O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Pedagogika fanining ilmiy -tadqiqot usullari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Pedagogika fanining ilmiy -tadqiqot usullari 

Ilmiy  tadqiqot  usullari  qonuniyatli   aloqalar,   munosabatlar, bog`liqliklarni aniqlash va 

ilmiy  nazariyalar  yaratish  maqsadida  ilmiy  axborot  olish  usullaridir.  Har  bir  bilish  jarayonining, 

shu  jumladan,  pedagogik  hodisa  va  faktlarni  bilish  jarayonining  strukturasi  ikki  darajadagi 

tadqiqotni-amaliy va nazariy  tadqiqotni o’z ichiga oladi. Tadqiqot usullarini tanlash masalasi ana 

shunga qarab hal qilinadi. 

Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilishning amaliy darajasi tadqiqot davomida aniqlangan 

pedagogik  dalillarni  to’plash,  tanlash,  taqqoslashni,  tafakkurda  analiz  va  sintez  qilishni,  son  va 



sifat  jihatidan  ishlab  chiqishni  bildiradi.  Tadqiqotning  bu  darajasida  kuzatish,  sO`rash  usullari, 

o`quvchilar  faoliyatining  natijalarini  va  ta`lim-tarbiya  muassasalarining  hujjatlarini  O`rganish  

keng qo`llaniladi. 

Kuzatish  -tadqiqotchining  pedagogik  jarayonni,  uning  ayrim  turlari  va  tomonlarini  tabiiy 

sharoitda maxsus dasturga muvofiq ko’p yoki oz  muddat idrok qilishidir. 



SO`rash-usullariga  interv`yu  olish  (suhbatlashish)  va  anketalashtirish  kiradi.  Interv`yu 

olish oldindan belgilangan, pedagogik vaziyatga qarab o’zgartirilishi mumkin bo`lgan reja asosida 

og`zaki  o`tkaziladi.  Puxta  o’ylab  maqsadga  muvofiq  tuzilgan,  aniq-ravshan  ifodalangan  savollar 

to’plamidan  iborat  anketa  yozma  sO`rash  shaklidir.  Anketadagi  savollar  ochiq  savollar  (bunda 

berilishi  taxmin  qilingan  javoblar  oldindan  ma`lum  qilinmaydi),  yopiq  savollar  (bunda  savol 

berilgan  bola  taklif  etilgan  javoblardan  bittasini  yoki  ikkitasini  tanlaydi)  va  yarim  yopiq  savollar 

(bunda  savol  berilgan  o`quvchiga  bir  yoki  bir  necha  javob  tanlash  taklif  etiladi  va  shu  haqda  o’z 

fikrini bayon qilishiga imkoniyat beriladi) bo`lishi mumkin. 

o`quvchilarning  shaxsiy  hujjatlari,  meditsina  kartochkalari,  majlis  va  kengashlarning 

protokollari,  sinf  jurnallari  va  hisobot  materiallari  bilan  tanishish  tadqiqotchini  foydali    ob`ektiv  

ma`lumotlar  bilan  qurollantiradi. 

Tarbiya  mazmunini  tashkil  qiluvchi  amaliy  bog`liliklar,  aloqa  va  munosabatlar  yuqorida 

aytilgan  usullar  yordamida  aniqlanadi    va  ifodalanadi.  Biroq  pedagogika  fan  bo`lgani  uchun  bu 

bilan  cheklanib  qolmaydi.  U  amaliy  bilimlarga  tayanib,  nazariy  bilish  darajasiga  ko`tarilishi, 

umumiy  bilimga  ega  bo`lishi,  pedagogik  hodisalarning  qonuniyatlari  va  mohiyatini  bilishi  kerak. 

Bunga pedagogik tajriba va pedagogik model` yasash usullari yordam beradi. 



Pedagogik  tajriba-ta`lim  va  tarbiya  ishidagi  biror  usul  yoki  uslubni  maxsus  ravishda 

yaratilgan va qat`iy hisobga olinadigan sharoitda tajriba qilib yoki tekshirib ko`rishdir.   Pedagogik   

tajribaning      asosiy      vazifasi      pedagogik  ta`sirning  ayrim  unsurlari  bilan  uning  natijalari 

O`rtasidagi  sababli-oqibatli  bog`lanishlar  nimaligini  aniqlashdir.  Tajriba  pedagogik  ishda  biror 

usul  yoki  uslubning  samarali  bo`lishi  mumkinligi  to’g`risidagi  ilmiy  jihatdan  ishonchli  faraz 

asosida o`tkaziladi. Tajriba o`quvchilarning odatdagi hayoti va faoliyati sharoitida o`tishi mumkin. 

Bu  tabiiy  tajriba  deb  atalmoqda.  Laboratoriya  tajribasi  sinab  ko`rilayotgan  o`quvchilarga 

ko`rsatilgan  pedagogik  ta`sirlarning  xarakterini  va  o`quvchilar  bu  ta`sirlarga  qanday  javob 

qaytarganlarini  qayd  qilish  uchun  maxsus  sharoitlar  yaratilishi  bilan  farq  qiladi.  Tajriba  natijalari 

ommaviy  ravishda  joriy  qilishga  tavsiya  etilishdan  oldin  boshqa  tadqiqot  usullari  (kuzatish, 

anketalashtirish va hokazolar) yordamida tekshirilishi va, zarur bo`lsa, ularga tuzatishlar kiritilishi 

kerak. 


Model`  yasash-haqiqatda  mavjud  pedagogik  tizimni  shu  tizimning  tuzilish  va  ishlash 

tamoyillari  aks  ettirilgan  maxsus  o’xshatmalar  (modellar)  yasash  yo`li  bilan  moddiy  yoki  fikriy 

gavdalantirishdir.  Modellashtirish  orqali  tizimning  shu  aniq  holda  ahamiyatsiz  bo`lgan 

xususiyatlarini  e`tibordan  soqit  qilish  mumkin.  Pedagog-tadqiqotchi  model`  yasash  usulidan 

foydalanganda  ayrim  xossa,  shakl  va  jarayonlarni  analitik  usulda  O`rganishdan  yaxlit  tizimlarni 

sintetik usul bilan bilishga o`tish imkoniyatiga ega bo`ladi.  



 

Mustahkamlash savollar: 

 

1.

 



Pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishi 

2.

 



Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari 

3.

 



Pedagogika fanining vazifalari 

4.

 



Pedagogikaning asosiy kategoriyalari 

5.

 



Pedagogika fanlari tizimi 

6.

 



Pedagogika fanining ilmiy -tadqiqot usullari 

 

A D A B I Yo T L A R 

1. « Pedagogika « Munavvarov       T-1996 

2. Pedagogika kursi   Tursunov   Nishonaliev 

3.  Pedagogika Mavlonova  T-2001  

4.  Pedagogika  Podlasыy  M-1999y   2-tom   94-134b 



Didaktika bo`limiga metodik sifatlama 

 

R e J A : 

1. Didaktika xakida tushuncha. 

2. O`qitish jarayonining ma`nosi, tuzilishi va vazifalari 

3. O`qitish jarayonining asosiy bosqichlari. 

 

T.t.  Didaktika,  bilish,  sezish,  idrok,  tasavvur,  tafakkur,  amaliet,  bilim,  ko’nikma,  malaka, 



ma`lumot, ta`lim. 

 

Didaktikaning  predmeti  ta`lim  tarbiya  muassasi  sharoitida  muallimning  raxbarligi    ostida 



amalga oshadigan o`quv jaraenidir. Didaktikada  ana shu jaraenning  konuniyatlari tadqiq qilinadi, 

xar  xil  tipdagi    ta`lim  tarbiya  muassasalarida  o’  eki  bu  darajada  beriladigan  ta`lim  mazmunini 

belgilashning  ilmiy  asoslari    o`qitish  vositalari  va  metodlarining  samoradorligini  oshirish  yullari 

xamda ta`limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta`lim va o`qitish 

nazariyasini  ishlab  chiqadigan  tarmog`idir.  Didaktika  yunoncha  G`didaktikosG`  so’zidan  kelib 

chiqqan bo`lib o`qitish, O`rganish ma`nosini bildiradi. Yaqin va Urta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, 

Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayem kabi mutaffakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. A.Komenskiy, 

Shvetsariyalik  pedagog  I.P.Pestolotstsi,  nemis  pedagogi  A.Distverglar  evropada  didaktikaning 

rivojlanishiga  xissa  ko’shdilar.  Yuqorida  aytib    o`tilgan  Shark  mutaffakirlari    qarashlarining 

muxim  xususiyati    shundaki,  mazkur  olimlar  doimo  predmetning    kiefasi  inson  ongida 

mavxumlashuvi  jareniga,  mana  shu  predmetning  moxiyati  va  o’ziga    xosligini  tushunish  sodir 

bo`lishi  xamda  shakllanishiga  etibor  berganlar.Ular  bilishning  predmeti  va    monbalariga,  bilish 

jaraeni    qanday  bosqichlardan  tarkib    topishi  ga,  bilish  faoliyati  bilan  amaliy  faoliyat  O`rtasidagi 

munosabatlarga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topish nazariyasini rivojlantirish 

borasida  muxim    xizmat  qildi,  induktiv    va  deduktiv  taffakkurdagi  aloxidalik  xamda 

umumiylikning birligi printsipini mo’ayanlashtirdi. 

Kindiy  substantsiyani    barcha  ilmiy  bilimlarning  predmeti  sifatida  ko`rib  chiqishda  eng 

avvolo mikdor va sifatni xissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, 

u substantsiyani bilishdan xam  maxrumligini o`qtirdi. Olim o’zining didaktik g`oyalarida xissiy va 

ratsional  bo’shliqni  ifodaladi.  Xissiy  bilish  va  narsalarni  bilishdan  iborat  bo`lsa,  ratsional  bilish 

umumiy  narsalarni  bilish  ekanini  ta`kidladi.  Uning  fikricha  xissiy  bilish  faqat  aql  uchun  material 

beradi. 


Farobiy  o`qitish  metodlarining  tasnifini  ishlab    chiqqan.  Ularni  amaliy  va  nazariy 

metodlarga  ajratgan,  shu  tariqa  o`qitishning  amaliy    yunalishi    va  kishilarning  xaeti  xamda 

kundalik  faoliyati  bilan  boglikligi  g`oyalarini  olga  surgan.  Olim  o`qitishning  tajriba-ko`rsatmali, 

induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga aloxida e`tibor bergan. Barcha metodlarni o`quvchining 

xaetiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan xolda birlashgan. 

Farobiy  matematika  fani    misollari  asosida  o`qitishning  ilmiylik,  ko`rsatmalilik, 

tushunarlilik  va  izchillik  printsiplarini  ishlab  chiqqan.  Bilish  jaraenining  va  fandagi  bilim  

shakllarini moxiyatini eritgan. 

Borliqning   aks etilishi sifatidagi xissiy bilish muammosi va eng asosiy masala-bilishning  

manbalari  doimo  Beruniy  nazariy  bilish  faoliyatining    diqqat  markazida  turdi.  Olim  bilishning 

nazoriy asosini cheksiz va uzluksiz jaraen sifatida taxlil xamda  talqin qildi. 

G`O`qish  va    takrorlash  orqali,-deb  ezgan  Beruniy,-dunening  tuzilishini,  osmonning  va  er 

shakllarini bilish astronomiya fani uchun g`oyatda foydalidir. 

Ibn  Sinoning  bilim  orqali  erishiladigan  natijalari  xakidagi    ta`limoti  o`qitish  nazariyasida 

aloxida  O`rinni  egalladi.  Uning  fikricha,  buyumlarni  chinakam  bilishga  tashqi  ko`rinishini  taxlil 

qilish  sabablarini  aniqlash  asosida  aql  bilan  erishiladi.Ibn  Sino  aqlning  rivojlanish  bosqichlarini 

ishlab  chiqqan.    Mushoxada  bilan  idrok  qilishning  birinchi  bosqichi  aqliy  kategoriyalarni 

tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. Rivojlanishning uchinchi bosqichiga 

o’zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni  xakiqiy aql deyiladi. 

Abdulla  Avloniy  (1878-1934)  o’zining  barcha  tadqiqotlarida  ilm  muammosini  birinchi  

O`ringa  ko’ygan.»Alxosil-deb  ezgan  edi  u,  -butun  xaetimiz,  salomatligimiz,  saodatimiz, 


sarvatimiz,  maishatimiz,  ximmatimiz,  g`ayratimiz,  dune  va    oxiratimiz  ilm  bilan 

bogliqdir..Shuning uchun o`qimoq, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay vujudimizning do’shmani 

bo`lgan jaxolatdan  qutulmakka, jonimiz boriga sa`i kilmagimiz lozimdur.» 

Xamza  o’z  tadqiqotlarida  tovushli  savod  O`rganishi  metodini  ishlab  chiqqan.  Uning  bosh 

g`oyasi  o`qitish  va  tarbiyalashga  kompleks  endoshish,  eshlarning  aqliy,  axloqiy  va  estetik 

tarbiyasini o’zaro bog`liq xolda amalga oshirishdan iborat edi. 

 Didaktika  tushunchasini  Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670)    xam  ana  shu  yusinda 

sharxlagan.  Uning  bu  boradagi    fikr  muloxazalari  1657  yilda    nashr  etilgan.  Xammaga  xamma 

narsani  o`qitishning  universal  san`ati  ifodalangan  G`buyuk    didaktika»  nomli  asarida  baen 

qilingan.  Lekin  Komenskiy  didaktika  faqat  o`qitish  sa`atigina  emas,  balki  tarbiyalash  sa`atidan 

ham  iboratligini  qayd  qilgan  va  tarbiya  xar  tamonlama  axloqiylik  yunalishdagi  fe`l  atvorni  

shakllantirishning zarur sharti ekanini xam uqtirgan. 

Didaktikanini yuqoridagicha tushunish XIX asr boshigacha,  ya`ni taniqli nemets pedagogi 

va  faylasufi  Iogann.  Genrix  Gerbart  (1776-1841)    didaktikaning    asosiy  nazariyasini  ishlab 

chiqqunigacha davom etgan. 

Didaktikaning asosiy kategoriyalari. 

O`qitish  nazariyasi  bilimlar,  ma`lumotlar  va  faktlarning  katta  zaxirasiga  ega,  ularning  bir 

qismi tizimlashtirilgan, tartibga solingan. O`qitish jaraening  strukturaviy komponentlari- maqsadli 

rag`botlantirish-motivlashtirish,  mazmuniy,  xarakat  -faoliyat  o`qitishning    shakl  va  metodlarining  

ajratilish  aloxida  axamiyat  kasb  etadi.  Mana  shu  komponentlarning    ajratilgani  o`qituvchi  bilan 

o`quvchilarning  birgalikdagi faoliyati  qonuniyatlarining  tabiatini chuqurroq tushunish imkonini 

beradi. 


Pedagogik    echimlarni  tanlash  nazariyasi    ishlab  chiqishning  metodologik  asosi  o`qitish 

jaraening mavjud barcha qonuniyatlari xisobga olish fikri bilan barcha qonuniyatlari xisobga olish  

fikri  bilan  muntazam    aloqada  bo`ladi.  Pedagogik  va  psixologik  shart  sharoiyatlarni    aniqlash 

asosida    o`qitishning  optimalligi    mezonlarining    asoslari    tarkib  toptirilgan  va  ularning    eng 

axamiyatlilari kuyidagilarpdan iborat: 

O`qitish optimal bo`lish uchun xar bir o`quvchi o’zining xakiqo’y  o`qish imkoniyatlariga  

muvofiq darajada  o’zlashtirishlari  tarbiyalanishi va kamol topishi shart: 

o`qitish  optimal  bo`lishi  uchun  o`quvchilar  o`qituvchilar  darsdagi    va  uydagi  ishlar 

vaqtining  o’zlari  uchun  gigienik  jixatdan  belgilangan  normasiga  ega  bo`lishi    kerak. 

Rejalashtirishning  olptimallashtirishning    asosiy  yullari  o`qitishning  vazifalarini    ta`lim  berish, 

tarbiyalash va kamol toptirish bilan birgalikda loyixalashga  kompleks endashish xamda  o`qitish 

vazifalarini 

 



omalga 



oshadigan 

tizimning 

xususiyatlarini 

xisobga 


olgan 

xolda  


muayanlashtirishdir. 

Ishni  rejalashtirishda  kuyidagi  rejalardan  foydaloniladi.    O`qitish  mazmuning  quyilgan  

vazifalarini eng muaffakiyatli xal qilishni ta`minlaydigan optimal variantini tanlash.  

O`qitishning  quyilgan  vazifalarini  belgilangan  vakt    ichida  muvafaqiyatli  xal  etishni  

ta`minlaydigan  metodlari  va  vositalarini  tanlash  ,masalalarni  muvafaqiyatli  xal  etishni  ,    shu 

jumladan o`quvchilarga tabaqali endashishini ta`minlaydigan  tashkiliy shakllarini  tanlash. Ta`lim 

mazmuninida  jamiyatning ma`naviy va moddiy elementlar shu jumladan tabiat  jamiyat  va inson 

xakidagi bilimlar . ijodiy faoliyat tajribasi, insonning munosabatlari, boshkarish faoliyati xulki va  

xaeti ifodalanishi lozim.  

Ta`limning  mazmuni  umumiy  politexnik  va  kasbkorlik  komponentlarining    birligini  aks 

ettirishi  kerak.  Ta`limning  mazmuni  muayan  eshga  karatiladi  va  jamiyatning  rivojlanish 

darajasidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmunidagi ajratilgan  turt komponent  xajmi va mazmuni 

buyicha  aynan  muvofik bulishi kerak.  

Maktab  rivojlanishning  xozirgi  boskichida  ta`limning  komp`yuterlashtirish  masalasi  

g`oyat muxim axamiyat kasb etadi. 

Ta`lim  nazariyasidan  muammoli  -kamol  toptiruvchi  o`qitishni  joriy  etish,    shuningdek 

o`quv  jaraenini  tabakalashtirish  va  individuallashtirish  yullarini  izlash  buyicha    faol  ishlar  olib 

borilmoqda. 

Muammoli  kamol  toptiruvchi  o`qitishning  nazariyada  ishlab  chiqilgan  asosiy  g`oyalarini  

kuyidagicha  ta`riflash mumkin.  



Ta`limiy  bilishni  ilmiy  bilishga  muvofiq  modellashtirish  g`oyasi,  ya`ni  muammoli 

vaziyatni  vujudga  keltirish  gipotezani  olga  surish  -gipotezani    asoslash-gipotezani    xal  qilish  uni  

tasdiqlash yaki rad etishdek zarur  zvenolarni o’z ichiga olgan muammoli  o`qitish. 

O`quvchilarning  ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda tadqiqotchilik 

yusindagi ko’nikma va malakalarni o’stirish g`oyasi. 

Muammoli o`qitish nazariyasida  qator  qonuniyat lar ifodalandi va eksperiment yuli bilan 

asoslandiki,  ulardan  muammoli  dars  o`tish  bilan  muammoli  O`rgatishning  birligi  va  bir-birini 

taqoza  etishi,  o`quvchilarning  tayerligi  darajasi  bilan  muammoli  O`rgatish    darajasining 

muvofiqligi kabi qonuniyatlarni ajratish mumkin. 

Ishlab  chiqilgan  faollik  nazariyasi  o`quv  jaraenida  bilimlarni  o’zlashtirish.  Ularni  qayta  

ishlash  va  qo`llashning  (muammoli  va  reproduktiv)    usullarini  O`rganish  buo’icha  tashkil 

etiladigan  o’zini-o’zi    boshqakriladigan  faollikdan  iboratdir.  Mazkur  qonuniyatlar  asosida  amaliy 

jixatdan  muxim axamiyatga  molik quyidagi nazariy qoidalarni ifodalash mumkin: Faollashtirish 

vositalari  tizimi,  ta`limning  mazmuni,  o`qitishning  shakl  va  metodlari  o`qitishning  asoslangan, 

maqsadga muvofiq o’z-o’zini boshqaradigan jaraen sifatida tashkil qilishni  ta`minlash uchun ular 

kuyidagi talablarga javob berishi kerak. 

-ta`limning xamma bosqichlarida o`quvchilarda o`qitishning ichki motivlarini  qo’zg`atish 

va rivojlantirish, 

-o`quvchilarni  o’z  oldilariga  tegishli  maqsadlarini  qo’yish  va  kelgusidagi  faoliyatlarini 

rejalashtirishga rag`batlantirish mexanizmini takomillashtirish, 

-o`quvchilarda  oxborotlarni  qayta  ishlashga  doyir  ta`limiy  va  aqliy  ko’nikmalarning 

shakllanishini ta`minlash, 

-o`quvchilarning  o`quv-bilish  maqsadlariga  erishish  uchun  jismoniy  va  axloqiy,  ifodaviy 

kuchlarini oshirish,  

-ta`lim jaraenida nazorat va o’zini-o’zi boshqarish orqali o`quvchilar o’zining o`quv bilish 

faoliyatini  baxolashini  ta`minlash.  Shu  koydalarga  rioya  qilish  ta`lim  samoradorligini  yanada 

oshadi. 

O`qitish jaraenining ma`nosi, tuzilishi va vazifalari. 

Xar  qanday  jaraen-xarakatdir,  moddiy  dunedagi    narsalar  eki    xodisalarning  asta-sekin 

o’zgarishidir.  O`qitish  jaraeni  xam  esh  avlodda  aqliy  kuchlarni  rivojlantirishga  va  axloqiy  

sifatlarni shakllantirishga qaratilgan xarakatdir. Biz o`qitish jaraenini qanday tushunamiz.  O`qitish 

jaraeni-o`qituvchining  va  u  raxbarlik  qiladigan  o`quvchilarning-ularda  aqliy  qobiliyatlarni 

o’stirish,  dialektik  duneqarash  asoslarini  tarkib  toptirish  va  xaetiga  taergarlikni  amalga  oshirish 

maqsadida-bilim,  ko’nikma  va  malakalar  tizimini    ongli  xamda  puxta  o’zlashtirishga  qaratilgan 

ilmiy  asosdagi  ishlarning  majmuidir.  Maktabdagi  o`qitish  jaraeni  qandaydir  tasodifiy  ayniqsa 

pedagogning  xususiy  fikridan  kelib  chiqadigan  narsa  emas.  O`qitish  jaraeni  bilish  nazariyasi 

asosida  tarkib  topadi  va  jamiyatning  rivojlanish  qonuniyatlaridan  kelib  chiqadigan  talablarni  aks 

ettiradi.  Xozirgi  ilg`or  pedagogika  inson  shaxsini  maqsadg`a  muvofik  shakllantirishga  tarbiya, 

o’zini o’zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi. 

O`quv  jaraenidagi  tarbiya  asosan  o`qitish  shaklida,  o’zini  o’zi  tarbiyalash  va  ijtimoiy 

tajribaning  birligi  shaklida  namoen  bo`ladi.    Shunga  kura  o`quv  jaraeniga  ta`lim  (pedagog 

faoliyati),  o`qish  (o`quvchining  mustaqil  ishi)  va  ma`lumotning  mazmunini  kichik  tizimlardan 

iborat ijtimoiy pedagogik tizim sifatida qaraladi. 

O`qitish  o`quv  jaraenining  professional  tomonini  tashkil  qiladi.  Inson  shaxs    sifatida 

shakllanishning  ikki  tamonldama  tabiati  (tarbiya  o’zini  o’zi  tarbiyalash)  shuningdek  ichki 

strukturasi  yul  yuriq  kursatish  va  o`quvchilar  o`quv  bilish  topshiriqlarini    mustaqil  xolda 

bajarishdan iborat xarakatdir. Buning yul yuriq kursatish jixati muallim o`quvchiga o`quv materiali 

buyicha  O`rgatadigan  narsalar  va  ular  ustida  ishlash  metodlari  bilan  izoxlanadi.  O`quvchilar  ana 

shu asosda  o’zlarining ma`lumot mazmunini o’zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil qiladilar. 

Shunday  qilib,  o`quv  jaraenining  moxiyati  o`quvchi  bilish  faoliyatining    mantiqi  bo`lib,  u 

birinchidan bilish bizdagi bilimlarning yagona manbai bulishi amalietini O`rganishdan boshlanishi 

va  maxkum  fikrlash  asosida  nazariy  umumlashtirish  kerakligidan,  ikkinchidan  bilish  olingan 

bilimlarni,  nazariy    umumlashtirishlarni  insondagi  bilimlar  xakiqatligining  yagona  ob`ektiv 

mezonlari  sifatida  xam  xizmat  qiladigan  amalietga  taqqoslash  zarurligidan  kelib    chiqadi.  O`quv 


jaraeni  bilish  jaraenini  inson  faoliyati  sifatida  psixologik-pedagogik  jixatdan  loyixalashga 

asoslanishi va  olingan bilimlarni amalietda kullashni albatta  o’z ichiga  olishi zarur. o`quv jaraeni 

asosida  umuman  butun  jaraenga  ta`luqli  va  barcha  o`quv  fanlariga  taqaladigan  ma`lum  talablar 

xamda printsiplar mavjud buladi. Bugungi didaktika ana shulardan  eng muximlari. Tarbiyalovchi 

ta`lim  printsipi.  Ilmiylik  printsipi  nazariya  bilan  amalietning  bog`lanishi  printsipidan  iboratdir. 

Ta`limning  metodlari  va  tashkiliy  shakllari  asosida  o`quvchilarning  ongli  faolligi,  kursatmalilik, 

bilimlari asosli o’zlashtirish. o’ziga xos farqlari tushunarliligi va xisobga olinishi printsiplari etadi. 

 

Mustahkamlash savollar: 

 

1. Didaktika xakida tushuncha. 

2. O`qitish jarayonining ma`nosi, tuzilishi va vazifalari 

3. O`qitish jarayonining asosiy bosqichlari. 

 

A d a b i yo t l a r 

1. « Pedagogika « Munavvarov       T-1996 

2. Pedagogika kursi   Tursunov   Nishonaliev 

3.  Pedagogika Mavlonova  T-2001  

4.  Pedagogika  Podlasыy  M-1999y   2-tom   94-134b 

 


Tarbiya nazariyasi bo`limiga metodik sifatlama 

ReJA: 


1. Tarbiya jaraenining umumiy tavsifi 

2. Tarbiya jaraenining maqsad va vazifalari 

3. Tarbiya jaraeninin o’ziga xos xususiyatlari 

 

T.t. Tarbiya, tarbiya jaraeni, tarbiya maqsadi, tarbiya vazifasi, tarbiyaning xusisiyatlari. 

 

Tarbiya  nazariyasi-pedagogika  fanining  bir  qismi  bo`lib,  tarbiyaviy  jaraenining  mazmuni, 



usul va tashqil etilishi masalalarini O`rganadi. Haetga yangicha siesiy va iqtisodiy nuqtainazardan 

endashish  o’sib  kelatetgan  esh  avlod  tarbiyasi  bilan  bog`liq  jaraenini  ham  qaytadan  ko`rib 

chiqishni taqoza etmoqda. 

Tarbiya  nazariyasi  Markaziy  Osie  mutafakkirlari  va  xalq  pedagogikasining  tarbiya 

borasidagi  boy  tajiriybalariga  tayanadi.  Tarbiya  nazariyasi  o’z  qoidalarini  asoslash  uchun 

falsafa,sotsiologiya,  etika,  estetika,  fiziologiya,  psixologiya  kabi  fanlar  ma`lumot-lar  foydalanadi. 

Tarbiya  nazariyasi  pedagogikaning  boshqa  bo`limlari:  pedagogikaning  umumiy  asoslari,  ta`lim 

nazariyasi xamda maktabshunoslik bilan uzviy bog`liq. 

Tarbiya-shaxsning  muayyan  maqsad  asosida  ijtimoiy  haetga  tayerlovchi,  tariyxi-ijtimoiy 

tajriybaga    suyangan  holda  olib  boriluvchi  faoliyat  jaraenidir.  Boshqacharoq  talqin  etilganda. 

Tarbiya esh avlodni muayyan maqsad, yo`lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong 

va xulq-atvorni tarkib topshirishiga yo’naltirilgan faoliyat jaraenidir. 

Turli  zamon  va  makonda  ijtimoiy  tarbiya  mohiyati  turlicha  bo`lib,  uning  mazmuni  ijtimoiy 

maqsadlardan  kelib  chiqibasoslangan.  Turli  makon  va  zamonda  tarbiya  g`oyasi  turlicha 

ifodalangan  bo’msada,  ammo  yo’naltiruvchanlik  xususiyati  hamda  ob`ektiga  ko`ra  yakdillikni 

ifodda etadai. 

Өzbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-siesiy  mustaqillikni  qo`lga  kiritgach,  ijtimoiy  haetning 

barcha  sohalarida  tub  islohatlab  olib  borilmoqda.  Islohatlarning  asosiy  g`oyasi  Respublikaning 

rivojlanish  va  taraqqiet  yo`li  deb  e`tibor  etilga  demokratik,  insonparvar,  ho`quqiy  jamiyatning 

barpo  etish  uchun  xizmat  qiladi.  Demokratik,  insonparvar  va  huquqiy  jamiyatning  barpo  etish 

vazifasi  o’sib    kelaetgan  esh  avlod  zimmasiga  yuklanadi.  Өzbekiston  Respublikasining  «Ta`lim 

to’g`ri-sidagi»  qonuni,  «Kadrlar  tayerlash  Milliy  dasturi»  hamda  Өzbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov-ning  qator  asar  va  nutqlarida,  chunonchi  «Barkamol  avlod-Өzbekiston 

taraqqietining  poydevori»,»Өzbekiston  XX1  asirga  intilmoqda»nomli  asarlarida  mustaqil 

Respubli-kada ijtimoliy tarbiyani yo`lga maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. 

Tarbiya- shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jaraen 

bo`lib, tarbiyanuvchining shaxsiga muntazam va tizmli ta`sir etish imkonini beradi. 

Tarbiya  jaraeni  o’zaro  bog`liq  bo`lgan  ikki  faoliyatni  o`qituvchi  va  o`quvchifaoliyatini  o’z 

ichiga  oladi.  Tarbiya  jaraenida  o`quvchining  ongi  shakillana  boradi.  His-tuyg`ilari  rivojlanadi, 

ijtimoiy haet uchun zarur qiladigan xulqiy odatlar hosil bo`ladi. 

Tarbiya  jaraenida  bolalarning  haeti  va  faoliyatini  pedagogik  jixatdan  to’g`ri  uyushtirish 

g`oyat  muhimidir.  Faoliyat  jaraenida  bola  tashqaridan  kelaetgan  tarbiyaviy  ta`sirlariga  nisbatan 

ma`lum  munosabatda  bo`ladi.  Bu  munosabat  shaxsning  ichki  ehtiej  va  xohishlarni  ifodalaydi. 

Psixologo va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xohsalbiy xoh ijobiy) ta`siri 

bolaning  ularga  munosabatiga  bog`liliqligini  ko`rsatadi.  Bola  faoliyatini  uyushtirishgina  emas, 

balki  tarbiyalanuvchining  bu  faoliyatga  nisbatan  qalbida  paydo  bo`laetgan  munosabatni,  turli 

kechinmalarni qanday  anglashini, baholashini, xis qilishini, ulardan o’zi uchun nimalarni maqsad 

qilib  olaetganligini  bilishi  zarur.  Ularnningn  barchasi  turli  kishilar  aloqa  qilish,  jamoadagi 

munosabatlar murakkablashib  boradi. 

Tarbiya jaraenida o`quvchining onginigina emas, balki his to’yg`ularini ham o’stirib borish, 

unda  jamiyatning  shaxsga  quyadigan  axloqiy  talabalariga  muvofiq  keladigan  hulqiy  malaka  va 

odatlarini  hosil  qilish  lozim.  Bunga  erishi  uchun  o`quvchining  ongiga,  xissietiga  va  irodasiga 

ta`mir  etib  boriladi.  Agar  bularning  birortasi  e`tibordan  chetda  qolsa,  maqsadga  erishish 

qiyinlashadi.  Tarbiya  jaraeniga  o`qituvchi  rahbarlik  qiladi,  u  o`quvchilar  faoliyatini  belgilaydi, 

ularning ijtimoiy jaraenida ishtiroq etishlari uchung shart-sharoit yaratadi. 


Ijtimoiy  jaraenda  faol  ishtiroq  etish  orqali  o`quvchilarning  mutaqilligi,  ijodiy 

tashabbuskorligi  ortib  boradi.  Faoliyat  o`quvchilar  jamoasi  manfaati  va  istagi  asosida  uyushtirils, 

bu  jaraenda  bolaning  tengdoshlari  va  o’zini  o’zi  anglash  jaraeni.  Bola  o’z  xulqi  hatti-harakati 

uchun  jamoa  oldida  javobgarlikni  sezishga  erishgach  ijrosi  emas,  balki  umumiy  ishning  faol 

qatnashchisi bo`lib qoladi. 

Tarbiyani  samarali  yo`lga  quyish  uchun  uning  harakatlantiruvchi  quchini,  tarbiya  jaraening 

manbaini  yaxshi  bilish  va  hisobga  olish  muhimdir.  Bu  tarbiya  jaraenidagi  ichki  va  tashqi 

qiramaqarshiliklardan iborat. 

Tarbiyada  o`quvchilarning  tarbiyalanganlik  darajasini  ham  hisobga  olish  kerak  bo`ladi.  Bu 

jixat unutilsa, qarama qarshiliklar vujudga keladi. 

Faoliyat  jaraenida  hosil  bo`lgan  malaka  va  odatlar  ahloq  ma`erlariga  rioya  qilishni 

engillashtiradi. 

Demak, tarbiyachi bola shaxsning tez rivojlanadigan davri o`quvchilik yillarida uning ongiga 

turli-tuman faoliyat (o`qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy havaskorlik) erdami bilan 

maxsus  ta`sir  etishi  muhimidir.  eks  holda  xulq  ta`erlari,  ohloq  talabalarni  yaxshi  tushunilmay 

qolishi  natijasida  shaxs  ijtimoiy  munosabatlarda  beqaror  tosdifiy  ta`sirberiluvchi  bo`lib  qolishi 

mumkin. 

Tarbiya  axlit  jaraenida  amalga  oshiriladi,  uning  tarkibiy  qismlari  ham  ayni  bir  vaqtda, 

faoliyatning biror turi asosida amalga oshiriladi. 

Umumiy  pedagogika  jaraenda  tarbiya  muhim  O`rin  tutadi.  Shaxsni  shakllantirish  boqaruv, 

nazorat  xarakteriga  ega  bo`lib,  bu  borada  belgilangan  vazifalar  tasodifiy  xarakatlar  orqali  ema, 

balki oldingdagi belgilangan va puxta o’ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jaraenida 

uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini o’zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari 

muhim O`rin tutadi.  

Xar  qanday  ijtimoiy  jamiyatda  esh  avlod  tarbiyasi  muayyan  maqsad  sosida  tashkil  etiladi. 

Tarbiya  maqsadi-ijtimoiy  jamiyat  taraqqieti,  uning  rivojlanishi  yo’nalishi  ijtimoiy  munosabotlar 

mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. 

Tarbiya  jaraenining  asosiy  natijasi-barkamol  shaxsni  shakillantirishdir.  Bu  jaraen  ikki 

tomonlama  bo`lib  uyushtirish  va  rahbarlikni,  shunungdeik,  o`quvchi  shaxsning  o’zi  tomonidan 

faollik ko`rsatilishini taqozo etadi.Bu jaraenda pedagogik etakchi rol` o’ynaydi. Chunki u ijtimoiy-

tarbiyaning  umumiy  maqsadlari  mohiyatini  tushunadi,  maqsad  yo`lida  amalga  oshiriladigan 

vazifala  tizimidan  yaxshi  xabardor,  tarbiya  shakllari,  metodlari  va  usullarini  asosli,  ilmiy-tarzda 

tanlab  oladi va tarbiya jaraenigna tadbiq etadi. 

Tarbiya  jaraenininng  mohiyatini  tarbiyaga  har  tomonlama  endaashish  bilan  muffakiyatli 

tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. 

Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida yaxlit mavjudotdir. 

Shaxsning  ko’pdan-ko’p  hislatlari  bir-biridan  ajratilgan  emas,  balki  o’zaro  mustahkam 

bog`langan.  Tarbiya  jaraenida  bolaning  shaxsiyati  ayrim-ayrim  emas,  balki  yaxlit  ravishda 

rivojlanadi. 

Bola o’sib va rivojlanib borgan saritarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib boradi. 

Xar  tomonama  ob`ektiv  ravishda  aqliy,  g`oyaviy-siesiy,  ahloqiy,  mehnat,  estetik, 

jismoniy,ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya birligini, o`qituvchilarning ongi, hulq avtori va 

faoliyatining  birligini,  tarbiya  jaraenini  tashkil  etishning  yakka,  guruhli  va  ommaviy  shakllari 

qo’shib  olib  borilishini  ta`minlaydigan  pedagogik  tizimlarni  vujudga  keltirishni  va  bu 

tizimlarninng amal qilishni talab etadi. 

Ijtimoiy  tarbiya  jaraeni  shaxsning  ijtimoiy  fazilatlarini  shakillantirishga  uning  atrof 

tevarakka  jamiyatga  adamlarga  uziga  nisbatan  iunosabatlari  doirasini  vujudga  keltirishga 

kegaytirishga  karatilgan.  Shaxs  ishtirok  etadigan  ijtimoiy  munosabatlar  tizimi  kanchalik 

keng,xilma-xil va gurux bulsa ,uning ma`naviy dunesi shunchalik boy buladi 

Uz  taiatiga  kura  tarbiya  jaraeni  kup  omilli  xarakterga      ega.  Ya`ni,bola  shaxsining  karor 

topishi  oyla,  maktab,  jamoatshilik,sottsial  muxit,shunigndek  vaziyatlatr  xilma-xilligi  bevosita  va 

bilvosita ta`sirlar ostida ruy beradi. 



Tarbiya  jaraenining  natijalari  odotda  bir  xil  xarakterda  bulmaydi.Bu  narsa  uquvchilarning 

psixologik  individual-tipologik  fiziologik  va  jismoniy  xususiyatlariga,ularning  xaeti  va 

ma`nviytajribasiga,shaxsiy pozitsiyasiga bog`lik.  

Tarbiya  jaraeni,  odatda  uz-uzini    tarbiyalash,uz-uzini  qayta  tarbiyalash,  bolaning  atrof 

muxitdagi  u  eki  bu  xodisalar  bilan  salbiy  olaqosi  natijasida  vujudga  keladigan  munosabatlar  va 

xususiyatlarini bartaraf etish bilan qushib olib boriladi. 

Өzini-o’zi  tarbiyalash  shaxsning  o’zida  ijtimoiy  qadrga  ega  bulgan  fazilatlarni  holsil  qilish 

va    takamillashtirishga  hamda  salbiy  hislatlarni  bartaraf  etishga  qaratilgan        ichki  faoliyati 

mazmunidir.  Bola  xulqidagi  og`ishlar  oiladagi  nosog`lom  muhit,  otaonaning  tarbiyada  yo`l 

qo’yigan  xatolari,  o`qituvchi  faoliyatidagi  kamchiliklar  asosida  vujudga  keladi.  Qayta  tarbiyalash 

jaraenida  salbiy  xulqiy  hosil  qilgan  sabab,  sharoit  o’zgartiriladi,  qayta  tarbiyalashda  maktab  va 

shaxsning shaxsiy ta`sirini oila, ota-ona ham maqullashi lozim. 

Ijtimoiy  tarbiyani  tashkil  etish  jaraenida  bir-qator  vazifalar  hal  etiladi.  Ushbu  vazifalar 

ijtmioiy  tarbiya  maqsadidan  klib  chiqib  belgilanadi.    Mustaqil  Өzbekiston  Respublikasida  ayni 

vqtda esh avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga  qaratilgan jaraenda qo’ydagi vazifalarni hal etish 

muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

A)  eshlarni  ijtimoiy  haetga  tayerlash  ularda  keng  duneqarashni  tarkib  toptirish,  o’z  shaxsiy 

turmushiga maqsadli endashuv, reja va amal birligi hissini o’yg`otish: 

B)  o`quvchilarni  milliy  va  umuminsoniy  qadiriyatlardan  ogox  etish,  chuqur  bilimga, 

taffakukurga ega eshlarni tarbiyalash, malakalarini tobora boyitish: 

V)  umuminsoniy  ahloq  me`erlarini  anglashni  (odamiylik,  kamtarlik,  o’zaro  erdam,  mehr-

muhabbat,  muruvvat,  adolatni  eqlash,  insonparvarlik,  axloqsizlikka  qarshi  nafrat  va  hakozolar), 

muamola odobi, yuksak madaniyatni o`quvchilarda qaror toptirishga erishish: 

G)  huquqy  va  axloqiy  me`erlarga  xurmat  ruhida  endashish,  o`quvchilarda  fuqorolik 

to’yg`usini, ijtimoiy burchiga mas`ullikni qaror toptirish: 

D) tabiyatni muhafaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas`uliyatni 

tarkib toptirish: 

J)  vatanparvarlik  va  baynalminallik  to’yg`usini  shakllantirish,  o’zga  millat  va  halqlar 

hurmati, xunar huquq va burchlarnini kamsitmaslik to’yg`usini qaror toptirish: 

Z)  mustaqil  davlat-Өzbekiston  Respublikasining  ichki  va  tashqil  siesatiga  to’yg`ri  va 

xolisona baho berishga O`rgatish: 

I)  insoni  oliy  qadiriyat  sifatida  qadrlash,  uning  sha`ni  or-nomusi,qar-qimmati,  huquq  va 

burchilarni hurmat qilishga O`rgatish va boshqalar. 

Өzbekiston  Respub`likasi  adolib  borilaetgan  ijtimoiy  tarbiyaning  umumiy  vazifalari  ana 

shulardan iborat. 

Shu bilan birga tarbiya turlari- ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy 

va  siesiy  tarbiyalar  o’zining  xususiyat  maqsadidan  kelib  chiqqan  bir  qator  vazifalarni  amalga 

oshiradi. 

-  axloqiy  tarbiyani  tashkil  etish  jaraenida-  o`quvchilarni  ijtimoiy-ahloqiy  me`erlar 

mazmunidan  xabardor  etish,  ularga  ahloqiy  me`erlarning  ijtimoiy  haetidagi  ahamiyatini 

tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me`erlar (talab va  taqiqlar)  ga nisbatan hurmat hissini qaror 

toptirish asosida  aqliy ang va madaniyatni shakllantirish: 

-aqliy tarbiyani yo`lga qo’yish chog`ida o`quvchilarni ilm fan va texnologiya borasida qo`lga 

kiritilaetgan    yutuqlardan,  yanilik  va  kashfietlardan  bexabar  etish,  ularga  ijtimoiy  fanlar  asoslari 

xususidagi  bilimlarni  berish  tarzida  ularda  tafakkur  qobiliyatini  qaror  toptirish  duneqarashni 

shakllantirish: 

-jismoniy  tarbiya  tashkil  etish  jaraenida-  o`quvchilarni    o’z  sog`liqlarini  saqlash  va 

mustahkamlash,  organizmni  chiniqtirish,  jismoniy  jihatdan  to’g`ri  rivojlanishni  hamda  uning 

ishlash  qobiliyatini  oshirish  borasida  g`amxorlik  qilish  to’yg`usini  yuzaga  keltirish,  ularda  yangi 

harakat  turlari  borasida  kunikma  va  malakalarni  hosil  qilish.  O`larni  maxsus  bilimlar  bilan 

qurollantirish,  o`quvchilarning  eshiga,  jinsiga  muvofiq  keladigan  (kuch,tezkolrik,  choqqonlik, 

chidamlilik,  sabot,  matonat,  chidam,  iroda  va  xarakterni  qaror  toptirish)  asosiy  harakat  sifatlarini 

rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash: 


-estetik  tarbiyani  olib  borish  jaraenida  o`quvchilarda  estetik  his-to’yg`u,  estetik  didni 

tarbiyalash,  ularnin  ijodiy  qobiliyatlarini,  estetik  ehtiejlarni,  go’zallikni  sevish  va  go’zallikka 

intilish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik madaniyatni shakllantirish: 

-

 



ekologik  tarbiyani  olib  borish  chog`ida  o`quvchilarga  ekologik  bilimlar  berish 

asosdia  shaxs,  jamiyat  va  tabiat  borligi  hamda  aloqadorligini  tushunturish,  ularda  ekatizmning 

inson  insoniyat,  jamiyat  taraqqietidagi  muhim  O`rni  va  ahamiyati  borasida  tushunchalarni  qaror 

toptirish,  tabiatta  nisbatan  ehtiejkorona  va  mas`ullik  bilan  munosaatda  bo`lish,  tuyg`isida 

g`amqorlik  qilish  kabi  to’yg`ularni  qaror  toptirish,  shuningdek,  ekologik  madaniyatni 

shakllantirish: 

-

 

iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etish  jaraenida  o`quvchilarga  iqtisodiy  bilimlarni  berish 



asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligni ta`minlash, bozor infrastrukturasi qoidalarigi amal qilish, 

ichki bozorni to`ldirish, kichik va urta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jaraenida ishtiroq etish 

ko’nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan buned etilgan moddiy boyliklarni asrash, 

ularni  ko’paytirish  borasidagi  qayg`urish  to’yg`ularini  qaror  toptirish  iqtisodiy  madaniyatni 

shakllantirish: 

-

 



xuquqiy  tarbiyalashni  tashkil  etish  jaraenida  o`quvchilarga  davlat  Konstitutsiyasi 

davlat  haqidagi  ta`limotni,  chunonchi  fuqarolik  oila,  mehnat,  xujalik,  ma`muriy  nafaqa,  sud 

ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma`nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy- huquqiy 

me`erlarning  shaxs  va  jamiyat  haetidagi  ahamiyati  haqidagi  tasavvurga  ega  bo`lishlarini 

ta`minlash,ularda  huquqiy  ong,  shuningdek,  huquqiy  faoliyatni  tashkil  etish  borasidagi  ko’nikma 

va malakalarni hosil qilish, ho`quqiy madaniyatni shallantirish: 

-

 

g`oyaviy-siesiy  tarbiyani  tashkil  etish  jaraenida    o`quvchilarga  siesiy  bilimlarnii 



berish Өzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqorolik jamiyati asoslari. 

Tarbiya  mazmunida  oldinga  quyiladigan  maqsad  va  vazifalarga  muvofiq  o`quvchilar 

tomonidan  o’zlashtirilishi  lozim  bo`lgan  bilim,  ko’nikma  va  malakalar,  shaxs  xulq  atvori  hamda 

sifatlari  mohiyati  aks  etadi.  Tarbiya  mazmuni,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiet,  kishilik  munosobatlari 

mohiyati  va  darajasi,  shuningdek,jamiyat  mafkurasi  g`oyalaridan  kelib  chiqan  holda  belgilanadi. 

Zamonaviy tarbiya mazmunida qo’yiladigan g`oyalar etadi: 

1.  Tarbiya  maqsadining  aniqligi  Өzbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-  siesiy 

mustaqilligining  dastlabki  yillaridaeq  Respublikada  amalga  oshirilishi  ko’zda  tutlaetgan  aniq 

belgilab  olinadi.  Ijtimoiy-tar-biyaning    asosiy  maqsadi-erkin  bulgan  komil  insonni  tarbiyalab 

voyaga  etkazishdan  iborat.  Ushbu  maqsadga  erishish  yulidagi  asosiy  vosita  bu,  shaxsda  umumiy 

madaniyat  unsurlarini  tarkib  toptirishdir.  Ya`ni,  shaxsning  aqliy,  ahloqiy,  jismoniy,  estetik, 

iqtisodiy,  ekologik,  xuquqiy,  sesiy  hamda  mehnat  madaniyatini  tarbiyalash  tarbiyaning  bosh 

maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. 

2.  Bolalar  va  kattalarning  birgalikda  faoliyati.  O`qituvchilarning  bolalar  bilan  ma`naviy 

madaniyatini  eng  yaxshi  namunasini  izlash,  shu  asosida  tarbiyachi  ishining  haetiy  me`er  va 

qadiriyatlarini ishlab chiqarish o`quvchining tarbiya jaraenida faolligini ta`minlashga olib keladi. 

3.  Өz-o’zini  anglash.  Tarbiya  insonda  e`tiqod,  demok-ratik    qarashlar  va  haetiy 

pozitsiyaning  shakllanishiga  olib  keladi.  Tarbiya  mazmunining  eng  muhim  unsurlaridan  biri-  bu 

insonning haetiy o’z-o’zini anglash insonning o’z haeti va baxtining sub`ekti sifatida e`trof etilishi 

bilan tavsiflanadi. Inson kamolatida fuqarolik kasbiy va axloqiy o’z-o’zini anglash jihatlari muhim 

ahamiyatga egadur. 

4.  Tarbiyaning  shaxsi  yo’naltirilganligi.  Mazkur  g`oya  maktab  (ta`lim  muassasa 

amalietinig  markaziy  nuqtasida  tarbiyabiy  ishlar  dasturi,tadbirlari  shakl,metod  va  vositalar  emas, 

balki  o`quvchi  turganligini  anglatishga  xizmat  qiladi.  Tarbiya  jaraenida  o’ning  shaxsiy 

xususiyatlari,  qizig`ishlari,  o’ziga  xos  xarakteri  o’z  qadir-  qimbotini  anglash  tuyg`ulari 

rivajlantirilib borilishi zarur. 

  5.  Ixtieriylik  tarbiyalanuvchilarning  iroda  erkinliksiz  tarbiya  g`oyalar  muhiyatini  qorar 

toptirish  mumkin  emas.  Tarbiya  jaraeni,  agar  u  oqilona  tashkil  etilsa,  bir  vaxtning  o’zida  ham 

uquvchi  (talaba)  ham  uqituvchi  ma`naviyatlarining  boyitilishiga  xizmat  qiladi.  Agar  tarbiyachi 

(uqituvchi  uquvchining  qizig`ishi,  faoliyati,  urtoqlik  va  fuxarolik  burichini  anglash  mustaqillikka 

intilish  tuyg`ularini  kura  va  anglay  olsagena  uning  irodali  ekanligi  yuzaga  keladi. 


Tarbiyalanuvchining  irodali  ekanligi  ta`minlagan  sharoitda  uning  shaxsiga  tasir  kursatishida 

yo’naltirilgan faoldiyatda samaraga erishiladi. 

6. Jamo yo’nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamaoga nimsbatan ijobiy  munasabatni 

qorar  toptirish  etadi.Jamoa  erdamida  shaxsning  har  tamonlama  harakati  unda  duneni  anglash  va 

uni to`laqonli talqin etish, inson-parvarlik  va hakorlik tuyg`ularning  yuzaga kelishi va rivojlanib 

borishi amalga oshiriladi. 

 Zamonaviy  pedagogik  jaraenida  tarbiyachiga:    inson  oxliy  estetik,  oxloqiy,  jismoniy, 

siesiy, ixtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiyaa olish lozimligini uqtirishning o’zigena kam samara 

beradi.  O`quvchi  uchun  yuqorida  qayd  etilgan  tarbiyalarning  nima  uchun  kerakligi,  ularning 

insonga  nima  bera  olishi  masalalari  qiziqarli.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tarbiya  tizimida 

muammoning  mana  shu  jihati  birinshi  urinda  quyilmoqta.  Yuqarida  qayd  etilgan  g`oyalar  tug`ri 

tashkil etilgan pedagogik jaraenda- etuq fuxora, malakali mutaxosis hamda barkamol oyla soxibini 

tarbiyalab  boyaga  etkazish  uchun  xizmat  qilishi  lozim  Zamonoviy  tarbiya  mozmuni  g`oyalari 

yaxlid tarizda kuyidagi kurinishga ega buladi. ( -chizma ),           

Ijtimoiy  tarbiya  maqsadi  ham  da  vazifalarini  amalga  oshhirish  uchun  tarbiya  jaraenini 

o’ziga xos xususiyatlari angshlap olish muhim ahamiyatga ega. 

Tarbiya jaraeni o’ziga xos xususiyatlarga ega.Uning eng muhim xususiyati aniq maqsatga 

yunaltirilganligi.  

Zamanoviy  talqinda  tarbiya  jaraeni  uqtuvchi  va  uquvchi  (tarbiyalanuvchi)lar  urtasidagi 

muaen  maqsadga  erishishga  qaratilgan  samarali  hamkorldik  demakdir.    Zero  tarbiya  jaraenida 

uqtuvchi va uquvchilarning birgaliktagi faoilyatlari tashkil etiladi, boshqoriladi va nazorat qilinadi. 

Yagona maqsat unga erishish yo`li zamonoviy tarbiya jaraeni maqsadini taasiflaydi. 

4.  Tarbiya  jaraeni  ko’p  qirrali  jaraen  bulib,unda  tarbiya  mohiyatini  eritishga  xizmat 

qiluvchi  ichki  va  tashqi  (su`bektiv  va  o`bektiv)  omillar  kuzga  toshlanadi.  Su`bektiv  osillar 

shaxsning  ichki  ixtiejlari,  qiziqishlari,  haetiy  munosabatlarini  anglatishga  erdam  bersa,  ob`bektiv 

omillar shaxsning haet kechirishi, shakillanishi, haetiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit  

yaratadi.  Tarbiya  faoliyatining  mazmuni  yo’nalishi  va  shakli  o`bektiv  sharoitlar  bilan  qanchalik 

mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borisida shunchalikmuvafaqqiyatga erishiladi.  

Tarbiya jaraeni yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari 

tez  sur`atda  eki  yaqqol  ko’zga  tashlanmaydi.  Өzida  insoniyat  sifatlari  namoen  eta  olgan  shaxsni 

tarbiyalab voyaga etkazishta uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o’zida 

turli-tuman qarashlarmavjudsharoitda harakat qilishi tarbiya jaraenining murakkablashadi. Maktab 

tarbiyasi shaxs ongini, duneqarashini shakllantirishda muhim urin tutadi.  

Tarbiya jaraenining yana bir xususiyati uning uzliksizligi sanaladi. Maktab tarbiya jaraeni 

bu o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi uzliksiz tizimli harakatlari jaraenidir. O`quvchilarda 

ijobiy sifatlarni qaror toptirishda  yagona maqsad sari  yo’naltirilgan, bir-birini tuldiruvchi, boyitib 

boruvchi,  takomillashtiruvchi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  bois  oyla,  ta`lim 

muassalari,jamaotchilik  hamkorligida  tashkil  etilaetgan  tarbiyabiy  tadbirlarning  uzliksiz 

o`tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 

Maktab  eshidagi  bolani  tarbiyalashida  maktab  etakchi  O`rin  egallasa  ham,  bolalarga 

o’zliksiz  tarbiyaviy  ta`sir  utkaza  olmaydi,  chunki  bolalar  ma`lum  muddatta  gena  maktabta 

o`qutuvchining 

tarbiyaviy 

ta`siri 


ostida 

bulib, 


qolgan 

vaqtining 

asosiy 

qismini 


oilada,ko’chada,jamaot  orasida  o`tkazadilar.  Kuzgi,  qishgi  bahorgi  va  ayniqsa  ezgi  ta`til 

davirlarida o`quvchilar  maktab, o`qituvchi ta`siridan chetda qoladilar. Demak maktabda bolalarni 

tarbiyalash  vaqt  jihatidan  bosh  chegaralangan  bo`lib,sinfdan  va  maktabdan  tashqarida  amalga 

oshiriladigan  tarbiyaviy  ishlardan  holi  vaqtda  ular  o`qituvchi  eki  tarbiyachining  ta`siri  hamda 

nazoratidan uzoqlashadilar. 

O`quvchilarga nisbatan maktab (ta`lim muassasi)ning ta`siritni susaytirmaslik maqsadida 

sinfdan, maktabdan tashqarida va ta`til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e`tibor beriladi. Ana 

shu maqsadda qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi. 

Tarbiya  jaraenining  yaxlitlik  tizimliligi  xususiyati  bir  qaror  muhim  pedagogik  talablarga 

amal  qilish  uqituvchi  va  o`quvchilar  O`rtasidagi  hamkorlikni  ehtietkorlik  bilan  qaror  toptirishni 

talab etadi. 


Tarbiyaning  yana  bir  xususiyati  shundan  iboratki,  bu  jaraen  ikki  tamonlama  al  aloqa 

xususiyatiga ega bulib unda baloning o’zi ham faol ishtiroq etadi. 

Tarbiyaning  pedagogik  texnologiyasi  nazariyasi  g`oyasiga  muvafiq  endilikda  o`quvchi 

tarbiya jaraenining o`bektigina bo`lib qolmasdan su`bektiv bulib ham faoliyat ko`rsatadi. Shuning 

uchun  o`qituvchi  o`quvchining  ichki  imkoniyatlarini,unga  nisbatan  bulaetgan  tashqi  ta`sirlarini 

axborot  manbalarini  inobatga  olish  zarur.  Agarda  mazkurtalab  unutilsa,  shaxsni  tarbiyalash 

qiyinlashadi, eki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jaraenining yana 

bir  xususiyati  tarbiyada  qarama-qarshilikning  g`oyat  ko’pligi  kelib  chiqadi.  Ushbu  qarama-

qarshiliklar  o`quvchilarga  tushinchalariga  muvofiq  paydo  bulgan  daslabki  sifatlar  urtasida  eki 

uquvchilarga  quyiladigantalablar  bilan  ularini  bajarish  imkoniyatlari  O`rtasida  ziddiyatlarning 

kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. 

Demak  yuqarida  baen  etilgan  fikr  mulohazalarga  tayangan  halda  mavzuga  kuydagicha 

xulosa qilish mukmkin. 

1.  Tarbiya  -esh  avlodni  muayan  maqsad  yo`lida  har  tamonlama  voyaga  etgazish  unda 

ijtimoiy  ong  va  xulq-avtorni  tarkib  toptirishiga  yo’naltirilgan  faoliyat  jaraeni  bulib,har  qanday 

ijtimoiy  tizim  va  zamonda  ijtimoiy  munosabatlar  mazmunini  aniqlash,  ularni  tashkil  etish  asosi 

bo`lib kelgan. 

2.  esh  avlod  tarbiyasi  turli  makon  va  zamonda  muayan  maqsad  asosida  tashkil  etiladi. 

Ijtimoiy  tarbiyani  yo`lga  qo’yish  jaraenida  bir  qator  vazifalari  ijtimoiy  tizim  mohiyati  taraqiet 

darajasi,  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni,  shunindek,  jamiyat  fuqarolarning  duneqarashi, 

intilishlari orzu niyatlari asosida belgilanadi. 

3.  Tarbiya  jaraenining  xususiyatlarini  chuqur  anglash  va  ularni  inobatga  olgan  holda 

tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, vazifalarni ijobiy hal etish 

imkonini beradi. 

           

 


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling