O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi


Download 464.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.02.2017
Hajmi464.61 Kb.
1   2   3   4   5

Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi: 

O’ninchi yil (yillar)da tug’ildi. 

Shuning  uchun  birlik  sonning  umumiy  grammatik  manosi  quyidagicha  ko’satilishi 

mumkin: 

Birlik-aniq  yo  noaniq  miqdorni  bo’linuvchan-bo’linmas  manoda  berish.  Ko’plik  sonning 

ma’nosi- noaniq miqdoriy ko’plikni bo’linuvchan sifatda berish. 

Mana shu umumiy  grammatik manolar bilan birlik va ko’plik morfologik  son shakllari til 

tizimida  va  ongimizda  yashaydi.  Mana  shu  umumiy  manolar  nutqda  muayyan  moddiy 

shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. 

Ko’rib  o’tdikki,  daraxt  umumiyliygi  o’ta  sodda  va  u  “O’simlikQtanaQshox”dan  iborat, 

xolos.  Lekin  borliqdagi  milyard  daraxt  beh’ad  rang-barang.  Xuddi  shunday  ko’plik  sonning 

manosi “miqdoriy noaniq ko’plikQsifatiy bo’linuvchanlik” kabi soddadir. Nutqda esa u milyard 

xususiy ko’rinishlarda voqelanadi. Birlik sonning manosi “miqdoriy aniq-noaniq ko’plikQsifatiy 

bo’linmas”  kabidir.  Lekin  yuqorida  ko’satilgan  UGM  nutqda  XGM  sifatida  voqelanar  ekan,  u 

umumiylik  bilan  xususiylik  orasida  oraliq  manolar  yotadi.  Oraliq  manolar  xususiy  manolar 

uchun  mano  tiplari,  yani  “o’xshash  manolar  majmuasidir”,  UGM  uchun  esa  “umumiylikning 

bo’linishlari”,  turlari  mavqeida  bo’ladi.  Chunonchi,  birlik  sonning  UGMsi  “aniq-noaniq  va 

birlik”  kabi  manolarni  o’z  ichiga  oladi.  Va  UGM  XGM  sifatida  voqelanguncha  yuqorida 

ko’rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM manoning biridan o’tadi. Chunonchi, 

XGM            OGM                  UGM 

Bu kitobda           birlik             aniq-noaniq 

Uch kitobda           aniq                sifatiy bo’linmas 

Kitobda               ko’plik             miqdor 

Shunday yozilgan    noaniq 


 

10 


  OGM  h’amisha  so’zning  lug’aviy  manosi,  matn,  qo’rshov  bilan  aloqador  bo’ladi. 

Chunochi,  [-lar]  ko’plik  sonning  umumiy  manosi  –“sifatiy  bo’linuvchan,  miqdoriy  noaniq 

ko’plik” UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiysi: 

1.

 



bir  yoki  turli  jinsdagi  predmetlarning  NGM  (noaniq  miqdoriy  ko’rsatkichi)ni 

ifodalash (kitoblar odamlar): 

2.

 

O’lchanmas  moddalarni  aloh’idaliklarga  ajratib  noaniq  miqdoriy  ko’plikni 



ko’rsatish (Toshkent suvlari...): 

3.

 



Turli  tur  va  jinslardan  iborat  NGMni  ko’rsatish  (yog’lar-sariq  yog’  paxta  yog’i: 

ichimliklar-aroq, mineral suv kola): 

4.

 



Narsani  yondoshlari  bilan  birgalikda  NGM  sifatida  ifodalash  (Ah’madlar  keldi: 

Toshkentlarni aylandik): 

5.

 



Taxmin ifodalash: 70-yillar: 

6.

 



Bo’linmasni  bo’linuvchan  etib  ko’rsatib,  ekspressiv  mano  berish  (Yuraklarimga 

to’kildi).  

Mana  shunday  har  bir  morfologik  shaklda  XGM,  OGM  va  UGMlar  mavjud  bo’ladi.  Siz 

40-80-yillar nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik shakllarning manolari asosan XGM 

va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o’zbek tilshunosligi endi ko’tarilmoqda. Jumladan, 

ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo’lgan ilk qadamlardan biridir. 

Shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  UGM  til  birligining  minglab  turli  xil  matnlarda 

yuzaga  chiqadigan  va  bevosita  kuzatishda  berilgan  xususiy  grammatik  manolari  (XGM)ning 

umumiy  yig’indisi  emas,  XGMlar  negizida  yotgan,  XGMlarga  nisbatan  umumiylik  vazifasini 

o’taydigan manodir. 

XGMlar  bilan  UGMlar  orasidagi  munosabat  bilvositadir.  Bu  ikki  bo’limni  bog’lovchi 

mano tipi-bu OGMdir. 

Adabiyotlar 

1.Shohobbiddinova  Sh.  O’zbek  tili  morfologiyasi  umumiylik  va  xususiylik  dialektikasi 

talqinida. Birinchi va ikkinchi juzv. Andijon, 1994 yil. 

2.Shohobbiddinova Sh. Grammatik mano talqini xusuida NDA Samarqand, 1993 yil. 



 

3 – MA’RUZA 

GRАMMАTIK MА’NОNI IFОDАLОVCHI VОSITА VА USULLАR 

Reja: 

3.1.  Grаmmаtik  mа’nоning  аffikslаr,  yordаmchi  so’zlаr,  tаrtib,  urg’u,  оhаng,  tаkrоrlаsh, 

supplеtivizm kаbi vоsitа vа usullаr bilаn ifоdаlаnishi.  



3.2. Bu vоsitа vа usullаrning o’zbеk tilidаgi o’zigа хоsliklаri. 

 

TAYANCH  TUSHUNCHALAR:  affiksal  vositalar,  so’z  tartibi,  sintaktik  qoliplar, 



ohang, affiksatsiya, shakl yasalishi 

 

Grammatik      ma'no    ifodalash      usullari.      O'zbek    tilida  grammatik  ma'no 

ifodalashmng quyidagi vositalari mavjud:  

1 .Affiksal vositalar. 

2.Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so'zlar. 



 

11 


3.So'z tartibi. 

4.Takror. 

S.Ohang. 

6.Sintaktik qoliplar. 



Affiksatsiya 

tilimizda 

grammatik 

ma'no 


ifodalashning 

eng 


keng 

tarqalgan 

turi 

bo'lib, 


orqali 


deyarli 

aksariyat 

grammatik 

ma'nolar 

ifodalanadi. 

Ifodalaydigan 

grammatik 

ma'noning 

xarakteriga 

va 


o'z 

mohiyatlariga 

ko'ra 

affikslar 



ikkiga 

bo'linadi: 



so 'z yasovchi affikslar va shakl yasovchi affikslar. 

 

So  z  yasovchi  affikslar  so'zga  qo'shilib  yangi  lug'aviy  ma'no  hosil  qiladi  va  so'zning 

grammatik  tabiatiga  ham  ta'sir  etadi.  Masalan,  ish  so'ziga  qo'shilgan  -la  so'z  yasovchi 

qo'shimchasi yangi lug'aviy ma'no vujudga keltirish bilan birga, yangi grammatik ma'no ham 

hosil qiladi. Qiyoslang: ish (gram.ma'no: predmetlik, ot) ~ ishla (grammatik ma'no: jarayon, 

fe'l.  Ko'rinadiki,  hosila  leksemadagi  jarayon  vafe'l  grammatik  ma'nolari so'z  yasovchi vosita 

yordamida vujudga kelgan. 

So'z yasovchi vositalar orqali har xil grammatik ma'nolar ifodalanishi mumkin. Masalan, -

kash  yasovchisi hosilasi sifat ham, ot  ham  bo'ladi  (mehnatkash  -  ot,  dilkash  -  sifat).  Demak, 

so'z  yasovchi  vositalar  nafaqat  yangi  so'z  hosil  qiladi,  balki  yangidan-yangi  grammatik 

ma'nolarni ham vujudga keltiradi. Bu mustaqil so'zlarda lug'aviy ma'noning  grammatik ma'no 

bilan dialektik aloqasini, ularning o'zaro yaxlitlikda mavjudligini ko'rsatadi. 



Shakl  yasovchi  qo  'shimchalar  grammatik  ma'no  ifodalashning  affiksal  vositalari  sirasida 

eng sermahsulidir. 

Ayrim  shakl  yasovchilar  faqat  bir  turkumga  xos  grammatik  ma'nolarni  vujudga  keltirsa 

(tasniflovchi, bir turkumgagina tegishli bo'lgan shakl  yasovchilar, masalan, son, daraja, nisbat, 

bo'lishli-bo'lishsizlik),  ayrimlari  barcha  turkumlar  uchun  birday  tegishlidir  (masalan,  kelishik, 

kesimlik, egalik). 

Affikslar  asosan  sintetik  shakl  hosil  qiladi  va  qisman  analitik  shakllar  hosil  qilishda 

yordamchi vositalarga ko'maklashadi. 



Sof  nomustaqil  va  nomustaqil  vazifadagi  so'zlar  ham  grammatik  ma'no  ifodalovchi 

vositalar  sirasida  muhim  o'rin  tutadi.  YOrdamchi  so'zlar  mustaqil  so'zlar  va  gaplarda 

grammatik ma'no ifodalashning alohida turini tashkil etadi. 

Ko'makchilar  mustaqil  so'zlar  bilan  birga  kelib,  oldin  turgan  so'zni  keyingi  so'z  bilan 

grammatik  aloqaga  kiritadi.  Bu  bilan      kelishiklarga      o'xshaydi.      Biz      kelajakka      ishonch   

bilan  qaraymiz  gapida  ko'makchi  yordamida  «holat»  grammatik  ma'nosi  ifodalangan.  Telefon 

orqali gaplashdim gapida «vosita», Do 'stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai 

bo 'lib kelgan gapida «atalganlik» ma'nosi ifodalangan. Bu ma'nolar grammatik ma'noning bir 

tomoni  bo'lib,  ikkinchi  tomoni  oldingi  so'zlarni  keyingi  so'zlarga  bog'lash,  sintaktik  aloqaga 

kiritishdir. 

Bog'lovchilar  teng  munosabatli  sintaktik  birliklarni  bog'lashdan  iborat  sintaktik,  ular 

orasida  har  xil  tenglashtirish,  zidlash,  ayirish  kabi  morfologik  ma'nolarni  ifodalash  uchun 

xizmat qiladi: olma va anor, о 'qidi lekin yozmadi. 

Ko'makchilarning  morfologik  ma'no    ifodalash    imkoniyatlari  uning  sintaktik 

imkoniyatlaridan kengroqdir. Chunki ular mustaqil  so'zlar  va  gaplarga  qo'shimcha  ma'no 

yuklashi bilan ahamiyatlidir. 

O'zbek  tilida  yordamchi  so'zlar  juda  katta  guruhni  tashkil  etib,  ko'makchi,  bog'lovchi, 

yuklamalaning  yarim  bog'lovchi,  yarim  ko'makchi,  yarim  yuklama  kabi  turlari  mavjud 

bo'lib,  bunday  so'zlar  ham  mustaqil,  ham  nomustaqil  ma'noga  ega.  Masalan,  Ishning 



boshida Abdurahim turar edi. 

O'zbek  tilida  juda,  eng,  bag'oyat,  nihoyatda,  o'ta,  sal,  bir  muncha  kabi  ravishlar  ham, 



olmoq,  bermoq,  qolmoq,  о  'tirmoq,  chiqmoq,  ketmoq,  boshlamoq,  bo'lmoq  kabi  40  dan 

ortiq  fe'llar  ham  keng  qo'Ilaniladi.  Harakat  tarzi  shakllarini  hosil  qiluvchi  ko'makchi 

fe'llar  aslida  lug'aviy  ma'noli  fe'llar  bo'lib,  ko'makchi  fe'lga  aylanganda,  sof  grammatik 


 

12 


ma'no  ifodalaydi.  Harakat  tarzi  shakllari  sintetik-analitik  shakllardir.  Masalan,  o'qib  chiqdi, 

yoza  hoshladi,        qo'rqib      ketdi      so'zshakllari      ravishdosh      shakli        va  ko'makchi  fe'ldan 

tashkil topganligi sababli cintetik-analitik shakl hisoblanadi. 



So'z  tartibi  grammatik  ma'no  ifodalashning  maxsus  vositasi  bo'lib,  tartib  o'zgarishi  so'z 

grammatik  ma'nosining  o'zgarishiga  olib  keladi.  Masalan,  Dalalar  yam-yashil  birikuvi  gap 

bo'lsa,  yam-yashil  dalalar  birikuvi  so'z  birikmasidir.  «gap»  va  «so'z  birikmasi»  grammatik 

ma'noning  sintaktik  turidir.  Grammatik  ma'no  ifodalashda  so'z  tartibiga  ohang  hamrohlik 

qiladi.  Yuqoridagi  gap  va  so'z  birikmasida  tartib  o'zgarishi  bilan  ularning  ohangi    ham 

o'zgarib ketgan  (so'z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang mavjud). 



Ohang  grammatik  ma'no  ifodalashning  fonetik  vositasidir.  Bu  vosita  yordamida  gapning 

turlarini,  gap  bo'laklarini  ajratish,  farqlash  mumkin.  Gulnora,  singlim  keldi.  Gulnora,  singlim 



keldi.  Gulnora  singlim  keldi  gaplarining  birinchisida  Gulnora  va  singlim  so'zlari  uyushiq 

bo'laklar  vazifasida,  ikkinchi  gapda  Gulnora  so'zi  undalma,  singlim  so'zi  ega,  uchinchi 



Gulnora  so'zi  aniqlovchi,  singlim  so'zi  izohlanmish-ega  vazifasida  kelgan.  Gaplarni  tashkil 

etuvchilardagi  bunday  farqlar  so'zlovchining  maqsadiga  muvofiq  tarzdagi  ohang  yordamida 

yuzaga chiqmoqda. 

Grammatik  shakl  va  uning  turlari.  Grammatik  ma'no  ifodalovchi      morfologik   

ko'rsatkich   grammatik   shakl   deyiladi. Boshqa nofonologik birliklar kabi grammatik shakl 

uch  tomon  -shakl,  ma'no  va  vazifaning  yaxlit  birligidan  iborat.  Grammatik  shaklning 

moddiy tomoni grammema atamasi bilan ham yuntiladi. Grammatik shakllar (resp. grammatik 



kо  'rsatkich,  grammatik  shakl,  morfologik  shakl,  morfologik  kо  'rsatkich,  morfologik  vosita 

atamalari  bunda  ma'nodosh  terminlar  sifatida  qo'llanadi)  tasnifi    tilshunoslik,  jumladan,  

o'rta  va  oliy  ta'lim  grammatik  tizimining  muhim  tushunchalaridan  biri  bo'lganligi  sababli, 

hamma  dawning  dolzarb  mavzusi  bo'lib  kelgan.  O'tgan  davr  mobaynida  o'zbek  tili 

grammatik  ko'rsatkichlarining  tasnifi  yaratildi,  ammo  xulosalar  awal  arab,  keyinchalik  rus 

tili  grammatik  me'yorlariga  asoslangan  holda  berib  kelindi.  O'zbek  til_ida_grammatik 

ko'rsat-kichlarga nisbatan forma hosil qiluvchilar deb qaralib, u lkkiga -/ so'z o'zgartiruvchi 

va  shakl  hosil  qiluvchilarga  bo'linardi.  So'z  o'zgartiruvchilar  sifatida  so'zlarni  bir-biriga 

bog'lash  vazifasini  bajaruvchi  egalik,  kelishik  va  shaxs-sori  qo'smmchalari  ajratilsa,  shakl 

hosil  qiluvchilarga  so'z  ma'nosiga  biroz  ta'sir  etadigan,  ammo  yangi  ma'noli  so'z  hosil 

qilmaydigan 

deb 


ta'riflanadigan 

ko'rsatkichlar 

kiritilardi. 

Diqqat 


qilinsa, 

bu 


qo'shimchalarning biri lug'aviy, ikkinchisi sintaktik vazifa bilan bog'liq. 

     So 'z  о 'zgartiruvchi  va  forma  yasovchi  atamalari  tilshunosligimizga ichki fleksiyaga 

asoslangan  rus  tili  grammatik  roe'yorlari  asosida  kirib  kelgan  bo'lib,  o'zbek  tilining  turkona 

tabiatini  yoritib  bermas,  tanlangan  atama  va  tushuncha  o'rtasida  nomuvofiqlik  mavjud  edi. 

Aniqrog'i,  so'z  o'zgartiruvchi,  yasovchi  sifatida  ajratilgan  morfologik  shakllar  o'zbek  tilida 

so'zning shakliga  hech qanday  o'zgartinsh  kiritmaydi va  yasash darajasida  ta'sir  etmaydi.  Bu 

shakllarning biri so'z lug'aviy ma'nosiga biroz ta'sir etishi bilan, ikkinchisi so'zlarga sintaktik 

imkoniyat (bog'lash, biriktiruvchanlik, muayyan sintaktik vazifa berish) bilan xarakterlanadi. 

Bugungi  kunda  o'zbek  tilining  haqiqiy  talqinini  berish,  o'zbek  milliy  tilshunosligini 

yaratish,  uni  boshqa  til  me'yorlari  asosida  qoliplashtirish  asoratidan  xalos  qilish  lmkoni 

tug'ildi. Bu imkoniyat, awalo, morfologik ko'rsatkichlarning asl tasnifini berishda qo'l keldi. 

Tilshunosligimiz  o'zbek  tilining  turkona  agglyutinativ  tabiati  va  ontologik  shakl  yasash 

xususiyatlariga  tayangan  holda  grammatik  ko'rsatkichlarning  yangicha  tasnifini  yaratildi. 

Natijada grammatik shakllarga nisbatan lug'aviy shakl hosil qiluvchilar va sintaktik shakl hosil 

qiluvchilar deb nomlangan yangi atama va tushunchalar kirib keldi. 

Xo'sh,  lug'aviy  shakl  tushunchasi  nima  va  uning  an'anaviy  shakl  hosil  qiluvchi 

tushunchasidan farqi nimada? 

So’shakli tushunchasi o'zbek tilshunosligiga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kirib 

kela boshladi. Bunda Evropa tilshunosligi  va  o'zbek  (sart,  chig'atoy)  till bo'yicha  evropaliklar 

tomonidan  yaratilgan  darsliklar  turtki  bo'ldi.  Arab  tilshunosligi  ichki  fleksiyaga  ega  arab  till 

qoidalari  asosida  ish  tutganligi  sabab  bu  asosda  turkiy  tillarning  agglyutinativ  tabiatini  to'g'ri 



 

13 


baholab  bo'lmas,  va  mavjud  darsliklarda  so'zning  o'zagiga  qo'shilib  keladigan 

qo'shimchalar  (ular  arab  tilidagi  yuklamalar  -  harflarga  o'xshash  bo'lganligi  sababli)  harflar 

deb  baholanar  edi.  Buni  Mahmud  Koshg'ariy,  Mirzo  Mahdixon  tadqiqotlarida  ham  kuzatish 

mumkin. 


So'zshakllari  va  ularning  paradigmalarga  ajratish  o'zbek  tilshunosligida  E.D.Polivanov 

asarlari va A.Fitratnmg «Sarf» va «Nahv» darsliklandan so'ng ommalasha boshladi. Bu davrda 

so'z shakli deganda o'zakka qo'shilib, kelgan har qanday qo'shimcha tushunihb, kitoblar ham, 

kitobim  ham,  yozdik  ham,  yozdi  ham  so'z  shakli  deb  talqin  qilinar  edi.  O'tgan  asrrning  40-

yillaridan  keyin  o'zbek  tilshunosligiga  F.F.Fortunatov  asos  solgan  Moskva  lingvistik 

maktabining/оpiya  yasash  va  so  'z  о  'zgartirish  atamalan  bir-biridan  farqlangan  holda  kirib 

keldi.  Forma  yasovchilar  deganda  yangi  so'z  hosil  qilmaydigan,  ma'noni  keskin  o'zgartir-

maydigan,  balki  har  xil  ma'noviy  bo'yoq  beradigan,  aniqrog'i,  so'zni  nutqqa  xoslaydigan, 

moslaydigan  qo'shimchalar  tushunildi.  So'z  o'zgartiruvchilar  deganda  so'zlarni  bir-biriga 

bog'lash  uchun  xizmat  qiladigan  qo'shimchalar  tushumlib,  forma  yasovchilar  ham,  so'z 

o'zgartiruvchilar ham faqat bir turkum doirasida bo'lishi ta'kidlandi. 

O'zbek  tilida  morfologik  ko'rsatkichlarning  yangicha  talqini  akademgrammatikalardagi 

ta'riflarga tayanadi, biroq tasniflardagi ayrim chalkashliklarga oydinlik kiritadi. 

Ma'lumki, 

flektiv 


tillarda 

okonchanie 

mavjud 


bo'lib, 

so'zning 



ma'lum 

bir 


shakliga 

qo'shiladi. 

So'z 

o'zgartiruvchi 



sifati 

da 


faqat 

okonchanie 

tanlanadi, 

undan 


boshqa 

qo'shimchalar 

forma 

yasovchilar sirasiga kiritiladi. Masalan: 



• 

Oni uznali 

Ona uznala 



Oni uznavali 



Ona uznavala 

Bu lkki fe'lda —/ o'tgan zamon formasini yasaydi, -/, -a okonchanielari  esa  bu  formalarni 

son va rodlarda o'z g a r t i r a d i . O'zbek tiliga okonchanie xos emas, shungdek, so'zga rus tili 

uchun  me'yoriy  bo'lgan  va  osnova  deb  ataladigan  okonchaniesiz  qism  ham  ahamiyatsiz. Shu 

sababli forma yasalishi va so'z o'zgartirishni ajratishga keskin zarurat yo'q. O'zbek tilida ham 

o'zakka qo'shimchalarni so'z yasovchi va so'zning ayrim shaklla- . rini yasovchilarga ajratish 

xosdir.  So'zning  ayrim  shakllanni  yasovchilar  esa lug'aviy shakl  hosil qiluvchilar va sintaktik 

shakl hosil qiluvchilarga bo'linadi. 

Lug'aviy 

shakl 

hosil 


qiluvchilar 

so'z 


ma'nosini 

qisman 


v/ 

o'zgartiruvchi, 

muayyanlashtiruvchi  qo'shimchalardir.  Masalan,  kitob  so'zida  birlik  ma'nosi  ham  {Bu  kitob 

qiziqarli),  ko'plik  ma'nosi  ham  (Do'konga  kitob  keldi)  mujassamlangan.  Nutq  sharoiti, 

matn  kitob  so'zida  birTTFyoki  ko'plik  voqelanishini  ajratib  beradi.  Shu  so'zga  -lar  shakli 

qo'shilishi  bilan  u  kitob  so'zida  birlik  ma'nosini  ko'plik  ma'nosidan  chegaralaydi,  ya'ni 

lug'aviy 

m

a'noni  muayyanlashtiradi,  toraytiradi.  Lekin  bevosita  so'zlarni  sintaktik  aloqaga 



kiritish  uchun  xizmat  qilmaydi.  Lug'aviy  shakl  h i l   qiluvchilar,  asosan,  to'rt  yirik  so'z 

turkumi  -  fe'l  (nisbat,  bo'lishh-bo'hshsizlik,  o'zgalovchi,  sintetik  va  analitik  harakat  tarzi 

shakllari),  ot_(son,  kichraytinsh-erkalash),  si  fat  (daraja)  va  sonda  (uning  ma'no  tunni  hosil 

qiluvchilar) mavjud bo'Iib, ularning qo'llanihshi o'zi mansub so'z turkumi bilan chegaralanadi. 

Shu  boisdan  ular  tasniflovchi,  ya'ni  so'zlarni  tasniflash  chog'ida  bir  turkumni  boshqalaridan 

ajratuvchi shakllar deb yuritiladi. 

Sintaktik  (aloqa-munosabat)  shakli  hosil  qiluvchilar  so'z  lug'aviy  ma'nosiga  ta'sir 

etmay,  so'zlarni  bir-biriga  bog'lashga  yoki  ularga  ma'lum  bir  sintaktik  vazifa  berishga 

xizmat  qiladi.  An'anaviy        ta'riflardagidan        farqli        ravishda        aloqa-munosabat 

shakllarining  qo'llanilishi  lug'aviy  shakllardek  bir  so'z  turkumi  bilan  chegaralanmaydi, 

ya'ni  bu  shakllar  istalgan  mustaqil  so'zga  qo'shilib,  uni  o'zidan  keyingi  yoki  oldingi  so'z 

bilan sintaktik aloqaga  kiritadi.   Kelishik,   egalik,   kesimlik  shakllari   shunday grammatik 

vositalardir. 

O'zbek  tilida  shunday  shakllar  borki,  ular  bir  tornondan  so'zning  lug'aviy  ma'nosiga 

ta'sir  etadi,  ikkinchi  tomondan,  ulami  sintaktik  aloqaga  kiritadi.  O'zgalovchi  kategoriya 

shakllari  shunday  ikkiyoqlama  mohiyatga  ega.  Masalan,  shoshilib  gapirmoq  birikmasida   



 

14 


~ib      ravishdosh      shakli      shoshil      so'zinmg      Jug'aviy  ma'nosiga  ta'sir  etgan,  ya'ni  unga 

ravishlik  ma'nosiga  yaqin  ma'no  bergan,  shu  bilan  birgalikda,  bu  so'zni  keyingi  so'zga 

bog'lash vazifasini ham bajarmoqda. Shuning uchun o'zgalovchi kategoriya shakllari lug'aviy 

shakl  hosil  qiluvchilar  va  sintaktik  shakl  hosil  qiluvchilar  orasida  oraliq  vaziyatni  egallab, 



lug'aviy sintaktik shakl hosil qiluvchi atamasi bilan nomlanadi. 

 

 

 

 



4 – MA’RUZA 

TIL BIRLIKLАRI TIZIMI 

 

Reja: 

4.1. Mа’nо ifоdаlаshigа ko’rа til birliklаrining 5 аsоsiy turgа bo’linishi  

4.2.  Mоrfеmа,  lеksеmа,  so’z  shаkli,  so’z  birikmаsi,  gаp  –  umumlаshgаn  mа’nоgа  egа 

bo’lgаn til birliklаri sifаtidа. 



4.3. Grаmmаtik mа’nо hаr qаndаy grаmmаtik kаtеgоriyaning аsоsi sifаtidа 

 

TAYANCH  TUSHUNCHALAR:  morfema,  leksema,  so’z  yasalishi,    so’z  birikmasi, 

gap, umumlashgan ma’no, grammatik kategoriya 

 

O’zaro bog’liq va shartlangan ikki va undan ortiq elementlarning munosabatidan tashkil topgan 

va  yangi  sifatga  ega  bo’lgan  barharor  butunlik  sistema  sanaladi.  Til  birliklari  voqelanish  belgasiga 

ko’ra  ham,  to’zilish  (ontologik)  tabiatiga  ko’ra  ham  sistemadir.  Masalan,  har  bir  morfema  bevosita 

ko’zatishda  bir  qancha  shakliy  va  mazmuniy  variantlar  (allomorflar,  morfema  variantlari)  orqali 

namoyon bo’ladigan umumlashma sifatida sistemadir. Shuningdeq har bir fonema ham bevosita nutq; 

jarayonida bir necha variantlar (allofonlar) orqali namoyon bo’ladigan umumlashma, butunlik sifatida 

sistema  sanaladi.  Bundan  tashari  morfema  va  undan  yuqori  birliklar-ning  hammasi  to’zilish 

(ontologik)  tabiati  jihatidan    qurnlma  (konstruktsiya)  sifatida  ma'lgum  qurilish  (konstruktiv) 

birliklarning o’zaro barharor sintagmatik munosabatidan tashkil topgan sistema hisoblanadi. Masalan, 

morfema ikki va undan ortiq fonemalarning o’zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi va yangi 

sifatga  ega  bo’lgan  butunlik  sifatida  sistema  sanaladi  (morfema  bir  fonemaning  yangi  sifatga  ega 

bo’lib,  morfemik  sathga  ko’tarilishi  natijasida  ham  vujudga  kelishi  mumkin.  Masalan,  u  -  unlilar 

sirasida  fonema.  Lekin  shu  fonema  ko’rsatish  olmoshi  yoki  III  shaxs  kishilik  olmoshining  moddiy 

asosi bo’lib xizmat qilnshi mumkin. Ikki birlik bo’lgan fonema va morfema o’rtasida sifat o’zgarishi 

ro’y beradi. 

Sistemaning  muhim  belgilari:  )  tarkibiy  qismlarga  bo’linish,  2)  tarkibiy  qismlarning  butun 

tarkibidagi o’zaro va butun bilan bo’laq tur bilan jins o’rtasidagi shartlangan munosabatning bo’lishi 

va 3) ko’pincha butunning tarkibiy gismlarida mavjud bo’lmagan yangi sifatga ega bo’lishidir. 

Birinchi belgiga ko’ra, har qanday sistema muayyan qurilish birliklaridan tashkil topadi. Bu esa 

uning ichki bo’laklarga bo’linish xususiyatiga ega ekanligini ko’rsatadi. 

Ikkinchi  belgisi  bugun  tarkibidagi  elementlarning  bir-biri  bilan  va  elementlarning  butun  bilan 

bo’lgan  munosabatini  ifodalaydi.  Har  ikki  munosabat  zaruriy  va  o’zaro  shartlangandir.  masalan, 

fonemasiz  morfemaning  bo’lishi  mumkin  emas.  Morfema  fonemalardan  tashkil  topadi.  Fonema 

morfema tarkibiga uning qurilish birligi sifatida kiradi. Shuningdeq so’z shakl morfemalardan tashkil 

topadi. Morfema esa so’z shakl tarkibida uning qurilish birligi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bularning 

munosabati butun va bo’lak o’rtasidagi munosabatdir. Bundan tashhari bo’lak bilan bo’lakning, butun 

bilan butunning ham munosabati mavjud. Masalan, son kategoriyasi tarkibida birlik ko’pliksiz bo’lishi 

mumkin emas. Birlik shakl ko’plikka nisbatan, ko’plikka zidlanganda aniqlanadi. 

Uchinchi  belgiga  ko’ra,  sistema  deb  haralayotgan  butunlik  tarkibiyk  qiismlarining  oddiy 

yig’indisidan iborat emas. U tarkibiy qismlarida sistemaga kirguncha mavjud bo’lmagan yangi sifatga 

ham ega bo’ladi. Masalan, ikki xil  gazning  - vodorod,  kislorodning birikmasidan  suv hosil  bo’ladi. 



 

15 


Shuningdeq  fonemalardan  tashkil  toptan  morfema  fonemalarga  nisbatan  yangi  sifatga  ega  bo’ladi. 

Fonemalar  ma'noni  farqlash  uchun  xizmat  qiluvchi  ma'nosiz  birliklar  bo’lsa,  ularning  qo’shiluvidan 

hosil bo’lgan morfema esa ma'noli birlik sanaladi. Shuning  uchun ham har qanday sistemada sistema 

hosil qiluvchi va sistemada namoyon bo’luvchi belgilar mavjud bo’ladi. 

 Sistema qurilma ekan, u albatta to’zilishga ega bo’ladi. Sistemani tashkil etgan elementlarning 

ichki  aloqasi strukturani  tashkil  etadi.  Bundan anglashiladiki, sistema va  struktura  tushunchalari  bir-

biri bilan o’zviy aloqador tushunchalardir. Sistsmasiz strukturaning, strukturasiz sistemaning bo’lishi 

mumkin emas. Sistema atamasi ichki to’zilish birliklarning o’zaro munosabati asosida vujudga kelgan 

butunlikni ifodalasa, struktura atamasi butunlikning ichki to’zilishini ontologik tabiatini ifodalaydi 

Til  sistema  sifatida  ichki  to’zilishga,  strukturaga  ega.  Tilning  ichki  to’zilishi  (strukturasi)  ko’p 

sathlidir. 

Tilning  qimmat  jihatdan  bir  xil  birliklarining  yig’indisi  lingvistik  sath  deb  yuritiladi.  Masalan, 

fonologik  sath,  morfemik  sath  kabi.  Ma'lum  bir  tildagi  fonemalarning  o’zaro  munosabati  majmui 

fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi. 

Lingvistik sath tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga 

bo’lishda  xilma-xillik  ko’zga  tashlanadi.  Shunday  bo’lishga  haramasdan,  deyarli  barcha  tilshunoslar 

tilning  quyidagi  sathlarini  birdek  tan  oladilar:  )  fonologik  sath,  2)  morfemik  sath,  3)  leksik  sath,  4) 

morfologik sath, 5) sintaktik sath, 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath. 

Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining  birligiga  ega:  fonologik sath birligi-fonema; morfemik 

sath birligi - morfema; leksik sath birligi - leksema; morfologik sath birligi –so’z shakl; sintaktik sath 

birligi - sintaksema; ustsintaktik sath birligi - matn (tekst). 

Kursatib  o’tilgan  sathlar  quyidan  yuqoriga  harab  qat'iy  tartibda  joylashadi.  har  bir  yuqori  sath 

birligi  o’zidan  bir  daraja  quyi  sath  birliklarishing  sintagmatik  munosabatidan  tashkil  topadi  (bundan 

faqat  leksik  sath  birligi  mustasno),  fonemalarning  sintagmatik  munosabatidan  morfemik  sath  birligi 

morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham) . 

Morfemalarning  sintagmatik  munosabatidan  esa  morfologik  sath  birligi  bo’lgan  so’z  shakl 

vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (tug’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi 

va boshqalar. 

 

Til sistemasidagi har bir sath, birligi - fonema, morfema, leksema, so’z shakl, sintaksema, matn 



lisoniy (lingvistik)birliklar sanaladi. 

Lisoniy  birliklar  sistema  tarkibida  ma'lum  munosabatda  bo’ladi.  Ularni  dastlab  ikki  guruhga 

ajratish  mumkin:  )  bir  satha  mansub  bo’lgan  birliklar  munosabati;  2)  turli  sathga  mansub  bo’lgan 

birliklar munosabati, ya'ni sathlararo munosabat. 

. Bir sathga mansub birliklar munosabati 

Bir  sathga  mansub  bo’lgan  birliklar  o’zaro  ikki  xil  munosabatga  kirishadi:  )  uyadoshlik 

(paradigmatik) munosabati; 2) ketma-ketlik munosabati. 

1) Uyadoshlik munosabati 

Bir sathga mansub bo’lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma'lum umumiy belgi asosida 

bir  guruhga  (uyaga)  birlashuvi  uyadoshlik  munosabati  sanaladi.  Uyadoshlik  munosabatida  bo’lgan 

birliklar  uchun  umumiy  belgi  sifatida  shu  birliklarning  ma'nosi  ham,  shakli  ham  xizmat  qilishi 

mumkin. Masalan, ichi, ishla leksemalari o’zakning umumiyligi bilan o’zaro birlashsa, qo’shimchalari 

bilan  farqlanadi.  Yoki  aksincha,  ishla,  angla,  so’zla  singari  leksemalar  qo’shimchaning  umumiyligi 

bilan  birlashib,  o’zakshshg  xilma-xilligi  bilan  farqlanadi.  har  ikki  holatda  ham  uyadoshlikni  hosil 

qiladi.  Leksik  sathda  ayrim  leksemalar  shakliy  o’xshashlik  umumiy  belgisi  asosida  bir  uyali,  sinfni 

tashkil  etadi.  Bunday  leksemalar  munosabati  leksik  omonimlarni  hosil  qiladi.Yoki  ba'zi  leksemalar  

ma'no  umumiyligi  asosida.  bir  sinfga  birlashadi.  Bunday  munosabatda  bo’lgan  leksemalar  leksik 

sinonimlarni  tashkil  etadi.  Xuddi  shunday  xususiyat    fonologik  sathdan  yuqori  bo’lgan  barcha  sath 

birliklari  uchun  ham  xosdir.  Masalan,  u  mumiy  egalik  ma'nosi  asosida  barcha  egalik  shakllari  bir 

uyaga birlashadi. Zamon ma'nosi asosida barcha zamon bildiruvchi fe'l shakllari bir uyani hosil qiladi. 

Shu  bilan  birga,  uya  ichida  huddi  shunday  umumiy  ma'no  asosida  yana  kichik  uyalarga  birlashishi 

mumkin. Jumladan, o’tgan zamon shakllari, hozirgi zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi. 



 

16 


Shunday qilib, ma'lum uya o’z ichida kichik uyalarga bo’linib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. 

Masalan, a, e, o, u, u, i unlilari munosabati unlilar sistemasini (paradigmasini) tashkil etish bilan birga, 

bu unlilarning har qaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar orqali yuzaga chiqadi va variantlar 

uyasini (sistemasini) tashkil etadi. 

Lisoniy  birliyutarning  uyadoshlik  munosabatini  belgilashda  ko’proq  ma'no  umumiyligi  belgisi 

xizmat qiladi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, ma'lum umumiy ma'no asosida bir uyaga birlashtirish uchun asos bo’lib 

xizmat qilgan umumiy ma'no takrorlanishi lozim. Ana shu takrorlanuvchi ma'no (sema) har bir a'zoni 

ayni shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga uyaning har qaysi a'zosi 

boshqa  a'zodan  ma'lum  belgilariga  ko’ra  farqlanish xususiyatiga  ham  ega.  Ana  shu  farqlanish:  belgisi 

bilan uyaning aloqida birligi ekanligini saqlab turadi. Demaq har bir a'zo birlashtiruvchi va farqlovchi 

semalar  birligidan  tashkil  topadi.  Birlashtiruvchi  sema  har  bir  a'zoni  ma'lum  mazmuniy  uyaga 

(paradigmaga.)  birlashishini,  farqlovchi  sema  esa  uya  tarkibidagi  har  bir  a'zoning  o’ziga  xosligini, 

aloqidalngini  ko’rsatib  turadi.  Anglashiladiki,  uyaning  har  bir  a'zosida  umumiylik  va  o’ziga  xoslik 

dialektikasi  o’z  tajassuminitopadi.  Masalan,  -gan,  -di  shakllari  o’tgan  zamon  semasi  bilan  bir  uyaga 

kiradi.  Shu  bilan  birga  ularning  haritasisi  o’ziga  xos  farqlanish  belgisiga  ham  ega.  Ular  o’tgan 

zamonning  nutq  momentiga  nisbatan  uzoq  yoki  yaqinligini  ifodalash.  jihatidan  bir-biridan  farqlanadi. 

Birinchisi nisbatan uzoq o’tgan zamonni, ikkinchisi esa yaqin o’tgan zamonni bildiradi. 

Har bir uya (paradigma) sistema sanaladi. Shuiday ekan, til sistemasi o’zaro munosabatda bo’lgan 

bir qancha uyalarning birligidan iboratdir. 

Har  bir  uya  a'zolari  bir-biri  bilan  zidlanish  xususiyatiga  ega.  Zidlanish  har  qanday  narsa  va 

xodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar o’tishi bilan uya a'zolari o’rtasida miqdoriy 

o’zgarish ruy berishi mumkin. Ayrim a'zolar eskirib, iste'moldan chiqinshi, yangisi kirib kelishi mumkin. 

Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini ko’rsatadi. 

2) Ketma-ketlik munosabati 

Bir  sathga  mansub  bo’lgan  birliklar  nutq  jarayonida  o’zaro  ketma-ket  boglanib  ma'lum  axborot 

tashish uchun xizmat qiladi. Har bir lisoniy birlikning vazifasi ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatiga 

kirshpganda  namoyon  bo’ladi.  Nutq  jarayonida  ikkita  birlikni  hech  qachon  bir  vaqtda  talaffuz  qila 

olmaymiz. Oldin bittasini, so’ng ikkinchisini, uchinchisini va h.k. talaffuz qilamiz. Lisoniy birliklarning 

ma'lum chiziqda ketma-ket bog’lanishi ikki elementni hech qachon bir vaqtda talaffuz  qilishga imkon 

bermaydi. Muayyan cho’ziqlikka ega bo’lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati 

ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so’z shakli tarkibidagi ish–chi-lar-

ga morfemalari bir qatorda ketma-ket joylashadi. 

Bundan ketma-ketlik munosabati faqat nutqqa xos degan xulosaga kelmaslik kerak. Ketma-ketlik 

munosabati  imkoniyat  va  voqelik  dialektikasini  o’zida  mujassam  qilgan  holda  tilga  ham,  nutqqa  ham 

xosdir.  Har  qanday  ketma-ketlik munosabati  ma'lum tilda  amal  qiluvchi muayyan  qoidalar,  andozalar 

asosida maydonga keladi. Bunday qoida, andozalar ijtimoiy mohiyatga ega bo’lib, u yoki bu tilning har 

bir  vakili  ongida  tayyor  holda  mavjud  bo’ladi.  Nutq  jarayonidagi  real  birikma  esa  ana  shu  qoida  va 

andozalar  asosida  yuzaga  chiqadi.  Har  bir  lisoniy  birlikning  boshqa  lisoniy  birlikka  bog’lanish 

imkoniyati  mavjud  bo’ladi.  Grammatik  jihatdan  bo’glanish  mumkin  bo’lgan  birliklar  ham  agar 

mazmuniy  moslik  bo’lmasa,  bog’lana  olmaydi.  Masalan,  yig’lamoq,  kulmoq,  mushtlashmoq;  singari 

leksemalarning  mazmuniy  mundarijasida  odam  leksemasi  bilan  boglanish  imkoniyati  mavjud.  O’z 

navbatida    odam  leksemasining  mazmuniy    mundarijasida  yig’lamoq,  kulmoq,  mushtlashmoq 

leksemalari bilan mazmuniy mos keladigan (shu harakatlarni yuzaga chiqara olish) sema mavjud. Har 

ikki lisoniy birlikda mavjud bo’lgan usha bir-biriga mos sema ularni o’zaro mazmuniy va grammatik 

munosabatga  kirishuviga  yo’l  ochadi.  Aksincha,  tosh  leksemasi  bilan  emoq,  leksemasi  o’rtasida 



 

17 


yuqoridagi  kabi  mazmuniy  uyg’unlik  yo’q.  Shuning  uchun  ham  ular  o’zaro  mazmuniy  bog’lanish 

imkoniyatiga ega emas. 

Ko’rinadiki, til egalari ongida tayyor holda mavjud bo’lgan lisoniy birliklarning o’zaro vqushilish 

qoidalari,  andozalari  til  sathiga,  ana  shu  qoida  va  andozalar  asosida  bevosita  ko’zatishda  namoyon 

bo’lgan cheksiz hosilalar, konkret birikmalar nutq sathiga mansubdir. 

 Sintagmatik munosabat yordamida tilning bosh vazifasi - kommunikativ vazifasi amalga oshadi. 

3) Pog’onali munosabat 

 Bir sathga mansub, murakkablik darajasiga ko’ra bir xil bo’lgan lisoniy birliklar munosabatidan 

tashqari,  turli  sathga  mansub,  turli  murakkablikdagi  birliklar  ham  o’zaro  munosabatga 

kirishadi.(Murakkablik  darajasi  turli  xil    bo’lgan,  ikki  xil  sath  ga  mansub  lisoniy  birliklar  munosabati 

pog’onali munosabat sanaladi. Bunday munosabatni «...dan tashkil topadi», «... tarkibiga kiradi» ifodasi 

bilan  berish  mumkin.  Demaq  quyi  sath  birligi  o’zidan  bir  daraja  yuqori  sath  birligi  uchun  qurilish 

(konstruktiv) birligi bo’lib xizmat qiladi. Yuqori sath birligi esa qurilma (konstruktsiya) sifatida o’zidan 

bir  daraja  quyi  sath  birliklarining  ketma-ketlik  (sintagmatik)  muiosabatidan  tashkil  topadi.  Masalan, 

maktabga  so’z  shakli  morfologik  sath  birligi  sifatida  morfemik  sath  birligiga  nisbatan  murakkablik 

darajasi yuqori. Chunki u o’zidan bir daraja quyi morfemik sathning maktab va -ga birliklari o’rtasidagi 

sintagmatik munosabat hosilasi sifatida maydonga kelgan. Demaq morfologik sath birligi bo’lgan so’z 

shakl  morfemik  sath  birligi  bo’lgan  morfemalarning  (morfema  variantlarining)  o’zaro  sintagmatik 

munosabatidan tashkil topadi. Morfema (morfema varianti) esa so’z shakl tarkibiga kiradi. 

Lisoniy birliklarning murakkablik darajasi nisbiydir. Uning murakkab deb nom olinishi o’zidan bir 

daraja quyi sath birligiga nisbatandir. Masalan, morfemik sath birligi bo’lgan morfemaning murakkab 

(qurilma, sistema) deb nom olinishi fonologik sath birligi bo’lgan fonemaga nisbatandir. Morfema, o’z 

navbatida,  morfologik  sath  birligi  bo’lgan  so’z    shakl  uchun  element,  qurilnsh  (konstruktiv)  a'zosi 

sanaladi. So’z shakl morfemaga nisbatan murakkab, sintaksemaga nisbatan esa element hisoblanadi. 

Lisoniy  birlshshar  o’rtasidagi  pog’onali  munosabat  til  sistemasi  ichki  to’zilishining  oddiydan 

murakkabga qarab tadrijiy joylashganligidan dalolat beradi. 

3. Paradigma a'zolari o’rtasidagi zidlanishlar va zidlanish turlari 

 Yuqorida  ta'kidlanganideq  uyadoshlik  (paradigmatik)  munosabatida  bo’lgan  lisoniy  birlliklar 

muayyan birlashtiruvchi semaga ega bo’lishi bilan birga, o’zaro farqlovchi semaga ham ega bo’ladi. Ana 

shu farqlovchi semalar uya a'zolarining o’zaro zidlanishi uchgun asos bo’ladi. 

Sistemaviy  tilshunoslikda  uya  a'zolarining  ana  shunday  farqlovchi  semalar  asosida  zidlanishini 

belgilash markaziy o’rinni egallaydi. Chunki lisoniy birliklarni ma'lum sinflarga birlashtirish qanchalik 

muhnm bo’lsa, sinf a'zolarini bir-biriga zidlash ham shunchalik ahamiyatlidir. Sinflarga birlashtirishda 

lisoniy  birlik  mazmuniy  mundarijasidagi  birlashtiruvchi  sema  xizmat  qilsa,  bir-biridan  ajratishda 

farqlovchi  sema  asosiy  rol  o’ynaydi.  Shuning  uchun  sistemavyay  tilshunoslik  asoschilari  zidlanish 

tushunchasiga katta e'tibor berib, tilda zidlanishdan boshqa  hech narsa yo’qligini ta'kidlaydilar. 

Farqlash tushunchasi zidlanish  tushunchasini taqozo etadi.  Ikki  narsa  bir-biridan  faqat o’zaro zid 

quyilgandagina  farqlanadi.  Sistemaviy  tilshunoslikning  asoschilaridan  biri  N.  S.Trubetskoy  fonologik 

sathda zidlanishlarni quyidagicha belgilarga ko’ra tasnif etadi: 

A. Zidlanish sistemasiga munosabatiga ko’ra. 

B. Zidlanuvchi a'zolar o’rtasidagi munosabatga ko’ra. 


 

18 


V. Zidlanuvchi a'zolarning ma'no farqlash kuchiga ko’ra. 

Zidlanish sistemasiga ko’ra zidlanish turlari 

 Bu  belgiga  ko’ra  zidlanishlar  bir  o’lchovli  va  ko’p  o’lchovli  hamda  ajralgan  va  proportsional 

zidlanishlarga bo’linadi. 

Zidlanishlar zidlanuvchi a'zolarni farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki 

zidlanayotgan a'zolar uchun umumiy bo’lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun 

asos» bo’lib xizmat qiladi. 

Qiyoslash uchun asos belgiga ega bo’lmagan ikki narsa o’zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash 

uchun asos bo’lgan belgiga ko’ra zidlanishlar ikki turli bo’ladi: 1) bir o’lchovli, 2) ko’p o’lchovli. 

Bir o’lchovli zidlanshplarda zidlanuvchi a'zolarning zidlanishlari uchun asos bo’lgan belgi faqat shu 

zidlanish  uchungina  xos  bo’lib,  zidlanish  sistemasining  boshqa  a'zolarida  uchramaydi.  Masalan,  lotin 

grafik sistemasidagi E va F harflari zidlanishini olib ko’raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o’lchovlidir. 

Chunki bu ikki harf o’rtasidagi o’xshash belgilar yig’indisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin 

alfaviti-dagi  boshqa  hech  qaysi  harfda  uchramaydi.  Aksincha,  R  va  P  harflari  zidlanishi  esa  ko’p 

o’lchovlidir.  Chunki  bu  harflar  o’rtasidagi  o’xshash  (qiyosga  asos  bo’lgan)  belgilar  (vertikal  chiziq  va 

uning ustiga o’ng tomondan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda 

ham mavjud (masalan, B harfida). 

Bir o’lchovli va ko’p o’lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. 

Bunday  zidlanishlar  tilning  barcha  sathlarida  uchraydi.    Bundan  tashkari  birinchi  belgiga  ko’ra 

zidlanishlarning propotsional va ajralgan turlari ham mavjud. 

Ma'lum  bir  zidlanish  a'zolari  o’rtasidagi  munosabat  til  sistemasining  boshqa  zidlanish  a'zolari 

o’rtasidagi  munosabat  bilan  bir  xil  bo’lgan  zidlanishlar  proportsional  zidlanish  hisoblanadi.  Masalan, 

o’zbek  tili  f'onologik  sistemasidagi  k-g  fonemalarining  zidlanshli  proportsionaldir.  Chunki  bu  zidlanish 

a'zolari  o’rtasidagi  munosabat,  ya’ni  jarangsizliq  portlovchilik  belgisi  asosida  umumiylikni  hosil  qilishi 

faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d  kabi juftliklar uchun ham xosdir. Ma'lum bir zidlanish 

a'zolari  o’rtasidagi  qiyos  uchun  asos  bo’lgan  belgi  til  sistemasidagi  zidlanishlarning  hech  qaysisida 

uchramaydigan  zidlanish  ajralgan  zidlanish  sanaladi.  Masalan,  b  va  p  juftliklari  o’rtasidagi  zidlanish 

ajrapgandir.  Chunki  bilabiallik  va  labiodentallik  belgilari  boshqa  hech  bir  juftlikda  qiyos  uchun  asos 

bo’lmaydi. 

Zvdlanish a'zolari o’rtasidagi munosabatga ko’ra zidlanish turlari 

 Zidlanish  a'zolari o’rtasidagi munosabatga ko’ra zidladashlar  privativ (qiyosga  asos  bo’lgan belgi 

birida  bor,  ikkinchisida  yo’q  bo’lgan  zidlanish),  darajali  (gradual)  va  teng  qimmatli  (ekvipolent) 

zidlanishlarga bo’linadi. 

Zidlanuvchi a'zolaridan birida zidlanish uchun asos bo’lgan. belgining mavjudligi, ikkinchisida esa 

yo’qligiga  asoslangan  zidlanish  privativ  zidlanish  hisoblanadi.  Zidlanuvchilarning  belgiga  ega  bo’lgan 

a'zosi belgili (markirlangan), kuchli, belgiga ega bo’lmagan a'zosi esa belgisiz (markirlanmagan), kuchsiz 

a'zo  deyiladi.  Masalan,  t-d,  k-g,  undoshlari  zidlanishlari  privativ)  ziddiyat  sanalib,  zidlanuvchi 

juftliklarning  har  birida  birinchi  a'zo  «ovoz»  (jarang)  belgisining  yo’qligi,  ikkinchisi  esa  borligi  bilan 

xarakterlanadi. Bunday zidlanishlarning grafik ifodasi uchun kuchsiz a'zoga «-», kuchli a'zoga «+» belgisi 

qo’llaniladi. Masalan, so’z turkumlari sistemasida ot bilan fe'l o’rtasida qiyos uchun asos bo’lgan belgi 

«harakat» sanalib birinchisi bu belgining yo’qligi (-), ikkinchisi esa borligi (+) bilan xarakterlanadi. 

Zidlanuvchi  a'zolar  bir  belgining  turli  darajasini  (gradatsiyasini)  ko’rsatuvchi  zidlanish  darajali 

zidlanish hisoblanadi. Masalan, unlilarda og’iz ochilipshning turpi darajasini u ko’rsatuvchi u-o’-o, i-e-a 

o’rtasidagi zidlanish. 

Darajali zidlanish ko’p a'zoli bo’lib, darajalanish silsilasidagi birinchi va so’nggi a'zo chegara a'zolar, 

ular o’rtasidagi a'zolar esa oraliq a'zolar sanaladi. 

Chegara a'zolar zidlanishning ikki chutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi. 

Zidlanuvchi  a'zolarning  har  ikkisi  mantiqan  teng  bo’lgan,  ya'ni  belgining  ikki  darajasini  ham,  bor 

yoki  yo’qligini  ham  bildirmaydigan  zidlanishlar  teng  qimmatli  (ekvipolent)  zidlanish  hisoblanadi. 

Masalan, opa-singil, ota-ona zidlanishi. 

Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til sistemasining konkret shart-

sharoiti bilan bog’liq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitdan ajratib olingan ayni bir zidlanishi privativ 



 

19 


ham, darajali ham bo’lishi mumkin. Masalan, u-O o’rtasidagi zidlanish og’izning ochilish darajasi sifatida 

olinsa, privativ ziddiyat bo’ladi. Zidlanuvchilardan biri og’iz ochilishining  «nul»  darajasi sifatvda qabul 

qilinadi. Bu vaqtda u «ochiq emas», o esa «ochiq», yoki u «yopiq», O esa «yopiq emas» tarzida zidlanadi. 

Xuddi  shu  belgiga  ko’ra  til  sisgemasidagi  u  ga  nisbatan  ochiqroq  unli  o’  e'tiborga  olinsa,  u  bilan  o 

o’rtasidagi zidlanish darajali zidlanshlga aylanadi. Bu vaqtda u va o zidlanishning chegara a'zolari, o’ esa 

oraliq a'zo bo’lib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlashshni privativ, darajali va teng qimmatli zidlanish 

sifatida.baholanishi bizning qanday nuqtai nazardan yondashuvimizga bog’liq. 

Lekin bundan u yoki bu zidlanishni belgilash sof sub'ektiv xarakterga ega degan xulosaga kelmaslik 

kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishning o’zida uni ma'lum bir turga kiritish uchun asos bo’ladigan 

qandaydir  belgi  mavjud  bo’ladi.  Tilning  sistemaviy  tuzilishining  o’zi  va  uning  funktsiyalashuvi  ko’p 

hollarda  zidlanishning  ob'ektiv  va  aniq  turini  ajratishga  imkon  beradi.  Yuqorida  ko’rib  o’tgan  u  va  o 

fonemalari o’rtasidagi munosabat privativ zidlanish sifatida ham, darajali zidlanish sifatida ham tasavvur 

etilishi  mumkin.  Lekin  amalda  ularning  qaysisi  reallashayotgani  shu  fonologik  sistemaning  tuzilishi  va 

qo’llanishi bilan bog’lik bo’ladi . 

 Zidlanuvchi a'zolarning ma'no farqlash kuchiga ko’ra zidlanish turlari 

 Zidlanuvchi  a'zolarning  ma'no  farqlash  kuchiga  ko’ra  ziddanishlar  doimiy  va  mo’'tadillashgan 

turlarga  ajratiladi.  Zidlanishlarning  bunday  tasnifi  til  sistemasining  konkret  sharoitda  yuzaga  chiqishiga 

asoslanadi. Sistema - funktsiya tamoyiliga amal qiladi. 

  Til  sistemasidagi  zidlanuvchi  a'zolar  nutq  jarayonida  muayyan  sintagmatik  munosabatga 

kirishganda  ham  zidlanishga  asos  bo’lgan  belgini  saqlab  qolsa,  doimiy  zidlanish,  aksincha,  saqlab 

qolmasa,  mu'tadillashgan  zidlanish  sanaladi.  Masalan,  o’zbek  tilida  so’z  oxiri  jarangli  va  jarangsiz 

undoshlar zidlanishi uchun kuchsiz vaziyat sanaladi. Ana shu vaziyatda zidlanuvchi zidlanuvchi a’zolar 

zidlanish belgisini yo’qotadi, mu'tadillashadi: Masalan, bob-bop, tog’-toq. 

Mo’tadillashgan  ziddiyat  ham  barcha  ziddiyatlar  kabi  faqat  fonologik  sath  uchungina  xos  emas. 

Ularning barchasi tilning .hamma sathlarida uchraydi. Jumladan, birlik va ko’plik morfemalari o’rtasidagi 

zidlanish hurmat ma'nosini ifodalaganda mo’tadillashadi. 

Sistemaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan har qanday lisoniy belgi ikki xil xususiyatga ega. Ularning 

birinchisi  mutlaq  xususiyat  bo’lib,  sistemaga  kirgunga  qadar  ham  lisoniy  birlikda  mavjud  bo’ladi.  Bu 

xususiyatlar bevosita ko’zatish bosqichida shu belgining o’ziga mansub fizik-fiziologik xossasida ko’rinib 

turadi. 


Lisoniy  belgining  ikkinchi  xususiyati  esa  faqat  sistemada  bir  lisoniy  belgining  ikkinchi  lisoniy 

belgiga  munosabati  orqali  aniqlanadi.  Predmet  o’zining  xususiyatlaridan  tashqarida  mavjud 

bo’lmaganideq  uning  xususiyati  ham  bu  predmetning  boshqa  predmet  bilan  munosabatidan  tashqarida 

yashay  olmaydi.  Masalan,  Erning  tortish  quvvati  shu  predmetning  o’ziga  xos  xususiyati.  Lekin  bu 

predmetning  tortishi  uchun  boshqa  predmet  bo’lmasa,  uniig  tortish  xususiyati  «yashirin»  ligicha 

qolaveradi. 

Shu  bilan  birgalikda.  lisoniy  birliklarning  shunday  belgilari  borki,  bunday  belgilar  sistema  uchun 

ahamiyatli bo’lmaydi. Lisoniy birlik belgilarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 

1) 

sistema hosil qiluvchi belgilar; 



2) 

sistemada hosil bo’luvchi belgilar; 

3) 

sistemaga betaraf  belgilar. 



  Sistema tarkibidagi elementning sistemaga bogliq bo’lmagan, sistemaga kirgunga qadar ham unda 

mavjud bo’lgan xususiyati sistema hosil qiluvchi belgisi hisoblaiadi. Masalan, ikki kishidan iborat oilani 

sistema  desak  va  ikki  oila  a'zosini  sistema  elementlari  hisoblasaq  bu  ikki  a'zoning  erkaklik  va  ayollik 

belgisi sistema hosil qiluvchn belgi sanaladi. Chunki bu ikki a'zoning erkaklik va ayollik belgisi sistemaga 

kirguncha  ham  mavljud  edi.  Shu  bilan  birga  bu  belgi  oila  qurish  uchun  zaruriy  belgidir.  Oiladan 

tashqarida erkak va ayol bnr-biriga er-xotin bo’lolmaydi. Ular nikohdan o’tish o'rqali o’zaro er-xotinlik 

munosabatiga kirishadilar va oilani tashkil etadilar. Demak, sistema a'zolarining erkaklik va ayollik belgisi 

sistema hosil qiluvchi belgi sanaladi.. Bu belgilarsiz ikki shaxs normal oila qura olmaydi. Erkaklik yoki 

ayollik  jinsiga  mansublik  belgisi  oila  munosabatida  hosil  bo’lmaydi,  balki  bu  munosabatda  yuzaga 

chiqadi. 



 

20 


Kuyov-kelinlik  xususiyati  esa  sistemada,  ikki  a'zoning  nikondan  o’tishi  orqali  hosil  bo’ladi. 

Sistemadan tashqari alohida olingan elementning ana shunday xususiyati sistemada hosil bo’luvchi belgi 

hisoblanadi. 

Oila  tarkibidagi  ikki  a'zo  bo’y,  gavda,  yuz  ko’rinishi,  soch,  ko’z  ranglari  va  x..  kabi  bir  qator 

belgilarga  ham  ega.  Lekin  bu  belgilar  oila  (sistema)  nuqtai  nazaridan  unchalik  qimmatga  ega.  emas. 

Bunday belgilar sistemaga betaraf belgilar hisoblanadi. 

Oila a'zolarining erkaklik va ayollik belgisi elementning mutlaq belgisi bo’lsa, kuyovlik va kelinlik 

belgisi ikki a'zoning bir-biriga nisbatan hosil bo’lgan nisbiy belgisidir. 

An'anaviy tilshunoslik lisoniy belgining mutlaq xususiyatlarini tan olgan holda, nisbiy xususiyatini 

nazardan soqit qiladi. Lisoniy birliklarning faqat mutlaq xususiyatgagina emas, balki nisbiy xususiyatga 

ham  ega  bo’lishining  tan  olinishi  hozirgi  tilshunoslikning  katta  yutugidir.  Xuddi  shu  masala  asosida 

hozirgi tilshunoslik an'anaviy tilshunoslikdan farq qiladi. Masalan, tovushning fizik xususiyati bilan birga 

fonologik munosabati ham mavjud. Turli fonologik sistemaga ega bo’lgan tillarda moddiy bir xil bo’lgan 

tovush turli  nisbiy xususiyatga ega  bo’lishi mumkin:  o’zbek tilida k  va x tovushlari  bir xil jarangsizlik 

belgisiga  ega.  Bu  ularning  fonologik  tizimga  kirguncha  bo’lgan,  sistemaga  aloqasi  bo’lmagan  mutlaq 

xususiyatidir. Lekin jarangsizlik belgisining fonologik qimmatga ega bo’lishi yoki bo’lmasligi bilan “k-x” 

bir-biridan  farqlanadi.  «K»  ning  jarangsizlik  belgisi  farqlovchi.  Chunki  shu  belgisi  bilan  «g»  dan 

farqlanadi.  «x>  ning  jarangsizlik  belgisi  esa  farqlovchi  emas.  Chunki  uning  bu  belgiga  ko’ra  qarama-

qarshi qo’yiladigan jarangli ziddi yo’q. 

 Dialektikada umumiy va xususiy, tasavvufda kull va juzv o’ta muhim kategoriya va tushunchalar 

bo’lib, ularni chuqur va atroflicha o’zlashtirmay turib falsafa va tasavvuf mohiyatini, bilish nazariyasini, 

narsa-hodisalarning tahlil mohiyatlarini tushunish mumkin emas. 

 Xususiy nima? 

Biz ko’ra oladigan, seza oladigan, kuzata oladigan har bir narsa, voqea-hodisa, belgi va xususiyat 

xususiylikdir. 

Xususiylikning uch asosiy belgisi ajratiladi: 

I. Xususiylikning moddiyligi va bevosita ko’zatish; fahmda berilganligi. 

2. Xususiylikning alohida va takrorlanmasligi. 

3. Xususiyliklarning cheklanmaganligi va behisobligi. 

Tushunarli bo’lishi uchun, xususiylikning bu belgilarini «daraxt» misolida ko’rib chiqamiz. Xususiy 

«daraxt»  (XD)  bu  ko’z  oldimizda,  ma'lum  bir  joyda,  ma'lum  bir  vaqtda,  ma'lum  bir  shaklda  va 

ko’rinishda, ma'lum bir taraqqiyot bosqihida turgan alohida bir narsa, o’simlik. Biz daraxtni ko’ra olamiz, 

paypaslay olamiz, kerak bo’lsa, uzunligini, yo’g’onligini, tana va shoxlar miqlorini, hatto undagi barg va 

gullar sonini hisoblay olamiz. Bu daraxt moddiy shaklga ega, ya'ni muayyan moddalardan ildizni, tanani, 

po’stloqni,  shox-shabbalarni  hosil  qiluvchi  organik  va  noorganik  birikmalardan  iboratdir.  Daraxtning 

moddiyligi  ham  mana  shu  moddalardan  tuzilganligidadir.  Shu  moddiyliklar    bo’lmasa,  XD  ham 

bo’lmaydi.  XD  uyimiz  hovlisida,  institut  bog’ida  o’sib  turibdi,  uni  ko’zatishimiz  uchun  hech  qanday 

to’sqinlik yo’q. 

Har bir XD takrorlanmas va alohidadir. Hovlingizda ikkita, olma daraxti o’sadi, deylik. Bu daraxtlar 

bir yilda ekilgan bo’lsa, ularni bir xil deb bo’ladimi? Yo’q! Chunki ular ikkita daraxt, ikkita alohidalikdir. 

Axir  bir  daraxtni  kessangiz,  ikkinchisi  kesilmaydi-ku.  Har  bir  xususiylik  o’z  holida  yakkaligida  bo’la. 

olishi, yashay olishi har bir xususiylikning alohidalik belgisini tashkil qiladi. Hovlingizdagi ikkita daraxt 

nafaqat ikkita alohidalik balki takrorlanmasdir ham. «Men kitob o’qiyapman» gapi ikki marta takrorlansa, 

ikki  xususiylik  voqelangan  bo’ladi.  Bu  gaplar  birin-ketin  takrorlangan  bo’lsa  ham,  ularning  biri 

ikkinchisidan hech bo’lmaganda zamonda farq qiladi. 

Demak,  xususiylik  bu  biz  sezgi  uzvlarimiz  bilan  seza  oladigan  borliq:  narsa,  belgi,  vokqea-

hodisalardir.  Bizni  sezgi  uzvlarimizning  imkoniyatlari  cheklangan,  shuning  uchun  biz  sezgi 

organlarimizni  asbob-uskunalar  bilan  kuchaytiramiz.  masalan,  oddiy  qurollanmagan  ko’z  bilan  biz 

osmondagi olti mingta yulduzni ko’ra olsak kuchli billur teleskopda bir necha yuz ming, radioteleskopda 

bir  necha  milliard  yulduzlarni  ko’ra  olamiz.Teleskoplar  yoki  mikroskoplar  ham  sezgi  uzvlarini 

kuchaytiruvchi  vositalardir.  Insoniyat  ko’rish,  sezish,  taxlil  qilish  imkoniyatlarini  minglab  uskunalar 

asosida minglab marta kuchaytirgan. Biroq eng kuchli asbob ham xususiylikdan boshqa narsani ko’rsata 



 

21 


olmaydi. Xususiyliklar nihoyatda cheksiz katta yoki o’ta kichik ham bo’lishi mumkin. Er sharining o’zi 

quyosh  sistemasida  bir  xususiylikdir.  Shuningdek  gallaktikamizning  o’zi  ham  nihoyatda  ulkan 

xususiylikdan boshqa narsa emas. Suvning har bir molekulasida mavjud bo’lgan bitta kislorod atomi ham 

alohida xususiylikdir. Xususiyliklarning har biri bir alohidalik bo’lganligi uchun rang-barangdir. Ularning 

miqlori va turi aqlga sig’maydi.  

 Umumiylik nima? 

Bog’ingizda yuz tup daraxt bor. Bu daraxtlarning har biri alohida va nisbatan mustaqil, takrorlanmas 

XD ekanligini bilasiz. Lekin siz hech qiyinchiliksiz: «Bogimizdagi daraxtlar bu yil  yaxshi hosil berdi», - 

deb yuz tup XDni daraxtlar so’zida mujassamlashtirasiz, umumlashtirasiz. Uch-to’rt yashar bolaga istagan 

turdagi tanasidan shoxlanib, barg va hosil beradigan katta o’simlikni ko’rsatib:  «Bu nima?» - desangiz, 

adashmay:  «D a r a x t», -deb javob beradi. U olmami, akatsiyami, chinormi, baribir, daraxt. Notanish 

joyga borib, tanasidan shoxlanib, barg va meva beradigan notanish o’simlikni ko’riboq, siz uning daraxt 

ekanligini  bilasiz.  Albatta,  siz  uning  yoshini,  gullash  davrini,  taxminiy  yashash  yilini  va  boshqalarni 

bilmasligingiz  mumkin,  lekin  daraxt  ekanligiga  shubha  qilmaysiz.  Chunki  u  siz  bilgan  daraxtlarga 

o’xshash,  monanddir.  Qaysi  asosda,  siz  bog’ingizdagi  aloqida  XDni,  yoki  notanish  o’lka  dagi  o’zingiz 

tanimagan o’simlikni «daraxt» so’zi bilan atab umumlashtira oldingiz? Bunta javob berish qiyin emas: Siz 

ko’rgan va tanigan minglab XDlardagi umumiiliklar, o’xshash jihatlar asosida. 

Siz ga tanish bo’lgan barcha XDlarning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, ular o’simlik ya'ni 

erga  ildiz  qo’yib  o’sadigan  narsa  bo’lib,  mustahkam  tanaga  egadir.  Bu  tanadagi  shoxlar,  shoxlardan 

butoqlar o’sib chiqadi va shox-butoqlar barg, gul va mevalarni o’zida saqlaydi. Shunday umumiy jihatga 

ega  bo’lgan  har  bir  predmet  Siz  uchun  -  daraxt.  Lekin  bevosita.  ko’zatishda  berilgan  XD  emas,  balki 

ongingizda,  miyangizda,  xayolingizda  mavjud  bo’lgan  umumiy  daraxt  (UD)ning  tarxi,  ramzi,  timsoli, 

obrazidir. UD bevosita ko’zatishda berilmagan. U bizning ongimizdagina yashaydi. UD niqoyatda sodda: 

tanasidan shoxlanadigan  yirik o’simlik. UD ta'riflash uchun mazkur ta'rif etarli, UD bizning ongimizda 

mana  shu  belgisi  bilan  yashaydi  va  shu  belgi  xususiyatga  ega  bo’lgan  behisob  XDlarni  bitta  UDga 

birlashtirishga  imkon  beradi.  Shuning  uchun  umumiylik  nima,  deganda,  biz  ayta  olamizki,  umumiylik 

bevosita  kuzatishda  berilgan  alohida  xususiyliklardagi  yorqin  va  o’zaro  bog’langan  o’xshash  belgi-

xususiyatlarning ongimizdagi, tafakkurimizdagi yaxlit tarxi (rejasi), ramzidir. Barcha XDlardagi o’xshash 

belgilar ularning barchasini o’simliklar dunyo'siga mansub, mustahkam tanaga, tanadan o’sib chiquvchi 

shohlarga ega ekanligidir. 

Umumiylikdagi belgilar, xususiyatlar, albatta, o’zaro bog’liq bo’lishi kerak va bir butunlikni tashkil 

etishi kerak.  

Umumiliklar  xususiyliklardagi  juz’iy,  mayda-chuyda  belgilarni  o’z  ichiga  olmaydi.  U  yorqin 

xususiyatlarnigina qamrab oladi, shuning uchun umumiyliklarni ilg’ay olish qobiliyati insonda juda erta, 

fikrni bayon eta olish ko’nikmasidan avvalroq shakllana boshlaydi va mana shu umumiyliklarning ongda 

shakllana boshlashi so’z ehtiyojini tug’diradi. 

Umumiylik  juz’iyliklardan  holi  bo’lganligi,  oigimizda,  miyamizda,  tafakkurimizda  ramz  sifatida. 

mavjudligi  uchun  umumiyliklarda  aks  ettirilgan  xususiyatlarga  ega  bo’lgan  chek-siz  miqdordagi 

xususiyliklarni  birlashtiradi,  umumlashtira  oladi.  Xususiylikka  moddiylik  alohidalik  va  behisoblik  xos 

bo’lsa, umumiylikka xos sifatlar quyidagilardir: 

I.. Ongda tarx, ramz sifatida mavjudligi va bevosita kuzatishda berilmaganligi. 

II.. Cheklanmagan miqdorda xususiyliklarda takrorlanib turishi, makon va zamondan nisbatan holi 

bo’lishi. 

III. Umumiyliklarning nisbatan chegaralanganligi. 

Umumiylikning bu xususiyatlarini sharxlaymiz. Birinchi xususiyat. Umumiylik moddiylikdan xoli. 

Uni  ko’rish,  sezish,  ulchash,  tasvirlash  imkoni  yo’q.  U  faqat  tafakkur  va  taxayyul  etiladi.  Umumiylik 

moddiylikka ega bo’lmasada, moddiylik hasida tasavvur uning tarkibida mavjuddir. Chunonchi, umumiy 

daraxtda yog’och, po’stloq, shox, barg moddalari, turlari, ko’rinishlari mavjud emas, lekin unda UDning 

tarkibiy  qismi  bo’lgan  tana,  shox,  barg  va  hosillarning  muayyan  moddalardan  iborat  bo’lishi  haqida 

tasavvur mujassamlangandir. 

Chunonchi, «qalam» desak bu umumiyatda yogoch qoplamaga ega bo’lgan, 8-25 sm. uzunlikdagi, 

o’rtasida grafit (qoratosh) o’rnatilgan yozuv quroli nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda,  «qalam» 



 

22 


umumiyligi  bu  yo’nib,  ichidagi  qoratoshini  chiqarib  yozish,  chizishga  mo’ljallangan  qurol.  Bu 

umumiylikda na qalamni rangi, na yog’ochining, toshining qattiq yumshoqligi aks etmagan, lekin qalam 

umumiyligida shu moddiyliklarning mavjudligining sharti yashiringandir. Shuning uchun umumiylshshi 

moddiylikdan tamoman sodit etilgan deb bo’lmaydi. 

Moddiylik haqida tasavvur umumiylikning zamirida va uning bir butunligini ta'minlovchi omildir.   

Ikkinchi  xususiyati.  Umumiylik  ong,  tafakkurdagi  ruhiy  bir  hodisa  bo’lganligi  sababli  u 

xususiyliklarda  voqelanadi.  Xususiyliklar  behisob  bo’lganligi  sababli  umumiylik      zarrasi  har  bir 

xususiylikka takrorlanib tushadi. Bir qarashda umumiylik xususiylikdan yo’qolgandek tuyuladi. Zohiran 

bu shunday. Chunonchi, umumiy daraxt ta'rifi bilan xususiy bir daraxt tavsifini qiyoslaylik. 

Daraxt  —  tanasidan  shoxlanuvchi  yirik  o’simlik.  Bog’imizdagi  olti  yoshli  shu  sermeva  gilosning 

mana bu shoxiga olmani payvand qildik. 

Uchinchi  xususiyat.  Umumiyliklar  nisbatan  miqdoran  chegaralangandir.  Chunonchi,  er  yuzidagi 

o’simlshslarning  xususiy  ko’rinishlarini  sanab  sanog’iga  etolmaymiz.  Sanashning  foydasi  ham  yo’q. 

Chunki  bugun  yulingan  maysa  o’rnidan  erta  yangisi  unib  chiqadi.  Lekin  o’simlik  dunyosining 

umumiyliklari o’ta chegaralangan. O’simlik dunyosi asosan uch umumiylikda birlashadi: daraxt, buta, o’t. 

 Umumiylik-xususiylik  munosabatlarini  yakunlar  ekanmiz,  aytish  joizki,  umumiylik  va  xususiylik 

bir-biriga zid narsalar emas Ularning bir-birini inkori dialektik nisbiydir: xususiylikdan moddiy, shakliy, 

davriy,  makoniy  muayyanlik  chetlashtirilsa,  u  umumiylikka  ayalanadi  va  aksincha  umumiylikning 

moddiy, shakliy, davriy, makoniy voqelanishi xususiylikdir. 

Invariant va variant. 

 Lisoniy  birliklarda  namoyon  bo’lgan  umumiylik-xususiylik  zidlanishini  ifodalash  uchun 

tilshunoslikda ko’proq invariant va variant atamalaridan foydalaniladi. 

Invariant  va  variant  tushunchalari  lisoniy  birliklarning  tuzilish  (ontologik)  mohiyatini,  demakki, 

tilning tuzilish tabiatini tavsiflashda eng muhim ahamiyatga egadir. 

Har  qanday  umumiylik  xususiyliklar  orqali  namoyon  bo’lganidek  har  qanday  invariant  variantlar 

orqali moddiylashadi. 

Invariant  ijtimoiy-ruhiy,  til  egalarining  hammasi  uchun  umumiy-majburiy  bo’lgan  moqiyat-

imkoniyatdir.  U  bevosita  ko’zatish  bosqichida,  nutq  jarayohida  variantlar  orqali  namoyon  bo’ladi. 

Nimaniki  talaffuz  qilsak,  qulog’imiz  bilan  eshitsak  qo’limiz  bilan  yozib,  ko’zimiz  bilan  o’qisak  bular 

invariantlar sanaladi. 

Variantlar sinfga xos umumiy belgilarni va o’ziga xos farqlovchi belgilarni o’zida mujassam etadi. 

Umumiy  belgi  har  bir  variantni  ma'lum  umumiylikka-sinfga  birlashtiradi  farqlovchi  belgilar  esa  bu 

variantni sinf tarkibidagi «boshqa variantdan ajratishga yordam beradi.  

Til sistemasi va uning bevosita yuzaga Chiqshida, ya'ni sistema-funktsiya munosabatida namoyon 

bo’ladigan umumiylik-xususiylik dialektikasi tilshunoslikda til-nutq zidlanishi orqali ifodalanadi. Shunga 

ko’ra,  tilshunoslikda  «emik»  va  «etik»  birliklar  bir-biriga  zidlanadi.  Umumiylik  imkoniyat,  moddiyatni 

bildiruvchi  ijtimoiy-ruhiy,  majburiy  birliklar  til  birliklari  sanaladi  va  bu  birliklar  «ema»  elementa  bilan 

tugaydigan atamalar bilan nomlanadi: fonema, morfema, leksema, sintaksema va boshqalar. Xususiylik 

voqelik  va  hodisani  bildiruvchi  bevosita  moddiy  voqelangan  birliklar  «etik»  birliklar  hisoblanadi.  Bu 

birliklar «ema» bilan tugagan atamaning ema qismini olib tashlash (masalan, fon, morf, leke, sintaks) bu 

«ema» qismi olib tashlangan qism oldidan «allo» elementini qo’shish (masalan, allofon, allomorf, alloleks 

kabi) yoki «ema» bilan tugagan atama oxiriga variant so’zini qo’shish (fonema varianti, morfema varianti, 

leksema  varianti)  orqali  ifodalanadi.  «Ema»  elementini  olgan  birliklar  til  birliklari,  qolganlari  esa  nutq 

birliklari sanaladi. 

Leksemaning  nutqda  voqelangan  ko'rinishi  


Katalog: lektions -> ozbek%20tili
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
ozbek%20tili -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tilshunosligi kafedrasi
ozbek%20tili -> Navoiyshunoslik
ozbek%20tili -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nоmidagi nukus davlat pеdagоgika instituti
ozbek%20tili -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
ozbek%20tili -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika

Download 464.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling