O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.07.2017
Hajmi0.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8
IX-X asrlarda Samoniylar davrida 

 maktab va ta’lim-tarbiya tarixida uyg’onish davri. 

REJA 


q. Samoniylar davridagi ta’:lim-tarbiya 

w. Muxammad In Musa al-Xorezmiyning yoshlarga tabiy va matematik bilim berish fikrlari. 

e. Abu Nasr al-Farabiy ta’lim-tarbiya haqida 

r. Abu Rayxon al-Beruniyning ta’lim-tarbiyaviy va ilmiy qaroshlari 

t. Ibn-Sinoning ta’lim-tarbiyaviy fikrlari. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 



q. Xoshimov K, Nishonova S, Inomova M,   Pedagogika tarixi T-qooy 

w. Zunnunov A, O’zbekiston pedagogikasi tarixi T-qoou y 

e. Aleu  ov U, Qoraqalpog’itonda ta’lim-tarbiyaviy uylarning yaratilishi va rivojlanishi.   N-qooey 

r. Yuldoshev J,  Xasanov S, Avestoda axloqiy ta’:limiy arashlar, T-w00q 

t. IrisovA. Abu Ali Ibn Sino hayoti va ijodiy merosi. T-qoo0 

y. Obidov A, Abu Rayxon Beruniy va yangi nazariya. T-qooq 

u. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. T-w00t 

 

 



IX  asr  oxiriga  kelib  Markaziy  Osiyoda  Somoniylar  hukmronligi  shakllandi,  keyin 

Toxiriylar,  Xorazmshoxlar,  Gaznaviylar  davlatlari  faollik  ko’rsatadi.  Buxoro,  Samarxand,  Mari, 

Ko’hna    Urganch,  Xiva  kabi  shaharlar  o’z  davrining    madaniyat  markazlari    sifatida  shuhrat 

qozondi. Bu markaziy shaharlar ulkan musulmon Sharqining turli o’lkalarini Garb va Sharq, Shimol 

va Janub mamlakatlarini bog’lab turuvchi :ana’nalarini davom ettirgan holda aloqa manbay sifatida 

mashhur bo’ladi. 

Markaziy  Osiyo  feodal  davlatlari  o’sha  musulmon    davlatlar  bilan    yaqindan  aloqada 

bo’ladi,  Erli  olimlar  boshqa  o’lkalarga  borib  ilm  olish,  hamkasblari  bilan  yaqindan  muloqatda 

bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

Abu  Nasr  Farabiy-o’rta  asr  Sharqining  mashhur  mutafakkiri  qadimgi  yunon  falsafasining 

Shardagi eng yirik davomchisi va targ’iotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida iue 

yili tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida  tahsil oldi, so’ng Arab xalifaligining markazi 

Bag’dod shahriga borib u erda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarining mutolaa 

qilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. U turli sohalarga  oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z 

davrining  faylasufi,  musiachisi,  shoiri,  omusiy  olimi  sifatida  shuhrat  qozondi.  U  {Aql  haqida 

risola},  {Falsafadan  oldin  nimani  o’rganish  kerak},  {Substantsiya  haqida},  {Falsafa  manbalari}, 



{Logikaga  kirish},  {Masalalar  manbai}  kabi  qy0  dan  ortiq  risolalar  yaratdi.  Umrining  so’ngi 

yillarida Damashkda yashadi. ot0 yili vafot etdi. 

 

Farabiyning  pedagogik  ta:limtlari  o’z  davri  uchun  ayniqsa,  katta  ahamiyatga  ega  bo’lib, 



insonparvarllik g’oyalari bilan sug’orilgan. Uning uqtirishicha insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa 

etuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish uni baxt-saodatga eltish  har qanday jamoa 

boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor. 

Farabiyning    ta’kidlashicha,  insonni  tarbiyalash  ikki  xil  usul  yordamida  olib  borilishi 

mumkin.  Tarbiyalanuvchi  ixtiyoriy  ravishda  zaruriy,  aqliy  va  axloqiy  xislatlarni-bilimli  bo’lishga, 

to’g’rilikni,  haqiqatni  sevishga  jasur  do’tlarga  sadoqatli  bo’lish  kabi  fazilatlarni  egallashga 

iytimog’i  lozim.  Bunday  insoniy  fazilatlarga  ega  bo’lish  uchun  baxt-saodatga  eltuvchi  jamoa 

bo’lishi kerak. 

Olim  ta:lim  faqat  o’z  va  o’rganish  bilan,  tarbiya  esa  amaliy  ish,  tajriba  ilan  amalga 

oshirilishini  aytadi  va  tarbiyani  har  bir  xalq,  millatning  amaliy  malakalaridan  iborat  bo’lgan  ish-

harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb hisoblaydi. 

Demak, Farabiy ta:lim va tarbiya berishni ir-biridan farq iladi. Ta:lim so’z bilan bir narsani 

o’qtirish,  o’rganish  bilan  amalga  oshiriladi,  yoshlar  nazariy  bilimlarni  shu  ta:lim  yordamida 

egallaydilar. 

Tarbiya  esa  amaliy  faoliyatda  namoyon  bo’ladi,  yoshlarga  u  ma:lum  ish-harakat,  kasb-

hunar, odob orqali singdiriladi. 

Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy ilim bilan amaliy harakat-odat, malaka, faoliyat birlashib 

boradi, etuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. 

Farabiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi  yoki ta’:lim oluvchi shaxsga  yakka holda 

yondashuvni, uning tabiy, ruhiy va jissmoniy hislatlarini nazarga olish zarurligini ta:qidlaydi. U bu 

haqida  shunday  yozadi:  {u  barcha  tabiiy  hislatlarni,  ularni  oliy  kamolatga  etkazish  shu  yoki 

kamolatga  yaqin  bo’lgan  darajaga  ko’tarishga  xizmat  iluvchi  vosita  yordamida  tarbiyalashga 

muhtojdir. Insonlar turli ilm, hunar faoliyatga moyilligi va qobiliyatligi bilan taiatan farq qiladilar. 

Teng  tabiy  hislatlarga  ega  bo’lgan  odamlar  esa  o’z  tariyasi  (malakalari)    bilan  tafovut  qiladi. 

Tarbiyasi  jihatdan  teng  bo’lganlar  esa,  bu  tarbiya  natijalarining  turlichaligi  bilan  bir-birlaridan  far 

qiladilar}. 

Tarbiya  jarayoni  Faraiyning  fikricha  tajribali  pedagog  o’ituvchi  tomonidan  tashkil  etilishi, 

bosharilib  turilishi  va  ma’lum  maqsadlarga  yunaltirilishi  lozim,  chunki  {har  bir  odam  baxtni  va 

narsa-hodisalarni o’zicha bila olmaydi. Unga uning uchun o’qituvchi lozim} 

Farabiy insonga hos bo’lgan va uning ma:naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi 

tafakkur  va  nutning  rivojlanishini  ta:lim-tariyaning  asosini  tashkil  etuvchi  muhim  jarayon 

hisoblaydi. 

Farabiy  insonni  dunyo  taraqqiyotining  eng  mukammal  va  etuk  yakuni  deb  biladi.  Shunga 

ko’ra,  u  o’z  asarlarida  insonga  tarbiya  va  ta’lim  berish  zarurligini  aytadi  va  bunda  ta’lim-tarbiya 

usullaridan kutilgan masad asosiy o’rinda bo’lishini aytadi. 

Farabiy  ta’lim-tarbiyada    tabiyat  hodisalaridan  foydalanish  va  bu  yo’lda  boshqa  kishilar 

bilan  to’g’ri  munosabatda  bo’lib,  jamiyatning  ichki  tartib-qoydalarini  to’g’ri  o’rganib,  uning 

talablariga javob bera oladigan insonni etishtirish zarurligini ta:qidlaydi. 

Farabiy insonning ma:naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va  axloqiga 

e:tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning  fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy 

tomondan  ham  etuk  mukammal  kishi  qilib  etishtirishga  qaratilmog’i  lozim.  Demak,  ta’lim-

tarbiyaning  birdan-bir  vazifasi  jamiyat  talablariga  to’la-to’kis  javo  bera  oladigan  va  uni  bir 

butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat  qiladigan ideal inson tayyorlashdir. 

{Ideal  shahar  aholi  ilmining  fikrlari}  hamda  {Baxt-saodatga  erishuv  haqida}  nomli  risolalarida 

olimning bu fikrlari aniq  ifodalangan. 

Farabiy  ta’lim-tarbiya  ishiga    kirishish,  uni  oshlashdan  avval  odamlarning  shaxsiy 

hislatlarini  ilish  lozimligini  aytadi.  Uning  fikricha  insonning  hoqish,  itiyor,  ifoda,  yaxshilik  va 

yomonlik  kabi  hislatlarini,  nimaga  qobiliyati  borligini  aniqlamay  turib  ishga  kirishish  kutilgan 

natijani ermaydi. 


Olimning  o’qtirishicha,  kimki  eng  go’zal  va  foydali  kashf  etish  fazilatiga  ega  bo’lsa  va 

kashf  etgan  narsasi  chindan  ham  o’zining  va  boshqalarning  istagiga  muvofiq  bo’lsa,  u  hayrli  va 

foydali bo’ladi. 

Farabiy ta’lim-tarbiya usullari haqida shunday yozadi: {Amaliy fazilatlar va amaliy san:atlar 

kasb-hunar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yul bilan hosil 

qilinadi: birinchi yul-qanoabaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil 

qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb-intilish, harakatga aylantiriladi 

Ikkinchi yul (yoki usul)-majbur etish yulidir. Bu usul gapga ko’nmovchi  qaysar shaharliklar 

va  boshqa  sahroi  xalqlarga  nisbatan  ishlatilardi.  Chunki  ular  o’z  istaklaricha,  so’z  bilan  g’ayratga 

kiradiganlardan  emasdir.  Ammo  ulardan  qaysi  biriki,  nazariy  bilimlarni  o’rganishga  astoydil 

kirishsa    hamda  fazilati  yaxshi  bo’lib,  kasb-ho’narlarni  va  juz:iy  san:atlarni  egallashga  intilishi 

bo’lsa,  bunday  odamlarni  majbur  etmaslik,  maqsad  ularni  fazilat  egasi  qilish  va  kasb-hunarga 

ahllarga aylantirishdir} 

Tarbiya  berish  usuli,  Farabiyning  fikricha  ikki  turli  bo’ladi.  {Avvalgi  usul-sana’tni  o’z 

rag’batlari  bilan  o’rganuvchilarga  intilish  usuli.  Ikkinchi  usul  esa  majburiy  ravishda 

tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa, muallim 

bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi}. 

Farabiy  bilimdon,  ma’:rifatli  etuk  odamning  obrazini  tasvirlar  ekan  bunday  deydi:  {Har 

kimki  ilm-hikmatni  o’rganaman  desa  uni  yoshligidan  boshlasin,  sog’-salomatligi  yaxshi    bo’lsin, 

yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, 

barcha qonun-qoydalarni bilsin bilimdon, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan 

mol-dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin} 

Bu  fikrlardan  Farabiyning  ta’lim-tarbiyada,  yoshlarni  mukammal  inson  qilib  tarbiyalashda, 

xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga aloxida e:tibor berganligi  ko’rinib turibdi, uning etiqodicha, bilim, 

ma:rifat,  albatta,  yaxshi  axloq  bilan  bezatmog’i  lozim,  aks  holda  kutilgan  maqsadga  erishilmaydi, 

bola  etuk  bo’lib  etishmaydi.  Olim,  daraxtning  etukligi  uning  mevasi  bilan  bo’lganidek,  insonning 

barcha hislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi. 

Farabiy  o’z  davridagi  yoshlarni  ta’:lim,  bilim,  hunar  egallashlari,  faoliyat  ko’rsatishlari, 

mehnat  qilishlari  zarurligi  hususida  fikrlar  bildirdi.  U  fikrlar  hozir  ham  ta’lim-tarbiyada  g’oyat 

muhimdir. 

Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqiyotiga katta hissa qo’shgan zo’r iste:dod egasi va 

zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o’lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida  benihoyat 

yuksak ahamiyatga molikdir. 

Abu  Rayhon  Beruniy  oue  yili  r  sentyabr:  (hijriy  eyw  yil  w-zulhijja)  kuni  Xorazmning 

qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. 

Bulajak  olimning    yoshlik  chog’lari    jamiyatning  eng    kuyi    doirasida  kechgan,  o’sha  

paytlaridayoq turmushning  achchiq-chuchugini tatib ko’rgan. Arab istilosi  davridan boshlab (VII 

asr)  Xorazmda  ikki  mustaqil  hokimiyat-shimoliy    qismda  Majdakxon,  Garbiy    qismda  Gurnanj 

(ko’hna  Urganch)    shahri  yuzaga  keladi.  X  asrga  kelib  bu  erda  Ma:muniylar  sulolasi    hukmronlik 

qildi.  oot  yili  Gurganj  amiri  Ma:mun  ibn  Muxammad  Kotni  bosib  oladi,  hukmdorini  o’ltirib,  o’zi 

Xorazm    shohi  bo’ladi.  Orol    bo’yidagi  davlatlar,  Volga  buyi,  Shimoliy  Kavkaz,  Kiev  Rusi  bilan 

aloqa o’rnatadi. 

Abu  Rayhon  Beruniy    ana  shunday  tariixiy  voqealar    yuz  berayotgan      davrda  yashadi.  U  

yoshlikdan    ilm-fanga  qiziqadi.  Xorazmda    shuhrat  qozongan  olim    Abu  Nasr  ibn  Iroq  Mansur  

qo’lida  ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug’ullanadi, butun Sharqning fan va madaniyatini 

o’rganadi, ona tilidan tashqari arab, fors, suryoniy, yunon va  qadimgi  yahudiy tillarini mukammal 

egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o’rganadi. 

Abu  Nasr  ibn  Iroq  Beruniyni    abu  Rayhon    deb  ataydi.  Beruniy  oot  yili  Kotda  afrigiiylar 

hokimiyatiga  barham berilgach, Xorazmdan chiqib ketib, Eronning  Ray shahrida istiqomat qiladi. 

Jurjon (Gurgon) shahriga kelib, bu erda {O’tmish   yodgarliklari}, {Kamtarlar   yoki  oq kiyimdagi 

kishilar tarixi} asarini  yozadi. 


Ray  shahri    hukmdori    Qobus  ibn  Vashmar  (q0qw  yilda      o’ldirilgan)  Abu  Rayhon  

Beruniyni o’z himoyasiga oladi, vazirlik lavozimini taklif qiladi. Ammo, olim Abu Abbos Ma:mun 

ibn    Ma:mun  II  (q00o-q0qu)  Beruniyni  Urganchga  chaqirtiradi,  unga  katta  hurmat  ehtiromda 

bo’ladi.  Beruniy  saroyda  to’plangan  olimlarga    rahbarlik  qiladii,  shoh  Ma:mun  II  ning  eng    yaqin 

maslahatchisi  sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham  faoliyat  ko’rsatadi. 

Beruniy Xorazmda  ekani paytida  zamondoshi, buyuk tabib  va faylasuf  Abu  Ali ibn Sino 

bilan birga ilmiy ishlar  olib  boradi. 

q0qu    yili  Xorazmni  Mahmud    Gaznaviy  bosib  olgach  Beruniy  boshqa  Xorazmlik  olimlar 

qatorida  Gaznag’a  olib  ketiladi  va  umrining    oxirigacha  shu  erda  qoladi.    Beruniy  o’n  uch  yil 

davomida    Maxmud  Gaznaviy  hukmi  ostida  bo’ladi.  Gaznadalik  paytida  u  geografiya  va 

geodeziyaga  oid  {Tahdid}  asarini  yozadi.  q0wo  yili  astronomiya  va  astrologiyaga  oid  {Tafhimi 

avoil san:aat attanjam} (Astronomiya san:a’ti asoslari) darsligini  yozadi. q0e0 yili {Hindiston} deb 

nomlanuvchi mashhur asarini  yaratadi. 

{Aql  va  ma:rifatda    hali    unga  o’qshash  biror  kishini    davron    yarata  olgani    yuq}-deb 

yozgan edi XIII  asr  tarixshunosi Ekut. 

Beruniy q0ri   yili  dekabrda  Gazna  shahrida vafot etadi. 

Beruniy  o’z  didaktik  qarashlarida  tabiyat,  jamiyat    hodisalariga,  turmush  voqealariga  

qolisona  baho berish-inson  tabiyatini bildiruvchi omil  ekanligini ta:qidlab, kishilarni   voqealarga 

mustaqil va ongli  munosabatda bo’lishga undaydi. 

Olimning  ta:qidlashicha,  sezgi  o’z  qo’zg’otuvchi  a’:zolar  orqali  yuzaga  keladi. 

Qo’zg’otuvchilar bir me:yorda bo’lsa,  yoqimli  va zararsiz, agarda me:yordan  ortiiq bo’lsa, dardli 

va halokatli bo’ladi. 

Ko’rish  sezgisini  nur  qo’zg’atadi,  eshitish,  hidlash    havo  bilan  burunga  uriladigan    hidlar 

orqali  paydo  bo’ladi,  ta’m-ozuqaning  ma’zasi  bilan  vujudga  keladi.  Bu  to’rt    sezgini    his  etuvchi 

maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir. 

Beruniy  inson  ana  shu  xususiyatlari  bilan  barcha  mavjudotlardan  ustunligini  ta’kidlab, 

inonning  asosiy  vazifasi  mehnat  orqali  ko’zlagan  maqsadiga  erishish,  yaxshilik  ko’rishdir,  degan   

g’oyani   olg’a  suradi. 

Beruniy  {Mening  qalbim  ikki  biqinim  o’rtasida  turib,  ko’zlarning  ko’rgani,  quloqlarning 

eshitganini  anglaydi,}-der  ekan  u  bilim  eshitish  va  ko’rish  orqali  egallanishi  va  u    qalbga   

bog’liqligini ta’kidlaydi. 

Beruniy  yaratgan  har  bir  ishining  kishi  ruhiyatiga,  qobiliyatiga  mos,  uni  toliiqtirmaydigan  

bo’lishiga    etibor  beradi.  Beruniy  yozadi:  {Bizning  maqsadimiz    o’quvchini  toliqtirib 

qo’ymaslikdir, hadeb bir narsani o’qiy berish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi 

bir  masaladan  boshqa  bir  masalaga  o’tib    tursa,  u  xuddi  turli-tuman  bog’lorda  sayr  qilgandek 

bo’ladi, bir bog’don o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi  ularning hammasiini  ko’rgisi va 

tomosha qilgisi keladi {Har  bir  yangi   narsa rohat bag’ishlaydi} deb  behuda aytilmagan}. 

Beruniy mehnatni ullug’laydi, ayniqsa, olimlar  mehnati tufayli ilmiy  yodgorliklar  bunyod 

etilishini    ta’kidlaydi.  Uningcha,  yozish  xabar  turlarining      biri  bo’lib,  uni  boshqa  turlardan  ko’ra   

sharafliroq sanash  mumkin: qalamning abadiy izlari  o’lmaganda , xalqlarning   xabarlarini   bilib 

bo’lmaydi. 

Beruniy  kishilar  hayotidagi  yomonlikni  qoralaydi.  Uning  fikricha,  bu  illatni    yuqotishning 

asosiy yo’li uning ildizlarini topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning  shohobchalari ko’p, ammo 

ularning  asosiy  uch  narsa:  ta’ma,  g’azab,  yuz  ilmsizlikdir.  Agarda  bu  asoslar  kesib  toshlansa 

shohobchalar quriydi. Bu asoslarning negizi esa ishtaha va  g’azadir. Ishtaha insonga eng kuchli va 

eng halokatli dushman   bo’lib, insonni ovqatlarni tanovul qilish lazzati  va  uch olish zavqi  bilan 

aldaydilar.  Olimning    tushuntirishicha  bu  illatlar    ranj  va  gunohga  olib  keladi.  Ularning  ta:siriga 

berilib ketgan kishi inonlilik  qiyofasini yuqotadi. 

Beruniy  rostguylik,  to’g’riso’zlikni    ulug’laydi,  yolg’onchilikni      odamlar    o’rtasiga  nizo 

soluvchi illat sifatida qoralaydi. 



Beruniy rostguylikni adolat bilan barobar quyadi. Uning fikricha, xalq adolatni sevgani kabi, 

rostguylikni  ham  sevadi.  Ammo  uning  mohiyatini  yoqimliligini    bilishni  istamaydigan  kishi  uni 

sevmaydi. 

Beruniyning    ma’rifat  va  bilimdonlik  darajasi,  kishilarning  mulohaza  yuritish      holati 

to’g’risida  bildirgan  fikriga  ko’ra,  har  bir  narsani  aniq  sinchiklab  o’rganish,      bilish,  bundan 

so’ngina  bir  xulosaga  kelish  kerak.  Beruniy  bu  ishda  tajribaga  asoslanishni    alohida  uqtiradi, 

nodonlik, erinchoqliq, ilmsizlikni tanqid qiladi. 

Beruniy muruvvat va futuvvat (shafat)ni   yuksak  hislat ekanini ta’kidlar ekan, bu fazilatlar 

kishining asl zoti, kelib chiqishiiga  bog’liq emasligini, kishining qilg’an hayr va  yaxshiligi muhim 

ekanligini uqtirdi. Beruniy o’z didaktik fikrlarinii yakunlab dedi: 

Karamning nihoyasi o’zni fido etishdir, 

Shavqatlilar  ichida eng shavqatlisi ham ertalab ham kechqurin. 

Dushmanga zarba, do’stga foyda keltirgan kishidir. 

Abu    Rayhon  Beruniy  ilm-fanning  buyuk  homiysi  va  muxlisi  sifatida  mamlakatning 

obodonchiligi,  ilm-fanning    gullab  yashnashida,  odamning    baxti  esa,  uning  bilim  va  ma’rifatida 

deb bildi. Yaratgan asarlarida  har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra hayr-ezgulika intilishi, 

sun:iy obru, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shavqat ko’rsatmasligi  kerakligini ta’kidladi. 

Beruniy  olga  surgan  insonparvarlik  g’oyalari,  ta’lim-tarbiya  xususidagi  fikr-o’gitlari 

mutasqillik davrida   ham  yoshlarni barkamol  qilib etishtirishga xizmat qiladi. 

Ibn  Sino  butun  musulmon  Sharqining  qomusiy  aqli,  jahon  ilmi  va  madaniyatining    eng 

mashur  namoyandalaridan  biridir.  Ibn  Sino  o’rta  asr  fanining  turli  sohalari-falsafa,  tibbiyot, 

tabiatshunoslik,  badiy  adabiyot  buyicha  yozgan  asarlari    bilan  madaniyatimiz    tarixida  o’chmas  iz 

qoldirdi,  uning  rivojiga  katta  hissa    qushdi,  o’z  davridda  {Shayx  urrays}  (Olimlar  raysi)  unvoni  

bilan taqdirlandi. 

Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona (hozirgi Vobkent tumani) da oi0 yili tugildi. U davrda 

Buxoro  Somoniylar  davlatining  markazi  bulib,  shaharda    hunarmandchilik  savdo-sotiq  sohalarida 

eng  rivojlangan,  iqtisodiy,  ilmiy  va  madaniy  tomondan  tarakkiy    etgan  mashur    shaharlardan 

hisoblanardi. 

Ibn Sino maktabda o’qidi, turli ustozlardan saboq olib o’z davri ilmlari-matematika, mantik, 

astronomiiya, qonunshunoslik, fizika, falsafa asoslarini egalladi, xususan tibbiyot  ilmini egallashga  

qiziqdi, tabiblik bilan shug’ullandi. 

U  o’z  davrining  etuk  olimlari-Au  Rayhon  Beruniy,  Masihdi,  Ibn  Iroq  Abu  Xayr  Xammar  

bilan muloqatda bo’ldi. 

Ibn Sino o’z asarlarini usha davr ilmiy-adabiy tillari-arab va fors  tilarida   yozadi, rt0  dan 

ortiq  asar yaratdi, Ibn Sino q0eu yili vafot etadi. 

Ibn Sino {Tib  qonunlari} asarida  inson   hayoti, uning faoliyati faqat uni urab olgan tabiat 

va  tabiy  hodisalardan  tashqaridagi  narsalarga  muhtojlik  sezadiki,  u  narsalarni  faqat  mehnat  qilish 

bilan  yaratadi,  lekin  bu  narsalarni  faqat  o’z  mehnati    bilan  amalga  oshira  olmaydi,  ularni  yaratish 

uchun  jamoa  a’zolari  o’zaro  yaxshi    munosabatda  bulishlari  kerak.  Bu  munosabat    til,  ma’nali 

ovozlar orqali  yuzaga keladi. Yaxshilik odamlarni inoqlikka,  yomonlik esa kelishmovchilikka olib 

boradi.  Ibn Sinoning ta’kidlashicha,  yaxshi odat,  yaxshi xulq va  yomon   xulq haqidagi tushuncha, 

bilimlar insonda shu asosda shakllanib boradi. 

Inson  ongli  suratda  harakat  qiladi  va  u  harakat  natijasini  biladi,  ya:ni  u  kelajakni  uylab 

harakat qiladi. Aniq maqsad bilan harakat  qilish insonni va jamoani yomonlikdan saqlaydi, yaxshi 

ishlar qilishga yullaydi, unda ishonch tuygusini  hosil qiladi. 

Ibn  Sino  yaqshilikka  olib  boruvchi  axloq  qoidalarni  egallash,  insonning  axloqiy 

munosabatlarini  rivojlantirishga    yordam  beruvchi  tadbirlar  orqali  ta’lim-tarbiyani    izchil  amalga 

oshirish  mumkinligini alohida qayd  qiladi. 

Ibn Sino  yosh bolalarni tug’ilgandan boshlab tarbiyalash masalasiga alohida e:tibor beradi. 

Bola tug’ilgandan boshlab  oyoqda turguncha ma’lum  tartibda tarbiyalanib borishi lozim. U tartib 

o’z vaqtidda  ovqatlantirish, shumiltirish, uxlatish, yurgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham 

ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar 



asta-sekin  tebratish,  musika  eshittirish,  ashula  aytishdan    iborat  bulib,  ular  tartib  bilan  amalga 

oshirilsa,  bola  yaxshi  uxlaydi.  Tebratish    uning  tanasiga,  musika  uning  ruxiyatiga    orom  baxsh  

etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini turli xil  sharoitda  ma’lum  izchillik  va tartib  bilan olib borish 

haqida  onalarga  juda  yaxshi maslahatlar beradi. 

Bolalarning uspirinlika  o’tish  davri tarbiyasi  o’ziga xos  xususiyatga   ega bo’lib, u davrda 

ularda  xulq-atvor  shakllanadi.  Bola  xulq-atvorining  bir  xil  muvozanatda  bo’lishi  uchun    uni  kekin 

g’azalanishdan,  qattiiq  qurquvdan  va  uyqusizlikdan    saqlash  zarur.  Bu  tadbir    uni    yoqimli    xulq-

atvorli qilib tarbiyalash imkonini beradi. 

{Bola xulqini mungadillikda saqlashga alohida etibor berish kerak. Undan ikki manfa’t bor. 

Biri-bolaning  ruxi uchun bo’lib, u yoshlikdan  boshlab yaxshi xulqli  bo’lib usadi va keyinchalik  u 

unga ajralmas malaka  bo’lib qoladi 

Ikkinchisi-uning  badani  uchundir,  chunki  yomon    xulq  turli  mijoz  buzilishlaridan  bo’ladi. 

Shuningdek  agar    yomon  xulq  odatga  kirib  qolsa,  u  mijoz  buzilishini  keltirib  chiqaradi.  Masalan, 

g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi}. 

Bola  y  yoshga    to’lgandan  sung  uni  maktaga  berish  kerak,  o’qitish,  bilim  berish,  urgatish 

ham  asta-sekin  amalga  oshirilishi    kerak.  Bolaning  kitob  o’qishga  haddan  tashqari  berilishi  uning 

sog’ligiga  sa’lbiy  ta’sir  qiladi.  Bolaning  o’spirinlikka  o’tish    davridda  bolaga    og’ir  jismoniy  ish  

topshirilmasligi    kerak.  Ish  topshirishda  bolaning  hoqishi,  istagi  hisobga  olinishi  lozim.  Bolaning 

kun tartibi ularning tanasi va nafasining  salomatligini saqlash va usishini  ta’minlashga   qaratilgan  

bulmog’i lozim. Bularning hammasi bolaning tanasi va ruhiyati muvozanatini saqlash uchun xizmat 

qilishi lozim. 

Bolalar  tariyasi-bu  izchil  va  asta-sekin    amalga  oshiriladigan  tartibdan  iboratdir.  Bola 

balog’atga  etguncha,  ota  o’z  vazifasini    bajarib  borishi  lozim.  Avvalambor    otaning  majburiy 

vazifalaridan  biri  o’z  farzandiga  yaxshi  nom  berishidir.  Bolani    emizish  davri      tugab,  mustaqil 

ovqatlanish  davri  boshlanishi  bilan  ota  uning  axloqiy  tarbiyasiga  kirishuvi    zarur.  Maqsadga 

erishish  uchun tarbiyada   ba’zan maqdash,  ba’zan jazolash ham kerak. 

{Bola  baquvvat  bulib,  so’zlashuv  nutqini  yaxshi  tushuna  boshlagan  so’ng,  u  savod 

urganishga    qobil  buladi,  shundan  so’ng  savodga  urgata  borish  mumkin.  Avvalombor  axloqiy  va 

aqliy  tarbiya  ularni  yaxshi  egallagan,  irodali,  dono,  va  dinga  ishongan  o’qituvchi  va  tarbiyachi 

tanlash    kerak  bo’ladi.  U  sog’lom,  tozalikni  sevuvchi,  sofdil  va  odamlarga    yaxshi  munosabatda 

bo’la oladigan  bulishi kerak. 

Ibn Sino bolalarni bitta-bitta, alohida o’qitishdan ko’ra, jamoa  tartibda o’qitishni afzal deb 

biladi va uning ustunligi haqida gapirib shunday  yozadi: {O’quvchilar o’qish va tarbiya davomida 

ilmga  chanqoqlik  sezadilar.  O’z  bilimlari    bilan  gururlanadilar,  bir-birlarining  bilimlariga  havas 

qiladilar. Gurur va o’ziga etibor tarbiyalanuvchilarning bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. 

o’quvchilar  birga  bo’lganda,  doim  bir-birlari  bilan  gaplashadilar  va  bu  bilan    o’z  xotiralari  va 

nutqlarini rivojlantiradilar} 

Ibn  Sino  bolalarga  Quronni  va  grammatik  qoidalarni  urgatib,  dinning  maqsadlarini 

tushuntirib  bulgandan  sung,  ularni  ma’lum    hunarga  jalb  etishni,  hunar  asoslarini  egallashlariga 

etibor  berishni,  ular  hunarni    egallab,  o’z  hayotlarini  ta’minlay  olishlariga  e:tibor  berishni  tavsiya 

etadi.  O’qituvchi  bolani  hunarga  urgatishda  uning  qobiliyati,  iste:dodi,  imkoniyatlarini  e:tiborga 

olishi kerak, barchani  birdaniga  bir hunarga urgatib bo’lmaydi. 

Ayrim  bola tilni urganadi. Ayrimlari shoir bo’lib etishadi yoki notiklik san:a’tini egallaydi. 

Ilmlarning  turli  sohalaridan  kimdir  tilni  urganish,  kimdir  boshqa  ilmni  urganishga  kirishganidan 

sung, ba’zilarining tibbiy fanni, ba’zilarining geometriya ilmini  tanlagani ma’lum buladi. 

Demak  o’qituvchi  bolalarga  ta’lim  berishga  kirishishdan  avval  o’quvchiining  xulq-atvorini  

urganishi    va  bilimlarini  tekshirib  kurishi  kerak  buladi.  Avvalo  u  o’quvchining  nimaga  e:tibor 

berishini  tekshirib kurishi, sungra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etishi kerak. 

Ibn Sino {Tib ilmlari qonuni} asarida bola katta bo’lib, etilgan  chog’ida jismoniy tarbiiyaga 

ahamiyat  berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishiicha, odamning yigitlik, etuklik yoshida  hamda 

ulg’aygan  yoshida  sog’lik-salomatligini  saqlash  uchun  zarur    bulgan  jismoniy  mashg’ulot  bilan 

shug’ullanishi kerak. 



Ulug’  mutaffakkir  jismoniy  tarbiya-deb  inson  salomatligi  uchun  zarur  bulgan  badanni  turli 

xil mashg’ulot harakatlarga urgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha jismoniy  mashg’ulotlar bilan 

o’z  vaqtida  va  mustahkam  shug’ullanib  boruvchi  odam  hech  qanday  davolanishga  muhtoj 

bo’lmaydi.  Jismoniy  mashg’ulot  inson  ruhini    ham  tetiklashtiradi.  Ammo  jismoniy  mashg’ulotlar 

ortiqcha  bo’lmasliigi  kerak  aks  holda  badanning  tezda  charchab  qolishiga  olib  keladi.  Jismoniy 

mashg’ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib tezda ishdan chiishiga sabab buladi. 

Har  bir  inson  o’zining  xulq-atvori,  imkoniyatlari,  qobiliyati,  hoqishiga  qarab  jismoniy 

mashg’ulot  turini belgilab olishi kerak. 

Ibn  Sino  aql  va  aqliy  tarbiyaning  tabiy  va  psixologik    asoslarini  aniqlashga  harakat  qiladi. 

Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda:  o’simlik,  hayvonot va inson shaklida namoyon 

buladi. 

Ibn  Sino  bolaning  ilm-fan  yoki  hunar  egallashga  intilishida    o’qituvchining  o’nga  ilim, 

hunar urgatishi zarurligini  uqtiradi. 

Ilm-fanga  intilish      insonning    eng  oliy  ma’naviy  harakatlaridandir.  Chunki      ilm  odamni 

ma’naviy yuksaklikka kutaradi, jamiyat  ravnaqining asosiy  omili bulib xizmat  qiladi. 

Uning  fikricha      ta’lim-tarbiya  avvalo  aqliy  tarbiyani,  yoshlarga  ilm-fan  urgatishni   

jismoniy tarbiyani o’z ichiga oladi. Axloqiy  tarbiya inson uchun nihoyatda muhim      ahamiyatga 

ega. Bolaning axloqiy  tarbiyasi  yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi  kerak. 

Eng muhim axloqiy boyliq Ibn Sinoning ta’kidlashicha adolatdir. Adolat  muvozanat, atrof 

muhit  tushunchalari  bilan  bog’liq.  Axloqiy  tushunchalar  alga,  aqliy  bilimga  asoslanishi  lozim. 

Lekin  inson  qanchalik  bilimdon,  olim    bo’lmasin,  axloqiy  talablarga  tayanmasa  u  odosizlik  va  

yomonlikka yul quyadi. Ibn Sino  o’zining {Qush tili} asarida ikkiyuzlamachilik, yolg’onchilik kabi 

hislatlarni  qoralaydi, inson ustidan  har qanday zurovanlikni inkor etadi. 

Ibn  Sinoning    yozishicha,  insonning  eng  yaxshi  fazilatlaridan  biri  o’zining  yomon  axloqiy 

xislatlarini  anglab,  ularni  yuqotishga  intilishidir.  Uning    yaxshi  xislatlari  ichida      boshqalarga  

e:tibor  va    g’amqurlik  bilan  munosabatda  bo’lishi  maxsus  o’rin  tutadi.  Kimki  o’zining  axloqini 

tarbiyalash  uchun  o’z  oldiga  quygan  vazifaini  bajarib,  o’z  xulqini  tuzatishga  intilsa,  unga    hech 

narsa  qurqinchli  emas.  Kimki  o’z xatosini tuzatsa  unda  boshqalarning  tarbiyasi  haqida  g’amqurliq 

qila  olishi  mumkin.  Boshqa  odamni  tarbiyalomaqchi  va  uning  axloqini  tuzatmoqchi    bo’lgan 

tarbiyachi,  avvallo    uni    yaxshi  urganishi  va  barcha  vazifasini  bajara  olmaydi.  Ya:ni  bemorning  

kasalini  bilmay  turib,  uni  tuzatishga    kirishgan  odamday    bulib  qoladi.  Tarbiya  tarbiyalanuvchini  

yomon  axloqiy  hislatlardan  ozod  qilish,  unga  yaxshi    axloqiy  fazilatlarni  singdirish  jarayonida 

amalga oshiradi. 

Ibn  Sino    bolaning  axloqiy  tarbiyasi    haqida    bildirgan    fikrlarida    uy-ruzg’or  tutish 

masalalari      xususida  ham  so’z    yuritadi.  Bolani  tarbiyalash    oila,  ota-onaning  asosiy  vazifasidir. 

O’z  kamchiliklarini  tuzatishga    qadir    bo’lgan  ota-ona    tarbiyachi    bulishi  mumkin.  Axloqiy 

tarbiyada eng muhim  vositalar bolaning  nafsoniyatiga, gururiga  tegmagan holda, yakkama-yakka 

suhbatda bulish  unga nasihat  qilshdir. 

Nasihat qilishda suhbotdoshga nihoyatda hurmat  bilan yondoshish uni kamsitmaslik kerak. 

Ortiiqcha so’z aytib uni zeriktirmaslik zarur. Bir  xil  nasihatlarni qaytara berishlik ta’sir qilmaydi. 

Ibn Sino  shunday yozadi: {Sening fikrlaring bolaning yuragiga etib borib, unga uylab, fikr yuritib 

kurishga  imkon  bersin.  Agarda  sening  suhbotdoshing  yoki    dusting  sening  so’zlaringa  va 

nasihatinga e:tibor bermayotganini sezang, suhbotni boshqa vaqtga kuchir}. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling