O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Giyohvandlarning o’limiga nimalar sabab bo’ladi?


Download 477.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana13.11.2017
Hajmi477.51 Kb.
#19999
1   2   3   4   5   6   7

Giyohvandlarning o’limiga nimalar sabab bo’ladi? 

Jarohatlar-ehtiyotsizlik  tufayli,  yo’l  hodisalarida;  giyohvandlar  ko’p  uchraydigan 

“razborkalar”  da  qon  yo’qotish  tufayli  halok  bo’lish-agar  giyohvand  qon  tomiriga  preparat 

yuborish paytida uni kesib yuborgan bo’lsa. 

Giyohvand o’z organizmi bardosh bera oladiganidan ko’proq dozadagi giyohvand moddani 

qabul qilsa. 

Sifatsiz giyohvand moddalardan zaharlanish. 

Kasalliklar-qonning  yiringli  zaharlanini;  zotiljam;  surunkali  jigar  etishmovchiligiga.  Jigar 

faqat  alkogolli  ichimliklar  iste`mol  qilish  natijasidagina  emas,  organizmning  har  qanday 

zaharlanishi tufayli ham qattiq zararlanishi mumkin. 

Jinoyatkorona munosabatlarga jalb qilinganlik yuqori darajasi 

Mastlik holatidagi e`tiborsizlik va engiltaklik. 

In`ektsiya vaqtida ozodalik va sterillik qoidalariga rioya qilmaslik. 

OITS

O’smir yoshida, shaxs shakllanib kelayotgan davrda bola o’z imkoniyatlarini sinab ko’radi. 

U hamma narsani o’zi his qilib, boshidan o’tkazishi kerak. Bu davr o’smirning ma`naviy hamda 

jismoniy kuch- quvvatiga katta talablar qo’yadi. Shuning uchun ham, agar o’smirning giyohvand 

modda  topish  imkoniyati  bo’lsa,  uning  ta`sirini  o’zida  sinab  ko’rish  ehtimoli  katta.  Agar  o’smir 

ma`naviy  jihatdan  etilmagan,  bo’ysinuvchan  bo’lsa  (giyohvandlikka  olib  keladigan,  boshqa 

sabablarni  biz  quyida  sanab  o’tamiz),  u  giyohvand  moddani  biror  obro’liroq  yoki  xatto  o’zi 

hayiqadigan kuchliroq do’stining qistovi bilan takroran qabul qilishi mumkin.  

  Giyohvandlikka  o’xshash  boshqa  kasalliklar  ham  bor-bu  alkogolizm  kabi  dahshatli 

kasallikni  keltirib  chiqaruvchi  alkogol-etil`  spirtiga  o’xshash  moddalarni,  nikatinga  o’rganishni 

paydo  qiluvchi  tamakini,  rasman  giyohvand  moddalar  ro’yxatiga  kiritilmagan,  ammo  jismoniy 

hamda  rushiy  bog’lanib  qolishga-toksikomaniyaga  olib  keladigan  moddalarni  suiste`mol 

qilishdir. 

  Narkolog  shifokor  giyohvandlik  kasalligiga  yo’liqqan  kishini  davolashga  kirishishdan 

avval,  birinchi  navbatda,  uning  tarjimai  holi  va  kasalligining  rivojlanish  tarixi  (anamnezi) 


giyohvandlikka  uchramagan  kishilarning  tarixidan  nimasi  bilan  farqlanishini  aniqlashga  harakat 

qiladi. Odatda, quyidagi xususiyatlardan biri yoki bir nechtasining mavjudligi ma`lum bo’ladi: 

Bosh miyasining chayqalishi, ayniqsa, bir necha marta. 

Homiladorlik  vaqtidagi  o’zgarishlar,  ya`ni  yaqqol  ko’zga  tashlanadigan  bosh  qorong’ilik-

toksikoz belgilari, onaning homiladorlik vaqtida boshidan kechirgan yuqumli yoki og’ir surunkali 

kasalliklari. 

Onaning homiladorlik vaqtida alkogol` iste`mol qilishi. 

Bolalikda  og’ir  o’tgan  yoki  surunkali  kasalliklar,  jumladan,  shamollashlar.  Tez-tez  angina 

bo’lish. 

Ruhiy  kasalliklar.  Bemorning  yaqin  kishilaridan  yomon  fe`l  atvori  yoki  umum  qabul 

qilingan axloq qoidalarini tez-tez buzishi. 

Bemorning  yaqin  qarindoshlaridan  birortasining  alkogolizm  bilan  kasallanganligi  (tinimsiz 

ichib mast bo’lish) yoki giyohvandligi. 

Bemorning bolalikdan (12-13 yoshdan) alkogol` iste`mol qila boshlanganligi. 

Bemorning  uchuvchan,  giyohvand  moddalar  kabi  ta`sir  qiluvchi  moddalar-benzin, 

erituvchilar, “Moment” elimi va bosh qalarni suiste`mol qilishi. 

Bemor fe`lini tug’ma beqarorligi. 

Yuqorida  sanab  o’tilgan  xususiyatlardan  birortasiga  ega  bo’lmagan  kishilar  ham 

giyohvandlik moddalariga ruju qo’yishi mumkin. Bunga turli ijtimoiy –ruhiy omillar sabab bo’la 

oladi: 


-o’qishda va ishda o’zini ko’rsata olmaslik, ya`ni jamiyatda o’z o’rnini topishga intilishning 

muvaffaqiyatsizlikka uchrashi. Otaning alkogolizmi o’smirga oilada o’ta qattiqqo’l munosabatda 

bo’lish  o’z  kelajagiga  nisbatan  qo’yilgan  xaddan  ortiq  yuqori  talablarning  bajarish 

imkoniyatining  yo’qligi. Ota-onaning doimiy  o’zaro ziddiyatlari. Ona tomonidan kuchli hissiyot 

bilan  o’smirning  rad  etilishi.  Bu  onaning  ruhiy  yoki  asab  kasalliklari  bilan  bog’liq  ravishda 

haqiqiy rad etish bo’lishi hm mumkin. Agar onaning “dildan” suhat qilishga vaqti bo’lmasa, yoki 

oilada  bunday  suhatlashish  qabul  qilinmagan  bo’lsa,  o’smirga  bu  rad  etish  bo’lib  tuyulishi  ham 

mumkin.  O’smirning  ijtimoiy  maqomini  keskin  o’zgartirib  yuborgan  “oilaviy  inqiroz”.  Onaning 

alkogolizmi.  Ota-ona  yoki  oilaning  boshqa  a`zolari  tomonidan  ortiqcha  g’amxo’rlik 

ko’rsatilishiga  qarshi  isyon.  “qiyin”  o’smirlar  uchun  mo’ljallangan  maxsus  internatga 

joylashtirish.  Jismoniy  nuqson  tufayli  tengdoshlar  tomonidan  rad  etilishi.  Kuchli  hissiyot  orqali 

qattiq  bog’lanib  qolgan  kishisidan  ayrilish.  Oila  tarkibidagi  o’zgarishlar.  Oila  uchun  namuna 

rolidan ajralish. Oiladan turli fojeali voqealar (ota-onalardan birining xiyonatkorligi, opa-singlisi 

yohud  aka-ukasining  nomusiga  tegilishi).  Boqib  olinganlik  sirining  oshkor  bo’lishi.  Jinsiy 

xastaliklar  tufayli  (jinsiy  zaiflik,  gomuseksualizm)  iztirobga  tushish.  Oila  a`zolari  orasida 

giyohvandlarning mavjudligi. Zerikish, bekorchilik, hech qanday mashg’ulotning yo’ qligi.  

  Nima  uchun  aynan  yoshlar  ko’proq  giyohvandlarga  aylanadilar?  Bunga  o’sayotgan 

organizmning  fiziologik  va  ruhiy  xususiyatlari  sabab  bo’lishi  mumkin.  Shuningdek,  o’smirlik 

yoshining ijtimoiy ruhiy xususiyatlari. Jismoniy etilish, jinsiy rivojlanish, pubertatlik davri tufayli 

organizmda  neyroendokrin  o’zgarishlarning  keskinlashuvi  o’smirlarda  erta  giyohvandlik, 

alkogolizm  va  toksikomaniyaga  olib  keluvchi  turli  tajribalarni  o’tkazib  ko’rish  istagini  paydo 

qiladi. O’smirlik davrida, jinsiy etilish paytida xulq-atvor hayotning shu bosqichiga xos erkinlik 

va  jinsiy  maylning  tezkor  shakllanishi  bilan  belgilanadi.  Bunday  o’smirlarga  tabiiy  tarzda  xos 

bo’lgan  o’zgarishlar  giyohvandlikning  yuzaga  kelishiga  yordam  beruvchi  omil  bo’lib  qolishi 

mumkin. Ammo o’smirlik davrining xobbi  kabi omillari ham borki,  ular bola atrofidagi kattalar 

va jamoatchilikning aql bilan ish tutishi oqibatida yomon odatlarga barqarorlikni oshiradi. 

  Zamonaviy  o’smirlar  madaniyati  giyohvandlikka  qiziqishni  kuchaytirib  qo’ya  oladimi? 

Albatta,  faqat  o’smir  (muhitiga  xos,  alohida  madaniyati  mavjud).  O’smirlar  madaniyatiga 

ergashish  o’z-o’zidan  giyohvand  moddalarni  suiste`mol  qilishga  olib  kelmaydi.  Insoniyatning 

taraqqiyoti  qat`iy  qabul  qilingan,  asrlar  davomida  saralangan  qoidlar  va  an`analarni  engi  yana 



ham ildamroq qoida va an`analar foydasiga inkor etib kelishidan iborat. To’la shakllangan katta 

yoshli kishi odatda an`anani inkor qilib, qandaydir, engillikni sinab ko’rishga urinmaydi. Aynan 

yoshlar  madaniyatini  yangilovchidir.  Ko’pincha,  kattalar  omonidan  o’smirlar  madaniyati- 

qadriyatlarning  alohida  tizimi  va  shartlari,  kiyimlari,  musiqa  va  raqslari  alohida,  o’ziga  xos  tili, 

o’zini  tutish  yo’sini  va  imo-ishoralarining  qabul  qilinmasligi,  ularning  keskin  va  qo’pollik  bilan 

tan  qid  ostiga  olinishi  erkinlik  reaktsiyasining  paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  Ehtimol,  ota-onalar 

farzandlari  uchun  tashvishlanib,  aynan  so’zlashish  va  kiyinish  yoki  boshqacha  musiqa  tinglash 

istagida  giyohvandlikka  qiziqish  sabablarini  ilg’ab  olsalar  kerak.  Lekin  bu  mutlaqo  noto’g’ri. 

O’smirning  o’z  g’oyasini  amalga  oshirish  uchun  ijtimoiy  imkoniyatlarga  ega  emasligi  (kasbi, 

hayotdagi  muayyan  o’rning  yo’qligi)  erkinlik  reaktsiyasini  yaqin  tevarakdagi  kishilar-bevosita 

ota-ona,  tarbiyachi  va  ustozlar  tomonga  yo’naltiradi,  umuman  katta  avlodga,  nihoyat  tarqatadi. 

Bu  holatda,  ya`ni  erkinlik  reaktsiyasi  tengdoshlar  bilan  guruhlarga  birlashish  reaktsiyasi  bilan 

uyg’unlashganda,  axloq  yoshlar  isyoni  darajasiga  etib,  jamiyatga  qarshi  tus  olishi  mumkin. 

“Erkinlik  bilan  zaharlanish”  deb  atalgan  alohida  axloq  shakli  erkinlik  reaktsiyasining 

keskinlashgan  tarzda  namoyon  bo’lishi  sanaladi.  O’smirning  qat`iy  tartibga  solingan  hayoti 

birdan to’la erkinlik bilan, doimiy g’amxo’rlik ostidagi hayot esa mustaqillik bilan almashinsa, bu 

haqiqiy  “erkinlik  bilan  zaharlanish”  bo’ladi.  Bunday  vaziyat  ota-ona  ajrashganda,  ulardan  biri 

safarga  ketganda,  ikkinchisi  uzzu-kun  ishda  bo’lsa,  maktabni  tugatgach  yuzaga  keladi.  Bunda 

aynan  ilgari  ruxsat  etilmagan  narsalar  o’ziga  jalb  qiladi.  Chekish,  ichish,  giyohvand  moddalar 

iste`mol  qilish  boshlanadi.  “Erkinlik  bilan  zaharlanish”,  ayniqsa,  “dastlabki  qidiruv 

giyohvandligi” uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ko’pincha avval alkologol` va tamaki tanlanadi. 

Lekin  giyohvand  moddani  topish  oson  bo’lgan  jamiyatda  birinchi  bo’lib  shunday  moddalarni 

tanlab  oladilar.  Siz  e`tiroz  bildirib,  “ekstazi”ni  faqat  diskotekalarda  iste`mol  qilishlarini,  bu 

preparat diskotekalar tufayligina paydo bo’lganligini eslatishingiz mumkin. Biroq bunda ham siz 

xato  qilasiz.  O’smirlarning  raqs  tushish  istagi  aybdor  emas,  o’z  dahshatli  moli  uchun  bozor 

qidirgan  giyohvandlik  moddalarining  savdogarlari  o’smirlar  ruhiyati  va  madaniyatidan 

foydalanib,  giyohvand  moddalarini  yosh  muhitiga  olib  kiradilar.  Aytish  kerakki,  bu 

savdogarlarning  o’zlari  kamdan-kam  hollarda  giyohvandlikka  mubtalo  bo’ladilar.  Ular  bu 

moddalar  qanday  mudhish oqibatlarga  olib kelishini  yaxshi biladilar, shuning uchun bu balodan 

o’zlarini  tortib,  o’zgalar  salomatligidan  pul  yasashda  davom  etadilar.  o’smir  ruhiyatiga  xos 

bo’lgan guruhlashish reaktsiyasi va erkinlik reaktsiyasi kuchli hissiyotlarni faollik bilan izlashga 

yordam  beradi.  Giyoxvandlik  moddalarini  sotish  ilinjida  yurganlar  yaqin  atrofda  bo’lsa,  bu 

reaktsiya  ularni  tatib  ko’rishga  majbur  etadi.  Ayniqsa,  agar  o’smir  mexanik  mashinacha  singari 

maktab-ko’cha-televizor  doirasida  yashayotgan  bo’lsa,  bunday  yakun  muqarrar.  Boshqa 

mashg’ulot  bo’lmaganligi  uchun  televizorda  ko’rsatiladigan  “Yoshlarning  chiroyli  hayotiga” 

taqlid  qilish  istagi  paydo  bo’ladi.  Darslar  jonga  tekkan,  o’qish  yomon  bo’lsa,  ular  hatto  og’irlik 

ham  qila  boshlagan.  Yoningda  esa  mexanik  mashinachaga  aylanmaslik  uchun  nima  qilish 

kerakligini  o’z  misolida  ko’rsata  oladigan  hech  kim  ham  yo’q.  Kattalarning  o’zi  mashinkaday 

yashaydi- yomon ko’rgan yoki kam maosh to’lanadigan ishi seriallar. O’zaro suhbatlashish uchun 

qachon  vaqt  topish  mumkin?  Nima  uchun  uzluksiz  televizor  ko’rib  o’tirish  istagini  ishdan 

charchab  kelganlikka  yo’yadilar?  Tirik,  haqiqiy,  begona  emas,  jondan  bo’lgan  farzand  esa 

qiziqtirmaydi. Har qanday inson-  yonimizda yashayotgan butun bir  dunyo. Bir vaqtlar insoniyat 

osmonning  ko’k  gumbazi  ortida  cheksizlik  mavjudligini  bilmas  edi.  Xuddi  shunday  bolasiga: 

“Bor,  halaqit  berma!”  deyayotgan  ota-onalar  nimani  yo’qotganliklaridan  boxabarlar.  Bola 

shunchaki sayr qilib kelishga ketmaydi. U o’z savollariga javob izlash uchun ketadi. Bu javobni 

giyohvandlar orasidan topsa ne ajab?! 

 

Mustahkamlash uchun savollar. 

 

Adabiyotlar: 



1. «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi Qonun. «Xalq suzi», 2000 yil 26, 16. 

2. Abu Ali ibn Sino. Tib Qonunlari. T.: Fan, 1980. 

3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorov`e. F i S., 1990. 

4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorov`e. F i S., 1990. 

5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 

6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie traditsii i sovremennost`. 

7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 

8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 



 

Download 477.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling