O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 440.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.11.2017
Hajmi440.43 Kb.
#20997
  1   2   3   4   5

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi  

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti  

 

 

 

Tabiatshunoslik fakul`teti 

 

 

Geografiya kafedrasi 

 

 

 

 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  R.T.Gaipova 

 

 

 

 

 



 

 

«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA»  

FANI B O`YICHA O`QUV METODIK MAJMUA 

(bakalavriat bosqichi talabalari uchun) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

NUKUS - 2013 

Mundarija 

 

1- mavzu. 

Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O`qituvchi va uning 

jamiyatdagi o`rni…………………………………………………. 

 

2 mavzu. 



Ta`lim jarayonida ukuvchi shaxsi……………………………… 

 

3- mavzu. 



Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari……………………….. 

 

4- mavzu. 



Zamonaviy dasturiy ta`lim………………………………………. 

 

5- mavzu. 



Pedagogik jarayonda shaxsga yunaltirilgan pedagogik 

texnologiya………………………………………………………… 

 

6- mavzu. 



O`quvchi faoliyatini faollashtirish va intensifikatsiyalash 

asosida pedagogik 

texnologiyalar…………………………………………. 

 

7- mavzu. 



O`quv jarayonini  rejalashtirish va boshqarishning 

samaradorligini oshirish buyicha pedagogik texnologiyalar…… 

 

8- mavzu. 



Ilgor ta`lim texnologiyalari………………………………………. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1 

Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O`qituvchi va uning jamiyatdagi o`rni 

(2-saat) 

            



                       ReJA: 

1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va uning mohiyati. 

2.  Kadrlar  tayerlashning  Milliy  modeli  va  uning  o`ziga  hos  hususiyatlari.  Kadrlar 

tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.  

3. Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga tadbiq etish ishining ahamiyati. 

4. O`qituvchi va uning shaxsiga qo`yiladigan talablar.  

 

Tayanch  tushunchalari:  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»,  kadrlar  tayyorlash  milliy 



modeli,  kadrlar  tayerlash  milliy  modelining  tarkibiy  qismlari»  portlash  effekti»,  o`qituvchi, 

o`quvchi shaxsiga qo`yilayotgan talablar.  

1. O`zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo`lga kiritgach ijtimoiy haetimizning 

barcha  sohalarida  islohatlar  amalga  oshirila  boshladi.  Totolitar  boshqaruv  usuli  asosida  ish 

yuritilaetgan  xalq  ta`limi  tizimida  ham  so`ngi  o`n  yilliklar  davomida  yuzaga  kelgan 

muammolarni  hal  etish  vazifasi  respublika  hukimati  hamda  mutasaddi  tashkilotlarni  ta`lim 

tizimida  ham  jiddiy  o`zgarishlarni  amalga  oshirishga  undadi.  Bu  boradagi  sa`iy-

xarakatlarimizning samarasi sifatida 1992-yil iyul` oyida Mustaqil  O`zbekistonning ilk «Ta`lim 

to`g`risida»gi  qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  mazmunida  respublika  ta`lim  tizimi,  uning 

asosiy  yo`nalishlari,  maqsad,  vazifalar,  ta`lim  boshqichlari  va  ularning  mohiyati  kabi  masalalar 

o`z ifodasini topdi. 

O`zbekiston  Respublikasi  istiqlolini  ta`lim  muassasalari  halq  ho`jaligini  turli  sohalari 

uchun  tayyorlayotgan  kadrining  kasbiy  tayergarlik,  aqli  salohiyati  hamda  ijodiy  qobiliyati 

belgilaydi  degan  g`oya  «Kadrlar  tayerlash  milliy  dasturi»nin  yaratilishi  uchun  asos  bo`ldi. 

Mazkur  hujjat  Respublika  ta`lim  tizimida  amalga  oshirilaetgan  islohotlar  mazmunini  ochib 

beruvchi  muhim  hujjatdir.  Unda  ta`limiy  islohotlarning  asosiy  maqsadi  «inson  uchun  har 

tamonlama  o`yg`un  kamol  topishi  va  farovonligi,  shaxs  manfaatlarini  ruebga  chiqarishning 

sharoitini  va  ta`sirchan  mexanizmini  yaratish,  eskirgan  tafakkur  va  ijtimoiy  xulq  atvorning 

andozalarni o`zgartirish» dan iborat ekanligi qayd etib o`tildi. 

Dastur kadrlar tayerlash milliy modelini ruebga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, 

jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta`lim  va  kasb-hunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlash  va 

keyinchalik  puxta  o`zlashtirish  uchun  ijtimoiy-  siyosiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik  va 

boshqa  tarzdagi  sharoitlarni  yaratishni,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  o`z  javobgarligini  xis 

etadigan fuqarolarni nazarda tutadi. 



«Kadrlar tayerlash milliy dasturi»  ning maqsadi-  ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 

o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la holos etish, rivojlangan demokratik 

davlatlar  darajasida  yuksak  ma`naviy  va  ahloqiy  talabalarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali 

kadrlar tayerlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. 

Ushbu maqsadni ruebga chiqarish qo`yidagi vazifalar hal etilishini talab etiladi: 

-ta`lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirayotgan  yangilanish,  rivojlangan 

demokratik huquqiy davlat qurulishi jaraenlariga moslashish. 

-Kadrlar  tayerlash  tizimi  muassaslarini  yuqori  malakali  mutaxassiislar  bilan  ta`minlash, 

pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko`tarish: 

-Ta`lim  oluvchilarni  ma`naviy  axloqiy  tarbiyalashning  va  ma`rifiy  ishlarning  samarali  shakllari 

hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish: 

- Ta`lim va kadrlar tayerlash, ta`lim mutaxassislarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiya 

qilish sifatida baho berishning holis tizimini joriy etish: 

- kadrlar tayyorlash sohasida o`zaro manfaatli halqaro hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar. 

Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib  boradi.  Har 

bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. Vazifalar qo`ydagilardan iboratdir. 

Birrinchi  bosqich  (1997-2001)-mavzud  kadrlar  tayyorlash  tizimining  ijodiy  salohiyatini 

saqlab qolish asosida ushbu tizimi isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, 

ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart- sharoiytlar yaratish. 

Ikkinchi  bosqich  (2001-2005)  milliy  dasturni  to`liq  ruebga  chiqarish,  mehnat  bozorining 

rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda o`rta aniqliklar kiritish. 

Uchinchi  bosqich  (2005va  undan  keyingi  yillar)  to`plangan  tajribani  tahlil  etish  va 

umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollariga  muvofiq 

kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  faqat  ta`lim  tarbiyadan  gina  iborat  bo`lib  qolmay,  bir-

biriga bog`liq ko`pgina haetiy bosqichlarni ham o`z ichiga oladi. Milliy model- bu shaxs, davlat 

va  jamiyat,  uzliksiz  ta`lim,  fan  va  ishlab  chiqarishning  o`zaro  hamkorligi,  ularning  bir-biriga 

aloqasini aks ettiradi. 

Kadrlar tayerlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qo`ydagilardan iboratdir: 

1)  Shaxs-kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub`ekti  va  ob`ekti,  ta`lim  sohasidagi 

xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi: 

Shaxs uzluksiz ta`lim jarayonida duneviy, ilmiy bilimlarni o`zlashtirib, fan asoslarini puxta 

egallab  ishlab  chiqarish  sohalari  bilan  tanishib,  shunungdek,  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni 

o`rgatish  hamda  izchil  uzliksiz  ravishda  tashkil  etuvchi  tarbiyaviy  tadbirlar  asosida  insoniy 

sifatlarni o`zlashtirib borar ekan yillar davomida undan yuksak ma`naviy saolohiyat va muayyan 


yo`nalish  bo`yicha  kasbiyts  mahorat  shakllanib  boradi.  Shaxs  eng  avvalo  o`z  oldiga  muayyan 

maqsadni  qo`ya  olishi  hamda  unga  erishish  yo`lida  tinimsiz  izlanishi,  o`qib  o`rganishi  lozim. 

Shu tariqatina o` ijtimoiy raqobatga chidamli kadr (mutaxassis) sifatida kamolga etadi. 

2)  Davlat  va  jamiyat-  ta`lim  va  kadrlar  tayerlash  tizimining  faoliyatini  tartibga  solish  va 

nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayerlash va ularni qabul qilib olishning kafillari: 

Shaxs  kamolati  nafaqat  o`zi  uchun,  balki  davlat  va  jamiyat  taraqqietining,  ravnaqi  uchun 

ham  muhim  ahamiyatga  egadir.  Fuqarolari  komil  insonlar  bo`lgan  mamlakat  istiqboli  porloq 

bo`ladi. 

Shaxs  davlat  (jamiyat)  o`rtasidagi  aloqa  ikki  tamonlama  hususiyatga  ega.  Shu  bois  har 

qanday  davlat  o`z  fuqoralarining  yashash,  mehnat  qilish,  shuningdek,  iqtidorli  va  salohiyatini 

ruebga  chiqarishi,  uni  nomayon  eta  olishi  uchun  etarli  darajada  shart-sharoit  yaratib  bera  olishi 

lozim. 


3)  Uzliksiz  ta`lim-malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayerlashning  asosi  bo`lib,  ta`limning 

barcha  turlari  davlat  ta`lim  standartlarini,  kadrlar  tayerlash  tizimini  tuzilmasi  va  uning  faoliyat 

ko`rsatish muhitini o`z ichiga olshadi. 

  Uzliksiz  ta`lim  jaraeni  shaxsning  har  tomonlama  qaror  topishi  uchun  eng  qulay  davr 

sanaladi.  Mazkur  davrda  shaxs  fan  asoslari  hamda  kasb-hunar  ma`lumotlarini  o`zlashtiradi, 

komil  inson  va  malakali  mutaxassis  qiyofasida  aks  etishi  lozim  bo`lgan  sifatlariga  ega  bo`lib 

bora, unda muyayan duneqarash shakllanadi.  

  Bu esa shaxs kamolotida muhim ahamiyatga egadir. 

  Demak, uzluksiz ta`lim-milliy modulning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Unga ko`ra 

mamlakatimizda  uzluksiz  ta`lim  tizimining  faoliyat  olib  borishining  Davlat  ta`lim  standartlari, 

turli darajalariga ta`lim dasturlarining izchilligini asosida ta`minlanadi. Uzluksiz ta`lim quyidagi 

ta`lim turlarini o`z ichiga oladi. 

- maktabgacha ta`lim. 

- umumiy o`rta ta`lim. 

- o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi. 

- oliy ta`lim. 

- oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim. 

- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash. 

- maktabdan tashqari ta`lim. 

Uzluksiz  ta`lim tizimi hususiyati, maqsad va vazifasi nimada. 

Oliy  ta`lim.  Oliy  ta`limga  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejini  tugatgan  shaxslargina 

qaqbul  qilinadi.  Oliy  ta`lim  ikkinchi  bosqichida,  ya`ni  bakalavriyat  hamda  magistratura 

yo`nalishida amalga oshiriladi. 


  Bakalavriyat  mutaxassisliklari  yo`nalishi  buyicha  fundamental`  va  amaliy  bilim 

beradigan,  ta`lim  olish  muddati  kamida  turt  yil  davom  etadigan  tayanch  oliy  ta`lim.  Bakalavr 

darajasiga  ega  bo`lgan  shaxs  oliy  ta`lim  tizimi  yo`nalishdagi  o`zi  tanlagan  soha  buyicha  oliy 

ma`lumotli  mutaxassis  hisoblanadi  va  davlat  Klassifikatorida  belgilangan  lavozimda  ishlash 

huquqiga ega bo`ladi. 

  Magistratura-aniq  mutaxassislik  buyicha  fundamental  va  amaliy  bilim  beradigan, 

bakalavriyat  negizida  ta`lim  muddati  kamida  ikki  yil  davom  etadigan  oliy  ta`limdir.  Undagi 

tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasi va etkaziladi. 

  Magistr-darajasidan  farqli  ma`lum  ixtisoslik  buyicha  yuqori  malakali  mutaxassis 

hisoblanib,  u  ilm-fan  sohasida,  ishlab  chiqarishning  ma`suliyatli  lavozimlaridan  faoliyat 

ko`rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.  

 

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim. Ta`limning bu turi ikkinchi darajada amalga oshiriladi. 



Birinchi  darajada  aspirantura  bo`lib,  magistrlik  negzida  uch  yil  (to`rt  yil  sirtqi)  davom 

etadi. 


Ikkinchi daraja doktorantura ham 3 yil davom etadi.  

Ikkala  darajaning  ham  maqsadi-muayyyan  mutahassisliklar  buyicha  oliy  toifali  ilmiy 

pedagogik kadrlar shakllantirishdan iboratdir. 

4)  Fan-yuqori  malakali  mutaxassislik  tayyorlovchi  va  uladan  foydalanuvchi,  ilg`or 

pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi. 

Fan-milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo`lib u barkamol inson va etuk 

mutaxassisni  shakllantirining  ilmiy-pedagogik  asoslarini  yaratishni,  shuningdek  fan  hamda 

mutaxassislik  yo`nalishlari  va  tarmoqlari  buyicha  ta`lim  konstitutsiyalari,  o`quv  darslari  reja  va 

darsliklar,  (qo`llanmalar)ni  yaratish  ta`lim  jarayonini  tashkil  etishini  moddiy  va  ma`naviy 

jihatdan qo`llab-qo`vvatlashni o`z zimmasiga olishi lozim. 

5)  Ishlab  chiqarish-kadrlarga  bo`lish  ehtiyojini  shuningdek  ularning  tayyorgarlik  sifati  va 

saviyasiga  nisbatan  qo`yiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorrlash 

tizimini moliya moddiy-texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi. 

Avallari  ishlab  chiqarish  tayyor  kadrlar  kuchi  salohiyatidan  foydalanuvchi  iste`molchi 

sifatidagina  faoliyat  olib  borgan  bo`lsa,  bugungi  kunda  ushbu  faoliyatning  mazmuni  tubdan 

o`zgardi. 

Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o`z talablarini 

qo`ya  oladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  sifatli  hamda  yuksak  saviyadagi  mutaxassisning  tayerlab 

etishtirish  yo`lida  uzluksiz  ta`lim  hamda  fan  tarmoqlarini  moliyaviy  moddiy-texnik  jihatdan 

qo`llab-qo`vvatlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.  



  Bizning  nazarimizda  zamonaviy  o`qituvchi  qiefasida  qo`yidagi  fazilatlar  namaen  bo`la 

olishi kerak. 

1.  O`qituvchi  jamiyat  ijtimoiy  haetda  ruy  beraetgan  o`zgarishla  olib  borilaetgan  ijtimoiy 

islohatlar  mohiyatini  chuqur  anglab  etishi  hamda  bu  borada  o`quvchilarga  to`g`ri,  asosli 

ma`lumotlarni berib borishi lozim.   

2.  Zamonaviy  o`qituvchi  ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  yangiliklari  va  yutuqlaridan 

xabardor bo`lishi talab etiladi. 

3.  O`qituvchi  o`z  mutaxassisligi  buyicha  chuqur,  puxta  bilimga  ega  bo`lishi,  o`z  o`stida 

tinimsiz izlanishi lozim.  

4.  O`qituvchi  pedagogika  va  psixologiya  fanlari  asoslarini  puxta  bilish,  ta`lim-tarbiya 

jarayonida  o`quvchilarning  yosh  va  psixologik  hususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  faoliyat 

tashkil etishi kerak. 

5.  O`qituvchi  ta`lim-tarbiya  jarayonida  eng  samarali  shakl,  metod  va  vositalardan  unumli 

foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lmog`i lozim. 

6. O`qituvchi ijodkor tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lishi shart. 

7.  O`qituvchi  yuksak  darajadagi  pedagogik  mahoratga,  chunonchi  kommunikativlik 

laeqatiga,  ega  bo`lishi  pedagogik  texnika  (nutq,  yuz,  qo`l-oyoq,  va  gavda  harakatlari  mimika, 

jism, patolimika) qonuniyatlarini chuqur o`zlashtirib olishga erishishi lozim.   

1.  O`qituvchi  nutq  madaniyatiga  ega  bo`lishi  uning  nutqi  qo`yidagi  hususiyatlarni  o`zida  aks 

ettira olishi kerak. 

a) nutqning to`g`riligi. 

b) nutqning aniqligi. 

v) nutqning ifodaviyligi 

g)  nutqning  sofligi  (uning  turli  sheva  so`zlaridan  holi  bo`lib,  faqat  adabiy  tilda  ifoda 

etilishi)  jarayon  (muyayan  kasb  eki  soha  mutaxassislikka  hos  so`zlar),  vorvarizm  (muayyan 

millat tilida bayon etilgan nutqda o`zga millatlarga hos so`zlarga o`rinsiz qo`llanishi), vul`garizm 

(haqorat  qilish,  so`kishda  qo`llaniladigan  so`zlar)  hamda  komtsilyarizm  (o`rni  bo`lmagan 

vaziyatlarda  rasmiy  nutqlarda)  so`zlardan  holi  bo`lishi,  o`qituvchi  nutqi  sodda,  ravon  va 

tushunarli bo`lishi kerak. 

d) nutqning ravonligi. 

j)  nutqning  boyligi  (so`zlar,  maqolalar,matallar  hamda  ko`chirma  gaplardan  foydalana 

olish). 


9.  O`qituvchi  kiyinishi  madaniyatiga  (sodda,  ozoda,  bejirim,  kiyinishi),  ta`lim  tarbiya 

jarayonida  o`qituvchining  turli  hil  diqqatni  tez  jalb  etuvchi  bezaklar  (oltin,  kumush 



taqinchoqlardan    foydalanmasligi,  fasl,  esh,  gavda  tuzilishi,  yuz  qiyofasi,  hatto  soch  rangi  va 

turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi o`zlashtirishga erishish) ega bo`lishi. 

10. O`qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o`rnak bo`la olishi lozim. 

O`qituvchi shaxsining mazkur talablarini o`zida aks ettira olgan qiyofasi uning o`quvchilar, 

hamkasblar hamda ota-onalar o`rtasida obro` e`tibor qozonishini ta`minlaydi. 

  Yuqorida baen etilgan fikrlarga tayanib qo`yidagi hulosaga kelishimiz mumkin. 

  1. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimida amalga 

oshirilaetgan  islohatlar  mazmunini  o`zida  aks  ettirgan  muhim  me`oriy  hujjat  bo`lib,  istiqbol 

uchun yo`llanmadir.          

  2.  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»  da  alohida  takidlangan  Milliy  modul-

Respublikamizning  Milliy-hududiy  xususiyatlarini  inobatga  olish  hamda  ilg`or  fan,  texnika  va 

texnologiya  yutuqlari  vositalarida  tayyorlangan  kadr  (mutaxassis)-komil  inson  va  etuk 

mutaxassis qiefasini o`ziga aks ettiruvchi me`yordir.     

  3. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g`oyalarning amaliyotga tadbiq etilishi Respublika 

ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan bir qator holatlarning qaror topishiga olib keladi.     

  4.  O`zbekiston  Respublikasida  «Ta`lim  to`g`risida»  gi  qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash 

milliy dasturi» g`oyalarini amalga oshirish jarayonida o`qituvchi kadrlar o`ziga xos muhim rolni 

bajaradilar.  Barkamol  inson  va  etuk  mutaxassis  o`qituvchi  (murakkab  tarbiyachi)  lar  qo`lida 

kamolga  etar  ekan,  eng  avvalo  ularning  shaxsi  ham  bir  qator  ijodiy  sifatlarni  o`zida  aks  ettira 

olshi  lozim.  Shundagina  biz  o`zimiz  orzu  qilaetgan  shaxsni  (mutaxassisni)  tarbiyalay  olishga 

muyassar bo`lamiz. 

SAVOLLAR. 

1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh g`oyasi nimadan iborat. 

2. Milliy modul nima. 

3. Kadrlar tayyorlash milliy modulining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat 

4. Uzluksiz ta`lim tizimining mohiyatini aytib bering. 

5. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim. 

6. Pedagogika kasbi qanday kasb va bunga sizning munosabatingiz. 



 

2 

Ta`lim jarayonida o`quvchi shaxsi 

(2-saat) 

ReJA: 

1. Shaxs va uning rivojlanishi haqidagi tushuncha.  

2. Shaxsning rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar. 

3. Shaxs shakllanishi faoliyatining ahamiyati. 

4. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o`ziga hos xususiyatlari. 

 

TAYANCh TUShUNChALARI 

  Individual,  shaxs,  rivojlanish,  muxid,  faoliyat,  irsiyat,  yosh  husuiyatlar  gudaklik  davri, 

maktabgacha tarbiya davri, kichik maktab yoshi davri, o`simlik davri, o`spirimlik davri. 

1.  Du`nyoga  kelgan  gudak  ma`lum  yoshka  qadar  individ  sanaladi.  «Individ»-lotincha 

individuum  so`zidan  kelib  chiqqan  bo`lib,  (bo`linmas),  «ayrim  shaxs»,  «yagona»  ma`nolarni 

anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. 

Shaxsning  shakllanishida  harakat  o`ziga  hos  omil  sanaladi.  Go`dak  (chaqaloq)  ham  turli 

harakatlarni  tashkil  etadi.  Biroq  bu  harakatlarsiz  keyinchalik  shartli  reflekslar  bo`lib,  ongli 

ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo`zg`otuvchilarga javob tarzida yuz beradi. 

Gudakda  nutq  bo`lishi,  shuningdek  u  tomonidan  tashqil  etilayotgan  harakatlar  ongli 

ravishda  sodir  bo`la  boshlashi  va  olbatda,  ijtimoiy  munosabatlar  jarayonidagi  ishtirokning  ro`y 

berishi shaxs shakllanishning dastlabki bosqichi sanaladi. 

Har  bir  odam  shaxs  sifatida  turlicha  namoyon  bo`ladi.  U  o`zining  xarakteri,  qiziqishi, 

qobiliyati,  aqliy  rivojlanganlik  darajasi,  ehtiyoji  va  mehnat  faoliyatiga  nisbatan  shaxsiy 

munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. 

Odam  bolasining  shaxs  sifatida  rivojlanishi,  uning  har  tomonlama  kamolga  etishining 

samarali  bo`lishini  ta`minlash  uchun  pedagogika  fani  shaxs  rivojlanishining  umumiy 

qonuniyatlarini,  unga  ta`sir  etadigan  omillarni,  rivojlanish  jarayonida  alo  qadar  bosqichlarni 

aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning faoligining o`rni va rolini ham o`rganishi lozim. 

Har  bir  odam  shaxs  sifatida  turlicha  namoyon  bo`ladi.  U  o`zining  xarakteri,  qiziqishi, 

qobiliyati,  aqliy  rivojlanganlik  darajasi,  ehtiyoji  va  mehnat  faoliyatiga  nisbatan  shaxsiy 

munosabati  bilan  boshqalardan  farqlanadi.  Ular  shaxsning  o`ziga  hos  hususiyatlari  bo`lib, 

mazkur  hususiyatlar  rivojlanib  ma`lum  bir  bosqichga  etsakgina  u  kamol  topgan  shaxs  sifatida 

namoyon bo`ladi. Shaxs ijtimoiyi munosabatlar jarayonida qaror topadi. 



Shaxs- Biologik omillar (irsiyat)- ijtimoiy olimlar (muhit)-Tarbiya. 

Odam  biologik  mavjudod  sanaladi,  uning  rivojlanishiga  tabiiy  qonunlar,  biologik  va 

ijtimoiyi  qonuniyatlar  ta`sir  etadi,  insonning  kamol  topishga  zamin  yaratadi.  Anatomik  va 

fiologik  xarakterdagi  o`zgarishlar  jismoniy  rivojlanishiga  taalluqlidir.  Odam  buyining  o`sishi, 

gavda  og`irligining  ortib  borishi,  gavda  tuzilishining  o`zgarishi,  qon  bosimi,  o`pka  mig`ishi, 

tayanch-xarakat apparatning holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlaridir. 

Shaxs rivojlanishida u eki bu faoliyat turlari (o`yin, o`qish, mehnat va boshqalar) ning, turli 

yoshdagi  faoliyat  mazmuni  (maqsadga  yo`naltirilganlik,  harakatning  ongli,  rejali  bo`lishi, 

ularning  samaradorligini  va  h.k)  shuningdek,  (muomalar  hamda  kishilar  o`rtasidagi  ijtimoiy-

ahloqiy  me`erlarga  bo`ysunish,  ijtimoiy  burchini  anglash,  unga  nisbatan  mas`ullik  kabi 

xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo`ladi.) 

Irsiyat-bu  ota  qoni  yoki  ajdodlarga  hos  bo`lgan  biologik  hususiyat  va  o`xshashliklarning 

naslga  (bolaga)  o`tish  jarayonidir.  Nasldan-naslga  o`tadigan  hususiyatlarga  quyidagilar  kiradi: 

anatomik-fiziologik  tuzumi  (misol  uchun.  yuz  tuzilishi),  organlar  holati,  qaddi-qomat,  asab 

tuzimi xususiyatlari, teri, soch hamda kuzlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur. 

Muhit  deganda  shaxsning  shakllanishiga  ta`sir  etuvchi  tashqi  olam  majmui  tushuniladi. 

«Muhit»  tushunchasi  o`zida  geografik-hududiy,  ijtimoiy  va  mikromuhit  (oila)  hususiyatlarini 

ifoda etadi. 

Mikromuhit  izida  qisman  ijtimoiy  muhitning  qiyofasini  aks  ettiradi.  Ayni  chog`da  u 

nisbatan  mustaqillikka  ega.  Mikromuhit  bu  ijtimoyi  muhitning  bir  qismi  bo`lib,  oila,  maktab, 

do`stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va ush kabi unsurlari o`z ichiga oladi. 

Tarbiya-  biror  maqsadga  yo`naltirilgan  jarayon  bo`lib,  u  muayyan  reja,  dastur  g`oyalari 

asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan kishilar tomonda tashkil etadi. 

Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta`sirlarning barchasi bilan bog`liq holda 

ta`sir qiladi. Bunda qulay, samarali omillardan foydalanadi, salbiy ta`sirlarning kuchini ma`lum 

darajada kamaytiradi. 

Tarbiya jarayonidagi qo`yidagi holatlar yuzaga keladi. 

1.  Tarbiya  jarayonida  kishi  organizmning  o`sishi  sodir  bo`ladi,  muhitni  stixiyali  ta`siri 

beraolmaydigan narsalarni o`rniladi. Masalan: Bola, o`z ona tilini atrofni o`rab turgan muhitning 

ta`sirida  o`rganib  olishi  mumkin.  Lekin  o`qish  va  yozishni  mahsus  ta`lim  yo`li  bilangina 

o`rganadi. Ma`lum bilim, ko`nikma va malakalar faqat tarbiya jaraenida egallanadi. 

2.  Tarbiya  yordamida  hato  kishining  ba`zi  to`g`ma  kamchiliklarini  ham  kerakli  tomonga 

o`zgartirish mumkin. Chunonchi, ba`zi bir bolalar ayirim kamchiliklar bilan tug`iladi (kar, ko`r, 

soqov  va  hokazo)  lekin  maxsus  tashkil  etilgan  tarbiya  yordamida  ularning  aqli  to`l  taraqqiy 

qiladi, tug`ma kamchiligi bo`lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo`lishi mumkin. 


3.  Tarbiya  yordamida  muxitning  salbiy  ta`siri  natijasida  yuz  bergan  kamchiliklarni  ham 

tugatish mumkin (bolalarni karta o`ynashi, so`kishi,) 

4.  Tarbiya  istiqbol  maqsadini  belgilaydi.  Shu  bois  u  shaxs  kamolotini  ta`minlashda  ilg`or 

rol o`ynaydi.  

Tarbiyaning  muaffaqiyati  ko`p  jihatdan  bola  shaxsining  o`ziga  xos  xusisiyatlari,  u 

yashayotgan  muxitning  ta`sirini  hisobga  olishga  bog`liqdir.  Bola  va  kattalar  o`rtasidagi  aloqa 

faol  jarayondir.  Mazkur  jarayonda  kattalar  faqatgina  o`rgatuvchi  bo`lib  qolmasliklari  lozim. 

Bolaning  bu  jarayondagi  faol  ishtirokini  ta`minlashga  alohida  ahamiyat  berish  lozim. 

Shundagina  u  o`z  harakatlarini  o`zi  iroda  qilishga,  o`z  faoliyati  mazmunini  tahlil  qilishga 

o`rganadi. Bola fikr qilar, o`ylar ekan, uning ongi o`sadi. 

Ijtimoiy munosoblar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki mana shu vaziyatda bola savollar 

beradi,  kuzatadi,  muloxaza  yuritadi.  Hayotiy  voqea-hodisalarni  tushunishga,  yaxshi  emidan 

ajratib olishga o`z harakatlarini davr talabiga moslashtiriishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda 

tarbiyaning maqsad va vazifalari, ahloq me`erlari, madaniy boyliklar, jamiyat  a`zolarining didi, 

ahloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e`tiqodlari o`zgarib boradi va ular tarbiya vositasida bolalar 

ongiga singdirib boriladi. 

Bola shaxsning rivojlanishi uchun faol kundalik. Faoliyat zarur. Faoliyat erdamidagina bola 

atrof-muhit  bilan  munosabatni  tashkil  etadi,  shu  orqali  uning  bilish  qobiliyati  rivojlanadi, 

xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi. 

3.  Insonning  kamol  topishning  takomillashning  jarayonini  faqat  irsiyat,  ijtimoiy  muhit  va 

ta`lim-tarbiyaga bog`lab o`rganish, talqin kishi ham haqiqatga unchalik to`g`ri kelmaydi. Chunki 

ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o`zi ham ishtiroq etadi. 

Qobiliyat va iste`dodning ruyobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqishi bilan 

bir  qatorda  uning  o`z  ustida  ishlashi  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Iste`dodli  kishilar  o`z 

iste`dodlari-iqdor kuchini to`la ruebga chiqarish uchun o`z ustalarida tinmay ishlashlari, mehnat 

qilishlari shart. 

4.  Shaxsning  shakllanishida  uniga  berilaetgan  ta`lim  tarbiyaning  mazmuni,  metodlari  va 

vositalari  bolaning  yosh  xusisiyatlariga  muvofiq  qilishi  muhim  sanaladi.  O`qituvchi 

o`quvchilarning  ruhiy  hususiyatlari  bilan  birga  yosh  ham  bilishi  mal`um  yoshdagi 

o`qituvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlirini inobatga olish asosida faoliyat tashkil etish 

lozim.  Shaxsning  aqliy  va  jismoniy  kamoloti  qaror  topib  borar  ekan,  bir  qancha  bosqichlarni 

bosib utadi. 

Tibbiyot,  odam  anatomiyasi  esh  fizioligiyasi  va  maktab  gigenasi,  psixologiya  hamda 

pedogogika fanlari asoslariga kura bolaning esh davrlarini quyidagicha ta`riflashimiz mumkin. 



Mal`um  bir  esh  davrdagi  hos  bo`lgan  anatomik.  fiziologik  (jismoniy)  va  psixologik 

hususiyalar yosh hususiyatlari deb ataladi. 

Yosh  davrlari  shartli  ravishda  guruhlanadi.  Chunki  muayyan  davrning  boshqasidan 

ajratadigan  chegara  yo`q.  Yosh  davrlarining  guruhlanishi  bolaning  rivojlanish  hususiyatlarini 

inobatga olish-bu bola hususiyatlariga moslashishi degani emas, balki, mazkur yosh davrida bola 

imkoniyatlarini  hisobga  olgan  ta`lim  va  tarbiya  ishini  tashkil  etish  demakdir.  Quyidagi  yosh 

davrlariga qisqacha ta`rif berib o`tamiz. 

Gudaklik davri. Yangi tug`ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud boladi, ushbu sezgilar 

murakkab bolmay, oddiy holatdadir. 

Chaqaloq  bir  qatar  faol  bulib,  bu  faollik  avvalo,  qul  ayoqlarining  refleks  yuli  bilan 

harakatlanib turishida kurinadi. Huddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida 

ham  namayon  bo`ladi.  Bolada  vujudga  kelgan  shartli  reflekslar  5-6  haftalarda  yaqqol  namayon 

bo`la boshlaydi. 

Gudaklik davrida bola bir muncha tajriba to`plashi bilan uning idrok va tasavvurlari tarkib 

topa  boshlaydi.  Odatda,  besh  olti  oylik  bola  o`tiradigan  bo`ladi,  so`ng  emaklab,  tik  yurishiga 

harakat qila boshlaydi, bir yoshiga to`lgach yoki ikki yoshga qadam qo`ygach yura boshlaydi. 

So`z  yuritilaetgan  davrida  bolaning  hissiy  kechinmalari  yuzaga  kela  boshlaydi.  Dastlab 

ta`m bilish hamda teri sezgilar orqali qabullarga nisbatan organik hislar namoyon bo`ladi. 

Maktabgacha  tarbiya  davri.  Ushbu  yoshdagi  bolaning  emotsionalligi  (hissiyotga 

beriluvchanligi)  uning  faolligida,  harakatchanligida  ko`rinadi.  Bu  yosh  davri  bolalari  hayotida 

o`yin  tutadi,  o`yinlar,  asosan,  katta  yoshdagi  kishilar  eki  bolalarning  harakatlariga  nisbatan 

taqdiddan  iborat  bo`ladi.  Bolaning  o`yinning  mazmunidan  ko`ra  o`ynaliyotgan  buyumlar 

(o`yinchoq va qug`irochoqlar) hamda o`zining harakatlarini ko`proq zavqlantiradi. 

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning tafakkuri-aniq taffakur bo`lib, u nimalar idrok etsa 

eki  tasavvur  qilsa,  o`sha  narsalar  haqida  fikr  yuritadi.  Shu  bois  bola  ularning  u  avval 

o`zlashtirishga  muvaffaq  bo`lgan  voqea-hodisalarga  nisbatan  qiyoslab  tushuntirish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Kichik  maktab  o`quvchilarida  ehtiyoriy  diqqat,  xotira  va  idrok,  tafakkurli  ehtiyoriy  idora 

qilish,  nutq,  his-to`yg`u,  iroda  kabi  ruhiy  jarayonlar,  rivojlanadi.  Shu  bois  ular  bilim  olishga, 

o`rganishga  intiluvchan  bo`ladilar.  O`spirimlarning  barcha  intilishlari  muayyan  maqsad  bilan 

bog`lanadi.  Ularning  ko`pchiligi  yaxshi  xulqi  inson  bo`lish  vatanga,  xalqqa  xizmat  qilishga 

intiladilar.  Ammo  ayirim  o`spirimlar  nosog`lom  muhit  ta`siriga  tushib  qoladilar,  natijada  ular 

shaxsiy  manfaatlarini  hamma  narsadan  ustun  qo`ya  boshlaydilar.  O`spirim  shaxsning 

rivojlanishida  jamoa  muhim  o`rin  tutadi.  Jamoa  o`spirimnni  o`ziga  jalb  etar  ekan,  uning  fikri, 

o`spiringa  nisbatan  ko`rsatayotgan  munasobati  katta  ahamiyattga  ega.  Shu  sababli  sinfdan 


tashqari sharoitda tashkil etilaetgan ijtimoiy mazmundagi tarbiyaviy tadbirlarni jamoa ishtirokida 

tashkil  etish,  o`quvchilarning  birgalikdagi  harakatlari  kuchiga  tayanib,  o`spirimga  ta`sir 

ko`rsatish yaxshi natijalar beradi. 

O`spirin o`quvchilar o`rtasida ijtimoiy bilimlarni targ`ib etishda erkin muloqot, baxs tashqil 

etish  maqsadga  muvofiqdir.  Chunki  ular  o`z  fikrlarini  ilg`ori  surish,  uni  himoya  qilish 

layoqatlarini namoyon etishga intiladilar. 

1.  Shaxs  ongli  faoliyat  bilan  shug`ullanuvchi  ijtimoiy  mavjudod  bo`lib,  ijtimoiy 

munosabotlar mahsuli sanaladi. 

2. Shaxsning, shakllanishi biologik (irsiy) ijtimoiy omillar hamda tarbiyaga bog`liqdir. 

3.  Shaxsning  shakllanishida  faoliyat  o`ziga  xos,  muhim  hususiyatga  egadir.  Zero,  shaxs 

faoliyat erdasidagina ijtimoiy borliq bilan bo`ladigan munasabatni yo`lga qo`yadi, shu asosda uni 

bilish qobiliyati rivojlanadi. 

4. Shaxs jismoniy va psixologik jihatdan kamol topib boror ekan, fiziologiya. Pedagogika 

va psixologiya fanlarida «yosh davrlari» deb nomlangan bosqichlarni bosib o`tadi. Yosh davrlari 

shaxsning  yosh  va  psixologik  hususiyatlariga  ko`ra  qo`ydagicha  guruhlanadi:  gudaklik  davri, 

maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, o`smirlik davri va o`spirinlik davri. 

 


Download 440.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling