O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi Ajini1z nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti


Shimoliy va G`arbiy Evropani tabiiy geografik rayonlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana25.02.2017
Hajmi1 Mb.
#1215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

 

  Shimoliy va G`arbiy Evropani tabiiy geografik rayonlari. 

Shimoliy Yovropa 

Bu  region  tarkibi  asosini  Fenoskandiya  tashkil  etadi.  Fenoskandiya-umumiy  nom 

bilan  Evropaning  shimoliy  qismi  Skandinaviya  yarim  oroli,  Finlandiya  va  Koreliya, 

hamda Kola yarim oroli kiritiladi. Bu katta hudud tabiiy sharoitining og`irligi kristalli 

jinslarning  tarqalganligi,  tayga  wrmonalari  va  tundra  landshaftlarining  ustun  turishi 


 

17 


bilan  xarakterlanadi.  Fenoskandiyaning  asosini  Skandinaviya  yarim  oroli  tashkil  etadi. 

Yarim  orol  qirg`oqlari  yaqinida  bir  necha  orollar  joylashgan.  Bularning  eng  yiriklari 

Gotland, Eland hisoblanadi. Skandinaviya yarim oroli shimolda materik bilan tutashgan, 

janubda uni Shimoliy va Baltika dengizi wrtasidagi tor bwg`oz Wrta Evropa tekisligidan 

ajratib  turadi.  G`arbiy  sohilini  Norvegiya  va  Shimoliy  dengiz  suvlari  yuvib  turadi. 

Shimoliy  qismi  Shimoliy  muz  okeani  bilan  tutashib  turadi.  Yarim  orolni  asosan 

tog`lar  tashkil  etganligi  sababi,  eng  baland  tog`lar  janubida  joylashgan  bwlib, 

Yutenxeymen  massivi  qad  kwtargandir.  Massivning  eng  baland  chwkqisi  Galxyonnigen 

(2468m) hisoblanadi. Yarim orolning chekka shimolida tog`lik Finmarken yassi tog`ligi 

bilan  tugaydi.  Yarim  orol  uchun  sernam  iqlim  xarakterlidir.  Yanvarning  wrtacha 

harorati shimolda -4S dan O'gacha, janubda -2S gacha etadi. Qish 6-7 oy davom etadi. 

Butun Fenoskandiya uchun yozning qisqa va salqin bwlishi xarakterlidir. Urtacha harorat 

+16° +17S tashkil ztadi. Fenoskandiyaning rel`efi va iklimi er usti suvlarining rivojlanishiga 

qulaylik tug`diradi. Shu sababli bu xudud daryo va kwllarga juda boy.  Daryolari  asosan qor va 

muzliklardan  twyinadi.  Kwllar  juda  kwp  bwlib,  ayniqsa  Finlandiyada  60  mingga  yaqin  kwl 

mavjud. Skandinaviya tog`larida xozirgi eamon muzliklari saqlanib qolgan. 

Ural  tog`ligi  -  Evropa  va  Osiyo  qit`alari  wrtasida  meridianal  yunalishida  joylashgan 

bwlib,  tabiiy  sharoitida  shimoldan  -  janubga  hamda  sharqdan  -  g`arbga  tomon  wzgarish  yaqqol 

seziladi. Tog`likda uning  vujudga kelishi bilan bokliq, xolda  g`arbdan-sharqqa qarab jinslarning 

tarkibi,  joylashishi  ham  wzgarib  boradi.  Ural  tabiiy  sharoiti-rel`ef,  iqlim,  oqar  suv,  tuproq, 

wsimlik xususiyatiga bir necha oblastlarga ajratiladi. 

Qutbiy  Ural-kutb  doirasidan  shimolida  ya`ni  tundrada  joylashgan.  Shimolda  u  Yugar 

shari  bwg`izidan  Konstantinova  Xosmen  tog`igacha  Payxay  tizma  deb  ataladi.  Bu  tizma 

asosan  balandligi  400-450m  'keladigan  dwngliklardan  iborat.  Bu  qismdagi  toglikning  eng 

baland nuqtasi Payer chwqqisi hisoblanib, balandligi 1472m. ga etadi. 

Shimoliy  Ural  -  Shimoliy  Ural  Tel`nos-Iz  tog`idan  boshlanib,  janubda  Kanjakovskiy 

va  Kasvinskiy  Xamen`  tog`larigacha  davom  etadi.  Bu  Uralning  eng  baland  qismi  bwlib, 

balandligi 1500m atrofida shimoliy Uralning eng shimoliy qismlari qutb yoni deb ataladi. 

Tog`likdagi  Islodavatel`skiy  tizmasi  asosiy  suvayirg`ich  hisoblanib,  undagi  Narodnaya 

chuwqqisi (1895) Ural togining eng baland nuqtasi hisoblanadi. 

Wrta  Ural  -  shimolda  Kosvenskiy  Kamen  tog`idan,  janubda  Yurma  tog`igacha  davom 

etadi. U meridional yunalishidan sharqqa turtib chikkan yoy shaklini oladi. Urta Ural Shimoliy va 

Janubiy Ural nisbatan ancha pastdir. Undagi eng baland tog` tepalari 700 -800m dan oshmaydi. 

Janubiy  Ural  -  Yurma  tog`idan  janubda  Ural  daryosining  kenglik  bwylab  yunalgan 

qismigacha  davom  etadi.  Wrta  Uralning  kuchli  siqilishi  hamda  torayishidan  janubiy  Ural 

mintaqasida ancha keng zona hosil bwladi. Bu qismda tog`likning kengligi 160kmga etadi. Ural 

tog`  tizmasi  ancha  past  bwlsada,  asosiy  suvayirg`ich  vazifasini  bajaradi  va  eng  uzun 

hisoblanadi. Janubiy Uralning eng baland nuqtasi 1639m. bwlgan, Yomontog` tizmasidir. 

Mug`ojar - shimolda bwlib, juda yassilangan va atrofga ancha pasayib 

boradi. Orografik jihatdan ancha parchalangan hisoblanadi. 



G`arbiy Evropa

Evrosiyo materigining chekka g`arbiy,  ya`ni Atlantika okeaniga tutashgan va 

m w `t a d i l   m i n t ak ad a   j o yl as h g an   k i s m i   S h ark i y  Ev ro p a  yo k i   S h ark i y  E v ro p a  

tekisligi  va  subtropik  mintaqalarda  joylashgan  Janubiy  Evropalarga  qarama  -  qarshi 

ularok umumiy bir nom-G`arbiy Evropa nomi bilan atalishi mumkin. 

G`arbiy  Evropa  ichidagi  tabiat  tafovutlari  xudud  ayrim  kismlarining  paydo  bwlishi va 

neotektonik  jarayonlarining  namoyon  bwlishi  darajasiga,  geografik  kenglikda  hamda  Atlantika 

okeaniga nisbatan tutgan wrniga bog`liedir. 

G`arbiy  Evropa  qirg`oqlari  yaqinda  maydoniga  kwra  eng  katta  dengiz  Skandinaviya 

yarimoroli bilan Islandiya yarim oroli orasida joylashgan Norvegiya dengizidir, 

U Atlantika okeanida suv osti tizmasi orkali ajralgan bwlib, bu tizmasi Farer va Shetland 

orollari joylashgan. 

Materik bilan Briganiya orollari wrtasida Shimoliy dengiz joylashgan. Fakat Skandinaviya 

yarim oroli sohillari bwylab chuqurligi 200m dan nov wtgan, dengizning qolgan qismi chuqurligi 

asa 100 m dan kam, sayozliklar (bankalar)dagi chukurlik 20m dan kam. 

Britaniya  orollari  -  G`arbiy  Evropa  qirg`oqlari  yaqnidagi  birdan-bir  yirik  arxipelagdir. 

Uning  tarkibiga  ikki  yirik  orollar-Buyuk  Britaniya  bilan  Irlandiya  va  kwpdan  kwp  mayda 

orollar-Men,  Anglsi,  Uayt.  Ichki  na  tashqi  Gebrid,  Orkley  va  Shotland  orollari  kiradi. 

Arxipelagning  umumiy  maydoni  325  ming  km

1

,  bundan  244  ming  km.  Buyuk  Britaniya 



 

18 


orollariga 84 ming km' esa Irlandnya oroliga twg`ri keladi. 

Britaniya  orollari  rel`efida  uncha  baland  bwlmagan  va  tekislanib  kolgan  tog`  massivlari 

ustun turadi; 

Bu  tog`  massivlari  arktika  suv  osti  soyliklari  hamda  platolari  bilan  almashinadi. 

Eng baland eri 1300m dan salgina oshadi. 

Wrta  Evropa  tekisliklari-(Al`p)  Bu  tabiiy  oblast  Atlantika  okeani  qirg`oqlaridan 

sharqda  Odra  va  Visla  suvayirg`ichigacha  chwzilib  ketgan.  U  Frantsiya  xududini  (Al`p  va 

Piraney  tog`larisiz),  Bel`giyaning  janubiy  qismini,  tekislik  bilan  Al`p  togoldilari  orasidagi 

Germaniyaning  Chexiya,  Slovakiyaning  wrta  qismi  hamda  wrta  Pol`shani  wz  ichiga  oladi. 

Markaziy  massiv,  Biskay  kwltigi  soxili  va  Pireney  toglarining  shimoliy  etagida  Garonna 

pasttekisligi yoki Akvitaniya xavzasi joylashgan. 

Shimolda Luara pasttekisligi rel`efi xilma-xil bwlgan Shimoliy Frantsiya pasttekisligi yoki 

Parij xavzasi rayoniga tutashib ketgan. 

Al`p va al`p yoki - Al`p tog`lari tabiiy geografik wlkasidagi Shveytsariya va Avstriya 

joylashgan.  Oblastning  shimoliy  qismlari  Germaniya  g`arbiy  qismlari  Frantsiya,  Janubiy 

qismlari  Albaniya  xududida  joylashgan.  Al`p  tog`larining  sharkiy  tarmoqlari  Vengriyaga, 

janubiy-sharqiy tarmoklari Sloveniyaga kirib borgan. Ba`zan al`p tog`larining turli qismlarining 

Shveytsariya al`p tog`lari Frantsiya al`p tog`lari, Al`p tog`lari va x.k. deb ham ataydilar. 



 

 

Wrta Dengiz bwyi soxili. 

 

Evrosiyo  va  Afrikaning  Urta  dengiz  soxillarida  joylashgan  wlkalarning  tabiiy  va 

madaniy landshaftlari bir xildir. Bu tabiatning va odam xwjalik faoliyati sharoitining juda 

katta xududda bir xilligi geograflar tomonidan juda qadimdan kayd qilingan va  geografiyaga 

«Urta dengiz bwyi» tushunchasining kiritishga sabab bwlgan. 

Apenin  yarim  orolining  va  Sitsiliya  orolig`ida  chuqurligi  ZZZOm  dan  ortiq  bwlgan 

Terres  dengizi  botig`i  joylashgan.  Apenin  va  Bolkon  yarim  orollari  oraligida  sayoz 

Adriatika dengizi mavjud. 

Janubroqda, Ioniya dengizi botig`ida eng katta chukurlik 5121m aniqlangan. 

Pireney  yarim  orolining  asosini  Pireney  shimolini  Maseta  massivi  tashkil  etadi. U 

kristal  jinslardan  tuzilgan  bwlib,  shimol  va  janub  tomonlardan  Al`p  burmalanish 

mintaqasining tog`lari bilan wralgan. Yassi toglikni Atlantika okeani  tomonidan  er  yoriqlari 

sistemasi wrab olgan, bu er kuchli seyslikligi bilan ajralib turadi. 

Bolkon  yarim  orollari  -  shimoliy  chegarasini  Sana  va  Dunay  daryolari  bwylab, 

sharkda  esa  Dunayning  kenglik  bwylab  oqadigan  qismidan  44shim  kenglik  orkali  Qora 

dengizga wtkaziladi. G`arbda oblastni Adriaktika va Ioniya dengizlari wragan, Ioniya orollari 

shu tabiiy wlkaga kiradi. 

Shimoliy  yaxlit  maydonni  egallagan  Balqon  oroli  janubga  tomon  torayib  boradi, 

parchalanadi, kirg`oqlari egri - bugri bwladi. Bolqon yarim oroli er yuzasi tog`lidir. Yarim 

orolning nomi ham turkcha "Bolqon", ya`ni "Tog`" swzidan kelib chikkan. 

Apenin - bu tabiiy wlka tarkibiga Apenin yarim oroli bilan birga Korsika, Sardiniya 

va  Sitsiliya  orollari,  shuningdek  ular  yakinida  joylashgan  mayda  orollar  -El`ba,  Metor 

orollari va boshqalar ham kirib, ularni Adriatika, Ioniya va Torres dengizlari wrab turadi. 

Tog`larning  Arno  daryosining  yuqori  oqimida  bwlgan  qismi  Shimoliy  Apenin 

tog`lari  deyiladi.  Bu  qismda  tog`lar  paleogen  davrining  asosan  govak  jinslaridan  tashkil 

topgan bwlib, balandligi kamdan - kam 2000m dan oshadi. 

 

 

 



 

 

 



 

iiii 


ÀÑ

ÀÑ

ÀÑ



ÀÑÈÈÈÈY

Y

Y



YÎÍÛ

ÎÍÛ


ÎÍÛ

ÎÍÛ;


;

;



Ã

Ã

à   Ò



Ò

Ò

Ò!



!

!

!ÁÈÈÉ



ÁÈÈÉ

ÁÈÈÉ


ÁÈÈÉ    ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ    Ð

Ð

Ð

ÐÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ



ÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ

ÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ

ÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ    

    


 

19 


Reja: 

 

1. Wrta Dengiz tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati. 



2. Janubiy-g`arbiy Osiyo tabiiy geografik rayonlashtirish.  

 

Janubiy - g`arbiy Osiyo. 

Old Osiyo tog`liklariga janubdan Evrosiyo kontinentining paydo bwlishiga va tabiiy 

sharoitining  butun  kompleksiga  kwra  Evrosiyoning  boshqa  qismlariga  karaganda,  qwshin 

Afrikaga  yaqin  turadigan  qismi  tutashib  turadi.  Bu  Arabiston  yarim  oroli  bilan 

Mesopatamiya  bwlib,  uni  umumiy  nomi  bilan  Janubiy-g`arbiy  Osiyo  deb  ataladi.  Janubi-

g`arbiy  Osiyo  kelib  chiqishi  jihatidan  Afrika  platformasining  bir  kismi  xisoblanadi.  U 

Afrikadan  neogen-twrtlamchi  davrda  Qizil  dengiz  grabenining  hosil  bwlishi  bilan  uzil-kesil 

ajralgan. 

Hosil  bwlishining  umumiyligi,  tropik  mintaqada  joylashganligi  iqlimiy  sharoitida 

hozirgi iqlimiga wxshashligi, organik dunyosining bir xilligi Arabiston yarim orolini aslida 

Saxroi  Kabirning  bir  qismiga  aylantiradi.  Janubi-g`arbiy  Osiyoni  uch  tomondan  Xind 

okeanining  shimoli-g`arbiy  kismidagi  yosh  dengizlar  wrab  turadi.  Bular  er  pwsti 

yoriqlarida  vujudga  kelgan  Qizil  dengiz,  Adan  va  Oman  qwltiqlari,  Fors  qwltig`i, 

tektonik  botiqtsa  vujudga  kelgan  Arabiston  dengizdir.  Bu  barcha  dengizlarga  qizigan 

kontinentlar,  musson  shamollari  ta`sir  kwrsatadi  va  ular  suv  xaroratining  yuqoriligi  hamda 

yuqori  darajasida  shwrligi  bilan  ajralib  turadi.  Yuzadagi  suvlarning  xarorati  Arabiston 

dengizida +29°+30°S, Qizil dengizda +32°Sgacha, Fors qwltigida +35°Sgacha etadi. Bu 

dunyo  okeani  yuzasida  kuzatiladigan  suvlar  eng  yuqori  xaroratidir.  Arabiston  dengizidagi 

suvining  shwrlik  mikdori  36  -36,5%,  Fors  qwltig`idagi  37  -  39%,  Qizil  dengizda  +41%ga 

etadi. 

Arabiston  yarim  oroli  -  Dunyodagi  eng  katta  Arabiston  yarim  oroli  uchun  tabiiy 



geografik bir butunlik va keng xududda landshaft bir xil ekanligi xosdir. Bu erda Afrikadagi 

tropik  chwllarning  davomi  xisoblangan  chwllar  kwpchiligi  tashkil  etadi.  Maydoni  3  mln 

km

3

dan  ortiq  bwlgan  bu  katta  geografik  wlkada  Saudiya  Arabistoni  va  Fors,  Adan 



qwltiqlari, Arabiston dengizi bwylaridagi bir qancha arab mamlakatlari hamda shimolda 

Suriya, Irok va Iordaniya joylashgan. 

Butun wlka tektonik jihatdan sharkqa tomon biroz qiya bwlgan qadimgi qattik palaxsadan 

iborat  bwlib,  er  pwstida  rwy  bergan  yorilish  natijasida  Afrika  platformasidan ajralgan. Bu 

yorilish natijasida Qizil dengiz bilan Adan kwltig`i hosil bwlgan. 

Arabiston  xududining  katta  qismida  butun  yil  davomida  tropik  xavo  xukmronlik 

qiladi.  Bu  xavo  yog`inning  butunlay  yog`masligi  xarorat  farklarining  ayniqsa  wlkaning 

shimoliy  qismida  juda  katta  bwlishiga  yoz  oylarida  xaroratning  yukori  bwlishligiga 

sabab  bwladi.  Yoz  vaktida  butun  wlkani  past  bosim  oblasti  egallaydi,  uning  markazi 

Xind  daryosi  xavzasida  bwladi.  Faqat  soxillardagina  xavoning  quyi  qatlamlari 

tarkibida  namlik  ortadi.  Bugun  yil  davomida  xavo  massalari  tsirkulyatsiyasi  yog`in 

yog`ishiga noqulaylik sabablarini keltirib chiqaradi. 

Faqat  chekka  shimolidagina  qishda  qisqagina  yog`ingarchilik  davri  bwladi. 

Arabiston wlkasining eng sernam kismi Yaman toglari bag`ri hisoblanadi (750mm). 

Arabiston  yarim  oroli  yalpi  kuyosh  radiatsiyasining  Er  yuzasida  eng  kwp 

oladigan  hudud  hisoblanadi.  Bu  erda  yil  davomida  harorat  yuqori  bwladi.  Yarim 

orolning  faqat  chekka  shimoliga,  Suriya  chwliga  sovuk  xavo  twlqini  kiradi,  bu  vaktda 

xarorat  pasayib  ketadi.  Eng  salqin  oy  xarorati  +8°  +  16°Sni  tashkil  etsa,  yozning 

wrtacha  xarorati  24°  +32°S  dir.  Wlkaning  ichki  qismlarida  xarorat  +55°S  gacha 

kwtariladi. 

Iqlimiy  sharoitining  noqulayligi  daryo  tarmoqlarining  rivojlanishi  uchun 

twsqinlik  qiladi.  Wlkada  doimiy  oqar  suv  maibai  ywk.  Pekin  quruk  wzanlar  mavjud. 

Ulkaning asosiy suv manbai bu grunt suvlari xisoblanadi. 

Mssopotamiya - swzi ikki daryo oralig`i demakdir. Bu tabiiy geografik wlka Dajla 

va  Frot  daryolarining  wrta  va  quyi  rkimida  bwlib,  deyarli  butunlay  Iroq  hududini, 

janubi - sharqda Eronni, shimoli - g`arbida Suriyani wz ichiga oladi. 

Tekis  rel`ef,  janubida  tropik  chwl  iqlimiga  wtadigan  kurg`okchil-subtropik 

iklim  ikkita  katta  tranzit  daryoning  mavjudligi  bu  wlka  tabiatining  asosiy 

xususiyatidir.  Mesopotamiya  al`p  burmalanish  mintaqasi  bilan  Arabiston  platformasi 

oralig`idagi bukilma wrnida vujudga kelgan. 


 

20 


Rel`efda  ikkita  tekislik  yuza  ajralib  turadi.  Bu  yuzalar  bir  -  biridan  anik 

ifodalangan  zinapoyalar  orqali  ajralgandir.  Wlkaning  Arabiston  tog`ligi  va  Suriya 

chwliga  tutashib  turgan  kismi  Jazira  platosining  er  yuzasi  yassi,  daryolar  ayrim 

qismlarini  bwlib  yuborgan,  balandligi  200  -  400m  bwlgan  tekisliklan  iborat. 

Mesopotamiyaning sohili juda yosh va unda yaqinda bwlib wtgan tektonik harakatlar 

izlari saqlanib kolgan. 

Yozda  Mesopotamiyada  tropik  xavo  massalari  ustunlik  qiladi.  Ulka  shimoliga 

qishda  Atlantika  tsiklonlari  kirib  kelsa,  Janubida  kontinental  tropik  xavo  xukmron 

bwladi. Yillik  yog`in mikdori ZOOmm  ga  etadi. Butun wlka uchun haroratning  yillik va 

keskin  sutkalik  amplitudalari  xos  bwlgan  kontinental  wzgarishi  xarakterlidir.  Yoz 

juda  issiq,  iyulning  wrtacha  xarorati  45  -  55°Sgacha  chiqadi.  Eng  salqin  oylarnnng 

xarorati shimoldan janubga +7° dan YuSgacha wzgaradi. 

Mesopotamiyani  shimoliy-g`arbidan  janubi  -  sharqqa  tomon  Frot  va  Dajla 

daryolari  kesib  wtadi  va  kuyilish  joyidan  195km  masofada  kwshilib,  bir  daryo  bwlib 

oqadi.  Wlkada  bu  ikki  daryoning  doimiy  okib  turishiga  sabab,  daryolar  boshlanadigan 

Arabiston tog`ligida qorlarni erib turishi sabab bwladi. 



Savol: 

1.  Wrta devgiz bwyiga kiruvchi wlkalarning wziga xos xususiyatlari nimada? 

2.  Janubiy  -  g`arbiy  Osiyo  iqlimining  boshqa  wlkalar  iqlimidan  farkini 

ajrating. 

 

oooo 


ÀÑ

ÀÑ

ÀÑ



ÀÑÈÈÈÈY

Y

Y



YÎÍÛ

ÎÍÛ


ÎÍÛ

ÎÍÛ;


;

;



Ã

Ã

à   Ò



Ò

Ò

Ò!



!

!

!ÁÈÈÉ



ÁÈÈÉ

ÁÈÈÉ


ÁÈÈÉ    ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ

ÃÅÎÃÐÀÔÈÊ    ÐÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ

ÐÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ

ÐÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ

ÐÅÃÈÎÍËÀÐÈÃÀ ÒÀÐÈÔ    

 

 



8-Mavzu:  Old Osiyo tog`ligi, Kavkaz va Markaziy Osiyo tabiiy geografik regioni tabiiy 

geografik rayonlashtirish. (2 soat) 

Reja: 

1. Old Osiyo tog`ligi va Kavkaz tabiiy geografik regioni tabiiy geografik rayonlashtirish.  

2. Markaziy Osiyo tabiiy geografik regioni tabiiy geografik rayonlashtirish.  

A d a b i y o t l a r :  

1. T.V.Vlasova.«Materiklar tabiiy geografiyasi». Toshkent, «Uqituvchi» nashriyoti, 1991 y. (125-

357 betlar). 1 TOM. 

2. A.Qozoqov, X.Ma`sudov. "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidan amaliy 

mashg`ulotlar va mustaqil ishlar", Toshkent, "Uqituvchi". 1992 yil. 

 

Old Osiyo tog`ligi va Kavkaz tabiiy geografik regioni 

Bu  tabiiy  geografik  wlka  Urta  dengizning  sharqiy  soxili  bwylab  nisbatan  kambar 

polasa  shaklida  shimoldan  janubga  tomon  qismi  Turkiya  xududida  joylashgan  swngra  unga 

Suriyaning  garbiy  tog`li  chekka  qismi  kiradi.  Janubiy  g`arbiy  chegarasi  Dunay  yarim 

orolining sharqiy chekkasi bwylab wtadi. Sharqda va janubi-sharqda Suriya chwli va Arabiston 

yarim  oroli  bilan  aniq  tabiiy  chegara  ywq,  tektonik  jihatdan  Arabiston  - Suriya  palasasining 

chekkasi bwlib, yosh tektonik harakatlar uni kwtargan. parchalangan va burmalar hosil kilgan. 

Wlkaning sharqiy chekkasi bwylab tog` tizmalari va massivlarining yana bir mintaqasi 

-  Atilivan  tog`lari  kwtarilgan  bwlib,  bular  sharqda  qwshni  Suriya  Iordaniya  qirlari  bilan  asta  - 

sekin  tutashib  ketgan.  Bu  tog`lar  hamma  qismida  ham  Devan  toglaridan  past  turadi. 

Antilivanning faqat wrta qismida balandligi 2659m ga etadi, Xermon massivi esa 2800m gacha 

kwtarilgan. 

Ulkaning foydali kazilmalari yaxshi tekshirilmagan. Ulik dengiz suvidagi tuz zaxirasi eng 

katta axamiyatga ega. Kamroq miqdorda asfal`t, gips, fosforit qazib chiqariladi. Ba`zi bir metall 

konlari hali deyarli tekshirilmagan. 

Kichik Osie tog`ligi-Wrta dengiz va Marmar dengizi wrab turgan kichik Osiyo yarim 

orolida joylashgan. Bu dengizlar va ularni tutashtirib turgan Dardanel hamda Bosfor bwg`ozlari 

orkali Evropa bilan Osiyo wrtasidagi shartli chegarasi wtadi. 

Kichik  Osiyo  togligi  sharqda Armaniston tog`ligi  bilan kwshilib  ketgan. Janubda 

uning  chegarasi  Wrta  dengiz  qirg`og`i  bilan  borib,  Ispadaron  qwltigidan  janubroqdan  wtadi, 

swngra  40°  sharqiy  uzunlik  bilan  Van  kwli  oralig`iga  boradi,  shimolda  asa,  Choxor 

daryosining kuyi oqimiga taxminan twg`ri keladi. 



 

21 


Kichik  Osiyo  tog`ligining  janubiy  chekka  tog`lari  sistemasi  umumiy  nom  bilan  Tavr 

(armancha  Torpos)  tog`lari  deb  ataladi.  Tavr  tog`lari  xam  shimoliy  tizimlar  singari  dengiz 

tomonidan  er  pwstining  er  yoriqlari  bilan  chegaralangan  va  kam  wyilgan  bwylama  tektonik 

qirg`oq hosil qilgan. 

Armaniston tog`ligi - G`arbda kichik Osiyo tog`ligi bilan tutashgan va bular wrtasida 

aniq  ifodalangan  tabiiy  geografik  chegara  ywq,  wlka  janubi  -  Sharqda  Eron  tog`ligi  bilan  ham 

shunday  asta-sekin  tutashib  ketadi,  shimolda  Kichik  Kavkaz  bilan  chegaralanadi,  janubda  esa 

tog`lik etagida Mesopotamiya pasttekisligi joylashgan. 

Eron  tog`ligi  -  Old  Osiyo  tog`liklari  orasida  maydoni  jihatidan  eng  kattasidir.  Eron 

tog`ligi  tabiiy  sharoiti  uchun  tog  tizimlarining  keng  yassi  tog`liklari  va  botiqlar  bilan 

almashib  kelishi,  qurgoqchil  iqlimining  xukmronligi  xamda  chala  chwl  landshaftlarining  ustun 

turishi xosdir. 



Markaziy Osiyo 

Osiyoning  Oltoy  tog`lari  bilan  Ximolay  toglari  oralig`ida  joylashgan  bu  qismi  tabiiy 

sharoitining wziga xosligi bilan ajralib turadi. Markaziy Osiyo tushunchasi baland tog`lar bilan 

wralgan, okeanlardan uzoqda joylashgan va chwl landshaftlari xukmron bwlgan wlka sifatida 

qaraladi. 

Region  rel`efining  umumiy  xususiyatlari  yangi  tektonik  jarayonlarning  kuchsiz 

rivojlanganligiga, struktura shakllarining keskin ifodalanganligi va tekislangan yuzalarining kwp 

tarqalganligiga  bog`likdir.  Okeanlardan  uzokda  joylashganligi  va  hamma  tomondan  tog`lar 

bilan  twsilganligi  iqlimning  kontinental  va  quruk  bwlishiga,  er  usti  suvlarining  tartibsiz 

§wlganligiga  hamda  chwl,  chala  chwl  va  dasht  landshaftlarining  rivojlanishiga  sabab 

bwladi. 

Shimoliy Mongoliya - MXRning shimoliy, shimoliy - g`arbiy qismini egallagan bwlib, 

tabiiy sharoitiga kwra Janubiy Sibirning tog` tayga xududi bilan Markaziy Osiyoning okeanlariga 

suvi okib bormaydigan qurg`oqchil yassi togliklari wrtasidagi oraliq wlkadir. 

Shimoliy  Mongoliya  rel`efi  uchun  katta  absalyut  balandlikdagi  soyliklar  hamda 

tekisliklar bilan almashinib keladigan tog` tizmalarining kwpligi xosdir. Tog` tizmalari 3 ta 

asosiy sistemaga kiritiladi. 

Ular  Antey,  Xangay  va  Mongoliya  xamda  Gobi  Oltoyi  sistemasiga  kiritiladi.  Ularning 

umumiy  xususiyati  uzok  davom  etgan  tekislanish  jarayonlari  izlari  yaxshi  ifodalangan 

silliqlangan  rel`efi  hamda  wrtacha  balandliklarning  kwpligidir.  Mongoliyadagi  eng  baland 

tog` massivi Tabin - Bog`do-Ola 4362m bwlib, Mongoliya Oltoyida joylashgan. 

Shimoliy  Mongoliya  tog`larida  tektonik  soyliklar  kwp,  ba`zilarida  kwllar  mavjud. 

Wlka  er  bag`rida  zaminning  asosan  proterozoy  va  kuyi  polezoy  kristall  jinslari  bog`liq 

foydali kazilmalar keng tarkalgan. 

Wrta  Osiyoning  qishki  yukori  bosim  oblastida  joylashgan  bwlib,  yozda  wlka 

xududida  g`arbiy  shamollar  esadi.  Ulkaning  asosiy  iqlim  xususiyatlari  ana  shularga  bog`liq 

ravishda rivojlanadi.  Bular  yoz va qish oylari orasida va sutka davomida  xaroratning er shari 

bwyicha  keskin  eng  katta  wzgarishi;  yog`inning  kam  yog`ishi  va  eng  kwp  yog`inning  yoz 

oylariga twg`ri kelishi; qishning uzoq davom etishi va barqaror ekanligi, juda sovuk bwlishi va 

ilik davrning bwlmasligi hamda yozning kelishi xarakterlidir. 

Ulkada  soyliklar  ayniqsa  soviydi,  yanvarning  wrtacha  xarorati  -27S  ga  teng  absalyut 

minimum  xarorat  -  50ga  etadi.  Yozgi  wrtacha  xarorat  +  18°  +19°ga  maksimum  xarorat  -+40ga 

etadi.  Ulkada  daryo  shaxobchalari  rivojlangan.  Eng  yirik  daryolar  Shimoliy  Muz  okeaniga 

qarashlidir. Daryolar rejimida iqlim xususiyatlari alohida rol wynaydi. 

Janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy - MXR va ichki Mongoliyada joylashgan Goba 

yassi  tog`ligi,  Ordos  yassi  tog`ligi,  Alashan  chwli  Beyshan  yassi  togligi  va  ularni  wrab  turgan 

tog`larning  tabiiy  sharoiti  kwpgina  belgilarga  egadir.  Bunda  landshaft  tipi,  chwl  va  dashtlar 

bwlib,  landshaftlar  bir  biriga  wxshaydi.  Bu  wlkani  janubda  Tibet  tog`ligining  chekka 

tizimlari wrab turadi, g`arbda esa wlka Shimoliy-g`arbiy Xitoy chwllari bilan tutashib ketgan. 

Rel`efida  peneplenlashgan  keng  va  baland,  kristall  jinslardan  tuzilgan  yassi  tog`liklar 

kwpchilikni  tashkil  etadi.  Yassi  tog`liklar  balandligi  800  -  1500m,  tog  tizmalarining balandligi 

esa 2500-ZOOOm ga etadi. 

Ulkaning  sharqiy  chekkasidan  tashqari.  hamma  qismida  yog`in  mikdori  200mm.  dan 

oshmaydi.  Yillik  yog`inning  deyarli  hammasi  yoz  oylariga  twg`ri  keladi.  Gobo  chwlida  ez 

qiska va quruq keladi. Sutkalik xarorat farklari katta bwladi. Iyul oyining wrtacha xarorati +22° 

+24S,  maksimum  xarorat  +45ga,  tuproqda  esa  +70ga  etishi  mumkin.  Qish  sovuq,  yanvarning 

wrtacha xarorati -10ga etmaydi, eng past xarorat - 70°gacha tushishi mumkin. 

Wlkada  doimiy  okar  suvlar  deyarli  ywq.  Sharqiy  Tibet  tog`ligidan  boshlanib,  ulkada 

okib utib ketadigan Xuanxe daryosi ulkaning asosiy daryo tizimi xisoblanadi. chekka tizmalari 


 

22 


wrab  turadi,  g`arbda  esa  wlka  Shimoliy-g`arbiy  Xitoy  chwllari  bilan  tutashib  ketgan.  Ulkada 

ayniksa  Gobida  kwllar  kwp,  lekin  ularning  deyarli  xammasi  shwr.  Sayoz  kwllar  va  kwpchiligi 

yilning kwp vaktida kurib ketadi. 

Shimoliy-g`arbiy Xitoy - bu wlka janubiy Mongoliya va Shimoliy Xitoy wlkasidan 

g`arb va janubi - g`arbida joylashgan bwlib, shimoli-g`arbda Qirg`iziston bilan, janubda esa 

Tibetning shimolidagi chekka tog` tizimlariga borib taqaladi. Bu erda asosiy maydonni tog` va 

tekislik  chwllari  egallagan  bwlib,  landshaftlar  turli  tumanligi  bilan  ajralib  turadi.  Shimoliy  - 

g`arbiy Xitoyga Sharqiy Tyanshan tog sistemasi va unga shimol va janubdan tutashib turgan 

ikkita soylik Jungoriya va Qashqar (Torim) soyliklari kiradi. 

Sharkiy  Tyanshan  geografik  kenglikka  yaqin  ywnalishda  chwzilgan  bir  kancha  tog` 

tizmalari  va  soyliklardan  iborat,  Asosiy  tizmalar  katta  balandlikka  ega  bwlsa  ham  ularning 

rel`efida  yassi  shakllar  kwpchilikni  tashkil  etadi.  Butun  Tyanshan  Qirg`iziston  bilan  Xitoy 

chegarasida zng katta balandlikka kwgariladi, u erdagi G`alaba chwqqisi 7439m ga, Xontagri 

massivi 6995m ga etadi. 

Wlkada  tog`  tizmalari  juda  murakkab  tuzilishi  bilan  xarakterlanadi.  Butun  wlka  uchun, 

shuningdek  Tyanshan  tog`  oraliq  soyliklari  va  Torim  botig`i  uchun  yozgi  xaroratning  juda 

yuqori  bwlishi  ahamiyatlidir.  Ulkaning  iqlimi  keskin  kontinental,  kuruk  iqlimdir. 

Hamma joyda nam etarli emas, ba`zi joylarda (turfon botig`ida) ZOmm gacha yog`in tushadi. 

Daryo  tarmoqlari  shimoli-g`arbiy  Xitoyning  ajoyib  tabiiy  komponentlaridan  biri 

hisoblanadi.  Eng  katta  daryo  tizimi  Qoraqurum  muzliklardan  boshlanadigan  Torim  daryosi 

hisoblanadi. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling