O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 57.08 Kb.
Sana24.05.2020
Hajmi57.08 Kb.
#109637
Bog'liq
17.Ismonova Xumoroy Mamasidikovna


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA”

Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari”


MALAKA ISHI



Mavzu

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2019 yil 21 maydagi “Khan Academy elektron platformasidan xalq

ta'lim tizimida keng foydalanish va elektron ta'lim resurslarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 178-son buyrug‘ining umumta'lim maktabida ijrosi





Malaka yo‘nalishi va guruhi

Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, 15-guruh


Ish joyi

Andijon viloyati Andijon tumani 5-umumta‘lim maktabi

(viloyat, tuman (shahar), ta’lim muassasasi)









Tinglovchi FISH

Ismonova Xumoroy Mamasidikovna




2020 yil, may

Mundarija

Kirish

  1. Asosiy qism




  1. O‘zbekistonda elektron ta’lim resurslarining rivojlanishi va ta’lim resurslari mazmun-mohiyati.

  2. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2019 yil 21 maydagi “Khan Academy elektron platformasidan xalq ta'lim tizimida keng foydalanish va elektron ta'lim resurslarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 178-son buyrug‘ining mazmun-mohiyati.

  3. Khan Academy elektron platformasi imkoniyatlari.

  4. Umumta'lim maktabida Khan Academy elektron platformasi foydalanishni tashkil etish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

  5. Boshqaruv usullari, ta'lim va axborot texnologiyalaridan ta'lim jarayonida foydalanish.

  6. Ta'limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va o‘z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish.

  7. Rahbarlarning boshqaruvda tashkilotchilik mahorati.




  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

8. So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan esse (1-2 bet);

9. Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar;

10. “Yo‘l xaritasi”



Kirish

XXI asr axborotlashuv asri. Axborotlar inson tafakkuri va fikrlash qobiliyatini qay darajada shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shu sababli zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning hozirgi davrdagi rivoji axborotlashtirish jarayoni bilan tavsiflanadi.

Jamiyatni axborotlashtirish – global ijtimoiy jarayon va umumjamiyat ishlab chiqarish sohasida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, zamonaviy mikroprotsessor va kompyuter texnikalari hamda axborot almashinuvida foydalaniladigan boshqa turli xil texnik vositalar yordamida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va foydalanish jarayonlari majmuidir. Jamiyatni axbrotlashtirish jarayonining yetakchi yo‘nalishlaridan biri ta’limni axborotlashtirish hisoblanadi.

Ta’limni axborotlashtirish – ta’lim sohasini uslubiy-amaliy jihatdan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish asosida ta’lim-tarbiya jarayonining psixologikpedagogik maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’limni axborotlashtirish ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini intellektuallashtirish jarayoni sifatida faqatgina zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlanadi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoq va sohalariga keng va jadal kirib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. «Axborotlashgan iqtisodiyot», «Elektron hukumat», «Elektron boshqaruv», «Masofaviy ta’lim», «Ochiq ta’lim», «Elektron ta’lim» kabi tushunchalar hayotimizga keng kirib keldi.


  1. O‘zbekistonda elektron ta’lim resurslarining rivojlanishi va ta’lim resurslari mazmun-mohiyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1740- sonli qaroriga asosan «Elektron ta’lim» tarmog‘i shakllantirildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 228- sonli qarori asosida «Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi» tashkil etildi. Ma’lumki, nafaqat «Elektron ta’lim», «Ochiq ta’lim», «Masofaviy ta’lim»da, balki an’anaviy ta’limni zamon talablari asosida tashkil etishda ham elektron ta’lim resurslari muhim rol o‘ynaydi. «Resurs» iborasi hozirgi vaqtda juda keng ma’noda ishlatiladi. «Ta’lim resursi» deganda esa o‘quv jarayoni davomida bilim olishda foydalaniladigan turli xil ko‘rinish va shakllardagi o‘quv materiallari manbasi tushuniladi.

Boshqacha aytganda, ta’lim resursi – o‘quv jarayonida foydalaniladigan axborotlar manbasi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’lim resurslarini quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:

1. Matn, rasm, sxema va jadvallarni o‘z ichiga olgan an’anaviy nashr materiallari (darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni va kursi, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘llanmalar, masalalar to‘plami, lug‘atlar, kataloglar, ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar, o‘quv-ko‘rgazmali materiallar, turli xil uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, savol va topshiriqlar va boshqa).

2. An’anaviy audio va video-materiallar: musiqiy va nutqiy materiallar (ma’ruzalar yozilgan disklar, audiokitoblar, o‘quv videofilmlari va boshqa), namoyish roliklari, taqdimot lavhalari, kinematografik mahsulotlar.

3. Zamonaviy (raqamli) elektron resurslar: turli xil axborot tashuvchi vositalar (disk, fleshka va b.)ga yozilgan fayllar, zamonaviy elektron vositalari yoki kompyuterlar yordamida eshitish va ko‘rish imkoniyati yaratilgan raqamli elektron materiallar.

4. O‘qish, mustaqil ta’lim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar: o‘quv mazmuni yoritilgan va o‘quvchi bilan o‘zaro muloqotga yo‘naltirilgan hamda ma’lum pedagogik vazifalarni yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar, dasturlar majmui yoki tizimlari. Zamonaviy elektron resurslar va o‘qish, mustaqil ta’lim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar birgalikda «Elektron ta’lim resurslari» deb ataladi.

Elektron ta’lim resurslari deganda, foydalanuvchi, ya’ni o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda avtomatik rostlanish imkonini beruvchi, egallangan bilimni avtomatik nazorat qilish tizimi bilan birlashgan o‘quv materiallarini uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi. Elektron ta’lim resurslarini saqlash va ma’lumotlarni taqdim etish shakliga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:

● alohida fayllar – an’anaviy resurslarning faylli ekvivalentlari (jadvallar va grafik illyustratsiyalardan iborat matnli hujjatlar, illyustratsiyalarning grafik fayllari, audio-video formatli fayllar va boshqa);

● gipermatnli materallar – matn, grafiklar;

● multimedia elementlari kabi elektron o‘quv adabiyotlarining elementlaridan tashkil topgan elektron o‘quv adabiyotlari va muayyan an’anaviy resurslarning elektron ekvivalenti. Elektron ta’lim resurslarini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

● elektron o‘quv-tarbiyaviy resurslar;

● o‘quv materiallarini uzatish elektron resurslari;

● o‘qishni tashkil etish elektron resurslari;

● ta’lim-tarbiyani boshqarishni tashkil etish elektron resurslari. Elektron o‘quv-tarbiyaviy resurslar o‘z navbatida quyidagilardan tashkil topadi:

● elektron o‘quv adabiyotlari (elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar, nashrlar, ma’lumotlar banki, elektron ma’ruza matnlar, o‘quv-uslubiy majmualar) mashg‘ulotlar, mashqlar va boshqalar;

● uslubiy materiallar: dars rejasi, uslubiy tavsiyalar, tadbirlar ssenariysi (intellektual o‘yinlar, teleko‘rsatuvlar, adabiy kechalar va boshqalar), didaktik materiallar, ko‘rgazmali namoyish materiallari (dars bo‘yicha prezentatsiyalar, diagrammalar, jadvallar, rasmlar, videorasm materiallari);

● lug‘atlar: onlayn-ensiklopediya, lug‘at, to‘liq matnli kutubxona, ma’lumotnomalar;

● mediaresurslar: virtual laboratoriyalar, virtual sayohatlar, virtual muzeylar, ko‘rgazmali qo‘llanmalarning raqamli kutubxonasi va boshqalar.

O‘quv materiallarini uzatish elektron resurslari: elektron pochta, chat, chat-forum, ovozli chat, audio-video chat (videochat), ISQ, IP-telefoniya (internet-telefoniya), forum, bloglar, videoblog, jonli jurnallar, vikipediya, multimedia, interaktiv mediatexnologiya, onlayn videokonferensiya va boshqa. O‘qishni tashkil etish elektron resurslari: masofaviy o‘qitish, elektron ta’lim, ochiq ta’lim. Ta’lim-tarbiyani boshqarishni tashkil etish elektron resurslari: internet, intranet (Intranet) korporativ tarmog‘i va turli xil dasturlar («Rektor» dasturi, dars jadvali dasturi, ta’lim dispetcheri dasturi, elektron dekanat dasturi va boshqa). Albatta, ta’lim sifatini ta’minlashda elektron ta’lim resurslari tarkibida elektron o‘quv resurslari muhim o‘rin egallaydi. Elektron o‘quv resurslari nafaqat masofaviy ta’lim, elektron ta’lim yoki ochiq ta’limda, balki an’anaviy ta’limda ham keng qo‘llaniladi.


  1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2019 yil 21 maydagi “Khan Academy elektron platformasidan xalq ta'lim tizimida keng foydalanish va elektron ta'lim resurslarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 178-son buyrug‘ining mazmun-mohiyati.

2019 yil 21 mayda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining “Khan Academy elektron platformasidan xalq ta'lim tizimida keng foydalanish va elektron ta'lim resurslarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 178-son buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyruqqa asosan umumta’lim maktablarida Khan Academy elektron platformasidan keng foydalanish va o‘quvchilar bilimini oshirishda bepul ta’lim resurslarini yanada ko‘paytirish masalalari yoritilgan.

Ushbu masalalarga kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichida to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Bu bosqichda shuningdek:

- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;

- o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash;

- kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini mustahkamlash;

- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta’minlandi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi dars mashg‘ulotlariga sezilarli ijobiy samara beruvchi yangilik kiritishdan iborat. Axborotkommunikatsiya texnologiyalari ta’lim modelida pedagoglar fasilitator, tyutor, mediapedagog, moderator kabi vazifalarni ado etadilar.

Jumladan: - kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim berishda pedagog fasilitator, ya’ni jarayonda asosiy yordamchi; - masofadan o‘qitish ta’limida tyutor vazifasini, ya’ni masofadan o‘quvchi bilan o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi, aloqani o‘rnatuvchi, vazifa beruvchi va tahlil qiluvchi;

Ta’lim tizimini axborotlashtirish, uni jahon axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlash, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu yo‘nalishda quyidagilar asosiy vazifalar sifatida belgilab qo‘yilgan:

- ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash;

- ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirish.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy qilish natijasida quyidagilarga erishish mumkin:

1. Elektron shakldagi o‘quv adabiyotlari va ma’ruza matnlarining mazmunini doimiy ravishda yangilab va boyitib borish imkoniyati tug‘iladi.

A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida may oyida tashkil etilgan msofadan onlayn malaka oshirish kurslari doirasida ham elektron o‘quv adabiyotlari yaratilgan bo‘lib, tinglovchilar uchun elektron malaka oshirish resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlarini ZOOM dasturi asosida samarali olib bormoqdalar..
3.Khan Academy elektron platformasi imkoniyatlari.

Khan Academy AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda MTI (Massachusets texnologiya instituti) hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat.

Khan Academy Oʻzbek — bu o‘zbek tilidagi ilk onlayn ta’lim maktabi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Xan akademiyasiga 2006 yilda amerikalik Salmon Xon tomonidan asos solingan. U boshqa shtatda istiqomat qiladigan jiyaniga matematika bo‘yicha masofadan turib saboq berish uchun darslarni video shaklida yozib, youtube tarmog‘iga joylashtirib boradi. Bu orada uning videosaboqlari boshqa foydalanuvchilar orasida ham keng tarqaladi. Shu tariqa akademiyaning ilk asosi qo‘yilgan.

Khan Academy onlayn tarzda mustaqil bilim olishga mo‘ljallangan platforma hisoblanadi. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar bo‘yicha 9 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi. Videolar 5-6 daqiqalik mikroma’ruzalardan iborat. Har bir video muayyan fan bo‘yicha bitta tushunchani tushuntirishga yo‘naltirilgan. Mazkur mavzu yuzasidan bilimlarni sinash uchun interaktiv mashqlar ham taqdim etiladi.

Khan Academy kontenti bugungi kunda 36 ta tilga tarjima qilingan bo‘lib, undan 190 dan ortiq davlatda 74 millionga yaqin odam foydalanadi. Eng ahamiyatlisi, platformadan foydalanish mutlaqo bepul.

Platformani o‘zbek tiliga o‘girish bilan «Bilim Onlayn» NNT shug‘ullanadi. Khan Academy Oʻzbek`ning maqsadi va vazifalari:



  • Onlayn ta’lim uchun kontent yaratish

  • O‘zbek tilida kontent yarati

  • Aniq va tabiiy fanlarni dunyo miqyosida o‘rganish imkoniyatini taqdim qilish

  • Xalqaro tajribani o‘rganish

  • O‘zbekistonga mos o‘zimizning kontentni yaratish

Birinchi fan — boshlang‘ich matematika video va matn materiallari to‘liq tarjima qilindi;

Dastlabki 400 dan ortiq video darslar yaratildi va Youtube`dagi kanaliga yuklandi.

Platforma uz.khanacademy.org manzilida ishga tushirilgan.

Ushbu platforma millionlab odamlarga nafaqat O‘zbekistonda, balki o‘zbek tilida so‘zlashuvchi boshqa mamlakatlarda yashaydiganlar uchun ham sifatli va bepul ta’lim olish imkoniyatini beradi.

Shaxsiy o‘qituvchi bilan shug‘ullanish imkoniyati bo‘lmagan bolalar ham o‘zbek tilida dunyo standartlariga javob beradigan bilimni hamma joyda, istalgan vaqt va bepul olishlari mumkin.

Platforma individuallashtirilgan bo‘lib, u teskari sinfxona metodini qo‘llash imkonini beradi, ya’ni Khan Academy videolari o‘quvchilarga uyga vazifa qilib berilishi, sinfda esa ularga tushunarli bo‘lmagan joylarigina muhokama qilinishi mumkin.

4.Umumta'lim maktabida Khan Academy elektron platformasi foydalanishni tashkil etish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Khan Academy elektron platformasi kabi elektron ta’lim resurslarini asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchi yoshlarni hayotiy ko‘nikmlarini shakllantirishga xizmat qilishi hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan umumta’lim maktablarida Khan Academy elektron platformasi kabi elektron ta’lim resurslarni joriy etish muammolari va ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga to‘xtalib o‘tsak.

Hozirgi kunda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ta’lim sifatiga bir necha asosiy muammolar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular:
– Khan Academy elektron platformasi va internet resurslaridan foydalanish imkonining deyarli yo‘qligi;
– darsliklar, uslubiy adabiyotlar, masalan, boshlang‘ich sinf darsliklarining aksariyati talabga javob bermaydi;
– o‘qituvchilarning professional darajasi pastligi (Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish institutida malaka oshirish ijobiy natija bermayapti);
– maktablarda moddiy-texnik baza yetishmasligi;
– yangi o‘qish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmayotgani – bu boradagi barcha ishlar me’yoriy hujjatlarni qabul qilish yoki bekor qilish bilan amalga oshirilmoqda;
– o‘qituvchi faoliyati va ota-onalar majburiyatlarida aniq algoritmning yo‘qligi.
Mamlakatimizda o‘rta ta’lim sifatini oshirish uchun takliflarim quyidagilardan iborat:
– barcha darsliklarni tahrir qilish zarur. Bu jarayonga malakali o‘qituvchilarni jalb qilish kerak;
– barcha umumta’lim maktablarini qisqa muddatda internet resurslari bilan ta’minlash lozim. Bir necha yildan buyon bu haqda gapiriladi, lekin amalda siljish yo‘q;
– o‘qituvchilar oylik maoshini yanada oshirish, ularning sifatli dam olishini ta’minlash, uy-joy, ijtimoiy imtiyozlar taqdim etish orqali ular mavqeini oshirishni davom ettirish zarur;
– Xalq ta’limi vazirligi faoliyatida qat’iylik va izchillik yetishmayapti: maktab formasi goh qabul, goh bekor qilinadi; maktablar ta’miri uchun mablag‘ yig‘ish taqiqlandi, biroq bunga pul ajratilmayapti; qog‘ozbozlik rasman bekor qilingan bo‘lsa-da, o‘qituvchi har qanday komissiya uchun bir uyum qog‘ozlarni taqdim etishi kerak.

Mening fikrimcha, bolalarda bilim olishga ishtiyoq yo‘q. Bu ularning oilalariga bog‘liq deb o‘ylayman. Qars ikki qo‘ldan chiqadi, degan gap bor. Agar o‘qituvchi bolalarda ishtiyoq ko‘rsa, ishiga butunlay boshqacha yondashadi. Yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar soni juda kam. Aksariyat bolalarning o‘zlashtirishi yaxshi emas, bilim olishga intilishi ham yo‘q. Ota-onasini chaqirib, bu haqda gapirsak, har xil javob beradi. “Qiziqishi bo‘lmasa, nega bolamni ezasan”, deydiganlari ham bor. Bola xulqi va o‘qishi haqida ota-onasi bilan suhbatlashishdan maqsad uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish emasmi? Bunday ota-onalar nima uchun bolasini maktabga yuboradi? Ayrim ota-onalar suhbatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, choralar ham ko‘radi. Umuman olganda, bunday holat umumiy muhitga ta’sir etmasdan qolmaydi.

Kuzatishim bo‘yicha aksariyat ota-onalarning farzandlari o‘qishiga e’tibori kam. Ularning javobi deyarli bir xil: “Biz kunbo‘yi ishdamiz, oila va bola boqyapmiz”. Shu bosi bolalarning o‘qishi va xulqi deyarli nazoratsiz qolmoqda. Ba’zi ota-onalar hattoki chorak tugul, bir yilda bir marta ham maktabga kelmaydi, farzandining o‘qishi bilan qiziqmaydi ham.

5.Boshqaruv usullari, ta'lim va axborot texnologiyalaridan ta'lim jarayonida foydalanish.

Har bir muassasaning faoliyatidagi samaradorlik, birinchi navbatda, jamoadagi shaxslararo munosabatlarning qanchalik to‘g‘ri tashkil etilgani yoki etilmaganligiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, ishning qanday tashkil etilishi rahbarlik, boshqaruvchilikning tashkil etilishi darajasiga bog‘liq.

Har bir rahbar pedagogik tizimni boshqarar ekan, eng avvalo, undagi muammolar va bu tizimdagi a’zolarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Rahbarlik uslublari va uning mazmunmohiyatiga rahbar o‘z boshqaruv faoliyatida afzal bilgan va asoslangan barcha usullar va harakatlarning taktika va strategiyalaridan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Bunda, bir tomondan, strategiyalar bilan boshqaruv faoliyati mazmuni, ikkinchi tomondan, bu tizimning o‘zi, inson faoliyati muhitida turli ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar va shu qatorda professional faoliyat boshqaruv sub’ektining rivojlanishi, mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Rahbarning unga bo‘ysunuvchilarga nisbatan ta’sir ko‘rsatishi va ko‘zlangan maqsadga erishishga ularni undashida o‘zaro munosabatlar quyidagilarga asosan aniqlanadi:

- qarorlar qabul qilish jarayonida bo‘ysunuvchilarning ishtirok etish darajasi;

- bo‘ysunuvchilarning ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlanishi;

- rahbar tomonidan qo‘llanilayotgan ish uslublari, ya’ni u yoki bu masalani hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishi.

Liderlik – bu shaxsning shaxsiy yetukligining (shaxsiy yetuklik – shaxsiy kamolot, individual yuksak ma’naviyat, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy barkamolligini anglatuvchi tushuncha1) odamlar xulq-atvoriga ta’siriga asoslangan guruh, jamoadagi tabiiy ijtimoiy-psixologik jarayonidir.

Liderlik asosan uch xususiyatga ega: 1. Emotsional lider. 2. Ishonchli lider. 3. Informativ lider Emotsional lider guruhning yuragi bo‘lib, har bir inson unga hamdardlik izlab murojaat qilishi, «uning ko‘kragiga bosh qo‘yib yig‘lashi mumkin». Ishonchli lider guruhning qo‘llari bo‘lib, u ishni tashkillashtiradi, ish yuzasidan muhim aloqalarni yuzaga keltiradi, ishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Informativ lider (guruhning miyasi)ga hamma savollar bilan murojaat qilishi mumkin, chunki u hamma narsani biladi, tushunadi, tushuntiradi. Rahbar amalga oshiradigan boshqaruv funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:



rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat. Rejalashtirish – boshqaruv faoliyatining boshlanishi va asosidir. Tayyor rejalar nima qachon va kim tomonidan bajarilishini ko‘rsatib turadi. Rejalashtirish o‘tmishdagi rivojlanish, hozirgi sharoitlarni tahlil qilish va kelajakka real vazifalarni qo‘yishni nazarda tutadi. Tashkillashtirish – tizimni yuzaga keltirishdir, bunda quyidagi uch komponent: intiluvchi guruhlar, iqtisodiy munosabatlar va texnik vositalar mantiqiy ravishda birbiriga bog‘langan bo‘ladi. Nazorat – ish faoliyatini tartibga keltirish, tasniflash, hodisalarni oldindan belgilangan shakli bo‘yicha baholashdir. Nazorat yordamida ijtimoiy-psixologik ob’ektlar, ular uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki tasniflash amalga oshiriladi. Rahbarlikda ba’zida o‘z e’tiborini faqat vazifalarga, ishga qaratgan yoki faqat xodimlarga qaratgan rahbarni ko‘rish mumkin. Albatta, bunday ko‘rinishdagi rahbarlarning ikkalasi ham jiddiy kamchiliklarga ega, deb baholanadi. Shu o‘rinda boshqaruv madaniyati, boshqaruv ma’naviyati tushunchalarini izohlab o‘tsak. Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va rahbarlik sohasidagi muayyan maqsadga erishish yo‘lida insoniy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar majmui. Boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirish hisoblanadi.

Abu Nasr Farobiyning «Aql to‘g‘risida»gi risolasida rahbarlikka xos bo‘lgan quyidagi ayrim fikrlar bayon etilgan. Aqlli deb, shunday kishiga aytamizki, unda o‘tkir zehn-idrok bo‘lishi bilan birga, fazilati ham bo‘lsin. Bunday kishi o‘zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‘zini saqlashga va tortishga qaratgan bo‘lmog‘i lozim. Ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega. Yomon ishlardan o‘zlarini chetga olib yuradilar. Shunday odamnigina aqlli va to‘g‘ri fikr yurituvchi, deb atash mumkin3. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur o‘zining «Temur tuzuklari»da mansabdor shaxsning o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, adolatsizligi, yolg‘onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, o‘z so‘zining uddasidan chiqmasligini qattiq qoralagan, «Kuch – adolatda» g‘oyasini ilgari surgan.

Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari ayni vaqtda hech kim uchun yangilik emas, biroq uning kundan kunga takomillashib borayotganligi yangidan -yangi qirralarni namoyon etadi. Jamiyat yangilangani sari undagi har bir sohada ham ma’lum bir o‘zgarishlar va burilishlar ro‘y beradi. Buni avvalgi ta’lim tizimi bilan bugungi ta’lim tizimini taqqoslaganda farq katta ekanligidan ham anglash mumkin. Shu sababli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni yuqoridir. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rnini yanada oshirish maqsadida turli elektron darsliklar, elektron o‘qitish usullari ishlab chiqilgan va bugungi kunda ham bu jarayon davom etmoqda.

Ta’lim jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning muhim yo‘nalishlaridan biri masofaviy ta’lim hisoblanadi. Masofaviy ta’lim – axborot-kommunikatsiya texnologiyalar (kompyuterlar, telekommunikatsiyalar, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab, ta’lim (kunduzgi, sirtqi, eksternat) olish shaklidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishini yuqoritezlikka ega bo‘lgan aloqa tarmoqlari, xususan Internetsiz tasavvur qilish mumkin emas. Internet arxitektura jihatidan ochiq va markazlashmagan,axborotlarga boy, arzon va o‘ziga xos aloqa vositasi bo‘lib, ochiq demokratik jamiyatning rivojlanishida juda qo‘l keladi hamda butun insoniyatning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratadi. Xususan, ta’lim jarayonlarda Internet tizimidan foydalanishuning samaradorligini bir necha barobarga oshiradi.



Joriy yil 18 martdan boshlab barcha umumta’lim matkblarida ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazildi. Maktab rahbari sifatida ushbu jarayonlarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarimizni yanada oshirishga ehtiyoj sezildi. Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va o‘quv materiallarini berishi, o‘quvchilar esa bajarilgan ishlarni tekshirishga yuborishlari mumkin. Yakun bo‘yicha o‘qituvchilar elektron jurnalga baho qo‘yadi yoki javoblar ustida yana ishlash bo‘yicha sharhlarini qoldiradi. Shuningdek, o‘zaro shaxsiy xabarlarni almashish, e’lonlarni chop etish, guruhlarni yaratish funksiyalaridan ham foydalanish mumkin. Pedagoglarning ishini osonlashtirish va ota-onalarga karantinda ta’lim olishning o‘ziga xos xususiyatlarini tezroq o‘zlashtirishga yordam berish uchun biz maxsus videoyo‘riqnomani tayyorlamoqdamiz. O‘quvchi bajarilgan vazifani Kundalik orqali tekshirishga yuborishi uchun o‘qituvchi vazifani yaratayotganda “Fayl natijasi bilan talab etiladi” degan bandni belgilashi zarur. Biz bunday ommaviy karantinga ilk bor duch kelyapmiz, shu bois bolalarni masofadan turib qanday samarali o‘qitish, ularning ishini baholash mumkinligini ko‘pgina o‘qituvchilar yaxshi tushunolmayapti. Kundalik tizimida hammasi ko‘zda tutilgan bo‘lib, masofaviy ta’lim funksiyalari oddiy va tushunarli. Pedagoglarda nazariy qism bo‘yicha taqdimotlarni hamda bilimlarni tekshirish uchun topshiriqlarni yuklash, ishni yaxshilash bo‘yicha sharhlar qoldirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatlar tufayli maktablardagi o‘quv jarayonini hatto karantin davrida ham davom ettirish mumkin.

6. Elektron ta’lim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi



.

Elektron o‘quv resurslarini yaratishga quyidagi umumiy, didaktik, uslubiy, psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik, ergonomik va sanitar-gigienik talablar qo‘yiladi1.



1. Umumiy talablar: elektron darslikning tuzilmasi va mazmuni o‘quv dasturiga mos kelishi, o‘qitishda ilmiylik, muammoviylik, ko‘rgazmalilik, onglilik, ta’lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta’minlashi, fan, texnika va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini hisobga olishi, foydalanishda o‘qitishning tizimliligi va ketma-ketligi, ta’lim oluvchilarning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishi, o‘qitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarini bajarishi, o‘quv faoliyatining izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko‘rinishlarini hamda hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berish, nazorat topshiriqlar, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi, murakkab ob’ektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va h.k.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o‘tish vositalarining tarkibida saqlashi kerak, ularning trening vositalari – ta’lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog‘liq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirish.

2. Didaktik talablar: moslashuvchanlik, interfaollik, kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlari, ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirishi, fikrlash, murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahoratini oshirishi, axborotga ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishi, o‘quv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bog‘liqligini, ta’lim berishning to‘liqligi va uzluksizligini ta’minlashi hamda muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o‘rgatuvchi tizimiga ega bo‘lishi.

3. Uslubiy talablar: o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda yaratilishi, o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi, fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlik hisobga olinishi, ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi, barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizu allashtirishning ochiq tizimiga ega bo‘lishi, o‘zgaruvchan ob’ektlar yoki jarayonlarning bog‘liqligi namoyish qilinishi.

4. Psixologik talablar: o‘quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi, qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olishi, o‘quv materiali mazmunida ta’lim oluvchilarning yoshi, tayanch bilimlari inobatga olinishi, obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, o‘qitishning ko‘rgazmaliligini ta’minlashi, talabalar tomonidan o‘rganilayotgan ob’ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili, anglangan holda qabul qilishi va shaxsan kuzatishi, hayotiy tajribasini hisobga olish zaruriyatini ko‘zda tutishi.

5. Texnik, texnologik talablar: lokal va boshqa tashqi axborot tashuvchilarda va tarmoqli tartibotda harakatlanishi, multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini maksimal qo‘llash imkonini berishi, ishlashda puxtalik va turg‘unlilik ta’minlanishi, geterogenligi (elektron darslik spesifikatsiyasida ko‘zda tutilgan turli xildagi kompyuterli va boshqa shunga o‘xshash vositalarda turg‘un ishlashi), resurslardan samarali va to‘g‘ri foydalanish imkoniyati yaratilishi va testlashtirilgan bo‘lishi.

Yuqoridagilardan tashqari elektron o‘quv resurslarining turli xildagi ko‘rinishlariga nisbatan quyidagi maxsus texnologik talablar ham qo‘llanishi mumkin:

● turli xildagi elektron tashuvchilardan foydalanishni qo‘llash imkoniyati;

● elektron va qog‘ozli tashuvchilarni kombinatsiyalashtirish imkoniyati;

● lokal va tarmoqli tartibotda ishlash imkoniyati;

● tarmoqda lokallashtirilgan va tarqatilgan komponentlar miqdori;

● o‘qitishni boshqarish jarayoni va umumiy axborot;

● bazalarining vositalari miqdori;

● jamoaviy ishlarni tashkil qilish vositalari miqdori (o‘qituvchi yoki boshqa ta’lim oluvchilar bilan teskari aloqa).

6. Sanitar-gigienik talablar: shrift turi va o‘lchovi, fon belgisi va rangi, shrift va fon orasidagi farq, satrlar orasidagi masofa, ekranga bezak berish talablari. Elektron o‘quv resurslarini yaratishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish talab etiladi: modullilik, to‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarmoqlanish, boshqaruvchanlik, ko‘nikuvchanlik, kompyuterli qo‘llab-quvvatlash va yig‘iluvchanlik tamoyillari.

Fikrimizcha, elektron o‘quv resurslarini yaratish quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

● fanga oid manbalarni tanlab olish;

● mundarija va tushunchalar ro‘yxatini ishlab chiqish;

● bo‘limlardagi (modullardagi) matnlarni qayta ishlash va yordam berish bo‘limini tuzish;

● gipermatnni elektron shaklda amalga oshirish;

● kompyuterli qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;

● materiallarni multimediali ob’ektlarga keltirish uchun tanlab olish;

● tovush jo‘rligini tatbiq etish;

● materialni vizuallashtirish;

● foydalanishga tayyorlash;

● foydalanish uslubiyotini ishlab chiqish.



Yuqoridagi talablar asosida tayyorlangan elektron-o‘quv resurslarini foydalanishga tayyorlash uning tarkibiy qismlariga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutishi mumkin. Yuqoridagi talablar darajasida tayyorlangan elektron-o‘quv resursiga undan foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ilova qilinishi zarur.

Xulosa va tavsiyalar
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda xalqaro ta’lim tizimida yagona ta’lim standartlarini yaratish (masalan, Bolonya jarayoni, Yevropadagi 49 davlatdan 47 tasi a’zo), o‘zaro tan olish tamoyili asosida o‘qituvchilar va talabalar mobilligini oshirish, yuqori darajadagi kasbiy kompetentlikka ega kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim tizimida barcha akademik darajalar va boshqa ixtisosliklarni mehnat bozori talablari asosida bir xil shakllantirish hisobiga bitiruvchilarni muvaffaqiyatli ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masofaviy va elektron ta’limga e’tibor va ehtiyoj kuchaymoqda. Albatta, bularning asosiy negizida elektron ta’lim resurslari muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hozirgi bosqichidagi asosiy vazifalaridan biri – ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro ta’lim tizimi darajasiga ko‘tarish, O‘zbekiston ta’lim tizimining sifat va mavqeini yanada oshirish, fuqarolarning jahondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishiga keng yo‘l ochishda «Elektron ta’lim» milliy tizimini davlat tilidagi elektron ta’lim resurslari bilan boyitish, uning samarali ishlashini ta’minlashdir. Bu esa oliy ta’lim muassasalari, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari va ilmiytadqiqot institutlari olimlarining asosiy vazifasi bo‘lmog‘i lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni (lex.uz)

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son Qarori /Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y., 07/18/3907/1706-son).

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018 yil 5 sentyabr, PQ-3931-son Qarori /Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018 y., 07/18/3931/1841-son.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538-son Farmoni / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2018 y., 07/18/3931/1841-son.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.

Asosiy adabiyotlar

  1. Axrarov B., Djuraeva K. “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan foydalanish”. O‘quv qo‘llanma. T.:”El-press”, 2012 y. 282 b.

  2. Djaylavov A. – Internet va ochiq ta'lim resurslaridan foydalanish. Metodik qo‘llanma, A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI, 2018 y.

  3. Djaylavov A.,Qodirov T. Kompyuter tarmoqlari va internetda ishlash asoslari. Metodik qo‘llanma. - A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2015 y.

  4. http://www.google.com – ommabop axborot-qidiruv tizimi

  5. https://www.khanacademy.org/

  6. https://www.uz.khanacademy.org

8. So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan esse (1-2 bet);

9. Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar;



10. “Yo‘l xaritasi”

1 Электрон таълим ресурсларига умумий талаблар. – ОЎМТВ, 2013. -10, 14-б.


Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling