O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 324.78 Kb. Pdf ko'rish
|
leksikalogiya va frazeologiya
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O’zbek tilshunosligi kafedrasi
«LEKSIKALOGIYA VA FRAZEOLOGIYA» fanidan MA’RUZA MATNLARI. Nukus - 2012 MA’RUZA MATN MUNDARIJASI MA‘RUZA 1. Kirish. Leksikologiya kursining maqsadi va vazifalari
4 REJA: 1.
Lekeikologiya predmeti haqida tushuncha. 2.
So‘z va uning ma’nolari. 3.
O‘z va ko‘chma„ma’noli so‘zlar. 4.
Ma’no ko‘chish yo‘llari. 5.
So‘z ma’nolarining o‘zgaruvchanligi. 6.
So‘zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 7.
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar.
4
5 6 7 MA‘RUZA 2. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati.
REJA: 1.
Nominativ birlik 2.
Leksik so’z 3.
Grammatik so’z 4.
Semema 5.
Nomema
MA‘RUZA 3.
REJA: 1. Leksik ma’no 2. Fonetik so’z 3. Denotot 4. Referent 5. Signifikat 6. Valentlik 7. Tushuncha 8. Turkumlik semalari
REJA: 1. Atash semalari 2. Ifoda semalari 3. Vazifa semalar 4. Terminlar.
Leksemaning uzual va okkazional ma’nolari
REJA: Uzual ma’no Okkazional ma’no . Leksik qo’llash
MA’RUZA 6. Leksik monosemiya va polisemiya
REJA: 1. Leksik monosemiya 2. Leksik polisemiya 3. Leksik ma’no taraqqiyoti.
7. Leksik ma’no tiplari
REJA: 1. Hozirgi leksik ma’no 2.Avvalgi leksik ma’no 3.Bosh ma’no 4.Hosila ma’no 5.Eski leksik ma’no 6.Etimologik leksik ma’no 7. SHakl etimoni
Leksik sinonimiya.
1. Sinonimiya 2. Sinonimik qator 3. Dominanta 4. Ma’no sinonimlari 5. Uslubiy sinonimlar 6. Nutqiy sinonimlar
Leksik antonomiya
REJA: 1. Antonimiya 2. Antonimik juftlik 3. Kontekstual antonimiya 4. Enantiosemiya 5. Mantiqiy markaz
10. LEKSIK ONONIMIYA.
REJA: 1. Omonimiya 2. Leksik omonimiya 3. Omoformalar 4. Omofonlar
1. Paronimiya 2. Kvaziomonimlar 3. So’z variantlari 4. Paronomaziya
12. REJA: 1. Giponimiya 2. Giponim
3. Giperonim 4. Graduonimiya. 5. Partonimiya
REJA: 1. O’z qatlam 2. O’zlashgan qatlam 3. Umumturkiy so’zlar 4. Sof o’zbekcha so’zlar 5. Arabcha o’zlashmalar 6. Fors-tojik so’zlari 7. Ruscha-baynalmilal o’zlashmalar
1.Lekeikologiya predmeti haqida tushuncha. 2.So‘z va uning ma’nolari. 3.O‘z va ko‘chma„ma’noli so‘zlar. 4.Ma’no ko‘chish yo‘llari. 5.So‘z ma’nolarining o‘zgaruvchanligi. 6.So‘zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 7.Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. TAYANCH TUSHUNCHALAR. Leksikologiyaning ob’ekti – tilning luHat boyligi, leksik tizimi. LuHaviy birliklar – so’z va iboralar (leksema va frazemalar). Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) – tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar. Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) – til taraqqiyotiga (shu jumladan,leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o’tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tizim, psixologiya, urf- odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar.
leksikologiyaning umumnazariy masalalari bilan shuHullanuvchi bo’limi. Xususiy leksikologiya – leksikologiyaning muayyan bir til luHat boyligi haqida ma’lumot beruvchi turi. Tavsifiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning luHat boyligini shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti bilan boHlamay o’rganadigan leksikologiya. Tarixiy leksikologiya – ayrim olingan bir tilning luHat boyligini tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan boHlab o’rganadigan leksikologiya. Semasiologiya – leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan boHliq masalalarni o’rganuvchi soha. Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish printsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha. Etimologiya – tilshunoslikning so’z va morfemalarning kelib chiqishini o’rganuvchi bo’limi. Leksikologiyaning ob’ekti tilning luHat boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so’zlarni va shu so’zlar boHlanishidan tarkib topgan ko’chma ma’noli turHun birikmalarni (frazemalarni) o’z ichiga oladi. Leksika atamasi ba’zan tor ma’nolarda ham qo’llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi.
xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish.
jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstra lingvistik) omillarning ishtirokini o’rganish; b) luHaviy birliklarning funktsional-semantik tavsifini berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish; v) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko’nikmalarini shakllantirish. Leksikologiya barcha tillarning luHat boyligi taraqqiyotiga xos umumnazariy masalalar bilan birga, ayrim olingan bir tilning luHat boyligi masalalari bilan ham shuHullanadi. SHunga ko’ra u dastlab ikki turga – umumiy leksikologiya va xususiy leksikologiyaga bo’linadi. 1. Umumiy leksikologiyada barcha tillarning luHat tarkibi taraqqiyotini belgilovchi qonuniyatlar ko’riladi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlarini luHat tarkibiga ta’siri, buning luHat tarkibida ma’lum o’zgarishlarga olib kelishi, luHaviy birliklarning zamoniylik, tarixiylik, ekspressiv-stilistik jihatdan qatlamlanishi, ma’lum tematik va leksik- semantik guruhlarga uyushishi kabi jarayonlar barcha tillarga xosdir. 2. Xususiy leksikologiyada muayayn bir tilning luHat boyligi o’rganiladi: o’zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, nemis tili leksikologiyasi kabi. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning luHat boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiya tajribalari va xulosalariga tayanadi. U o’z navbatida tavsifiy (sinhron) va tarixiy (diaxron) leksikologiya kabi turlarga bo’linadi: a) tavsifiy leksikologiyada ayrim olingan tilning, masalan, o’zbek tilining leksikasi statik holatda – shu til leksikasining avvalgi (o’tmishdagi) taraqqiyot dinamikasiga boHlanmay o’rganiladi, shunga ko’ra u sinxron leksikologiya sanaladi. b) tarixiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik holatda – tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan boHliq o’rganiladi, shunga ko’ra u diaxron leksikologiya hisoblanadi. Hozirgi o’zbek tili leksikologiyasi, asosan, tavfsifiy (sinxron) leksikologiyadir, ammo unda tarixiy (diaxron) leksikologiyaga murojaat etish hollari ham bo’lib turadi: o’zbek tili luHat boyligining tarixiy va zamonaviy qoplamlarini so’zlarning hozirgi va eskirgan ma’nolarini qiyoslash, tavfsiflash kerak bo’lganda shunday qilinadi. Leksikologiya tilshunoslikning sema-siologiya, onomasiologiya, etimologiya va frazeologiya kabi bo’limlari bilan hamkorlikda ish ko’radi, bunday hamkorliksiz tilning luHat boyligidagi leksik-semantik xodisalarni, luHat tarkibi taraqqiyotiga oid til faktlari to’Hri yoritib bo’lmaydi: semasiologiyada luHaviy birliklarning mazmun plan – semantik tarkibi va shu bilan boHliq masalalar tadqiq qilinadi; onomasiologiyada narsa-hodisalarni yoki tushunchalarni nomlash printsiplari o’rganiladi; etimologiyada so’zlarning kelib chiqishi aniqlanadi; frazeologiyada tilning luHat boyligidagi ko’chma ma’noli turHun birlikmalar – frazemalar xususida bahs yuritiladi. Tilning leksik, fonetik va grammatik sathlari ham o’zaro boHliqdir: fonetik birliklar so’zni boHliq tusiga kiritadi, morfemalar yasama so’zlarni shakllantiradi, so’zlarning birikuvchanlik imkoniyatlari, uslubiy vosita sifatidagi xususiyatlari ularning leksik va grammatik ma’nolariga hamda uslubiy semalariga tayanadi. Bular leksikologiyaning fonetika, morfemika, so’z yasalishi, grammatika va uslubshunoslik (stilistika) bilan aloqada bo’lishini taqozo qiladi.
so’zlar va iboralarning oddiy, mexanik yiHindisi emas, balki o’zaro aloqada bo’lgan, birining bo’lishi ikkinchisining bo’lishini taqozo qiladigan luHaviy birliklar va elementlar tizimidir, bu tizimdagi so’z va elementlar yaxlit bir "organizm"ning "to’qimalari" va "hujayralari" munosabatida bo’ladi: so’zlarning ifoda va mazmun tomonlari orasidagi aloqalar, leksik ma’no va uning semalari o’rtasidagi butun va qism munosabatlari, so’z ma’nolarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari shundan dalolat beradi. Bu tizimning asosiy birligi so’z ekanligini hisobga olsak, leksikologiyada bevosita so’zning o’zi bilan boHliq masalalar ham ko’riladi: so’zning til birligi sifatidagi mohiyati, so’z strukturasi (ifoda va mazmun planlari, semantik tarkibi), leksik ma’no va uslubiy semalar, leksik ma’no va etimon, leksik ma’no taraqqiyoti, udual va okkazional ma’nolar shular jumlasidandir.
1. Leksikologiya nimani o’rganadi? 2. Leksika nima? 3. Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. 4. Leksikologiyaning qanday turlari bor? 5. Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo’limlari bilan aloqada bo’ladi? Sabablari?
1.Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.: 1980, 103-110 2.Hozirgi o‘zbek adabiy tili, T.; 1966, 94-114. 3.M_.Mirzayev va boshqalar. O‘zbek tili.T.: 1978„ 17-26 4.H.Ne’matov, R.Rasulov. O‘zbek .tili sistem leksikologiyasi asoslari,- T.: 1995. , 5.SH.Orifjonova O‘zbek tilida
luғaviy graduonimiya. NDA T.:
1996 . 6.O‘zbek tili leksikologiyasi, T.: 1981, 4-10. 7.M.Mirtojiyev O‘zbek tilida polisemiya, T.: 1975 8.E.Qilichev. Badiiy tasvirning leksik vositalari, T.: 1982 9.I.Qo‘chqortoyev. So‘z ma’nosi va uning valentligi. T.: 1.977 10. E.Begmatov. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yaeksik qatlamlari. T.: 1985 . 11.R.Safarova. Leksik-semantik munosabatningturlari T.:1966 B.Qilichev,. O‘zbek tilida partonimiya. T.: 1997 MA’RUZA 2. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati. REJA: 6.
Nominativ birlik 7.
Leksik so’z 8.
Grammatik so’z 9.
Semema 10.
Nomema
TAYANCH TUSHUNCHALAR. Nominativ birlik – nomlash xususiyatiga ega birlik. Leksik so’z – leksik mazmunli so’z (leksema). Grammatik so’z – leksik ma’nosi bo’lmagan, grammatik mazmunli so’z (morfema- so’z).
Semema – leksik ma’no. Nomema – so’zning (leksemaning) nomi. 82-·. So’z tilining eng muhim nominativ birliklaridir, chunki u borliqdagi narsa- buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi: daraxt (predmet nomi), ong (mavhum tushuncha nomi), ishlamoq (harakat nomi), oq (rang-tus nomi), shirin (maza-ta’m nomi), katta (hajm nomi), besh (miqdor nomi) kabi. Tilning luHat boyligidagi bunday so’zlar leksik birliklar sanaladi. Tilda nomlash xususiyatiga ega bo’lmagan, binobarin, leksik birlik sanalmaydigan so’zlar ham bor, ular faqat grammatik yoki modal ma’nolarni ifodalaydi, shunga ko’ra grammatik so’zlar yoki morfema-so’zlar hisoblanadi: yordamchi so’zlar, modal so’zlar, taqlidiy so’zlar, undovlar, olmoshlar shular jumlasidandir. Bo’lar tilshunoslikda ifodalovchi so’zlar (undovlar, modal so’zlar, yuklamalar), ko’rsatuvchi so’zlar (boHlovchilar, ko’makchilar), olmoshlovchi so’zlar (olmoshlar) va atovchi so’zlar (atoqli otlarning ma’lum turlari) kabi guruhlarga ajratiladi. (24,50-51). Leksik mazmunli so’zlar leksikologiyada, grammatik mazmunli so’zlar esa grammatikada (so’z turkumlari bilan boHlab) o’rganiladi. Tilshunoslikda leksik mazmunli so’zlarning strukturasi har xil ta’riflanmoqda: Ayrim manbalarda leksik mazmunli so’zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib topgan moddiy tomoni)
semema leksik birlikning (so’zning) o’zaro aloqa bo’lgan ikki tomoni ekanligi ta’kidlanadi. 1
planlari birligidan iborat yaxlit butunlik ekanligini ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funktsiyadagi so’z yoki so’z birikmasi shaklida bo’ladi. U onomasiolologiyada tilning luHat tarkibidagi bir komponent (vokabula) sifatida, semasiologiyada esa malum ma’nolar tarkibidan iborat birlik (semantema) sifatida o’rganiladi. 2
leksik birlik sifatida qaralishi keng tarqalgan, bunda uning ifoda plani (tovush tomoni) nomema (19,54-55), termini bilan, mazmun plani esa semema (24, 51-b.) atamasi bilan nomlanmoqda. Mazkur darslikda ham shu an’anaga amal qilindi.
alohida o’rni bor: 1. Har qanday leksema ikki tomonning ifoda va mazmun planlarining nomema va sememaning birligidan tarkib topadi:
1 Толстой Н.И. Из опытов типологического исследования славянского словарного состава. – «Вопросы языкознание», 1963, №1. Новиков Л.А. Семантика русского языка – М:. «Высшая шкала», 1982, с.114. 2 Кодухов В.И. Введение в языкознание. – М:. «Просвещение», 1979, с.184-186. a) leksemaning ifoda plani uning fonetik qabiHidir (fonemalar, bo’Hinlar va so’z urHusidan iborat moddiy-material shakli). Masalan, quloq leksemasining ifoda planida 5 ta fonema (q,u,l,o,q), 2 ta bo’Hin (qu-loq) va 1 ta so’z urHusi (quloq) bor. Leksemaning ifoda plani bo’Hin tiplari, uning fonetik tarkibi bilan boHlangan bo’ladi: o’zbek tilining o’z qatlamidagi umumturkiy leksemalarning ko’pchiligini bir va ikki bo’Hinli tub so’zlardir. Bir bo’Hinli tub leksemalarning fonetik tarkibi undosh+unli+undosh (bosh, ko’z), unli+undosh (osh, o’n) sxemalarida bo’ladi; bo’Hin va so’z boshida ikki undosh qatorlashib kelmaydi, ammo so’z oxirida ikki undoshning ketma-ket kelishi uchrab turadi: to’rt, qirq kabi. Ikki bo’Hinli tub leksemalarning birinchi bo’Hini unli (o-na), unli+undosh (ol-ti), undosh+unli+undosh (kat-ta), undosh+unli (bo-la), ikkinchi bo’Hini esa undosh+unli (o-ta), undosh+unli+undosh (ol-tin) sxemalarida bo’ladi. Ikkinchi bo’Hin hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugashholatlari (ochiq bo’Hin bo’lishi) ko’p uchraydi (gav-da, da-da, bo-la, bo-bo, bu-vi kabi). o’zbek tilining o’zlashgan qatlamidagi leksemalarning bo’Hinlarida, binobarin, so’zning ifoda planida ham bir qator o’ziga xosliklar bor. (Bu haqda «o’zbek tilining o’z va o’zlashgan qatlamlari» bahsiga qaralsin.) YAsama so’zlarda o’zak morfema va so’z yasovchi morfemalar leksemaning ifoda plani bo’ladi: ish-chi-ishchi, bosh-la(moq)-boshla(moq) kabi. Fonemalar esa o’zak va affikslarning ifoda plani vazifasiga qo’llanadi: ishchi-i,sh/ch,i; boshlamoq-b,o,sh/l,a/m,o,q kabi. Leksik mazmunli juft va takror so’zlar ham yaxlitlangan bir leksema hisoblanadi: katta- kichik (bitta leksema), bola-chaqa (bitta leksema) qop-qop (bitta leksema) kabi (24,55-b.). b) leksemaning mazmun plani deyilganda uning ma’nosi (yoki ma’nolari) va uslubiy bo’yoqlari (ma’no qirralari) nazarda tutiladi. Masalan, quloq leksemasining mazmun planida quyidagi leksik ma’nolar bor: «eshitish a’zosi» (odamning quloHi), «dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o’rnatilgan muruvvatlar» (dutorning quloHi), «qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar» (qozonning quloHi) kabi. CHehra leksemasining mazmun planida esa leksik ma’no qo’shimcha ottenka – usulbiy bo’yoq bilan qoplangan. Bu bo’yoq kishi kayfiyati, ruhiy holati yoki xulq-atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: chehra degan ko’ngilning oynasidir. (Hamza). Leksemaning mazmun planidagi leksik ma’no (yoki ma’nolar) va uslubiy semalar uning ichki formasi sanaladi. Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo’lishini taqozo qiladi, mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. G’iyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir xil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har xil. Bu hol shu ikki leksema ma’nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tarkibini o’zgartirish esa shaklning yo’qolishiga olib keladi: shahar (so’z, leksema) – ashhar (so’z emas), hashar (so’z, leksema) – rashah (so’z emas). Demak, tovushlarning har qanday yiHindisi so’z (leksema) bo’lavermaydi, (chunki tovushning o’zida ma’no yo’q) bunday yiHindi til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko’tarilishi uchun u albatta mazmun bilan boHlangan bo’lishi kerak. 2. Loyeksemalarga xos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo’ladi: predmet nomlari ot turkumiga, belgi-xususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so’zlar son turkumiga, harakat-holat mazmunli so’zlar esa fe’l turkumiga kiradi. Bunday mansublik leksemalarning nutqdagi grammatik shakllarini belgilaydi: otlar egalik, kelishik, ko’plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida fe’llar shaxs-son, zamon, mayl, bo’lishli yoki bo’lishsiz, nisbat shakllarida qo’llanadi. Bu hol tilning leksik va grammatik sathlari o’rtasidagi aloqadorlikdan kelib chiqadi. 3. Leksemalar albatta yaxlitlangan, bir butun birlik bo’ladi, shu xususiyati bilan grammatik shakllardan, so’zlar birikmasi va gapdan farq qiladi. CHunonchi, maktab leksemasi leksik birlik sifatida o’zgarmasdir, ammo uning grammatik shakllari nutqda o’zgarib turadi: maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan kabi. SHuningdek, «beshta olma» birikmasini «beshta qizil olma» deb qo’llash (birikma tarkibiga «qizil» so’zini qo’shish) mumkin, ammo maktab leksemasi tarkibigaboshqa bo’Hin yoki so’z kiritilmaydi. 4. Leksemada bitta bosh (asosiy) urHu bo’ladi, u shu leksemaning yaxlitligini, bir butun birlik bo’lishini ta’minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovoq, oshqovoq, temir, temirbeton (so’nggi so’zning ikkinchi bo’Hinida ikkinchi darajali urHu, oxirgi bo’Hinda esa bosh urHu qo’llangan) kabi. YUqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkin: har qanday leksema shakl va ma’no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun plani ega shu leksemaning ichki formasi bo’ladi. SHakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson ongida yashashini ta’minlaydi.
Download 324.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling