O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


JISMONIY MAShG’ULOTLARNING SOG’LOMLAShTIRIRUVCHI YO’NALIShI


Download 477.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.11.2017
Hajmi477.51 Kb.
#19999
1   2   3   4   5   6   7

JISMONIY MAShG’ULOTLARNING SOG’LOMLAShTIRIRUVCHI YO’NALIShI 

Agar  sport  tibbiyoti  o’z  taraqqiyotining  birinchi  o’n  yilliklarida  tibbiy  nazoratda  o’z 

e`tiborini  sportchilarning  harakat  organlarining  shikastlanishiga  qaratgan  bo’lsa,  hozirgi  kunda 

yangi,  valeologik  yo’nalish  paydo  bo’lmoqda.  Ushbu  yo’nalish  hayotda  sodir  bo’layotgan 

o’zgarishlarning  natijasida  qator  kasalliklarning  kelib  chiqishi  va  o’sishi  asosida  tug’ilmoqda. 

Hozirgi  kunda  eng  yomon  kasalliklar  sifatida  yurak-qon  kasalliklari,  onkologik  va  oshqozon-

ichak  kasalliklari  tilga  olinmoqda.  Yurak-qon  kasalliklari  asosida  ateroskleroz  va  uning 

rivojlanishiga  sabab  bo’luvchi  patologik  holatlar  yotadi.  Bular-  semizlik,  qand  kasalligi,  arterial 

gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va ovqatlanishning buzilishi va boshqalar. 

Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanish  valeologiyaning  asosi  bo’lgan 

salomatlikka, talaba organizmining harakat va funktsional imkoniyatlariga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. 

Sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  organizmning  tashqi  muhitning  salbiy  ta`sirlariga 

qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda 

samarali vosita hisoblanadi. 

Shuning  uchun  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  valeologiya  pedagogik  jarayonning 

asosi bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni 

har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni 

bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bular: 

-

 

talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini 



oshirish; 

-

 



muntazam  jismoniy  mashg’ulotlarga  ehtiyojni,  jismoniy  etuklikka,  yaratuvchanlik  va 

mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash; 

-

 

mustaqil  davlat  quruvchilarining  yuqori  axloqiy  sifatlarini  tarbiyalash,  o’z  salomatligi 



haqida  qayg’urish  nafaqat  shaxsiy  balki  jamiyat  oldidagi  burch  ekanligi  haqidagi  tushunchani 

shakllantirish; 

-

 

sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini hosil qilish; 



-

 

sog’lomlashtirishning,  kasalliklarni  oldini  olishning  turli  shakl,  usul  va  vositalaridan 



foydalanishni o’rgatish; 

-

 



bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, kundalik 

harakat rejimini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatish; 

-

 

harakat xususiyatlarini rivojlantirish. 



O’quvchi yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni 

jismonan  va  ma`nan  voyaga  etkazish,  rivojlanib  kelayotgan  davlatning  faol  quruvchilarini  har 

tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi. 

Yoshlar  salomatligi  muammosi  qator  sabablarga  ko’ra  dolzarb  hisoblanadi.  Talaba  yoshlar 

mustaqil  davlat  rahbar  xodimlarining  asosiy  rezervi  hisoblanadi.  O’zbekiston  Respublikasining 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyoti  yosh  mutaxassislarning  bilimi,  mohirligi  va  ularni  o’qitish 

tizimiga  bog’liq.  Yoshlar  ma`lum  bilimlarni  salomatlikni  mustahkamlovchi,  o’quv  va  mehnat 

faoliyatining unumdorligini oshiruvchi sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari 

bo’yicha egallashlari kerak. 

Shuning  uchun  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  yoshlar  salomatligini  asrash  va 

mustahkamlash,  kasalliklarning  oldini  oluvchi  valeologik  jarayon  hisoblanadi.  Profilaktika  ikki 

turga bo’linadi: ijtimoiy va shaxsiy profilaktika. 

 

Ijtimoiy profilaktika o’zbekiston Respublikasi asholisi salomatligining  

omili sifatida 

Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarning oldini olish 

va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi. 

Ijtimoiy  profilaktikaning  zamonaviy  tushunchasi  inson  salomatligiga  salbiy  ta`sir  etuvchi 

omillarni  bartaraf  etish,  uni  jismoniy  va  ruhiy  quvvatini  har  taraflama  rivojlantirishni  o’ziga 


maqsad  qilib  olgan  davlat,  jamoat  va  tibbiy  tadbirlarning  kompleks  tizimini  o’z  ichiga  oladi. 

Tibbiyot  sohasida  kasalliklarning  oldini  olish,  inson  salomatligini  mustahkamlash,  uning  umrini 

uzaytirish bo’yicha etarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan. 

Aholi  salomatligini  asrash  va  mustahkamlash  rivojlanayotgan  davlat  sharoitida  alohida 

ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi: 

-

 



Aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish; 

-

 



tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash; 

-

 



ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish; 

-

 



har bir insonni, uning ilk bolalik chog’idan boshlab, jismoniy va ruhiy rivojlantirish; 

-

 



sog’lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish; 

-

 



aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e`tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash; 

-

 



aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini tadbiq etish. 

Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko’rsatdi: 

-

 

aholining 16-20 % salomatligi darajasi qoniqarli; 



-

 

aholining 32-44 % salomatligi darajasi qoniqarsiz; 



-

 

aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida. 



Salomatlik  darajasi  qoniqarsiz  holatda  fiziologik  tizimning  elementlari  o’rtasida 

kelishmovchiliklar ro’y beradi, organlar o’z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash 

va holdan toyish kuzatiladi. 

Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e`tibor profilaktikaga qaratilgan. 

Tibbiyotda profilaktika vositalari etarlicha, lekin o’sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi 

jismoniy  tarbiya,  medikamentlar  va  x.z.  vositalar  asosida  sog’lomlashtiriladi.  Ya`ni, 

kasalliklarning  oldini  olish  emas,  ularni  davolash  usullaridan  foydalaniladi.  Axir,  salomatlikni 

asrovchi, kasalliklarning oldini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. 

Ko’p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajratib qo’yilgan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  ijtimoiy  profilaktika  tibbiyotda  keng  ishlab  chiqilgan,  har  bir  shaxs 

salomatligining  garovi  bo’lgan  individual  profilaktikaga  esa  etarlicha  e`tibor  berilmayapti. 

Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib berishi kerak. 



Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir 

Kasalliklar  -  insoniyat  uchun  ofatdir.  qanchadan-qancha  insonlar  ular  tufayli  bevaqt 

hayotdan ko’z yumadilar, mehnat qilish quvonchidan mahrum bo’ladilar. 

Kasalliklar  bilan  insonparvar  fanlardan  biri  tibbiyot  shug’ullanadi.  Tibbiyot  umumbashar 

madaniyatining  ilk  davrida  paydo  bo’lgan  va  ulkan  yutuqlarga  erishgan.  Ammo  kasalliklarning 

barchasi  ham  tibbiyot  tomondan  engilmagan.  Ko’p  asrlar  davomida  shifokorlarning  asosiy  va 

yagona vazifasi bemorlarni davolash hisoblangan. Ko’pgina chet davlatlarida hozirgi kunga qadar 

davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan keskin ajratib qo’yilgan. 

Tibbiyotda  profilaktika  -  inson  salomatligini  mustahkamlash,  kasalliklarni  keltirib 

chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, ularning oldini olish bo’yicha usul va vositalarning birligidir. 

Individual profilaktika turmushda va ishlab chiqarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni 

ko’zda  tutadi.  Ijtimoiy  profilaktika  esa  kollektiv  salomatligini  himoya  qilish  bo’yicha  tadbirlar 

tizimini  o’z  ichiga  oladi.  Profilaktika  tushunchasi  va  uni  amalga  oshirishning  aniq  shakllari 

jamiyatning va fan taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida o’zgarib turgan. 

Ilk  tibbiy  va  gigienik  bilimlar  inson  hayotiy  faoliyatining  boshlang’ich  bosqichlarida 

kuzatishlar  va  tajribalar  asosida  tug’ilgan  va  xalq  tibbiyotining  asosi  bo’lishi  udumlar,  usul  va 

vositalar  orqali  mustahkamlangan.  Kasalliklarning  oldini  olish  va  ularni  davolashda  tabiat 

kuchlari  (quyosh,  suv,  havo)  dan,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosining  davolovchi  vositalari  katta 

ahamiyatga ega bo’lgan. 

Zardushtiylikning  muqaddasi  kitobi  «Avesto»da  (e.  av.  IX  asr  -  e.  III  asri)  o’rta  Osiyo, 

Eron,  Ozarbayjon  va  Afg’oniston  hududida  eramizdan  avvalgi  ming  yillikda  yashagan  xalqlar 

tibbiyoti  haqida  ko’plab  ma`lumotlar  berilgan.  O’sha  davrda  inson  anatomiyasi  va  fiziologiyasi 



haqida  ilk  tushunchalar  paydo  bo’lgan.  Kasalliklarning  oldini  olishga  katta  e`tibor  qaratilgan 

(G’Kasallikning  ildizini  senga  tegmasidan  oldin  quritG’),  uning  asosida  gigienik  xarakterdagi  - 

ovqatlanish  tartibi,  oilaviy  hayot,  homi-lador  va  emizuvchi  ayollarga  munosabat,  mast  qiluvchi 

ichimliklar ichishni taqiqlovchi ko’rsatmalar berilgan. 

Profilaktik tibbiyot g’oyalari o’rta asrlarning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino risolalarida ham 

o’z aksini topgan. U inson salomatligini asrash va mustahkamlashda, kasalliklar profilaktikasi va 

ularni davolashda jismoniy mashg’ulotlarni universal vosita deb hisoblagan, jismoniy mashqlarni 

inson  hayotining  turli  bosqichlarida  uning  salomatligi,  yoshi,  jismoniy  tayyorgarligi,  jismoniy 

yuklamaga  chidamliligini,  shuningdek,  iqlim  sharoitlari  va  boshqa  omillarni  e`tiborga  olib 

kundalik rejimga kiritishni tavsiya etgan. 

Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash uchun etti omilga e`tibor qaratgan: 

-

 



bosiqlik; 

-

 



ovqatlanish tartibi; 

-

 



gavdani tik tutish; 

-

 



toza havo; 

-

 



qulay kiyim; 

-

 



jismoniy va ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi. 

Gippokrat  tibbiyotga  falsafa  sifatida  qaragan  olim  bo’lib,  kasalliklarning  kelib  chiqishida 

turmush  tarzi  va  atrof-muhitning  roliga  ahamiyat  bergan,  insonlarning  gavda  tuzilishi  va 

temperamentiga qarab bemorga tashxis qo’ygan va uni davolagan. 

Tibbiyot  fanining  ilg’or  arboblari  va  shifokorlari  ijtimoiy  profilaktika  taraqqiyoti, 

davolovchi  va  profilaktik  tibbiyotning  o’zaro  birligi  tibbiyotning  kelajagini  belgilaydi,  deb 

hisoblashgan. 

Profilaktika  to’g’risida  zamonaviy  tushuncha  davlat,  jamoat  va  tibbiy  tadbirlarning 

kompleks  tizimini  o’z  ichiga  oladi.  Inson  salomatligiga  salbiy  ta`sir  qiluvchi  omillarni  bartaraf 

etish,  shuningdek  insonning  jismoniy  va  ruhiy  quvvatini  har  tomonlama  rivojlantirish  ushbu 

tizimning maqsadidir. 

Profilaktika,  keng  ma`noda,  insonlarning  salomatligini  mustahkamlash,  mehnat  faolligini 

oshirish, umrini uzaytirish, mehnat, turmush, dam olish sharoitlarini yaxshilash, hamda jismoniy 

madaniyatini  rivojlantirish  uchun  barcha  sharoitlarni  yaratishga  yo’naltirilgan  tadbirlarni 

anglatadi. 

Shunday  qilib,  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  individual  profilaktikaning  asosi 

hisoblanadi va yoshlar salomatligini yaxshilash va asrashning samarali vositasi hisoblanadi. Ayni 

paytda  u  tanani  sog’lomlashtirish,  o’quv  jarayoni  va  mehnat  camaradorligini  oshirishning 

samarali usuli hamdir. 

Individual  profilaktika  yoshlar  salomatligini  yaxshilaydi  va  jamiyatning  demografik 

tuzilishi ijobiy tomonga o’zgarishiga yordam beradi. Jamiyatda qari insonlar soni ko’payayotgan 

bir  davrda  sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari  faol  ijodiy  faoliyatni  davom 

ettirishga  yordam  beradi  va  jamiyat  mehnatga  qobiliyatli  aholining  qo’shimcha  zahiralariga  ega 

bo’ladi. 



 

Mustahkamlash uchun savollar. 

Adabiyotlar: 

1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 



Mavzu: VALEOLOGIYaNI O’QITISh TIZIMI 

 

Reja: 



1.

 

Valeologiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlar 



2. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot 

3. Salomatlikni yaxshilashning ratsional usullari 

4. Salomatlikni mustahkamlashning noan`anaviy vositalari 

 

Tayanch tushunchalar: 

Salomatlikni 

yaxshilashning 

ratsional 

usullari, 

ma`ruza, 

salomatlikni 

mustahkamlashning  noan`anaviy  vositalari, 

shaxs,  muhit,  irsiyat,  mikromuhit,  oila 

muhit,    salomatlik va sog’lom hayot tarsi, jismoniy tarbiya, salomatlik, jismoniy 

rivojlanish, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment. 

 

Talabalar 



sog’lomlashtirish 

jismoniy 

tarbiyasi 

tizimining 

tarkibiy 

elementlarini 

quyidagilarni  tashkil  etadi,  mashg’ulotlar  maqsadi,  vazifalari  va  ishlab 

ch

iqilgan  shakllari, 



samarali usullar, vositalar va pedagogik nazorat. 

Jismoniy  etuklik,  talabalarni  sog’lomlashtirish  pedagogik  jarayoni  maqsadi  va  natijalari 

kabi,  salomatlik  darajasi  va  talabaning  har  tomonlama  tayyorligini  integral  baholash  bilan 

xarakterlanadi. 

Sog’lomlashtirish  vazifalari  valeologik  tarbiya  jarayonida  amaliy  mashg’ulotlarning 

samarali  shakllari  (sog’lomlashtirish,  nazorat,  umumiy  jismoniy  tayyorlanishi,  sog’lom  hayot 

tarzi ko’nikmalarini shakllantirish), usullari (musobaqa, o’yinlar, reglamentlashtirilgan mashqlar) 

va vositalari (yugurish, atletik gimnastika, sport va milliy o’yinlar, havo-quyosh vannalarida, suv 

muolajalari yordamida chiniqish, sheyping, sharq yakka kurashlari va h.z) yordamida bajariladi. 

Ma`ruza  -  oliy  o’quv  yurtida  ta`lim  berishning  an`anaviy  etakchi  shaklidir.  Uning  asosiy 

didaktik  maqsadi  -  o’quv  materialini  talabalar  tomondan  egallanishi  uchun  orientirli  asosini 

shakllantirish. 

Valeologiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlar 

Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv mashg’ulotlar oliy o’quv yurtlarida valeologiyaning asosiy 

va  majburiy  shakli  hisoblanadi.  Mashg’ulotlarda  talabalar  sog’lom  hayot  tarzi  haqida  bilim 

oladilar,  malakalarini  oshiradilar,  jismonan  rivojlanadilar.  Jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari  o’z 

xususiyatlariga  ega  bo’lib,  ular  harakat  sezgilari,  holatning  tez-tez  o’zgarishi,  yuqori 

emotsionallik,  kollektiv  harakatlar  bilan  xarakterlanadi.  Pedagogik  eksperiment  o’tkazish 

jarayonida jismoniy sog’lomlashtirish va profilaktik  mashg’ulotlarning samarali formalari ishlab 

chiqildi. 

Jismoniy  sog’lomlashtirish  mashg’uloti  jismoniy  tarbiyaning  pedagogik  va  metodik 

tamoyillariga  binoan  o’tkaziladi.  Mashg’ulotni  o’tkazish  tamoyillari  quyidagi  talablar  asosida 

konkretlashtirildi:  

-  mashg’ulot  ta`lim,  tarbiyaviy  va  sog’lomlashtirish  vazifalarini  bajarish,  talabalarda 

jismoniy mashg’ulotlarga qiziqishni shakllantirish, ularni aktiv faoliyatga undashi kerak; 

- mashg’ulot vazifalari kontingentning boshlang’ich ahvoli haqidagi ma`lumotlar (jismoniy 

rivojlanishi, jismoniy va funktsional tayyorligi) asosida tuzilgan bo’lishi lozim; 

-  mashg’ulot  mazmuni,  uni  tashkil  etish  va  o’tkazish  metodikasi  har  bir  talabaning 

psixologik  tadqiqotlar  natijasida  aniqlangan  individual  tipologik  xususiyatlari  va  shaxsiy 

xarakteriga asoslangan bo’lishi kerak; 

-  mashg’ulot  mazmuni  va  yuklamasi  o’quv  jadvaldagi  boshqa  umumta`lim  darslariga  mos 

kelishi kerak. 



Bundan  tashqari,  mashg’ulot  tuzilayotganda  asosiy  didaktik  tamoyillar  (onglilik,  faollik, 

muntazamlilik,  ketma-ketlik,  ko’rgazmalilik,  amaliy  yo’naltirilish)  e`tiborga  olinishi  kerak, 

chunki bularsiz mashg’ulot istalgan natijani bermaydi. 

Yuqorida  qayd  etilgan  tamoyillardan  tashqari  o’quv  mashg’uloti  tuzilayotganda  bir  qator 

umumiy  metodik  talablarga  ham  e-tibor  berish  lozim.  Masalan,  har  bir  mashg’ulot 

shug’ullanuvchilarning faol faoliyatini ta`minlab beruvchi, tananing umumiy mehnat qobiliyatini 

o’sishiga,  qo’yilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  echishga  yordam  beruvchi  ratsional  zichlik 

tamoyillari  asosida  tuzilgan  bo’lishi  kerak.  Bunday  mashg’ulot  shug’ullanuvchilar  organizmiga 

ijobiy  ta`sir  etadi,  tanani  optimal  fiziologik  yuklama  bilan  ta`minlash  talablariga  javob  beradi. 

Bunda  shug’ullanuvchilarning  mustahkam  intizomi,  harakatlarining  uyushqoqligi  asosiy 

talablardan  biri  bo’lib,  ularsiz  tarbiyaviy  vazifalarni  hal  qilib  bo’lmaydi.  Bunday  talablarga, 

shuningdek,  shug’ullanuvchilar  harakatining  emotsionalligi,  kollektivligi,  ularning  qiziqishlari, 

individual  qobiliyatlari  ham  kiradi,  bunda  jismoniy  sog’lomlashtirish  mashg’ulotlarini  tuzishda 

bir xillilik inkor etiladi. 

Tadqiqotlar  natijasiga  ko’ra  turli  testlar  musobaqa  usulini  qo’llash  hamkorlik  muhitini 

yaratish  uchun  zarurdir.  Talabaning  o’qituvchi  bilan  bevosita  muloqotda  bo’lishi  ularning 

o’qishiga, rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Mashg’ulotlarning samaradorligi o’qituvchi va talaba 

o’rtasida  aloqa  naqadar  aniq  o’rnatilganligiga,  bu  aloqaning  jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlari 

va shaxsning tipologik xususiyatlariga naqadar to’liq mos kelishiga ham bog’liq. 

Bu  ma`noda  valeologik  tarbiya  talabaning  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug’ullanishiga 

ehtiyojni mustahkamlashga  yo’naltirilgan o’quv va jismoniy sog’lomlashtirish faoliyatini tashkil 

etishning ko’p qirrali jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi. 

Mashg’ulotni  tuzish  va  unda  ilmiy  asoslangan  o’quv  materialini  rejalashtirish  asosiy 

vazifalarni  belgilab  olish  bilan  amalga  oshiriladi.  Bu  vazifalar  umumiy  yo’nalishni, 

mashg’ulotning  mazmuni  va  usullari,  tarbiya,  ta`lim  va  sog’lomlashtirish  vositalarini  belgilab 

beradi.  Ta`lim,  tarbiya  va  sog’lomlashtirish  vazifalari  jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishi,  qon 

aylanishi, shaxsning tipologik xususiyatlari bahosiga qarab konkretlashtirilishi lozim. 

Jismoniy mashqlarni bajarish shakllari, usullari, davomiyligi, ketma-ketligi valeologiyaning 

asosiy vazifalariga bevosita bog’liq. Shunday qilib, mashg’ulotning mazmunini belgilab beruvchi 

pedagogik  vazifalar  boshlang’ich  omil  hisoblanadi.  Shug’ullanuvchilarning  harakat  faoliyati 

jarayonida  ish  qobiliyatining  muayyan  o’zgarishi  jismoniy  mashg’ulotlarning  yana  bir  asosiy 

omillaridan  biridir.  U  funktsional  holat  dinamikasini,  tana  tizimlari  (harakat  apparati,  ichki 

organlar va h.z) imkoniyat-larini aks ettiradi. 

Yana  bir  muhim  omil-jismoniy  mashqlarning  shug’ullanuvchilarga  tabiiy  ta`siri.  Bu, 

birinchi  navbatda,  alohida  mashqlar  yoki  mashqlar  birikmasining  samarasi.  Jismoniy  mashqlar 

inson  tanasi  va  ruhiyatida  ma`lum  o’zgarishlarga  sabab  bo’ladi.  Bu  o’zgarishlar  mashqlar 

to’xtashi  bilan  yo’qolmaydi,  balki  ma`lum  muddat  saqlanib  turadi.  O’zgarishlarning  saqlanib 

turishi  navbatdagi  mashqlarni  bajarishga  yordam  berishi  yoki  aksincha,  halal  berishi  mumkin. 

Masalan,  og’ir  jismoniy  yuklamali  mashqlardan  so’ng  qiyin  koordinatsiyali,  yangi  harakatlarni 

o’rganish  yaxshi  samara  bermaydi.  Chidamlilikni  mustahkamlash  mashqlardan  so’ng  tezlikni 

oshiruvchi mashqlar ham kutilgan natijani bermaydi. 

Valeologik  tarbiya  va  mashqlarini  pedagogik  nazorat  qilish  asosida  G’o’qituvchi  - 

o’quvchiG’  tizimidagi  operativ  aloqa  bilan  ta`minlash  va  o’quv  jarayonini  yuqori  darajada 

boshqarish bo’yicha tadqiqot natijalarini ham hisobga olish muhim. 

Jismoniy  mashg’ulotlar  tashqi  omillarga  ham  bevosita  bog’liqdir.  Gimnastika  zali,  sport 

maydochasi, suzish havzasidagi mashg’ulotlar bir-biridan farq qiladi. 

Jismoniy  mashg’ulotlar  rejalashtirilayotganida  o’rta  Osiyo  regionining  quruq  issiq  iqlimini 

hisobga  olish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jismoniy  mashg’ulotlarning  har  bir  sharti 

shug’ullanuvchilarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning xulqi va ish qobiliyatiga o’z ta`sirini 

ko’rsatadi. 



Valeologik tarbiyaning ta`lim vazifasi - sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga 

o’rgatish.  Bayon  etilganlar  nafaqat  nazariy,  balki  amaliy  planda  ham  amalga  oshiriladi.  Zero 

talaba salomatligi uning harakat faolligi, to’g’ri ovqatlanishi va kun tartibiga bog’liq bo’ladi. 

Shunday qilib, jismoniy  rivojlanish va gavda  tuzilishini  yaxshilash talaba  yoshlar jismoniy 

tarbiyasining  asosiy  shartlaridan  biridir  va  bunga  o’quv-tarbiyaviy,  sog’lomlashtirish 

jarayonlarida  kuch-quvvatni  oshiruvchi  maxsus  mashqlardan  muntazam  foydalanish  orqali 

erishiladi. 

Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot 

Kirish (tayyorlov) qism. Sekin sur`atda 8-12 minut yugurish. Hayirlik, chaqqonlik e`tiborni 

yaxshilashga  yo’naltirilgan  mashqlar  -  qo’llarni  zarb  bilan  silkitish,  sakrash,  o’tirib-yurish 

mashqlarni  xushtak  chalib,  komanda  berib  bajarish,  aylanib  sakrash,  egilish  va  x.z.  Hammasi 

bo’lib 20 dan kam bo’lmagan (20-30 takrorlashdan iborat) turli mashqlar. Asosiy qismda juft-juft 

bo’lib og’irligi 2-4 kg bo’lgan koptoklar bilan mashqlar bajariladi: koptokni ikki qo’llab boshdan 

oshirib, pastdan ko’krakdan itarib uloqtirish va h.z; 3 kishi, 4 kishi bo’lib: 2 ta-3 ta koptokni bir 

vaqtning  o’zida  uloqtirish  -  uzluksiz  20-30  uloqtrish  seriyasi.  Hammasi  bo’lib  10  tadan  kam 

bo’lmagan  mashqlar.  Yuqori  elka  aylanasi,  qo’llar  uchun  mashqlar.  Yotgan  holda  erga  tiralib 

qo’llarni  bukish  va  yozish  (ikki  qo’l  panjalarini  ustma-ust  qo’yib,  qo’llar  elkadan  kengroq  va 

mushtlarda,  barmoqlarda)  -  4  marta  (har  biri  10-12  takrorlashdan  iborat).  Tortilish  6-8  marta. 

Basketbol yoki voleybol. Hayirlikni oshiruvchi mashqlar. 



Download 477.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling