O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti


Download 492.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.09.2020
Hajmi492.11 Kb.
#130737
1   2   3
Bog'liq
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18 



II-BOB. BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIDA SAYOH-

OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN IShLAR. 

 

2.1. XRISTOFOR KOLUMBNING BUYUK GEOGRAFIK  KAShFIYOTLAR DAVRIDA 

BAJARGAN IShLARI 

 

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  davrining  eng  buyuk  kashfiyoti  shubhasiz 

Amerikaning  kashf  etilishidir.  Bu  ishni  amalga  oshirgan  odam  Xristofor  Kolumb 

1451 yilda Genuyada tug’ilgan. Portugaliya qirg’oqlarida kema halokatidan omon 

qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o’rganadi. G’arb tomonga 

suzib Osiyo qirg’oqlariga yetib borish fikri shu yerda tug’iladi.  

1485  yilda  bu  fikrni  u  qirolga  taqdim  etadi  va  rad  javobini  oladi.  Shundan 

so’ng u  Ispaniyaga borib  o’z  g’oyasini  amalga  oshirish uchun 7  yil ruxsat kutadi. 

Nihoyat  qirol  uni  qabul  qilib,  u  bilan  shartnoma  tuzadi.  Shartnomaga  ko’ra  agar 

muvaffaqiyat qozonilsa, X.Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vise-qirol 

va  admiral  unvonini  olishi,  barcha  daromadlarning  1/10  ga  egalik  qilishi, 

ekspedisiya  xarajatlarining  1/8  qismini  va  savdo  xarajatlarining  ham  1/8  qismini 

to’lashi kerak bo’lar edi.  

1492  yil  3  avgustda  2  ta  karavella  “Pint’ya”  va  “Nin’ya”  hamda  flagman 

“Santa-Mariya”  og’ir  kemalari  Palos  portidan  yo’lga  chiqdi  va  3  kundan  so’ng 

Kanar orollaridan o’tib ochiq okeanga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, ekspedisiyaning 

muvaffaqiyatiga  deyarli  hyech  kim  ishonmagan,  kemalar  ekipajini  to’plash  ham 

juda  qiyin  kechgan.  X.  Kolumb  bu  ekspedisiyada  Toskanellining  dunyo  kartasini 

asos  qilib  olgan.  Uningcha,  qisqa  muddatda  Yapon  orollariga  yetib  borilishi  va 

janubga  suzib  Xitoy  qirg’oqlari  bo’ylab,  Marko  Poloning  marshrutini  takrorlagan 

holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo’lgan.  

Umuman X. Kolumbning birinchi suzishi  omadli deb hisoblanadi. Yo’lovchi 

shamol  2  hafta  davomida  esib  turgan, 16 sentyabrda  ko’plab  suv  o’tlariga  duch 

kelganlar va bu yana umid bag’ishlagan. Lekin bu Sargass dengizining boshlanishi 

bo’lib  quruqlikka  hali  bor  edi.  Ekipaj  orqaga  qaytishni  talab  qila  boshlagan. 7-

oktyabrda  suv  qushlariga  duch  kelgan  Kolumb  dengizchilarni  yana  quruqlik 

yaqinligiga ishontiradi va qushlarga ergashib kemalarni janubi-g’arbga buradi.  


 

 

19 



Bu  ham  omadli  fikr  edi,  chunki  avvalgi  yo’nalishda  ular  Gol’fstrim  oqimiga 

tushib qolgan bo’lar  edilar.  Nihoyat 1492  yil  12  oktyabrda quruqlik  ko’rindi. Bu 

Bagam  orollari  edi.  Osiyoning  sharqiy  qirg’oqlariga  yetganiga  shubha  qilmagan 

Kolumb  janub  tomonga  Yaponiyani  izla  suzib  ketdi.  Kuba,  Gaiti  va  yana  bir 

qancha  orollarni  kashf  etdi.  Gaiti  orolini  Espan’ol  deb  atab,  ispan  koloniyasini 

barpo  qildi. 1493 yilda  Ispaniyaga  qaytib  kelgan  Kolumbga  Dengiz-okeanlar 

admirali  degan  unvon  berildi  va  to’xtovsiz  ikkinchi  ekspedisiyaga  tayyorgarlik 

ko’rila  boshlandi.  Bu  gal  ishchilar,  ruhoniylar,  dehqonlar  ham  olib  ketilishi  kerak 

edi.  

1493  yil  11  oktyabrda  17  ta  kema  yo’lga  chiqdi.  Bu  safar  marshrut 



janubroqdan  olindi  va  Antil  orollariga  yetib  kelindi.  Kolumb  katta  yerni  izlab 

Karib  havzasidagi  orollarni  kashf  qildi  va  ispan  koloniyasiga  qo’shib  oldi. 1496 

yilda  Ispaniyaga  qaytgan  Kolumb  oldiga  aniq  vazifa  oltin  va  ziravorlar  topish 

qo’yildi.  U  uchinchi  ekspedisiyasi  davrida  Trinidad  va  Tobago  orollari  kashf 

qilindi.  

Ammo  oltin  va  ziravor  topilmaganligi  uchun  Kolumb  hibsga  olinib, 

Ispaniyaga  jo’natildi. 1500 yilning  oxirida  oqlandi  va  1502  yilda  4-ekspedisiyaga 

otlandi.  Bu  gal  Markaziy  Amerika  qirg’oqlariga  yetib  borildi  va  2  ming  km. 

masofadagi  qirg’oq  chiziqlari  aniqlandi.  Lekin  oltin  kam  topildi,  ziravorlar  esa 

umuman  yo’q  edi.  X.  Kolumbning  safarlari  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo’lsada, 

ispan  qirolligi  uchun  katta  boylik  olib  kelmadi  va  Kolumb  barcha  unvonlaridan 

mahrum bo’lib, 1506 yilda qashshoqlikda vafot etdi.  

Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507  yilda  nemis 

kosmografi  Martin  Val’dzemyuller  “Kosmografiyaga  kirish”  asarida  taklif  etgan. 

Bu bilan u X. Kolumbning xizmatlarini  yo’qqa chiqarmoqchi  emas  edi. Uning bu 

taklifi  ital’yan  savdogari  Emerigo  Vespuchchining  maktublariga  asoslangan  va  u 

Kolumbni haqiqatdan ham Osiyo qirg’oqlariga yetib borgan deb hisoblagan.  

Vespuchchi esa o’z maktublarini 1497-98 yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin 

u  aslida  1502-1503  yillarda  sayohat  qilib,  Janubiy  Amerika  materigining  sharqiy 

qirg’oqlari  bo’ylab  Rio-de  Janeyrogacha  suzib  borgan  va  Osiyo  haqidagi 



 

 

20 



tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida  yangi  yerlar  ekanligini  e’tirof 

etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi.  

Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV - asrda dengiz 

sayyohlarning  qiziqishini  yanada  oshirdi.  Italiyalik  olim,  astronom  Paolo 

Toskanelli  bu  g’oyadan  kelib  chiqib  dunyo  kartasini  tuzdi.  Kartada  Osiyo  qit’asi 

Atlantika  okeanining  g’arbiy  qirg’oqlarida  tasvirlangan  bo’lib,  olimning  fikricha, 

Yevropa  qirg’oqlaridan  doimo  g’arbga  suzib  Hindistonga  borish  mumkin  bo’ladi. 

Paolo  Toskanelli  yer  ekvatori  uzunligini  xato  tasavvur  qilib, 12 ming  kilometrga 

yanglashgan, Keyinchalik bu xato - buyuk kashfiyotlarga olib keldi. 

XV  -  asrning  oxirida  Ispaniya  ham  yangi  dengiz  savdo  yo’llarini  izlashga 

harakat qildi. Ispaniya qiroli Ferdinand va qirolicha Izabellaga o’zining Toskanelli 

tasdiqlagan  Hindistonga  G’arbiy  dengiz  yo’lini  ochishi  loyihasini  topshirgan 

Xristofor  Kolumb  (1451-1506-yillarda  yashagan)  Italiyaning  Genuya  shahrida 

to’quvchi  oilasida  tug’ilgan.  Xristofor  15  yoshiga  qadar  yaxshigina  ma’lumot 

olgan  edi.  Keyin  oilaviy  sharoiti  tufayli  dengizchilikka  yollanib,  kemalarda 

matrosdan kapitanga qadar bo’lgan  lavozimlarda xizmat qildi. 

Nihoyat, 1492-yili  Ispaniya  qiroli  sayohatga  ruxsat  berdi.  Palos  portidan 

1492-yil  yozida  Kolumb  o’zining  90  kishilik  komandasi  bilan  uchta  “Ninyae, 

“Pinta”  va  “Santa-Mariya”  nomli  kemalarda  dengizga  chiqdi.  Orqadan  esayotgan 

shamol  kemalarni  g’arb  tomonga  tez  haydab  borardi,  Kunlar  ketidan  kunlar, 

haftalar  ketidan  haftalar  o’tdi,  lekin  yer  hamon  ko’rinmasdi.  Saragossa  dengiziga 

yetganda  suv  o’tlari  yerning  yaqinligi  xayolini  tug’dirdi.  Passat  shamollari 

yo’nalishidagi kemalar ildam oldinga suzardi. Yana bir necha kun o’tgandan keyin 

dengizchilarda qo’rquv paydo bo’ldi. Oradan ikki oy o’tgandan so’ng dengizchilar 

talabi bilan kemalar janubi-g’arbga tomon yo’l oldi. Nihoyat, 1492-yil  12-oktyabr 

kuni kechasi kemalardan binning machtasi ustidan matrosriing “Yer!, “Yer!” deya 

baqirgan ovozi eshitildi, 

Ertasiga  kemalar  kichik  bir  orol  yoniga  kelib  to’xtadi.  Kolumb  qirg’oqqa 

Ispaniya  bayrog’ini  tikib,  orolni  qirol  mulki  deb  e’lon  qildi.  Ekspedisiya  a’zolari 

bu  yerdan  oltin  izlab  janub  tomonga  yo’l  oldilar  va  Kuba  hamda  Gaiti  orollarini 



 

 

21 



kashf  qildilar.  Gaiti  qirg’oqlarida  o’zining  eng  katta  kemasidan  ayrilgan  Kolumb 

dengizchilarning  bir  qismini  yangi  qurilgan  Navidad  fortida  qoldirib,  o’zi 

Ispaniyaga qaytdi.  

Keyingi  yillarda  Kolumb  g’arbga  yana  3  marta  sayohat  qildi.  U  Karib 

dengizidagi ko’plab  orollarni kashf qildi. Lekin  omad unga kulib boqmadi, u  o’zi 

izlagan Hindistonning oltin boyliklarini topa olmadi, Yangi qit’a kashf qilinganini 

Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u 

yerlar  aholisini  “hindular” (“indeyeslar”)  deb  atadi.  Shu  sababdan  Amerikaning 

ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda 

“indeyeslar” deb atash rasm bo’lib ketdi.  

Kolumbdan  keyin  1498-yili  g’arbda  sayohatda  bo’lgan  Amerigo  Vespuchchi 

Kolumb kashf qilgan yerlarning “yangi qit’a” ekanligi haqidagi fikrlarini o’z do’sti 

nemis kosmografi Valdzemyullerga yozib yuborgan. Nemis olimining taklifi bilan 

yangi  qit’a  Amerika  deb  atala  boshlandi.  Xristofor  Kolumbning  nomi  Kolumbiya 

davlatiga,  Amerika  Qo’shma  Shtatlari  okruglaridan  biriga,  ko’plab  shaharlarga, 

universitetga,  tog’,  daryo  va  hatto  fazoni  tadqiq  etish  loyihalaridan  biriga 

qo’yilgan. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

22 



2.2. FERNAN MAGELLAN VA UNING DUNYO BO’YLAB SAYOHATI 

 

Amerigo  Vespuchchining  X.Kolumb  kashf  qilgan  yerlar  yangi  qit’a  ekanligi 

haqidagi  farazi  Fernan  Magellanning  1519-1522-yillardagi  dunyo  aylana  birinchi 

sayohatida  to’la  tasdiqladi.  Yangi  ochilgan  yerlardan  mo’ljallangan  boyliklariga 

erisha  olmagan  ispan  hukmdorlari  Fernan  (losman-dengizda  yo’l  ko’rsatuvchi 

kishi.) Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab-

quvvatladilar. 

Jasur va tajribaii dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan 

iborat  flotiliyasini  1519-yilning  20-sentyabrida  San-Lukar  portidan  dengizga 

chiqardi.  Ekspedisiyada  qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, 

“Viktoriya”  va  “Sant-Yago”  kabi  105-154  tonna  yuk  sig’imli  kichik  kemalarda 

ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar 

ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi.  

Portugaliyaning  Ispaniyadagi  elchisi  o’z  qiroliga  Magellan  ekspedisiyasi 

muvaffaqiyatsizlikka  uchrashi  muqarrar  deb  yozgan  edi.  Magellan  kemalarga 

portugaliyalik  hamyurtlaridan  ruxsat  berilgan  5  kishi  o’rniga  37  kishi  olishga 

muvaffaq  bo’ldi.  Sayohatning  boshidayoq  juda  og’ir  sinovlarni  yengib, 60 kunlik 

tinimsiz  yomg’irlardan  so’ng  kemalar  1519-yil  13-dekabrida  Rio  de  Janeyro 

ko’rfaziga  kirdi.  Yana  bir  oylik  sayohatdan  keyin  hozirgi  Urugvayning  poytaxti 

Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi.  

Bu joy ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. 

Qishlovga  to’xtagan  ekspedisiyada  birinchi  marta  isyon  ko’tarildi.  Unda  uchta 

kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda 

halok  bo’ldi,  Ikkinchisi  –  kapitan  Mendosa  isyon  bostirilishi  bilan  qatl  qilindi, 

uchinchi  kapitan  Kartaxena  fitnada  ishtirok  qilgan  ruhoniy  bilan  ko’rfazning 

qirg’og’iga  tashlab  ketildi,  Isyon  boshlanishiga  sabab  Magellanning  oziq-ovqat 

miqdorini kamaytirishi bo’lgandi.  

Ekspedisiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan 

“Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib  o’z va’damni bajaraman, bu  yo’ldan meni faqat 

o’lim qaytaradi”, - deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi 



 

 

23 



halokatga  uchradi.  Magellan  ekspedisiyasi  1520-yil  21-oktyabrida  janubiy 

kenglikning  52-gradusida  keyinchalik  uning  nomiga  qo’yilgan  qo’ltiqqa  kirdi. 

Ekspedisiyaning  Janubiy  dengizga  yo’l  olgan  kemasida  1-noyabr  kuni  Estevan 

Gomes  boshchiligidagi  bir  guruh  zobitlar  isyon  ko’tarib,  Magellanning  sodiq 

safdoshi  “San-Antonio”  kapitani  Alvaro  de  Meskituni  qo’lga  olib  asosiy  oziqa 

zaxirasi  bilan  Ispaniyaga  yo’l  oldilar.  Qaytib  kelganlar  Magellanga  tuhmat-

bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi 

va xotinini sazoyi qildi. 

Bu  paytda  jasur  Magellan  o’z  maqsadi  tomon  ishonch  bilan  bormoqda  edi. 

Ko’rfazdan  bir  oyga  yaqin  suzgan  kemalarning  chap  tomonida  doim  hindular 

gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli 

yer”  deb  atadilar,  Okeanga  chiqqan  kemalar  shimolga  qarab  suzishdi.  To’rt  oy 

davomida  hyech  qanday  dovullarsiz  olg’a  yurildi.  Okeanning  ularga  qilgan 

muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar.  

Hujjatlarda  yozilishicha,  sayohatchilar  keyingi  110  kun  davomida  qurtlagan 

non  ushoqlarini,  sassiq  suvni  ichishga  majbur  bo’ldilar.  Kemalarda  kalamushning 

narxi  qimmat  bo’lgan,  dengizchilar  kemaning  charm  qoplangan  joylarini  olib 

qaynatib  ichishgan.  Sayohatchilarning  ko’pi  singa  kasaliga  chalinib  nobud 

bo’lishgan. Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspedisiya a’zolari Marian arxipelagi 

orollaridan  biriga  tushdilar.  O’n  kundan  so’ng  kemalar  yaqinlashgan  arxipelag 

Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi.  

Xuddi  shu  orollarda  ro’y  bergan  bir  voqyea  sayyohlarning  qilgan  ishlari 

qanchalik  buyuk  ekanligini  ko’rsatdi.  Magellanning  qachonlardir  Malay 

orollaridan  olib  chiqib  ketilgan  xizmatkori  Enrike  mahalliy  aholi  bilan  gaplashib 

bir-birlarini  tushunganlar.  Demak  Enrike  o’z  yurtidan  sharq  tomonga  chiqib  unga 

g’arbdan  qaytib  keldi.  Sebu  orollari  aholisini  Ispaniya  qiroli  vassallariga 

aylantirish  uchun  qilingan  urushda, 1521-yil  27-aprelida  Magellan  halok  bo’ldi. 

Molukka 


orollaridan 

ziravorlarni 

ortib 

olgan 


Eskato 

boshchiligidagi 

ekspedisiyaning  qolgan  a’zolari  San-Lukarga  qaytib  kelganda  “Viktoriya” 

kemasida 18 kishi qolgan edi. 



 

 

24 



Dunyo  bo’ylab  qilingan  birinchi  sayohat  Yerning  shar  shaklida  ekanligini 

uzil-kesil  isbotladi.  Sayyohlar  Yer  kurrasining  anchagina  qismini  tadqiq  etdilar. 

Endilikda  okean  yo’lini  o’zlashtirish  boshlandi.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar 

natijasida Yer yuzidagi aholi haqida ma’lumotlar ko’payib bordi. 

Pireneya yarimorolidan arablarning haydab chiqarilishida faol ishtirok qilgan 

minglab  risarlar  urushdan  so’ng  bekor  qoldilar.  Ularning  ko’pchiligi 

qashshoqlashgan  dvoryanlar  vakillari  edilar.  Osonlikcha  boylik  orttirish  yo’lini 

axtargan  ming-minglab  kishilar  Ispaniya  va  Portugaliya  sayyohlarining 

kashfiyotlari  haqida  xabar  yetishi  bilan  hyech  o’ylanib  o’tirmasdan  yangi 

o’lkalarga jo’nashdi. 

Dengiz  ekspedisiyalarini  safarlarga  tayyorlashda  va  jihozlashda  savdogarlar 

va  kema  egalari  ham  faol  qatnashdilar.  Ularning  maqsadi  savdo-sotiqdan, 

bo’ysunodirilgan  o’lkalarni  talashdan  boylik  orttirish  edi.  Amerika  qit’asini  istilo 

qilishda  xristian  dini  vakillari,  ruhoniylar  va  rohiblar  ham  ishtirok  etdilar.  Ular 

mahalliy  aholini  xristian  diniga  o’tkazish  bilan  shug’ullandilar.  Shunday  qilib, 

yevropaliklar bosib olingan mamlakatlarni o’z mustamlakalariga aylantirdilar.  

Ispanlar  Osiyo  qirg’oqlariga,  aynan  Molukka  yarim  oroliga  yetishga  harakat 

qilishardi,  shuning  uchun  portugallarning  yo’lidan  boshqa  yo’llarni  to’xtovsiz 

qidirishar  edi. 1519 yil  20  sentyabrda  “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, 

“Viktoriya”, “Sant’yago”  deb  nomlangan  5  ta  kemadan  iborat  ekspedisiya  Ispan 

qiroli  xizmatidagi  portugal  dengizchisi  Fernan  de  Magellan  boshchiligida  g’arbiy 

yo’lni izlab suzib ketdi.  

Flotiliya  Janubiy  Amerika  materigining  sharqiy  qirg’oqlari  bo’ylab  suzib, 

katta  qiyinchiliklar  bilan  janubiy  chekkasidan  aylanib  o’tdi  va  Tinch  okeanga 

chiqdi.  Tinch  okeanini  kesib  o’tib,  Marianna  orollariga,  undan  Filippin  orollariga 

yetib bordi. Bu yerda 1521 yilda Magellan halok bo’ldi. Ekspedisiyada ikki kema 

Xuan  Sebast’yan  El’kano  boshchiligda  Molukka  arxipelagiga  yetib  borib, 

ziravorlar sotib oldi va ikki yo’nalishda Ispaniyaga qaytishga qaror qilindi.  

“Trinidad”  deb  nomlangani  Tinch  okean  orqali,  Xuan  S.  Elkano 

boshchiligidagi  “Viktoriya”  kemasi  hind  okeani  orqali  qaytmoqchi  bo’ldi. 



 

 

25 



Viktoriya  portugal  kemalaridan  yashirinib,  janubroqdan  suzdi  va  Hind  okeanini 

kesib  o’tib,  katta  qiyinchiliklardan  so’ng  1522  yil  8  sentyabrda  Ispaniyaga  yetib 

keldi. “Trinidad” kemasi halokatga uchrab, undan 3 kishi  omon qoldi  va 5  yildan 

so’ng  Ispaniyaga  yetib  kelishdi.  Magellan  ekspedisiyasining  ahamiyati  nihoyatda 

katta  bo’ldi,  Yerning  sharsimonligi  amalda  isbotlandi,  Yangi  qit’aning  janubiy 

qirg’oqlari aniqlandi.  

Ekspedisiya  taqdiri  uning  ishtirokchisi  ital’yan  Antonio  Pigafetta  tomonidan 

“Dunyo  bo’ylab  birinchi  sayohat”  kitobida  bayon  qilingan.  Lekin  u  na  dengizchi, 

na  geograf,  hatto  kuzatuvchan  odam  bo’lmaganligidan  uning  kitobi  sayohat 

to’g’risida  to’liq  ta’surot  bermaydi.  Magellan  va  boshqa  qatnashchilarning 

kundaliklari  saqlanib  qolmagan,  faqat  “Trinidad”  kemasi  kapitan  yordamchisi 

Fransisko  Al’boning  jurnali  bizgacha  yetib  kelgan  va  ekspedisiya  to’g’risida 

to’liqroq ma’lumot olishga yordam bergan.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

26 



2.3. VASKO DA GAMMANING HINDISTONGA SAYYoHATI 

 

 

 



 

Vasko da Gamma (Vasco da Gamma) (1469 [Sinish sh.]-1524 [Kochin sh.]), 

keyinchalik  graf  Vidigeyra  unvoniga  sazovor  bo’lgan  mashhur  dengizchi  va 

sayyoh.  U  XV-XVI-asrlarda  Yevropaning  dengiz  va  okeanlarga  chiqish  va 

o’rganish  markazi  deb,  tan  olingan  Portugaliyada  1469  yili  zodagonlar  oilasida 

tug’ilgan.  Otasi  Ishtevan  da  Gamma  Silvish  shahrini  sudi  va  keyinchalik  shahar 

hokimi  bo’lgan.  Vasko  yoshligidanoq  harbiy  harakatlarda  faol  qatnashib  o’zini 

tajribali,  mard  va  jasur  jangchi  ekanligini  ko’rsatgan.  Yoshlik  davridan  boshlab 

kema  va  odamlarni  boshqara  oladigan  qo’rqmas  va  ehtiyotkor  dengizchi  sifatida 

nom chiqargan. Umuman  olganda  da  Gammalar  oilasi  o’sha davrdagi Portugaliya 

siyosiy  hayotida  faol  ishtirok  etgan.  Vasko  da  Gamma  yashagan  uy  hozirgacha 

saqlanib qolingan.  

XV-XVI-asrlarda  Portugaliya  Yevropaning  taraqqiy  etgan  mamlakatlaridan 

biri hisoblangan. Mustamlaka yerlarni topish, ularni hisobsiz boyliklari bilan qirol 



 

 

27 



xazinasini  to’ldirish  ishtiyoqi  Ispaniya  va  Portugaliya  qirolliklarini  yangi 

ekspedisiyalarni  tashkil  etishga  undaydi.  Mutaxassislarning  yozishicha, 500 yil 

muqqadam ham Lissabon shahri okean va dengiz tadqiqotlarining markazi bo’lgan. 

Portugaliya  dengizchilari  Afrika  sohillari  bo’ylab  janub  tomonga  yo’l  qidirishgan 

va  aynan  ular  yevropaliklarga,  birinchi  bo’lib  Hinduston  va  Janubiy-Sharqiy 

Osiyoga  olib boradigan suv  yo’llarni  ochib berishgan. Shunday  ekspedisiyalardan 

biriga Vasko da Gamma rohbarlik qilgan.  

1492  yilda  Gvineyadan  oltin  bilan  qaytayotgan  Portugaliya  kemalarini 

fransuz  qaroqchilari  (korsarlari)  qo’lga  olishadi.  Portugaliya  qiroli  Manuel  1,  esa 

fransuzlardan  kemalarni  boyliklari  bilan  birga  qaytarib  olib  kelishni  Vasko  da 

Gammaga  buyuradi.  Mohir  dengizchi  Fransiya  sohillariga  borib,  ularning  bir 

qancha  kemalarini  garovga  oladi,  shu  voqyea  sabab  Fransiya  qiroli  portugallar 

kemalarini  qaytarib  berishga  majbur  bo’ladi.  Vasko  da  Gamma  butun 

Portugaliyada mashhur shaxsga aylanadi. Xristofor Kolumbni birinchi sayohatidan 

keyin  kashf  qilingan  yangi  yerlarga  egalik  qilish  uchun  Ispaniya  va  Portugaliya 

o’rtasida  nizolar  kuchayadi.  Shu  sababdan  afsonaviy  boy  mamlakat  hisoblangan 

Hindustonga yangi yo’llar ochish maqsadida ekspedisiya safarga tayyorlanadi.  

1497  yili  tarkibi  4  ta  kemadan  iborat, 168 ta  mohir  dengizchi  va  eng  og’ir 

mehnatlarni  bajarish  uchun  10  ta  mahbusdan  iborat  ekspedisiya  safarga  chiqadi.

 

«San-Gabriel» kemasi - Vasko da Gamma boshchiligida, «San-Rafael» - Paula da 



Gamma, «San-Mixael» - Gonsalu Nunasha va «Berrid» yuk kemasi Nikola Koelyu 

rahbarligida  Lissabon shahri bandargohidan chiqib  «Yashil burun» orollari  tomon 

yo’l olishadi. Keyinchalik bir muddat janubi-sharqqa qarab harakatlagan kemalarni 

Vasko  da  Gamma  janubi-g’arbga,  ya’ni  hanuzgacha  aniqlanmagan  dengizlar 

tomon burishga farmon beradi. Yana bir necha kundan keyin u yo’nalishni sharqqa 

o’zgartirishga farmon beradi.  

Sayohat  uch  yilga  mo’jallanib,  shunga  yetarli  oziq-ovqat  zaxirasi,  jangovar 

qurollar  va  mahalliy  xalq  bilan  almashtirish  maqsadida  arzon  kiyim  kechaklar 

olinadi.  Vasko  da  Gamma  boshchiligidagi  kemalar  Afrika  sohillari  bo’ylab  janub 

tomon suzishadi. Hozirgi  Kanar  orollarini  orqada qoldirib Yashil burun orollarida 



 

 

28 



to’planishadi.  Janubdan  esayotgan  kuchli  qarshi  shamollar  dengizchilar  harakatni 

ancha  qiyinlashtiradi. 1497 yilning  noyabrida  93  kunlik  tinimsiz  okeanda  suzish 

natijasida,  oxir-oqibat  Afrika  qit’asining  janubiy  sohillariga  yetib  borishgan. 

Dengizchilar  tubjoy  xalq  bo’lgan  bushmenlar  bilan  aloqa  o’rnatib,  kiyim-kechak 

ivaziga  oziq-ovqat  jamlashadi,  ammo  kelishmovchiliklar  sababli  tezda  ketishga 

majbur bo’lishadi.  

 


Download 492.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling