O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mustahkamlash savollar: 

 

1.

 



Ta`lim tamoyillari haqida tushuncha. 

2.

 



Ta`limda onglilik va faollik tamoyili. 

3.

 



Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyili. 

4.

 



Mustahkam bilimlar berish  tamoyili. 

5.

 



Ta`lim va tarbiyaning birligi tamoyili 

6.

 



Ta`limning tizimli  bo`lishi tamoyili 

 

Adabiyotlar 



1.

 

Munavvarov. Pedagogika  T-199: y 



2.

 

Tursunov I. Nishonaliev   Pedagogika kursi  T-1996 y 



3.

 

Mavlonova R Pedagogika T-2001 y 



4.

 

Komenskiy G`Buyuk didaktikaG` T-19o’o’ y 



5.

 

Likachev Pedagogika M-g`000 y. 



6.    Pedagogika nazariyasi ma`ruzalar matni prof Xasanboev J 

Pedagogikani o`qitish metodlari va vositalari 

Reja. 


1. Pedagogikani o`qitish metodlarining ma`nosi, vazifasi 

2. Pedagogikani o`qitish metodlarining klassifikatsiyasi 

3. O`qitish vositalari, o`qitishning texnik vositalardan foydalanish usullari. 

 

T.t.  Ta`lim  metodlari,  ta`lim  vositalari,  pedagogikani  o`qitish  metodlarining  ma`nosi, 

o`qitish vositalari. 

 

Ta`lim jarayonining  muvaffaqiyati uning shaklligini emas, balki qo`llanilayotgan metodlar 



samoradorligiga ham bog`liqdir. Ta`lim nazariyasida o`qitish (ta`lim) metodlari markaziy O`rinni 

egallaydi. 

G`metodG`  yunoncha  so’z  bo`lib  G`yo`lG`  ma`nosini  anglatadi.  Pedagogika  amaliyotida  

o`qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi  to’plangan.  Ularni tanlashda turli  sharoitlar 

o`qitilayotgan yosh xususiyatlari oldingi tayyorgarligi darajasi va  xokaza hisobga olinadi.  

Farobiy o’zining o`qitish metodlari haqidagi tushuntirishlarida  o`quvchilarga turli bilimlar 

berish  bilan  birga  mustaqil  holda  bilim  olish  yo`llarini  ko`rsatish,  ularni  bilimlarining  zarurligiga 

shok shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan. 

Ta`lim  metodlari  o`qitishning  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadlariga  erishish  usullarini  hamda 

o`quv materiallarini nazariy va amaliy yo’naltirish yo`llarini anglatadi. 

 O`qitish metodlari ta`lim jarayonida  o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining qanday bo`lishi 

o`qitish  jarayonini  qanday    tashkil  va  olib  borish    kerakligini  hamda  shu  jarayonda  o`quvchilar 

qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini  belgilab beradi. 

Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo`lib ularning har biri o’z navbatida kichik 

guruhlar va ularga kiruvchi  alohida metodlarga bo`linadi. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish va 

amalga  oshirish  jarayonini  o’zi  uzatish,  qabul  qilish,  anglash,  o`quv  axborotlarini  esda  saqlashni 

hamda  olinadigan  bilim  va  ko’nikmalarni  amaliyotda  qo`llay  olishni  nazarda    tutishni    hisobga 

olsak,  birinchi guruh metodlariga so’z orqali  uzatish va axborotni (informatsiya) eshitish  orqali 

qabul qilish metodlari   (og`zaki metodlar hikoya, ma`ruza, suhbat va boshqalar) o`quv axborotini 

ko`rgazmali  metodlar  tasviriy,  namoyish  qilish  va  boshqalar    o`quv  axborotini  amaliy  mehnat 

harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashklar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va 

boshqalar) kiradi. 

Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan  holda amaliyotda  keng qo`llanilayotgan 

metodlarni uch guruhga ajratish mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

O`quv  materialini  og`zaki    bayon  qilish  metodi  maktab  ta`lim  tizimida  eng  ko’p 

qo`llaniladigan  metodlardan  biri  bo`lib  mazkur  metodga  barcha  o`quv  predmetlari  bo’yicha  

barcha sinflarda murojaat qilish mumkin. 

Ushbu  metod  bayon  qilinayotgan  ma`lumotlarning    to’g`ridan  to’g`ri  o`qituvchining  jonli 

nutqi  orqali  idrok  qilinishi  bilan  tavsiyalanadi  va  ana  shu  xususiyatga  ko`ra    ta`limning  boshqa 

metodlaridan farq qiladi. 

Hikoya-o`qituvchi  tomonidan    yangi    o`tilayotgan  mavzuga  oid  fakt,  hodisa  va 

voqealarning  usliklarga  bo`lib,  obrazli  tasvirlash  yo`li  bilan  ixcham  qisqa  va    izchil  bayon 

qilinishidir. (I-IV sinf 10-12 min, V-VIII sinf 15-20 min bo`lishi mumkin) hikoya qilish gumanitar 

predmetlar o`qitishda  keng qo`llaniladi. 

Maktab  mavzusi-o`tilayotgan  mavzuning  haqiqiy  mohiyatini  ochib  berish,  ulardan  ilmiy 

xulosalar  chiqarish  va    umumlashtirish  yo`li  bilan,  bir  saotlik  mashg`ulot  davomida  bilimlarni 

izchillik  bilan  sidirg`asiga bayon etishdir. Maktab ma`ruzasi asosan yuqori sinflarda qo`llaniladi. 

Таълим методлари 

1. Укув материалини огзаки баён килиш методи 

2. Кургазмалилик методи 

3.Амалий машгулотлар методи 



Maktab ma`ruzasi quyidagi talablar asosida  tashkil etiladi. 

1.  Materialning  ta`lim  tizimi  oldida  turgan  umumiy  talablarni  amalga  oshirishga    xizmat 

qilishga erishish. 

2.  Materialning tarbiyaviy ahamiyatini to’g`ri belgilash. 

3. Ma`ruza jaraenida o`quvchilarni mavzuga oid fan etilishlari kashfiyotlar bilan tanishtirib 

borish. 


4.  Bayon  qilishda  o`qituvchi  nutqi  yagona  bilim  manbai  sanaladi,  shu  bois  u  ravon, 

tushunarli,  ifodaviy  bo`lishi  lozim.  Ma`ruza  jaraenida  o`quvchi  uchun  notanish  so’zlar  va 

iboralarga izoh  berish, qoida va qonunlarning ta`rifi sodda, ixcham va tushunarli bo`lishi kerak. 

5. O`quvchilar o`qituvchi tomonidan berilgan  ta`riflarni yozib borishlari kerak.  

O`qituvchi  muayyan    bir  predmetning  u  yoki  bu  mavzusiga  oid  qoida,  qoidalar  qanchalik 

asosli ekanligini dalillar  misollar keltirish yo`llari  bilan isbotlab beradi.  

Suhbat  metodi  ko’pincha  savol  javob  metodi  deb  ham  yuritiladi.  Chunki  bu  metodta  dars 

o`tilsa, u asosan savol-javob yo’sinda olib boriladi. 

Suxbat  metodi  bilan  ish  olib  borganda  mashg`ulotlarni  tashkil  qilish  va  uni  olib  borishda 

o`qituvchi  o’uyidagilarga amal qilishlari kerak. 

1. O`qituvchining  tayyorlagan savollari o`quvchilarning hammasiga ta`luqli bo`lib, sO`roq 

O`rtaga tashlanishi kerak. 

2. O`quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi 

3.  O`quvchilar  hammosi  qunt  bilan  tinglab.  Uning  javobini  to`ldirishi,  tuzatishi,  

oydinlashtirishi kerak. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ekskursiya  metodi-hamma  O`rganilayotgan  narsa  va  hodisalarni  tabiy  sharoitda  yoki 



maxsus kuzatadi. 

Amaliy mashg`ulotlar metodi quyidagi metodlardan  iboratdir. 

A)  mashq    qildirish  metodi    asosan  o’zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  mustahkamlash  va  uni 

amalda  qo`llay  olish,  tegishli  ko’nikma  va  malakalarga  ega  bo`lishni  ta`minlashga  xizmat  qiladi. 

Mashq  qildirish  metodi  o`quv  predmetlarining  mazmuni  va  xarakteriga  qarab    turlicha  olib 

borilishi  mumkin.  Mashq  qildirish    metodida  o`quvchilarning  yozma  ijodiy  mashqlari  alohida 

O`rin  egallaydi.  Shuningdek,  ma`lum  mavzularda  ma`ruza  tayyorlash  grafik  ishlari  ham  muhim 

ahamiyat  kasb etadi. 

B)  laboratoriya  metodi-ta`lim  jarayonida  o`quvchilarga  atrofni  O`rab  olgan  ob`ektiv 

borlikdagi  narsa  va  hodisalar,  ularning  shakli,  hajmi,  tarkibi,  to’zilishi,  o’zgarish  va  rivojlanish 

qonuniyatlari  haqida  yangi  yangi  bilimlar  berish,  o’zlashtirilayotgan  ilmiy  bilimlarni 

mustahkamlash  hamda  tegishli  ko’nikma  va  malakalar  bilan  qurollantirishda  muhim  ahamiyatga 

ega.  Laboratoriya  metodi  asosan  fizika  kimyo,  biologiya  va  fizik-geografiya  kabi  predmetlarni 

O`rganishda qo`llaniladi va u maxsus jihozlangan laboratoriya xonada tegishli asboblar yordamida 

olib boriladi. 

 

 



 

 

Аслига курсатилиши мумкин булган нарса, буюм, 



усимликлар, уларнинг кисмлари, хайвонлар, 

коллекциялар, асбоблар машиналар 

Кургазмалилик 

методи 


Тасвирий кургазмалар материаллари 

А) буюм нарса, ходиса ва 

вокеаларнинг тасвирини  

ифодоловчи материаллар расм, 

фотосурат, диафильм, 

кинофильм ва бошкалар 

Буюм нарсаларни, вокеа ходисаларни 

шартли белги оркали ифодаланган 

рамзий ва схематик тасвирий 

материаллар (карталар, 

диаграммалар) 

Лаборатория машгулотлари 

кузатиш 

Тажриба еки синов 

утказиш 

Тегишли асбоб ва 

курол аркали маълум 

объектни улчаб куриш. 



 

Laboratoriya metodi xususiyatiga qarab quyidagi tipda tashkil qilinadi. 

1.  Ommaviy mashg`ulotlar 

2. Guruhli mashg`ulotlar 

3. Yakka tartibdagi mashg`ulotlar. 

3. Ta`lim jaraenida qullaniladigan vositalar.  

Ta`lim  standartini  ta`minlashga  xizmat  qiladi.  Vosita  muayyan  o`qitish  metodi  yoki  

metodik  usullari  muvafaqqiyatli  omalga  oshirish  uchun  zarur  bo`lgan  yordamchi  materiallaridir. 

Ta`lim vositalari asbob  uskunalar.  Laboratoriya  jihozlari, axborot va texnik vositalar (qurilmalar)  

ko`rsatmali qurollar, ramziy belgilar, darslik o`quv qo`llanmalari, radio televidenie va komp`yuter 

va xokazolardan  iborat bo`ladi. 

Ta`lim  jarayonida  o`qitish  vositalaridan    foydalanish-dars  jarayonida  tabiiy  yoki  tasviriy 

ko`rgazma  materiallar  (predmet,  sxema,  diagramma  surat  va  boshqalar)  laboratoriya  yoki 

demonstratsiya  mashg`ulotlarida  qo`llaniladigan  asbob  uskunalar,  o`quv  qurollari  mikroskop  va 

boshqa  apparatlar,  shuningdek  mavzuga  oid  dalillar  (tsitatalar  ta`rif,  qoida,  formula  va 

boshqalar)ning ishlatilishini anglatadi.  

Ta`lim  jarayonida  ta`lim  shakli  metod  va    vositalari  muhim    O`rin  to`tadi,  mazkur  holat 

tasvirda quyidagicha  ifodalanadi. 



 

 

Mustahkamlash savollar: 

 

1. Pedagogikani o`qitish metodlarining ma`nosi, vazifasi 

2. Pedagogikani o`qitish metodlarining klassifikatsiyasi 

3. O`qitish vositalari, o`qitishning texnik vositalardan foydalanish usullari. 

 

Adabietlar 



 

                   1. A.Munavvarov «Pedagogika»  1996y 

2. M.Irkosimov « Maktabni boshkarishning pedagogik asoslari « T-1995 

3  Mavlonova «Pedagogika»     2001y 



 

PeDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI 

 

Reja: 

 

1.

 



Pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishi 

2.

 



Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari 

3.

 



Pedagogika fanining vazifalari 

4.

 



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 

5.

 



Pedagogika fanlari tizimi 

6.

 



Pedagogika fanining ilmiy -tadqiqot usullari 

 

T.t. Pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishi,  

 

Pedagogika o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash to’g`risidagi fandir. Kishilik jamiyati 



taraqqiy etishi bilan u ham o’sib boradi. 

Kishilik  jamiyati  paydo  bo`lishi  bilan  odamlarning    mehnat  faoliyati  jarayonida  ishlab 

chiqarish  tajribalari,  mehnat  malakalari  ortib    bordi,  turli    mehnat  qurollarini  ishlata  bilish 

ko’nikmalari  hosil  bo`ldi,  nutq  va  tafakkur  o’sib,  rivojlandi.  Keksa  avlod  mehnat  jarayonida 

orttirgan tajribasi asosida o’sib kelayotgan  yosh avlodni mehnat qilishga O`rgatdi. Shunday qilib, 

tarbiya  kishilik      jamiyati  amaliy      ehtiyojining  ob`ektiv  zaruratidan  kelib    chiqdi  va  shu  jamiyat 

bilan birga  rivojlana bordi. 

Ijtimoiy    hayotning  turli    sohalarida      kishilar    orttirgan  tajribalarning,  tabiat  va  ijtimoiy 

hayot  haqidagi  bilimlarning  kengayib  borishi  yosh  avlodga  tarbiya  berish  jarayonini  ham 

murakkablashtirdi.  Tarbiya  mohirlik  va  ishning  ko’zini  bilishni  talab  etdi.  Tarbiyani  amalga 

oshirish  jarayonini  anglash  va  bu  sohadagi  tajribalarni  O`rganishga  ehtiyojning  tug`ilishi   

natijasida pedagogika fani yuzaga keldi. 

Pedagogika  so’zi    bola  etaklovchi  degan  ma`noni  bildiruvchi  yunoncha  paydagogos 

so’zidan  kelib  chiqqan.  qadimgi  Yunonistonda  o’z  xo’jayinining  bolalarini    maktabga    olib 

boruvchi  qul  pedagog  deb  atalgan.  Keyinchalik  esa  maxsus  o`qitilgan,    pedagoglikni    kasb    qilib  

olgan  kishilarni  pedagog deb atay boshladilar. 

Bolalar va yoshlarni tarbiyalash to’g`risidagi fan sifatida paydo bo`lgan pedagogika hozirgi 

kunga  kelib  barcha  yoshdagi  kishilarga  tarbiyaviy  ta`sir  ko`rsatishning  umumiy  qonuniyatlarini 

O`rganuvchi  fanga aylandi.  

Hozirgi  kunda  pedagogika  fanining  rivojlanish  manbalari  sifatida  quyidagilarni  ko`rsatish 

mumkin: 

 

xalq pedagogikasi, an`ana va ko’p asrlik turmush tarzida aks etgan tarbiya tajribasi; 



 

falsafiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik asarlar; 

 

tarbiya jarayonining tarixiy tajribasi; 



 

maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqotlarning natijalari; 

 

pedagog-novatorlarning tajribalari. 



Respublikada  pedagogika  fanining  asosiy  maqsadi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitda  bozor 

islohoti,  milliy-madaniy  va  an`anaviy  xususiyatlar,  ma`naviy-axloqiy  va  ilmiy  merosimiz, 

umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan  holda uzluksiz ta`lim tizimida eng muhim fundamental 

va  amaliy  tadqiqotlarning  istiqbolini  oldindan  belgilash  va  ishlab  chiqishdan  iboratdir. 

Ko`rsatilgan  maqsadning  amalga  oshirilishi  jamiyatni  rivojlantirish  va  bosh  muammoni  echishga 

qodir bo`lgan barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. 



Pedagogika fanining vazifalari: 

 

uzluksiz ta`lim tizimi faoliyatining metodologik va nazariy asoslarini ishlab chiqish; 



 

uzluksiz ta`lim tizimining davlat, jamiyat  va  shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy va  ma`naviy 

- axloqiy taraqqiyotidagi   ahamiyati va O`rni, burch    va vazifalarini aniqlash; 

 

jamiyatning  ijtimoiy  talablari  va  shaxs  ehtiyojlarini  hisobga      olgan    holda  ta`lim 



mazmunining eng  qulay tamoyillari, mezonlari, mexanizmlarini aniqlash; 

 

o`quv-tarbiyaviy  jarayonining  sifati  va  samaradorligini      oshirish,  raqobatbardosh 



kadrlar tayyorlashni ta`minlovchi davlat ta`lim    standartini ishlab chiqish va joriy etish; 

 

ta`limni, uning ilmiy-amaliy  yo’nalishini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 

asosida  kelajak  avlodni  o`qitish,  tarbiyalash,  kamol  toptirishga  qaratilgan      ilg`or      pedagogik  

texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga  joriy etish; 

 

ta`limning  va    ta`lim    oluvchilarning  tayyorgarligi      sifatini      nazorat    qilishning  



ishonchli,  bir   maromga keltirilgan tizimini ishlab chiqish; 

 

kelajak  avlodni  boy  ma`naviy  va  ilmiy  meros  hamda    umuminsoniy  qadriyatlar 



asosida kamol toptirishning ta`sirchan tarbiya tizimini yaratish; 

 

haqiqiy  fuqaro,  vatanparvar,  baynalminal,  mehnatsevar,    ma`naviy  va  jismoniy 



barkamol insonni tarbiyalashning samarali  shakllari,  usul va  vositalarini ishlab chiqish; 

 

yoshlarni hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda, bozor va axborot texnologiyasi islohoti 



davrida kasb-hunar tanlashni tashxis   qilish,   istiqbolini   belgilash xamda sharoitga mos bo`lgan 

samarali tashkiliy-uslubiy shakllari, usul  va   vositalarini   ishlab   chiqish; 

 

ilg`or  pedagogik        tajribalarni,  xalq  pedagogikasining  usul  va  vositalarini,  shaxs 



kamolotiga  qaratilgan  milliy-ma`naviy  va  ilmiy  merosini  O`rganish,  umumlashtirish  va  ilmiy 

baholash hamda ularni o`quv-tarbiya jarayoniga kiritish; 

 

iqtidorli yoshlarga alohida tabaqalashgan kasbiy ta`lim  berish, ularning  aqliy-ijodiy 



imkoniyatlarini  to`la  ishga  solish  maqsadida  bunday  yoshlarni  izlab  topishning  psixologik-

pedagogik, tashkiliy-uslubiy asoslari va mexanizmlarini yaratish; 

 

sog`lom avlodni  shakllantirish  maqsadida  bolalar   rivojlanishining   biologik   va   



psixologik  qonuniyatlarini aniqlash, o`quvchilar sog`ligi va mehnat qobiliyatida aqliy va jismoniy 

yuklamalar ta`sir doirasini belgilash; 

 

ta`lim  monitoringini,  samarali tashkiliy, uslubiy  yo`llarini,  rivojlanishida  nuqsoni 



bo`lgan bolalarning  ijtimoiy  moslashuvi    usullarini    ishlab chiqish; 

 

jamiyatning iqtisodiy va  ma`naviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, uzluksiz ta`lim 



tizimi  uchun  ilmiy-  mstodik  sharoitlar  yaratish  va  yuqori  malakali  ilmiy  kadrlar  tayyorlashni   

ta`minlash; 

 

tadqiqot  natijalarini  keng  targ`ib  qilish,  aholining      psixologik-pedagogik    o`quviga   



har    tomonlama yordam ko`rsatish; 

 

yosh   avlodni   o`qitish,   tarbiyalash   va  kamol  toptirishni  takomillashtirib   borish  



uchun  uzluksiz  ta`lim    tizimi    sub`ektlari      faoliyati      natijalarini      baholashning    ishonchli  va    

axborotli    tizimini    ishlab chiqish. 



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 

Inson  haqidagi  fanlar  tizimida  pedagogikaning  tutgan  O`rni  shu  bilan  belgilanadiki,  u 

shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma`lumotli qilish va o`qitish (unga ta`lim berish) 

qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Bu tushunchalarning har biriga izoh berib o`tamiz. 

Individning taraqqiyoti (ontogenez) uning tug`ilgandan to umrining oxirigacha anatomik - 

fiziologik  va  psixik  tuzilishida  muayyan  qonuniyat  asosida  sodir  bo`ladigan  son  va  sifat 

o’zgarishlaridan iboratdir.  

Rivojlanish  olg`a  tomon  qilingan  harakatdir,  quyi  darajadan    yuqori    darajaga,    oddiydan  

murakkabga,    shaxsning  jismoniy  va  ma`naviy  shakllanishida  nomukammalikdan  mukammalroq 

holga o`tishdir. 

 Tarbiya  shaxsni  shakllantirishning  boshqa  omillaridan  sifat  jihatidan  shu  bilan  farq 

qiladiki, tarbiyachi o’z oldiga ongli suratda ma`lum bir maqsad qo’yadi va shu maqsadga erishish 

uchun  intilib,  uni  amalga  oshirish  vositalarini  topadi.  Shunday  qilib,  tarbiya  shaxsni  muayyan 

yo’nalishda  shakllantirish  maqsadi  bilan  turli  odamlar  bir-biriga  ta`sir  ko`rsatadigan  ijtimoiy 

munosabatdir.  

Tarbiya  bor  joyda  tarbiyalanuvchilarning  rivojlanishini  harakatlantiruvchi  kuchlar, 

tarbiyalanuvchilarning  yoshi,  tipologik  va  individual  xususiyatlari  hisobga  olinadi.  Tarbiya  bor 

joyda  mikromuhitning  ijobiy  ta`siridan  to`la  foydalaniladi  va  salbiy  ta`sirini  zaiflashtirishga 

harakat  qilinadi.  Tarbiya  bor  joyda  kishi  (tarbiyalanuvchi)  o’zini  o’zi  tarbiyalash  qobiliyatiga 

ertaroq ega bo`ladi. 

Eng  muhim  va  eng  umumiy  pedagogik  tushunchalar  qatoriga  ta`lim  va  o`qitish 

tushunchalari ham kiradi.  


Ta`lim  deganda  biz  tarbiyaning  insoniyat  tomonidan  yaratilgan  ilmiy  va  madaniy 

boyliklarni egallash tomonini tushunamiz. Ta`lim o’z darajasi va vazifasiga qarab umumiy O`rta, 

O`rta maxsus, kasb - hunar hamda oliy ta`limga bo`linadi. Kelajakdagi ixtisosidan qat`i nazar har 

bir  kishi  uchun  zarur  bo`lgan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalarni  umumiy  ta`lim  maktablari  beradi. 

Ma`lum  kasbdagi  xodim  o’zi  uchun  zarur  bo`lgan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalarni  maxsus  o`quv 

yurtlarida  oladi.  Kishining  o`qimishlilik  darajasi  uning  doim  o’z  bilimini  oshirib  bora  olish, 

mustaqil fikrlash  qobiliyatiga qarab belgilanadi. 

Ma`lumot 

turli 


yo`llar 

bilan 


(mustaqil 

ravishda 

kitob- 

lar o`qish, radio va televizion eshittirishni tinglash, kurslarda o`qish, ishlab chiqarishda ishlash va 



hokazolar yo`li bilan) hosil qilinishi mumkin. Ammo eng to’g`ri va ishonchli yo`l kishiga ma`lum 

bir soha bo’yicha bilim beradigan, reja asosida tashkil qilingan ta`limdir.   

Ta`lim  pedagog  (dars  berish)  va  o`quvchilarning  (o`qish)  faoliyatidan  iborat  qo’shaloq 

jarayondir. Pedagoglar bilan o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati o`quvchilarni bilim, malaka va 

ko’nikmalar  bilan  qurollantirishga,  ularning  bilish  va      ijodiy    qobiliyatlarini    har    tomonlama  

o’stirishga   qaratilgandir. 

Pedagogikadagi   asosiy   tushunchala,  ularda   aks  etadigan hodisalar kabi, bir-biri bilan  

chambarchas bog`liqdir. 



Pedagogika fanlari tizimi 

Pedagogika   fanlari   tizimiga   quyidagilar   kiradi: 

1. Tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini    tadqiq    qiladigan umumiy pedagogika. 

2.  Kishilarni  turli    yosh  davrlarida    tarbiyalash  xususiyatlarini  O`rganuvchi  yosh  davrlar 



pedagogikasi. U maktabgacha tarbiya  pedagogikasi, maktab  pedagogikasi  va  katta  yoshdagilar  

pedagogikasiga  bo`linadi. 



q.  Maxsus    pedagogika      (defektologiya)  bir  qancha  sohalarga  bo`linadi:  kar-soqov  va 

soqov  bolalarni  tarbiyalash  va  o`qitish  masalalari  bilan  surdopedagogika,  ko’zi  ko`r  va  xira 

ko`radigan bolalarni tarbiyalash va o`qitish masalalari  bilan tiflopedagogika,  aqliy jihatdan qoloq 

bolalarni  tarbiyalash  va  o`qitish  masalalari  bilan  oligofrenopedagogika,  duduq  va  tili  yassi 

bolalarni tarbiyalash va o`qitish masalalari bilan esa logopediya shug`ullanadi. 

;.  Ta`limning  umumiy      qonuniyatlarini      muayyan  o`quv  predmetidan    (til,  matematika, 

tabiatshunoslik  va  boshqa  shu  kabi  fanlardan)  dars  berishda  qo`llanishning  o’ziga  xos 

xususiyatlarini tadqiq qiluvchi metodika

o’.  Turli    tarixiy    davrlardagi    pedagogik        g`oyalarning    va  tarbiya    amaliyotining 

rivojlanishini O`rganuvchi  pedagogika tarixi. 

Fanlarning bir-biriga har tomonlama kirib borish jarayoni, pedagogik hodisalarni kompleks 

ravishda  O`rganishning  rivojlanishi  pedagogikaning  boshqa  fanlar  bilan  uzviy  aloqada  bo`lishini 

taqozo qiladi. 

Pedagogika  falsafa,  umumiy  psixologiya,  yosh  davrlar  psixologiyasi  va  pedagogik 

psixologiya  bilan  uzviy  bog`langan.  Falsafa  pedagogikaning  metodologik  asosini  tashkil  etadi. 

Psixologiya kishilarning turli yosh davrlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta`lim va tarbiya 

ta`sirida  psixikaning  o’zgarish  mexanizmini      tushuntiradi.      So’nggi      yillarda      pedagogikaning 

turli ijtimoiy sharoitdagi kishilarning o’zaro munosabatlarini, his-tuyg`ulari, kayfiyatlari, fikrlarini, 

turli voqea va hodisalarga beradigan baholari, xarakter sifatlarini va psixik tuzilish xususiyatlarini 

O`rganuvchi ijtimoiy psixologiya bilan aloqasi kuchaymoqda. 

Ta`lim  va  tarbiyaning  tabiiy-ilmiy  asosi  bo`lgan  umumiy  va  turli  yosh  fiziologiyasi 

pedagogikani  inson  jismoniy  taraqqiyotining  tabiati  to’g`risidagi  g`oyat  qimmatli  bilimlar  bilan 

qurollantirmoqda. 


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling