O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Salomatlik va sog’lom hayot tarzi


Download 477.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.11.2017
Hajmi477.51 Kb.
#19999
1   2   3   4   5   6   7

Salomatlik va sog’lom hayot tarzi 

Mutaxassislarning  baho  berishicha  aholi  salomatligining  40-50  %  hayot  tarziga  bog’liq. 

Zararli odatlar, noto’g’ri ovqatlanish, alkogol` va tamakini me`yoridan ortiq iste`mol qilish, ko’p 

o’tirish,  stress,  atrof-muhitning  iflosligi  turli  kasalliklarga  (yurak-qon  va  nafas  olish  sistemasi 

kasalliklari, oshqozon-ichak funktsiyalarining buzilish va ch.z.) olib kelishi ma`lum.  

Shuning  uchun  hayot  tarzi  salomatlik  bazisi  sifatida  ko’rib  chiqiladi.  Salomatlik  darajasini 

tana  og’irligi,  o’pkalarning  hayotiy  sig’imi,  yurak  qisqarishlarining  chastotasi,  qon  bosimi, 

standart sinovdan keyin yurak urishi tiklanishiga ketgan vaqt va h.z.larning oddiy ko’rsatkichlari 

yordamida  aniqlash  mumkin.  Salomatlikning  tarkibiy  elementlariga  insonning  jismoniy  va 

funktsional  tayyorgarligi  haqidagi  ma`lumotlar  kiradi.  Salomatlikni  asrash  va  mustashkamlash, 

deganda  jismoniy  rivojlanish  gavda  tuzilishi,  jismoniy  va  funktsional  tayyorlikni  yaxshilash 

tushuniladi.  Salomatlikni  yaxshilashga  esa  muntazam  jismoniy  mashg’ulotlar  orqali  erishish 

mumkin. 

Abu Ali ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma kasalliklarning 

oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham katta e`tibor bergan. U 


jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanish  sog’lom  bo’lishning  kuchli  omili  ekanligini 

ko’p bora qayd etgan. 

T.I.Iskanderov,  V.I.Isxaqov  o’z  ishlarida  qadimiy  dunyo  va  Sharq  an`analari  bilan 

uyg’unlashgan  turli  jismoniy  mashqlar  haqida  so’z  yuritadilar.  Bular:  otda  yurish,  yugurish, 

kurash, tosh ko’tarish, to’p o’yinlari va h.z. 

Jismoniy  tarbiya  -  jamiyatdagi  umumiy  madaniyatning  bir  qismidir.  Shuningdek,  u 

insonning  jismoniy  qobiliyatini  rivojlantirish,  salomatligini  mustahkamlashga  yo’naltirilgan 

ijtimoiy  faoliyat  sohalaridan  biridir.  Jamiyatda  jismoniy  madaniyatning  ahvoli  haqida  quyidagi 

ko’rsatkichlar orqali so’z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va jismoniy madaniyati saviyasi; 

ta`lim  va  tarbiya,  sohasida  ishlab  chiqarish  va  turmushda  jismoniy  tarbiyadan  foydalanish 

darajasi;  bo’sh  vaqtdan  foydalanish;  jismoniy  tarbiya  tizimining  xarakteri,  ommaviy  sportning 

rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar. 

Jismoniy tarbiyaning asosiy elementlari: jismoniy mashqlar, mashqlar komplekslari va ular 

bo’yicha musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi. 

Jismoniy  tarbiya  jamiyatdagi  umumiy  madaniyatning  bir  qismi  hisoblanar  ekan, 

umummadaniy va ijtimoiy vazifalar (ta`lim - tarbiyaviy, normativ, o’zgartiruvchi, o’rgatuvchi). 

Jismoniy tarbiya o’zining umummadaniy va ijtimoiy vazifalarini o’zining maxsus vositalari 

yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

1.  Organizmni  insonning  yoshi,  jinsi,  sog’lig’ining  ahvoli,  jismoniy  rivojlanishidan  qat`iy 

nazar rivojlantirish va mustahkamlash. 

2. Yoshlarni meshnatga va Vatan shimoyasiga jismonan tayyorlash. 

3. Yoshlarning faol dam olish va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini qondirish. 

4. Yoshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini chiniqtirish. 

Ma`lumki,  jismoniy  tarbiya  va  sport  har  tomonlama  komil  insonni  tarbiyalashda  muhim 

vosita  hisoblanadi.  Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanish  ish  qobiliyatini  o’stiradi, 

sog’lom  hayot  tarziga  ehtiyojni  tarbiyalaydi,  bu  esa  uzoq  yillar  mustahkam  salomatlik  va  ijodiy 

faollik garovidir. 

Shuning  uchun  o’quvchi  va  talaba  yoshlarni  jismoniy  tarbiya  qilish  bo’yicha  o’quv 

jarayonlarni  takomillashtirish  respublikaning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  muhim  davlat 

ahamiyatiga ega, chunki  yoshlar salomatligi omili xalq xo’jaligi uchun ishchi resurslar rezervini 

tayyorlashning  asosi  hisoblanadi.  Shu  munosabat  bilan  oliy  o’quv  yurtlari  dargohidan 

chiqayotgan  mustaqil  O’zbekiston  Respublikasi  xalq  xo’jaligining  bo’lajak  mutaxassislari 

jismoniy tarbiya va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy burchni bajarishda joriy etishga 

tayyor  bo’lishlari  va  sportning  ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  ko’rsatkichlariga  ijobiy  ta`sir 

etishini chuqur tushunishlari kerak. 

Hozirgi  vaqtda  o’quvchi  va  talaba  yoshlar  salomatligida  jiddiy  kamchiliklar  mavjudligi 

aniqlangan.  Ayniqsa  maktab  va  oliy  o’quv  yurtini  bitirish  oldidan  yoshlar  salomatligining 

yomonlashuvi kuzatilmoqda. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo’lmoqda. 

Kam  harakatlilik  semizlik,  diabet,  nevroz,  yassi  tovonlik,  qomatning  buzilishi  kabi 

kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. 

Jismoniy  tarbiya  bo’yicha  mutaxassislar  harakat  faolligini  salomatlikni  saqlash  va 

mustahkamlashda  muhim  omil  hisoblaydilar.  Shuning  uchun  G.B.Meykson,  L.E.Lyubomirskiy 

va tadqiqotchilar guruhi jismoniy tarbiya bo’yicha kompleks dastur o’sib kelayotgan avlodni har 

tomonlama  rivojlanishiga,  salomatlikni  mustahkamlashga,  chiniqtirishga,  o’quvchilarning  ish 

qobiliyatining o’sishiga, kundalik harakat rejimini tashkil etishga yo’naltirish lozim, degan fikrga 

kelmoqdalar.  Ayni  paytda  shuni  ham  aytib  o’tish  kerakki,  pedagogika  sog’lomlashtiruvchi 

jismoniy  tarbiyaning  shakllari,  vositalari,  usullari  va  metodik  ko’rsatmalarni  ishlab  chiqishga 

etarlicha e`tibor bermagan. 

Shu paytga qadar jismoniy tarbiyada o’quvchi va talabalar, asosan, chidamlilik, chaqqonlik, 

kuch,  tezlik,  hayirlik  va  boshqa  sifatlarni  rivojlantirish  g’oyasi  asosiy  o’rin  egallagan.  Yosh 


sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash masalalarini hal qiluvchi sport 

mashg’ulotlari  metodologiyaning  bazisi  hisoblanadi.  Shu  munosabat  bilan  jismoniy  tarbiya 

mashg’ulotlari mazmunini tubdan o’zgartirish kerak, chunki yoshlar salomatligi keskin muammo 

bo’lib  turibdi.  Bundan  tashqari,  insonning  salomatlikni  asrash  va  mustahkamlashga,  jismoniy 

mashg’ulotlardan oladigan qoniqishga bo’lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham e`tiborga olish 

kerak. 


Tadqiqotlar  shuni  ko’rsatdiki,  g’hq  ta  amerikalik  va  ingliz  pedagoglari  mashg’ulotlarni 

o’quvchilarning  qobiliyatiga,  o’qituvchilarning  uchdan  bir  qismi  esa  o’qituvchilarning 

qiziqishlari hayotiy tajribalariga asoslanib rejalashtiradilar. 

Yoshlarni  jismoniy  tarbiya  qilishda  individual  yondashuv  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy 

tarbiya  pedagogik  tizimining  asosiy  yo’nalishiga  aylanishi  kerak.  Shu  munosabat  bilan  inson 

barkamolligini  kompleks  baholash  yordamida  individual  imkoniyatlarni  diagnostika  qilish 

jismoniy etuklikka erishishning asosi bo’lishi kerak. 

Ayni  paytda,  jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishi,  jismoniy  va  funktsional  tayyorlik  - 

bularning  barchasi  muntazam  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarining  natijasidir.  Bunda  inson  o’z 

salomatligining  mustahkamlanishi  jihatidan  qoniqish  hosil  qiladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  uning 

jismoniy va aqliy faolligini oshiradi, natijada o’quv va mehnat faoliyatining unumdorligi oshadi. 

Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki valeologiya 

insonning jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin 

bo’lgan  turli  kasalliklarning  oldini  olishga  sabab  bo’luvchi  jismoniy  tarbiya  formalari,  usul  va 

vositalari haqidagi fandir.  

 

 



Mustahkamlash uchun savollar. 

 

Adabiyotlar: 



1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 

 

 


ShAXS RIVOJLANIShIGA TA`SIR ETUVChI OMILLAR 

Reja: 


1.

 

Bolaning rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar haqida tushuncha 



2.

 

Ob`ektiv va sub`ektiv omillarning ahamiyati 



3.

 

Shaxsning rivojlanishida fiziologik xususiyatlar  

 

Tayanch tushunchalar: 

 

Shaxs,  muhit,  irsiyat,  mikromuhit,  oila  muhit,  salomatlik  va  sog’lom  hayot  tarsi,  jismoniy 

tarbiya, salomatlik, jismoniy rivojlanish, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment. 

 

 

Pedagogikada  «Shaxs»  tushunchasi  «Inson»  tushunchasidan  farqli  o’laroq,  u  insonning 

ijtimoiy  xususiyatlarini  anglatadi.  Yangi  jamiyat  boshqa  odamlar  bilan  muomalada  bo’lishi, 

munosabat  o’rnatishi  natijasida  shakllanib  boradigan  sifatlarni  bildiradi.  Inson  ruhiy 

xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda o’z o’rnini topa olishi, 

uning  Vatan,  xalqning  ravnaqi  yo’lida  og’ishmay,  e`tiqod  bilan  xizmat  qilishi,  imonli  bo’lishi 

insonni  shaxs  darajasiga  ko’taradi.  Bunday  sifatlarning  ro’yobga  chiqishi  tarbiyaga  bog’liq 

bo’ladi. 

«Shaxs» tushunchasi jamiyatda yashaydigan va ijtimoiy ahamiyatga molik tajriba (bilim, 

ko’nikma,  his-tuyg’u,  malaka)  tajribani  o’zlashtirayotgan,  atrofdagi  dunyoga,  odamlarga, 

mehnatga,  tabiatga,  va  o’ziga  nisbatan  ijtimoiy  asoslangan  munosabatni  egallagan  kishini 

tushunamiz. 

Shaxsning  rivojlanish  jarayoni  bir  qancha  omillar  ta`sirida  sodir  bwladi.  Bular  irsiyat, 

ya`ni  biologik  omil  hamda  muhit,  ta`lim  va  tarbiya,  shaxs  faoliyati  (ijtimoiy  omil)  shaxsni 

shakllantirishning asosiy omillari hisoblanadi. 

Shaxsning,  ayniqsa  bolaning  jismoniy  rivojlanishi,  sog’ligi  biologik  omilga  bog’liqdir. 

Bola o’zining avlod-ajdodlaridan ko’pincha biologik belgilarini  meros sifatida qabul qilib  oladi, 

hatto  ayrim  kasalliklar  ham  nasldan-naslga  o’tadi.  Biologik  omillar  shaxsning  jismoniy 

rivojlanishiga  ham  ta`sir  ko’rsatadi.  Shunday  ekan,  sog’lom  ota-onadan,  sog’lom  farzand 

dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. 



Muhit-bu shaxsga ta`sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar yig’indisidir. Ular, tabiiy 

muhit  (geografik,  ekologik)  ijtimoiy  muhit  (shaxs  yashayotgan  jamiyat)  va  boshqalardan 

iborat  bo’ladi.  Bular  orasida  ijtimoiy  muhitning,  ya`ni  shaxs  yashayotgan  jamiyatning  inson 

kamoloti  uchun  belgilangan  imkoniyatlari  muhimdir.  Faqat  tarbiya  orqaligina  insondagi 

rivojlanish  imkoniyatlarini  ro’yobga  chiqarish  mumkin.  Tarbiya  jarayonida  aniq  maqsad  va  reja 

asosida  shaxsga  ta`sir  etiladi.  Buning  natijasida  muhitdagi  voqealarning  to’g’ri  ijobiy  ta`sirini 

amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali ta`sir qilinadi, hatto 

tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham yo’qotib shaxsni kamolga etkazish mumkin. 



Irsiyat  –  bu  ota–ona  va  ajdodlarga  xos  bo’lgan  biologik  xususiyat  va 

o’xshashliklarning  naslga  (bolaga)  o’tish  jarayonidir.  Irsiyat  nishonalari  shaxsni 

shakllantirishning  ob`ektiv  omillariga  kiradi.  Irsiyat  qonunlari  to’g’risidagi  fan  genetika. 

Odamlarda  yuzlab turli qobiliyat nishonalari-mutloq eshitish, favqulodda ko’rish xotirasi, g’oyat 

tez ta`sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy istedodgacha mavjud bo’lishni nazarda tutadi. 



Nasldan-naslga  o’tadigan  xususiyatlarga  quyidagilar  kiradi:  anatomik-fiziologik  tuzilish 

(misol  uchun,  yuz  tuzilishi),  organlar  holati,  qaddi-qomat,  asab  tizimi  xususiyatlari,  teri, 

soch  hamda  ko’zlarning  rangi.  Shuningdek,  nutq,  tafakkur,  ixtiyoriy  harakat  va  amallar, 

vertikal  holatda  yurish,  mehnat  (ijod)  qilish  qobiliyati  va  boshqa  qobiliyat  alomatlari  ham 



nasldan-naslga o’tadi. qobiliyat alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat yoki 

ijod  turiga  yo’naltirilgan  emas,  inson  hayotining  ilk  davrlarida  u  muayyan  faoliyatga  moyillikni 

aks ettiradi xolos. 

Fiziologiya  va  psixologiya  sohasida  olib  borilgan  tadqiqot  natijalarining  ko’rsatishiga, 

inson  bolasi  tayyor  qobiliyat  bilan  emas,  balki  biror-bir  qobiliyatning  ro’yobga  chiqishi  va 

rivojlanishi  uchun  manba  bo’lgan  –  layoqat  bilan  tug’iladi.  Layoqat  go’yo  «mudroq»  holatda 

bo’lib, uning «uyg’otishi» - rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. 

Shaxs  xarakterining  ayrim  ko’rinishlarining  nasldan-naslga  o’tishi  xususida  ham 

qobiliyat nishonalarining avlodlar timsolida takrorlanishi borasidagi fikrlarni aytish mumkin. 

Shaxs muayyan ijtimoiy tuzum mahsulidir. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlarning 

majmui  tashkil  etadi  va  u  yashayotgan  ijtimoiy  jamiyatdagi  mavjud  tarixiy  sharoit  belgilaydi. 

Shaxsning hayotiy faoliyati amalga oshadigan ijtimoiy  muhit unga  yoki ijobiy  yoki salbiy  ta`sir 

ko’rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi 

mumkin.  Bu  jamiyatning  ma`naviy  qiyofasi,  unda  tashkil  etilayotgan  munosabatlar  mazmuni 

hamda darajasiga bog’liq. 

Muhit-  deganda  shaxsning  shakllanishiga  ta`sir  etuvchi  tashqi  olam  (voqelik,  hodisalar) 

majmui  tushuniladi.  «Muhit»  tushunchasi  o’zida  geografik-hududiy,  ijtimoiy  va  mikro  muhit 

(oila) xususiyatlarini ifoda etadi. 

Mikromuhit  o’zida  qisman  ijtimoiy  muhitni  qiyofasini  aks  ettiradi.  Ayni  chog’da  u 

nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo’lib, oila, maktab, 



do’stlar,  tengqurlar,  yaqin  kishilar  va  shu  kabi  unsurlarni  o’z  ichiga  oladi.  Bolani  qurshab 

turgan muhitda ijobiy va salbiy, rivojlantiruvchi (progressiv) va inqiroz etuvchi hodisalar mavjud. 

Agar  bola  o’z  tug’ma  layoqatiga  mos  sharoitda  o’sib,  zarur  faoliyat  bilan  shug’ullansa,  layoqat 

erta  ko’rinib  rivojlanishi,  aksincha,  bunday  muhit  bo’lmasa  yo’q  bo’lishi  yoki  «mudroq»ligicha 

qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari odob, axloq, xulqiy sifatlar – shaxsning barcha ruhiy 

sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o’zaro ta`siri asosida vujudga keladi. 

Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, uning shaxsning shakllanish jarayoniga 

ta`siri roliga alohida e`tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning  shaxs rivojiga ta`siri g’oyat 

muhim  ekanligini  ta`kidlagan  holda,  ular  ijtimoiy  muhit  abadiy  emas,  u  ijtimoiy-tarixiy 

qonuniyatlar ta`siri ostida o’zgarib boradi, deya ta`kidlaydilar. 



Oila  muhiti –  mikromuhit ham o’ziga xos muhim  tarbiyaviy ta`sirga ega. Shu bois 

mustaqillikka erishilgandan so’ng o’tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida 

tutgan o’rni va roli masalalari chuqur tahlil etilmoqda.  

Oila muhiti hamda ijtimoiy muhit o’rtasida o’zaro ta`sir, ikki tomonlama aloqa mavjud.  

Mavjud  ijtimoiy  muhit  insonning  o’sib  borayotgan  ongiga  ta`sir  etadi,  ijtimoiy  tuzum 

darajasi  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  uning  shaxsga  nisbatan  ongli  ta`siri  ham  shunchalik  yuqori 

bo’ladi. Ushbu ta`sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. 



Tarbiya  -  biror  maqsadga  yo’naltirilgan  jarayon  bo’lib,  u  muayyan  reja,  dastur 

g’oyalari  asosida  maxsus  kasbiy  tayyorgarlikka  ega  bo’lgan  kishilar  tomonda  tashkil 

etiladi. 

Tarbiya  ijtimoiy  muhit  orqali  keladigan  tarbiyaviy  ta`sirlarning  barchasi  bilan  bog’liq 

holda  ta`sir  qiladi.  Bunda  qulay,  samarali  omillardan  foydalanadi,  salbiy  ta`sirlarning  kuchini 

ma`lum darajada kamaytiradi. 

Bola  shaxsining  rivojlanishiga  irsiyat,  muhit  va  tarbiya  kabi  omillar  ta`sir  etadi.  Bola 

shaxsining  rivojlanishiga  naslning  ta`siri  deganda,  ota-onalarga  o’xshashlikni  ifodalovchi 

biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Shar bir bola ota-onasidan meros shaklida 

ba`zi  biologik  sifatlarga  (tananing  tuzilishi,  sochining,  ko’zining,  terisining  rangi,  bo’yi  basti  va 

boshqalar)  ega  bo’lgan  holda  dunyoga  keladi.  Bular  jismoniy  xususiyatlardir.  Oliy  nerv 

faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma tadi. Bu fiziologik xususiyat hisoblanadi. 

Akademik I.P.Pavlov ta`limotiga ko’ra bola bir qator tug’ma xususiyat va instinktlarga ega 

holda tug’iladi va bular shartsiz reflekslar guruhini tashkil etadi. Bular orasida oshqozon refleksi 


(so’lak  ajratish),  muhofaza  refleksi  (issiqdan  qo’lni  tortish,  yorug’dan  ko’zini  qisish)  kabilar 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ammo  bu  xususiyatlar  insonga  ham,  hayvonga  ham  taalluqlidir. 

Ayni vaqtda insonlarga xos bo’lgan xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan o’tadi. 

Agar  bola  o’z  layoqatiga  mos  sharoitda  o’sib,  zarur  faoliyat  bilan  shug’ullansa,  layoqat 

erta  ko’rinib,  rivojlanishi,  aks  holda  yo’q  bo’lib  ketishi  mumkin.  Shuning  uchun  pedagogik 

layoqatning  namoyon  bo’lishi  va  qobiliyat  sifatida  rivojlanishi  to’la-to’kis  hayot  sharoitiga  va 

tarbiyaga bog’liq. 

 

 



Mustahkamlash uchun savollar. 

 

Adabiyotlar: 



1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 



 

MAVZU: VALEOLOGIYa KURSINING TUZILIShI 

 

Reja: 

1. Jismoniy mashg’ulotlarning salomatlashtiruvchi yo’nalishi 

2. Ijtimoiy profilaktika O’zbekiston Respublikasi aholisi salomatligining omili sifatida 

3. Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir 

 

Tayanch tushunchalar: 

Gerontologlarning  kuzatishlar,  shaxs,  muhit,  irsiyat,  mikromuhit,  oila  muhit,  salomatlik  va 

sog’lom  hayot  tarsi,  jismoniy  tarbiya,  salomatlik,  jismoniy  rivojlanish,  pedagogik  kuzatish, 

pedagogik eksperiment. 

 

 

O’zbekiston  Respublikasining 



mustaqillikka  erishishi  o’sib  kelayotgan  avlodga 

salomatligini  yaxshilashni  talab  etadi,  chunki  bu  respublikaning  kelgusidagi  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishini  ko’p  jihatdan  ta`minlaydi.  Shuning  uchun  yoshlar  salomatligini  asrash  va 

mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik muammodir. 

Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar 

xalq xo’jaligi ishchi resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bu aholining salomatlik jihatdan 

zaif,  chuqur  o’ylangan  profilaktika  tizimiga  muhtoj  kontingentidir.  Ayni  paytda  rivojlanib 

kelayotgan yosh organizm sog’lomlashtirish usullariga faol javob beradi va bu usullar samarasini 

yanada oshiradi. 

O’zbekiston  aholisining  11,1  %,  ya`ni  respublikaning  har  uchinchi  fuqarosi  14  dan  30 

yoshgacha  bo’lgan  yigit  va  qizlardir.  Ayni  paytda  yoshlar  salomatligi  chuqur  tashvishga 

solmoqda.  Hayotning  davomiyligi  rivojlangan  mamlakatlardagiga  nisbatan  7  yilga  kam,  bu  farq 

yildan-yilga  uzayib  bormoqda.  Bolalar  o’limi  ko’paymoqda.  o’quvchi  va  talabalar  salomatligi 

ham yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda. 

Yoshlar  o’rtasida  kassalliklarning  oldini  olish  dolzarb  muammoga  aylanib  boryapti. 

Gerontologlarning kuzatishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 

-

 

hayot o’rtacha davomiyligining o’sishi deyarli to’xtadi; 



-

 

30-45 yoshda o’lim ayollar ko’payib bormoqda; 



-

 

35-45 yoshdagi erkaklar o’rtasida kasalliklar soni o’sib boryapti; 



-

 

maktab o’quvchilarida ateroskleroz va gipertoniya kasalliklari alomatlari qayd etilmoqda; 



-

 

shifoxona va poliklinikalarda davolanuvchilar soni ko’payib bormoqda; 



-

 

alkogol` va tamaki iste`moli oshib boryapti. 



O’zbekiston  Respublikasi  sog’liqni 

saqlash  vaziri  o’rinbosari  B.Yuldashevning 

ta`kidlashicha,  mutaxassislarning  bergan  ma`lumotlariga  muvofiq,  birinchi  sinf  o’quvchilarining 

70-80  %  sog’lig’ida  kamchiliklar  mavjud.  Bu  kamchiliklar  o’smirlik  davriga  kelib  surunkali 

ko’rinishga o’tmoqda. Masalan, birinchi sinf o’quvchilarining 15-20 % da kuzatilgan asab-ruhiy 

buzilishlar  8-10  sinflarga  kelib  54-80  %  ga  ko’paymoqda;  ortopedik  patologiyalar  10-15  %  dan 

50-88  ga  oshmoqda.  15-17  yoshdagi  toshkentlik  o’quvchilarning  8,5  %  gina  sog’lom  ekanligi, 

qolgan 91,5 % organizmida turli kasalliklar alomatlari mavjudligi aniqlangan. 

Turli oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar sog’lig’i tekshirilganda, ularning 40 % 

turli  surunkali  kasalliklar  (psixologik  kasalliklar  va  nevroz,  nafas  olish  organlari  kasalliklari, 

yurak-qon tizimi va ovqat hazm qilish organlari kasalliklari) bilan og’rishi ma`lum bo’ldi. Shunisi 

achinarliki,  ko’pchilik  talabalar  asab-ruhiy  kasalliklari  bilan  og’rigan.  Kasalligi  tufayli 

talabalikdan o’chirilgan yoshlarning 45 % aynan ruhiy va psixologik kasalliklar bilan og’riganligi 

ma`lum.  Talabalarda  turli  kasalliklar  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanishi  susaygan  paytda 

kuchayishi  kuzatilgan.  Oliy  o’quv  yurtini  bitirayotgan  talabalar  salomatligi  istalgan  darajada 

emas. 


Salomatlik inson hayotida, ayniqsa  yoshlik chog’larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik 

darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta`sir ko’rsatadi. 

Toshkent  Davlat  tibbiyot  instituti  talabalari  salomatligini  kuzatish  natijasida  quyidagilar 

ma`lum  bo’ldi.  Talabalarning  25  %  ga  yaqini  yurak-qon  va  qorin  kasalliklariga;  12  %-  qomat 

buzilishi  va  skalioz  bilan,  10  %  -  ko’z  kasalliklari,  10  %  nafas  olish  organlari  kasalliklari  bilan 

og’rigan. Yurak-qon kasalliklari oldini olish birinchi darajali muammo hisoblanadi.  

1985  yilda  talabalar  o’rtasida  jismoniy  faollik  darajasi  o’rganildi.  Moskvalik  birinchi  kurs 

talabalari  o’rtasida  jismoniy  aktivlik  yigitlar  o’rtasida  41%,  qizlar  o’rtasida  64%  ni,  Xar`kovda- 

49  va  75%,  Almatida  67  va  64%  ni,  Toshkentda  o’h  va  84%  ni  tashkil  etdi.  Ko’pchilik 

talabalarning  ongida  jismoniy  tarbiya  va  sport  kasalliklarining  oldini  oluvchi  omil  ekanligi 

shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham o’tkazilgan ko’p 

sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg’ulotlarning inson organizmiga ijobiy ta`sir etishi va ular turli 

kasalliklar profilaktikasida effektiv vosita hisoblanishini isbotlangan. 

Shunga qaramay, yoshlarni jismoniy sog’lomlashtiruvchi tizim sifatida qaralmaydi, shuning 

uchun  bunday  jismoniy  tarbiya  yoshlarni  sog’lom  turmush  tarziga  tayyorlamaydi,  ularga 

salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o’rgatmaydi. 

Pedagogik  jarayon  jismoniy  tarbiya  bo’yicha  amaliy  mashg’ulotlarga  ehtiyojni 

rivojlantirmaydi, jismoniy rivojlanish va funktsional imkoniyatlarni yaxshilamaydi. 

O’qitish  mazmuni  va  metodik  asoslari  sog’lomlashtirishga  yo’naltirilmaganligi  sababli 

jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtiruvchi effekt yo’q. 

Bu, shuningdek, tibbiyot va pedagogikaning sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi 

va metodikasiga etarli e`tibor bermayotganligiga ham bog’liqdir. 

Yoshlar  salomatligi  soxasidagi  axvol  taxlili  shuni  ko’rsatadiki  bu  muammo  hozirgi  kunda 

keskin  tus  olgan.  Jismoniy  tarbiya  didaktikasida  tub  o’zgarishlar  amalga  oshirmay  turib  ruhiy, 

axloqiy va jismoniy sog’lomlashtirish masalalarini hal etish mumkin emas. 

Salomatlik  ahvoli  inson  omilining  tabiiy  asoslariga  ta`sir  etishini  qayd  etish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Mustahkam  salomatlik  ish  kuchi  sifatini  ham  oshiradi.  Sog’lom  inson  bir  xil 

sharoitda  salomatligi  yomon  insonga  nisbatan  og’irroq  ishni  bajarish  va  moddiy  foyda  keltirish 

imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog’lom inson - yuqori sifatli ishchi kuchidir. 

Ma`lumki,  talabalarning  kasalliklarga  ko’p  chalinishi  sabablaridan  biri  -  ularning  kam 

harakatliligidir.  Ratsional  jismoniy  yuklamalarning  yo’qligi,  birinchi  navbatda,  semirish,  diabet, 

nevroz,  qomatning  buzilishi,  yassitovonlik  kabi  kasalliklarning  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi. 

Yurak-qon  va  nafas  olish  tizimlarining  funktsional  rezervlari  kamayadi,  turli  infektsiyalar, 

shamollashlar, ruhiy stresslarga chidamliligi pasayadi. 

Shuning  uchun  harakat  faolliligiga  hozirgi  paytda  jismoniy  ko’rinishning  yaxshilanishida 

effektiv vosita sifatida qaraladi. 

Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanish  salomatlikni  mustahkamlashga,  o’qish 

unumdorligini  oshirishga  yordam  beradi,  jismoniy  madaniyat  elementlarini  shakllantiradi. 

Salomatlik  -  ijtimoiy-iqtisodiy,  biologik,  ekologik,  tibbiy  va  psixoemotsional  ta`sirlarning 

natijasidir  va  uni  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  yordamida  mustahkamlash  mumkin. 

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish organizmning atrof-muhit 

va infektsiyalar ta`siriga tabiiy qarshiligini oshiradi. 

Shu  vaqtga  qadar  yoshlarni  jismoniy  tarbiya  qilishda  texnik  usullarga  o’rgatish,  jismoniy 

sifatlarni 

rivojlantirish 

kontseptsiyasi 

ilgari 

surilgan. 



Bunday 

metodologiya 

etarli 

sog’lomlashtiruvchi  effektga  ega  emasligi  amaliyotda  sinaldi,  shuning  uchun  uni  boshqatdan 



ko’rib chiqilishi lozim. 

So’nggi  vaqtlarda  insonning  sog’lomlashishiga  bo’lgan  extiyojni  qondiruvchi  yo’nalishlar 

tobora  keng  tarqalmoqda.  Bunday  kontseptsiya  sog’lomlashtiruvchi  sport  klublari  faoliyatiga 

jiddiy ta`sir ko’rsatdi. 

 


Download 477.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling