O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.04.2020
Hajmi1.44 Mb.
#101166
  1   2   3   4   5
Bog'liq
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish


O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

 

 

Fizika – matematika fakulteti 

 

Mehnat ta’limi kafedrasi 

 

Mehnat ta’limi yo`nalishi 

 

 

 

BITIRUV MALAKAVIY 

ISHI 

 

Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish      

                   gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan 

foydalanish 

 

 

 

             Bajargan:                                               

 I. Matkarimov 



 

 

         Ilmiy rahbar:                                    dots. B. Ibragimov 

 

      Kafedra mudiri:                                  dots. B. Ibragimov 

 

 

 

 

 

NUKUS – 2014 yil 

 

 



Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish      

                   gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan 

foydalanish 

 

REJA: 



 

Kirish: 


I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH 

 1.1.  Elektr manba haqida umumiy tushincha. 

 1.2.  Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar. 

II-BOB. TRANSFORMATORLAR VA ULARNI ULASH USULLARI 

 2.1.  Transformatorlarning tuzilishi va ishlash printsipi. 

 2.2. Transformatorning ish rejimlari          

 2.3.  O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini o`quvchilarga 

o’rgatish uslublari. 

2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari. 

Bir soatlik dars konspektasi

 

Xulosa 


Foydalanilgan adabiyotlar  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kirish 

  Mamlakatimiz    taraqqiyotining  muhim  sharti  kadrlar  tayyorlash  tizimining 

mukammol bo`lishi, zamonaviy iqtisod, Fan madaniyat, texnik va texnologiyalar 

asosida rivojlanishi shart. 

   Milliy  dasturni  amalga  oshirishda  mavjud  ta`lim  va  kadrlarni  tayyorlash 

tizimlarini    tubdan  o`zgartirish  zamonaviy  ilmiy  fikrlar  yutuqlari  va  ijtimoiy 

tajribalarga,  ta’lim  jarayonini  hamma  shakli  va  turlarida  ilg`or-metodik 

talimlarga tayangan holda amalga oshiriladi. 

   Ma’lumki  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi»  asosida  yoshlarning 

ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan 

biri  deb  belgilab  berilgan.  Ta’lim  tizimining  eng  muhim  vazifalaridan  biri 

zamonaviy  o`quv  dasturlari  asosida  yuqori  natijali  o`qitish  va  malakali  kadrlar 

tayyorlashni  ta’minlash  hisoblanadi.  Eng  asosiy  dolzarb  ko`rsatkichi  shundan 

iboratki,  o`quvchilarni  mustaqil  fikrga  yo`naltirish  va  ularning  ong  saviyasini 

zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat. 

    Shunday  ekan,  o`qituvchining  o`zida  ham  dars  mashg`ulotlarini  olib 

borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta`lim tizimi jarayonida 

talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir 

pedagogning diqqat e`tiborida bo`lishi zarur.  

    Dars  jarayonida  jonli  muloqotni  tashkil  qilish  uchun  zamonaviy  o`qitish 

usullaridan  foydalanish  ta`lim  mazmunida  etakchi  rol  o`ynaydi.  Ta`lim 

mazmuni  asosida  o`quvchining  tafakkuri,  dunyoqarashi,  ongli  munosati, 

mafkuriy qarashlari tarkib topadi. 

   Shunday  qilib,  maktab  programmasida  maktab  o`quvchilariga  elektr 

manbali  bilan  ishlaydigan  uy-ro`zg`or  buyumlari  buyicha  elektr  qo`ng`iroq, 

elektr  mayatnik,  uyingohlar  va  boshqalar  bilan  qo`yidagicha    tanishtiriladi; 

vazifasi  haqida  gapiriladi,  ishlatilib  ko`rsatiladi,  konstruktsiyasi  bilan 

tanishtiriladi, elektr sxemasi chiziladi.  



 

 



   Elektrlashtirilgan  qurilmalar  bilan  tanishish  natijasida  o`quvchilar 

qo`yidagilarni o`zlashtirib olishlari lozim; 

   1. Elektrlashtirilgan buyumlar shunday konstruktsiyalanishi kerakki, ularda 

simlar  va  kontant  birikmalar  ko`rinmasin,  shuningdek  elektr  armaturalar  puxta 

mahkamlangan , shunday buyumdan foydalanish hafvsiz bo`ladi; 

     2. Elektrlashtirilgan buyum pishiq va havfsiz bo`lishidan tashqari chiroyli 

va foydalanishda qulay bo`lishi kerak;  

     3.  Sharnirli  birikmalarda  simlar  shunday  joylashtirilishi  kerakki, 

qurilmadan uzoq foydalanish ularning ishdan chiqishiga (qisqa tutashuvga) olib 

kelmaydigan bo`lishi kerak; 

      4. Elektr energiya iste`molchilarini shunday joylashtirish kerakki, issiqlik 

ajralishi  (aylanma  harakatda)  oqibatida  buyum  yonib  ketmaydigan,  aylanuvchi 

detalga simlar o`ralib qolmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi.  

Montaj  qilish  davomida,  odatda  qiyinchiliklar  tug`ilishi  mumkin.    Bunday 

holda  o`qituvchi  ulardan  texnik  topshiriqlar  sifatida  foydalansa    bo`ladi. 

Masalan,  o`qituvchilar  ta`minlash  shnurini  lampa  asosiga  biriktirish  kerak 

bo`lsin.Bunda  instruktsion  kartada  esa  bu  operatsiya  tushirib  qoldirilgan. 

O`qituvchilarda  buni  qanday  qilish  kerak,  degan  savol  tug`iladi.  O`qituvchi 

darhol  javob  bermaydi,  aksincha  o`quvchilarga  shnurni  biriktirish  usulini 

topishni  tavsiya  qiladi.  Albatta,  bunda  o`quvchilar  o`qituvchi  yordamisiz 

optimal  xulosaga  kela  olmasliklari  mumkin.  Ammo  bu  qiyin  vaziyat 

o`quvchilarni  fikrlashga,  mustaqil  xulosa  chiqarishga  qiziqtiradi.  Bu  esa 

o`quvchilarning 

intellektual 

rivojlanishiga 

va 


mehnatga 

 

 



ijodiy  

yondoshishlariga yordam beradi.  

 Shunday  qilib,  bu  bitiruv  malakaviy  ishida  o`quvchilarga  elektr  manbai 

bilan  ishlaydigan  uy  ro`zg`or  buyumlarini  foydalanish  va  ishlatish    uslublari 

haqida batafsil aniq ko`rsatilgan bo`lib topiladi.  

   O`qitish jarayonida yangi o`quv uslublarini tadbiq etish kadrlar tayyorlash 

talablarning tarkibiy qismini tashkil etadi. 


 

 



        Respublikamiz  hukumati  va  prezidenti  olib  borayotgan  siyosiy  iqtisodiy 

siyosatida  davlat  faoliyatining  barcha  sohalarin  rivojlantirishga  ayniqsa,  yosh 

avlodni  milliy  tiklanish  g`oyasi  ruhida  tarbiyalashga  katta  e`tibor  berilmoqda. 

Hozirgi  kunda  ta`lim  olayotgan  yoshlar  xalqimizning  kelajagi  hisoblanadi.  Bu 

sharafli  vazifani  bajarish  o`qituvchilar  zimmasiga  tushadi.  Shu  sababli  yuqori 

malakali  o`qituvchilar  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  masalasiga 

katta e`tibor qaratilmoqda. 

        Xalqning  faravonligini  ta`minlashda,  ilm-fan  taraqqiyotida  shuningdek, 

turmushning barcha  javhalarida elektr energiyasiga bo`lgan talab juda kattadir. 

Shu sababli elektrtexnika fanining rivojlanishi va uning amaliyotta qo`llanilishi, 

maktab  o`quvchilariga  tushintirilishi,  ko`nikmalar  hosil  qilish  juda  katta 

ahamiyotga egadir.  

   Elektrotexnika fanida o`zgaruvchang tok va uni hosil qilish, etkazib berish 

masalariga alohida e`tibor qaratilgan. Elektr stantsiyalarida hosil bo`lgan elektr 

energiyasini  olis  masofalarga  etkazib  berishda  transformatorlarning  roli  juda 

katta.  Bu  termin  va  tushinchalarni  o`quvchilarga  tushintirishda  bazi 

muoammalarga  echishda  yangi  pedagogik    texnologiyadan  foydalanish 

maqsadga muvofiqdir. 

Maktab  o`quvchilarga  elektrotexnikaning  asosiy  qisimdan  biri  bu 

transformatorlar va ularing ishlash printspini o`rgatish alohida katta ahamiyatga 

ega  shu  bois  elektrotexnika  ishlari  asosan  uninng  mazmuni,  maktablarning  ish 

tajribasidan  kelib  chiqib  dasturning  tegishli  bolmagan  faqatgina  elektromantaj 

ishlari uchun moljallangan.   

Bu  masalada  yangi  pedagogik  texnologiya  usullaridan-klaster  tuzish,  aqliy 

hujum,  tanqidiy  fikrlash,  juftliklarda    ishlash  va  xokazo  foydalanish    mumkin. 

Bu  usullarning  mohiyati  shundaki,  o`quvchilarda  qiziqish  paydo  qilish  va  u 

o`zicha  yondashish  yuzaga  keladi  va  buning  natijasida  shaxsiy  fikr,  tafakkur  

rivojlanadi. 



 

 

 



 

I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH 

1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha. 

  Elektr  manbai  ishlari  o`quvchilarni  umumtexnik  tizimida  tayyorlashda 

muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  ularni  o`rganish  jarayonida  mehnat  ta`limining 

asosiy vazifalarini bajarish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Chunonchi elektr 

bilan  ish  ko`ruvchi  kasb  egalari  haqida  suhbatlar  uyushtirib,  kasb  tanlashga 

yo`llash  ishlarini  muvafaqqiyat  bilan  amalga  oshirish  mumkin.  Elektr 

energiyasidan xalq xo`jaligida tabora keng foydalanilayotganligi sababli u bilan 

bog`liq  bo`lgan  kasblar  ham  ammoviy  hisoblanadi.  Masalan,  bularga 

elektromontyor, slesar`-elektromontajchi kabi kasblar kiradi. Ular haqida o`quv 

materialida uzviy tarzda bayon qilib ketiladi.  

   «Elektr  energiya»  ,  «Elektr  jihoz»  zamonaviy  ishlab  chiqarishning  ramzi 

bo`lib,  uning  muhim  belgilari  hisoblanadi.Shuning  uchun  ham  bu  tushunchalar 

bilan  tanishish  orqali  zamonaviy  ishlab  chiqarish  asoslari  haqida  to`la 

tasavvurga ega bo`lish, yani politexnik ta`limni amalga oshirish mumkin. 

   O`quvchilarni  elektrotexnika  ishlarini  bajarish  hamda  o`rganishlari 

jarayonida ular bilan keng ko`lamda tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkoniyat 

yaratiladi.  Agar  o`qituvchi  etarlicha  e`tibor  bersa,  davlatimizning  bu  sohada 

erishgan  yutuqlari  asosida  vatanparvarlik  to`yg`isi  hamda  kam  rivojlangan 

davlatlarga  berayotgan  yordamimiz  negizida  internatsionalizm  to`yg`usini 

kamol  toptirishda  muvafaqqiyatga  erishish  mumkin.  Elektr  energiyasini  tejash 

haqidagi tasavvurlarni shakllantirish negizida iqtisodiy ta`lim berish uchun keng 

imkoniyatlar yuzaga keladi.  

      Yuqoridagi  aytib  o`tilganlardan  elektrotexnika  ishlarini  o`rganish  nima 

uchun 


V-VII 

sinflar 


o`quv 

programmalarining 

barcha 

variantlariga 



kiritilganligining  sababi  ayon  bo`ladi.  Bularga  kam  vaqt  ajratilgan,  biroq 

beriladigan  bilim  va  o`quvlar  hajmi  esa  katta.  Shu  boisdan  ta`lim  mazmunini 

tanlashga  va  mashg`ulotlarni  o`tkazish  metodikasini  ishlab  chiqishga  chuqur 


 

 



yondashish  talab  qilinadi.  O`qituvchi  bu  masalalarni  hal  eta  borib, 

elektrotexnika ishlari fizika kursida elektrni o`rganishdan oldiniroq bajarilishini 

e`tiborga olinishi kerak. Shuning uchun o`quvchilar tegishlicha nazariy bilimga 

ega  bo`lmaydilar  va  mashg`ulotlar  mutloqa  amaliy  tarzda  o`tkaziladi.  Bularni 

fizika  kursi  bilan  almashtirmaslik  lozim.  Bu  erda  bir  hol  yuz  beradiki,  mehnat 

ta`limi  jarayonida  o`quvchilar  amaliy  javob  olib,  keyinchalik  bu  javoblar  fan 

asoslarini o`rganishda ilmiy jihatdan tushintiriladi.  

   Programmaning  «Elektrotexnika  ishlari  va  avtomatika  elementlari» 

bo`limining  yana  bir  xarakterli  tomoni  bor.  Bunda  faqat  «sof»  elektrotexnika 

ishlari  bajarilmay,  balki  turli  buyumlarning  detallarini  tayyorlash,  shuningdek 

ularni  elektrlashtirish nazarda tutiladi.  

 

Elektrotexnika  ishlari  asosan  uning  mazmuni,  maktablarning  ish 



tajribalaridan  kelib  chiqqan.  programmaning  tegishli  bo`limlari,  faqatgina 

elektromontaj  ishlari  uchun  mo`ljallangan  davrlar  ham  bo`lgan.  Bunda 

o`quvchilarning  amaliy  faoliyatlari  o`quv  stentlarida  turli  elektr  zanjirlarni 

montaj qilishdan iborat bo`lgan. Har bir o`quvchi avval elektr zanjirini montaj, 

keyin  esa  demontaj  qilgan.  Kelgusi  darslarda  yana  aynan  shular  takrorlangan. 

Shunday  qilib,  elektromontaj  ishlari  o`quv  xarakterda  bo`lgan.  Bu  hol  o`zini 

oqlamadi.,  chunki  bunday  mehnatga  o`quvchilarning  qiziqishi  past  edi, 

mehnatning o`zidan esa hesh qanday amaliy samara chiqmasdi.  

 

Ko`rsatilgan  kamchiliklar,  ayniqsa  ta`limni  unumli  mehnat  bilan  qo`shib 



olib borishga nisbatan mehnat islohoti qo`ygan katta talablar munosabati bilan, 

programmani  o`zgartirishga  taqoza  etadi.  Bunday  shartlarda  elektrotexnika 

ishlarining  ijtimoiy-foydali  xarakterga  ega  bo`lgan  ma`lim  bir  buyumlarni 

elektrlashtirish  bilan  qo`shib  olib  borish  g`oyasi  to`g`iladi.  Bular  otaliqqa 

olingan  bolalar  bog`chasi  uchun  o`yingohlar,  o`quv  maketlari  va  modellari, 

maktab o`quvchilari uchun o`yinlar vash u kabilar bo`lishi mumkin. O`quvchilar 

mehnat  shu  tarzda  tashkil  qilinsa,  elektrotexnika  ishlari  hamda  avtomatika 

elementlaridan  ta`lim  berish  o`quv  programmasining  mehnatga  oid  boshqa 



 

 



bo`limlari  bilan  uzviy  bog`lanadi,  hamda  o`quvchilarning  faoliyati  amaliy 

xarakterda  bo`lishi  ta`minlanadi.  Albatta,  ayni  buyum  detallarini  metall  va 

yog`oshdan  to`la-to`kis  tayyorlash  ishlarini  bu  bo`limda  bajarish  shart  emas. 

Buni  o`qituvchining  o`zi  hal  qiladi.  Yarim  favrikatlardan  foydalansa  ham 

bo`ladi. Bevosita elektrotexnikaga oid ishlar hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha 

yaxshi bo`ladi.  

 

Maktabda  elektr  manba  bilan  ishlaydigan  darslarda  o`qitishda  asosiy 



uchta  qismga  ajratish  mumkin.  Elektr  zanjirlari,  buyumlarni  elektrlashtirish  va 

avtomatika  elementlari  elektrotexnika  ishlaridan  ta`lim  berish  metodikasini 

ko`rib  chiqa  turib,  ularning  har  biri  haqida  alohida  gapirib  o`tish  maqsadga 

muvofiqdir, shuni e`tiborga olish kerakki, elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish 

metodikasi  umuman  olganda  o`quv  programmasining  boshqa  bo`limlariga 

nisbatan  o`z  xususiyatlariga  ega.Avvalo  bu  hafvsizlik  qoidalariga  talluqlidir. 

O`quvchilar  hafvsiz  kuchlanishli  elektr  toki  bilan  ishlaydilar,  ammo  shuni 

e`tiborga olish kerakki, o`quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko`nikma va 

ishga  bo`lgan  munosabatlar  keyinchalik,  masalan,  220vol`t  kuchlanishga  duch 

kelganlarida  ham  saqlanib  qoladi.  Buni  nazarda  tutib  o`quvchilar  mehnat  

hafvsizligi qoidalariga alohida e`tibor beradilar.  

 

Masalan,  elektromontaj  ishlarini  bajarish  jarayonida  o`quvchilarning 



qo`yidagi qoidalarga roya qilishlariga erishish zarur. 

1. 


Elektromontaj  ishlarini  bajarishda  faqat  ishga  yaroqli  asboblardan 

foydalanish; 

2. 

Izolyatsiya  qoplamalarini  o`tkazgichdan  o`zingizdan  nariga  qaratib 



pichoq  bilan  ajratib,  (qalam  ochish  kabi)  bunda  albatta  taxta  taglikdan 

foydalanish; 

3. 

Elektr  zanjiri  yig`ishdan  izolyatsiyasi  shikastlanmagan  simlardan 



foydalaning, o`zingiz izolyatsiyani shikastlab qo`ymasdan; 

4. 


Simlarni puxta ulang, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalang; 

 

 



5. 

Elektr  armaturalarning  ishga  yaroqliliga-kontaktlarning  ishonchli 

biriktirilishi,izolyatsiyasining tuzikligi va shu kabilarni tekshirib ko`rish; 

6. 


Yig`ilgan  zanjirni  faqat  o`qituvchining  ruxsati  bilan elektr tarmog`iga 

ulash; 


7. 

Tok  manba  ulanganda  elektr  zanjirning  yalong`och  sim  va  tok 

o`tkazuvchi detallariga tegmang.   

 Elektrotexnika ishlari bo`limini o`rganishning o`ziga xos jihati- o`quvchilar 

mehnatini  tashkil  qilish  diqqatga  sazavordir.Odatda,  bu  ishlarni  bajarish  uchun 

ustaxonalarda alohida bo`limlar yo`q. Bundan tashqari, o`quvchilarga yoppasiga 

ta`lim  berish  uchun  etarli  miqdorda  asbob  va  materiallar  ham  bo`lmaydi. 

Shuning uchun  odatda,  o`quvchilar  mehnatni  tashkil  qilishning zveno formasin 

qo`llaniladi.  Boshqacha  aytganda,  maktab  ustaxonasining  kerakli  asbob-

uskunalar  bilan  jihozlanganligiga  qarab,  grafik  tuziladi,  o`quvchilar  zvenolarga 

birlashadilar  hamda  tartibi  bilan  elektrotexnika  ishlarin  o`rganadi.  O`qituvchi 

elektr zanjirlarini montaj qilish izolyatsiya materiali bilan qoplangan gorizontal 

qoqpoqli  stolda  bajarilishini  ma`lum  qiladi.  Bu  stol  doimo  belgilangan  tartibda 

bo`lishi kerak. Elektromontajchi chap tomonga materiallar (sim, lampa, kapron, 

vklyuchetel`  va  h.k)  old  tomonga  montaj  paneli  va  montaj  qilinishi  lozim 

bo`lgan  zanjirning  elektr  sxemasi,  o`ng  tomonga  elekrtomontaj  asboblarini 

joylashtiriladi.  Bunda  boshqalarga  nisbatan  tez-tez  foydalaniladigan  asboblarni 

o`ziga  yaqiniroq  joylashtiradi.  Detallarni  montaj  qilishga  tayyorlash  bilan 

bog`liq bo`lgan ishlar teglik taxtada bajariladi.  

 

Mazkur  o`quv  materialini  o`rganishda  boshlang`ich  tushuncha  «elektr 



sxema»  tushunchasidir.  O`qituvchi  o`quvchilarning  elektr  sxemasining 

zarurligini  anglashlariga  erishmog`i  lozim.  Bunga  turli  yo`llar  bilan  erishiladi. 

O`quvchilarning qo`yi sinflarda egallagan bilim va ko`nikmalaridan foydalanish 

mumkin.  Elektr  sxemalarga  o`xshash  narsalarga  masalan,  tog`lar,  daryolar, 

shaharlar  va  hakozalar  turli  belgilar  bilan  belgilab  qo`yilgan  geografik 

kartalariga  taqqoslab,  shunday  situatsiya  vujudga  keltiriladiki,  bunda 



 

 

10 



o`quvchilar  etarlicha  bilimga  ega  emasliklarini  xis  qiladilar.  Masalan,  elektr 

konstruktorlikka  oid  konkret  topshiriq  beriladi,  uni  bajarish  uchun 

konstruktsiyaning  elektr  sxemasi  bo`lishi  zarur.  Undan  esa  o`quvchilar 

foydalana bilmaydilar.  

 

O`quvchilar  elektr  sxemasi  to`g`risidagi  bilimlarga  ehtiyoj  sezganlaridan 



so`ng,  o`qituvchi  yangi  mavzuni  ta`riflaydi  va  uni  mazkur  reja  asosida  ko`rib 

chiqishga kirishadi;  

1. 

Elektr  zanjiri  elementlarining  shartli  belgilari  (elektr  armaturalari, 



tok manbai va iste`molchilari); 

2. 


Tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasini tuzish; 

    Dastlab  o`quvchilar  zanjir  asosiy  elementlarining  shartli  belgilarini 

o`zlashtirib  olishlari  kerak.  Bu  vazifani  osonlashtirish  maqsadida  zanjir 

elementlari  yozuvi  qayd  qilingan,  tok  manbay,  lampa,  vklyuchatel`  va 

o`tkazgich  mahkamlangan,  hamda  ularning  yonida  shartli  belgilari  chizilgan 

stend tayyorlangan ma`qul. O`quvchilar zanjir elementlarining shartli belgilarini 

chizishda ularning o`lchamlariga proportsional ravishda kataklarga bo`lib, chizib 

qo`yish mumkin.  

 

Stend  doska  yoniga  o`rnatiladi  va    shu  joydan  2-3  mashg`ulot  davomida 



olinmaydi.  So`ngra  «elektr  sxema»  tushunchasini  shakllantirishga  kirishiladi. 

Bunda  yana  avvalgi  darslardan  tanish  bo`lgan  elektr  zanjir  stendidan 

foydalaniladi . Uni doskaning chap tomoniga joylashtiriladi, o`ng tomoniga esa 

tanish  bo`lgan  shartli  belgilardan  foydalanib,  elektr  sxemasi  chiziladi.  Sxema 

elementlari  tok-manbay  lampalar,  vklyuchatellarni  tasvirlash  tartibiga  e`tibor 

beriladilar,  so`ngra    hamma  elementlarni  zanjir  o`tkazgichlariga  mos  chiziqlar 

bilan birlashtirib chiqiladi. 

  O`quvchilar  daftarlariga  elektr  sxemani  chizganlaridan  so`ng  bu 

tushunchaning  tarafini  berish  ma`qul.  Masalan,  qo`yidagicha  elektr  zanjirining 

shartli belgilari yordamida bajarilgan grafik tasviri elektr sxema deyiladi. 

 


 

 

11 



 

1.2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar

Elektrotexnikaning  asosiy  vazifalaridan  biri  elektr  energiyasini  bir  joydan 

ikkinchi  joyga  uzatishdir.  Chunki  elektr  energiyasining  iste`molchilari  aksariyat 

hollarda  yoqilg`i  va  gidroresurslar  tabiiy  joylashgan  rayonlarga  qurilgan  elektr 

stantsiyalaridan bir necha o`nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr 

energiyasini  uzatish  liniyalarida  esa  quvvatning  issiqlikka  sarf  bo`ladigan  isrofi 



л

R

I

2

  va  kuchlanishning  pasayuvi 



л

R

I

U

  doimo  mavjuddir.  Liniyaning 

uzunligi  ortgan  sari  bu  ko`rsatkichlar  ham  ortadi.  Elektr  tokining  to`la  quvvati 

(

I



U

S

)ni o`zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. 

Quvvat  formulasidan  ko`rinib  turibdiki,  uzatishda  kuchlanish  qanchalik  yuqori 

bo`lsa (


const

S

), tok kuchi shunchalik kichik bo`lib, u bilan bog`liq isroflar ham 

shunchalik  kam  bo`ladi.  Tok  kuchini  kamaytirish  uzatish  simining  ko`ndalang 

kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.  

 

Hozirgi  vaqtda  o`zgaruvchang  tokning  35,  110,  220,  500,  750,  va  1150kV 



kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o`ta yuqori kuchlanishlarni bevosita 

generatorlardan  olib  bo`lmaydi.  Odatda,  elektr  stantsiyalaridagi  generatorlarning 

nominal  kuchlanishi  ko`pi  bilan  21kVdan  oshmaydi.  Elektr  energiyasining 

iste`molchilari  esa  380/220;  220/127  V  nominal  kuchlanishlarga  mo`ljallangan. 

Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past 

kuchlanishli,  ammo  katta  tok  kuchiga  ega  bo`lgan  quvvatini  (hozirgi  vaqtda 

150,300,  500,  800  va  1200  ming  kVli  generatorlar  ishlab  chiqariladi)  yuqori 

kuchlanishli  va  nisbatan  kichik  tok  kuchiga  ega  bo`lgan  quvvatga  o`zgartirish 

kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.  

 

Transformatorning  ixtirochisi  P.N.Yablochkov  hisoblanadi.  U  1876  yilda 



elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan. 

Transformatorlardan  foydalanish  1891  yili  uch  fazali  transformatorning 

konstruktsiyasi  ishlab  chiqilib,  elektr  energiyasini  uch  fazali  tok  sistemasi 


 

 

12 



yordamida  uzatish    amalga  oshirilgandan  so`ng  yanada  kengaydi.  Bu 

elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi.  

1-rasmda  elektr  energiyasini  transformatorlar  yordamida  uzatish  sxemasi 

ko`rsatilgan.  Sxemadan  ko`rinib  turibdiki,  elektrostantsiyada  generator  ishlab 

chiqarayotgan  elektr  energiyasi  transformator  Tr1  yordamida  6kv  kuchlanishdan 

35  kVgacha  orttirilib,  elektr  uzatish  liniyasi  orqali  taqsimlovchi  podstantsiyaga 

berilmoqda.  U  erda  pasaytiruvchi  transformator  Tr2  yordamida  kuchlanish  35 

kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste`molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. 

Bunday  transformatorlardan  bir  nechta  bo`lishi  mumkin.  Transformator  Tr3 

yordamida  kuchlanish  6kVdan  iste`molchi  uchun  zarur  bo`lgan  380/220, 220/127 

kuchlanishlarga 



aylantiriladi. 

Ko`rinib 

turibdiki, 

elektr 


energiyasi 

elektrstantsiyadan 

iste`molchiga 

etib 


kelguncha 

uch 


marta 

transformatsiyalanmoqda.  Real  hollarda  transformatsiyalanish  soni  bundan  ham 

ko`p bo`lishi mumkin.  

Elektr energiyasini bir pog`onada bo`lgan 

1

1

,i



u

 kuchlanish va tokini  

boshqa pog`onadagi, 

2

2



,i

u

kuchlanish va tokka aylantirib beradigan statik  

 

 

 



 

 

 



 

 

1-rasm Elektor energiyasini transformatorlar yordamida uzatish. 



(harakatlanuvchi  qismlari  bo`lmagan)  elektromagnit  apparati  transformator 

deyiladi.  Transformatorlar  energetik  sistemalarda  qo`llanishidan  tashqari,  kuchsiz 

toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari,  


 

 

13 



avtomatika,  telemexanika,  aloqa,  radiotexnika  va  televidenie  qurilmalari 

zanjirlarida  va  umuman,  elektr  kuchlanishini  o`zgartirib  berish  kerak  bo`lgan 

barcha joylarda ishlatiladi. 

Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko`ra qo`yidagi turlarga bo`linadi: 

elektr  energiyasini  uzatish  va  taqsimlash  uchun  mo`ljallangan  katta  quvvatli 

(uch fazali) transformatorlar; 

kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o`zgartirib berish va dvigatellarni ishga 

tushirish uchun mo`ljallangan avtotransformatorlar; 

taqsimlash  tarmoqlaridagi  kuchlanishni  rostlab  turish  uchun  mo`ljallangan 

induktsion rostlagichlar; o`lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash 

uchun mo`ljallangan o`lchov transformatorlari ; 

2-rasm bir fozali ikki cholganishli transformator. 

payvandlash,  qizdirish  pechlari  sinov,  to`g`rilash  va  hokazolar  uchun 

mo`ljallangan maxsus transformatorlar.  



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling