O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 299.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.12.2019
Hajmi299.75 Kb.
  1   2   3   4   5   6

 

1

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 



A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

TARIX  FAKULTETI 

 

Umumiy tarix  kafedrasi 

 

 

 

“Ximoya qilishga ruxsat beraman” 



Tarix fakul’teti dekani  

«_____»______________2013 



 

5140600-Tarix 

 

MAVZU:  O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI 

O’RGANISHDA  YUNON TARIXCHILARI  ASARLARINING 

O’RNI 

 

 

 

 

BITIRUV  MALAKAVIY ISHI 

 

 



 

 

 



 

Bajaruvchi:           

          Mirzayev Sherzod 

 

 



Ilmiy rahbar: 

                       Toshboyev Furqat 

 

 

 

BMI “Umumiy tarixi” kafedrasi yig’ilishining № 10 sonli 

qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan. 

 

Kafedra 



mudiri 

v/b:   F.Toshboyev 



 

 

 

Jizzax – 2013 

 

2

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix 



yo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari 

antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” 

mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga 

TAQRIZ 

Tarixiy voqyeligimiz - ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bulaming 

barchasi, o’quvchi va talaba yoshlami tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga 

qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan 

o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, 

kelgan markazlardan biri bo’lgan. 

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat pay do bo’lgan ilk 

markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa 

arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, 

dunyoda hyech bir xalqdafi kam emasligini anglash imkonini berdi. 

Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda 

yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi 

kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi 

mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi 

sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida 

albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan bo’lib ishning 

birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb 

nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-

siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy 

hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan. 

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki 

nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor 

hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan 

o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu 

yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ulaming qo’li tekkan. Ularda 

bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 



 

3

Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb 



nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari 

tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin 

asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida 

O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni 

tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning 

tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali 

inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini 

yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish 

mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini 

mustahkamlaydi». 

Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim 

adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat. 

Talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi va mavzuga oid tarixiy-

ilmiy manbalami tahlil qilish va undan o’ziga hos xulosalar chiqara olganligi 

diqqatga sazovordir. 

Yuqoridagilami hisobga olgan holda men ushbu talabaning mazkur bitiruv 

malakaviy ishini ijobiy baholayman. 



tarix kafedrasi dotsenti A.Pardayev 

 


 

4

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix 



fo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari 

antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” 

mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga 

TAQRIZ 

Prezidentimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, 

ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’miga 

baho berib shunday degan edi: «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim 

bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, 

bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. 

Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Biroq, 

antik davrlami o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar kifoya qilmaydi, 

faqat ulaming o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal 

va qanchalik noyob 15o’lmasin, biz ulaming faqat tashqi shakliga qarab 

fikrlaymiz, taxmin yuritamiz. 

Bitiruvchi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini 

o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy 

ishi bugungi kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dol^arb mavzulardan biri 

hisoblanadi. Bitiruvchi mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va 

ishning yangiligi sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. 

Ishning oxirida albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

keltirilgan. 

BMIning birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi 

tarixshunosligi” deb nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik 

davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik 

davrdagi madaniy hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan. 

Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham 

yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning 

uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim 

klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin. 



 

5

Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb 



nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari 

tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin 

asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida 

O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 

Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, holislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan 

holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqkan holda 

yondoshiladi. 

Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari 

surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat kiladi. Tadqiqot 

jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uygunligi tamoyillariga amal qilinadi 

va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor 

beriladi. 

Mavzuni o’rganib chiqib shunday xulosaga keldim, ishda ayrim juz’iy 

kamchiliklar ham uchraydi. Lekin ushbu kamchiliklar ishning mazmuniga o’z 

ta’sirini ko’rsatmaydi deb hisoblayman va ishni ijobiy baholayman. 



O’rkinova M 19-maktab tarix fani o’qituvchisi 

Taqrizchi;. 

 

 



 

6

REJA 



 

Kirish  


 

I-BOB. O’RTA OSIYo XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI 

TARIXShUNOSLIGI 

 

1.  O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 



tarixshunosligi 

2.  O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti 

 

II-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI 

O’RGANISHDA  YUNON TARIXCHILARI  ASARLARINING O’RNI 

 

II. 1. Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi 



II. 2. Strabon, Arrian, Diodor va Poliyen asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi 

haqidagi ma’lumotlar  

II. 3. Kvint Kursiy Ruf, Plutarx, Pompey Trog va Yustin asarlarida O’rta Osiyo 

xalqlari tarixining yoritilishi 

II. 4. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniyati tarixi haqida manbalarni 

o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari 

 

Xulosa 


Foydalanilgan adabiyotlar 

 

7

KIRISh 



 

Mavzuning dolzarbligi. Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy  meros, milliy 

an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda 

muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. 

O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo 

xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan.  

O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi  insoniyat paydo bo’lgan ilk 

markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa 

arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, 

dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. 

Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab 

kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan 

bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z 

tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Madaniyatning asl beshigi 

sharq mamlakatlarn bo’lgan, dastlabki adabiy yodgorliklar avvalo Misr, Eron, 

Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan. 

  

Afsuski, bebaho antik yodgorliklar Urta Osiyo adabiyotida saqlanib 



qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti 

bilan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq 

tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va 

hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham 

shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. 

Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir. 

Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki 

nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor 

hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan 

o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu 

yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda 

bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 



 

8

Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni 



tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning 

tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali 

inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini 

yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish 

mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini 

mustahkamlaydi»

1



Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud 



bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn 

Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy, 

Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha 

ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu 

(Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi.  

Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim 

zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini   aniq misollar orqali ham isbot etish 

mumkin


2

. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada 

qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib 

Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon 

fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson 

zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab, 

skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.

3

  



 Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar 

kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim 

topilmalar g’oyat go’zal   va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi 

shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.  

                                                 

1

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. – Т.:Шарқ, 1998. 12-13 б. 



2

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29 б. 

 

3

 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг қадимги давр тарихи. Т., 1994, 60 б. 



Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с. 

3

  Н.Я.Бичурин(Иакинф)  Собрание  сведений  о  народах,  обитавших  в  Средней  Азии  в  древние  времена. 



,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с. 

 


 

9

To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim 



ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, 

bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik 

o’ziga asir etadi. 

Maqsad va vazifalari. Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya 

qiluvchi grek va Rim adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat 

 

-  Vazifalari esa, Urta Osiyo xalqlarining og’zaki ijodiyoti juda qadim 



zamonlardayoq o’ziga xos ravishda rivojlanganligining asoslash, 

 

-  Sobiq Sho’ro tuzumi davrida ko’pgina tarixchilar tomonidan, O’rta Osiyo 



hudududida yashagan qadimgi turkiy halqlarning Yevro Osiyo cho’llaridan kirib 

kelganligi, va bu o’lkada  xind-yevropa tillarida so’zlashgan elatlar yashaganligi 

kabi sho’rolar mafko’rasining yevrosentirizm nazariyasiga mos konsepsiyasini 

noto’g’ri ekanligini ko’rsatib berish; 

- Shuningdek, turkiy halqlarga shahar madaniyati va sug’orma dehqonchilik 

rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ko’chmanchi varvarlar – buzg’unchi va 

yovvoyilar deb baho berilgan bahoni asossiz ekanligini ko’rsatib berish.  

 

 



 

Og’zaki ijod namunalari bo’lmish «To’maris» afsonasi Gerodotning 

 

«Tarix» asaridan, «Shiroq» afsonasi esa Polienning «Harbiy hiylalar» kitobidan 



salmoqli o’rin egallagan. «Greklar o’zlarining go’daklik davrlari bilan, kishilikning 

mukammal va mumtoz namoyandalari sifatida, butun kishilik jamiyatining 

go’daklik davrini ifoda qiladilar Homer dostonlarini o’qirkan, kishilik dunyosi 

o’zining porloq go’daklik (faqat greklarnikini zmas) davrini xotirlaydi», deb 

yozgan zdi ulug’ rus tanqidchisi V. G. Belinskiy.  

Haqiqatning asl ifodasiga ega bo’lgan bu so’zlar insoniyatning go’daklik 

davrini kuylovchi Homer asarlari naqadar bebaho ekanligini tasdiqlaydi. Hamma 

xalqlarning o’tmish davri bir-biriga o’xshash va mumtoz holda kechgan. Shuning 

uchun ham faqat o’zimizning emas, o’zga xalqlarning antik davrlariga ham 

qiziqish bilan qaraymiz.  

Homer dostonlarida tasvirlangan voqyealar bizga yaqindan tanishdek, ular 

go’yo ona tariximiz haqida hikoya qilayotgandek tuyuladi. Jahonda grek 



 

10

adabiyotidan ma’naviy oziq olmagan bironta adabiyot topilmasa kerak. Antik 



dunyoning badiiy go’zalligiga asos solgan Homer ijodigina emas, shu bilan birga, 

Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan kabi so’z san’atkorlarining nodir adabiy 

durdonalari ham bitmas tuganmas badiiy estetik zavq manbaidir. Gesiod, Gerodot, 

Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar bilan boyitgan ulug’ 

iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat qimmatlidir. Bu 

adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xos qirralarini kuzatamiz. 

Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham 

yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning 

uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim 

klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin. Antik davrning so’nggi 

bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga olam-olam ma’naviy 

boyliklar in’om etdi. 



Tadqiqotning obyekti va predmeti.  Tadqiqotning tarixiy manbasini antik davri 

tarixiy davr voqyealari va unda manbalarning tutgan o’rnini o’rganish tashkil etadi.  



Tadqiqot metodlari. Ushbu tadqiqotda  turkiy xalqlar qadimgi yozuvlarini 

o’rganish orqali ular ho’jaliklarning moddiy ishlab chiqarishi doimo sodir 

bo’ladigan o’zaro aloqalar tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar  ilmiy yondashuv 

asosida yoritildi 

Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, holislik, haqqoniylik prinsiplariga amal 

qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqkan 

holda yondoshiladi.  

 

Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston 



Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari 

surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat kiladi

4

. Tadqiqot 



jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uygunligi tamoyillariga amal qilinadi 

va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor 

beriladi.  

                                                 

4

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. 



 

11

  Mavzuni o’rganilganlik darajasi.  Bu davr hayotining turli-tuman 

tarmoqlariga doir hozirgi zamon tadqiqotchilari tomonidan yozilgan ko’pgina 

ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud

5

. Bu adabiyotlar orqali antik davrda 



O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy ahvol haqida 

keng tasavvurga egamiz. Biroq  mazkur ilmiy tadqiqot ishlariga asos bo’lgan bosh 

yozma manbalarni ko’pchilik tadqiqotchilar va o’quvchilar ommasiga tushunarli 

tilda ko’p sonlarda nashr etish ishlarini hozirgacha ham to’liq bajarilgan deb 

bo’lmaydi. Vaholonki, o’z zamonasi kishilari, tarixiy voqyealarning jonli 

shohidlari tomonidan yozib qoldirilgan yozma yodgorliklarni kishilik jamiyati 

tarixini o’rganishga doir nazariya asosida chuqur tahlil qilish bizning u davr 

haqidagi bilimlarimizni yanada boyitishi muqarrar. 

          Ishning tarkibiy tuzilishi. Ushbu Malakaviy bitiruv ishi Kirish, ikkita bob, 

xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                 

5

  Адабиётлар охирида келтирилган 



 

12

I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI 



TARIXSHUNOSLIGI 

 

1.1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 



tarixshunosligi 

 

 



O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini 

o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam 

qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi 

va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi  turli davrga oid manbalar sayyox, 

savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar 

tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda  faqat ba’zi voqyealar haqida 

ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida 

umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi 

haqida  to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus-

elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi 

soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir-

biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan. 

“Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari 

ekanligi.  Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki 

Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb 

ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi, 

bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu 

hududda yashashi eslatiladi.  

Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka- 

tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi,  ularning ittifoqlari haqida 

ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir 


 

13

kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar  ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n 



birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan

6

.  



Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari 

konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar 

bilan ko’shnichiligi,  so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan 

tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib 

turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini 

 

ta’kidlaydi. 



 Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va 

dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi. 

Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab 

joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I 

ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo  bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi. 

 Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari 

haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil, 

Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida 

keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan 

yunon tarixchisi Gerodot beradi

7

. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi 



tarixchilar ham bu qabilalar haqida  ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan 

keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi, 

ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi. 

 

Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr, 



Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida 

ma’lumot beradi.  

Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr), 

Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi  

muarrixlar ham O’rta Osiyo  ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari 

va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi

8



                                                 



6

 Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи\\Т.,Университет, 1999, 43 б. 

7

 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с. 



8

 

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б. 



 

14

  Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta 



Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida 

hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning 

yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar 

deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”.  

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan 

chorvador ko’chmanchilar ekanligi  ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan 

avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida 

ham ma’lumotlar berilgan

9

.  


        Xitoy  yilnomalarida  ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan 

Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda  ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy 

Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan 

hududlarni birlashtirgan edi.  

Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”- 

deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga 

dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini 

ko’rsatadi.  

Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub  Xitoy va arab manbalarida hududga 

tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar 

berilgan.  

Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri 

tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq, 

skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar 

haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida 

skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi» 

asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz 

kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y». 

                                                                                                                                                             

Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории, 1954,N2, N8, 212-215с. 

9

.Филанович М.И. Ташкент –Зарождения и развитие города и городской культуры  \\Т., Фан, 1983 14стр. 



 

15

Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, kishi. Eramizdan 



ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday 

ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha 

davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud 

bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim 

sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta 

Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. 

Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot 

(Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari 

yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining 

donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida 

donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan. 

 Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim 

zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini   aniq misollar orqali ham isbot etish 

mumkin


10

  

Eramizdan avvalgi VI—V asrlardayoq bo’lib o’tgan eron-yunon urushi 



chog’ida uzoq yunon o’lkasidan Barkalik butun bir elat Baqtriyaga, milet 

o’lkasidagi Branxid va Everget qabilalari So’g’diyonaga Eron shohi Kir tomonidan 

badarg’a qilingan edi. Bu haqda Kursiya Ruf o’zining «Aleksandr Makedonskiy 

tarixi» asarida shunday bir qiziqarli lavhani keltiradi. Aleksandr branxidlar 

yashayotgan shaharga yetib boradi. Branxidlar shohni yaxshi kutib olib, darrov 

uning amriga bo’ysunadi. Miletliklar ilgaridan branxidlarni sotqinligi uchun 

yomon ko’rishar edi. Shuning uchun shoh branxidlar takdirini hal silishni ularga 

topshirdi. Miletliklar bu muammoni hal qila olmagach, shoh uni o’zi hal qilish 

uchun kirishib, shaharni o’rab oladida, bitta ham odam qoldirmay qirib tashlaydi.  

Kadimgi Yunon viloyati bilan Urta Osiyo (Marg’iyona, Girkaniya, 

So’g’diyona, Baqtriya) va hatto Kaspiy bo’ylari, Kavkaz, Parfiya, Hindiston 

                                                 

10

Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б. 



 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с. 

  


 

16

o’rtasidagi turli xil aloqalarning (Mavjudlngkni yo’l-yo’lakay bayon etib borishga 



harakat qilamiz. Qadimdan Eron, Gresiya, Makedoniya, Misr, Parfyya, Mideya, 

Girkaviya, So’g’diyona, Baqtriya, hatto hind va rimliklar o’rtasida ham 

mustahkam do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan

11

. Urush tufayli, savdo-sotiq, 



madaniy va adabiy aloqalar orqali bo’lsada, bu o’lkalarda yashovchi qabilalar, ellar 

va elatlar vakillari bir dasturxondan tuz nasiba yeyishgan, quda-qudag’ay 

bo’lnshgan. Bir sigirning sutini ichishgan, bir qo’yning go’shtini yeyishgan, hatto 

bir xonadonda yotishgan. Bir-birining tilini o’rganishgan, bir-birining diniga 

e’tiqod qo’yishgan, bir-birining urf-odatlarini qabul qilishgan.

12

.   



 Bir-biridan nasl-nasab orttirib, et bilan tirnoq kabi birikib ketishgan. 

Musofirlik azobini birga totishgan. Taqdir taqozosiga ko’ra ularning jasadi xam bir 

joyga qo’yilgan. Ko’pgina tarixchilar, mabodo Eron, Gresiya, Misr, Makedoniya, 

Rim, Marg’iyona, Girkoniya, Turkiya, Kavkaz, So’g’diyona, Baqtriya, hind 

o’lkasining antik dunyosi haqida so’z yuritishganda faqat qirg’in-barot urushni, 

jaholatni,   vahshiylikni, yovuzlikni eslashadi. To’g’ri, bularning hammasiga urush 

sababchi, ammo mustahkam do’stlik, kuda-andachilik, qo’shnichplik va hamdard-

lik, madaniy va adabiy aloqalar ham bo’lgan-ku? Qadimgi dunyo xalqlarining turli 

xil aloqalari haqida yoki urushlar tarixiga to’xtalganda masalaning mana shu 

tomoniga ham e’tibor berishimizga to’g’ri keladi. 

Kir, Doro davrlarida ham bobokalonlarimiz Eron va Misr o’lkalariga borib 

qolgan. Ehtimol, ularning nasllari hozir ham yashab kelayotgandir. Yoki qadimdan 

Urta Osiyoga kelib qolgan greklar, eronliklar, arablar hozir ham biz bilan do’st 

bo’lib, quda-qudag’ay bo’lib yashashmoqda. Shu jihatdan olib qaraganimizda

uzoq tarixga borib taqalgan xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash bugungi 

avlodlarning ham burchidir. 

                                                 

11

Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 



75 б. 

12

 Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 30б. 



Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с. 

12

  Н.Я.Бичурин(Иакинф)  Собрание  сведений  о  народах,  обитавших  в  Средней  Азии  в  древние  времена. 



,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с. 

 


 

17

Darhaqiqat, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida eramizdan ilgarigi XIII—



XII asrlar voqyealari tasvirlanadi. Bu davrda greklar bilan troyaliklar o’rtasida 

bo’lib o’tgan qirg’in-barot urush o’n yildan ko’proq vaqt davom etadi. Homerning 

«Iliada» dostonida tasvirlanishicha; yunonlar Troya yerlarini zabt etganlarida Qora 

dengiz sohillariga — Paflagoniya, Sangariy viloyatlariga kelganligi, Hippomolglar 

bilan uchrashganligi qayd qilinadi. Biroq, shu o’rinda Homer qaysi asrni nazarda 

tutyapti? O’zi yashagan zamonnimi yoki yunon-troya urushi (eramizgacha XIII—

XII asr) davrinimi? Masalaning bu jihati hozircha tarixchilarga ma’lum emas.  

Osiyoning g’arbida joylashgan, qulay va go’zal geografik sharoitga ega 

bo’lgan„ hozirgi Turkiya davlati hududida barpo etilgan muhtasham va ulkan 

Troya shahrini greklar o’n yil davomida qamal qilib turadi. Greklarning ayrim 

to’dalari o’shanda skiflar yurtiga kelgan. Greklarning Olviya o’lkasiga qachon va 

qanday kelib qolganligi xususida olimlar o’rtasida hamon kuchli munozara, 

tortishuv ketmoqda

13



Olviya shahri skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi. Hatto bu 

shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish mumkin edi. Gerodot Qora dengiz 

qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar 

haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitadi. Undan ilgari xam skiflar haqida talaygina 

kitoblarni o’qib, ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Grek tarixchisi 

Gekatay asarlaridan skiflar haqida birmuncha ma’lumotlar olgan edi. Qadim 

zamonlarda Aristey degan shoir o’zining «Arimasplar» poemasida skiflar hayotini 

kuylagan. Ulug’ so’z san’atkori Homer o’zining «Odisseya» poemasida skiflar 

yurtiga qiskacha ta’rif berib. «bu ellar hamma vaqt tuman bilan qoplangan, 

osmonnda qalin bulutlar suzardi» (XI qo’shiq, 14—15 miyeralar) deb aytgan edi. 

Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilgarigi VIII—VII 

asrlarda skiflar   hayotiga   qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib 

ketganligidan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa 

                                                 

13

Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 



83 б. 

  

 



 

18

mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar 



o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan 

avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga 

bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga 

qaram kilib oladi. 

Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan 

biri Gerodot edi. Gerodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer 

ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning 

ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari 

Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi. 

Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar. 

Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga knrgandi.  


Download 299.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling