O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana26.05.2018
Hajmi0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mustahkamlash savollar: 

 

1. Tarbiya jaraenining umumiy tavsifi 

2. Tarbiya jaraenining maqsad va vazifalari 

3. Tarbiya jaraeninin o’ziga xos xususiyatlari 

 

ADABIeTLAR 



1.  Pedagogika  inshaotlari  uchun  o`quv  qullanma  A.Munavvarov  tahrir  ostida    -  T. 

O`qituvchi 1996y 198 b 

2. Ziemuhamedov B. Ma`rifat ososlari.T-1998.  

3.Tursunov I.Nishonaliev U. Pedagogika. O`qituvchi T-1997y 230 b  

4. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi. Ma`rifat gazetasi, 1993 

y 3 mart  

5. Podlasoy I. P. Pedagogika.M.Gumanitornoy izdatel`skiy tsentr Vlados.1999y 226 b. 


TARBIYa QANUNIYaTLARI, TAMOYILLARI  

VA MeTODLARI 

 

ReJA. 



1. Tarbiya jaraenining konuniyatlari. 

2. Tarbiya tamoyillari. 

3. Tarbiya metodlari vositalari va ularning mohiyati. 

            



T.t. Tarbiya jaraenining konuniyatlari, tarbiya tamoyillari, tarbiya metodlari vositalari va 

ularning mohiyati. 

 

Tarbiya  jaraenini  ilmiy  asoslangan  tarzda  olib  borish  uning  qonuniyatlarini  chuqur 



O`rganishni  talab  qiladi.  Bu  qonuniyatlar  voqieadlarning  muayyan  rivojlanishi  uchun  sharoit 

yaratuvchi  sabab    va  oqibat  O`rtasidagi  muhim,  zarur  ichki  aloqalarning  ifodasi  sifatida  namoen 

bo`ladi. 

Tarbiya  jaraenining  asosini  ijtimoiy  xaetining  ob`ektiv  talabalarini,  insonning  ijtimoiy 

mohiyatini va tabiatni aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. 

Tarbiyaning  birinchi  va  eng  muhim  qonuniyati  uning  ijtimoiy  muhitning  ob`ektiv  va 

sub`ektiv  omillariga  bog`liqligidir.  Ijtimoiy  tarbiya  mazmuni  moddity  ishlab  chiqarish  usuli, 

jamiyatning  ijtimoiy  tuzilishi,  siesiy  tuzum  hamda  milliy  mafkura  g`oyalari  asosida  qaror  topadi. 

Ijtimoiy  jamiyatining  ijtimoi-iqtisodiy  hamda  siesiy-g`oyaviy  asoslarini  tashkil  qiladigan  hamda 

tarbiyaning  mazmuni  va  uning  olib  borilishiga  kuchli  ta`sir  ko`rsatiladigan  ijtimoiy  jaraenlar 

tarbiyaning  sub`ektiv  omillari  sirasiga  tarbiya  muassasalari,  jamoat  tashkilotlari,  o`qituvchilar, 

tarbiyachilar,  oila  mo’hiti,  jamotchilik  duneqarshi,  mafkura  g`oyalari,  shaxsni  har  tomonlama 

rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi. 

Tarbiyaning  ikkinchi  muhit  qonuniyati  uning  shaxs  rivojlanishi  bilan  birligi,  o’zaro 

aloqadorligi va bog`liqligidir. 

Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning g`oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog`liqdir. Ayni 

chog`da  tarbiyaning  mazmuni,  shakl  va  metodlari,  shaxsning  rivojlanish  darajasiga  ham  bog`liq. 

Tarbiya  jaraeni  psixologiya  fani  asoslarini,  shaxsning  psixologik  va  fiziologik  rivojlanish 

qonunlarini  bilishni  talab  qiladi.  Tarbiyachi  (o`qituvchi)  tarbiyalanuvchi  (o`quvchi)  shaxsnini  har 

tomonlama  O`rganishi  va  shu  asosida  ta`sir  ko`rsatishi  lozim.  Tarbiyalanuvchining  shaxsiy 

xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, tarbiyaviy ta`sir bir tomonlama eki tasodifiy 

bo`lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta`sirlarga mos bo`lmay qoladi. 

Tarbiyaning  uchinchi  qonuniyati  faoliyat  va  munosabat  birligini  e`tirof  etish  shaxsning 

ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manban ekanlagini e`tirof etishdir. 

Tarbiyalanuvchilarning  faoliyati  jamiyat  uchun  qanchalik  foydali  ravishda  maqsadga 

muvofiq tashkil etilar, shaxs va jamiyat O`rtasidagi munosabatning oqilona bo`lishi ta`minlar ekan, 

tarbiya jaraeni shunchalik samarali bo`ladi. Shaxs faoliyati ijtimoiy munosabatlar negizida yo`lga 

qo’yilib, tizimli tarzda kechadi. 

Sub`ek  (shaxs  )  >  ob`ekt  (ijtimoiy  borliq)  >  ijtimoiy  munosabatlar  tarzda  tashkil 

etiladigan aloqa jaraeni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishini ham belgilashi mumkin. Ijtimoity 

munosabatlarni  tashkil  etish  jaraenida  shaxsga  borliqni  his  etish,  o’z-o’zini  anglash,  aloqa 

aralashuv va  o’zlashtirish sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiejini qondirishga 

qaratligan  faolit  jaraenida  ijtimoiy  bilimlarni  o’zlashtirishga  nisbattan  qiziqish  hosil  bo`ladi. 

Qiziqish  o’z  navbatida  shaxsda  muayyan  haetiy  maqsadning  qaror  topishiga  olib  keladi.  Maqsad 

asosida  shaxs  nafaqat  ijtimoiy  bilimlarni  egallashga  intiladi,  balki  o’zlashtirilgan  bilimlarni 

egallash laekatini ham namaen eta borish maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi 

g`oyalar  amaliy  harakatlarni  tashkil  etish  borisidagi  rag`batlarning  yuzaga  kelishi  uchun  zamin 

hozirlaydi.  Rag`batlar  o’zida  quyidagi  xususiyatlarni  aks  ettiradi  fuqoralik-vatanparvarlik, 

insonparvarlik,  ilmiy  anglash,  ahloqiylik,  iqtisodiy,  ekologik,  jismoniy,  estetik,  huquqiy  va 

boshqalar. 



Qayd  etilgan  rag`batlar  amaliy  xarakatning  tashkil  etilishi  uchun  turtki  beradi.  Ijtimoiy 

munosobatlar  jaraenida  shaxs  faoliyati  mazmunini  tahlil  etish,  ularda  o’z  faoliyatlariga  nisbatan 

topqidiy endashuvni qaror toptirish, shunungdek o’z faoliyatiga borish talab etiladi. 

Ijtimoiy-munosabatlarning  yaxlit  tizimida  tarbiyachi,  o`qituvchi,  ota-onalar  hamda 

jamoaning  tarbiyalanuvchi,o`quvchi,  farzandar  va  shaxs  bilan  bo`ladigan  o’zaro  ta`siri  jaraenida 

kelib chiqadigshan tarbiyalanuvchi munosabatlar alohida ahamiyatga ega. 

Tarbiyaning  tO`rtinchi  qonuniyati  tarbiyalanuvchilar-ning  o’zaro  tarbiyaviy  ta`sirga  ega 

ekanliklari,  ularning  o’zaro  munosabatlari,  hamda  faol  faoliyatlari  O`rtasidagi  bog`lanishning 

mavjudligi sanaladi. 

Tarbiyachi 

(o`qituvchi)larning 

tarbiyalanuvchi 

(o`quvchi) 

larning 


tarbiyalanuv 

(o`quvchi)larga  pedagog  ta`siri  ular  faoliyati  va  munosabatlarini  tizimli  hamda  rejali  tarzda 

maqsadga muvofiq tashkil qilishni nazarda tutadi. 

Rivojlantiruvchi  (shaxsni  rivojlantirish)  tarbiya-lovchi  (tarbiya  maqsadlarini  amalga 

oshirish) va tashkilotchilik,(faoliyat va munosabatlarni maqsadga muvofiq tashkil etish) vazifalari 

tarbiya jaraenida tarbiyalanuvchilarning asosiy vazifalari sanaladi. 

Tarbiyalovchi ta`sirlar muayan shaxslarga turlicha ta`sir kursatadi. Shu bois tarbiyachi har 

bir  tarbiya-lanuvchining  o’ziga  xos  shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olib,  ta`sir  kursatishning 

individual  yo`llarini      qidirib  topishi  lozim.  Tarbiyachi  muvafoqiyat  aksariyat  xzolarda 

pedagogning  ongliligi,  axloqiy  sifatlarga  egaligi,  odilligi,  qat`iyatliligi  va  boshqalarni  xususiyat 

bilishiga bog`liqdir. 

Demak, tarbiya jaraenining qonuniyatlari quydagilardan iboratdir. 

 

Tarbiya jaraenining qonuniyatlari 



 

1. Tarbiyaning ijtimoiy muhitning ob`ektiv va sub`ektiv olimlarga bog`liqligi. 

 

2.  Tarbiyaning  shaxs  taraqikieti  (rivojlanishi)  bilan  birligi  o’zaro  aloqadorligi  va 



bog`liqligi 

                   

       

3. Faoliyat va sunosabat birligining shaklda ijtimoiy ijobiy fazilatlarni shaklantirish 



negizi va asosiy manbai ekanligi 

 

4. Tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta`siriga ega: ekanliklari, ularning o’zro 



munosabatlari hamda faol faoliyatlari O`rtasidagi bog`lanishning 

 

Tarbiya  jaraenining  muvafaqaqiyati  uni  tashkil  etishda  qanday  tamotsyillarga  ko`ra  ish 



qO`rilaetganligiga ham bog`liq. 

2. Tarbiya tamoyillari deb esh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil 

insonni  tarbiyalash-ning  mazmuni,  metodlari  va  yunalishiga  quyiladigan  eng  muhim  talabalarni 

belgilab beruvchi asosiy g`oya va qoidalar yigindisiga aylanadi. 

Tarbiya tamoyillari uqituvchi, tarbiyalovchilarga yul-yO`riq ko`rsatuvchi qoidalar bo`lib, 

esh 


avlodni 

tarbiya-lash,barkkamol 

insonni 

shakllantirish 

vazifalariga 

muvofiq 


belgilanadi,shuningdek  ular  shaxs  tarbiyai  borasidagi  ilg`or  ta`limotlar  g`oyalriga  hamda 

pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi. 

Tarbiya tamoyillari tarbiya jaraeni qonuniyatlarini aks ettiradi. 

Tarbiyaviy  jaraenda ilg`or tamoyillarga amal qilinishi uning samarasini ta`minlaydi. 

Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat. 

-

 



tarbiyaning maqsadga yo’naltirilganligi 

-

 



tarbiyada demokratik va insonparvarlik g`oyalar ustunligi 

-

 

tarbiyada  milliy umumbashariyqadriyatlar ustunligi 



-

 

tarbiyada izchilik va tizimlilik 



-

 

tarbiyani ijtimoiy haet bilan qushibolibborish 



-

 

tarbiyani mehnat bilan bog`lash 



-

 

tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish 



-

 

tarbiyada o`quvchining esh va individual xususiyatlarini hisobga olish 



-

 

jamoa va jamoa erdamida tarbiyalash 



-

 

tarbiyada o`quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo`qotish. 



Tarbiyaning  maqsadga  yo’naltirilganligi  va  g`oyaviy-ligi.  O`qituvchi  ijtimoiy  tarbiya 

maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur. 

esh  avlodni  yuksak  g`oyaviylik  ruhida  tarbiyalash  ularning  ongacha  halq,  millat,  yurt, 

jamiyat  manfaatlaridan  yuqoriroq  mafaat  bo`lishi  mumkin  emasligi  singdirishi,  ularni  Vatanga, 

xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. 

Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadiriyat deb tan olish, xar bir bola, o’smir va esh 

yigitning  betkaror  va  o’ziga  xosligini  xurmatlash,  uning  ijtimoiy  huquqiy  va  erkinligini  hisobga 

olish  lozim.  Tarbiyaning  demokratlash-  bu  tarbiyani    ma`muriy  ehtiej  va  qiziqish-lardan  yuqori 

qo’yish,  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi  O`rtasidagi  o’zaro  ishonch,  hamqorlik  asosida  pedagogik 

munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir.  Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish uning 

rivojlanishiga jamoat omiligi kiritish demakdir. 

Tarbiya  milliy  va  umuminsoniy  qadiriyatlar  ustunligi.  Halqining  ko’p  asrlik 

qadiriyatlarini.  Ulkan  va  boy  merosini  chuqur  bilmasdan,  milliy  o’zlikni  anglash,  milliy  g`urur 

tuyg`usini  qaror  toptirish  mumkin  emas.  Shu  bois  zalq  an`analari,  urf  odatlari,  marosimlari,  xalq 

og`zaki ijodi, milliy o’yinlar va ularda ifodalangan g`oyalarni o`quvchilar ongiga singdirish, ularda 

ushbu g`oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. 

Tarbiyada izchillik va tizimlilik. Tarbiyaga yaxlit tizimli endashish tarbiyaning pedagogik 

xarakatning pirovard natijasiga yo’naltirilganlik darajasini belgilab beradi. 

Bunda  pedagogik  maqsad  va  vazifalar,  uning  mazmuni  tarbiyaviy  jaraenining  barcha 

qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart. 

Tarbiyada  izchillik  juda  muhimdir.  O`qituvchilarga  birdaniga  ko’p  talab  va  qoidalarni 

taqdim  mumkin  emas.  O`qituvchilar  o`quvchiga  bo`lgan  munosabat  jaraenida  bir-biriga  zid 

harakatda bo`lmasliklari, yagona talab qo’yilishi lozim. 

Tarbiyani  ijtimoiy  haet  bilan  qo’shib  olib  borish.  esh  avlodning  o’sib-ulg`ayishi  va 

shaxsning  shakllanishiga  haet,  ijtimoiy  jamiyat  ta`sir  etadi.  Bu  bir  tomonda  bo`lsa,  ikkinchidan, 

bolalarni  tarbiyalashdan  maqsad  uni  turmush  uchun  mustaqil  haet  uchun  tayerlashdir,  shunday 

ekan,  maktab  va  tarbiya  muassasalarida  olib  boriladigan  ta`lim  va  tarbiya  ishlari  turmush  bilan 

mustahkam bog`langan bo`lishi kerak. 

Tarbiyani mehnat bilan bog`lab olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta`siri g`oyat kattadir. 

Mehnatda ishtiroq etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o’z qobiliyati va iste`dodini namaen 

qiladi  va  kamolga  etkazadi.  Mehnat  esh  avlodning  tarbiyasi  uchun  juda  katta  vositadir.  Mehnat 

bolalarga  siesiy-ma`naviy  tarbiya  berish  uchun,  ularda  duneqarashni  vujudiga  kelitirish  zamin 

hozirlaydi. 

Tarbiyalanuvchi  shaxsini  hurmat  qilish.  O`qituvchilarni  ijtimoiy  tarbiyalashning  muhim 

tamoyillaridan biri ular shaxsini xurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib 

chiqadi. 

Tarbiyada  o`quvchiing  esh  va  individual  xususiyatlarini  ho’isobga  olish.  Tarbiyaning 

mazmuni,  shakl  va  metodlari  bolalarning  eshi  va  saviyasiga  qarab  turli  sinflarda  turlicha  bo`ladi. 

Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlari: bolalik, o’smirlik va o’spirimlik bosqichini bosib 

o`tadilar.  Shu  davrlar  ijtimoiy  borliq  va  voqieliklar  haqida  aniq  bilimlarga  ega  bo`ladilar.  Shu 

yillarr  ichida  bolaning  ahloqiy  tuyg`uli  rivojlanadi,  xulqi  va  ongi  O`rtasida  uyg`unlik  vujudiga 

keladi,  xarakter  tarkib  topadi.  Bolalarning  esh  va  rivojlanish  xususiyatiga  ko`ra  beriladigan 

tarbiyaning mazmuni ham o’zgarishiga olib keladi. Tarbiya berishda har bir o`quvchining shaxsiy 

xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. 

Jamoa va jamoa erdamida tarbiyalash. Tarbiya jaraenining o`quvchilarning jamsoa bo`lib 

birlashishlari,  ularda  manfaatdor  birligi,  o’zaro  erdam  tuyg`usini  o’stirishga  xizmat  qilish 



lozim.To’g`ri  tashkil  etilgan  jamoa  odjamlarning  qobiliyat  va  iste`dodini  rovjlanishi  uchun  keng 

imkoniyatga  ega  bo`ladi.  O`quvchilar  axil  jamoa  bo`lib  uyushganlaridagina  tarbiya    ishlarini 

amalga oshirish ancha engil va muvafaqqiyatli bo`ladi. 

O`qituvchi  hamma  vaqt  o`quvchilar  jamoasiga  odatlanib,  jamoada  yashash  va  ishlashga 

O`rganib borishi lozim. 

Tarbiyada  o`quvchi  xulqidagi  ijobiy  siftlarga  tayanib,  salbiy  xislatlarni  yo`qotib  borish. 

Mahoratli pedagoglar o’z o`quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini 

amalga  oshirish  uchun  bola  xulqidagi  ijobiy  sifatlarga  suyanib  ish  ko`radilar.  Boladagi  ijobiy 

sifatlardan  tayanish  uning  salbiy  sifatlarini  yo`qotish,  emon  odatlardan  qaytarishning  eng  yaxshi 

vositasidir.  Tarbyuiya  muvofaqqiyati  mazkur  masalaning  to’g`ri  hal  etilishiga  o`qituvchi 

(tarbiyachi) tomonidan qo`llanilaetgan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir. 

3.  Tarbiya  metodlari  bola  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirish  maqsadi  bilan 

belgilanadi  va  tarbiya  jaraeniga  taaluqli  ko’pgina  tarkibiy  qismlarni  o’z  ichiga  oladi.  Tarbiya 

metodlari  ijtimoiy  jamiyat  tomonidan  ta`lim  muassasalari  oldiga  har  tomonlama  barkamol,  erkin, 

ijodkor,mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. 

Bu 


boradagi 

vazifalar 

esh 

avlodni 


Өzbekiston 

Respublikasi 

mustaqilligini 

mustahkamlash.  Vatan  ravnaqi  halq  farovonligi  yo`lida  faoliyat  olib  boruvchi  shaxslarni 

tarbiyalash,  ularni  bu  kurashga  jalb  ettirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Ushbu  g`oyaga  tayangan 

holda. Tarbiya qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish qO`rish lozim bo`ladi. 

Tarbiya  metodlari  yunoncha  («metodos»-  yo`l)-bu  o`qituvchi(tarbiyachi)va  jamoa 

tomonidan  g`oyaviy  va  ma`naviy  e`tiqodlarini,  ma`naviy  his-tuyg`u  va  odatlarini  tarkib  toptirish 

maqsadida qullaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari 

o`quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning  o’z  shaxsini  takomillashtirish  borasidagi  harakatni  ham  tashkil 

etishni  nazarda  tutadi.  Shu    bois  hozirgi  zamon  pedagogikasida  tarbiya  metodlari  o`qituvchi  va 

o`quvchilarning  tarbiyaviy  vazifalarni  hal  qilishga  qaratilgan  o’zaro  bog`langan,    birgalikdagi 

faoliyati usuli sifatida qarab chiqiladi. 

O`quvchilar  u  eki  bu  tarbiyaviy  ta`sirga  turlicha  munosabatda  bo`ladilar.  Bu  ularning 

individual  xususiyatlariga,  tarbiyalangalik  darajasiga.  Tarbiya  metodlarining  qay  darajada  O`rinli 

va  samarali  tanlan-gani  hamda  mohirona  qo`llanilganligiga  bog`liq.Tarbiya  metodlarini  to’g`ri 

tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda,o`quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash va faoliyatini 

rag`batlantirishda  erdam    beradi.  Tarbiyaviy  natijalarga  erishishni  istagan  har  bir  o`qituvchi 

(tarbiyachi)  tarbiya  metodlari  va  ularning  mohiyatini  puxta  o’zlashtirishib  olish  maqsadga 

muvofiqdir.  Tarbiya  jaraenida  ushbu  qoida  va  me`rlar  shaxsning  e`tiqodi,  ishonchi  va  haetiy 

qarashlargi  aylanadi.  Ushbu  guruhga  ma`naviy  (ahloqiy,estetik,  siesiy,  huquqiy,  jismoniy, 

ekologik, iqtisodiy va h.k) mazmunidagi suhbatlar, hikoyalar ma`ruzalar hamda namuna ko`rsatish 

metodlarini kiritish mumkin. 

Ikkinchi  uruh  metodlari  erdamida  o`quvchida  ma`naviy  mazmunga  ega  odatlar  hosil 

qilinadi.  O`quvchi  hulqida  ijtimoiy  tarbiyaning  mazmuniga  muvofiq  ma`naviy  odatlar  asosan 

faoliyat zaminida tarkib topadi. 

Faoliyat  o`quvchilarning  ijtimoiy  munosabat  va  ijtimoiy  xulq-atvor  tajribasi  bilan 

boyituvchi muhim manba bo`lib hisoblanadi. 

Ikkinchi  guruh  metodlari  orasida  pedagogik  talab  metodi  ahamiyatlidir.  Pedagogik  talab 

turli vazifalarning bajarilishi: ya`ni, ijtimoiy xulq-atvor ma`erlarning ifodalash: u eki bu faoliyatda 

qatnashib  bajarilishi  zarur  bo`lgan  aniq  bir  vazifani  amalga  ooshirish:  u  ei  bu  harakatni 

rag`batlantiruvchi  eki  tuxtatuvchi  bo`lishi:  oqilona  harakatni  olib  borishga  undovchi  bo`lishi 

mumkin. 

Talabalar  bevosita  eki  bilvosita  qo’yilishi  mumkin.  Bevosita  talabalar  qat`iy  buyruq  eki 

ko`rsatma,  ishchanlik,  yul-yO`riq  beruvchi  xarakterdagi  ko`rinishda  bo`ladi.Bilvosita  talabalar 

kechikma,  intilishi  tuyg`usining  ug`otishni  ko’zda  tatgan  holda  maslahat,  iltimos,  shama  qilish, 

faoliyatga  nisbatan  qiziqish  uyg`otish  tarzida  namoen  bo`ladi.  Talabalr  o`quvchida  u  eki  bu 

darajada  ong.  Asos,  maqsad  hamda  e`tiqod  mavjudligini  nazarda  tutadi.  Ayni  vaqtda  o`qituvchi 

o`quvchilarga  nisbatan  quyilaetgan  talabalarning  ma`erida  bo`lishiga  qat`iy  ahamiyat  berishi 

lozim. 


O`qituvchi  tomonidan  quyilaetgan  talabalar  bora-  bora  jamoa  talabiga  aylanadi.  Jamoa 

talabi ijtimoiy fikr tarzida namoen bo`ladi. Jamoa (jamoatchilik)fikri o’zida jamoatning muayyan 

faoliyat,  voqea-hodisaga  nisbatan  beriladigan  bahoni  eki  muhokama  natijasini  ifodalaydi  va  faol 

ta`sir kuchi bo`lib qoladi. 

Foydali  faoliyat  va  maxsus  tashkil  qilinadigan  vazifalar  jaraenida  ijobiy  xulq-atvor  va 

xarakterlarga O`rgatib boriladi. 

O`rgatish-bu  ijtimoiy  xulq-atvorning  odatiy  shakliga  aylantirish  maqsadida  o`quvchilar 

tomonidan  rejali  va  tizimli  tarzda  tashkil  etiladigan  turli  xarakatlar  va  tashkil  etiladigan  turli 

xarakatlar va amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir. 

O`rgatish  o`quvchilarni  tarbiyalash  va  rivojlantirishning  barcha  bosqichlarida  samarali 

vosita sanaladi. 

Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa o`quvchilar amaliy faoliyatlarini tashkil qilish 

metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sharti hisoblanadi. Musobaqa faolliyatning 

barcha sohalarida o`quvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga faolligi va ijodkorligini 

rivojlantirishga  o`quvchilar  jamoasi  faoliyatini  muayyan  maqsadga  yo’naltirishga  ko’maklashadi. 

Musobaqa  to’g`ri    tashkil  qilinganda  jamoa  hissi  muvaffaqiyatli  shakllantiradi,  intizom  va 

o`quvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi. 

Musobaqa  alohida  faoliyat  turi  bo’yicha  shuningdek,  tizimli  tarzda  ham  uyushtiriladi: 

chunonchi,eng yaxshi guruh,eng yaxshi jamoa, eng yaxshi maktab va x.k. 

Tarbiya jaraenida o`quvchilarning o’zlari va g`ayrat ko`rsatish asosida musobaqani tashkil 

etishlariga  uning  sharti  va  ko`rsatkichlarini  ishlab  chiqishlariga  erishish  muhimdir.  Shuningdek, 

jamoning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini 

stendlar  aks  etishini  ta`minlash  to’g`risida  g`amxurik  zarur.  Jamoachilik  fikri  musobaqa 

faoliyatining muhim asosis bo`lib qoladi. 

Birinchi va ikkinchi guruh metodlarining o’zaro  bog`liq holda qo`llanishi oraqali ong va 

xulq  birligini  yuzaga  keladi,  ammo  bu  o’z-o’zidan  vujudga  kelmaydi,  balki  o`quituvchining 

tashkilotchilik mahorati hamda uning o`quvchi ongi, xulqiga ta`sir etaetgan vositalar xususiyatlari, 

ahamiyatini ko`ra olishiga bog`liq. 

Uchinchi  guruh  metodlariga  shunday  metodlar  kiradiki,  bulardan  tarbiyalanuvchilardagi 

ijobiy  xulq  avtorni  rag`batlantirish,  salbiy  xislatlarni  tuzatish  eki  oldini  olish,  ularning  his-

tuyg`ulari  va  maqsadlariga  bevosita  ta`sir  ko`rsatishda  foydalaniladi.  Ushbu  guruhga 

rag`batlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi. 

Rag`batlantirish  metodlari-o`quvchilarning  harakatlarini  ijobiy-  ijtimoiy  baholashni 

ko’zda  tutadi.  Rag`batlantirish  quvonch,  qoniqish,  qanoatlantirish  kechikmalarni  payda  qiladi, 

tetiklik  va  g`ayrat  bag`ishlaydi,  o’z  kuchiga  ishonchni  mustahkamlaydi,  ijobiy  xatti-harakatlarni 

rag`batlantiradi, o’z faoliyati va xulkiga mas`uliyatni oshiradi. Rag`batlantirish metodlari xilma-xil 

bo`lib,ular  sirasiga  ma`qullash,  ko’ngil  ko`tarish  va  dalda  berishi,  ishonch  bildirish,  qayd  qilish, 

og`zaki eki ezma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi. 

Rag`batlarntirish pedagogik talabalarni hisobga olgan holda qo`llanishi lozim. Hal qanday 

rag`batlantirish  o`quvchining  jamoa  oldidagi  chinakam  xizmatlariga  muvofiq  bo`lishi  lozim. 

Rag`batlantirish  vaqtida  o`quvchining  individual  xususiyatlarini  jamoada  tutgan  O`rnini  hisobga 

olish  va  ketma-ket  bo`lmasligi  kerak.  Haddan  oshirib  maqtash,  jamoaga  nisbatan  taqqoslash 

talabchanlikni  bo’shashtirib  yuborish-bular  o`quvchida  manmalik,  xidbinlik  sifatlarining  yuzaga 

kelishiga sabab bo`ladi. Rag`batni tashkil etishda o`quvchining muvaffaqiyatlari bilan birga, uning 

jamoadagi  O`rni,  axloqiy  qiefasi,  shuningdek,  mehnatga  jamoa  topshiriqlariga,  jamoaning  o’zig 

munosabati boraisdagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi. 

Jazo berish metodlari- bu o`quvchining xatti- harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. 

Jazo  berish  axloq  me`erlarirga  qarama-qarshi  faoliyat  va  xatti-harakatlarni  muhokama  etishni 

ifodalaydi. Jazo berish noma`lum xatti- harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatish jamoa oldida 

uyalish,  o’zini  gunohkor  deb  bilish  hissini  uyg`otishi  mumkin.  Jamoa  tomonidan  eki  qo`llab-

quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham xilma-xil bo`lib, ular jumlasi tanbeh berish, qoyish, 

uyaltirish,  qizartirish  xatti-harakatlarini  jamoa  O`rtasida  muhokama  qilish,  muayyan  faoliyatidan 

chetlatish va boshqalar kiradi. 


Jazo  berishda  ham  pedagogik  talabalarga  amal  qilish  zarur.  Berilaetgan  jazo  maqsadga 

muvofiq  bo`lib,  o`quvchining  aybiga,  salbiy  xatti-harakatlariga  qarab  berilishi  lozim.  Jazo  berish 

chog`ida  salbiy  xatti-harakatning  sababalar,  uning  jamoaga  etkazadigan  zarari,  o`quvchining 

shaxsiy xususiyatlari inobatga olinishi lozim. 

Jazo  berish  o`quvchining  shaxsiy  manfaatlaridan  kelib  chiqmasligi  eki  uning  uchun 

xizmat qilmasligi lozim. 

Jazo  jamoa  tomonidan  ham  berilishi  lozim.  Barcha  hollarda  ham  jazo  o`quvchining 

jismoniy va ruxiy azobga solmasligi, uni tahqirlamasligi, sha`nini erga urmasligi, huquqini paymol 

etmasligi kerak. 

Tarbiyaning  barcha  metodlari  sharoitni,  joy  vaqtini,  shuningdek,  ularning  o’zaro  bir-

biriga ta`siini hisobga olgan holda qullash maqsadiga muvofiqdir. 

Tarbiya  vositalaridan  foydalanish  doimo  unga  muvofiq  keluvchi  tarbiya  metodlari  va 

usullardan  foydalanilish  taqozo  etiladi,  chunki  ular  erdamida  ong,  xis-tuyg`u,  xulq  atvor  tarkib 

toptiriladi, o`quvchining turli ko`rinishidagshi faoliyati uyushtiriladi. 

Bugungi  kunda  tarbiya  jaraenida  axborot  va  texnik  vositalardan  foydalanishga  alohida 

diqqat-e`tibor  qaratilmoqda.  Ulardan  maqsadga  muvofiq  va  samarali  foydalanish  o`quvchining 

ma`naviy kamol topishiga olib keladi. 

Yuqorida  bildirilgan  mulohazalarga  tayangan  holda  mavzu  yuzasidan  quyidagi 

xulosalarga kelish mumkin. 

1. Tarbiya jaraenining asosini ijtitmoiy-xaetning  ob`ektiv talabalarini, shaxsning ijtimoiy 

mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. 

Tarbiya  jaraenini  ilmiy  asoslangan  tarzda  olib  borish  uning  qonuniyatlrini  chuqur 

O`rganishni talab etadi. 

2.  Tarbiya  jaraenining  muvaffaqiyati  uni  tashkil  etishda  qanday  tamoyillarga  ko`ra  ish 

ko`rilaetaganligiga  ham  bog`liq.  Tarbiya  tamoyillari-esh  avlodni  tarbiyalash  maqsadidan  kelib 

chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yo’nalishiga quyiladigan eng 

muhim talabalarni belgilab beruvchi asosiy g`oya va qoidalar yig`indisidir. 

3.  Tarbiya  jaraenini  tashkil  etishda  o`quvchi  tomonidan  qullaniladigan  metodlar  ham 

muhim ahamiyatga ega bo`lib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga quyilgan 

esh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari 

bilan belgilanadi.Tarbiya metodlari o’zaro o’xshash jihatlariga ko`ra uch guruxga bo`linadi. 

Tarbiya  jaraenida  qo`llaniladigan  tarbiya  vositalari  tarbiya  metodlari  ahamiyatini 

kuchaytirishga xizmat qiladi. 


Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling