O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

 

 

ADABIeTLAR 

1. I.A. Karimov. Barkamol avlod Uzbekiston    tarakkietining poydevori. T-1998 y 

2. Uzbekiston Respbulikasining Ta`lim konuni. 1997 y 

3. Kadrlar tayerlash milliy dasturi. T-1997 

4. Pedagogika prof.A. Munavvarovning taxriri     ostida. Ukuv kullanma. Ukituvchi nashrieti. 1996 

5. I.Tursunov, U. Nishonaliev. Pedagogika kursi darslik, Ukituvchi nashrieti.T-1996y 



6. O.Xasanboeva va boshkalar. Pedagogika tarixi, ukuv kullanma, ukituvchi nashrieti. T-1997 y. 

Pedagogikani o`qitish jarayoni 

 

Reja 



1.

 

Pedagogik o`qitishning shakllari, sinf dars tizimi 



2.

 

Dars o`qitishni tashkil  qilishning asosiy shakllari. 



3.

 

Darsning tuzilishi va tiplari 



4.

 

Pedagogik o`qitishning boshqa shakllari 



 

T.t.  Pedagogik  o`qitishning  shakllari,  darsning  tuzilishi  va  tiplari,  pedagogik  o`qitishning  boshqa 

shakllari 

 

Ta`lim    ijtimoiy  hodisa  bo`lib,  uning  tarixi    juda  uzokdir.  Ta`lim  insoniyat  jamiyati 



rivojlanishining    dastlabki  paytlaridayoq  katta  rol`    o’ynagan.  U  to’plangan  tajribalarni,  dunyo 

haqidagi  axborotlarni  berish  jarayonini  ta`minlagan,  insoniyatning  fakat  ijtimoiy  rivojlanishiga 

emas,  balki  qiyin  sharoitlarda  yashay  olishiga    ham  yordam  bergan.  Uzluksiz  rivojlangan 

jamiyatda  ta`limning    mukammal    emas  shakli,  ya`ni  dars  ming  ming  yillar  mobaynida  vujudga 

kelgan.  Ya.A.Komenskiy  G`Buyuk  didaktikaG`  asarida  jamoaviy  tarbiyaning    oldingi  barcha  

tajribalarni  umumlashtirdi,  sinfning  dars  tizimida  ta`limning  asosiy  didaktik  printsiplarini  izchil 

ifodaladi.  Өsha  zamondan  buyon  qo’0  mingdan  ortiq  vaqt  o`tdi.  Sho’ncha  vaqt  mobaynida 

darsning tashkiliy, shakllari ham ta`limning metodlari ham  takomillashib ketdi. 

Xalq  maktablari    tashkil  topgandan  boshlab  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  o’zoro 

hamkorligi  hamda  o’zaro  munosabati  muammolari  ham  vujudga    kelgandir.  Ma`lumki, 

o`qituvchining  bilimi  uning    darsdagi  va  uydagi    faoliyatining  xarakteriga  bevosita  bogliqdir, 

faoliyatsiz  bilimlar  ham  bulmaydi.  o`qituvchi    ajoyib  yo’sinda    dars  utishi  va  lekin  bu  darsning 

natijasi muayan o`quvchi uchun  narsaga arzimaslii mumkin. 

Shularga  kura  o`qituvchi  o’zini  ana  shunday  o`quvchining  O`rniga  qo’ya  bilishi,  uning  

darsdagi faoliyatini va uning  maktabda butun o`qish davrdagi  munosabatini tasavvur qilish g`oyat 

muhimdir.  Vatan    tarbiya  va  ta`lim  asta  sekin  amalga  oshadi  hamda  o`quvchiga  barcha  darslar 

majmui  qanday  ta`sir  etishiga,  o`quvchi  o`qituvchi  rahbarligida  ongli  va  faol  bajaradigan 

ishlarning  hajmi hamda muntazamligiga bogliqdir. 

O`qituvchining  vazifasi-darsda  tafakkur  va  faoliyatning    ana  shu  turlarini  eng  to’g`ri 

uyg`unlashtirishdir. Binobarin bunday uyg`unlik dars samadarligini oshirishning muhim omilidir.  

Ta`limda bilimlarnin o’zlashtirish jarayoniga quyidagi komponentlar kiradi: 

1. Hodisalarni, narsalarni kuzatish, axborotlarni idrok etish. 

2. Olingan axborotlarni tahlil qilish (bilimlarning xarakterli belgilarini aniqlash, taqqoslash, 

ko’chirish). 

3. Eslab qolish. 

4. Ishlar, umumlashtirishlarning to’g`riligini tekshirish hamda baholash. 

Ta`limni  baholashning  asosiy  tashkiliy  shakli  quyidagi  ma`lum  belgilarga  ega  bo`lgan 

mashg`ulotlarga  guruxiy yo’sinda o`tkaziladi: 

-mashgulotlarning har yili va har bir o`qish kuni bir paytda boshlanishi: 

-guruhdagi bolalarning yoshi  va soni jihatdan baravarligi: 

- material  O`rganish  sur`atining bir xilligi 

-o`quv mashgulotlarining  ma`lum tashkiliy shaklda o`tkazilishi 

Guruhli  mashg`ulotlarning  sinf-dars    tizimi  deb  atalgan  bunday  shakli    keng  tarqaldi, 

mustahkamlandi va hozir  ham ancha takomillashgan holda  mavjuddir.  

Maktab  rivojlanish  tarixida  20-yillarda  ta`limning  yakka  tartibdagi  shakli  notanqidiy 

yo’sinda  qabul  qilindi  va  amaliyotga  ta`limning  brigada  laboratoriya  metodi    kiritildi.  Unda  bu 

guruh  (5-6  nafar)  o`quvchilar  o`qituvchi    tavsiya  etgan  materialni    mustaqil  holda  O`rganganlar. 

O`qituvchi    maxsus  tushuntirishlar  bermay,  fakat  yo`l  yO`riqlar  ko`rsatgan.  Hamma  narsa  uchun  

brigadir javob  bergan. Bunday ta`lim bolalarning  o`quv faoliyati uchun ma`suliyatini pasaytirgan. 

Maktab  barham  topishining  noto’g`ri  pedagogik  kontseptsiyalari  davrida    ta`limning  (mashqlar 

metodi) deb atalgan shakli  vujudga kelgan. Unda o`quvchilar  o`qituvchining topshirig`i bo’yicha 

qandaydir  ob`ektning  loyihasini  tayyorlaganlar.  Mazkur  g`oyalar  mualliflaring  aytishicha 



o`quvchilar  loyihani    tuzishda  o`quv  rejasi    bo’yicha    o`tiladigan  predmetlarga  doir  kompleks  

bilimlarni o’zlashtirgan. 

So’ngi 20 yil mobaynida pedagogika nazariyasi  kombinatsiyalangan darsni  O`rganishdan 

darsni    elementlari  bo’yicha  bosqichma-bosqich  o’zlashtirishga,  undan  sintetik  va  mukammmal 

O`rganishga o`tdi. 

Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir 

1. Har qaysi  sinf yoshi va bilim darajasiga  ko`ra bir xil o`quvchilarning doimiy guruhiga 

egadir. 


2

 

Dars  jarayoni  asosan    45  daqiqa  (yoki  akademik  soat  80  daqiqa)  davom  etib,  qat`iy 



jadval asosida olib boriladi. 

3

 



 Dars  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  faoliyat  borligiga  asoslanib  bo`lib,  bevosita 

o`qituvchi raxbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi. 

4

 

Dars  mashg`uloti  olib  borilayotgan  va  o’zlashtirilayotgan  materialning  mazmuniga 



karab  turli  xil  metodlar  yordamida  olib  boriladi  hamda  umumiy  ta`lim  tarbiyaning  bir  qismi 

sifatida,  albatta,    tugallangan  bilim  beradi  va  navbatdagi  bilimlarni  o’zlashtirish  zamin 

yaratadi.  Bugungi  kunda  darslarni  tashkil  etishga  nisbatan  quyidagi    didaktik  talablar 

qo’yilmokda: 

1. Darsning maqsadi va  vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g`riligi. 

2.  Darsning  ta`limiy  tarbiyaviy  va  shaxsiy  rivojlantiruvchanlik  vazifalarining  birligi  va 

uzviyligi. 

3.  O`qitishning  yaxlit  dars  va  uning  ma`lum  qismlari  vazifalari  va  mazmuniga  muvofik, 

keladigan  o`quvchilarning    bilish  faolliklari  va  mustaqil  faoliyatlarini    ta`minlashga  xizmat 

qiluvchi maqbul metodlarni tiklash. 

4.  Mashg`ulotlarni  turli  shakllar:  jamoa,  guruhli  va  yakka  tartibdagi  shakllarini    ma`qul 

ravishda qo’shib olib borish. 

5. O`qituvchining  rahbarlik roli bilan o`quvchilar faol bilish  faoliyatini birga olib borish. 

6. Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo`lishiga erishish. 

7. O`quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish. 

8. Darsda o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun qulay shart sharoit yaratish. 

9. Darslarni demokratik talablar asosida tashkil etish. 

10. Darsda o`quvchi erkinligini ta`minlashga erishish. 

Bir soatlik darsga  mo`ljallangan dastur o`quv materiali mazmunini bayon qilish, didaktik 

maqsad va talablarga muvofiq tashkil etilgan mashg`ulot turi dars tipi deb ataladi. 

Ayni vaqtda ta`lim tizimida eng ko’p ko`llanadigan  dars tiplari quyidagilar: 

1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 

2. Yangi o`tilgan materialni mustahkamlash darsi 

3. O`quvchilarning bilim, ko’nikma  va malakalarini tekshirish darsi 

4. Takrorlash umumlashtiruvchi va kirish darslari 

5. Aralash darslari 

Muayyan  dars  tipi  asosida  olib  boriladigan  mashg`ulotlarda  ikkinchi,  uchinchi  bir  dars 

tipining turlari bo`lishi mumkin. Misol uchun, ta`lim muassasalarida eng ko’p qo`llaniladigan dars 

tiplarining biri-ya`ni bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar omalga oshirilishi mumkin: 

a) yangi bilimlarni  baen kilish; 

b) yangi bilimlarni mustahkamlash; 

v) yangi bilimlar ustida mashq utkazish; 

g) yangi bilimlarga bog`liq holda uy vazifalarini topshirish va hokazo.  

Demak, dars umuman jarayon davomida bir dars tipi  asosida tashkil etilmaydi. Shunga 

qaramay  darsning  maqsadi  o`quvchilarga  yangi  bilim  berishga    qaratilgan  bo`lsa,  butun  didaktik 

usullar  ana shunga bo’ysindiriladi. Shuning uchun ham  bunday dars yangi bilim berish darsi  deb 

ataladi. Muayan dars tipi bilan  ish ko`rilaetganda boshka bir dars tipi unsurlarining asosiy tipidan 

O`rin olishi va ayni paytda asosiy dars tipining tuzilishini tashkil kilish mumkin. 

Dars  jarayonida  qo’yiladigan  har  qanday  didaktik  usul  tuzilishini  ifodalashga  xizmat  

qilavermaydi.  Didaktik  usullar  ta`lim  metodi  bilan  baholangandagina  dars  tuzilishini  tashkil  qila 

oladi. Ta`lim metodlarining o’zgarishi dars tuzilishining  o’zgarishiga olib keladi. Dars jaraenining 


o’zgarishi  dars  tuzilishining  o’zgarishiga  olib  keladi.  Dars  jarayonining    muayan  qismida  dars 

shakli ham metodlarining o’zgarishi-darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi. 

Takroriy umumlashtiruvchi  dars odatda o`quv dasturining ma`lum bir qismi, bob, bo`lim 

eki yirik mavzu o`tib bo`lingandan keyin o`tkaziladi. 

Yuqori sinflarda ba`zi materiallarning ma`lum qismi va yakka yirik mavzui boshlashdan 

avval kirish darslari olib boriladi, bunday darslar odatda gumanitar predmetlarda olib boriladi. 

Bugungi  kunda    ta`limni  tashkil  etish  tizimiga  yakka  tartibda  ta`lim  olish  o’ziga  xos  

O`rin olmoqda. O`qituvchining xoxlagan predmeti, qiziqishi extiejiga kura muayyan fan yuzasida 

chuqur 

bilim 


olish, 

ya`ni 


repititorlik 

ta`limi 


keng 

 

tarqalmoqda. 



O`qitishning  noan`anaviy  shakllaridan  biri  ma`ruza  keng  tarqalmoqda.  Ma`ruza  asosan  ijtimoiy 

fanlarni  o`qitish  jaraenida  qo`llanilmoqda.  Ma`ruza  darsi    tajribali    yuksak    darajada  pedagogik 

maxoratlar tomonidan tashkil etiladi. Maktab amaliyotida  ma`ruzaning: ma`ruza-hikoya, ma`ruza-

suhbat, ma`ruza-munozara hamda ommaviy ma`ruza foydalanilmoqda. Ma`ruzani  bir daqiqada 1 

sinfda 20-25 ta so’z, II sinfda 25-30 ta so’z, III sinfda 30-35, IV-sinfda  35-50 so’z. Yangi turdagi 

o`quv muassasalarida 40-45 so’z tushunib olinadi. 

Fakul`tativ  mashg`ulotlar-o`quvchilarning  qiziqish  va  xohishiga  ko`ra  muayan  fan, 

predmet  yuzasidan  beriladigan  ilmiy  nazariy  bilimlarni  chuqurlashtirish,  ularda  amaliy 

ko’nikmalarni xosil qilish maqsadida tashkil etiladigan ta`lim shaklidir. 

Seminar  mashg`ulotlar-o`quvchilar    tomonidan  u  yoki  bu  mavzu  bo’yicha  ma`ruzalar 

tayyorlash  hamda  uni  sinf  o`quvchilari  bilan  muhokama  qilish  yo`li  bilan  olib  boriladi. 

Seminarlarga  2-3  hafta    tayyorgarlik  ko`riladi,  o`qituvchi  raxbarligida  o`tkiziladi.  Shuningdek 

ta`limning  noan`anaviy turlarida ekskursiya, viktorina kabi turlari mavjud. 

 

Mustahkamlash savollar: 

 

1.

 



Pedagogik o`qitishning shakllari, sinf dars tizimi 

2.

 



Dars o`qitishni tashkil  qilishning asosiy shakllari. 

3.

 



Darsning tuzilishi va tiplari 

4.

 



Pedagogik o`qitishning boshqa shakllari 

 

Adabiyotlar 



1.

 

Munavvarov. Pedagogika  T-1996 y 



2.

 

Tursunov I. Nishonaliev   Pedagogika kursi  T-1996 y 



3.

 

Mavlonova R Pedagogika T-2001 y 



4.

 

Komenskiy «Buyuk didaktika» T-1997 y 



5.

 

Likachev Pedagogika M-2000 y 



6.

 

Pedagogika nazariyasi ma`ruzalar matni prof Xasanboev J 



 

 

Pedagogika fanini o`qitishda ta`lim tamoyillari 

 

Reja: 

1.

 



Ta`lim tamoyillari haqida tushuncha. 

2.

 



Ta`limda onglilik va faollik tamoyili. 

3.

 



Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili. 

4.

 



Mustahkam bilimlar berish  tamoyili. 

5.

 



Ta`lim va tarbiyaning birligi tamoyili 

6.

 



Ta`limning tizimli  bo`lishi tamoyili 

 

T.t. Ta`limda onglilik va faollik, ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili, mustahkam bilimlar berish. 

 

Ta`lim tamoyillari - o`quv jarayonining umumiy maqsad va qonuniyatlaridan kelib chiqqan 



holda uning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullarini belgilovchi asosiy holatlardir.  Ular nazariya 

va amaliyotda asosiy rol o’ynaydi.  

Hozirgi  pedagogika  fanida  ta`lim  tamoyillari  turli  jihatdan,  ya`ni  psixologik,  ijtimoiy, 

metodologik, tarixiy-pedagogik, kibernetik va boshqa nuqtai nazarlardan ta`riflanishi mumkin. 

An`anaviy  ta`lim  tamoyillari  psixologik-pedagogik  tadqiqotlarda,  masalan,  ta`lim  va 

rivojlanishning  o’zaro  nisbati,  aqliy  harakatlarning  shakllanish  nazariyasi,  ta`limning  tajriba 

tizimining  hozirgi  talqinlarida  ancha  jiddiy  asoslanmoqda.  Odamlar  O`rtasidagi  shaxsiy 

munosabatlarni,  kichik  guruhlar  va  jamoaning  tashkil  topish  sharoitlarini  ochib  beruvchi  aniq 

sotsiologik  tadqiqotlar,  shaxsning  shakllanishiga,  bolalarning  o`qishga  munosabatiga,  ularning 

faolligiga  ta`limning  tarbiyalovchilik  ta`sirini  yaxshiroq  tushunib  olish  imkoniyatini  beradi. 

Kibernetik nuqtai nazar o`qitish ishini ham yaxlit holda, ham uning ayrim tomonlarini boshqarish 

tamoyillarini qo`llanish uchun sharoit yaratadi.  

Ta`lim bilish faoliyatining bir turi sifatida insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishining 

umumiy  qonunlari  asosida  sodir  bo`ladi.  Ta`lim  tamoyillarining  metodologik  asoslanishi  ta`lim 

jarayonining shu tomonini ochib beradi. 

Olimlarning ta`lim tamoyillar soni va nomi to’g`risidagi fikrlari bir-biridan farq qilsa ham, 

ammo  ularning  mazmuni  va  o`qitish  qonuniyatlarini  tushunish  an`anasi  asosan  bir  xildir. 

Binobarin,  quyidagi  ta`lim  tamoyillari  tizimini  taklif  qilish  mumkin:  ta`limning  tarbiyalovchilik 

xarakteri;  ta`limning  ilmiyligi;  ta`limning  tizimliligi;  ta`limning  tushunarliligi;  ta`limning 

ko`rsatmaliligi; ta`limda onglilik va faollik; O`rganiladigan bilimlar va hosil qilinadigan malaka va 

ko’nikmalarning mustahkamligi; ta`limni individuallashtirish. 

Ta`limning  ilmiyligi  va  tizimliligi  tamoyillarini  ba`zan  bitta  tamoyil  deb  ta`riflaydilar. 

Ta`limning tushunarli bo`lishi tamoyilini ham darslarda ko`rgazmali qurollardan foydalanish bilan 

yoki  o`quvchining  ongliligi  va  faolligi  tamoyili  bilan  birlashtirish  mumkin,  bu  narsa  ta`lim 

tamoyillari  sonini  kamaytiradi.  Shuning  uchun  ham  ta`lim  tamoyillarining  soni  adabiyotlarda  har 

xil ko`rsatiladi.  

Didaktik  tamoyillar  tizimida  o`quv  materialini  O`rganish  va  o’zlashtirishning  asosiy 

yo`llari umumiy ravishda bayon qilinadi. 

Onglilik  va  faollik  tamoyili  ta`limning  ko’proq  psixologik  tomonlarini  ifodalaydi.  Asosiy 

vazifa  o`quvchining  bilimlarni  qanday  o’zlashtirayotganini,  o`qishga  munosabati  qandayligini  va 

o`quv materialini O`rganish jarayonidagi faolligini bilishdir. 

Өz ichki xususiyatiga ko`ra bilimlar ma`lum mantiqiy asoslarga, yo’nalishga ega, qismlari 

o’zaro  aloqador  bo`ladi.  Ilmiy  bilimlar  mantiqi  ularni  O`rganish  mantiqini  ham  belgilaydi.  Ilmiy 

bilimlarda  nazariya  qancha  qat`iy  bayon  qilingan  bo`lsa,  o`quvchining  fikr  yuritishi  ham 

shunchalik aniq bo`ladi. o`quvchining o`quv materialini ongli o’zlashtirish darajasi oshadi, chunki 

tushunchalarni o’zlashtirish uchun zarur bo`lgan fikrlash jarayonlarini boshqarish osonroqdir. 

Nazariy  qoidalarni  o’zlashtirish  sifati  darsdagi  mashqlarga  ko’p  jihatdan  bog`liq.  Bir 

qoidaning  o’zini  o’zlashtirish  uchun  mashqlarning  turli  tiplarini  tanlash  mumkin,  bu  ongli 

o’zlashtirishga yordam beradi. 

Ongli  o’zlashtirish  darsdagi  nazariy  va  fakt  materialning  o’zaro  nisbati  bilan  belgilanadi. 

Agar  o`quvchi  darsda  nazariy  qoidalarni  ajratib,  ularni  tushunishga  intilsa,  albatta,  u  bu 


qoidalarning  to’g`riligini  tasdiqlovchi  faktlar,  dalil  va  isbotlarni  izlaydi.  Faktlar,  misollar,  izohlar 

uning uchun yagona maqsad bo`lmay, balki nazariyani  o’zlashtirish vositasi bo`lib qoladi. 

Bilim olish istagi o`quvchilarga  ta`lim berishning muvaffaqiyatini ko’p jihatdan belgilaydi. 

Hozirgi sharoitda o`quvchining mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishi tobora 

ko’proq  talab  qilinadi.  Bilimlarni  o’zlashtirish  jarayoni  ijodiy  tus  oladi.  o`quvchining 

mashg`ulotlarga  bo`lgan  munosabatiga,  mashg`ulotlarda  o’zini  qanday  tutishiga  tobora  ko’proq 

e`tibor  qilinadi.  o`quvchi  o`qishni  xoxlasa,  o`quv  materialini  oson  o’zlashtiradi.  o`qishga  salbiy 

munosabatda  bo`lsa  yoki  befarq  qarasa,  uning  fikrlash  faoliyatiga  rahbarlik  qilish 

murakkablashadi.  Natijada  u  bilimlarni  ko’p  kuch  sarflab,  qiyinlik  bilan  o’zlashtiradi.  o`qish 

istagi-o`quv  jarayoni  mantiqining  zarur  qismidir.  Ta`limning  samaradorligi  o`qituvchining  o’z 

amaliy  ishida  bolalarni  o`qishga  izchil  va  muntazam  qiziqtirib  borish  usullariga  juda  ham 

bog`liqdir. 

Bilishga  qaratilgan  psixik  jarayonlar  etarli  darajada faollashgan  va   psixik holat  faol  

bo`lgan    vaqtdagina    o`quv  materialini  o’zlashtirish  mumkin.  Psixika  voqelikning  oynaviy    aksi  

emas,   balki  faol  ifodasidir.  Psixikaning  faol in`ikosi tashqi omillar ta`sirida paydo bo`ladi, o’z 

mohiyatiga  ko`ra  u  o`quvchi  ichki  holatining,  o`quvchidagi  bilish  kuchlari      va      shaxsiy   

xislatlarning      ifodasidir.    o`qituvchining  vazifasi-o`quvchining  bilim  olishga  bo`lgan  intilishidan 

foydalanish,  unda  bilishga  qiziqishni  shakllantirish  va  mustahkamlashdir.  o`quvchi  o`quv 

materialini o’zlashtirishda shaxs sifatida  namoyon bo`ladi. o`quv  materiali va o`quvchining bilish  

faoliyati    o`quvchi  uchun    shaxsan  qanday  ahamiyatga    molik  ekanini  bilish  muhimdir.  Faollik 

doim  shaxsning  ma`lum  tomonga  intilishini,  o`quvchining  o’zi  ahamiyatli  deb  bilgan  ob`ektlarga  

diqqat-e`tiborini    to’plashini    bildiradi.    o`qituvchi  bolaning  bilish  faolligini  o`quv  vazifalarini 

bajarishga  qaratish  uchun  harakat  qiladi.  Ammo  o`quvchilarning  o`quv  materialini  

o’zlashtirishdagi  faolligi  har  xil  bo`lishi    va      o`qituvchining  talabiga  mos    kelmasligi  mumkin. 

O`qituvchi  o`quvchining  e`tiborini  fikrlashdagi  mantiqiy    operatsiyalarga  qaratadi,  o`quvchi  esa 

misollar  va  ta`rif-tavsiflar  to’g`risida    faol  fikr  yuritadi.  o`quvchiga  qoidadan  ko`ra  misolni  esda 

saqlab  qolish  osonroq  va  muhimroq  bo`lib  ko`rinadi.  Yoki,  buning  aksicha,  o`qituvchi  qoidani 

o’zgargan  faktik  sharoitlarda    qo`llana    bilish  malakasini    shakllantirish  niyatida    o`quvchining  

bilish    faolligini    fakt    materialga    qaratishga  intiladi,  bolalar  esa  hadeb  qoida  va  tushunchalar 

to’g`risida gapiradilar, lekin bu qoida va tushunchalarni o’zlari mustaqil ravishda misollar keltirib 

tushuntirib bera olmaydilar. 

Ta`limda  ko`rgazmalilik  tamoyili  o`qitishning  voqelikdagi  narsa  va  hodisalarni 

o`quvchilarga  ko`rsatish  bilan  birgalikda  olib  borilishini  talab  qiladi.  o`qitish  shu  xilda  olib 

borilganida o`quvchilarning sezgi organlari orqali idrok qilishi bilan fikrlashi O`rtasida bog`lanish 

hosil bo`ladi. 

Pedagogikada ta`limda ko`rgazmalilik tamoyilini birinchi marta buyuk chex pedagogi Yan 

Amos Komenskiy ishlab chiqqan. 

Ta`lim  jarayonida  ko`rgazmalilik  yuqori  sinflarda  ham  katta  ahamiyatga  ega  bo`lib,  bu 

hodisalar  mohiyatini,  rivojlanish  jarayonlarini  va  hodisalar  O`rtasidagi  bog`lanishlarni  bilishga 

yordam  beradi.  Buning  uchun  o`quvchilarga  narsalarning  o’zini  (aslini)  ko`rsatish,  tajribalar, 

suratlar,  kinofil`mlar  qO`rsatish,  ularni  ekskursiyalarga  olib  borish  lozim.  Ko`rgazmalilik 

tamoyilidan  ustalik  bilan  foydalanilsa,  o`quvchilarda  eng  zarur  sifat-  kuzatish,  ya`ni  narsalarning 

eng muhim belgilarini ko`rish, payqab olish ko’nikmasi hosil bo`ladi.  

O`qituvchi  o`quvchilarning  kuzatishlariga  rahbarlik  qiladi.  Kuzatish  vaqtida  nimalarga 

e`tibor  berish  kerakligi  to’g`risida  ularga  ko`rsatmalar  berib  turadi.  Ayni  holda  o`qituvchining 

so’zi etakchilik rolini o’ynaydi, o`qituvchining so’zi o`quvchilarning bevosita ko`rib idrok qilgan 

narsa  va  hodisalar  to’g`risidagi  bilimini  to`ldiradi.  So’zlash  bilan  birga  ko`rsatib  turish 

o`quvchilarni hodisalarning mohiyatini, uning qonuniyatlariii bilib olishga imkon tug`diradi. 

Narsalarning  o’zini  tabiiy  holda  ko`rsatish  imkoni  hamma  vaqt  ham  bo`lavermaydi. 

Bunday  hollarda  narsalarning  suratini,  tasvirini  ko`rsatish  mumkin.  Ko`rsatma  vositalar  sifatida 

darslikdagi rasmlardan, kartalar, jadvallar va sxemalardan foydalanish lozim. 

Ta`limda  ko`rgazmalilik  tamoyili  o`quvchilarning  darsga  bo`lgan  e`tiborini,  qiziqishini 

kuchaytiradi. Ularning politexnikadan bilim doirasini kengaytiradi, ta`limni turmush bilan bog`lab 

olib borishga yordam beradi. 



Tajribali  o`qituvchilar  darsning  barcha  bosqichlarida:  savol-javobda,  yangi  materialni 

O`rganishda,  mustahkamlashda,  takrorlashda  ko`rsatmali  qo`llanmalardan  foydalanib  ish  olib 

boradilar.  Tarqatma  materiallardan  foydalanish      ayniqsa  yaxshi  natija  beradi.  o`qituvchi  bu 

narsalarni  faqat  ko’zdan  kechirishni  emas,  balki  ularni  solishtirib,  taqqoslab  ko`rishni,  bir  necha 

savollarga javob berishni ham taklif qiladi.  

Ko`rsatmali qo`llanma turlari: 

1.  Natural  (tabiiy)  ko`rsatma  qurollar.  Bunda  atrof  voqelikdan  olingan  narsa  va  hodisalar 

ko`rsatiladi.  o’simliklar,  hayvonlar,  turli  kolbalar,  priborlar,  apparatlar,  asboblar,  tajribalar  qilib 

ko`rsatish kabilar bunday qo`llanmalar jumlasiga kiradi; 

2.  Grafik  ko`rsatmali  qo`llanmalar.  Shartli  tasvirlar,  chizmalar,  sxemalar,  jadvallar  va 

hokazolar  grafik  qo`llanmalar  jumlasiga  kiradi.  Tasviriy    ko`rsatmada    O`rganilayotgan    fan  

yuzasidan  tasvirlar  ko`rsatiladi.  Bu  xildagi  qo`llanmalar  jumlasiga  suratlar,  kinofil`mlar, 

diafil`mlar, fotosurat va rasmlar kiradi.  

Har  bir  ko`rgazmali  qo`llanmadan  darsning  maqsadi,  materialning  mazmuni  va 

o`quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab foydalaniladi. 

Ta`limni puxta o’zlashtirish qoidasi muhim didaktik talab va qoidalarni,  ya`ni o`quvchilar 

tomonidan  tizimli  o’zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  mustahkam,    esda  saqlab  qolish  hamda 

o’zlashtirilgan  ilmiy      bilimlarni  o’z  turmush  faoliyatlarida  qo`llay  olish  malakalari  bilan 

qurollantirishni nazarda tutadi. 

Demak,  puxta  o’zlashtirishning  xarakterli    belgisi  ta`limni  mustahkam  esda  saqlab 

qolishdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  qoida  o`quvchilarning  xotira  faoliyati,  ya`ni  o`quv 

materiallarini  esda  qoldirish,  esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirish  kabi  xotira  jarayoni  faoliyatiga 

bog`liqdir.  O`quv  materiallarini  mustahkam  esda  saqlab  qolish,    ayni  dars  jarayonida  bayon 

qilinayotgan  o`quv  materiallarini  tizimli  va  ongli  o’zlashtirilishiga  bog`liq.  Avvalgi 

mashg`ulotlarda  hosil  qilingan  bilim,  ko’nikma  va  malakalar  ancha  murakkabroq  materialni 

o’zlashtirib olish uchun pillapoya, poydevor bo`lib xizmat qiladi. Lekin hosil qilingan bilim  puxta  

o’zlashtirilgan,  yaxshi  mustahkamlangan  bo`lishi  va      o`quvchilarning      xotirasida    uzoq  vaqt 

saqlanishi  kerak.  Mustahkamlash  qoidasi  shulardan  iborat  bo`lib,  ularga  rioya  qilmaslik  

o`quvchilarning  ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtira olmasligiga sabab bo`ladi.

 

Shunday  qilib,  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirib  olishning  mustahkamligiga 



avvalo  hamma  o`qitish  qoidalari  tushunarlilik,  tizimlilik  va  izchillik,  nazariya  bilan  amaliyotning 

bog`liqligi,  ko`rgazmalilik,  o`quvchilarning  ongliligi  aa  faolligi  qoidalarini  amalga  oshirish  bilan 

erishiladi.  Puxta  o’zlashtirishning  muvaffaqiyati,  ko’p  jihatdaa  takrorlash  va  mashq  qildirishga 

ham bog`liqdir. 

Takrorlashning  ahamiyati  shundaki,  takrorlash  jarayonida  faqat  oldindan  o’zlashtirilgan 

o`quv  materiallarigina  esga  tushirilmay,  balki  shu  o`quv  materiallariga  bog`liq    bo`lgan  yangi-

yangi  ma`lumotlar  ham  beriladi,  o’zlashtirilgan  bilimlarning  noaniq  bo`lib  qolgan  tomonlari 

oydinlashtiriladi va to`ldiriladi. 

Takrorlash, xotirada qayta tiklashni bir necha yo`l bilan olib borish mumkin. Har bir darsda 

avvalgi  dars  materiali  bilan  yangi  material  O`rtasida  bog`liqlik  O`rnatish  maqsadida  kundalik 

takrorlash  o`tkaziladi.  Mavzu  yoki  bo`lim  yuzasidan  O`rganilgan  materialni  tizimlashtirish, 

chuqurlashtirish  va  mustahkamlash  maqsadida  o`quv  yilining  oxirida  asosiy  masalalar  bo’yicha 

yalpi takrorlanadi. 

Takrorlashning ikkinchi turi maxsus qaytarishdir. Bunday takrorlash katta mavzularni o`tib 

bo`lgach, shuningdek, ma`lum bir chorak ichida o`tilgan material yuzasidan olib boriladi. 

Maxsus  takrorlashning  keng  tarqalgan  turi  o`quv  yili  oxirida  alohida  ajratilgan  soatlarda 

o`tkaziladi. 

O`qituvchi  bayon  qilayotgan  materialning  tizimlilik  tamoyiliga  doimo  amal  qilgan  holda 

uni  amaliyot  bilan  bog`lab  olib  borishi  zarur.  Shuningdek,  o`quvchilarga  tushuncha,  qonunlarni 

ochib berish bilan birga, ularni hozirgi zamon ilmiy kashfiyotlari bilan ham tanishtirish lozim. Har 

bir fanni O`rganishda uning barcha tomonlari va bog`lanishlarini hisobga olish kerak.  

Bilimning  muvaffaqiyatli  o’zlashtirilishi  o`qituvchidan  materialni  tizimli  ravishda  bayon 

qilishini  talab  etadi.  Tushunchalar  O`rtasidagi  bog`lanishni  tushunish  uchun  bayon  qilinayotgan 

material muayyan tizimga solinishi kerak. Masalan, o`quvchilar qo’shish amalini o’zlashtirmagan 



bo`lsalar, ularga ko’paytirish amalini O`rgatib bo`lmaydi. Tushuntirish izchillik bilan olib borilsa, 

yangi  narsani  o’zlashtirish  oson  bo`ladi.  Tushuntirilayotgan  materialning  har    bir  qismi  oldin 

o`tilganlarga  asoslanishi kerak. 

Har bir fan o’zining mantiqiga ega bo`lib, buni predmetni tizimli o`qitishda e`tiborga olish 

kerak.  o`qitishning  tizimli  bo`lishi  materialni  bilishni  va  uni  esda  saqlab  qolishni  engillashtiradi. 

Mantiqsiz  materialni  esda  saqlab  qolish  ancha  qiyin  bo`ladi.  o`quvchilarni  ishda  tizimlilikka 

O`rgatish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.  

Ta`lim jarayonida tizimlilik, o`qituvchining barcha ishida, ta`lim usuli va usullarida, ya`ni 

tushuntirishda,  hikoya,  suhbatlarda,  masalalarni  echishda,  laboratoriya  mashg`ulotlarida,  yozma 

ishlarda, kitob bilan ishlashda  aks etishi lozim. o`qituvchi o`quvchilarning bilimlarni  egallashida, 

ko’nikma va malakalar hosil qilishida izchillikni ta`minlashi lozim. Ta`limdagi izchillik bilimlarni 

tizimli  suratda  takrorlab  turishni,  faktlarni  tushuntirishda,  taqqoslashda,  masalalarni  echish  va 

hokazolarda  ilgari  O`rganilgan  materiallarga  asoslanishni  ko’zda  tutadi.  Ilgari  o`tilgan 

materiallarni  muayyan  tizimda  takrorlab  turish  ilgari  o’zlashtirilgan  materialni  esdan  chiqarish 

ehtimolidan  xoli  qiladi  va  bu  bilan  yanada  olg`a  ilgarilashni,    yangi    bilimlar    egallashni  

engillashtiradi. 

O`quvchilariga  ta`lim  berish,  tarbiyalash  va  ularning  umumiy  rivojlanishlarini  bir 

butunlikda  amalga  oshirish  zarur.  Ta`lim  tizimida  ta`lim  va  tarbiyaning  birligi  qoidasi  asosiy  va 

etakchi  qoidalardan  biri  hisoblanadi.  U  didaktik  qonunlarning  o`qish  va  o`qitish  borasidagi  tub 

mohiyatini ifodalaydi.  Binobarin, o`quv fanlarining har biri, hatto, ayrim  mavzu va mavzuchalari 

ham, shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega. 

Ta`lim jarayonida o`tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan 

tarbiyaviy tomonlarini to’g`ri belgilash va uni ta`lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni 

ta`minlash juda muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. 

Demak,  bir  butun  ta`lim  jarayonida  ikki  o’zaro  bog`liqlik:  hayotni  bilish  va  unga  bo`lgan 

munosabatni tarkib toptirish jarayoni ajralib turadi.  

Ta`lim  bilan  tarbiya  O`rtasidagi  pedagogik  jarayonning  butunligini  ta`min  etuvchi  uzviy 

birlik hamisha mavjud. 

Masalan, tabiiy  fanlarni  (ximiya, biologiya, astronomiya va boshqalar) o’zlashtirish orqali 

o`quvchilarning ilmiy e`tiqodlari shakllana boradi.  

Ijtimoiy  fanlarning  ham  tarbiyaviy  mohiyati  juda  muhimdir.  Tarix  fanini  O`rtanish  orqali 

o`quvchilar  vatanimiz  tarixi,  uning  rivojlanish  bosqichlari,  moddiy-madaniy,  ilmiy-siyosiy, 

ma`naviy  jihatdan  rivojlanishi,  adabiy-badiiy  merosi,  bobokalonlarimiz  tomonidan  qoldirilgan 

qimmatli  xazinalarimiz,  hozirgacha  O`rganilmay  qolgan  xalq  pedagogikasi  durdonalari  bilan 

tanishadilar.  Sharqona  udumlar,  odatlar  dunyosiga  kirib  boradilar,  tarixning  chin  ijodkori  xalq 

ommasi ekanligi haqida aniq bilimga ega bo`ladilar. Adabiyot va san`atni O`rganish o`quvchilarni 

chin inson qilib tarbiyalashdagi eng zarur shartlardandir. 

Ta`lim-tarbiyaning  birligi  ta`lim  jarayonini  to’g`ri  tashkil  qilish  va  o`qitishning  xilma-xil 

usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog`liqdir. Ayniqsa, ta`lim bilan tarbiyaning 

birligini ta`minlamoq uchun: 

a) 

bayon 


qilinayotgan 

o`quv 


materiallarining 

mazmuni 


ham 

ilmiy, ham g`oyaviy jihatdan to’g`ri tashkil qilinishi; 

b) 

o`qitilayotgan 



mavzuning 

ilmiy 


va 

tarbiyaviy 

mohiyati 

ochib 


berilishi, ta`lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatining  yaratilishi; 

v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam  o’zlashtirilishi  va  turmushda  

unga   amal     qilinishi; 

 

g)  ta`limda  muammoli  jarayonni  vujudga  keltirish,  o`quvchilarning  qiziqishlari,  faollik  va 



tashabbuskorliklarini ta`minlashga e`tiborning kuchaytirilishi; 

d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro 

yordam hislarini tarbiyalanishi  zarur. 

Didaktikada ta`limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog`lab olib borish eng 

asosiy va etakchi qoidadir. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida 

paydo  bo`lib,  ana  shu  faoliyatga  xizmat  qilganligi  va  hayot      bilan    bog`langanligi  sababli,    bu  



bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda 

qo`llay bilish ham kerak. 

 Bu  qoida  ta`limning  ilmiy  qoidasi  bilan  mustahkam  bog`langandir.  o`quvchilar  ilm  bilan 

qurollanar  ekan,  ilmni  nazariy  jihatdan  O`rganar  ekan,  ilmning  amaliy  ehtiyoj  tufayli  paydo 

bo`lganini,  ishlab  chiqarish  kuchlarini  qanday  taraqqiy  etayotgani,  texnika  va  iqtisod  sohasidagi 

yangiliklar  ilmni  tobora  rivojlantira  borishini,  ilm  esa,  o’z  navbatida,  ishlab  chiqarishni 

takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol 

inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta`limning mazmuni ham, o`qitish usullari, ta`limni 

tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi. 

Ta`lim  tizimida  nazariya  bilan  amaliyotning  birligi  qoidasi  dastavval  o`quv  fanining 

mazmuni  va  o’ziga  xos  xususiyatiga  bog`liq  holda  o`qish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Bu  birlik 

ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirish va ularni amaliyotda qo`llash, o`quv materiallarini idrok qilish, 

anglash, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruhiy operatsiyalar bilan  bog`liq holda bir butun 

jarayonni tashkil qiladi. 

Ta`lim  jarayonida  o`quvchilar  tomonidan  matematika,  fizika,  biologiya,  ximiya, 

astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o’zlashtirgan nazariy bilim, ko’nikma va malakalar o`quv 

tajriba  xonalari  va  laboratoriyalari,  zamonaviy  texnika  vositalari,  tajriba  er  uchastkalari  va  ishlab 

chiqarish  mehnati  jarayonida  qo`llaniladi.  Bu  mashg`ulotlar  ularni  kelgusida  murakkab  ilmiy 

nazariyalarni amalda qo`llana olishlari uchun zarur bo`lgan tajriba bilan qurollantiradi. 

Ta`lim  jarayonida  nazariya  bilan  amaliyotning  birligi  qoidasining  izchillik  bilan  amalga 

oshirilishi  oqibatidagina  o`quvchilar  o`quv  materialining  tub  mohiyatini,        tabiat  va  jamiyat 

taraqqiyoti  qonuniyatlarini  ilmiy  asosda  atroflicha  to’g`ri,  chuqur  tushunib  oladilar  va  kelajak 

amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan mahorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladilar.  

 


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling