O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

 

Mustahkamlash savollar: 

 

1.Qadimgi Yunonstonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar. 

2.Qadimgi Yunonistonda pedagogika nazariyasining tug`ilishi.  

3.Sakrot, Platon va Arastularning faoliyati. 

4.Qadimgi Rimda tarbiya va maktab. 

 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-Uzbekiston tarakkiyotning poydevori. T., 1995. 

2.

 



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1995. 

3.

 



Ta`lim tugrisidagi konun. T., 1995. 

4.

 



Gaybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshk. Pedagogika, 

1999. 


5.

 

Inogomov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 



6.

 

Tursunmetov K., Axmedov Sh. Ukuvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 



7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

              

Pedagogika  kursining mazmuni 

                         R e J A: 

1. Pedagogika kursi mazmunining tuzilish asoslari. 

2. Pedagogika fanining maqsad va vazifasi 

3. Pedagogikaning metodologik asosi 

4. Pedagogik tushunchalar (kategoriyalar) 

5. Pedagogika faning tizimi 

6. Pedagogika fanining  ilmiy-tadqiqot metodlari. 

 

 

T.t.  Pedagogika,  pedagogikaning  maqsadi  va  vazifasi,  pedagogikaning  metodologik 



asoslari,  pedagogik  kategoriyalar,  pedagogika  fanlari  tizimi,  pedagogikaning  ilmiy  -

tadqiqot metodlari. 

              

 

Pedagogika tarbiyashunoslik fani ekanligi. 

Insoni xar tomonlama tarbiyalash, insoniyatining azaliy orzusi bo`lib, ajdodlarimiz ma`rifat 

va  madaniyatni  qanday  qilib  esh  avlodga  O`rgatish,  o`larni  komillikka  etaklash  yo`llari,  qonun-

qoydalarini  izlaganlar.  Darhaqiqat  insonning  ma`rifatli  va  ma`naviy  komilligini  erishish 

pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi. 

Pedagogika  tarbiya  haqidagi  fandir.  
  grekche  so’z  bo`lib,  
-

  ma`nosini  anglatadi.  Insonlarni  ma`rifiy  va  ma`naviy  barkamollikka 

munosabatlarining  o’zgarib  borishi  natijasida  pedagogika-  (  Bolani  to’g`ri  haetta  boshqarish 

san`ati)  fani  halq  orasida  o’z  mavqiega  ega  bo`ldi.  Shu  tariqa  insonni  tarbiyalovchi-  fan  sifatida 

dune fanlari tizimi qatorida alohida O`rin egalladi. 

Pedagogikaning  bosh  masalasi-tarbiyadir.  Tarbiyadagi  keng  ma`no  ta`lim,  rivojlanish, 

ma`lumot bilan bog`langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir. 

Inson  tarbiyasidagi  g`oyalar,  qoida,  qonunlar  dastlab  g`issalarda,  pandnomalarda,  ezma 

edgorliklarda, hadislarda asoslanib berilgan. 

Pedagogikaning  fan  sifatida  shakllanib,  boyib  borishida  Sharq  va  “arb  qomusiy  olim- 

pedagoglarning  O`rni  kattadir.  Faylasuf  Farobiy  o’zining   

asarida tarbiya orqali insonga beriladigan 12  fazilatni sharhlab berdi. 

  ya`ni-  bola  tarbiyasining  fani  demakdir.  Ilmi  ahloqning  asosi 

tarbiya. . . Bolaning salomati sadoqati- uchun yaxshi tarbiya qilmoq tanini pok tutmaq, esh vaqtida 

maslakni tuzamtak, yaxshi xulqlarni O`rgatmaq emon xulqlardan saqlab o’stirmaqdir: Pedagogika 

komil  insonni  tarbiyalashda  haetiy  tajriybalarga  suyangan  holda  yuksak  ma`naviy  mafkurani 

shakllantiruvchi,  qonun-qoida,  tamoyil  va  metod  usullarini  O`rganuvchi  hodislar  doirasidagi 

fandir. 


Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o’zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga 

1ga. 


 Pedagogikaning  nazariy  asoslari:  Pedagogikaning  nazariy  asoslari  inson  kamolotiga 

qaratilgan,  xalq  yaratgan  boy  tajriba,  ilmiy  tadqiqotta  doir  nazariy  va  metodik  manbalargi  O`rta 

Osie  va  jahon    marifatparvar,  mutafakkir  olimlarining  asoslariga  suyangan  xolda  komil  insonni 

tarbiyalash, o`qitishning qonun-qoida va tamoiyllarining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. 

 Pedagogikaning milliy asoslari: Pedagogikaning milliy asosi ta`lim-tarbiya muammolarini 

har  bir  millatning  milliy  merosi  bilan  birga  umumbashariy,  umuminsoniy  qadiriyatlar  bilan 

bog`langan  holda  amalga  oshirishdir.  Xar  bir  millatning  o’ziga  xos  meros  va  qadiriyatlariga 

suyangan  holda  tarbiyashunoslik  masala-larini  milliy  asosida  esh  avlodga  etkazish  mazmuni, 

shakl, usuli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir. 

   Pedagogika fanining maqsad va vazifasi. 

 Kelajak  bugundan  boshlanadi,-  deydi  dono  xalqimiz.  esh  avlodni  kelgusi  haeti  uni  inson 

qilib  ko`rsatuvchi  ruxiy  va  ma`naviy  jaraenning  qay  maqsadga  yo’naltirib,  kelib  chiqadigan 

muhim  vazifalarni  bajarishiga  bog`liq.  Pedagogika  fanining  maqsadi  tarbiyachi-o`qituvchilarning  

ongli  faoliyatida  o’z  oldiga  aniq  maqsad  qo’yib,  uning  o’z  ustida  ishlashi,  intilishi,  izlanishi 



tanlangan  vosita  va  usullarining  qo`llanishi  natijasini  ko`ra  bilish  kabi  tarbiyachilik  san`atini 

O`rgatishga qaratiladi. 

            Pedagogika faning maqsadi: 

Respublikamizda  komol  insonni  voyaga  etkazishning  bir    butun  holatdagi  muammolarini 

hal qilish: 

Ta`lim-tarbiya  samaradorligini  tinmay  oshirish  va  dune  talabalari  darajasiga  olib  chiqish 

masalalariga ijodiy endoshish: 

Umuminsoniy  qadiriyat  va  milliy  madaniyatining  asoslarini  e`tiborga  olib,  ta`lim-tarbiya 

mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish. 

Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlari-ni ilg`or  tajribalar asosida boyitib borish va 

yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash: 

Bo`lajak o`qituvchi va tarbiyachilarni voyaga etkazish masalalari: 

Uzluksiz ta`lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarimni hal qilish: 

Kadrlar tayerlash milliy dasturi ni amalga oshirish. Pedagogika fanining vazifalari: 

Sharq  va  G`arbda  xalq  yaratgan  xalq  og`zaki  ijodieti,  pedagogikasi,  mutafakkir, 

ma`rifatparvar,  pedagog  va  olimlarning  tarbiyashunoslikka  doir  ilg`or  g`oyalarini  O`rganib  tahlil 

qilib komil inson tarbiyalash jaraenini O`rganish: 

Komil inson tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash: 

Pedagogika-  tarbiyashunoslikdagi  ta`lim  tarbiya  nazariyasini  hozirgi  davr  xususiy 

metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga 

amal qilish: 

Ta`lim-tarbiya  nazariyasidagi  qoyda  qonun,  tamoyil,  metod  va  usullarini  maktab  amaliy 

haeti bilan bog`lab, bo`lajak o`qituvchilarga O`rgatish: 

Xalq  ta`limining  boshqarish  va  rahbarlik  masalalarini  chuqur  O`rganib  bo`lajak 

o`qituvchilarni qanday tayerlash muammolarini hal qilish. 

                 Pedagogika metodologik  asosi. 

 Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida 

turli  fanlar  bilan  qadim-qadim  zamonlardan  bog`liqdir.  Olloh  eru  osmonni  yaratib  insonni  er 

yuziga o’zidan xalifa etib yaratdi. Өzining mavjudligi har bir ishga qodirligini ilmda tengsizligini 

mehru-muruvvatda  beqiesligini    bildirdi.  Islomda  ilm  berishda  bir-  biriga  bog`liq  bo`lgan  din  va 

dune  haqida  tushuncha  mavjud  ular  alohida  tushunchalar  emasligi  Qur`oni  Karim  ta`limoti  bilan 

bog`liqdir.  Shuni  ta`kidlamoq    kerakki,  pedagogika  fanining  metologik  asosi  diniy  va  duneviy 

fanlar  tarkibida  rivojlangan.  Qur`onda    so’zi  turli  xollarda  765  marta  takrorlanadi.  G`arb 

faylasuf olimlari ham Islom falsafasiga suyangan holda ijod etganlar. 

Pedagogika  fani  metodologiyasining  yaratilishida  qomusiy  mutafakkir  va  pedagoglarning 

O`rni  diqqatta  sazovardir.  Al-Xorazmiy,  Ibn  Sino,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Rudakiy,  Firdavsiy, 

Alisher navoiy, Voiz Koshfiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann 

Genrix  Pestolotstsi,  nemis  pedagogi  Adol`f  Disterverg,  rus  pedagogi  K.D.Ushinskiy  kabilar  o’z 

ijodietlarida  pedagogikaninig  metodologik  asosini  yaratib,  komil  inson  tarbiyalashdagi  qonun- 

qoidalarni 

asosladilar. 

Yangicha 

sharqona 

pedagogikanining 

metodologiyasi 

o`tmish 

ajdodlarimizning barkamol inson tarbiyasidagi  g`oya va mafkurasini mustahamlash va unga amal 

qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoiyl, usul va vositalari, umuman, 

har  bir  inson  uchun  zarur  bo`lan  tarbiyaviy  ta`sirlar  yangicha  asosiga  ega  bo`lishi  kerak.

 

Prezidentimiz I.A.Karimov bu borada shunday degan edi: 



<Өzbekistonning yangilanish va rivojlanish yo`li tO`rtta asosiy negizga asoslanadi: 

-Umumiy qadiriyatlarga sodiqliq: 

-Xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish: 

-Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoen qilish: 

-  Vatanparvarlik  (I.A.Karimov  Өzbekistan  o’z  istiqlol  va  taraqqiet  yo`li.  T-Өzbekiston  1992y  65 

bet). 


                    

 

Pedagogik tushunchalar 



Pedagogika  fanida  bir-biri  uzviy  bog`langan  quyidagi  tushunchalar    mavjud:  Tarbiya, 

ta`lim,  ma`lumot.  Tarbiya  ijtimoiy  haet  zarur  bo`lgan  hodisalardir.   

degan edi Abdulla Avloniy. Tarbiya yuksak ma`naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining emondan 

farqlash, yuksak insoniy barkamollik, yaxshining emondan farqlash. Tarbiya  kishilik jamiyatining 

hamma  bosqichlarida  rivojlanib,  o’sib  avloddan-avlodga  vorsilik  vazifasini.  Lekin  har  bir 

jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o’ziga xoslik bilan farq qiladi. 

Xalq  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma`naviy  zaruriyatidan  kelib  chiqib,  yosh  avlodni  tarbiyalash 

muammolari  dastlab  xalq  og`zaki  ijodiyoti,  pedagogikasi  yozma  yodgorlik,  pandnomalarda, 

tafakkur va ma`rifatparvarlikning  asarlarida bosh mavzu bo`lib komil inson uchun zaruriy hodisa 

sifatida talqin etilgan. Halq og`zaki ijodietida tarbiya bosh masala siftaida taviflangan. Tarbiya va 

odob, vatanga cheksiz muxabbat, adolat, insof, adolatsizlik, botirlik, qO`rqoqlik,  mehnatsevarlik, 

ilm, bilimdonlik kabi g`oyalar tarbiya vosiasi hamdir. Vatan qadirini bilmagan o’z qadirini bilmas, 

Vatanga kelgan iymonga kelar. Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki. Ota  g`ayratli bo`lsa, Bola 

ibratli  bo`lar.  Mustaqil  Өzbekiston  Respublikasining  milliy  pedagogika  fanida  tarbiya-inson 

muammolari,  adabiyot  ajdodlarimiz  g`oyalariga  suyanib,  quyidagi  qonunlarga  asoslanishi  zarur 

deb hisblanadi: 

Tarbiya  inson  faoliyati  jaraenida  tartibli  ta`sir  etuvchi  mahsul  bo`lib,  natijasini  insonning 

yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi. 

Inson kamolatining xarakterlovchi kuch O`rtasidagi qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning 

shaxsiy hayotida namoyon bo`ladi. 

Inson  faoliyati  jarayonida  atrofidagi  narsa  va  hodisalarga  qiziqishini  uyg`otish  va  uni 

e`tiqodga aylantirish. 

Tarbiya  jarayoni  yoshlarni  kattalar  bilan,  kattalarning  yoshlar  bilan  qonuniy  munosabati 

natijasida amalga oshiriladi. 

Tarbiya  jarayonining  qonun,  qoida,  tamoyil,  metod  usullarini  pedagogikining  tarbiya 

nazariyasi qismi chuqur atroflicha O`rganadi. 

Ta`lim  inson  aqliy  kamolotini  yuzoga  chiqaruvchi  pedagogika-tarbiyashunoslikning  bir 

qismidir. Pedagogikaning didaktika qismi uni atroflicha O`rganadi. Pedagogik ma`lumot O`rta va 

oliy  darajali  bo`lib,  O`rta  ma`lumot  maxsus  akademik  litsey,  pedagogik  kollejlarda  bosqichli 

shaklda  beriladi.  Natijada  O`rta  ma`lumot  haqidagi  o`qish  davrida  olgan  mutaxassisligi  haqida 

guvohnoma beriladi. 

                Pedagogika fanining tizimi 



 

Pedagogika  fani  komil  insonda  jahon  tajribalarida  sinalgan  tizim  bo`lgan  bozor 

munosabatlarini  shakllantirish,  milliy  meros,  an`analar,  milliy  va  umuminsoniy  qadiriyatlarning 

boy  manbalari  bo`lgan  ma`naviy-ma`rifiy  tushunchalar  haqida  bilim,  malaka  hosil  qilishda 

pedagogikaning ko’p fanlar bilan aloqadorligi bilan ulug`dir. 

Pedagogika  fanlar  tizimida  etnopedagogik,  maktabgacha  ta`lim  pedagogikasi,  maktab 

pedagogikasi,  kasbiy  ta`lim  mehnat  pedagogikasi  jismoniy  kamolot  pedagogikasi,  harbiy 

pedagogika, maxsus pedagogika, kar, soqov (surdo) pedagogika, ko`rlar (Tiflo) pedagogika, aqliy 

jihatdan orqada qolgan (oligrofeno) pedagogika, pedagogik mahorat kiradi. 

Pedagogika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi.  Pedagogika  fani  inson  tarbiyasi  bilan 

shug`ullanganligi sababli unga hamma fanlar ko’mak-lashishi tabiydir.  

Pedagogikaning  metodik  asosi,  bilim  nazariyasi  va  tarbiyadagi  qonun-qoidalar  bevosita 

falsafa fanining ta`sirida amalga oshiriladi.  

             Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlari. 

 Pedagogika fanining tarixiy milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim 

bo`lgan  muammolar  bor.  Pedagogika  muammolarni  hal  qilishda    turli-tuman  tadqiqot  metodlar 

mavjud.  Metod  lotincha  m859d9s  -yo`l  so’zdan  olingan.  Ilmiy  tadqiqot  esa  shu    metod  orqali 

nazariy,  siyosiy.  Ilmiy-pedagogika  tadqiqot  metodlaridan  biror  pedagogik  muammoni  hal  qilish 

maqsadida  talaba,  o`qituvchi-tarbiyachi,  aspirant-tadqiqotyai  va  ilmiy  xodimlar  foydalanadilar. 

Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni O`rganib, tahlil qilishdan boshlanadi. 

Adabietlarni O`rganish metodi-Pedagogika adabiyotlarni O`rganish jarayonida milliy va 

umuminsoniy  qadiriyatlarni  aks  ettiruvchi,  mutafakkir  va  ma`rifatparvar  pedagogik  olimlarning 

asarlari. Mustaqil Өzbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma`naviyatiga doir adabiyotlar, Өzbekiston 


yurt-boshisi  I.A.Karimov  asarlari,  tadqiqot  mavzusiga  doir  pedagogik,  psixologik  tadqiqotlar, 

dissertatsiyalar O`rganiladi. 



Kuzatish  metodi  -    Kuzatish  adabiyotlarni  O`rganishdan  keyin  boshlanadi.  Kuzatishda 

tadqiqotchi  biror  maqsadni  ko’zda  tutib  tashkil  etadi.  Kuzatish  tezligi,  soni,  manzili,  vaqti, 

vaziyatni  kuzatish,  materiallarni  qayd  qilish  muddati  belgilanadi.  Kuzatish  muddatiga  ko`ra  ikki 

turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish, qisqa kuzatish ob`ektining kundalik faoloiyatidagi 

o’zgarishlardan  ma`lum  hulosalarga  kelish.  Uzoq  muddatli  kuzatish-qo’yilgan  maqsad,  reja  va 

dastur  asosida  olib  borilib,  ma`lum  ilmiy,  yakuniy  hulosaga  kelinadi.  Kuzatishning  yakuni  qayd 

qilishda  kinos`emka,  video-yozuvi,  televideniya  va  boshqa  texnik  vositalaridan  foydalanish 

mumkin.  To’g`ri  foydalanish  o`quv  tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshiradi,  yangi  ijodiy 

faoliyatga boshlaydi. 

Suhbat  metodi  -Tadqiqot  mavzusining  biror  tomoni  yoki  hodisalari  haqida  bilib  olish 

maqsadida  ma`lum  ma`sul  shaxslar  bilan  og`zaki  savollar  berilib,  ulardan  axborot  olish 

jarayonidir.  Suhbat  metodi  jarayonida  interv`yu  olish  ham  mumkin.  O`rinli,  mantiqan  yuksak 

javoblar  yoki  noaniq  javoblar  magnit  lentalarga  yozib  boriladi  va  tahlil  qilinadi.  ezma  javoblarni 

ommaviy ravishda  yig`ib olish muddati anketa deb ataladi.   Anketalar ishlab chiqarish murakkab 

ilmiy jarayon. Tadqiqot natija-larining ishonchiligi anketalar mazmuniga berilgan savollar shakliga 

to`ldirilgan anketalar soniga bog`liq bo`ladi. 

Pedagogik  eksperiment  -  Har  qanday  ilmiy-pedagogik  tadqiqot  asosidir.  Pedagogik 

eskperiment  yordamida  ilmiy  gepotezalarning  ishonchligi  tekshiriladi,  pedagogika  tizimlarining 

ayrim  elementlari  O`rtasida  bog`liqlik  va  munosabatlar  aniqlanadi.  Tabiiy  eksepriment  va 

laboratoriya  eksperimenti  pedagogik  eksperimentning  asosiy  turlari  bo`lib,  ular  ko’pgina  turlarga 

bo`linadi.  Tabiiy  eksperiment  sharoitida  yangi  o`quv  rejalari,  dasturlar,  darsliklar  va  hokazolar 

odatdagi o`quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment- bu ham kuzatish, lekin 

u  pedagogik  jarayonining  o`tish  sharoitlarini  muntazam  o’zgartish  munosabati  bilan  mahsus 

tashkil  etilgan  bo`ladi.  Pedagogik  jarayon  aniqroq  O`rganish  uchun  eksperimentator  o’zi  tashkil 

etgan jarayonini kuzatadi. U Pedagogik jarayoniga aralashadi. Tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi 

faoliyatini  muayyan  sharoitlarini  yaratadi.  Pedagogik  eksperiment  dastlabki  ma`lumotlarni,  aniq 

sharoitlarini  va  o`qitish  usullarini  yoki  tadqiq  qilinadigan  materiallarni  aniq  belgilashni, 

shuningdek, eksperiment natijalarni har tomonlama hisobga olishni talab etadi. 

Eksperimentni  tashkil  etish  va  o`tkazish  belgilangan  rejaga  qat`iy  amal  qilgan  holda  olib 

borilishi  kerak.  Sharhlash  bosqichida  ma`lumotlar  yig`iladi  va  qayta  ishlanadi.  Eksperiment 

o`tkazish  shoshilinchilik  tamoyiliga  javob  berish  uchun  quydagi  shartlarga  rioya  qilish  kerak, 

ya`ni: 


1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo`lishi: 

2. Tadqiqot metodlarining ishonchiligi: 

3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish. 

Turli 


metodlarining 

o’zaro 


qo’shib 

olib 


borilishi 

pedagogika-tadqiqotlarning 

samaradorligini  va  sifatini  hisoblash,  echish  qurilmalari  yordamidagi  eksperiment  natijalarining 

pedagogikaga  kirib  kelishi  ham  yordamlashadi.  Odatda  O`rtacha  arifmetik  miqdor,  modda, 

mediana,  dispersiya,  tanlab  olinadigan  to’plam  majmuininng  O`rtacha  kvadratik  chetga  chiqishi, 

O`rtacha  olingan  qiymat  xatosi,  belgilarni  kuzatish  koeffitsentlari  hisoblab  chiqiladi.  Ilmiy 

tadqiqot natijalarini amalda qo`llanilishi. Tugallangan tadqiqot eng muhim narsa uning natijalarini 

amalda qo`llashdir. 

O`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish usullari haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan 

ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari O`rtasidagi nomunofiqlikdan iboratdir. Shunday bo`lsa, 

bu  ularni  joriy  etish  yuzasidan  maqsadga  muvaofiq  ishlarini  olib  borishni  istisino  etmaydi.  Joriy 

etish jaraeni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat deb qaratilgan. Shu sababli 

joriy  qilinishi  lozim  bo`lgan  tavsiyalarga  yuqori  talabalar  qo’yiladi.  Talabalarning  ilmiy 

asoslanganlik  darajasi,  ular  mazmunining  aniqligi  asosiy  talabalar  qatoriga  kiradi.  Talabalar 

mazmunining  aniqligi  pedagogiklar  bilan  o`quvchilarning  mo`ljallangan  kuch  g`ayrati  mezonini 

to’g`ri  baholashni  nazarja  tutadi.  Joriy  etish  butun  bir  tadbirlar  kompleksi  bo`lib,  u  olingan 

hulosalar haqida pedagogik jamoitchilikni habardor qilishni, yangi o`quv va metodik qo`llan-malar 

yaratishni, metodik yo`l-yO`riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. 



Maktab  hujjatlarini  tahlil  qilish  metodi-  pedagogika  hodisalarni  va  faktlarni  tekshirishda 

maktab  hujjatlarini  mukammal  va  chuqur  O`rganmoq  lozim.  Maktab  hujjatlarini  tahlil  qilishda 

o`quvchilarning  ijodiy    aktivligi  va  mustaqilligini  uning  iqtidorligi  hamda  ilg`or  pedagogik 

tajribalarning  umumlashtirilishi  va  joriy  etilishini  ko`rsatgan  taqdirdagina  to`liq  qiymatga  ega 

bo`ladi 

Bolalar  ijodini  O`rganish  metodi-  maktab  o`quvchilari  ijodi  hamda  ularning  turli  tuman 

ishlarini O`rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir.  Iqtidorli 

o`quvchilar  aqliy  qobiliyat,  oliyjanob  ahloqiy  qiefalari,estetik  didlari,  sinchkovliklari  va 

qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Ta`lim qonunlari va milliy dasturida pedagogika fani bolalar 

ijodining  taraqqiy  ettirish  va  takomillashtirishning  to’g`ri  yo`llarini  ko`rsatib  berishga 

qaratilgandir. 

Anketalar  metodi-o`quvchilardan  sO`rash  usuli  bo`lib,  u  o`quvchilar  jamoasining 

ma`lumotlari  to’g`risidagi  kerakli  ma`lumotlarini  olish  uchun  ularning  fikrlari  va  qarashlarini 

aniqlash uchun va kasbga yo`llashni belgilash uchun maxsus  formada ishlangan bo`lmog`i lozim. 

Anketada  ko’zlangan  maqsadga  muvofiq    savolar  bo`lib,  ularni  javoblaridan  pedagogik  natijalar 

kelib chiqmog`i lozim. 

Hisoblash  matematikasi  va  kibernetika  metodlari-  hozirgi  zamon  sanoit  ishlab  chiqarishi 

fani  va  texnikasining  talab  hamda  manfaatlari  turmushda  sinalgan  texnika  vositalarini,  hisoblash 

matematikasi  va  kibernetika  usullarini  maktab  ishida  va  pedagogikada  qo`llashini  talab  qiladi. 

Pedagogika kibernetika  o`quv protsessini o`qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida 

formasi  sifatida  o’ziga  xos  hususiyatga  ega.  Shunung  uchun  pedagogik  jarayon  bilan  ishlab 

chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  O`rtasida  katta  farq  bor.  Pedagogik  tadqiqotlardan  kino 

ovoz  texnikasi  foto,  televidenie  singari  texnika  vositalaridan  ham  keng  foydalaniladi.  Ular 

o`quvchilarning  bilish  faoliyatini  aktivlashtirishga  yordam  beradi.  Bolalar  uchun  qo’shimcha 

rag`batlantirish  omillarini  hosil  qiladi.  Bular  o`quvchilar  tehnatini  ma`lum  maqsadda 

engillashtiradi.  Ko`rsatilgan  vositalarning  har  biri  bolalarning  yoshini,  o`quv  fani  va  pedagoik 

jarayon mukammalashtiradi. 

Milliy  dasturning  maqsadi,  vazifalari  va  uni  ruyobga  chiqarish  bosqichlarida  yangi 

ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta`limni  talab  qilinadigan  darajasi  va  sifatni,  kadrlar  tayyorlash 

tizimininng  amalda  faoliyat  ko`rsatish  va  barqaror  rivojlanishning  kafolatlarini  ustivorligini 

ta`minlovchi normativ,  moddiy texnika va ahborot bazasini  yaratish pedagogik tadqiqotni  asosini 

tashkil etadi. 



 

SAVOLLAR 

1.Pedagogika 

fani 

yaratilgan 



zaruriyat, 

sabablari 

kaysilar. 

2. Pedagogika fanining maqsad va vazifalarini   sharhlab bering 

3. Pedagogik tushunchalar, ularning mohiyati nimada. 

4. Pedagogik tadqiqotning asosiy metodlarini aytib     bering. 

5. Pedagogikaga doir adabietlar ro’yxatini tuzing. 


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling