarining aniqlanishini ham kiritadilar. Faqat shunday ulkan kashfiyotlardan keyingina Yerning geografik xaritasidagi «oq dog`lar» o'chirildi.
3. Bu kashfiyotlar shuning uchun buyuk deyiladiki, ular xaritada bir qator yangi qit'alar paydo bolishiga olib keldi va oxir oqibat yevropaliklarning atrof olam haqidagi tasavvurlarini butunlay o'zgartirib yubordi. G.N.Maksimov (1991) ta'kidlaganidek, bu davr boshlanishiga to`la asoslangan holda 1492 yilda Amerikaning kashf etilishiga olib kelgan Xristofor Kolumbning birinchi sayohati olinadi. U aynan shu kashfiyot eng yuqori iqtisodiy, siyosiy, etnografik va ilmiy ta'sirga ega boldi deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, bu davrning nihoyasi deb XVII asrning oxirini, janubiy dengizlarda, Shimoliy Osiyoda yirik kashfiyotlar tugallangan, shuningdek, Sharq mamlakatlariga shimoli-g'arbiy va shimoli-sharqiy o'tish yo'llarini qidirish asosan yakunlangan vaqtni hisoblash mumkin. Bu aftidan Magidovich I.P.ning (1957) Geografik kashfiyotlar tarixidavrini XVII asr o'rtalariga qadar «uzaytirganligi» bilan izohlanadi. Chamasi bu tafovut, birinchi holatda bu davrga olingan Geografik kashfiyotlar tarixinatijalarini iimiy tahlil qilish va umumlashtirish vaqti ham kiritilganligi bilan tushuntiriladi. Magidovich I.P. o'z navbatida Geografik kashfiyotlar tarixidavrini ichkaridan ikki davriy qismga boladi:
Birinchisi - XV asr oxiridan XVI asr boshlarigacha. Bu davrda yangi duryo kashf etilgan va bu dunyo bo'ylab birinchi sayohat amalga oshirilgan.
Ikkinchisi - XVI asr o'rtalaridan XVII asr o'rtalarigacha, Avstraliya kashf etilgan vaqtda: Tinch okeanning shimoliy qismi va Shimoliy Muz okeani, Osiyoning shimoli-sharqiy qismi, Amerika ichki rayonlarining katta qismi tadqiq etilganda.
Golubchik M.M., Yevdokimov S.P., Maksimov G.N. (1998)larda taxminan quyidagidek davriy bo'linish keltirilgan:
1-ispan-portugal (XV asr oxiri - XVI asr o'rtalari) davri. Bu Amerikaning kashf etilishi, Portugaliyaliklarning Hindistonga va Sharqiy Osiyo qirg'oqlariga suzishlari (Vasko da Gama ekspeditsiyasidan boshlab), XVI asrda Tinch okeaniga ispan ekspeditsiyalari (Magellanning dunyo aylana birinchi sayohatidan boshlab) davridir.
2-rus-golland (XVI asr o`rtalari - XVII asr o`rtalari). Bu ruslar tomonidan butun Shimoliy Osiyoni kashf etilishi davri Yermak yurishlaridan Popov-Dejnev suzishlariga qadar 1648 y) bo`lgan davr ingliz va fransuzlar tomonidan shimoliy Amerikaning kashf etilishi, gollandlar tomonidan amalga oshirilgan Tinch okean ekspeditsiyalari va Avstraliyaning kashf etilish davri.
Biroq V.P.Maksimovskiy? (1997) bunday davrlashtirishga (bunday vaqt chegarasiga) tadqiqotchilarning hammasi ham uzoq asoslanib qolmasligini qayd etadi. Ularning ko'pchiligi Geografik kashfiyotlar tarixidavri XVII asr ikkinchi yarmida ham, hatto XVIII asrda ham davom etgan deb hisoblaydi. Bunga quyidagicha javob berish mumkin: ha, haqiqatdan geografik kashfiyotlar XVII asrning birinchi yarmida ham, uning so'ngida ham tugamagan. Ular XVIII asrda ham davom etgan, XX asrda ham bo`ldi va keyingi asrlarda ham bo`ladi. Ular orasida juda muhim geografik kashfiyotlar bo'lgan, bor va bo'ladi (ayniqsa ularni keng ma'noda tushunilsa). Ammo ularning geografiya tarixidagi o'rni, ularning shart-sharoiti, maqsad va vazifalari XV-XVII asrlardagidan farq qiladi.
So'zlanayotgan Geografik kashfiyotlar tarixiuyg'onish davri bilan - ishlab chiqarish va savdoning ilk kapitalistik rivoji va yevropada "o`rta asrlarning qora tunlari"dan so'ng fan va madaniyatning tez rivojlanish davri bilan bog'liq edi. "Tabiat dialektikasi"da F.Engels (1950) uyg'onish haqida shunday deydi: "Bu shu vaqtga qadar insoniyat boshidan kechirganlari ichida buyuk taraqqiyot burulishi bo'ldi, bu davr daholarga ehtiyoj sezdi va daholarni g'oyalar, zo'r ishtiyoq va xususiyatlar, serqirralik va o'qimishlilik kuchiga ko'ra keltirib chiqardi... O'shanda deyarli hech bir e'tiborli inson yo'q ediki, uzoq sayohatlarga chiqmagan bo'lsa, to'rt yoki besh tilda gaplashmagan bo'lsa, ijodning bir qancha sohalarida namoyon bo'lmagan bo'lsa..."
Geografik kashfiyotlar tarixining muhim omillaridan biri - Yevropada mahsulot - pul munosabatlari va savdoning rivojlanishi edi. Bu to'g'ridan-to'g'ri muomaladagi qimmatbaho metallar: kumush va albatta oltin yetishmasligi bilan bogliq pul tanqisligiga olib keldi. Yevropaliklar fikriga ko`ra, oltinning bosh manbai faqat afsonaviy boy Sharq bo'lishi mumkin edi. Sunday fikrlarni qadimgi davrlarda podsho Sulaymon Quddusdagi ibodatxona qurilishi uchun oltin keltirgan Ofir mamlakati haqidagi Bibliya afsonasi quvvatlardi. O`sha vaqtlardan buyon yevropaliklar bu mamlakatni har yoqdan uzoq va muvaffaqiyatsiz qidirdilar. Hammasidan ko'ra ko'proq u Hindistonning qayeridadir joylashgan deb hisoblangan. 1477 yilda Marko Poloning mashhur kitobi dunyoga kelgach, Hindiston va Xitoy boyliklariga yevropaliklarga rna'lum bo'lgan Dzipangu (Yaponiya) mamlakati boyliklari ham qo'shildi. Va shuning uchun barcha ekspeditsiyalarning aniq vazifasi Sharq oltinini qidirish edi.
Geografik kashfiyotlar tarixining ilmiy asosini ham qayd etish lozim. Ular ichida eng muhimlari geografiya (ayniqsa kartografiyada), astranomiya sohasidagi yutuqlar; g'arbga Atlantika okeaniga otlangan ekspeditsiyalarga Sharqqa yetib borishni rejalashtirish imkonini bergan yerning shar shaklida ekani haqida tasavvurlarning tiklanishi va mustahkamlanishi hisoblanadi.


4. Geografik kashfiyotlar tarixidavrining eng taniqli sayohatchilaridan biri (ayniqsa birinchi bosqichining) asli Kristobal Kolon ismli, ko'proq Xristofor Kolumb nomi bilan mashhur bo'lgan italiyalikdir. U Ispaniyada bo'lib, ispan qirolichasi Izabellani B.Diash va Vasko da Gama topgan Hindistonga dengiz yoli bo'yiab harakat qilishga portugaliyaliklar g'ov bo`lib turgani sababli Sharq mamlakatlariga Atlantika okeani orqali o'tuvchi yangi dengiz yo'lini qidirib topish taklifi bilan qiziqtirdi.
Sunday imkoniyatga isbot sifatida u antik davr geografiyasining Yerning shar shaklida ekani to'g'risida va 1474 yilda tuzilgan italyan geografi va astranomi Paolo Toskanelli xaritasini dalil qilib ko'rsatdi. Bu xaritada Atlantika okeanidagi ko'pgina orollar, ularning ortida Osiyoning sharqiy qirg'oqlari aks ettirilgan edi. Toskanellining hisob-kitoblariga ko`ra Xitoy va Hindistonga Afrika aylana boriladigan yo'ldan ko'ra Atlantika okeani orqali boriladigan yo`l sezilarli darajada qisqa bo'lib chiqadi. Bu Toskanellining katta xatosi edi. U yana 1492 yilda nyurnberglik Martin Bexaym tuzgan bizgacha yetib kelgan birinchi globusda ham tasvirlangan. Ammo ayni shu xato Kolumbni buyuk kashfiyot sari - yangi dunyoni (eski dunyo Yevropa, Osiyo va Afrikadan farqli) kashf etishga olib keldi. Ruxsatnomani qo`lga kiritib, Kolumb 1492 yil 3 avgustda uchta korablda: "Santa-Mariya", "Pinta" va "Nin'ya"da Palos portidan suzib ketdi. Uchta komandaning umumiy miqdori 90 kishidan iborat edi. birinchi suzishda (1492-1493 yillar) u Atlantika okeanining kengligini aniqladi. Sargasso dengizini kashf etdi (uzoqdan uning yuzasida suzib yurgan uzun suv o'tlarining ulkan miqdori tufayli quruqlik deb o'ylashgan). Markaziy Amerikaning ba'zi orollarini borib ko'rdi: keng ko'lamdagi oqim mavjudligini va magnit strelkalarning tushunarsiz harakatlanish joylarini aniqladi.
1492 yilning 12 oktyabr Kolumb tomonidan Bagama orollari guruhiga kiruvchi San-Salvador orollariga (Guaxani, Uotling) borib etganligi kun Amerikaning kashf etilgan kuni hisoblanadi. Bu sana Kolumb kuni sifatida tantanali nishonlanadi. Bu sayohatdan Kolumb Ispaniyaga oltin, misli ko'rilmagan o'simliklar va mevalar (ular orasida makkajuxori, kartoshka, tamaki), ekzotik (uzoq, chet mamlakatlarga xos, g'alati) qushlar patlari; Yevropada hindular deb nomlangan bir necha orollikni, shuningdek ular tomonidan Osiyoga yol topilgani va Hindiston oroli kashf etilgani haqida xabarni olib keldi. Yevropaliklar tomonidan Markaziy Amerika orollarining birinchi marta borib ko'rilishi shunday yakunlandi va keyingi noma'lum yerlarning ochilishi, zabt etilishi va koloniyalar barpo etilishini boshlab berdi.
Kolumbning ikkinchi ekspeditsiyasi (1493-1496 yillar) Kichik Antil orollari guruhiga kiruvchi yangi orollarni (Dominika, Gvadelupa, Antigua); Puerto-Riko, Yamayka orollarini kashf etdi. Ekspeditsiya vaqtida Kuba va Gaitining janubiy qirg'oqlari tekshirildi.
Kolumbning uchinchi sayohati 1498 yildan 1500 yilgacha alohida oshirildi. Bu davrda janubiy Amerikaning shimoliy qirg'oqlaridagi Trinidad va Margarita orollari kashf etildi. Ekspeditsiya Orinoko daryosi deltasida bo'ldi. Kolumb 1502 yilda to'rtinchi - uning uchun so'nggi sayohatga aylandi. Bu safar u Kubaning janubiy qirg'og'idan Karib dengiziga keldi, Amerikaning sharqiy qirg'oqlarini Gondurasdan Daren qo'ltig'igacha tekshirdi. U Ispaniyaga 1504 yilda qaytdi va ikki yildan so'ng o'z ekspeditsiyalari natijalarining haqiqiy qimmatini: ulkan materikni kashf etganligini bilmasdan vafot etdi. Kolumb sayohatlari o'sha davr kemalarining okean orqali suzishi real imkoniyatlarini ko'rsatadi. Bu davr tufayli tuproq bo`ylab dengizda suzishlarnirng qisqa vaqt ichida yerning inson tasavvur qilmagan katta qismini bilish imkonini bergan okeanlarda suzish davri bilan almashinadi. XVI asr boshlarida Amerika qirg'oqlariga suzishlarda italiyalik Amerigo Vespuchchi qatnashdi. U Kolumb tomonidan kashf etilgan yer Hindiston yoki Osiyo emas, balki noma'lum va juda katta quruqlik - yangi dunyo ekanligi haqidagi fikrga keldi.
U o'z taxminlari haqida ikkita - 1503 va 1504 yillar sanasi qo'yilgan xarita yozgan. Bu haqidagi xabar Yevropada juda tez tarqaldi va Fransiyada I506 yilda nashr etilgan geografik atlasdayoq Janubiy Amerikaning shimoliy qismi xaritasida yangi dunyoning bu bo'lagi Amerigo yeri deb nomlangan edi. 1507 yilda Lotaringiyalik geograf Martin Valdzemyullerning Yangi dunyoni "Amerika" deb nomlash taklif etilgan "Kosmografiyaga kirish" (kosmografiya - koinot tavsif-tasviri, astranomiya va geografiyadan umumiy ma'lumot beradigan o'quv fani) asari nashrdan chiqdi. Kartograflar keyingi yillarda bu nomni avval Markaziy, so'ng Shimoliy Amerikaga ham tatbiq etdilar.
5. Hindistonga - ziravorlar mamlakatiga yol topish genuyalik Jovanni (Jon) Kabotning ham bir umrlik orzusi edi. 1490 yildan boshlab, bir necha yil davomida u o'z loyihalari natijalari bilan turli mamlakatlar hukmdorini qiziqtirishga harakat qildi. Ammo unga birinchi ekspeditsiya uchun pulni Angliyada bristollik savdogarlar Kolumbning kashfiyotlari haqidagi xabarni olganiaridan so'ngina berishdi. Angliya qircii Genrix VII Kabotga "dunyoni qaysi qismida bo'lmasin, shu vaqtga qadar xristian olamiga ma'lum bo'lmay qolgan majusiylar va g'ayridinlarning davlatlari va hudidlarini qidirish, topish va tekshirish uchun..." barcha joylar, viloyatlar va Sharqiy, G'arbiy va Shimoliy dengiz sohillari orqali suzishga farmoyish berdi. Yuqorida keltirilgan matndan kelib chiqadiki, qirol ruxsatnomasida ispanlar va portugallar bilan to'qnashuvdan qochib, janubiy yo'nalish ko'rsatilmagan. J.Kabotning birgina kemada amalga oshirilgan birinchi sayohatini oldindan tekshirib chiqish - rekognossirovka deb atash mumkin (rekognossirovka - harbiy atama, jang oldidan dushmanni va joyni aniqlab kelish tushuniladi: shunga monand ekspeditsiyalarda - yaqinda tadqiqotlar bo'ladigan butun hududga birinchi marta borish va u bilan umumiy tanishish tushuniladi). Ekspeditsiya uch oy davom etdi (1497 yilning 20 mayidan 6 avgustgacha) va shu vaqt davomida J.Kabot tomonidan Terra Prima Vista (italyan tilida - "birinchi bor ko'rilgan yer") deb nomlangan Nyufaulendning Shimoliy va Sharqiy qirg'oqlari bo`ylab olib borildi. Orolning shimoliy qirg'oqlariga tushib, Kabot "buyuk xonning podsholigi" (aniqrog'i Xitoyning) deb hisoblangan bu hududlarni Angliya qiroli mustamlakasi deb e'lon qildi. Ekspeditsiyaning ulkan xizmati katta Nyufaulend dengiz sayozligining - Atlantika okeanidagi hozirga qadar dunyoning eng boy baliqchilik rayonlaridan biri bo'lgan ulkan (300 ming kv.km.dan ortiq) sayozlikninng kashf etilishi edi. 1498 yilda boshlangan "Xitoy bilan tanishuvga" ikkinchi urinish J.Kabot uchun fojiali yakunlandi: u yo`lda vafot etdi va 5 kemadan iborat floti uning o'rtancha o'g'li - Sebastyanga o'tdi. Oxiri Shimoliy Amerika materigiga yetib bordi va uning sharqiy qirg'oqlari bo'ylab uzoq janubi g'arbga yurdi. Dengizchilar qirg'oqqa tushib, hech qayerdan na oltin, na marvarid, inchuuin ziravor topa olmadilar. Shuning uchun bu ekspeditsiya angliyaliklar nazdida o'zini oqlamadi. Negaki katta maydoni o'rmonlar bilan qoplangan, deyarli kishi qadami yetmagan bu qirg'oqlar "Katay" va "Hindiston" qirg'oqlari bo'lishi mumkin emasligi oydinlashgan edi. Va shu tufayli bir necha o'n yilliklar davomida angliyaliklar Sharqiy Osiyoga g'arbiy yo`l bilan suzib borishga hech qanday yangi jiddiy urinishlar qilmadilar. Ammo bu ekspeditsiyalar Shimoliy Amerika materigi va Shimoliy Atlantikani geografik o'rganishda muhim rol o'ynadi. Xitoyga shimoliy yoki aniqrog'i shimoli-g'arbiy yo'lni topishga urinishlar XVI asr birinchi yarmida Fransiyada ham boshlandi. Xususan, 1534 yilda dengiz qaroqchisi Jak Kartye fransuz admiralidan shunday topshiriq oldi. G'arbiy yo'nalishda uchta ekspeditsiyani (1534, 1535-1536, 1542 yillar) amalga oshirib, u haqiqatda muqaddas Lavrentiy degan yangi nom bergan "Buyuk qoltiqning" butun janubiy, g'arbiy qirg'oqlarini va shimoliy qirg'oqlarining katta qismini (Labrador) kashf qildi.
Xitoyga shimoli-g'arbiy yo'lning qidirilishi buyuk okeanorti "Yangi Fransiya" yoki Kanada (mahalliy aholi - hindular o'z qishloqlarini "kanada" deb atashgan) koloniyasining tashkil topa borishini ta'minladi. Ikkinchi ekspeditsiyada Jak Kartye vataniga mo'ynalarning (asosan Amerika suv qunduzlarining) ulkan yukini keltirib, shu yo'l bilan ko'p sonli mo'yna olib sotarlari jo'nab ketgan Kanadaning ichki viloyatlarining o'zlashtirilishiga imkoniyat yaratdi.
6. 1513 yilda Amerika g'arbiy qirg'oqlariga (aniqrog'i Panama qo'ltig`i sohillariga) birinchi bo`lib Markaziy Amerika tog'laridan o'tib ispaniyalik Vasko Nunyes Balboa chiqdi. U bu qo'ltiqni Janubiy dengiz deb nomladi. Janubiy dengizning ochilishi ispan qiroli xizmatida bo`lgan portugaliyalik Fernando (Fernana) Magellan (Magalyansh)ning dunyo aylana sayohati sabablaridan biri bo'ldi. Yanada mashhur bolib ketgan Yerning shar shaklida ekanligi g'oyasiga asoslanib va chamasi ortida Osiyo joylashgan, Amerika g'arbini yuvib turgan dengiz haqida bilib, Magellan Janubiy dengiz uzoq janubga cho'zilib borganligi va Atlantika okeani bilan qo'shilishini va Amerikani janub tomondan aylanib o'tib Osiyo qirg'oqlariga borish mumkinligini taxmin qildi.
1519 yil 20 sentyabrda Magellan rahbarligidagi 5 kemadan iborat flot Gvadalkvivira quyilish joyidan Atlantika okeaniga chiqdi. Kemalar Kanar orollarigacha suzib bordilar, so`ngra janubiy Amerika sharqiy qirg'oqlari bo'ylab, uning janubiy nuqtasi - Frouford burniga suzdilar. Keyinchalik uning nomi bilan atalgan bug'oz orqali burunni aylanib o'tar ekan Magellan bo`g'ozining qarama-qarshi tomonida gulxan alangalarini ko'rdi. U bu yerni "Olov yeri" deb atadi (keyinchalik u Olovli yer deb atala boshladi). 1520 yil 28 noyabrda u ochiq okeanga chiqdi va dastlab shimolga burilib Janubiy Amerikaning g'arbiy tog'li qirg'oqlari bo'ylab bordi, keyin 30 daraja janubiy kenglikdan so'ng Tinch okeanida g'arbga - shimoli g'arbga yo'naldi.
Magellanning bu okean orqali o'tishi Amerikani Osiyodan ajratib turgan va Atlantika okeanidan ancha katta bo'lgan bu ulkan suv maydonining benihoya kattaligini ko`rsatdi. Tinch okean chegaralarida Megallan yevropaliklarga noma'lum bo`lgan Mariana, Filippin va boshqa orollarni borib ko'rdi. Filippin orollaridan biri (Maktan-Mukotan)da 1521 yil 27 aprelda u tub aholi bilan bo'lgan janglarda halok boldi. Sayohatchilar Magellansiz davom etib, yevropaliklardan birinchi bo`lib Kalimantan va Malukka orollarini borib ko'rdilar. Molukka orollarida ekspeditsiya a'zolarining ko'p qismi portugaliyaliklar tomonidan asir olindi. Ispaniyaga Afrikani aylanib o'tib, faqat bitta kema - "Viktoriya" kapitan Xuan Sevastyan Elkano (El-Kano) rahbarligida qaytdi. Bu 1522 yil 6 sentyabrda yuz berdi. Bitta kemada shunchalik ko'p zirovarlar keltirildiki, ularni sotishdan olingan foyda ekspeditsiyaga sarflangan xarajatlarni qopladi. Uch yil davom etgan birinchi dunyo aylana sayohat fan uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning eng asosiy yakuni Yer shar shaklida ekanligining va dunyo okeani borligining tasdiqlanishi bo'ldi. Birinchi marta yevropaliklar tomonidan Magellan Tinch okeani deb atagan "Janubiy dengiz" bosib o'tildi. Yangi dunyo materigi (Janubiy Amerika) janubda ponasimon (uchburchak) shaklga ega ekanligi tasdiqlandi. Materikdan Olovli Yer orolini ajratib turgan bo'g'oz kashf etildi. Keyinroq u Magellan bo'g'ozi deb nomlandi.

Geografik kashfiyotlar tarixining ikkinchi bosqichi bir vaqtning o'zida ham g'arbiy Sibir istilo qilinishining boshlanishi, ham Shimoli - Sharqiy Osiyodagi buyuk rus geografik kashfiyotlari davridan dalolat beruvchi Yermak yurishlaridan boshlanadi. Yermak yurishlari haqida hujjatlarga asoslangan ma'lumotlar yo'q. Ammo u haqida XVII asr tarixiy asarlarining asosiy turini tashkil etgan tarixiy solnomalarda mufassal hikoya qilinadi. Chamasi Yermak - bu laqab, turli manbalarda o'zgartirilgan Yermolay, yoki Yeremey, yoki Yermogen, Remezov solnomalarida esa - German ismlari bor.


Ba'zi manbalarda aytilishicha, Yermakning haqiqiy ismi Vasiliy Timofeyevich Alenin va u nasliga ko'ra Suzdallik bo'lgan; boshqalar esa uning to'liq ismi Vasiliy Timofeyevich Povolskiy bo'lganini ta'kidlaydilar. U badavlat urallik sanoatchi Stroganovlar tomonidan Sibir podsholigining xoni jasur va uddaburon Kuchum hujumlaridan himoyalanish uchun yollangan donlik kazaklar otryadiga qo'mondonlik qilgan. 1581 yilda Stroganovlar 840ga yaqin kishidan iborat otryadni Kamen (Ural) ortiga yubordilar.
Yo'lda kazaklarga tabiiy to'siqlar va qabilalar bilan kurashda ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tishga to'g'ri keldi, ammo benihoya jasurliklari va mahalliy aholiga ma'lum bo'lmagan o'tochar qurollari tufayli ular oldilariga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardilar: 1582 yilda Kuchum qo'shinini tor-mor etdilar va uning poytaxti - Iskerom (M.S.Bondarskiyda shunday nomlangan.) yoki Kishlik (I.P. va V.I. Magidovichlarda shunday atalgan) shahrini qo'lga kiritdilar. Ruslar bu poytaxtni "Sibir shahri" deb ataganlar. Ma'lumotnoma: Hozirgi kunda Sibir deb, Uraldan Oxota qirg'oqlari tog` tizmalarigacha va Shimoliy Muz okeanidan Qozog`iston va Mo'g'uliston cho'llarigacha cho'zilgan Osiyoning taxminan 10 mln.kv.km.li qismini ataganlar. XVII asrda ancha keng, uzoq sharqdagi va Ural yerlarini ham o'z ichiga olgan hududlar Sibir hisoblanar edi.
U yerdan Yermak o'z yordamchisi Ivan Koltsoni 50 kazak bilan podshodan uning avval qilgan gunohlaridan o'tishini iltimos qilish va yangi podsholik istilo qilingani xabarini berish uchun yubordi. Vakillar o'zlari bilan Moskvaga qimmatbaho Kamchatka suvsari, qoraburul tulki, suv qunduzi mo'ynalarini keltirishdi. Ivan Grozniy ularni iltifot bilan qabul qildi, kazaklarga va Yermakning o'ziga sovg'alar berdi. Grozniy Yermakni Sibir knyazi deb atab, unga bo'ysundirilgan barcha yerlarni idora qilish va rahbarlikni topshirdi.
Yermak drujinasi (qadimgi rusda knyaz qo'shini, ko'ngilli qo'shin otryadi) Sibirda doimiy g'alaba qozondi, ammo janglar, ochlik, sovuq va kasallik tufayli odamlarini yo'qotib tez tugab bordi. 1585 yil avgustda dushmanning kutilmagan hujumi vaqtida Yermakning o'zi ham halok bo'ldi (cho'kib ketdi). Yo`Iboshchisini yo'qotgan kazaklar (100 kishi atrofida) shoshilinch "Rusga" qaytishdi. Biroq Yermak tomonidan berilgan zarba Sibirdagi tatar xonligi uchun halokatli bo'ldi. Quruq zo'ravonlik va istilolar ostidagi g'oyat beqarorlik vaqtida u Yermak tomonidan ochilgan yo'l orqali borgan podsho qo'shinlari birinchi otryadi zarbalari ostidayoq tez (va uzil-kesil) quladi. Ob daryosi va uning irmoqlari bo'ylab Yermak istilo qilgan yerlar esa ruslarning Osiyo sharqi va shimoliga tomon keyingi olg'a yurishlari uchun mustahkam bazani hosil qildi. "Yermak istilolari" voqeasi katta tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Yevropaliklardan hech kim yurmagan yo'l orqali - yozda daryolar bo'ylab qayiqlarda, qishda esa chana va chang'ilarda olg'a yurib rus yer qidiruvchilari 1605-1607 yillardayoq Yenisey quyisiga bordilar. 1639 yilda Ivan Yuryevich Moskvitin boshchiligidagi kazaklar otryadi birinchi marta Tinch okeaniga, aniqrog'i, Oxota dengizining unga Ul daryosi borib quyiladigan joyi, qirg'oqlariga yetib bordilar. O'shandan boshlab Rossiya Tinch okeani mamlakatiga aylandi. Bu yerda I.Yu.Moskvitin odamlari Tinch okeani havzasida birinchi rus manzilgohini quradilar. U yerdan I.Yu.Moskvitin Oxota dengizi qirg'oqlari bo'ylab - shimolda Tauy qo'ltig'igacha va janubda Ud daryosigacha, Shantar orollari va Amur quyisigacha birinchi suzishni amalga oshirdi.
Tadqiqotlar natijasida I.Yu.Moskvitin bu hududning "...daryolar ro'yxati va kishilar ismlari" sifatida mashhur qimmatli geografik tavsifini tuzdi. "Ro'yxat";.. I.Yu.Moskvitinning Aldan va Mayadan Ul daryosi va dengizga olib boruvchi yo`li tavsifini, Maya irmoqlarining va Ul daryosiga qo'shni daryolarning mufassal ro`yxatini o'z ichiga olgan. Unda Amur haqidagi birinchi eslatma mavjud va tadqiq etilgan hududlar etnografiyasi va xo'jaligiga katta e'tibor bergan. XVII asr o'rtalarida Vasiliy Danilovich Poyarkov (1643-1646 y.y) va Yerofey Povlovich Xabarov (1649-1663) yurishlari g'oyat kuchli imkoniyat tug`dirib, ruslar Lena va Amur havzalarida mustahkamlanib oladi. Bu yurishlar natijasida Amur va uning irmoqlari haqida birinchi ishonchli ma'lumotlar olingan edi. V.D.Poyarkov nomi bilan Amur daryosining va Saxalin orolining aniq kashf etilishi, shuningdek, ruslarning Amur va Oxota bo'ylab birinchi suzishi bog'liq. S.P.Xabarov ortga qaytib, Yakutiya hokimiga Daur yerining keyinchalik bu hududning xaritasini tuzishda bosh manba bo`lib xizmat qilgan to'liq tasvirini berib, batafsil hisobot berdi. U yangi yerlarning mahalliy aholisi dehvonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangani, Amur esa baliqqa (ayniqsa osyotr (baqrabaliq)larga), qimmatbaho mo'ynali hayvon - tulkiga juda boy ekanligi haqida yozadi. Ye.P.Xabarovning Amur bo'ylab yurishlari Rossiya tarkibiga amurbo'yi yerlari kiritilishining boshlanishi bo'ldi. Uning ismi Rossiya xaritasidan ikki bor abadiylashtirilgan (Xabarovsk shahri va temir yol stansiyasi). Mansabdorlar va sanoatchilar otryadlarini boshqargan ellikboshi Kurbat Ivanov 1643 yilda Rossiya va butun dunyo uchun Baykalni kashf etdi. Kazak -tadqiqotchilar Anyuy (Kolema irmog'i) va Anadir daryolariga yo'lni kashf etdilar.
XVII asrning qirqinchi yillari o'rtalaridayoq Anadir etagiga qarama-qarshi joylashgan "Bolshoy Zemlya", aniqrog'i Amerika Alyaskasining shimoli-g'arbiy chekkasini tashkil etuvchi yer haqidagi ma'lumotlar paydo bo'lgan. Shimoliy muz okeani sharqiy qismi havzasining kashf etilishi Semyon Ivanovich Dejnev va Fyodot Alekseyevich (Popov)larning jahonshumul tarixiy sayohati bilan yakunlandi. Ular daryolar, shuningdek dengizlar bo'ylab suzish uchun mo'ljallangan yettita yelkanli ov kemalarida 1648 yil 20 iyunda Kolimadan chiqib, taxminan sentyabr boshlarida Osiyo va Amerikani ajratib turuvchi bo'g oz suviga birinchi bor chiqdilar va hozirda ulardan biri Dejnev nomini olgan "Bolshoy Kamenniy Nos" burnini aylanib o'tdilar. Bundan avval S.I.Dejnev chamasi kashf etilgan burunning ahamiyatini yetarlicha aniq tasavvur etgan va u podsho Aleksandr Mixaylovichga murojaatnomasida bu burun bilan ajratilgan okean burundan shimolda "Studen dengizi"ga, janubda "Sharqiy dengiz"ga bo'linadi, deb xabar beradi.
1649-1650 yillarda Anadir yuqorisida qishlagan S.I.Dejnev Anadir yuqorisidan quyilish joyigacha, shuningdek Anyuy daryosi bir qismining chizmasini chizdi va ko'rilgan hududlar tabiati haqidagi ma'lumotlarni yozdi. 1664 yilda I.S.Dejnev Moskvaga avvalroq mo'ynalar va Rossiyada kamyob, qimmatbaho hisoblangan "baliq tishi" (morjlardan) yuborib, so'ng o'zi u yerda bo`ldi. I.Dejnev mehnatlari evaziga kazak atamanligiga tayinlandi. Ammo uning o'z safarlari haqidagi hisoboti va yozuvlari Yakutsk hokimining yozishmalar bilan shug'ullanuvchi bo'limi (konselyariya) arxivida qolib yo'qolgan. Ularni 1736 yilda Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi a'zosi akademik Miller topdi. Keyinchalik undan Shimoliy Amerika va Sibir shimoliy qirg'oqlarida ishlagan ko'plab ekspeditsiyalar tez-tez foydalanganlar. S.I.Dejnev chizmalari esa bu hududlar geografik xaritalariga asos bo'ldi.
F.A.Popov to'plangan materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etmadi, 1649 yilda Kamchatkaning g'arbiy qirg'oqlari bo'ylab yo`lda halok bo'ldi. S.I.Dejnev va F.A.Popov sayohatlari rus tadqiqotchilarining qanday bo'lmasin Osiyo materigining shimoli-sharqiy chekkasiga yetib borish yo'lidagi unnishlarining nihoyasi bo'ldi. S.I.Dejnev sharafiga 8 geografik punkt nomlangan. Ular ichida eng mashhurlari - Semen Ivanovichning o'zi borib ko'rgan Bolshoy Kamenniy Nos, keyinroq Sharqiy burun deb atalib, 1898 yildan esa Rus geografiya jamiyati yig'ilishida Dejnev burni deb qayta nomlangan.
Shunday qilib, qisqa vaqt ichida - 1581-1582 yillarda Yermak otryadi Irtish havzasida paydo bo'lgan vaqtdan yarim asr o'tib, oddiy rus kishilari - kazaklar, mo'ynali va dengiz hayvonlari ovchilari g'arbdan sharqqa olib boruvchi yo'nalishda Osiyo materigining Ural va Chukotka yarim oroli oralig'idagi eng uzoq joylarini kesib o'tdilar.
Ikkinchi davr boshlanishida va uning davomida nihoyatda ko'p miqdordagi kartografik nashrlar, shuningdek, dunyo xaritalari va atlaslar paydo bo`ldi. Bu avvalom bor geografiya rivojining xususiyatlari, to'liq axborotga intilish, markazga intilish yo'nalishining ustunligi bilan bog'liq edi. O'sha davr fani dunyoga umumiy qarashni taqdim etishni va alohida hodisalar tahlilidan ko'ra, dunyoning umumlashtirilgan tavsirini taklif etishni o'zining maqsadi deb hisobladi. Dunyo uyg'un va butun idrok qilindi. Xaritalar mundarijasida birinchi davr geografik kashfiyotlari yakunlari aks etdi.
Bu davrda bazellik professor Sebostyan Myunster tomonidan uning "Umumiy kosmografiya" asariga kiritilgan dunyo xaritasi tuzilgan edi. (1544 yil). Kosmografiya - XVI asrda juda keng miqyosda ommalashib ketgan bu tushuncha ostida butun dunyoning ma'lum bo'lgan, jamlangan, har tomonlama qamrab olingan tavsifi tushunilgan. Myunsterga sharaf va "german Straboni" unvonini keltirgan bu keng ko`lamli asar yaqin yuz yil davomida 40 martadan ortiqroq qayta chop etildi. Myunsterning jahon xaritasida o'sha yaqin kunlarda kashf etilgan, hali "yangi orol" nomi bilan atalgan Amerika ko'rsatilgan. Bu asardagi xaritalar ichida Yevropaning Rossiya qismi birinchi xaritasi ham bor edi.
Yana bir to'liq va ishonchli dunyo xaritasi antverpenlik flamand Abraxam Orteliyning "Yer sharining manzarasi" kosmografiyasida keltirilgan. (1570 yil). Unda ham xuddi Ptolomey xaritasidagi kabi "Janubiy yer" ko'rsatilgan. Agar Ptolomeyda "Noma'lum janubiy yer" (Terra Australis inkognita) Afrikaning davomi bo`lib, janubda ekvatoroldi kengliklarida (taxminan 15 daraja janubiy kenglik bo'ylab) Hind okeaniga tutashgan bo'lsa, Orteliyda "hali ma'lum bo'lmagan Janubiy yer" butun yer sharini o'rab olib, biroz yuqoriroq kenglikka chekingan olovli yerni ham bu materikning yarim oroli deb hisoblashgan. 1577-1580 yillarda ikkinchi dunyo aylana sayohatni (ayni vaqtda birinchi ingliz dunyo aylana sayohatini) amalga oshirgan Frensis Dreyk Olovli Yer Janubiy materikning turtib chiqqan joyi emas, balki dengiz qaroqchisiga bepoyon bo`lib ko'ringan dengizda yoyilib yotgan arxipelag ekanini isbotladi. XIX asrda Antarktida kashf etilgandan so'ng, u bilan Olovli Yer o'rtasidagi keng o'tish joyini dunyo aylana sayohatni boshidan oxirigacha boshqargan birinchi kapitan nomi bilan Dreyk bo'g'ozi deb nomladilar.
Dreykning sayohatidan so'ng "Janubiy materikning" tashqi ko'rinishi xaritalarda uning qirg'oqlariga ispan va golland sayohatlari natijasida tez sur'atlar bilan kichrayib bordi. 1606 yilda ispan kapitani Luis Vaes Torresning hozir uning nomi bilan ataladigan bo'g'ozdan o'tishi yangi Gvineya Janubiy materikning turtib chiqqan joyi emas, balki haqiqiy ulkan orol ekanini ko'rsatdi. Bu orol "katta orollar" guruhidan, aslida esa haqiqiy Avstraliyadan bo'g'oz bilan ajratilgan edi. Golland kapitani Abel Tasman o'zining taxmin qilingan janubdagi yerning g'arbiy va janubiy qirg'oqlarida gollandlarning burungi kashfiyotlarini qayta tekshirish va oydinlashtirish, shuningdek uning o'lchami va shaklini aniqlash maqsadida tashkil etilgan birinchi ekspeditsiyasi vaqtida Janubiy materik chegaralarini 800 km janubga siljitib qo'ydi. U materik 45 daraja janubiy kenglik ortida mavjud bo'lmay, uning qirg'oqlari 40- 50- kengliklarda joylashganini aniq ko'rsatib berdi (Yerni 1984 yilda kashf etdilar). Tasman Mavrikiya oroli bilan Tonga oroli o'rtasida joylashgan barcha yerlar qutbga qadar cho'zilgan Janubiy materik bilan bog`liq emasligini isbotladi. Tasmanning birinchi safari xizmati, shuningdek Vandimenov Yeri (hozirgi Tasmaniya) va u orol deb emas, Janubiy materikning bir qismi (yarimorol) deb hisoblagan Yangi Zelandiyaning kashf etilishi bo'ldi. Tasmanning ikkinchi ekspeditsiyasi (1644 yil) gollandlar tomonidan topilgan barcha "yerlar" (Vandimenov Yeridan tashqari) yagona materikning – Yangi Gollandiyaning qismlari ekanini isbotladi. Tasman ekspeditsiyasi uning qirg'oqlari (sharqiy qismini istisno etganda) katta qismini tekshirdi.
Ammo hozirgi Avstraliya shimoliy qirg'oqlariga tushgan birinchi yevropaliklar Tasman ekspeditsiyasi a'zolari emas, balki Villem Yanszon ekspeditsiyasi gollandlari edi. Bu ekspeditsiya XVII asrning boshida G'arbiy Yavadan otlarib, Keyp-York yarim orolini topgan.Villem Yanszon ko'proq qisqartirilgan Yans ismi bilan mashhur. Yangi Gollandiyaning, XIX asr boshlarida qayta nomlangan Avstraliyaning hozirgi ko'rinishiga mos tavsiflar faqat Jeyms Kukning dengiz safarlaridan keyin ma'lum bo'ldi.
Geografik kashfiyotlar tarixidavrining ikkinchi bosqichida amalga oshirilgan maqsadga yo'naltirilgan sayohatlar orasiga shuningdek amsterdamlik Villem Barenszon (Barentning o'g'li) - oddiy gollandlarda odatiy qisqartma ism bilan atalgan Barents va ingliz Genri Gudzonlarning Atlantika okeanidan Tinch okeaniga shimoli sharqiy va shimoli g'arbiy o'tish joylarini qidirish bo'yicha sayohatlarini kiritish lozim.
Barents uchta ekspeditsiya amalga oshirib (1594, 1595 va 1596-1597 yillar), Shimoliy muz okeanini tadqiq etish va Atlantika okeanidan Tinch okeaniga shimoliy-sharqiy o'tish joyini qidirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. U ikkinchi bor (ruslardan so'ng) Novaya Zemlya va Shpitsbergen orollarini kashf etdi (Magidovichlar, 1983), Medvejiy orollarini kashf etdi; Shimoliy Yerni shimol tomondan, uning shimoli-sharqiy chekkasini Istak (Jelaniya) burni deb atab aylanib o'tdi. Uchinchi ekspeditsiya vaqtida meteorologik kuzatishlarning (shamollar, bulutli ob-havolar, yog'in-sochinlar ustidan) birinchi tizimli sikli (sikl - ma'lum davr ichida takrorlanib turadigan hodisa, jarayon va h.k. majmui) ishlab chiqildi va 1853 yildan Barents nomi bilan atala boshlangan dengiz chuqurligi o'lchami olindi. O`limidan so'ng Barentsning jasadi shu dengiz suviga tashlangan, Shimoli-sharqiy yo'nalishdagi muvaffaqiyatsizlik anglichanlarni Jon Kabot izidan borib, Amerikani aylanib Osiyoga shimoli-g'arbiy o'tish yo'lini qidirishga undadi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida bu maqsad uchun to'qqiz dengiz ekspeditsiyasi, shu jumladan Martin Frobisher, Jon Devis, Uilyam Baffin, Lyuk Foks, Tomas Jems, yuqorida nomi eslatilgan Genri Gudzon va boshqalar rahbarligidagi ekspeditsiyalar yuborildi.
Gudzon 47 yoshida uni 1607 yilda Temza etagidan to'g'ri Shimoliy qutb orqali Yaponiyaga yuborgan inglizlarning Moskva savdo kompaniyasi xizmatiga kirdi. Tabiiyki, 80 daraja 23 minut shimoliy kenglikda uchragan, o'tib bo'lmaydigan muzliklar tufayli u bunga erisha olmadi. Uning dengiz safari muhim amaliy ahamiyat kasb etdi: u ingliz va golland sanoatchilari tezda foydalana boshlagan Grenlandiya dengizida kit ovlash va dengiz ovchiligining imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlarni tasdiqladi. Ammo "Moskva kompaniyasi" undan norozi edi va 1608 yilda Gudzonni takroran Uzoq Sharqqa yubordi, biroq endi qutb orqali emas, balki shimoli-sharqiy yo'l bilan. Bu safar muzlar uning yo’lini yana ham oldinroq -Novaya Zemlyaning janubi-g'arbiy qirg'oqlaridayoq to'xtatib qo'ydi. Qaytganidan so'ng "Moskva kompaniyasi" omadsiz kapitanni ishdan bo'shatib yubordi va u yaqindagina tashkil etilgan (1602y) Niderlandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi xizmatiga o'tdi. Bu kompaniya ham Sharqiy Osiyo bilan savdo uchun shimoliy dengiz yo`lini topishga harakat qilar edi va bu vazifa Gudzon zimmasiga yuklandi. U o'z hisobidan ikkita ekspeditsiya uyushtirdi: birinchisi 1607-1608 yili, ikkinchisi 1610-1611 yillar. Va yana Atlantika okeanidan Tinch okeaniga shimoli-g'arbiy o'tish yo'lini qidirish muvaffaqiyat bilan tugallanmadi. Boshqa inglizlar ham o'tish yo'lini kashf etish nasib etmadi. Lekin ularning ekspeditsiyalari natijasida Baffin yerlari, Gudzon qo’ltig'i, Devis va Gudzon bo'g'ozlari, Gudzon daryosi, Foks yarimoroli va boshqalar kashf etildi va xaritalarga kiritildi.
Geografik kashfiyotlar tarixining fan taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati Alqissa, V.P.Maksakovskiy (1997) shunday yakun chiqardi: "Geografik kashfiyotlar tarixidavrining oxiriga kelib, Yevropa sivilizatsiyasining umumiy bilim darajasi bir necha bor kengaydi. Uning boshlanishiga qadar yevropaliklarning atrof-olam haqidagi bilimlari asosan Yevropa, Osiyoning g'arbiy yarmi va Shimoliy Afrika bilan cheklanar edi. Bu kashfiyotlar natijasida XVII asr boshlarida yer sharining yevropaliklarga ma'lum bo'lgan hududlari XIV asr bilan solishtirilganda olti martaga ortdi. Butun yer quruqlik qismining 60% bilib olingan edi. XVII asrning ikkinchi yarmi boshlarida esa u yoki bu chegaralarda quruqlikning yanada katta qismini va Dunyo okeani akvatoriyasi (suv sathining, havzasining chekli bir qismlari masalan, port akvatoriyasi, portning suvdagi qisrni)ni kashf etishga muvaffaq bo'lindi... Yevroosiyo, Afrika, Janubiy va Markaziy Amerika, Avstraliya qismlari sirtqi ko'rinishi aniqlashtirildi... Shu bilan birga Dunyo okeani akvatoriyasi Yer yuzasida quruqlikka qaraganda ancha katta maydonni egallagani isbotlandi... Dengizchilar Dunyo okeanining ko'pgina sirlarini bilib oldilar.
Chet el geograflari bergan baholardan yana sitata keltirish mumkin. Masalan, nufuzli fransuz geografi Martonn E (1939): "Uyg'onish davri geografiya uchun, inson bilimining deyarli barcha sohalaridagi kabi qayta tiklanish va talvasali faoliyat davri bo`ldi.
Bu - shu paytga qadar noma'lum mamlakatlarni kashf etgan buyuk (E.Martonning o'zi tomonidan ajratib ko'rsatilgan) sayohatlar, barcha bilim sohalari uchun yangi asoslar bergan buyuk ilmiy kashfiyotlar davri edi.
Ammo ayni vaqtda yevropaliklar uchun hali Afrikaning, Shimoliy va Janubiy Amerikaning, Avstraliyaning ichki rayonlari, Tinch okeani akvatoriyasining markaziy qismi yo’lab bo'lmaydigan joylar edi; Osiyoga olib o'tadigan shimoliy-g'arbiy va shimoliy-sharqiy yo’llar ochilmagan edi; Janubiy Yerning mavjudligi va chegaralari haqida ko'plab savollar yuzaga kelardi.
Geografik kashfiyotlar tarixinatijalari geografiya uchun juda muhim bo’lgan kitoblar va xaritalar ko'rinishidagi ilmiy umumlashtirishlardan ham iborat bo`ldi. Ular ichida birinchi navbatda Avraam Orteliyning "Yer sharining ko'rinishi" asari va Gerard Merkatorning dunyo xaritalarini e'tirof etish lozim. Ularning ko'pchiligi Rossiyaga ham ma'lum bo'ldi. V.P.Maksakovskiy (1991) qayd etganidek rossiyaliklarning o'zlarining asosiy kartografik ishi deb Ivan Grozniy buyrug'iga asosan tayyorlangan va XVI asr oxirida tugallangan "Butun Moskva davlati xaritasi" - Rossiyaning birinchi atlasini hisoblash mumkin. Rus kartografiyasining cho'qqisi Semyon Ulyanovich Remezovning 1701 yilda tugallangan, rus tadqiqotchilarining materiallari asosida tuzilgan 23 xaritani o'z ichiga olgan (shu jumladan Kamchatkani) "Sibirning chizmalari kitobi" asari hamdir. O’sha davr rus xaritalari daraja to'risiz, ammo asos rolini bajargan gidrografik (geografiyaning yer yuzidagi suvlarni o'rganadigan va tasvirlaydigan bo'limi) to'rning ( u yerda daryo va irmoqlar ko'p, Xitoy tog'lari singari) to'liq tasvirlanishi bilan tuzilgan. S.Remezovning "Chizmalar kitobi" nafaqat rus, balki jahon geografiyasi tarixida ham katta rol o'ynadi.
Bu borada yana kelib chiqishi nemislardan bo’lgan taniqli niderlandiyalik olim Bernxardus Varenius (asl ismi va familiyasi Bernxard Varen)ning "Umumiy geografiyasi"ga (1650) to'xtalish mumkin. Bu ish - antik qadimiylik davridan buyon kengaygan yer bilimlarini umumlashtirishning birinchi tajribasi, Geografik kashfiyotlar tarixidavrida to'plangan yangi ma'lumotlarga asoslanib geografiyaning predmeti va mazmunini belgilashga birinchi urinish edi. Varen fikriga ko'ra "geografiyaning predmeti yer sharining ham quruqlik, ham suvli qismidir". U geografiyani umumiy va xususiyga bo’ladi. "Umumiy geografiya deb Yerni umumiy tekshirilishiga, uning xususiyatlarini batafsil tavsiflarga to'xtalmay tushuntirib berilishiga aytiladi; xususiy yoki alohida geografiya esa har bir hududning o'rni va holatini ko'rsatadi. Geografik kashfiyotlar tarixidavri geografik yutuqlari yakunini chiqargan va keyingilariga undovchi yangi turtki bergan bu asari bilan B. Varenius geografiyaning bilim sohasi sifatidagi mustaqilligini yoqladi. Shu vaqtdan boshlab sayohatchilar va ekspeditsiyalar oldiga geografiyaning butun predmeti bilan ham, alohida geografik obyektlar bilan ham bog'liq ilmiy maqsadlar qo'yila boshlandi. Bu tadqiqotlarga asoslangan yoki ular bilan bog'liq geografik kashfiyotlar tarixining navbatdagi yirik bo'limini yetarlicha xolis ajratib ko'rsatadi. Geografik kashfiyotlar tarixining tarixiy jarayonlarga ta'siri. Geografik kashfiyotlar tarixining Yevropadagi oqibatlari.
Geografik kashfiyotlar tarixinatijalarining G'arbiy Yevropa mamlakatlari xo'jalik hayotiga ta’siri nihoyatda katta bo`ldi. Avvalo, savdo aloqalarining yo'nalishlari o'zgardi. O`rtayer dengizi xalqaro savdoda o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotdi, Italiya shaharlarining roli susaydi: xalqaro savdo markazi mustamlaka mahsulotlari oqib borgan Pireney yarimorolining Atlantika sohillariga, so'ng Niderlandiyaga ko'chdi. O'sib borayotgan xalqaro savdo va yirik ulgurji savdo bitimlariga xizmat ko'rsatish uchun Antverpenda, Amsterdamda va Londonda fond birjalari (Birja - yirik savdo va moliya ishlariga oid muomalalar bo'yicha vositachilik qiluvchi muassasa) ochildi. Boylik orttirishning yangi turi -birjadagi spekulyatsiya, olibsotarlik paydo bo'ldi.
Yangi dunyodan Yevropaga kumush va oltinning katta miqdorda oqib kelishi natijalaridan biri "narx - navo inqilobi" bo'ldi. XVI asrning 40 - yillaridan boshlab XVII asrning 30 - yillarigacha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida chaqa pullar qiymatining tushishi va mahsulotlarning, ayniqsa oziq-ovqatning narxi oshgani kuzatildi. Ispaniyada narx 4-5 marta, Angliyada 4 marta, Fransiyada 2-5 marta, Italiyada 2 marta oshdi. "Narx - navo inqilobi"ni yuzaga keltirgan narsa shu ediki, kumush va oltinlar tayyor boylik ko'rinishida egallab turilar yoki arzon majburiy mehnat yordamida qazib olinar edi. Shu tufayli qimmatbaho metallar qiymati keskin tushib ketdi, mahsulotlar esa shunga mutanosib ravishda qimmatlashdi. Bunga yana shahar aholisining o'sishi bilan bog'liq holda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabning ortishi sabab bo'ldi. "Narx - navo inqilobi" aholi turli qatlamlari ahvoliga turlicha ta’sir ko'rsatdi. Unda oziq-ovqat va boshqa mahsulot sotuvchilar yutdi, kambag'allar ziyon ko’rdi. Yerni qisqa vaqtga ijaraga beruvchi yer egalari arenda narxini ko'tardilar. Korxona egalari, savdogarlar, olib sotarlar boyidilar. Narxlarning oshib borishiga qaramay maoshlari bir maromda saqlangan yollanma ishchilar, shuningdek oziq-ovqat rentasi (kapitai, mulk yoki yerdan uning egalariga mehnatsiz keladigan daromad) yoki belgilanmagan obrok (qaram dehqonlardan pul yoki mahsulot shaklida olingan to'lovlar) to’lovchi dehqonlar yanada kambag"allashdi. Yerlaridagi ijarachilardan an'anaviy obrok undiruvchi dvoryanlar ham zarar ko'rdi. "Narx - navo inqilobi" shu tarzda feodal iqtisodiyotni yemirdi, mayda ishlab chiqaruvchilarni mulkidan mahrum qildi va burjuaziyani boyitdi.

Download 2.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling