O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


 Differentsial psixometrika. Psixodiagnostik metodlardagi aniqlik


Download 485.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.12.2017
Hajmi485.95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

5.4. Differentsial psixometrika. Psixodiagnostik metodlardagi aniqlik 

Tadqiqot  xususiyatiga  qarab  turli  o`lchov  shkalalarining  tiplarini  qo`llash  mumkin. 

Nomlash  shkalasi  (nominativ  shkala)  bir  xil  qiymatdagi  empirik  tizimni  sonli  tizimda  aks 

ettirishdir.  Nomlash  shkalasi  mazmunidan  ko`rinib  turibdiki,  turli  sinflarni  ekvivalenti  bilan 

almashtirishni bildiradi. Nomlash shkalasi tenglik qonuniga buysunadi,  masalan X xususiyatiga 

ko`ra A ob`ekti V ob`ektiga teng bo`lsa xA q xV  bo`ladi, lekin S ob`ektga nisbatan bu tenglik 

o`zgaradi  xA q xS.  

Nomlash  shkalasi  umumiy  shaklga  ega  bo`lib,  barcha  shkalalashtirish  turlari  u  yoki  bu 

darajada  nomlash  shkalasi  hisoblanadi.  Nomlash  shkalasini  tuzishda  quyidagi  talablarga  rioya 

qilinadi: 1)ko`plab ob`ektlarning har bir a`zosi bir ob`ektlar sinfiga kiritilishi mumkin; 2) har bir 

ob`ekt bir vaqtning o`zida ikki yoki undan ortiq sinfga mansub bo`la olmaydi.  

 

Nomlash shkalasida ob`ektlarni almashtirilgan sonlar bilan hech qanday arifmetik amallar 



(qo`shish,  ayirish,  bo`lish,  ko`paytirish)  bajarilmaydi.  SHuning  uchun  ob`ektlar  turli  harf,  son, 

raqamlar  bilan  ixtiyoriy  tarzda  almashtirilishi  mumkin,  lekin  ular  hamma  vaqt  faqat  bitta 

ob`ektni aks ettiradi.  

 

Tartib  shkalasida  simvollar  xususan  sonlar  ob`ektlarning  teng  yoki  teng  emasligi, 



ekvivalent  yoki  ekvivalent  emasligini  aks  ettirishi  bilan  birga  ularning  o`lchanayotgan 

xususiyatga  nisbatan  munosabatini  ham  tartibga  soladi.  Tartib  shkalasidagi  sonlarni  tartibga 

solish mumkin bo`lsa ham, u absolyut emas, nisbiy xarakterga ega bo`ladi. Tartib o`rnatish bilan 

bog`liq  o`lchov  operatsiyalarida  ular  o`rtasidagi  farqning  hajmi  haqida  hech  qanday  ma`lumot 

mavjud  emas.  Masalan,  sessiya  paytida  talabalar  bilimini  baholashni  olaylik,  “a`lochi”  va 

“yaxshi” bahoga o`qiydigan talabalar bilimi o`rtasidagi farq uning darajasida xolos, lekin qanday 

farq qilishi noma`lum. 

 

Agar  shkala  tartib  shkalasining  barcha  xususiyatlariga  ega  bo`lsa  va  shunga  qo`shimcha 



tarzda birliklar orasida oraliq mavjud bo`lsa, u holda bunday shkalalar intervallar shkalasi deb 

yuritiladi.  Intervallar  shkalasining  ob`ektlari  hamma  vaqt  o`rganilayotgan  xususiyatning  o`sib 

yoki kamayib borishga qarab tartibga solinganidir. Intervallar shkalasi o`lchov birliklari turlicha 

bo`lib,  ularni  aniqlash  ixtiyoriy  asosga  ega  bo`ladi.  Bunday  shkalalarga  nisbatan  arifmetik 

amallarni  qo`llash,  tenglikni  aniqlash,  katta  yoki  kichik  deb  taqqoslash  mumkin.  Bir  shkalani 

turli belgilari o`rtasidagi intervallar va farqlar tengligini ham solishtirish mumkin. 



 

15

 



 

 

Munosabatlar  shkalasini  loyihalashtirishda  avvalgi  shkala  xususiyatlari  bilan  birga  hali 



o`rganilishi kerak bo`lgan xususiyat yo`q bo`lgan tabiiy nol’ nuqta bo`lishi kerak. Munosabatlar 

shkalasi quyidagi muhim xususiyatlarga ega; 1) ob`ektlar sinfi o`rganilayotgan xususiyatga ko`ra 

bo`lingan va tartibga solingan bo`ladi; 2) ob`ektlar sinfi o`rtasidagi teng farqlar, ular belgilangan 

sonlar o`rtasidagi farqka teng bo`ladi; 3) ob`ektlar sinfiga tenglashtirilgan sonlar o`rganilayotgan 

xususiyatning ifodalanishi darajasiga proportsionaldir.  

 

 SHkalalashtirishdan eksperimental psixologiyada emas, balki boshqa maqsadlarda ham 



foydalanish mumkinmi? 

Munosabatlar  shkalasida  qolgan  barcha  tiplarga  xos  bo`lgan  operatsiyalarni  amalga 

oshirish  mumkin  bo`ladi.  Munosabatlar  shkalasida  xqax  ag`  o  kabi  amallar  tatbiq  etiladi. 

Psixologiyada  yuqoridagi  shkalalar  tiplari  maqsadga  muvofiq  holda  tanlanadi  va  ulardan 

tadqiqot natijalarini o`lchashda foydalaniladi. 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1.

 



Metodikalarga qo`yiladigan talablar qanday? 

2.

 



Test o`tkazish jarayonini sifatini tanqidiy baholash qanday kechadi.  

3.

 



Ctandartlashtirish ishonchlilik deganimiz nima? 

4.

 



Testni ishonchliligigini baholash qanday bo`ladi.  

5.

 



Validlik, psixologik testlarning validligini baholash qanday amalga oshiriladi?.  

6.

 



Differentsial psixometrika deganimiz nima? 

7.

 



Psixodiagnostik metodlardagi aniqlik qanday o`lchanadi? 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

25.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

26.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

27.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

28.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

29.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

30.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 



 

6-ma`ruza 

Mavzu: Intellektni  diagnostika qilish va aqliy rivojlanish 

(4-soat) 

Reja: 

1.

 



Intellekt haqida tushuncha. Intellekt tuzilishi haqida tushuncha.  

2.

 



Intellekt va intellektual testlar.  

3.

 



Hozirgi vaqtda xorij psixologiyasida intellektual testlarni qo`llanilishi.  



 



Tayanch tushunchalar. 

Intellekt  haqida  tushuncha.  Intellekt  tuzilishi  haqida  tushuncha.  Intellekt  va  intellektual 

testlar.  Hozirgi  vaqtda  xorij  psixologiyasida  intellektual  testlarni  qo`llanilishi.  Noverbal 

intellektual  testlar.  D.Vekslerni  intellektni  o`lchash  testi.  Mamlakatimizda  guruhiy  intellektual 

testlarni  qo`llanilishi.  Mamlakatimizda  shaxsni    intellektual    rivojlanishini  diagnostika  qilish 

muammolari. 

 

6.1.Intellekt haqida tushuncha. Intellekt tuzilishi haqida tushuncha. 


 

16

Insonning  bilish  faoliyatida  xayol,  tafakkur,  nutq  va  boshqa  muhim  psixik  jarayonlar 



muhim  o`rin  egallaydi.  Xar  qanday  aqliy  faoliyat  bilishga,  tajribaga  va  ijodiy  tafakkurga 

asoslanadi.  Tafakkurning  muhim  operatsiyalari  analiz  va  sintez,  umumlashtirish  va 

mavxumlashtirish bo`lib, har qanday aqliy faoliyatida o`zaro bog`lanib keladi. 

Inson aqliy faoliyati xususiyatlari boshqa oliy psixik funktsiyalar, xotira, iroda, xissiyot 

hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va odatlari bilan chambarchas bog`liq o`ta 

maxsus  usul  xisoblanadi.  O`yinchoq  bolaga  to`plangan  tajribasini  namoyon  qilish,  uni  ijodiy 

qayta qurish (qurish-yasash), yangilarni yaratish imkonini beradi. Bolada o`yinchoqlar qanchalik 

ko`p bo`lsa, unda shunchalik ko`p ijodiy kuchlari rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni 

o`zlashtirib oladi. 

A.A.Fayvusovich(1928)  tadqiqotlarining  ko`rsatishicha,  har  xil   diqqatning  ko`chishini 

va  atrofdagi  predmetlarga  ichki  extiyojni  shakllantirish  maqsadida,  bolalar  bog`chasidagi 

o`yinchoqlarni almashtirib turish zarur. 

Masalan:  6  oygacha  bo`lgan  bolalarda  bir  kunda  2-3marta,  1-2  yoshdagi  bolalarda  bir 

kunda 3-4 marta, 3 yoshgacha bolalarda bir kunda 4-5 marta amlashtirib turish zarur. 

Sodda va aniq o`yinchoqlarga, murakkabroq va mavxumroq o`yinchoqlar qurish, ularni 

bolaning  psixik  taraqqiyotiga  moslab  tanlanishi  bolada  fazoviy  va  so`z  –mantiq  tafakkurning 

rivojlanishiga imkon beradi. 

Qoidaga  ko`ra  o`yinchoqlarning  diagnostika  o`yinchoqlari  bo`lib  quyidagilar  xizmat 

qiladi: 

a)o`yinchoqlarni  ko`rganda  bolada  xissiy-qo`zg`alish  mavjudligi  va  ushlab  ko`rish 

istagi: 

b)xarakatlarning faolligi va ko`proq ushlab ko`rish: 

v)o`yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda o`ynash: 

g)o`yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi: 

d)o`ynning davomiyligi: 

e)berilgan o`yinchoqda extiyojning saqlanishi. 

Bu  extiyojlar  1-3  yoshdagi  bolalarda  o`yin  vaziyatida  faollikni  aniqlashga  qaratilgan. 

Kattaroq  yoshdagi  bolalar  uchun    dignostik  o`lchovlar  bir  muncha  kengayadi.  Ularda  nutq 

rivojlanganligi,  fazoviy  ko`rish  tasavvurligining,  xayolning,  tafakkur  operatsiyalarini  bajarish 

usullarinining rivojlanganligi kabi o`lchovlarni kiritish mumkin. 

Shuning  uchun  ham  maktabgacha  tarbiya  muassasasida  tarbiyachi  u  yoki  bu  psixik 

jarayonlarni  rivojlantirish  maqsadida  didaktik  materiallardan  foydalanish  mumkin.  (Rasmlarga 

qarab hiqoya tuzish, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar). 

6.2.Intellekt va intellektual testlar. 

 

Qismlardan  rasm  xosil  qilish  metodikasi  A.N.Bernshteyn(1911)  tomonidan  taklif 



etilgan  bo`lib,  tafakkur  xususiyatlarini,  rasmning  yaxlitligini  taxlil  qila  olish,  qobiliyatni 

o`rganishga  mo`ljallangan.  Tajriba  o`tkazish  uchun  rasmlar  to`plami  (murakkabligi  ortib 

boradigan  6  ta  rasm)  kerak  bo`ladi:  Birinchi  3  ta  rasm  4  qismga  bo`lingan  bo`lishi  kerak, 

qolganlari ko`proq qismlarga bo`linadi. Bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, 

lekin ular har xil qilib kesilgan bo`ladi. Tadqiqotni bir necha marta takrorlash uchun rasmlarning 

turli  variantlari  bo`lishi  zarur.  Rasmlar  namunalari  ixtiyoriy  ravishda  tanlanishi  mumkin, 

masalan,  hayvonlarning,  alohida  predmetlarning  rasmlari.  Bolaga  rasm  qismlari  to`nkarilgan 

xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi. 

Tadqiqotchi tadqiqot qarorida topshiriq, uning oxirgi natijasi qancha vaqt bjarilganligini 

yozib boradi. Sinaluvchi  xarakatlarining maqsadga yo`naltirilganligi  taxlil qilishga, xarakatning 

maqsadga  yo`naltirilgan  rejasi  mavjudligi  va  yo`qligini  aniqlashga,  aqliy  faoliyat  jarayonida 

qanday tayanch belgilarga e`tiborni qaratish zarur. 

3-5  yoshdagi sinaluvchilar uchun bunday topshiriqlarni bajarishda rasm namunasi ham 

ko`rsatilib turiladi. Bola qo`llanmani qanchalik yaxshi o`zlashtirgani, ilgari idrok etilgan obrazni 

uning alohida qismlaridan qayta yarata olganini ta`g`idlash muhim. 


 

17

Tadqiqot qarorida bolaning xarakatlari bayon etiladi: tartibsiz «`sinash va xato, qilish»` 



xarakteriga  ega,  maqsadga  yo`naltirilgan  va  boshqalar.  Bunday  topshiriqlarni  bajarish 

xususiyatlari,  faqatgina  fazoviy  ko`rish  xayoli,  ko`rgazmali  tafakkur  xolati  haqidagina  emas, 

balki tafakkur tanqiydiligini shakllari darajasi haqida ham bilish imkonini beradi. 

6.3.Hozirgi vaqtda xorij psixologiyasida intellektual testlarni qo`llanilishi. 

QISMLARDAN RASM XOSIL QILISh. 

Metodika  A.N.Bernshteyn  (1911)  tomonidan  taklif  etilgan  bo`lib,  tafakkur 

xususiyatlarini,  rasmini,  rasmning  yaxltiligini  taxlil  qila  olish,  uning  ba`zi  qismlari  ketma-

ketligini  o`rnata  olish  qobiliyatini  o`rganishga  mo`ljallangan.  Tajriba  uchun  rasmlar  to`plami 

(murakkabligi  ortib  boradigan  6  ta  rasm)  kerak  bo`ladi:  Birinchi  3  ta  rasm  4  qismga  bo`lingan 

bo`lishi kerak, qolganlari ko`proq qismlarga bo`linadi. Bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil 

bo`lishi  kerak,  lekin  ular  har  xil  qilib  kesilgan  bo`ladi.  Tadqiqotni  bir  necha  marta  takrorlash 

uchun  rasmlarning  turli  variantlari  bo`lishi  kerak.  Rasmlar  namunalari  ixtiyoriy  ravishda 

tanlanishi  mumkin,  masalan,  hayvonlarning,  alohida  predmetlarning    rasmlari.  Bolaga  rasm 

qismlari tunkarilgan xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi. 

Tadqiqotchi  tadqiqot  qarorida  topshiriq,  uning  oxirgi  natijasi  qancha  vaqt 

bajarilganligini yozib boradi. Sinaluvchining xarakatalarini taxlil qilishga, xarakatning maqsadga 

yo`naltirlgan  rejasi  mavjudligi  va  yuqligini  aniqlashga  u  aqliy  faoliyat  jarayonida  qanday 

tayanch belgilarga tanlangaligiga e`tiborni qaratish zarur. 

3-5  yoshdagi sinaluvchilar uchun bunday topshiriqlarni bajarishda rasm namunasi ham 

ko`rsatilib  turiladi.  Bola  qo`llanmani  qanchalik  yaxshi  o`zlashtirilgani,  ilgari  idrok  etilgan 

obrazni  uning  alohida  qismlaridan  qayta  yarata  olganini  ta`qidlash  muhim.  Tadqiqot  qarorida 

xarakatlari  bayon  etiladi:  tartibsiz  «`sinash  va  xato  qilish»`  xarakteriga  ega,  maqsadga 

yo`naltirilgan va boshqalar. 

Bunday  topshiriqlarni  bajarish  xususiyatlari,  fakatgina  fazoviy  ko`rish  xayoli, 

ko`rgazmali tafakkur xolati haqidagina emas balki, tafakkur tanqidiyligining shakllanish darajasi 

haqida ham bilish imkonini beradi. 



Intellektni psixometrik tekshirish 

Psixometrik  asoslangan  testlar  qo`llaniladigan  aniq  metodikalardan  farq  qiladi.  Bu 

testlarni ishlab chiqishda asosan bolaning psixik taraqqiyoti darajasini aks ettiruvchi o`rnatilgan 

me`yordan  chetga  chiqishlarni,  tengdoshlar  guruhini  taqqoslovchi  miqdoriy  ko`rsatkichlarga 

e`tibor  beriladi.  (V.M.Bleyxer,  L.F.Burlachuk,  1978).  Ularning  muqarrarligi  bir  xil  yoshdagi 

sinaluvchining katta guruhlarida amalga oshiriladi (V.V.Stolin, A.».Shmel`ev, 1984). 



AQLNI O`LChAShNING VEKSLER ShKALASI. 

Aqlni  tekshirishning    eng  keng  tarqalgan  metodlaridan  biri  amerikalik  psixolog  va 

psixiatr D.Veksler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o`lchash shkalasidir. Bu 

metodikaga    1974  yilda  so`nggi  marta  5  yoshdan  15  yoshgacha  bo`lgan  bolalarni  tekshirish 

uchun o`zgartirishlar kiritildi. 

Rossiyada  birinchi  bo`lib  Veksler  shkalasi  V.M.Bexterev  nomli  Leningrad 

psixonevrologik  ilmiy-tadqiqot  institutida  moslashtirilgan.  Metodika  B.G.Anan`ev  (1969) 

maktabi  psixologlari  tomonidan  intellekt  taraqqiyotini  uzoq  yillar  o`rganishda,  jumladan 

bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqarishlar va orqada qolishlarni differentsial-diagnostika 

qilishda keng qo`llanilgan. 



 

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1.

 



Intellekt nima? 

2.

 

Intellekt tuzilishi qanday? 



3.

 

Intellekt va intellektual testlar haqida. 



4.

 

Hozirgi vaqtda xorij psixologiyasida intellektual testlarni qo`llanilishi. 



5.

 

Noverbal intellektual testlar haqida. 



6.

 

D.Vekslerni intellektni o`lchash testini o`tkazish tartibi haqida. 



7.

 

Mamlakatimizda guruhiy intellektual testlarni qo`llanilishi haqida..  



 

18

 



Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

31.


 

Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

32.


 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 

“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

33.


 

Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

34.


 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 

35.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

36.


 

Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 

 

7-ma`ruza 

Mavzu: Ijodkorlik va uning diagnostikasi 

(4-soat) 

 

Reja: 

1. Ijodkorlik haqida tushuncha.  

2. Ijodkorlikni o`rganuvchi testlar.  

3. Shaxsda ijodkorlikni tekshirishning turli usullari. 



 

Tayanch tushunchalar: 

Ijodkorlik  haqida  tushuncha.  Ijodkorlikni  o`rganuvchi  testlar.  Shaxsda  ijodkorlikni 

tekshirishning turli usullari. 

7.1. Ijodkorlik haqida tushuncha. 

Kasbiy  bilim  va  konikmalar  egallandimi  yoki  yoqmi,  imkoniyat  royobga  shiqdimi  yoki 

ushalmagan  orzu  sifatida  qolib  ketdimi-bularnin`  barshasi  kopgina  omillar  va  sharoitlarga 

bog`liqdir. Masalan,  atirof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamosi azolari, jamotshilik) 

shaxsnin`  u  yoki  bu  bilim  hamda  konikmalarni  egallashiga,  oqish,  organishga,  ularni  tashkil 

qilish,  va  mustakamlashga  masuliyat  his  qilishi  kabilar  imkoniyatini  roybga  shiqarishnin`,  uni 

voqelikka aylantirishnin` kafalotidir. Psixologiya metodologik asosnin` korsatishisha, qobiliatlar 

imkoniyatlar  tizimidan  tashkil  topgan  bolib,  u  yoki  bu  faoliyatida  zaruriy  mahorat  darajasi 

hisoblanadi.  Rassomlikni  egallashi  ushun  maxsus  talim  olishi,  tabiatga  ozgasha  munasabati, 

idirok qilish xayoloi, boyoqlar, moslama asboblar va boshqalar muhayyo bolishi lozim. Tasviriy 

sanat qobiliyatlari takidlab otilgan vositalar hamda shart-sharoitlar bolamsa, korinishidayoq sona 

borishi  mumkin.  Ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyot  pallasida  bunday  hodisalar  son-sonaqsiz  bolib 

otganligi hesh kimga sir emas.   

Psixologiya  fani  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni  qobuliyatlar  bilan  faoliyatning  muhim 

jabhalari  ekanligini  rad  etdi,  ammo  ularning  birligini  etirof  qiladi  .  Shuning  ushun  qobuliyatlar 

faqat faolayatda ro`yabga shiqadi, lekin aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol 

faoliyat ko`rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm solishga hali o`rganmagan bo`lsa, 

mabodo  u  tasviriy  faoliyatning  malakalarini  uddalay  olmasa,  uning  tasviriy  san`atga  qobiliyati 

to`g`risida  gap  bulishi  ham  mumkin  emas.  Bularning  barshasi  bo`lg`usi  rassomning  ish  uslubi, 

usullari,  rang  munasabatlarini  qanshalik  tez  va  oson  o`zlashtirishida  hamda  borliqdagi 

go`zallikni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi.  

O`quvshida kasbiy bilim, ko`nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakillangan 

shaxsiy  ish  uslublari  mavjud  emasligiga  asoslanib,  ularni  jiddiy  tekshirib,  ko`rmasdan  turib, 

shoshilinish  tarzda  unda  qobiliyatlar  yo`q  degan  xulosa  shiqarish  o`qituvshining  qupol 

psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bolalik davrida u  yoki bu qobiliyatlarningsh atrofdagi odamlar 

tomonidan  tan  olinmaganligi,  keyinshalik  xuddi  ana  shu  qobiliyatlari  tufayli  jahonda  shon-

shuhrat  qozonishga  musharraf    bo`lgan  juda  ko`p  allomalarning  nomi  ma`lum.  Masalan, 


 

19

nisbiylik  nazariyasi  asosshisi  Albert  Eynshteyn,  yangi  geometriya  yo`nalishi  asosshisi  Nikolay 



Lobashevskiy shular jumlasidandir. 

7.2. Ijodkorlikni o`rganuvchi testlar. 

Insonning  bilish  faoliyatida  xayol,  tafakkur,  nutq  va  boshqa  muhim  psixik  jarayonlar 

muhim  o`rin  egallaydi.  Xar  qanday  aqliy  faoliyat  bilishga,  tajribaga  va  ijodiy  tafakkurga 

asoslanadi.  Tafakkurning  muhim  operatsiyalari  analiz  va  sintez,  umumlashtirish  va 

mavxumlashtirish bo`lib, har qanday aqliy faoliyatida o`zaro bog`lanib keladi. 

Inson aqliy faoliyati xususiyatlari boshqa oliy psixik funktsiyalar, xotira, iroda, xissiyot 

hamda shaxsning individual-psixologik xususiyatlari va odatlari bilan chambarchas bog`liq o`ta 

maxsus  usul  xisoblanadi.  O`yinchoq  bolaga  to`plangan  tajribasini  namoyon  qilish,  uni  ijodiy 

qayta qurish (qurish-yasash), yangilarni yaratish imkonini beradi. Bolada o`yinchoqlar qanchalik 

ko`p bo`lsa, unda shunchalik ko`p ijodiy kuchlari rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni 

o`zlashtirib oladi. 

A.A.Fayvusovich(1928)  tadqiqotlarining  ko`rsatishicha,  har  xil   diqqatning  ko`chishini 

va  atrofdagi  predmetlarga  ichki  extiyojni  shakllantirish  maqsadida,  bolalar  bog`chasidagi 

o`yinchoqlarni almashtirib turish zarur. 

Masalan:  6  oygacha  bo`lgan  bolalarda  bir  kunda  2-3marta,  1-2  yoshdagi  bolalarda  bir 

kunda 3-4 marta, 3 yoshgacha bolalarda bir kunda 4-5 marta amlashtirib turish zarur. 

Sodda va aniq o`yinchoqlarga, murakkabroq va mavxumroq o`yinchoqlar qurish, ularni 

bolaning  psixik  taraqqiyotiga  moslab  tanlanishi  bolada  fazoviy  va  so`z  –mantiq  tafakkurning 

rivojlanishiga imkon beradi. 

Qoidaga  ko`ra  o`yinchoqlarning  diagnostika  o`yinchoqlari  bo`lib  quyidagilar  xizmat 

qiladi: 

a)o`yinchoqlarni  ko`rganda  bolada  xissiy-qo`zg`alish  mavjudligi  va  ushlab  ko`rish 

istagi: 

b)xarakatlarning faolligi va ko`proq ushlab ko`rish: 

v)o`yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda o`ynash: 

g)o`yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning mavjudligi: 

d)o`ynning davomiyligi: 

e)berilgan o`yinchoqda extiyojning saqlanishi. 

Bu  extiyojlar  1-3  yoshdagi  bolalarda  o`yin  vaziyatida  faollikni  aniqlashga  qaratilgan. 

Kattaroq  yoshdagi  bolalar  uchun    dignostik  o`lchovlar  bir  muncha  kengayadi.  Ularda  nutq 

rivojlanganligi,  fazoviy  ko`rish  tasavvurligining,  xayolning,  tafakkur  operatsiyalarini  bajarish 

usullarinining rivojlanganligi kabi o`lchovlarni kiritish mumkin. 

Shuning  uchun  ham  maktabgacha  tarbiya  muassasasida  tarbiyachi  u  yoki  bu  psixik 

jarayonlarni  rivojlantirish  maqsadida  didaktik  materiallardan  foydalanish  mumkin.  (Rasmlarga 

qarab hiqoya tuzish, kubiklar yasash, rasmlar chizish va boshqalar) 

Qismlardan  rasm  xosil  qilish  metodikasi  A.N.Bernshteyn(1911)  tomonidan  taklif 

etilgan  bo`lib,  tafakkur  xususiyatlarini,  rasmning  yaxlitligini  taxlil  qila  olish,  qobiliyatni 

o`rganishga  mo`ljallangan.  Tajriba  o`tkazish  uchun  rasmlar  to`plami  (murakkabligi  ortib 

boradigan  6  ta  rasm)  kerak  bo`ladi:  Birinchi  3  ta  rasm  4  qismga  bo`lingan  bo`lishi  kerak, 

qolganlari ko`proq qismlarga bo`linadi. Bunda birinchi va to`rtinchi rasm bir xil bo`lishi kerak, 

lekin ular har xil qilib kesilgan bo`ladi. Tadqiqotni bir necha marta takrorlash uchun rasmlarning 

turli  variantlari  bo`lishi  zarur.  Rasmlar  namunalari  ixtiyoriy  ravishda  tanlanishi  mumkin, 

masalan,  hayvonlarning,  alohida  predmetlarning  rasmlari.  Bolaga  rasm  qismlari  to`nkarilgan 

xolda tartibsiz, namunasiz ko`rsatiladi. 

Tadqiqotchi tadqiqot qarorida topshiriq, uning oxirgi natijasi qancha vaqt bjarilganligini 

yozib boradi. Sinaluvchi  xarakatlarining maqsadga yo`naltirilganligi  taxlil qilishga, xarakatning 

maqsadga  yo`naltirilgan  rejasi  mavjudligi  va  yo`qligini  aniqlashga,  aqliy  faoliyat  jarayonida 

qanday tayanch belgilarga e`tiborni qaratish zarur. 



 

20

3-5  yoshdagi sinaluvchilar uchun bunday topshiriqlarni bajarishda rasm namunasi ham 



ko`rsatilib turiladi. Bola qo`llanmani qanchalik yaxshi o`zlashtirgani, ilgari idrok etilgan obrazni 

uning alohida qismlaridan qayta yarata olganini ta`g`idlash muhim. 



Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 485.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling