O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Birinchidan  -  o`qituvchi  pedagogik  faoliyatga  qobiliyati  bor,  ijodkor,  ishbilarmon,  bolajon  bo`lmog`i  Ikkinchidan


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Birinchidan  -  o`qituvchi  pedagogik  faoliyatga  qobiliyati  bor,  ijodkor,  ishbilarmon,  bolajon 

bo`lmog`i 



Ikkinchidan  -milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  yaxshi  anglaydigan  va  mukammal 

egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma`naviy 

 axloqiy barkamol inson sifatida obro’ - 



e`tiborga ega bo`lmog`i; 

Uchinchidan -imon 

e`tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko`rinishlarga o’zining qat`iy 



munosabatini  bildira  oladigan,  eng  muhimi  Өzbekistonning  mustaqil  davlat  sifatida  maydonga 

chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo`lishi; 



TO`rtinchidan  -  o`qituvchi  vatanparvarlik  g`oyasi  bilan  sug`orilgan  bo`lmog`i  va  o’z 

tarbiyalanuvchilarini ham ana shu yo`lda fidokorlikka undamog`i; 



Beshinchidan-pedagoglik  kasbiga  doir  bilimlarni  ya`ni  psixologik,  pedagogik  malaka  va 

mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo`lishi; 



Oltinchidan  -bolalarni  sevish,  ular  ruhiyatini  yaxshi  bilishi,  shuningdek,  ularning  yoshi  va 

individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi; 



ettinchidan -o`qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo`lmog`i; 

Sakkizinchidan  -o`qituvchi  odobli,  iboli  va  g`ayo  sohibi  bo`lish  bilan  birga,  o’z 

tarbiyalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog`i; 



To`qqizinchidan-  o`qituvchi  o’z  so’ziga  va  qilayotgan  ishiga  bolalarni  ishontira  oladigan, 

obro’ - e`tiborli shaxs bo`lmog`i; 



Oninchidan - o`qituvchi o`tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o`quvchilarga berilishi lozim 

bo`lgan ma`lumotni izchil va ketma -ketlik printsipi asosida etkazishi; 



On  birinchidan  -  o`qituvchi  madaniyatli,  estetik  didli  bo`lishi  bilan  o’zining 

tarbiyalanuvchilari uchun ibrat bo`lib qolmog`i kerak. 

Agar  o`qituvchi  ana  shunday  sifatlarni  o’zida  mujassam  qila  olsa  kadrlar  tayyorlash  milliy 

modelida  qayd  etilgan  o`qituvchi  tamoyiliga  qo’yilgan  talablarga  to`liq  javob  bera  oladi  deyish 

mumkin. 


O`qituvchilik  kasbini  egallash  uchun,  albatta,  tabiiy  qobiliyatlar  bilan  birga,  jismoniy  ham 

ruhiy xislatlar ham shakllangan bo`lmog`i darkor. Aks holda o`qituvchilik kasbini tanlagan bunday 

shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hech qanday manfaat bo`lmasligi turgan gap. 

Pedagogik  faoliyatning  mazmuni  asosan  yosh  avlodni  hayotga,  mehnatga  tayyorlash  uchun 

xalq  oldida,  davlat  oldida  javob  beradigan,  bolalarga  tarbiya  berish  uchun,  layoqatli,  talab 

doirasida  barcha  aqliy  va  axloqiy  salohiyatga  ega  bo`lgan  maxsus  tayyorgarlikdan  o`tgan 

shaxslarning  alohida  faoliyatiga  aytiladi.  Aniqroq  qilib  aytganda  o`qituvchilarning  mehnat 

faoliyati  komil  insonni  tarbiyalashga  qaratilgan  murakkab,  ziddiyatli  va  uzoh  davom  etadigan 

jarayondir. 

O`qituvchilik  kasbini  egallagan  har  bir  inson  avvalo  o`qituvchi  shaxsiga  xos  xususiyatlarni 

o’zida mujassam etishi; shuningdek, o`qituvchining ruhiy - pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan 

talablarni  atroflicha  o’zlashtirgan  bo`lishi;  tanlangan  ixtisos  yuzasidan  kerakli  doirada  pedagogik 

mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga etkaza olish qobiliyatiga ega 

bo`lmog`i juda muhim. 

O`qituvchi  go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar 

qo`llariga  qalam  olib  jo’shqin  hislarini,  eng  yaxshi  ezgu  tilaklarini  oq  qog`ozlar  betiga  bitmagan 

deysiz. Hayot  abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta`lim va tarbiya 

beradigan mehri daryo o`qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. hayotning bu sharafli kasb 

egalariga  bo`lgan  ehtiyoji  ham  abadiydir.  o`qituvchi  bamisoli  bog`bon.  U  yoshlik  gulshanining 

bog`boni.  Maktab,  o`quv  yurti  -  yoshlik  gulshani,  yosh  avlod  uning  bebaho  nihollari,  ustoz 

o`qituvchilar bu bog`ning ohil, mirishkor, mehribon bog`bonlaridir. U o’z bog`idagi mevalarning 

rango-rang va sog`lom bo`lishi uchun kurashadi. har bir shogirdini baxtiyor ko`rishni orzu qiladi. 

Daraxtni shirin meva, o`qituvchini esa ohil, barkamol shogird bezaydi. 

Bu  kasbning  faxru  -  iftixori  shundaki,  o`qituvchi  tarbiyalab  o’stirgan  nihollarning  hosili 

qanchadan-qancha  avlodlarni  bahramand  qiladi.  Eng  baxtiyor,  piri  badavlat  odamlardan  biri 

o`qituvchi.  U  dunyodagi  har  qanday  javohirdan  ham  qimmatli  bo`lgan  inson  farzandini  voyaga 

etkazib,  uni  ulug`  ishlarga  voris  qiladi.  Kasblar  ichida  alohida  faxr  va  iftixor  bilan  tarona 

etiladigani  o`qituvchilik  kasbidir.  Chunki  biror  soha  yo’g`i,  unga  o`qituvchining  bevosita  yoki 

bilvosita  qo’shgan  hissasi  bo`lmasin.  O`qituvchining  bilimidan,  aql-zakovatidan,  mehr-

muhabbatidan bahramand bo`lmagan kishi yo`q. 

Zamonamizning  zabardast  olim  va  shogirdlari,  shoir  va  san`atkorlari,      fazogirlari,   

ishchisi,      O`rmonchisi,  shifokori,  quruvchi-injeneri  -  hammasi  o`qituvchidan  ta`lim  olgan.  

Shuning  uchun    ham    xalqimiz  -  tog`  cho`qqilaridan  yuksak  mehr-muhabbatini,  quyosh  nuridek 

jo’shqin  qalb  haroratini  G`o`qituvchiG`  degan  so’zga  singdirgan  va  bu  nomni  katta  e`zoz  bilan 

tilga oladi. 

Biz  o`qituvchilar  kasbimiz  bilan  qancha  faxrlansak,  umrimizning  bebaho  hosili  -  sevgan 

kasbimizning  durdona  mevasi,  faxru  iftixorimiz  bo`lgan  shogirdlar  bilan  baxtiyormiz.  Ulug` 

Vatanimizning  qaysi  eriga  borsak,  G`Salom,  ustoz,  o`qituvchimG`,  deb  shogirdlarimiz  peshvoz 

chiqishadi.  Biz  shunda  o’zimizni  qanchalik  baxtiyor  inson  ekanligimizni  chuqurroq,  his  etamiz. 

Umrimizga  yana  umr  qo’shilgandek  o’zimizni  tetik  sezamiz.  Ana  shu  narsa  bizga  yana  kuch-

quvvat  va  kasbimizga  beqiyos  muhabbat  baxsh  etadi.  O`qituvchi  mehnatini  taqdirlash  G`Xalq 

o`qituvchisiG` degan yuksak unvonning ta`sis etilishida yana bir yorqin ifodasini topdi. 

O`qituvchi o’ziga bo`lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, 

ayni zamonda juda murakkab va mas`uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi.  

Ilmiy-texnika taraqqiyoti katta sur`at bilan rivojlana borayottan bir sharoitda  hayot bizning 

oldimizga yangidan-yangi  vazifalarni qo’ymoqda. 

Dars  bizdan  bola  tarbiyasiga  atroflicha  yondashishni,  yosh  avlodni  har  taraflama 

rivojlantirishni  talab  etmoqda.  Shunday  sharoitda  o`qituvchining  o’ziga  xos  O`rni  va  mavqei 

qanday bo`lishi kerak. Bu kasb  egasi o’ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxs talablariga 

javob  bera  olishi  uchun  u  qanday  sifatlarni    o’zida  mujassamlashtirishi  kerakӨ  degan  qonuniy 

savol tug`iladi. 

O`qituvchi  quyidagi  fazilatlarga  ega  bo`lishi  kerak:  insoniy  g`oyaviylik,  insoniy 

e`tiqodlilik,  vatanga  sodiqlik,  mehnatsevarlik,  ijtimoiy  burchni  chuqur  anglash,  inson  manfaati 

singari  ulug`vor  maqsad  yo`lida  mumtoz  niyatlar,  temir  iroda  bilan  kurasha  bilish,  haqqoniylik, 



printsipiallik,  mudom  mehnatkash  xalq  bilan  hamdam  va  hamkorlik,  xalq  manfaatini  hamma 

narsadan ustun qo’yish, hayotda faol pozitsiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy 

etishda  tashabbuskorlik  ko`rsatish,  axloqiy  poklik  va  yosh  avlodga  mehribonlik,  oqilona 

talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson 

tafakkuri  qonuniyatlarini  chuqur  bilish  va  amalda  qo`llay  olish,  har  sohada  yosh  avlodga  O`rnak 

ko`rsata bilish. 

O`qituvchining  jamiyatdagi  muallimlik  vazifasi  ana  shu  fazilatlarni  o’zida  to`la  mujassam 

bo`lishini taqozo etadi. 



 

 

Mutahkamlash savollar: 



 

1.

 



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 

2.

 



Milliy dastur asosida talaba qo`yiladigan talablarining asosiy vazifalari.  

3.

 



Pedagogika kasbining paydo bo`lishi va rivojlanishi bosqichlari. 

4.

 



G`arb va Sharq pedagoglarining pedagogika fani haqidagi ko`z-qarashlari. 

 

 



Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-Uzbekiston tarakkiyotning poydevori. T., 1995. 

5.

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1995. 



6.

 

Ta`lim tugrisidagi konun. T., 1995. 



7.

 

Gaybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshk. Pedagogika, 



1999. 

8.

 



Inogomov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

9.

 



Tursunmetov K., Axmedov Sh. Ukuvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 



 

Jahon pedagogikasi fanining rivojlanishi 

 

Reja: 



1.Qadimgi Yunonstonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar. 

A) Lakoniya (Sparta) davlati va unda ta`lim-tarbiya. 

B) Afinada maktab tizimi va tarbiyaning tarkibiy qismlarining vujudga kelishi. 

2.Qadimgi Yunonistonda pedagogika nazariyasining tug`ilishi.  

3.Sakrot, Platon va Arastularning faoliyati. 

4.Qadimgi Rimda tarbiya va maktab. 

 

T.t.  Qadimgi  Yunonstonda  tarbiya,  maktab  va  pedagogika  sohasidagi  fikrlar  Lakoniya  (Sparta) 

davlati va unda ta`lim-tarbiya, Sakrot, Platon va Arastularning faoliyati. 

 

Tarixiy  taraqqiyotning  keyingi  davrlariga  kelib,  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  uning  yangi 



ijtimoiy  farmatsiya-quldorlik  tuzumi  egalladi.  Qadimiy  Sharqda  birinchi  sinfiy  jamiyatlar  paydo 

bo`ldi,  hamda  moddiy  va  ma`naviy  madaniyatga  asos  solindi.  Ayniqsa,  Qadimgi  Yunoniston  va 

Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o’zlarining katta hissasini qo’shdilar. 

Darhaqiqat  tarixiy  taraqqiyot  davomida  turli  mamlakatlar  va  xalqlar  jahon  madaniyatiga 

turlicha  yondoshdilar  va  rivojlantirdilar.  Masalan,  Xitoyda  hisoblashning  o’nlik  sistemasi  kashf 

etildi, misopotomiyada er kurrasini graduslarga, sutkani soatlarga, minutlar va daqiqalarga bo`lish 

o’ylab topildi.  

Eramiz  boshlanishidan  oldin  O`rta  Osiyoning  Janubiy  chekkasiga  yaqin  bo`lgan  joyda 

O`rta  dengiz  bilan  Hindistonni  birlashtiruvchi  karvon  yo`li  qurildi.  So’ngra  O`rta  Osiyo  orqali 

Xitoydan  O`rta  dengizga  tomon  G`Buyuk  ipak  yo`liG`  ochildi.  Natijada  O`rta  Osiyo  vohalarida 

madaniyatning rivojlanishiga ta`sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. 

Ayniqsa Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa 

mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.  

Yunoniston  unchalik  katta  bo`lmagan  bir  qancha  quldorlik  davlatlardan  tashkil  topgan. 

Uning mo’`tabar shaharlaridan  Lakoniya  (bosh shahri Sparta) va Arktika (bosh shahri Afina) dir. 

Bularning  har  qaysisida  tarbiyaning  alohida  tizimlari  vujudga  kelib,  Sparta  usulida  va  Afina 

usulidagi tarbiya deb ataladigan bo`ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi ham hukmron 

edi. Yunonistonda qullarni G`Gapiradigan ish quroliG` deb hisoblar edilar.  

Lakoniya  (Sparta)da  kemalar  to’xtaydigan  qulay  gavanlar  bo`lmaganligi  tufayli  qullar 

mehnatiga  asoslangan  dehqonchilik  hukmron  edi.  To`qqiz  ming  oiladan  iborat  bo`lgan  quldorlar 

g`o’0  mingdan  ko’proq  aholiga  hukmronlik  qilardi.  Spartada  qullar  shafqatsiz  taqib  ostiga  olinar 

edi.  


Tariya  ishlari  esa,  davlat  ixtiyorida  bo`lib,  uning  asosiy  maqsadi  Spartaliklarning 

bolalarini baquvvat, jismoniy sog`lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo`lajak 

quldorlar  etkazishdan  iborat  edi.  Spartaliklarning  bolalari  o’  yoshgacha  uyida  yashar,  keyin 

G`agellaG` deb nomlanuvchi muasasasida 1h yoshga etguncha tarbiyalanar edi, ular G`pedanomG` 

rahbarligida  jismoniy  sog`lom  bo`lish  uchun  turli  mashqlar  bilan  chiniqtirilar,  sovuqqa,  ochlikka 

chidashga og`iriqqa bardosh berishga O`rgatilar edi. Ta`limning asosiy qismini harbiy gimnastika 

mashqlari egallar edi.  

Qadimgi  Yunon  tarixchisi,  faylasuf  olim  Plutarx  Sparta  maktablaridagi  ta`lim-tarbiya 

haqida  gapirib  shunday  deydi:  G`o`qish  va  yozish-bolalarga  faqat  ularning  eng  zaruri  O`rgatilar 

edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo`lishni va 

engish ilmni O`rganishni ko’zda tutadiG`.  

Spartada  ta`lim-tarbiyaning  yana  bir  muhim  vazifasi  yoshlarni  qullarga  nisbatan 

shavqatsiz,  ularni  mensimaydigan  qilib  tarbiyalashdan  iborat  edi.  Shu  maqsadda  yoshlar 

G`KreptiyalarG`da,  ya`ni  kechalari  qullarni  tutish  mashqlarida  qatnashar,  shubhali  bo`lib 

ko`ringan har qanday illatni (qulni) o`ldirar edilar. 


Yoshlarga  axloqiy  tarbiya  berishda  davlat  rahbarlari  maxsus  suhbatlar  o`tkazib,  shu  yo`l 

bilan  ularga  axloqiy-siyosiy  tarbiya  berar  edilar.  Shuningdek,  bolalarni  savol-javob  jarayonida 

aniq, qisqa va lo’nda javob berishga O`rgatib borilgan.  

Spartada bola 1h-g`0 yoshga etganda G`efeblarG` guruhida harbiy xizmatni o`taganlar.  

Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e`tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya 

malakalari  bilan  qurollantirib  borilgan.  Chunki  erkaklar  jangga  ketganlarida  ular  shaharni 

qO`riqlab, qullarni esa itoat saqlashni ta`minlar edilar.  

Afinada  esa  hayot,  tartib  intizom  maktab  tizimi  va  undagi  ta`lim-tarbiya  Spartanikidan 

butunlay farq qilar edi.  

Afinada eramizdan ilgari V-VI asrlarda madaniyat barq urib o’sdi. Fan, me`morchilik va 

haykaltaroshlik  taraqqiy  topdi.  Afinada  eng  ko`rkam  va  barkamol  inson  deb  ham  jismoniy,  ham 

ma`naviy  jihatdan  etuk  kishini  o’zlarining  G`idealiG`  deb  hisoblar  edilar.  Bu  ideal  faqatgina 

yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanar 

edi. 

Afinada  bolalar  o’  yoshga  etguncha  uyda  tarbiyalanar,  o’g`il  bolalar  o’  yoshdan  boshlab 



maktabga  qatnar,  qizlar  esa  oilada  ona  ko’magida  uy-ro’zqor  ishlariga  O`rgatilar  edi.  Afinada 

xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o`tar edi. Afinada dastlab bolalar 

(o’  yoshdan,  1q-1;  yoshgacha)  G`grammatisG`  (grammatika  mutaxassisligi  demakdir  savol 

o`qituvchisi  ma`nosida)  va  G`kifaristG`  (grekcha  musiqa  demak,  musiqa  o`qituvchisi  ma`nosida) 

maktablarda o`qitilar edi. Bu kabi maktablarda G`DidaskalG` deb atalgan o`qituvchilar mashg`ulot 

olib borar edilar. Өg`il bolalarni maktabga qullardan biri, boshlab borar  edi, bunday qul pedagog 

deb atalar edi (payne-bola, agogeyn-etaklab borish degan so’zlardan olingan). 

Өg`il bolalar 1q-1; yoshga etganlaridan keyin G`polestraG` (kurash maktabi) deb atalgan 

o`quv yurtiga o`tar edilar. 

YOshlarning  badavlatroq  oilada  bo`lgan  qismi  polestrani  tugatgach  gimnasiyaga 

(gimnaziya  shu  so’zdan  kelib  chiqqan)  kirib  o`qir  edilar.  Maktabni  bitirgan  yoshlar  davlatni 

boshqarishda  qatnashlari  mumkin  edi.  Shuning  uchun  ularga  falsafa,  siyosat,  adabiyot  fanlari 

o`qitilgan. 

Qadimgi  Yunoniston  olimlari  va  faylasuflar  Sokrat,  Platon,  Arestotel`  hamda  Demokrit 

o’zlarining ilmiy asarlarida, nutqlarida tarbiya va ta`lim haqidagi fikrlarni ilgari surdilar. 

SOKRAT 

(Eramizdan  avvalgi  ;:9-q99  yillar)  o’zining  demokratik  ijtimoiy  chiqishiga  qaramay  (u 

kambag`al hunarmand o’g`li edi), Konservativ zamindor arestokratlarning ideologi edi. Bu albatta 

uning  falsafiy  va  pedagogik  qarashlarida  o’z  aksini  topdi.  Sokratning  fikricha  tarbiyadan  asosiy 

maqsad,  dunyoning  tuzilishini,  buyumlarning  fizik  holatini  O`rganish  bo`lmay,  balki  odamlar 

o’zlarining  bilishi,  axloqini  kamol  toptirishi  lozim  deb  hisoblar  edi.  Sokrat  jamoat  to’planadigan 

axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o`tkazar ekan, tinglovchilarni savol javoblar yo`li bilan 

G`ha-haqiqatG`ni o’zlari fikr yuritib, o’ylab topishlariga undar, shu yo`l bilan odamlarni haqiqatni 

izlashga  O`rgatar  edi.  Suhbatning  bu  metodi  o’sha  paytda  G`Sokrat  metodiG`  deb  yuritilgan. 

G`Sokrat  metodiG`dan  keyingi  davrlar  metodikasida  suhbatni  G`fikr  qo’zg`ovchi  savollar 

metodiG` yo`li bilan o`tkazish kelib chiqdi. 

Umuman  Sokrat  yaratgan  axloqiy  etika  maktabi  umumiy  fazilat  va  xususiy  fazilatlardan 

tashkil  topdi.  U  har  bir  fazilatni  u  yoki  bu  turdagi  bilimlardan  iborat  ekanligini  asoslab  berdi  va 

inson eng avvalo umumiy etika mezonlarini, inson uchun muqaddas bo`lgan barchaga xos umumiy 

fazilatlarni  bilishi  zarur,  deydi.  Uning  fikricha,  insonlardagi  fazilat,  ya`ni  axloqiy  fazilatlar  fan 

tufayli, ta`lim berish bilan qo`lga kiritilganligi tufayli, axloqiy rivojlanish axlq asosini tashkil etar 

ekan. 

PLATON qadimgi Yunonistonning mashhur faylasufi. 

Eramizdan  ilgari  (;g`o’-q;o’  yillar)-ideolist  faylasuf,  Sokratning  shogirdi,  ob`ektiv 

idealizm  nazariyasining  asoschisi.  U  G`g`oyalar  dunyosiG`  ni  birlamchi  his  qiluvchi  narsalar 

dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.  

Platon  olamni  hodisalar  dunyosi  va  g`oyalar  dunyosi  deb  ikkiga  bo`ldi.  Uning  fikricha 

g`oyalar abadiy va o’zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g`oyalar olamning soyasidir, xolos.  



Afina  aristokratiyasining  nomayandasi  bo`lgan  Platon,  Aristokratlarning  abadiy 

hukmronligi  haqidagi  nazariyani  ilgari  surdi.  Uning  fikricha  ideol  aristorkratik  davlat  uch  xil 

ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo`lishi lozim. 

Faylasuflar  davlatni  boshqaradilar,  jangchilar  himoya  qiladilar,  uchinchi  guruh  esa  mehnat  qilib, 

ikki  guruhni  boqadilar.  Shuningdek,  u  qullarni  ham  saqlanib  qolishini  aytib,  ularni  hamda 

hunarmandlar dehqonlarni huquqsizligi g`oyasini ilgari surdi.  

Platonning fikricha davlatning maqsadi oliy ezgulik g`oyasiga yaqinlashishidir: bu g`oya, 

asosan, tarbiya yo`li bilan ro’yobga chiqishni ta`kidlaydi. 

Tarbiya-deydi,  Platon-  davlat  tomonidan  tashkil  etilmog`i  va  hukmron  guruhlarning-

faylasuflar  va  jangchilarning  manfaatlarini  ko’zlamog`i  lozim.  Platon  o’zining  pedagogik 

sistemasida Sparta va Afina sistemasining ba`zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. 

Platonning  fikricha  bolalar  q  yoshdan  boshlab  :  yoshgacha  davlat  tomonidan  tayinlab 

qo’yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o’yinlar bilan shug`ullanishlari lozim. U 

o’yinlarni  maktabgacha  tarbiya  vositasi  deb  hisoblab,  ularga  katta  ahamiyat  beradi.  U  bolalarga 

eng yoshlik chog`idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. 

Bolalar  o’  yoshdan  1g`  yoshgacha  davlat  maktablariga  qatnab,  o`qish,  yozish,  hisob, 

musiqa  va  ashulalar  O`rganishlari  1g`  yoshdan  1:  yoshgacha  odatdagi  badanarbiya  mashqlari 

O`rganiladigan  palastrada,  ya`ni  jismoniy  tarbiya  maktabida,  uni  bitirgandan  so’ng  o’spirinlar  1h 

yoshgacha  hisob  geometriya  va  astronomiyani  O`rganishi,  1h  yoshdan  g`0  yoshgacha  yigitlar 

G`efebiyaG`da  tarbiyalanadilar,  ya`ni  harbiy  gimnastika  bilan  shug`ullanadilar.  Qobiliyati  o`tkir 

yigitlar  q0  yoshga  qadar  falsafa,  shuningdek,  hisob  geometriya,  astronomiya  va  musiqa 

nazariyasini O`rganadilar. Bularning bir qismi mansab boshqarishga ketsalar, boshqa eng istedodli 

yigitlar falsaf ilmini O`rganishni yana o’ yil (qo’ yoshga qadar) davom ettiradilar. Shundan so’ng 

qo’ yoshdan o’0 yoshgacha davlatni boshqaruvchi kishilar bo`lib qoladilar. 



ARISTOTeL`  (Eramizdan  ilgari  qh;-qg`g`  yillar)  Platonning  shogirdi  bo`lgan, 

Makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, u qadimgi Yunonistonning yirik ideolist-faylasufi va olimi 

edi.  

Platon  olamni  g`oyalar  dunyosi  va  hodisalar  dunyosi  deb  ikkiga  bo`lgan  bo`lsa,  uning 



shogirdi  Aristotel`  olamni  yaxlit  deb  bildi  va  narsalarning  g`oyalarni  narsalarning  o’zidan  ajratib 

bo`lmaydi, dedi. Aristotelning fikricha, g`oyani shaklga o’xshatish mumkin. Har qanday buyumda 

biz uning moddasini va shaklini ko`rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo`lishi uchun imkoniyat 

bor.  Modda  biron  shakl  olgandan  so’ngina  narsa  bo`lib  qoladi.  Chunonchi  marmarning  o’zi  bir 

moddadir, ammo unga ma`lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin. Butun hayot taraqqiyot 

jarayonidir.  Bu  jarayon  Aristotelning  fikricha,  tashqi  kuchlarning  ta`siri  ostida  sodir  bo`lmaydi, 

balki  ichki  taraqqiyotning  o’zidir.  Eng  muhimi  shundaki,  Aristotel`  shakl  baln  mazmunning 

birligini ko`rsatib o`tdi, taraqqiyot g`oyasini oldinga surdi.  

Aristotel`  odamda  tana  va  jon  bor,  tana  bilan  jon  materiya  bilan  shakl  tariqasida  bir-

biridan ajralmagan holda mavjuddir deydi. Uningcha uch xil jon bor: o’simlikdan tarkib topgan jon 

oziqlanishda  va  uchib  ko’payishda  namoyon  bo`ladi,  hayvonotdan  tarkib  topgan  jon,  o’simlik 

xossalaridan  tashqari  sezgilarda  va  istaklarida  namoyon  bo`ladi,  aqilning  ifodasi  bo`lgan  jon, 

o’simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ham egadir.  

ARASTU.  Arastuning  fikricha  davlat  hamma  fuqarolariga  bir  xilda  tarbiya  berilishini 

ta`minlashi  lozim.  Bu  davlatning  asosiy  vazifasi  bo`lishi  kerak,  deb  aytganda  qullarni  nazarda 

tutmagan. Arastu pedagogika tarixida birinchi bo`lib, yoshlarni davrlarga bo`lishga urinib ko`radi. 

U insonning yoshlarini uch davrga bo`lib O`rganadi:  

1  yoshgacha  bo`lgan  davr,  o’  yoshdan  1;  yoshgacha  bo`lgan  davr  (jismoniy  balog`at 

davrining boshlanishi) va jismoni balog`at davrining boshlanishidan  g`1  yoshgacha bo`lgan davr. 

Uning fikricha bunday davrlarga bo`lish tabiyatga mos bo`lib tushadi.  

Bolalar  o’  yoshgacha  oilada,  o’  yoshdan  boshlab  maktablarida  o`qishlari  lozim,  deydi. 

Ularga  aqliy  tarbiya  berishdan  ilgari  jismoniy  tarbiya  berilishi,  jismoni  tarbiya  esa  avvalo 

gimnastika  muallimlari  tomonidan  olib  borilishi  zarur  deydi.  Aristotel`  jismoni,  axloqiy  va  aqliy 

tarbiya  bir-biri  bilan  bog`langan  deb  hisoblaydi.  Arastu  xotin-qizlarning  tarbiyasi  erkaklarning 

tarbiyasiga  o’xshab  ketmasligini,  chunki  ularning  tabiati  mutloq  erkaklarnikidan  farq  qilinishi 

aytiladi.  


Arastu  o’z  pedagog  qarashlarida  aqliy  tarbiya,  axloqiy  ko’nikmalariga  katta  ahamiyat 

beradi. Tabiiy is`tedod ko’nikma va aql-bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir, deydi.  

Arastuning  qayd  etishicha,  har  qanday  istak  va  faoliyatda  kamchilik,  ortiqchalik  va 

O`rtachilik,  va  muvazanat  yaxshi  va  foydalidir.  Demak,  hamma  narsada  ortiqchalikka  ham, 

kamchilikka ham yo`l qo’ymaydigan hatti-harakat yaxshilikning nishonasidir. Mana shunday hatti-

harakatni hosil qilmoq uchun ko’proq mashq qilish kerak, degan fikrlarni oldinga surdi.  

Arastu  Platondan  farq  qilib,  oilani  tarbiyadan  chetlashtirmaydi,  axloqiy  tarbiya  berish, 

asosan, oilaning zimmasida bo`lishi kerak, deydi.  

Arastuning  qarashlari  antik  pedagogikaning  taraqqiyotiga  katta  ta`sir  o`tkazdi.  Ayniqsa 

uning  G`Nikomah  etikasiG`  va  G`siyosatG`  asarlari  axloq  masalalarini  nazariy  ishlab  chiqishga 

bag`ishlandi.  

Odam  jamiyatdagi  yashagani  sababli  uning  axloqiy  fazilatlari  hech  qachon  sof,  xolis 

holda namoyon bo`lmaydi, balki faqat ijtimoiy faoliyatdagina amalga oshadi.  


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling