O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi muqimiy nomidagi qo‟qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 235.89 Kb.
bet1/20
Sana05.01.2022
Hajmi235.89 Kb.
#210508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
guli




O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO‟QON DAVLAT PEDAGOGIKA

INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

5111600-MILLIY G‟OYA, MA‟NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA‟LIMI YO‟NALISHI

IV “A” GURUH TALABASI

Haydarov Saidjon Ummatali o„g„lining

YOshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy



merosining ahamiyati” mavzusidagi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI



Ilmiy rahbar: O’qituvchi G.Ismoilova.

Qo‟qon-2016 yil

Tarix fakulteti, Milliy g„oya, ma‟naviyat asoslari va huquq ta‟limi yo„nalishi

IV-kurs “A” guruh talabasi Haydarov Saidjon Ummatali o„g„lining

YOshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi elektron ta‟lim resursiga



Taqriz

Haydarov Saidjon Ummatali o‗g‗lining bitiruv malakaviy ishi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidandir. O‗zbekistonning kelajakdagi ravnaqi bugungi yosh avlodning to‗laqonli tarbiyasiga ko‗p jihatdan bog‗liq. Har bir fan o‗qituvchisi o‗z shogirdlarining komil inson bo‗lib etishishi uchun qayg‗urishi, uni e‘tiqodli va ma‘rifatli qilib tarbiyalashi lozim. Ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatimizda kechayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari bilan uyg‗un holda rivojlanmoqda. YUrtboshimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga e‘tibor qaratildi. Ulug‗ mutafakkirlarimiz asarlarida bolalarga go‗daklik chog‗idanoq kattalarga hurmat va keksalarni e‘zozlash, ota-onaga alohida ehtirom ko‗rsatish, o‗zidan kichiklar izzatini o‗rniga qo‗yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko‗rishga chaqiriladi. Prezident Islom Karimov o‗z asarlarida ta‘lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyatini aniq tushuntirib, «...bugungi kunda oldimizga qo‗ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, yangi mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‗liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz, faqatgina chinakam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‗z bilan aytganda, o‗zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‗ziga munosib, obro‗li o‗rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkinligini ta‘kidlab o‗tib, bu vazifalarning hal etish yo‗llarini ko‗rsatib berdi.

O‗zbekiston Prezidenti Islom Karimov sharq allomalarining ilmiy va ma‘naviy merosining barkamol insonni shakllantirishdagi o‗rniga yuksak baho berib, ―Tarixga murojaat kilar ekanmiz - bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‗lmaganidek, o‗z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‗lmaydi‖, - degan edi. Darhaqiqat, millatning kelajagini uning o‗tmishi yaratadi. Xalqimizning buyuk kelajagi uchun mustahkam poydevor qo‗ygan ana shunday allomalarimizdan mashhur donishmand, faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy , Ibn Sino xamda Aburayxon Beruniylar hisoblanadi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan bundan tashqari ko‗plab adabiyotlardan o‗rinli foydalanilgan.

Bitiruv malakaviy ishidan ko‗zlangan asosiy maqsad yoshlar ongiga milliy mafkurani singdirishda SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining ahamiyati, yoshlar tarbiyasida tutgan o‗rni, inson ongiga ta‘sir ko‗rsatish darajasi, uni yoshlar ongiga singdirish yo‗llarini yoritib berishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishida asosan, taxliliy va qiyosiy usullarga murojaat qilingan.Davlatimiz rahbari Prezident Islom Abdug‗anievich Karimov ta‘kidlaganidek ―Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‗lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi‖ kabi fikrlariga BMIda alohida ahamiyat qaratilgan.

Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, internet ma‘lumotlari, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat tarkibga ega.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati shundaki, g‗oyaviy tarbiya uning bugungi kundagi ahamiyati ishning nazariy ahamiyatini kasb etadi. BMIdan umumta‘lim maktablarida, akademik litsey va kollejlarda ma‘ruzalar o‗qishda foydalanish mumkin. SHuningdek, xalqqa g‗oyaviy tarbiya, uning bugungi kundagi ahamiyatini tushuntirish, ma‘ruzalar tashkil etishda foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishi Nizom talablariga mos ravishda yozilgan, ishni elektron axborot ta‘lim resursini Ziyonet tarmog‘iga joylashtirish uchun tavsiya etaman.


Download 235.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling