O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Mavzuning tayanch tushunchalari


Download 2.69 Mb.
bet9/120
Sana09.09.2022
Hajmi2.69 Mb.
#803141
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
Bog'liq
Буюк географик кашф мажмуа 2018
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12
Mavzuning tayanch tushunchalari
Kapitalizm davrining boshlanishi. Mustamlakachilik ekspansiyalari. Birinchi ilmiy ekspeditsiyalar davri (XVII- XVIII asrlar): qit`alarming ichki hududlarini tadqiq etishga e'tibor qaratilishi, dengiz ekspeditsiyalarining davom ettirilishi, alohida hududlarning regional tavsiflari tuzilishi. Umumiy tavsiflashdan ilmiy tadqiq etishga o'tilishi. Dastlabki hukumat ekspeditsiyalari. Birinchi olim - sayohatchi Edmund Galley tadqiqotlari. Birinchi hukumat ilmiy ekspeditsiyasi rahbari D.G.Missershmidt tadqiqotlari. V.I.Bering ekspeditsiyalari. Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi (1725- 1730). Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi (1733- 1743). Ilmiy nashrlar va Shimoli- sharqiy Osiyo xaritalarining vujudga kelishi.


1. Geografik bilimlarni tartibga solish davridagi kashfiyotlar
Bu davrning boshlanishi kapitalizm davrining boshlanishi bilan to'g'ri keladi. Geografik kashfiyotlar tarixidavri yakunlanib, kashfiyotlar sur'ati sekinlashsada, mustamlakachilik ekspansiyalari (imperialistik davlatlarning yangi yerlarni bosib olishga intilishi) makonga oid bilimlar kengayishining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo`lib qoldi. Yevropadagi XVII asr ilmiy inqilobi bir butun bilim tizimlarining tarmoqlanishiga (differinsiatsiya), fanlarning falsafadan ajralib chiqishi va yangi fanlarning vujudga kelishiga olib keldi. Aniq fanlarning vazifalari obyektiv olamning alohida tomonlarini, jihatlarini o'rganish, tadqiq etish bo`lib qoldi. Yuqorida aytib o'tilganidek geografiya ham bilimlarning mustaqil sohasiga aylandi va binobarin geografik bilimlar olish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va ularni keyingi tizimlashtirish imkoni tug'ildi.
G.N.Maksimov o'zining "Geografik bilimlar rivoji ocherklari" (1991) kitobida birinchi olim sayohatchi deb Edmund Galleyni ataydi. Galley yerning magnit hodisalari va xossalarini aniqlash yuzasidan sof ilmiy ekspeditsiyada ishtirok etdi va olingan materiallar asosida birinchi marta hozirgi zamon geografiyasida juda keng tarqalgan bir xil belgilarga ega nuqta (joy)larni bog'lovchi Izoliniya -izochiziqlar (xaritalarda: tempratura, bosim, namlik va h.k. bir xil bo'lgan joylarni birlashtiruvchi chiziqlar) usulini qo'llab, magnit og'ish burchagi xaritasini tuzdi. Galley shuningdek o'zining 1686 yilda tuzilgan passatlar xaritasi (passatlar - butun yil davomida tropik viloyatlardan yuqori bosim bilan (25-30- daraja kenglikda) har bir yarimshar bo'ylab ekvatorga tomon esadigan va Koriolis kuchlari ta'siri ostida muntazam yo'nalishga ega bo'lgan doimiy shamollar: (shimoli-sharqiy Shimoliy yarimsharda va janubi-sharqiy Janubiy yarimsharda). Uni shuningdek nihoyatda bilishga qiziquvchan va tashkilotchi ingliz qaroqchisi, 1683-1711 yillarda uchta yirik dengiz sayohatini (shu jumladan ikkita dunyo aylana sayohat) amalga oshirib, shamollar, dengiz oqimlari va suvlarning sho'rligi va hokazolar yuzasidan kuzatishlar olib borgan Uilyam Dampirni okeanografiya asoschilari deb hisoblaydilar. Okeanografiya - fanning okeanlar, dengizlar yoki uning rayonlari tabiiy shart-sharoitlarining kompleks tavsifi bilan shug'ullanuvchi Dunyo okeani tabiiy jarayonlari haqidagi bo'limi.
Yana bir olim - tadqiqotchilardan 1716 yil Rossiyaga Pyotr I tomonidan Sibirni o'rganish uchun maxsus taklif etilgan meditsina doktori, nemis Daniil Gotlib Messershmidtni aytib o'tish mumkin. U "har turli nodir narsalarni va aptekaga oid narsalarni qidirib topish uchun" shaylangan birinchi hukumat ilmiy ekspeditsiyasi rahbari bo'lgan. Irtish-Tomsk-Kuznetskiy Alatau-Yenisey-Lena-Zabaykalye yo'nalishi bo'ylab yetti yillik sayohat (1720-1727) Sibirni rejali asosda ilmiy tadqiq etishni boshlab berdi. Ekspeditsiya davomida turli kolleksiyalar (mineriologik, zoologik, arxeologik va h.z), gerbariylar to'plandi, Sibirning bir qancha xaritalari tuzildi. Shu ekspeditsiya tufayli geografiya fanida birinchi marti abadiy (uzoqyillik) muzloqlar tavsifi paydo bo'ldi. Uzoqyillik muzloqlar o'rganilishini yirik geografik kashfiyotlar sirasiga kiritish mumkin. Ayniqsa bu 10 mln.kv.km.li joyini yoki maydonining 64%ini muzloqlar egallagan Rossiya uchun muhim edi. Quyi Tunguss rayonlarida u grafit toshko'mir va osh tuzi topdi. Messershmidt ekspeditsiyasi yakuni bo'yicha xaritalar bilan aniq izohlangan 10 jildli "Sibirning umumiy ko'rinishi yoki oddiy tabiat dunyosining uch jadvali" nomli Sibirning birinchi ilmiy tavsifi, ayni vaqtda ekspeditsiya faoliyati haqidagi birinchi ilmiy hisobot yozilgan. Bu qo'lyozma Fanlar Akademiyasi (RF)da saqlanmoqda va lotin tilidan o'girilmagan bo'lishiga qaramay Sibir tadqiqotchilarining ko'pchiligi tomonidan foydalanilgan va foydalanilmoqda.
2. Ammo XVIII asrdagi eng katta ilmiy ish (agar yakunlariga ko'ra tahlil etilsa) daniyalik Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) Bering boshchiligidagi Ikkinchi Kamchatka (yoki buyuk Shimoliy ekspeditsiya) ekspeditsiyasi edi. Lekin qo'yilgan maqsad bo'yicha baholanadigan bo'lsa, bunday tavsifhi Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasiga ham berish mumkin. Bu ekspeditsiyani ham 1724 yilda Pyotr I xizmatiga taklif etilgan Bering boshqargan. Shu yili Rossiya o'zining ko'lami jihatidan kamdan-kam hollarda uchraydigan geografik tadqiqotlarni amalga oshirishga kirishdi. Pyotr I Hindiston bilan bevosita dengiz aloqalarini yo'lga qo'yishni, Kura daryosi quyisida Sharq mamlakatlari bilan savdo uchun keng baza yaratishni; Arxangelskdan Tinch okeaniga dengiz yo'lini tadqiq etish uchun ekspeditsiya yuborish va Osiyo va Amerikani bir-biridan ajratib turuvchi bo'g'oz bor-yo'qligi haqidagi savolga aniqlik kiritishni mo'ljal qildi. O`sha davrda Pyotrga ma'lum bo'lgan XVIII asr boshlaridagi ba'zi chizmalarda Chukotka yarim orol sifatida ko'rsatilgan edi. Rossiya podsholigi harbiy flot boshqarmasi admiralteystvo kollegiyasi ekspeditsiya rahbarligiga "sharqiy Hindistonda bo'lganligi va so'zlashuvni bilganligi" tufayli kapitan Beringni tayinlashni taklif etdi.
V.I.Bering rahbarligida Kamchatkaga ekspeditsiya yuborish to'g'risidagi buyruqni Pyotr I 1724 yil 23 dekabrda - Rossiyada birinchi ilmiy muassasa - Peterburg Fanlar Akademiyasi tuzilgan yilda imzoladi. Uning oldiga ekspeditsiyaning Pyotr I ning o`z qo'li bilan imzo chekilgan yo'riqnomasida "u (Osiyo) qayerda Amerika bilan yaqinlashganini aniqlash" vazifasi qo'yilgan edi. Bundan tashqari S.I.Dejnevning dengiz safarlari natijalari haqida hech narsa bilmagan Pyotr I Rossiya imperiyasi sharqda qancha uzoqlikkacha cho'zilib borganligi haqidagi aniq ma'lumotlarga ega bo'lishni, Amerika, uning hududida joylashgan "Yevropa egaligidagi yerlar" shaharlari, shuningdek Yaponiya singari Rossiya bilan qo'shni davlatlarning joylashgan o'rnini bilishni xohladi.
Ekspeditsiyaga Amerika qirg'oqlariga yetib borib, uning hali yevropaliklar tomonidan egallanmagan shimoliy qirg'oqlarini o'zlashtirishga kirishish amr etildi, Bering bilan leytinantlar Aleksey Il`ich Chirikov va Martin Petrovich Shpanberg, michman (podsholik armiyasida eng quyi zobitlik unvoni) Petr Chaplinlar birga jo`nab ketishdi.
Afsuski Beringning 1730 yilda yakunlangan Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi, ayni paytda birinchi Rossiya dengiz ilmiy ekspeditsiyasi Bering butun safar davomida Amerika qirg'oqlarini borib ko'rmay, Osiyo qirg'oqlaridan yurganligi sababli uning oldiga qo'yilgan vazifaga to'liq darajada asoslangan javob ayta olmadi. Bering ekspeditsiyasi yakuniy xaritalarida (o'sha davrlar uchun yetarlicha aniq) faqat Kamchatkani u bilan Chukotka yarim oroli o'rtasidagi Tinch okeani qirg'oqlari bilan, Chukotka yarim orolining o'zini Shimoliy Muz okeini qirg'oqlarining unga yaqin sharqiy qismi bilan birga ko'rsatish imkoni bo'ldi. Ammo bunday ginalarni faqat yirik kashfiyotlarni sanab o'tganda gapirish mumkin. Ularning umumiy miqdori (kamroq ahamiyatlilari bilan birga) 172ta, shu jumladan 18 okeanografik kashfiyotni tashkil etgan.
1730-1732 yillarda Fanlar Akademiyasi Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi natijalari muhokamasida bevosita ishtirok etdi va vazifalar doirasini kengaytirib, 10 yildan ortiq davom etgan (1733-1743) yangi (Ikkinchi) ekspeditsiya yo'nalishlarini oldindan belgiladi. Ikkinchi rahbar (Beringning o'rtog'i) etib, keyinchalik o'z komandoridan bir kun avval Amerikaning shimoli-g'arbiy qirg'oqlarini kashf etgan A.I.Chirikov tayinlandi. Ammo uning zimmasiga Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasining ko'p ishlarini bajarish tushdi. Bering hozirda uning nomini olgan, o'sha paytda hali o'zlashtirilmagan Tinch okeanining orolida fojiali vafot etgach, ekspeditsiyani A.I.Chirikov boshqardi. U yerdagi bir biriga yaqin joylashgan orollarni keyinchalik Komandor orollari deb atadilar (komandor - tarixda ritsarlarning oliy unvoni).
3. Ikkinchi ekspeditsiyaning asosiy vazifasi avvalgidek qoldi: "Amerikaga va Yapon orollariga olib boruvchi yollar daragini topish". Ammo ayni paytda maxsus otryad kuchi bilan Sibirning shimoliy qirg'oqlarini Pechora daryosi quyisidan Bering bo'g'ozigacha, rus egaligidagi yerlarning janubiy mintaqasini Baykal ko`lidan Tinch okeani qirg'oqlarigacha, Oxota dengizi qirg'oqlarini, Yakutskdan Oxotaga olib boruvchi yo`lni o'rganish ishlarini olib borishga buyruq berildi. Qizig'i shundaki, 1732 yilda, aniqrog'i Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi boshlanishiga qadar ikki rus dengizchi - geodizisti Mixail Spiridonovich Gvozdev va Ivan Fedorov ruslardan birinchi bo`lib, kichkina kemada – “Svyatoy Gavriil”da Amerika qirg'oqlariga borib yetdi. (Jlar Alyaskaning chekka g'arbiy qiniii qirg'oqlarida - o'zlari mustaqil "Katta yer" deb o'ylagan Syuard yarimorolida bo'ldilar. M.S.Gvozdev va I.Fedorovlar xaritaga Bering bo'g'ozining har ikkala - Osiyodagi va Amerikadagi qirg'oqini tushirdilar. Shu tariqa ular XVII asrdayoq S.I.Dejnev va F.A.Popovlar tomonidan topilgan bo'g'ozning kashf etilishini tugalladilar. Ammo bu kashfiyotlar haqida Peterburgda tezda xabar topmadilar va shu tufayli Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasining otryadlaridan biriga Chukotka burnidan - Osiyoning sharqiy chekkasidan "sharqdagi orollar va yerlarga va Amerikaning o'ziga" borish buyurildi.
Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasining ilmiy natijalari nihoyatda ulkan bo'ldi va hamon o'zining ko'p qirraliligi va turli-tumanligi bilan lol qoldiradi. Birinchi marta Rossiya davlatining shimoliy va sharqiy qirg'oqlari deyarli butun Shimoliy Muz okeani va Tinch okeani qirg'oq chiziqlari bo`ylab Arxangelskdan Ud daryosi quyisigacha va Shantar orollarigacha va Saxalin bo`ylab Laperuz bo`g'ozigacha xaritaga tushurildi va tasvirlandi; Shimoliy Amerika shimoli-g'arbiy qirg'oqlariga borib yetildi va Alyaska qirg'oqlarining bir qismi, Aleut va Komandor orollari kashf etildi; Osiyo va Amerikaning ajralganligi hamda Muz okeanidan Tinch okeaniga quyiladigan bo'g'oz mavjudligi to`la isbotlandi.
M.Shpanberg otryadi Kamchatkadan Yaponiyaga yo'l ochdi va Kuril orollarini hamda Shimoliy Yaponiyaning bir qismini xaritaga kiritdi. 1746 yilda ekspeditsiya materiallari asosida tuzilgan xaritalardan biridagi tushuntirish xatida A.Chirikov "ekspeditsiya tomonidan ushbu davrga qadar noma'lum bo'lgan ko'pgina yerlar va orollar kashf etildi" deb yozadi. Ayni vaqtda Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi Sibir, Shimoli-g'arbiy Amerika, Aleut, Kuril va Yapon orollari tabiati, xalqlari tarixi, hayoti va xo'jaligi haqidagi bilimlarni kengaytirdi. Ekspeditsiya tomonidan to'plangan materiallar o'sha davr uchun misli ko'rilmagan miqdordagi ilmiy nashrlar va Sibir xaritalari yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Nashrlar va xaritalar keyinchalik "Rossiya imperiyasi bosh xaritasi"ning sharqiy qismi tasviriga va 1745 yilgi Akademik atlasdagi Sibir xaritasiga asos bo'ldi. Ilmiy "bozorgir kitoblar" qatorida, Yevropada ham o'zlashtirilgan va hududiy kompleks geografik tavsifning birinchi namunasi bo'lgan "Kamchatka yerining tavsifi" (Stepan Petrovich Krasheninnikov) bilan birga Gerard Fridrix Millerning "Sibir tarixi", Iogann Georg Gmelinning "Sibir florasi (o`simliklar dunyosi)", "Rossiya tomonidan muz okeani va Sharqiy dengiz bo'ylab amalga oshirilgan dengiz sayohatlari tavsifi" kabi yirik, ilmiy asarlar e'lon qilindi. Rossiyada geografiya fani va geografik bilimlar rivojini olg'a harakatlantirib, uni geografiya chuqur ildizlarga va uzoq tarixga ega bo'lgan, allaqachon ma'lum va mashhur bo`lgan mamlakatlar qatoriga ko'targan Buyuk shimol ekspeditsiyasi umumiy ilmiy yakuni ana shulardan iborat bo'ldi. Ekspeditsiya asbob-anjomlar bilan yaxshi qurollantirilganligi (astronomik, geodizik va fizik), shuningdek u juda ko'p sonli bo`lib, yaxshi tayyorlangan mutaxassislar bilan komplekslanganligi tufayli shunday natijalarga erishish imkoniga ega bo'ldi. Unda bir nechta otryadlar guruhi, shu jumladan Sibirning kam o'rganilgan hududlarini, ayniqsa Kamchatkani tadqiq etishi va qayd etishi lozim bo'lgan Akademik guruh bor edi. Faqat shimoliy guruhning o'ziga to`rt otryad kirgan. Bu shimoliy otryadlarning umumiy natijalarga qo'shgan ilmiy hissasi shunchalik ahamiyatliki, to'la haqli ravishda ularning sayohatlarini ba'zan alohida Buyuk Shimol ekspeditsiyasiga ajratadilar; ba'zan butun Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasini shunday ataydilar.
Geografik xaritalarda Shimoliy otryadlarning ko'pgina ishtirokchilari nomi abadiylashtirilgan: Xariton Prokofyevich va Dmitriy Yakovlevich Laptevlar (Laptevlar dengizi, Xariton Laptev qirg'og'i, Dmitriy Laptev bo'g'ozi), Ovtsin Dmitriy Leontevich (Yamal yarimorolidagi burun), Semen Ivanovich Chelyuskin (Chelyuskin burni - Yevrosiyo materigi va Osiyoning eng shimoliy chekkasida) va b.
Barcha otryadlarning umumiy miqdori bir necha yuz ishtirokchiga yetgan. Birinchi bosqichda Peterburgdan Sibirga 500 dan ortiqroq dengizchi zobitlar, olimlar, matroslar jo`nab ketganlar. Ba'zilar (jumladan Bering ham) yo`lga xotini va farzandlari bilan otlanishgan. Xotinlar keyinchalik hatto ekspeditsiyalarda ishtirok etgan hollar ham bo'lgan. Masalan, Vasiliy Vasilyevich Pronchishevning xotini Tatyana Fedorovna kabilar. Birinchi qutb sayohatchi ayoli, Buyuk Shimoliy ekspeditsiya kemasida suzgan yagona ayol sharafiga Taymirning sharqiy qirg'oqlaridagi qo'ltiq - Mariya Pronchisheva deb nomlangan. 1983 yilda aniqlanishicha, bu nomlanishda ism noto`g`ri atalgan. Akademiya ekspeditsiyasiga uch professorni komandirovkaga yubordi. Ulardan ikkisi: tabiat fanlari mutaxassisi va botanik Iogann Georg Gmelin va tarixchi Gerard Fridrix Miller rus va jahon fani tarixida sharafli o'rinni egalladilar. Karl Linney Gmelin haqida shunday yozadi: "U bir o`zi boshqa botaniklar birgalikda qancha o'simliklar kashf etgan bo`lsalar, shuncha kashfiyot qildi". Miller nafaqat ekspeditsiya ishtirokichisi, balki uning tarixshunosi ham edi. Bundan tashqari, 10 yil davomida Sibirda bo'lib, u ulkan miqdordagi geografik tavsiflar, xaritalar, lug`atlar va boshqalarni tuzdi. Ekspeditsiya olimlari ichida alohida o`rin Akademiya kichik ilmiy xodimi Georg Vilgelm Stellerga tegishli. Tabiat hodisalari tadqiqotchisi P.Pallas so`zi bilan aytganda u "fanga buyuk ishtiyoqi bilan" ajralib turgan. U S.P.Krasheninnikov bilan birgalikda Kamchatkada tadqiqot olib bordi va tabiatshunoslardan birinchi bo`lib Amerikaning shimoli-g'arbiy qirg'oqlariga va Aleut orollari tizmasiga kelib tushdi.
4. Akademiklarga studentlar yordam berdi. Ular ichida eng iste'dodlilaridan biri Stepan Petrovich Krasheninnikov edi. U o`z faoliyatini ekspeditsiyada 22 yoshli student bo`lib boshlab, Peterburgga yetuk olim sifatida, Kamchatkani to'rt yil o'rganish davomida nom chiqarib va ekspeditsiyadan birinchi rus akademik -geografi bo`lib qaytdi.
Dastlab Kamchatkani tadqiq etish akademiklarga (G.F.Miller va I.G.Gmelinga) topshirilgan edi. S.P.Krasheninnikovga esa faqat ularning yordamchisi bo'lish vazifasi tegishli edi. Ammo akademiklar Yakutskda u yerda bo'lgan kishilardan notinch tabiat, xususan, u yerdagi zilzilalar va vulqonning otilishi, shuningdek, kazaklar isyoni va mahalliy aholi qo`zg`olonlari haqida eshitib Kamchatkaga borishni rad etdilar.
Shu tariqa S.P. Krasheninnikovga Kamchatkaga olim akademiklarning kamtarin yordamchisi bo`lib emas, o`zi bilan butun otryadni olib, mustaqil tadqiqotchi sifatida borish nasib etdi.
Biz uning kundaligi va xatlaridan Kamchatkada yashagan yillar mehnat bilangina emas, yo'qotishlar bilan to`la bo`lganligini bilib olamiz. Muvaffaqiyatsizliklar yosh yigitni yarimorolga borish yolidayoq ta'qib qila boshladi. O`shanda kemadagi teshik tufayli barcha yuklar va narsalarni dengizga tashlashga to'g'ri kelgan. Bolsheretskka kelib (aniqrog`i bir necha o'n yog'och uy va tik qadalgan xodalardan iborat devori bo`lgan to`rtburchakli qo`rg`ondan iborat Bolsheretsk qal'asi) u shunday yozadi: "menda o`sha paytda egnimda bo`lgan faqat bitta ko'ylagimdan boshqa hech vaqo qolmagan edi". Ammo u bunga va bundan keyingi barcha sinovlarga, "notinch ob-havo"ga, ochlik va sovuqqa bardosh berdi. U nafaqat bardosh berdi, balki ulkan tadqiqot ishini olib bordi. Yo'l yoqalab ko'z bilan chamalab olib boriladigan kuzatishlardan tashqari, S.P.Krasheninnikov meteorologik kuzatishlar olib bordi, suvning ko'tarilishi balandligini, ularning boshi va oxirini aniqladi; mahalliy o'simliklarni aniqladi va h.k. Uning ko'p sayohatlari yo'nalishi vulqonli rayonlardan o'tdi.
U ilmiy adabiyotda birinchi bo`lib Kamchatkaning issiq buloqlari, shu jumladan ularning ichida eng ulkani - o'zi Kamchatka togi deb nomlagan Klyuchevskaya Sopkani tavsifladi.
"Kamchatka togi... u yerda mavjud bo'lgan barchasidan baland... Uning yuqorisidan nihoyatda quyuq tutun to'xtovsiz chiqib turadi, ammo u olov bo`lib yetti, sakkiz va to'qqiz yil yonadi, qachon yonib bo`lganini esa eslay olishmaydi. Aholining aytishiga qaraganda undan yiliga ikki va uch marta kul otilib chiqadi, gohida shu qadar ko'plab kul chiqadiki, uch yuz chaqirimgacha (1,06 km.ga teng masofa o'lchovi) yerning hamma tomoni yuqoridan ular bilan qoplanadi". Keltirilgan sitata uning yuqorida eslatilgan eng mashhur, Rossiyada birinchi hududiy kompleks tabiiy-geografik tavsiflardan biri bo'lgan "Kamchatka yerining tavsifi" ilmiy asaridan olingan. “Tavsif” XVIII-XIX asrlardayoq uch marta, birinchi marta 1756 yilda nashr etildi. Va o'sha paytdayoq u ingliz, nemis, fransuz va golland tillariga tarjima qilinib, bir qator yevropa mamlakatlarida nashr etildi. Undagi materiallar anchayin to`la saqlangan nashr bu 1949 yilda "Glavsevmorputi" nashriyotida chop etilgan nashrdir. Bu asar muallifi nomini o'z mamlakati fani tarixida va yer haqidagi geografik solnomasida abadiylashtirdi. Mahalliy aholi hayotini kuzatar ekan, S.P.Kresheninnikov ular xalq qo'riqxonasi tizimini barpo etganligi, o'zlari yashayotgan joyda butun bir tabiatni muhofaza etish me'yorlariga rioya etishlarini, "baliqlar yashashi va hayvonlar uzoq ketib qolmasligi" uchun ular tomonidan qat'iy ekologik tartib o'rnatilganligini aniqladi. Va chamasi aynan Kamchatkada keyinchalik (1882 yilda) Rossiya-Kronotskiydagi birinchi zakaznik tashkil etilgani tasodif emas. XX asrda bu hududlarda hozirgi Rossiya-Kronotskiyning eng yirik qo'riqxonalaridan biri bunyod etildi. (ma'lumotnoma: qo'riqxonalar va zakazniklar har qanday xo'jalik faoliyati man etilgan, alohida muhofaza etiluvchi tabiiy hududlar sirasiga kiradi. Ular o'rtasidagi asosiy farq ularning ishlab turish vaqti bilan xulosalanadi. Zakazniklar faqat Yer yuzasidan yo'q bo`lib ketayotgan o'simlik va hayvonlarni qandaydir turi miqdori o`z-o`zidan ishlab chiqilishi uchun, tiklanishi uchun muvofiq muddatga tashkil etiladi. Masalan, Kronotskiy zakaznigi suvsarga oid edi. Ammo qoida tariqasida "o'z vazifasini" bajarib bo'lgach, zakazniklarni buzmaydilar, balki butun tabiat kompleks himoya qilinadigan qo'riqxonaga aylantiriladi.
S.P.Krasheninnikov nafaqat taniqli sayohatchi va olim, balki ajoyib o'qituvchi ham edi. Uning o'quvchilari qatorida nomlari geografiya fani tarixida faxrli o'rin egallagan o'smirlar bor edi. Ular ichida eng iste'dodlisi I.I.Lepexin - keyinchalik Rossiyaning taniqli sayohatchisi, Akademiya ekspeditsiyasi ishtirokchilaridan biri edi. S.P.Krasheninnikov shuningdek XVIII asrning buyuk olim - ensiklopedisti M.V.Lomonosovning yaqin do`sti va safdoshi edi. Ularni ko'p narsalar, avvalo fanning maqsad va vazifalarini tushunishdagi umumiylik, Rossiyada keng yoyish g'oyalari; fan xalqning boyligiga aylanishi va olimlar, shu jumladan geograf olimlar mehnati mamlakat sharafi va farovonligiga xizmat qilishi haqidagi orzular yaqinlashtirdi.
S.P.Krasheninnikovning Kamchatka haqida nashrlari garchi adolat yuzasidan Kamchatka hudud sifatida ancha ilgari kashf etilganini aytish joiz bo`lsa-da, uni butun dunyoga mashhur qildi. Kamchatkaning ba'zi rayonlari haqidagi bizgacha yetib kelgan birinchi, ammo juda yuzaki ma'lumotlar XVII asrning 60-yillariga tegishli. XVII asr oxirida yakutsklik kazak Atlasov Vladimir Vladimirovichning 1696-1699 yillardagi safari tufayli Kamchatka yarimoroli ikkinchi bor kashf etildi va Rossiya davlatiga uzil-kesil qo'shib olindi. Safarini yakunlab, V.Atlasov Moskvaga jo'nab ketdi va u yerda 1701 yilda Kamchatka iqlimi va relyefi, uning florasi va faunasi haqidagi, yarim orollarni o'rab olgan dengizlar haqidagi, ularning muzliklar tartibi haqidagi birinchi ma'lumotlarni, shuningdek Kuril orollari, Yaponiya va "Katta Yer" (Shimoli-g'arbiy Amerika) haqidagi ba'zi ma'lumotlarni qamrab olgan "hikoyalari"ni yozdi. U yana Kamchatka aholisining batafsil etnografik tavsifini berdi. Uning yordamida katta yer egasi (boyar)ning o'g'li kartograf, tarixchi va etnograf S.U.Remezov rus kishilari tomonidan to'plangan XVII asr geografik materiallari hisoboti - yuqorida eslatib o'tilgan "Sibirning chizmalari kitobi"ga kiruvchi Kamchatka yarimorolining mukammal chizmalaridan birini tuzdi. Ammo Sibirning birinchi maxsus asboblar bilan planga olinishi butun Rossiyada bo`lgani kabi keyinroq boshlandi. Ular Pyotr I tomonidan tashkil etilgan Navigatsiya (kema yurgizish san'ati va fani) maktabi va Dengiz akademiyasi bitiruvchilari tomonidan amalga oshirildi.



Download 2.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling