O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi buxoro viloyat xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Umumiy o‘rta ta’limda kasbga yo‘naltirishda ota ona va mahallaning o’rni


Download 94.71 Kb.
bet2/4
Sana18.09.2020
Hajmi94.71 Kb.
#130363
1   2   3   4
Bog'liq
Malaka ishi Xasanov1


2. Umumiy o‘rta ta’limda kasbga yo‘naltirishda ota ona va mahallaning o’rni

Maktab, oila mahalla va ishlab chiqarishning hamdo‘stligi yosh avlodni yangi ruhda tarbiyalashning asosiy prinspi hisoblanadi. O‘quvchilarda professional qiziqishlarini rivojlantirish va tarkib toptirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, xayot yo‘lining ongli ravishda tanlash ishining muvaffaqiyati maktab, oila, mahalla va ishlab chiqarishning birgalikda olib borilgan samarali ishlariga bog‘liq.

Shaxsni tarbiyalash asoslari oiladan boshlanadi, ya’ni o‘quvchilar ba’zi kasblar bilan, xususan o‘z ota-onalari, akalari, opalari, qarindosh urug‘larining kasblari bilan oilada tanisha boshlaydilar bu esa o‘quvchilar professional qiziqishlarining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

O‘quvchilarning hamma ota-onalarini (ularni o‘z bolalari bilan oilaviy kasb tanlashga yo‘llash ishlarida aktiv ishtirok etish darajasiga qarab) taxminan 4 katigoriyaga bo‘lish mumkin.

1. Ota-onalar bolalarining o‘yinlari va mehnatini kuzatadilar, uyda bolaalri qiziqqan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun sharoit yaratib beradilar; bolalari bilan korxona, kallektivning mehnati haqida, o‘z ishlab chiqarish muoffaqiyatlari to‘g‘risida suhbatlashadilar; ularning qiziqishlari va qobiliyatlari va xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniq maslahatlar beradilar.

2. Ota-onalar bolalari bilan kasb tanlash haqida suhbatlashadilar, lekin aktiv ta’sir ko‘rsatmaydilar, o‘z bolalarining individual hususiyatlarini har doim ham hisobga olavermaydilar.

3. Ota-onalar bolalarining rejalariga ha deb aralashaveradilar, ularning qiziqishlari, istak va imkoniyatlarini hisobga olmaydilar, yeasbning moddiy va obroli tamonlaridan kelib chiqib o‘zlari tanlagan ihtisosni egallashga majbur qiladilar.

4. Ota-onalar o‘z balolarining kelajagiga passiv va sovuqqonlik bilan qaraydilar, ularga kasbtanlashga yordam bermaydilar, bu muammodan o‘zlarining behabarligi va noto‘g‘ri maslag‘at berib qo‘yishlaridan cho‘chib, “o‘zing ko‘r”, “qaysi biri yaxshi bo‘lsa shuni tanla” va hokozalar qabilida ish tutib, o‘zlarni chetga tortadilar.

Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlariga muhtojdirlar.Ular bunday yordamni suhbat, konsul’tatsiya va boshqa tadbirlar formasida maktab pedagogika jamoasi, vrach, psixolog, korxona mutaxasislaridan olish mumkin.

Maktab o‘zining rejalashtirgan tadbirlariga muvofiq ravishda ota-onalar kanferensiyasini uyushtirish va o‘tkazish kerak. Bu konfrensiyalarda korxona kadrlar bo‘limlari, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha bo‘limlarning, viloyat xodimlari, turli xil kasblarning, vakillari va o‘quv yurtlarining rahbarlari hamda ota-onalar so‘zga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Ular o‘z kasblarining mazmuni haqida muvofaqiyatli mehnat qilishi uchun qo‘llaniladigan zarur bilim va malakalar hamda boshqa narsalar to‘g‘risida bu kasbni qayyerda va qanday egallash va shu hususida qanday mahoratli bo‘lish haqida; yoshlar duch keladigan qiyinchiliklar haqida va o‘quvchilar bilan oilaviy suhbatlaruchun tavsiyalar haqida gapirib berishlari kerak.

Buyuk mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sino - Odamning yashashi uchun eng zarur narsa bu foydali mehnat jangi deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, ota-onalar o‘z bolalariga yoshligidan ma’lum bir kasb-hunar o‘rgatishlari lozim. Bola kasb-hunarni ma’lum darajada o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng uni kasb-hunaridan foydalanishga, ya’ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o‘rgatish kerak. Mutafakkir bu ishning bolalar uchun ikki xil tarbiyaviy ahamiyatiga ega ekanligini ta’kidlaydi:

1. Bola o‘z kasb-hunari tufayli mustaqil turmush kechirib, uning dastlabki manfaatini ko‘rgandan keyin, o‘z hunariga yanada mahkam bog‘lanib, unga nisbatan muhabbat orttiradi va uni takomillashtirishga intiladi.

2. Yashash takomili o‘z zimmasiga yuklatilgandan keyin o‘z kasb-hunariga odat hosil qiladi.

Kasbga ko‘nikish davri odatda uchta xarakterli bosqich bo‘yicha boradiki, ularning har biri pedagoglar uchun juda muhim xususiyatlarga ega. Kasbga ko‘nikishning birinchi bosqichi – tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof-muhitdagi yangi rolini anglashdan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilingandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida o‘quv ustaxonalari hamda bilim yurti bilan tanishish davrida davom etadi.

Kasb-hunarga ko‘nikishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini o‘smir o‘zi baholaydi kasbga, ishlab chiqarishga, kursdoshlar va o‘qituvchilar bilim yurti va korxonaga munosabati vujudga keladi. O‘smir o‘z kelajagiga nazar tashlaydi. Hamda tanlagan kasbida qandaydir jozibali va qandaydir xunuk tomonlarni ko‘radi. Bolalikda o‘yg‘ongan, qiziqtirgan sohalar haqidagi o‘y xayollari barbod bo‘ladi, hamda yangi umid va intilish paydo bo‘ladi.

Kasbga ko‘nikishning ikkinchi tayyorlov bosqichi ijtimoiy umumiy va maxsus predmetlar hamda o‘quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli egallashdan iborat kasb o‘rganishdir. Bu yerda ham tanlangan kasbga ko‘nikishning ancha uzoq va ma’suliyatli bo‘lgan davri, ya’ni kasbni o‘zlashtirayotgan malakali ishchi-shaxsning dastlabki shakllanishi yuz beradi. Bu shakllanishning muvafaqqiyati o‘zini o‘quv mehnati natijasidan qanoatlanish va qanoatlanmaslik bilan bog‘liq yutuqlar quvontiradi va ilhom beradi, yanada kattaroq muvafaqqiyatlarga undaydi. Tasodifiy muvaffaqiyatsizlikga yanada ko‘proq kuchni safarbar qiladi. Ammo doimiy ravishdagi muvafaqqiyatsizlik ishga, o‘qishga va kasbga nisbatan qiziqishi susayadi. Kasbga ko‘nikishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona ishchilari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‘quvchi o‘zini o‘rab olgan o‘sha guruhning a’zosi yoki ishchi sifatida his qiladigan, ammo ular darajasida malaka orttirmagan, tegishli mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini ta’minlay olmaydigan, ba’zan xato va beparvoliklarga yo‘l qo‘yadigan ishlab chiqarish amaliyoti davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‘zining tengligi va atrofidagi kishilar bilan ishlab chiqarish malakasida teng emasligi hamda ularning ѐsh ishchiga «temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‘lishini anglash uning bu bosqichdagi kasbga ko‘nikishi jarayonini favqulodda murakkablashtirib qo‘yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona ishchi kadrlari bilan birgalikda qiladigan mehnatiga bog‘liq bo‘ladi.

Xulosaqilibshuniaytish lozimki o‘quvchi yoshlarni mehnatga o‘rgatmasdan turib jamiyat uchun barkamol shaxs etib tarbiyalash mumkin emas. Mehnat insonni barkamollikka va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.

Yoshlarni kasb-xunarga yunaltirish va uning kasbiy qiziqishlarini aniqlash. Mehnat an’analarini tayanchi sifatida yoshlarni hayotga ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muxabbat, suvni isrof qilmaslik saxiylik, o‘zgalarning mehnatini qadrlash, mehnat baxt keltirishini anglashdir.

Xalq tarbiyashunosligida mehnatsevarlik va kasb-hunarga doir g‘oyalarni yosh avlodlarimiz ongiga singdirish xalq ommasining ilg‘or mehnat, hunarmandchilik an’analariga befarqqaramaslik zamon talablariga mos ma’lum tarbiya jarayonlarini tashkil etishdir.
3. O‘rta umumta’lim maktablarida kasbga-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishga fundamental yondashuv
Mehnat insonning hayotida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham inson hayotini, turmushini mehnatsiz, yaratuvchiliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson mehnat bilan ulug‘. Kishilik jamiyatining asl tarixi hammehnatdan boshlangan. Mehnat – tirikchilik manbai, qo‘yingki, hayot va turmushning qaysi jabhasiga bormang, inson qadami uning mehnati bilan qutlug‘. Zero, xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi debataydi. Sabab inson tarbiyasini asosan mehnatga bo‘lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas.

Yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish va uning kasbiy qiziqishlarini aniqlash. Mehnat an’analarini tayanchi sifatida yoshlarni hayotga ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari mehnatsevarlik, yerga va tabiatga muhabbat, suvni isrof qilmaslik saxiylik, o‘zgalarning mehnatini qadrlash, mehnat baxt keltirishini anglashdir.

O‘rta va umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarni kasb–hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishdan avval biz “kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi” tushunchasini ko‘rib chiqishimiz, unga tegishli bo‘lgan va unga aloqador tushunchalarga aniqlik kiritishimiz lozim. Birinchi navbatda “kasb-hunar” tushunchasini ko‘rib chiqamiz. Ushbu terminni aniqlashda A.A.Jalolov to‘rt yondashuvdan foydalangan, bular:

1) Inson o‘z mexnat funksiyalarini bajaradigan muhit;

2) Aniq bir sohada ish olib boradigan insonlar hamjamiyati;

3) Tayyorgarlik, ya’ni barcha bilim va malakalari yordamida shaxs aniq bir mehnat funksiyalarini bajara olishi;

4) O‘z kasbi mutaxassisi, professional, ya’ni vaqt bo‘yicha taqsimlangan mehnat funksiyalarini bajarish jarayoni.

Kasb-hunarga yo‘naltirish tushunchasi bilan bog‘liq keyingi tushunchalar bu «optant» va «optatsiya». Ya’ni, optatsiya – kasbiy rivojlanish yo‘lini tanlash bo‘yicha qabul qilingan yechim, bunda optant – shu yechimni qabul qilgan shaxs deb ataladi.

Kasb-hunarga yo‘naltirish tushunchasi mazmunini yanada chuqurroq anglash uchun yana bir tushuncha, ya’ni insonning o‘zi uchun moyil bo‘lgan kasbni tanlash jarayoniga e’tibor qaratish kerak. O‘zi uchun qay bir kasb to‘g‘ri kelishini anglash jarayoni – bu davomiy va ko‘p bosqichli insonning shaxsiy kasb-hunar tanlashga qo‘yilgan rejalari asosida o‘zi uchun moyil bo‘lgan aniq bir kasb-hunarni tanlash jarayoni deb tushuniladi.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iborat bo‘ladiki, shaxs ma’lum bir tayyorgarlik bosqichidan o‘tgandan keyin, ya’ni o‘rta maktab bosqichidan keyingi bosqichga o‘tish davridan o‘z qiziqishlari, o‘zi uchun kelajakda u yoki bu kasbda band bo‘lish rejalari asosida to‘g‘ri kasb tanlashi lozim bo‘ladi. Bunda unga, kasb-hunar tanlashi uchun yo‘l ochib beradigan, unda kasblar dunyosi bilan tanishish va ular xaqida tasavvurga ega bo‘lish uchun yordam beradigan bir qator metodlar mavjud.

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida quyidagi metodlardan foydalanilishi mumkin, bular:

- axborotli – dasturlar, bukletlar, reklama, agitatsiya va boshqalar;

- tashkilotlarga ekskursiyalar uyushtirish – bevosita tashkilotlarga borib; ularda ish jarayoni, tartibi va ish yuritiladigan soha bilan tanishish;

- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish yo‘li orqali;

- kasb-hunarga oid filmlar va videoroliklar ko‘rish – dars jarayonida, yoki ma’lum bir ajratilgan kurslar davomida o‘quvchi yoshlarni kasblar olami bilan tanishtirish maqsadida ularga shu mavzuga oid filmlar va videoriliklar qo‘yib berish;

- mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

- kasb-hunarga yo‘naltirish va u bilan bevosita ish yuritadigan mutaxassislar;

- firma va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar;

- kasb-hunarga yo‘naltirish kursidan leksiya va dasrlar o‘tkazish;

- kasbga yo‘naltiruvchi pedagog, konsultant va psixologlarni jalb qilgan holda yoshlarga kasbga oid ma’lumotlar taqdim etish, ularda shaxsiy qiziqishlarini savol-davob, test va boshqa turli yo‘llar bilan aniqlab, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish.

Aslida, kasb-hunarga yo‘naltirishda foydalaniladigan metodlar yuqorida taqdim etilgan ro‘yxatdan ko‘p, lekin keltirilgan metodlar asosiy va bu yoshdagi yoshlarni kasb tanlashida oson bo‘lgan yondashuv sifatida ko‘riladi.

Kasb-hunarga yo‘naltirish nazariyasidan kelib chiqadigan prinsiplar quyidagilardan tashkil topadi:

* Shaxsiy va ommaviy qiziqishlar orasidagi ziddiyatlarnibartaraf etish;

* Kasb-hunarni erkin tanlovi va yoshlarning egallamoqchi bo‘lgan kasblariga nisbatan imkoniyat darajalari orasidagi ziddiyatlarnibartaraf etish;

* Psixologik-pedagogik tashxis va kasb-hunarga yo‘naltirish metodlari va usullari shakllarini ilmiy isbot topgani;

* Barcha ma’lumot turlarini kasb-hunar va o‘qish shakllarini tanlashga, va ishga joylashuvga nisbatan erkinligi;

* Kasb-hunarga yo‘naltirishning kompleksli xarakter;

Ushbu tushunchani ko‘pqirraliyligi shundan ifodalanadiki, turli ilm yo‘nalishlari uni o‘ziga xos bo‘lgan qarashlar bilan ta’rif berishadi. Misol uchun, pedagogik ilm yo‘nalish vakillari kasbga yo‘nalitirish ostida maktablarni pedagogik kollektiv, kasb-hunar o‘quv muassasalar, oila va jamiyatlar faoliyatini nazarda tutishadi. Ular olib boradigan faoliyat o‘quvchi yoshlarni to‘g‘ri kasb-hunartanlashlarida ularni shaxsiy qiziqishlari, imkoniyatlari, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat.

Psixolog olimlar esa kasb-hunarga yo‘naltirishni o‘sib kelayotgan har bir yosh avlod vakillarini o‘z qarashlari va qiziqishlarini nazarda tutgan xolda kasb-hunar tanlashlariga yordam ko‘rsatadigan psixologik-pedagogik va tibbiy choratadbirlar tizimini tushunishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ta’riflarning mazmuni kasb-hunarga yo‘naltirish deb yosh avlodni kasb tanlashiga yordam ko‘rsatiladigan faoliyat tushuniladi.

Sotsiomadaniy modernizatsiya va milliy iqtisodiyotimizni bozor iqtisodiy munosabatlariga o‘tishi sababli shaxsning kasbiy o‘zini o‘zi namoyon qilishi va jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi muammosiga yanada ko‘proq axamiyat berilmoqda. Bu sharoitda, kasb-hunarga yo‘naltirish yangi insonning shakllanishi, xar bir shaxsning o‘z imkoniyatlarini o‘zi uchun va jamiyatga nisbatan yuqori foyda bilan sarf qilishi uchun muxim omil sifatida o‘z aksini topadi. O‘zgacha so‘z bilan aytganda, o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish muammosi o‘z ichida psixologik, pedagogik va sotsial-iqtisodiy yondashuvlarini hamnafas qilgan xolda bir yo‘nalish, ya’ni yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashi yo‘lida xizmat qilishi zarur.

Kasb-hunarga yo‘naltirishning shaxsga nisbatan bo‘lgan aspekti birinchi navbatda shaxs o‘ziga ongli ravishda kasb-hunar tanlashi bilan bog‘liqligida aks etadi. Shuning uchun, eng muxim vazifa, o‘spirinda mustaqil qaror qabul qilish fazilatini shakllantirish va rivojlantirish, u o‘zi uchun, uning qizishlari va kelajagini qanday tasavvur qila olishi va barcha jihatlarni inobatga olgan holda u yoki bu kasbni tanlashida o‘z fikriga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

Psixologlar tomonidan yuqorida keltirilgan gapga nisbatan shunday jumla keltiriladi: “Inson, avvalam bor, birinchi navbatda o‘ziga quloq solmasa, u xech qachon hayotida muxim bo‘lgan to‘g‘ri tanlovni amalga oshira olmaydi”, ya’ni inson, birinchi navbatda, biron bir, o‘zi uchun muxim bo‘lgan, shaxsiy tanloviga nisbatan bir qaror qabul qilishidan avval, o‘ziga quloq solishi lozim.

Biz tomondan kasb-hunarga yo‘naltirish deganda shaxs va jamiyat o‘zrtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimi sifatida ko‘rildi. Bunday o‘zaro bog‘liqlikning natijasi shaxsning kasbiy o‘zini o‘zi anglash ko‘riladi. Ushbu yondashuvning o‘ziga xosligi, u shaxsning kasbiy o‘z o‘zini anglashi uning o‘ziga nisbatan kelajakdagi kasbiy faoliyatini subyekti sifatida shakllanishini o‘rganadigan jarayon bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida u shaxsni kasbo‘zgartirishi, hayotga va boshqa kasbga adaptatsiya qilishiga tayyorlash jarayoni sifatida ko‘riladi.Shuni aytib o‘tish lozimki, kasbga yo‘naltirish ishlarining eng samaradorli shakllari qo‘llanilgan hollarda ham, barcha o‘quvchi yoshlar ongli ravishda kasb-hunar tanlashadi deb bo‘lmaydi, shuning uchun kasb-hunar tanlashga tayyorgarlik darajasini o‘rgangan xolda profillik guruxlarini imkon qadar ertaroq aniqlash lozim.

Qaror qabul qilish darajasi bo‘yicha o‘quvchi yoshlarni profillash kasb-hunar tanlashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlab va boholashdan boshlanadi. Tushunchaga aniqlik kiritish uchun quyidagi profil guruxlar taqsimotini ko‘rishingiz mumkin:

Birinchi guruh – tanlab, tegishli qarorga kelgan o‘quvchilar;

Ikkinchi guruh – u yoki bu kasb-hunarga qiziqish bildirib, tanlashga tayyor turgan o‘quvchilar;

Uchinchi guruh – Tanlashda faollik ko‘rsatgan, ammo kasb-hunarga qiziqish bildirmagan o‘quvchilar;

To‘rtinchi guruh – Kasb-hunar tanlashga motivatsiyasi bo‘lmagan o‘quvchilar.

Yuqorida keltirilgan taqsimotga asoslanib, kasb-hunar tizimini rivojlantirish va takomillashtirish jarayoniga yondashuv sifatida ta’sir etuvchi omillardan biri, bu o‘sib kelayotgan avlodni, aniqrog‘i, o‘quvchi yoshlarni, o‘z o‘zini anglash va qaysi bir kasb-hunarga qiziqishini aniqlashda, va keyinchalik tizim rivojlanishi va kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida, fundamental asos sifatida, avvalam bor, o‘quvchi yoshlarda kasbiy faoliyat, unga bo‘lgan motivatsiya, ya’ni qiziqishlarini, ularda individual yetuk shaxs shakllanishi xamda kelajakda egallaydigan kasbiga yoshligidanoq intilib shu, o‘zi ongli ravishda qabul qilgan qarori, tanlagan kasbi yo‘lida to‘g‘ri ketishi uchun ularda shunga yetarli darajada psixologik tayyorgarlikni shakllantirish lozim. Mazkur soxaga tegishli mutaxassislarni jalb qilib, maxsus metodlar asosida ish yuritib, ularni to‘g‘ri, yoshlarni qiziqishlari, imkoniyatlarini xisobga olgan xolda ish yuritishlari va shu bilan birga o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishlari zarur.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishning mazmuni, omillari hamda tamoyillari ularni o‘quv-tarbiya tizimidagi barcha yo‘nalishlari bilan chambarchas uyg‘unlashtirilgan va uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish mehnatning integral jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ularga fan asoslarini o‘rgatish jarayonida mehnatsevarlikni tarbiyalash va politexnik ta’lim berish asosida mehnat ta’limi va tarbiyasini, tajriba orttirish bilan bog‘liq ijodiy va ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini amalga oshirish tushuniladi. Ushbu jarayonlarda kasb-hunarga yo‘naltirish bilan mehnat tayyorgarligi orasidagi bog‘liqlik umumiy tarzda dialektik xarakterga ega bo‘lib, ular orasidagi yangi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi va tarkibiy qismlarga xos huquqiy munosabatlarni ifodalaydi shu bilan birga uning tarkibiy qismlarga xos huquqiy asoslarini aks ettiradi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.Buning uchun yosh avlodga kasb-hunarlar bo‘yicha maslahat berib borish lozim.

Kasblar bo‘yicha maslahat — yoshlarga kasb tanlashda yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshkalar) ning maslahatlari va tavsiyalaridir. Bizning mamlakatimizda shaxarlarda va qishlok rayonlarida kasblar buiicha konsultatsiya, yani kasbga iunalgirish markazlari tashkil etilgan, korxonalarda, o‘quv yurtlarida, maktablararo texnik markazlarda va maktablarda kasblar bo‘yicha konsultatsiya punktlari, kasbga yo‘naltirish xonalari tashkil etilgan.

Kasb-hunar bo‘yicha maslahat o‘quvchi yoshlarni har tomonlama o‘rganish asosida undagi qiziqishlar, mayllar, qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasb jihatidan muhim bo‘lgan ayrim sifatlarni aniklab o‘rganishga qaratilgandir. Bunday maslahatlardan maqsad faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli ishlashingiz mumkinligini, ya’ni siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda keltirishingiz mumkinligini hamda o‘z mehnatingizdan mumkin qadar ko‘proq qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat.

Aytaylik, shaxsni o‘rganish vaqtida olingan ma’lumotlar asosida konsultant sizga boshqa bir kasbni tanlashni tavsiya etadi. U bilan birga siz yangi kasbga domr plan to‘g‘risida o‘ylab ko‘rasiz. Bo‘lg‘usi kasbingizning bo‘lajak boskichlarini belgilab olasiz. Mabodo, sizning kasbiy rejalaringiz boshqa kishilarning, masalan, ota-onangizning istaklari bilan mos kelmay qolsa, u holda maslahatchi bu muammoni ham hal qilishga urinib ko‘radi.

Yuqorida sanab o‘tilgan kasblar bo‘yicha konsultatsiyaning tiplari birbiri bilan o‘zaro mahkam bog‘liqdir. Bunda eng muhimi-har qanday kasb-hunar maslahati sizga o‘z individual xususiyatlaringizni yaxshirok bilib olishda, o‘z oldingizga ko‘ygan maksadga erishish uchun qanday fazilatlarni rivojlantirib va o‘rnini to‘ldirib borish zarurligini aniqlab olishda yordam beradi.

Agar siz kasblar bo‘yicha maslahat olishni istasangiz, bunga siz oldindan tayyorgarlik ko‘rib borishingiz kerak: o‘zingizni qiziqtirgan savollarni o‘ylab ko‘rishingiz kerak, kasb tanlash bo‘yicha o‘qituvchilaringiz bergan maslahatlarga

ham quloq solib mulohaza qilib ko‘rishingiz zarur; bu masalaning psixologik tomoni ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega siz har bir maslahatga diqqat-e’tibor bilan qarashingiz va bundan to‘g‘ri, puxta xulosalar chiqarib olmog‘ingiz kerak.
4. O‘rta umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar

Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirishishlarini yo‘lga qo‘yishda an’anaviy amaliy mashg‘ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogic o‘yin, konferensiya, mustaqilfikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilanbirgalikda o‘tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogic texnologiya elementlarida nunumli foydalanish tavsiya etiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mashg‘ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida “O‘rtamaxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi” asosida axborot berish davom ettirilishi bilan birqatorda o‘quvchilarga kasb egallash yo‘llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazolar tushunchalari berib boriladi.

Maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish birgina mehnat ta’limi o‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o‘qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog‘lab o‘tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o‘quvchilarga kasb tanlashlarida ko‘mak bergan bo‘lishadi. Shu bilan birga takrorlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning qabul qilinishi o‘quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish – ish o‘rinlarini bo‘shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo‘yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholini ratsional va samarali bandligini ta’minlashdagi kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo‘lgan mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta’lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo‘riqish holatlarini oldini olishga yordam beradi. Bu borada asosiy yo‘nalish qilib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, halqaro mehnat tashkilotining Nizomlari, konvensiyalari va takliflar, bir qator boshqa hujjatlar, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi ishlarining amaliy tajribalari asos qilib olindi.

Kasb-hunarga yo‘naltirishishlari O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan rasmiy jihatdan qabul qilingan qarorlardan birida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish yuzasidan umumiy qoidalarda quyidagilar ta’kidlangan:

1. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.

2. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi har bir tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari tuzilmasida, o‘z hududlari doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qo‘yish, ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani 6 yoshdan boshlab maktabga qabul qilish to‘g‘risida tavsiyanomalar berish, o‘quvchilarni haryili tibbiy-pedagogik tekshirishlardan o‘tkazish, bolalarga va ota-onalarga o‘quvchilarni o‘qitishda, tarbiyalashda va ijtimoiy moslashtirishda psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, shuningdek, maktab o‘quvchilariga, ularning qobiliyatlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko‘nikmalarini hisobga olgan holda, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi ta’lim yo‘nalishini tanlashda ko‘maklashish maqsadida tuzilgan.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi va u orqali boshqa tashkilotlarning ilmiy-metodik rahbarligida:

- o‘quvchilarning kasb-hunarga layoqat yo‘nalishlari va qobiliyatlari darajasini tashhis etishishlarini maktablarda muntazam ravishda olib borilishini;

- har bir o‘quvchi haqida unin gqiziqishlari, intilish va layoqatlari, erishgan yutuq va kamchiliklari, aqliy va umumiy rivojlanishi haqidagi ko‘p yillik psixologik va pedagogic tashhis ma’lumotlari bankini tashkil etilishi, tartibga keltirilishi, maxsus daftar va dasturlar yordamida qayd etib borilishini;

- Kasb-hunar klassifikatori va hududda mavjud bo‘lgan o‘rtamaxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha axborot to‘playdi va targ‘ibot qilishni tashkil etadi.

Maktab pedagogika kengashi bilan birgalikda attestatsiya yakunlariga ko‘ra 9 sinflarning bitiruvchilari o‘qishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida davom ettirish to‘g‘risid aasosli tavsiyanomalar beradi.

Yangi tashxis metodikalarining yaratilishida, sinab ko‘rilishida tajriba maydonchasi vazifasini o‘taydi, metodik va ommabop qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etadi. Markaz ta’lim muassasalarining tibbiy-sanitariya holatini nazorat etadi, ularning tegishli mutaxassislar bilan ta’minlanishida xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash bo‘limlari, maktablar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi, davriy ravishda ularning hisobotlarini talab etadi, davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan bajarilishi lozim bo‘lgan faoliyatlarni muvoffiqlashtiradi.

Ta’limda iqtidorli bolalarning rivojlanishini maktab psixologlari orqali nazorat qiladi, iste’dod lideb topilgan o‘quvchi-yoshlarning hududiy bankini yaratadi. Ularning ijtimoiy-oilaviy muhiti haqida ma’lumotlar yig‘ishni tashkil qiladi, intellect ko‘rsatkichlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va ko‘nikmalarini hisobga oladi, ehtiyojga qarab tegishli metodik, psixologik, tibbiy yordam usullarini qo‘llaydi.

Markaz o‘z hududi doirasidagi yashovchi bolalar orasidan jismonan zaif va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lganlarni nazoratga oladi, ular haqida alohida ma’lumotlar bankini yaratadi, maktab jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda ularga oilada, shuningdek tegishli maxsus ta’lim muassasalarida bilim olishlari uchun tavsiya beradi, ularga metodik, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil qiladi.

Maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi tadbirlarning o‘tkazilishida metodik va amaliy yordam beradi, qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi. O‘z hududi doirasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni Mehnat vazirligining bo‘linmasi orqali oladi, o‘rganadi va zarur bo‘lgan kasb-hunarlar haqida maktablardagi kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassislar bilan maxsus kechalar, suhbat va ko‘rik-tanlovlar, turli musobaqalar uyushtirishda yordam ko‘rsatadi.

Yilda bir marta hududdagi maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tuman, shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari faoliyatlarini maqsadli muvofiqlashtiradi, jismonan zaif, kasal bolalarni sog‘lomlashtirishishlarining nazoratini maktab tibbiy xodimlari, ota-onalar, jamg‘armalar, kasaba uyushmalari va boshqala rbilan birgalikda amalga oshiradi.

1.Maktab sharoitida:

- o‘quvchilarni barcha o‘quv predmetlar mazmunidan kelib chiqqan holatda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari modelini ishlab chiqadilar;

- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarga shu fanga xos kasblar yuzasidan dastlabki amaliy ishlarni tashkil qilish ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

2.Kasb-hunar kollejlari sharoitida:

- o‘quvchilarni barcha o‘quv predmetlari mazmunidan kelib chiqqan holda maktabda tanlagan kasbiga mavjud “moslashish” jarayonini shakllanishini ta’minlaydi;

- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar va amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilarga shu ishlarga xos kasblar yuzasidan shakllangan elementlarni kasbiy darajaga ko‘tarishni ta’minlaydi.

Magistrantlar mazkur ishlarni bajargandan keyin “Kasblarning psixofiziologik tahlili va kasbiy talablarning ilmiy-pedagogik asoslari”ga xos materiallarni “Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi”ni belgilab beruvchi asosiy hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi IX bob 37-moddasida kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanishga batafsil to‘xtash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Davlat ta’lim standartlarini ta’riflashga o‘tish lozim. Bu magistrantlar “ishlab chiqarish va kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari”da mazkur mavzuga oid (8-9 sinflar uchun chop etilgan qo‘llanmalardagi) materiallarni ilmiy-pedagogik asoslarini mukammal o‘zlashtirishga kirishish lozim.

I-IV sinflarning o‘quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular o‘rtasida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bo‘lishi kerakki, yuqori sinflardagi o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari, o‘y va niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bo‘lsin.

Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bo‘lgan shaxs xislatlari bor, bular-mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o‘z ishini rejelashtira va nazorat qila bilish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bo‘lish, toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish, materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu xislatlar va fazilatlarning hammasini ballarda birinchi sinfdan boshlab shakllantirish lozim.

Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo‘ljal olishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi o‘quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi bir xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etganlan keyin bular keyinchalik kasbni blgilashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o‘z xususiyatlariga qarab kasbni to‘g‘ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.

Ko‘pgina olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlang‘ich sinflardayoq shakllanar ekan. O‘qituvchining vazifasi - o‘quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg‘un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Mehnat ta’limi darslari kasbga yo‘naltirish ishini olib borish uchun alohida imkoniyatlarga ega. Buni mehnat darslari kasbga yo‘naltirishga qaratilgan yo‘lining tahlil misolida ham ko‘rish mumkin. I-IV sinflarda mehnat ta’limining asosiy maqsadlaridan biri-o‘quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat, ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muxabbatni va ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. shu boisdan ham mehnat ta’limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan. Shu bilan birga darslarda bolalar odamlar mehnat faoliyatining asosiy sohalari bilan ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid eng ko‘p tarqalgan kasblar bilan tanishtiriladi. O‘qituvchi ilgari tuzgan kasbga yo‘naltirish rejasiga muvofiq tarzda dars reja-konspektini yoza turib, kasbga yo‘naltirish darsi oldiga maqsad qo‘yib, kasbga yo‘naltirishga oid ma’lumotlarni unga kiritadi. Bu esa biron-bir kasb, asbob, ishlab chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat operatsiyalarini o‘rgatishdan, kasb jihatidan muhim xislatlarini tarbiyalashdan, o‘quvchilarni ilgari belgilangan reja asosida o‘rganishdan yoki ana shu tarkibiy qismlarning hammasini qo‘shib olib borishdan iborat bo‘lishi mumkin.

Quyi sinflarning o‘quvchilari xilma-xil materiallar (qog‘oz, karton, tabiiy materiallar, tunuka, sim, yog‘och, fanera, plastmassa, tolali materiallar) bilan ish ko‘radilar, ular ishlashga oid o‘zlariga bop, ma’qul bo‘lgan operatsiyalarni o‘rganadilar. Ular texnik va texnologik tusdagi masalalarni yechishni o‘rganadilar, turli materiallar hosil qilish va qo‘llanish ishini, bu materiallarning odamlar turmushidagi ahamiyatini bilib oladilar, u yoki bu texnologik opratsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan eng oddiy asboblardan foydalanish yo‘llari bilan tanishadilar va foydalanishni o‘rganadilar, tegishli kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar oladilar. Chunonchi, o‘quvchilar uchun ishlab chiqilgan (transport) konstruktori bolalarni 18 xil turli transport mashinalari va kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi.

O‘quvchilar qurilish konstruktori bilan ishlab, qurilish kasblari, ularning muhimligi va zarurligi to‘g‘risida, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar mehnatining mazmuni haqida ma’lumotlar oladilar, qurilish obyektlarini modellashtirishni o‘rganadilar. Bu ishlar bolalarda texnik tafakkurni, makonga oid tasavvurlarni, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, ularda quruvchi mehnatiga hurmat bilan qarash hissini tarbiyalaydi.Texnik konstruktor bilan ishlash chog‘ida bajariladigan topshiriqlar o‘quvchilarni mashinasozlik elektrotexnika asoslari bilan tanishtiradi, ularda texnik tafakkurni rivojlantiradi, unchalik murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni bilib olish imkonini beradi. Bolalar mashinasozlikka oid keng tarqalgan va zarur kasblar, ana shu kasblarning mehnat mazmuni bilan tanishtiradilar.

“O‘simliklarni o‘stirish va hayvonlarni hayoti bilan tanishtirish” bo‘limlari bolalarni qishloq xo‘jalik asoslari bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar xonaki o‘simliklarni parvarish qiladilar, piyoz, xonaki o‘simliklar yetishtirish yuzasidan tajriba o‘tkazadilar. Ular maktab o‘quv-tajriba uchastkasida ishlab, yerda mehnat qiladilar; tuproqni yumshatadilar, o‘simliklarning o‘sishini kuzatadilar, o‘z mehnatining natijalarini ko‘radilar, odamlar mehnatini qadrlashni, yerni e’zozlashni o‘rganadilar.O‘quvchilar chorvachilik kasblari bilan ham tanishadilar, hayvonlarni to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rganadilar. O‘qituvchining o‘quvchilarda yerga omilkorlik bilan qarash hissini shakllantirishi, qishloq xo‘jaligidagi mehnat to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur berishi, o‘z mehnati va o‘z jamoasi mehnati natijalaridan xursand bo‘lishni o‘rgatishi muhimdir. Shu boisdan ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva mollarni parvarish qiladigan, hosilni yig‘ishtirib oladigan, mehnat natijalarini hisob-kitob qiladigan bo‘lsinlar. Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi kuchayadi va kasbga yo‘naltirish ishi alohida mazmun kasb etadi.

Yuqori sinflarda o‘quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida tanishadilar. kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun esa hiskoya qilib berish, suhbatlar o‘tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar ko‘rish, albomlarni ko‘zdan kechirish, sayohatlar o‘tkazish ko‘proq maqbuldir.

Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakllaridan suhbat o‘tkazish hammadan ko‘p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida o‘tishi muhimdir. Shu maqsadda o‘qituvchi kasblar to‘g‘risida, ayniqsa ota-onalari, qarindoshlari yoki tanish-bilishlari mazkur kasblari haqida ma’lumotlar to‘plash yuzasidan o‘quvchilarga topshiriqlar berishi mumkin. suhbatlar hikoya qilib berish, fotosuratlarni namoyish qilish, ta’limning texnik vositalarini qo‘llanish bilan to‘ldirishi mumkin.

O‘quvchilarning shaxsini o‘rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste’dod nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h.k. Ba’zi bolalarda kasbga moyillik yaxshi namoyon bo‘ladi, ko‘pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi. O‘qituvchining boladagi iste’dod nishonalarini aniqlashi, bularni qobiliyatini rivojlantirish va shakllantirishda ko‘maklashimni muhimdir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kasbga yo‘naltirish ishi - o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismidir. Quyi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik-shaxs yetukligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.

Sinfdan va maktabdan tashqari ish o‘quvchilarni kasb-korni ongli ravishda tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko‘p jihatdan yordam beradi.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo‘naltirish ishidao‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin.



Download 94.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling