O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi buxoro viloyat xalq ta'limi


Download 1.21 Mb.
bet1/4
Sana06.08.2022
Hajmi1.21 Mb.
#791146
  1   2   3   4
Bog'liq
Ochiq dars
2 5375328880078883880 213, Radioelektronika asoslari, book, 1.03 Фалсафа янги шакл 2020 йил, list-of-irregular-verbs, Assalom Navro'z, 10. Funksiyaning Teylor qatori, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, New project, ElnurSattorov, 2 5366330872054155706, 2 5366330872054155706



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
BUXORO VILOYAT XALQ TA'LIMI
BOSHQARMASI Kogon tumani
8-umumiy o’rta ta`lim maktabining
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Boboyeva Feruza Atoyevnaning
4-sinfda matematika fanidan
bir soatlik




Mavzu: Kasrlar haqida tushuncha. O‘rganilgan ko‘rinishdagi masalalar yechish.
Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy: o‘quvchilarga kasr haqida tushuncha berish; TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK1: kasrlarni so‘zlar, kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.
b) Tarbiyaviy: mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
v)Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, kasrlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini rivojlantirish FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Darsning jihozi: darslik, jadval va rasmlar, tarqatmalar
Darsning metodi: tushuntirish, mustaqil ish, aqliy hujum.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.
Metod: Og`zaki bayon qilish.
Forma: Suhbat, savol – javob, amaliy mashg`ulot, guruhlarda ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar, darslik, ko`pytirish jadvali, ko`rgazmalar, multimediya,texnik vosita.
Nazorat: Og`zaki nazorat, savol – javoblar, kuzatish, o`z o`zini nazorat qilish.
Baholash: Rag`batlantirish, ‘’ 5 ‘’ balli tizim asosida baholash.
KUTILADIGAN NATIJALAR.
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarga darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir mashg`ulot jarayonida barcha o`quvchilarni baholaydi. O`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishadi. O`quvchilar tomonidan xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishni o`rgatadi.
O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi. Nutqi rivojlanadi, va eslab qolish qobiliyati kuchayadi, unda insoniy fazilatlar shakllanadi. O`z – o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotlarga ega bo`ladi.
KELGUSI REJALAR:
O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o`z ustidaishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi: Darslik bilan mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar topadi, ularni o`rganadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Uyg berilgan vazifalarni bajaradi.
Darsning borishi:
D arsning rejasi: Darsning “Oltin qoidalari”:
1. Tashkiliy davr - 1'.
2. O'tilgan darslarni eslash, savol-javob - 5'.
3. Yangi dars bayoni - 20'.
4. Mavzu bo'yicha ishlar -12'.
5. Dars yakuni va baholash- 5'.
6. Uyga vazifa berish - 2'.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling