O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 353.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.02.2017
Hajmi353.01 Kb.
1   2   3   4   5

Mustahkamlash uchun savollar. 

1.  Mustaqil  O`zbekiston  Respublikasida  ta`lim  tizimi,  I.A.Karimov  asarlarida  barkamol 

avlod tarbiyasi 

        2. Ta`lim tizimini isloh qilish -davr talabi. 

3. Mustaqil O`zbekistonda pedagogika fanining ravnaq topishi. 

4. Ta`lim tizimini isloh qilishdagi asosiy yo`nalishlar. 

5. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 

6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy yo`nalishlari. 

7.  I.A.Karimov  asarlarida,  nutq  va  risolalarda  pedagogik  tadqiqotlar  ularning  asosiy 

yo`nalishlari va natijalari. 

8. O`zbek xalqining ma`rifiy qadriyatlardan ta`lim-tarbiyada foydalanish. 

 

 



Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.

 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 



3.

 

Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 



4.

 

 G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 



Pedagogika, 1999. 

5.

 



 Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6.

 



 Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir 

muammolari. 

7.

 

 Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 



 

Jahon pedagogikasi fanining rivojlanishi 

 

Reja: 



1.

 

Qadimgi Yunonstonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar. 



A) Lakoniya (Sparta) davlati va unda ta`lim-tarbiya. 

B) Afinada maktab tizimi va tarbiyaning tarkibiy qismlarining vujudga kelishi. 

2.

 

Qadimgi Yunonistonda pedagogika nazariyasining tug’ilishi.  



3.

 

Sakrot, Platon va Arastularning faoliyati. 



4.

 

Qadimgi Rimda tarbiya va maktab. 



 

Tayanch tushunchalar: 

 

Qadimgi  Yunonstonda  tarbiya,  maktab  va  pedagogika  sohasidagi  fikrlar,  kadrlar 



tayyorlash  milliy  dasturining  asosiy  yo’nalishlari,  qiyosiy  pedagika  haqida  umumiy 

tushuncha, rivojlanish  bosqichlari. 

 

 

Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi uning yangi ijtimoiy 



farmatsiya-quldorlik  tuzumi  egalladi.  Qadimiy  Sharqda  birinchi  sinfiy  jamiyatlar  paydo  bo’ldi, 

hamda  moddiy  va  ma`naviy  madaniyatga  asos  solindi.  Ayniqsa,  Qadimgi  Yunoniston  va  Rim 

xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o’zlarining katta hissasini qo’shdilar. 

Darhaqiqat  tarixiy  taraqqiyot  davomida  turli  mamlakatlar  va  xalqlar  jahon  madaniyatiga 

turlicha  yondoshdilar  va  rivojlantirdilar.  Masalan,  Xitoyda  hisoblashning  o’nlik  sistemasi  kashf 

etildi,  misopotomiyada  er  kurrasini  graduslarga,  sutkani  soatlarga,  minutlar  va  daqiqalarga 

bo’lish o’ylab topildi.  

Eramiz boshlanishidan oldin O’rta Osiyoning Janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda o’rta 

dengiz  bilan  Hindistonni  birlashtiruvchi  karvon  yo’li  qurildi.  So’ngra  o’rta  Osiyo  orqali 

Xitoydan o’rta dengizga  tomon G’Buyuk ipak  yo’liG’ ochildi. Natijada  O’rta Osiyo vohalarida 

madaniyatning rivojlanishiga ta`sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi. 

Ayniqsa Qadimgi Yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa 

mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.  

Yunoniston  unchalik  katta  bo’lmagan  bir  qancha  quldorlik  davlatlardan  tashkil  topgan. 

Uning mo’`tabar shaharlaridan Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Arktika (bosh shahri Afina) dir. 

Bularning  har  qaysisida  tarbiyaning  alohida  tizimlari  vujudga  kelib,  Sparta  usulida  va  Afina 

usulidagi  tarbiya  deb  ataladigan  bo’ldi.  Ammo  ikkala  davlatda  ham  quldorlik  tuzumi  ham 

hukmron edi. Yunonistonda qullarni G’Gapiradigan ish quroliG’ deb hisoblar edilar.  

Lakoniya  (Sparta)da  kemalar  to’xtaydigan  qulay  gavanlar  bo’lmaganligi  tufayli  qullar 

mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. To’qqiz ming oiladan iborat bo’lgan quldorlar 

g’o’0 mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinar 

edi.  


Tariya ishlari esa, davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi Spartaliklarning bolalarini 

baquvvat,  jismoniy  sog’lom,  bardoshli,  chiniqqan  jangchilar  qilib  tarbiyalash  va  bo’lajak 

quldorlar  etkazishdan  iborat  edi.  Spartaliklarning  bolalari  o’  yoshgacha  uyida  yashar,  keyin 

G’agellaG’  deb  nomlanuvchi  muasasasida  18  yoshga  etguncha  tarbiyalanar  edi,  ular 

G’pedanomG’ rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, 

sovuqqa,  ochlikka  chidashga  og’iriqqa  bardosh  berishga  o’rgatilar  edi.  Ta`limning  asosiy 

qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.  

Qadimgi  Yunon  tarixchisi,  faylasuf  olim  Plutarx  Sparta  maktablaridagi  ta`lim-tarbiya 

haqida  gapirib shunday  deydi: G’o’qish va  yozish-bolalarga faqat ularning  eng zaruri o’rgatilar 

edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni 

va engish ilmni o’rganishni ko’zda tutadiG’.  

Spartada ta`lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shavqatsiz, 

ularni 


mensimaydigan 

qilib 


tarbiyalashdan 

iborat 


edi. 

Shu 


maqsadda 

yoshlar 


G’KreptiyalarG’da,  ya`ni  kechalari  qullarni  tutish  mashqlarida  qatnashar,  shubhali  bo’lib 

ko’ringan har qanday illatni (qulni) o’ldirar edilar. 

Yoshlarga  axloqiy  tarbiya  berishda  davlat  rahbarlari  maxsus  suhbatlar  o’tkazib,  shu  yo’l 

bilan  ularga  axloqiy-siyosiy  tarbiya  berar  edilar.  Shuningdek,  bolalarni  savol-javob  jarayonida 

aniq, qisqa va lo’nda javob berishga o’rgatib borilgan.  

Spartada bola 18-20 yoshga etganda G’efeblarG’ guruhida xizmat qilardi. harbiy xizmatni 



o’taganlar.  

Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e`tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya 

malakalari  bilan  qurollantirib  borilgan.  Chunki  erkaklar  jangga  ketganlarida  ular  shaharni 

qo’riqlab, qullarni esa itoat saqlashni ta`minlar edilar.  



Afinada  esa  hayot,  tartib  intizom  maktab  tizimi  va  undagi  ta`lim-tarbiya  Spartanikidan 

butunlay farq qilar edi.  

Afinada  eramizdan  ilgari  V-VI  asrlarda  madaniyat  barq  urib  o’sdi.  Fan,  me`morchilik  va 

haykaltaroshlik taraqqiy topdi. Afinada eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham 

ma`naviy  jihatdan  etuk  kishini  o’zlarining  G’idealiG’  deb  hisoblar  edilar.  Bu  ideal  faqatgina 

yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati deb hisoblanar 

edi. 

Afinada  bolalar  o’  yoshga  etguncha  uyda  tarbiyalanar,  o’g’il  bolalar  o’  yoshdan  boshlab 



maktabga  qatnar,  qizlar  esa  oilada  ona  ko’magida  uy-ro’zqor  ishlariga  o’rgatilar  edi.  Afinada 

xotin-qizlarning  hayoti  uy  doirasidan  chiqmas,  asosan  ichkarida  o’tar  edi.  Afinada  dastlab 

bolalar  (5  yoshdan,  13-14  yoshgacha)  G’grammatisG’  (grammatika  mutaxassisligi  demakdir 

savol  o’qituvchisi  ma`nosida)  va  G’kifaristG’  (grekcha  musiqa  demak,  musiqa  o’qituvchisi 

ma`nosida)  maktablarda  o’qitilar  edi.  Bu  kabi  maktablarda  G’DidaskalG’  deb  atalgan 

o’qituvchilar  mashg’ulot  olib  borar  edilar.  O’g’il  bolalarni  maktabga  qullardan  biri,  boshlab 

borar  edi,  bunday  qul  pedagog  deb  atalar  edi  (payne-bola,  agogeyn-etaklab  borish  degan 

so’zlardan olingan). 

O’g’il  bolalar  13-14  yoshga  etganlaridan  keyin  G’polestraG’  (kurash  maktabi)  deb 

atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. 

Yoshlarning  badavlatroq  oilada  bo’lgan  qismi  polestrani  tugatgach  gimnasiyaga 

(gimnaziya  shu  so’zdan  kelib  chiqqan)  kirib  o’qir  edilar.  Maktabni  bitirgan  yoshlar  davlatni 

boshqarishda  qatnashlari  mumkin  edi.  Shuning  uchun  ularga  falsafa,  siyosat,  adabiyot  fanlari 

o’qitilgan. 

Qadimgi  Yunoniston  olimlari  va  faylasuflar  Sokrat,  Platon,  Arestotel`  hamda  Demokrit 

o’zlarining ilmiy asarlarida, nutqlarida tarbiya va ta`lim haqidagi fikrlarni ilgari surdilar. 

SOKRAT 

(Eramizdan  avvalgi  469-399  yillar)  o’zining  demokratik  ijtimoiy  chiqishiga  qaramay  (u 

kambag’al  hunarmand  o’g’li  edi),  Konservativ  zamindor  arestokratlarning  ideologi  edi.  Bu 

albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o’z aksini topdi. Sokratning fikricha tarbiyadan 

asosiy  maqsad,  dunyoning  tuzilishini,  buyumlarning  fizik  holatini  o’rganish  bo’lmay,  balki 

odamlar  o’zlarining  bilishi,  axloqini  kamol  toptirishi  lozim  deb  hisoblar  edi.  Sokrat  jamoat 

to’planadigan  axloqqa  doir  masalalar  yuzasidan  suhbatlar  o’tkazar  ekan,  tinglovchilarni  savol 

javoblar  yo’li  bilan  G’ha-haqiqatG’ni  o’zlari  fikr  yuritib,  o’ylab  topishlariga  undar,  shu  yo’l 

bilan  odamlarni  haqiqatni  izlashga  o’rgatar  edi.  Suhbatning  bu  metodi  o’sha  paytda  G’Sokrat 

metodiG’  deb  yuritilgan.  G’Sokrat  metodiG’dan  keyingi  davrlar  metodikasida  suhbatni  G’fikr 

qo’zg’ovchi savollar metodiG’ yo’li bilan o’tkazish kelib chiqdi. 

Umuman  Sokrat  yaratgan  axloqiy  etika  maktabi  umumiy  fazilat  va  xususiy  fazilatlardan 

tashkil topdi. U har bir fazilatni u yoki bu turdagi bilimlardan iborat ekanligini asoslab berdi va 

inson  eng  avvalo  umumiy  etika  mezonlarini,  inson  uchun  muqaddas  bo’lgan  barchaga  xos 

umumiy  fazilatlarni  bilishi  zarur,  deydi.  Uning  fikricha,  insonlardagi  fazilat,  ya`ni  axloqiy 

fazilatlar  fan  tufayli,  ta`lim  berish  bilan  qo’lga  kiritilganligi  tufayli,  axloqiy  rivojlanish  axlq 

asosini tashkil etar ekan. 

PLATON qadimgi Yunonistonning mashhur faylasufi. 


Eramizdan  ilgari  (425’-345  yillar)-ideolist  faylasuf,  Sokratning  shogirdi,  ob`ektiv 

idealizm nazariyasining asoschisi. U G’g’oyalar dunyosiG’ ni birlamchi his qiluvchi narsalar 

dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.  

Platon  olamni  hodisalar  dunyosi  va  g’oyalar  dunyosi  deb  ikkiga  bo’ldi.  Uning  fikricha 

g’oyalar abadiy va o’zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g’oyalar olamning soyasidir, xolos.  

Afina  aristokratiyasining  nomayandasi  bo’lgan  Platon,  Aristokratlarning  abadiy 

hukmronligi  haqidagi  nazariyani  ilgari  surdi.  Uning  fikricha  ideol  aristorkratik  davlat  uch  xil 

ijtimoiy  guruh:  faylasuflar,  jangchilar,  hunarmandlar  va  dehqonlar  guruhidan  iborat  bo’lishi 

lozim.  Faylasuflar  davlatni  boshqaradilar,  jangchilar  himoya  qiladilar,  uchinchi  guruh  esa 

mehnat qilib, ikki guruhni boqadilar. Shuningdek, u qullarni ham saqlanib qolishini aytib, ularni 

hamda hunarmandlar dehqonlarni huquqsizligi g’oyasini ilgari surdi.  

Platonning  fikricha  davlatning  maqsadi  oliy  ezgulik  g’oyasiga  yaqinlashishidir:  bu  g’oya, 

asosan, tarbiya yo’li bilan ro’yobga chiqishni ta`kidlaydi. 

Tarbiya-deydi,  Platon-  davlat  tomonidan  tashkil  etilmog’i  va  hukmron  guruhlarning-

faylasuflar  va  jangchilarning  manfaatlarini  ko’zlamog’i  lozim.  Platon  o’zining  pedagogik 

sistemasida Sparta va Afina sistemasining ba`zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi. 

Platonning  fikricha  bolalar  q  yoshdan  boshlab  6  yoshgacha  davlat  tomonidan  tayinlab 

qo’yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o’yinlar bilan shug’ullanishlari lozim. 

U  o’yinlarni  maktabgacha  tarbiya  vositasi  deb  hisoblab,  ularga  katta  ahamiyat  beradi.  U 

bolalarga eng yoshlik chog’idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. 

Bolalar 5 yoshdan 12 yoshgacha davlat maktablariga qatnab, o’qish, yozish, hisob, musiqa 

va  ashulalar  o’rganishlari  12  yoshdan  16  yoshgacha  odatdagi  badanarbiya  mashqlari 

o’rganiladigan palastrada, ya`ni jismoniy tarbiya maktabida, uni bitirgandan so’ng o’spirinlar 18 

yoshgacha  hisob  geometriya  va  astronomiyani  o’rganishi,  18  yoshdan  20  yoshgacha  yigitlar 

G’efebiyaG’da tarbiyalanadilar, ya`ni harbiy gimnastika bilan shug’ullanadilar. Qobiliyati o’tkir 

yigitlar  30  yoshga  qadar  falsafa,  shuningdek,  hisob  geometriya,  astronomiya  va  musiqa 

nazariyasini  o’rganadilar.  Bularning  bir  qismi  mansab  boshqarishga  ketsalar,  boshqa  eng 

istedodli  yigitlar  falsaf  ilmini  o’rganishni  yana  5  yil  (19  yoshga  qadar)  davom  ettiradilar. 

Shundan so’ng 19 yoshdan 20 yoshgacha davlatni boshqaruvchi kishilar bo’lib qoladilar. 

ARISTOTEL`  (Eramizdan  ilgari  qh4-qg’g’  yillar)  Platonning  shogirdi  bo’lgan, 

Makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, u qadimgi Yunonistonning yirik ideolist-faylasufi va 

olimi edi.  

Platon  olamni  g’oyalar  dunyosi  va  hodisalar  dunyosi  deb  ikkiga  bo’lgan  bo’lsa,  uning 

shogirdi Aristotel` olamni yaxlit deb bildi va narsalarning g’oyalarni narsalarning o’zidan ajratib 

bo’lmaydi,  dedi.  Aristotelning  fikricha,  g’oyani  shaklga  o’xshatish  mumkin.  Har  qanday 

buyumda biz uning moddasini va shaklini ko’rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo’lishi uchun 

imkoniyat  bor.  Modda  biron  shakl  olgandan  so’ngina  narsa  bo’lib  qoladi.  Chunonchi 

marmarning  o’zi  bir  moddadir,  ammo  unga  ma`lum  shakl  berilsa,  haykal  tusini  olishi  mumkin. 

Butun hayot taraqqiyot jarayonidir.  Bu jarayon  Aristotelning fikricha, tashqi kuchlarning ta`siri 

ostida sodir bo’lmaydi, balki ichki taraqqiyotning o’zidir. Eng muhimi shundaki, Aristotel` shakl 

baln mazmunning birligini ko’rsatib o’tdi, taraqqiyot g’oyasini oldinga surdi.  

Aristotel` odamda tana va jon bor, tana bilan jon materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan 

ajralmagan  holda  mavjuddir  deydi.  Uningcha  uch  xil  jon  bor:  o’simlikdan  tarkib  topgan  jon 

oziqlanishda  va  uchib  ko’payishda  namoyon  bo’ladi,  hayvonotdan  tarkib  topgan  jon,  o’simlik 

xossalaridan  tashqari  sezgilarda  va  istaklarida  namoyon  bo’ladi,  aqilning  ifodasi  bo’lgan  jon, 

o’simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ham egadir.  

ARASTU.  Arastuning  fikricha  davlat  hamma  fuqarolariga  bir  xilda  tarbiya  berilishini 

ta`minlashi  lozim.  Bu  davlatning  asosiy  vazifasi  bo’lishi  kerak,  deb  aytganda  qullarni  nazarda 

tutmagan.  Arastu  pedagogika  tarixida  birinchi  bo’lib,  yoshlarni  davrlarga  bo’lishga  urinib 

ko’radi. U insonning yoshlarini uch davrga bo’lib o’rganadi:  



1  yoshgacha  bo’lgan  davr,  o’  yoshdan  14  yoshgacha  bo’lgan  davr  (jismoniy  balog’at 

davrining boshlanishi) va jismoni balog’at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo’lgan davr. 

Uning fikricha bunday davrlarga bo’lish tabiyatga mos bo’lib tushadi.  

Bolalar  o’  yoshgacha  oilada,  9  yoshdan  boshlab  maktablarida  o’qishlari  lozim,  deydi. 

Ularga  aqliy  tarbiya  berishdan  ilgari  jismoniy  tarbiya  berilishi,  jismoni  tarbiya  esa  avvalo 

gimnastika muallimlari tomonidan olib borilishi zarur deydi. Aristotel` jismoni, axloqiy va aqliy 

tarbiya  bir-biri  bilan  bog’langan  deb  hisoblaydi.  Arastu  xotin-qizlarning  tarbiyasi  erkaklarning 

tarbiyasiga  o’xshab  ketmasligini,  chunki  ularning  tabiati  mutloq  erkaklarnikidan  farq  qilinishi 

aytiladi.  

Arastu  o’z  pedagog  qarashlarida  aqliy  tarbiya,  axloqiy  ko’nikmalariga  katta  ahamiyat 

beradi. Tabiiy is`tedod ko’nikma va aql-bular axloqiy tarbiyaning uch manbaidir, deydi.  

Arastuning  qayd  etishicha,  har  qanday  istak  va  faoliyatda  kamchilik,  ortiqchalik  va 

o’rtachilik,  va  muvazanat  yaxshi  va  foydalidir.  Demak,  hamma  narsada  ortiqchalikka  ham, 

kamchilikka  ham  yo’l  qo’ymaydigan  hatti-harakat  yaxshilikning  nishonasidir.  Mana  shunday 

hatti-harakatni hosil qilmoq uchun ko’proq mashq qilish kerak, degan fikrlarni oldinga surdi.  

Arastu  Platondan  farq  qilib,  oilani  tarbiyadan  chetlashtirmaydi,  axloqiy  tarbiya  berish, 

asosan, oilaning zimmasida bo’lishi kerak, deydi.  

Arastuning  qarashlari  antik  pedagogikaning  taraqqiyotiga  katta  ta`sir  o’tkazdi.  Ayniqsa 

uning G’Nikomah etikasiG’ va G’siyosatG’ asarlari axloq masalalarini nazariy ishlab chiqishga 

bag’ishlandi.  

Arastu,  axloqning  jamiyat  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  ta`kidlab:  G’tabiat 

inson qo’lida qurol-aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo ushbu qurolni teskari tomonga nisbatan 

ham ishlatish mumkin: shu sababli axloqiy tayanchlari bo’lmagan odam eng insofsiz va yovvoyi, 

o’zining jinsiy va did moyillarida eng tabun mavjudot bo’lib qoladiG’, -deydi. 

Odam jamiyatdagi yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari hech qachon sof, xolis holda 

namoyon  bo’lmaydi,  balki  faqat  ijtimoiy  faoliyatdagina  amalga  oshadi.  Shuning  uchun  axloqiy 

fazilatlar ijtimoiydir, deydi Arastu. 

Umuman antik faylasuflar Sokrat, Platon, Arastular o’zlarining nazariyalarida odam har bir 

narsada o’z huzurining quli bo’lib qolmasligi, balki har bir narsada me`yor bo’lmog’i lozimligini 

uqtirib o’tgan edilar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar. 



 

Mustahkamlash uchun savollar. 

1. Jahon pedagogikasi fanining rivojlanishi 

         2.  Qadimgi Yunonistonda tarbiya, maktab va pedagogika sohasidagi fikrlar. 

3. Lakoniya (Sparta) davlati va unda ta`lim-tarbiya. 

4. Afinada maktab tizimi va tarbiyaning tarkibiy qismlarining vujudga kelishi. 

5. Qadimgi Yunonistonda pedagogika nazariyasining tug`ilishi. 

6. Sakrot, Platon va Arastularning faoliyati. 

7. Qadimgi Rimda tarbiya va maktab. 

 

Adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. T., 1997. 

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997. 

3.Ta`lim to’g’risidagi qonun. T., 1997. 

4. G’aybullaev N.R., Yodgorov R., Jdarkin L.P., Toshmurodova F. va boshq. 

Pedagogika, 1999. 

5. Inog’omov R., Toshmurodova F. Pedagogika fani XXI asrda. T.,2000. 

6. Tursunmetov K., Ahmedov Sh. O’quvchilar bilimini sinashning ba`zi bir muammolari. 

7. Jdarkin L.P. Pedagogicheskie obuchenie texnologii. 1992. 


MAVZU: RIVOJLANGAN DAVLATLARDA TA`LIM VA TARBIYa 

 

Reja: 



1. AQShda  ta`lim tizimining tuzilishi. 

2. AQSh ta`limining o’ziga xos xususiyatlari. 

3.

 

Yaponiya ta`lim tizimi va xususiyatlari. 



4.

 

Yaponiya ta`lim va tarbiya orasidagi uzviylik. 



5.

 

Frantsiyada ta`lim tizimining o’ziga xos jihatlari. 



6.

 

Germaniyada ta`lim tizimining rivojlanishi. 



 

Tayanch tushunchalar: 

 

Rivojlangan  davlatlardagi  ta`lim-tarbiya  haqida  tushuncha,  AQSh,  Yaponiya, 



Frantsiya, Germaniyada ta`lim tizimi. 

 

AQSh va ta`lim tizimi: 

Amerikada  q  yoshgacha  bolalar  tarbiyasi  bilan  onalar  shugullanar,  lekin  ularga  hech 

qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan besh yoshgacha xususiy yoki davlat bog’chalaridan 

foydalanish  mumkin,  lekin  bolalar  bog’chalari  kichik  va  bu  tizim  kam  rivojlangan.  Enaga 

yollash  bir  xaftada  200  dollarga  tushadi.  Bog’chalarda  yogona  bir  dastur  mavjud  emas.  Kerak 

bo’luvchi  hamma  jihozlar  va  kuchli  ovqatni  ota-onalarning  o’zi  olib  keladi.  o’  yoshdan    esa 

G’Kinder  gardeG’  deb  ataluvchi  tayyorlov  muassasalarida  maktabga  borgan.  Boshlang’ich 

maktab  6  yoshdan  to  11-19  yoshgacha  bo’lgan  bolalarni  qamrab  oladi.  Bu  boshlang’ich 

maktablarda  umumiy  savodxonlik  va  kasbga  yo’naltirish  vazifalari  hal  etiladi.  Sinfdan-sinfga 

ko’chish  o’qituvchining  o’zlashtirganlik  darajasiga  bog’liq.  Boshlang’ich  ta`lim  turli  shtatlarda 

turlicha belgilangan (4, 9, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar va sayohatlar 

uyushtiriladi,  ammo  ularning  hammasiga  haq  to’lash  lozim.  O’rta  maktablar  quyi  va  yuqori 

bosqichlardan  iborat.  9-sinfni  bitirgan  talabalar  tanlov  asosida  o’rta  maktabga  qabul  qilinadi. 

O’rta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi. 



1-kasb-hunar ta`limi, g’-biznes ta`limi, q-savdo va san`at ta`limi, 4-qurilish ta`limi. Oliy 

ta`lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi. 



1-kichik  mutaxassis  g’  yillik  kollejlarda  amalga  oshiriladi.  g’-bakalavr  4  yillik 

kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgan, q-bosqichini davom ettirish mumkin, bu 

1-g’  yillik  magistr  maktabi,  4-bosqich  aspirantura,  doktorantura.  Maktablarda,  ta`lim 

televideniyasi,  elektron  til  laboratoriyasi,  video  apparatura,  komp`yuter  va  hokazolarni  qo’llash 

yo’lga qo’yilgan. Maktablar dam olish vaqtida ham ishlab turadi. To’garaklar, qayta tayyorlash 

ishlari  olib  boriladi.  Oliy  ta`limda  ikki  yo’nalish  mavjud:  1-ta`limni  individuallashtirish,  g’-

talabaning  mustaqil  ishlashni  amalga  oshirish.  O’qituvchi  yo’naltiruvchi  rol`  o’ynaydi.  Asosiy 

maqsad  o’rgatishdir.  Yaqinda  Klinton  ma`muriyati  tomonidan  qabul  qilingan  G’g’000-yillar 

Amerika  ta`limi  strategiyasiG’  dasturi  e`lon  qilindi.  Unda  aholining  90  foizi  oliy  ma`lumotli 

bo’lishi, asosiy fanlar bo’yicha bilimlarning chuqur bo’lishi ko’zda tutiladi. 

Oliy    o’quv  yurtlarida  ilmiy  izlanishlar  olib  borish  bo’yicha  AQSh  jahon    mamlakatlari 

orasida  etakchi  o’rinlardan  birini  egallaydi.  Bu  mamlakatda  ilmiy  izlanishlar  uchun  ajratilgan 

mablag’ning 4h foizini davlat tomonidan, o’0 foizini firma, kontsernlardan undiriladi.  g’ foizini 

oliy  o’quv  yurtlarining  mablag’lari  tashkil  qiladi.  Ishlab    chiqarish  korxonalari  dorilfununlari 

bilan  shartnoma  asosida  hamkorlik  qiladi.  o’0  foizi  dorilfunun  o’qituvchilari  turli  firmalarda 

maslahatchi  bo’lib  ishlaydi.  O’qituvchi  kadrlarni  tayyorlash  4-o’  yilga  mo’ljallangan  dastur 

asosida amalga oshiriladi, so’ngra 4-6 oy amaliyot o’tiladi. 

Ta`limni haddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimining puxtaligini tekshirish 

va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’dirdi. Shu sababli shunday boy moddiy bazaga va tajribaga 

ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan talagina bolalar topiladi. 



Katalog: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya -> Salistiriw%20Ped
lektions -> Arnawli bilim ministrligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Salistiriw%20Ped -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi

Download 353.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling