O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 28 – umumiy o’rta ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi Sattiyev Xusniddinning


MAVZU: IKKILIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH


Download 1.07 Mb.
bet2/2
Sana25.09.2020
Hajmi1.07 Mb.
#131108
1   2
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi xalq ta�limi vazirligi namangan viloyat

MAVZU: IKKILIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH.


Dars shiori: Zamonaviy fanni o’rganmoqqa,

Biz tayyormiz saboqqa.



Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga sanoq sistemalari haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni zamon talabida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish.

Dars uslubi: Sayohat darsi, savol-javob, bahs-munozara, musobaqa-o’yin.

Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, boshqotirmalar, didaktik materiallar, ko’rgazmalar, kompyuter, videoproyektor.

Darsning borishi:

Reja:

1. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar.

2. Ikkilik sanoq sistemasidagi butun sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazish.

3. O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik

sanoq sistemasiga o’tkazish.

Dars qo’yidagi harita bo’yicha olib boriladi.

Guruh




  1. Guruhlarga sayohat qilamiz. Guruhlar o’z nomlarni sharhlaydilar.

1-guruh: “Algoritm” guruhi.

Aqilli mashinalar bizlarni hushnid ayladi

Lahzalari hilma-xil insonni hayron ayladi.

Graf yasar buyruq bilan mashaqqatdan qutqardi

Operator buyruq bilan ko’plarni shayladi.

Respublika o’zligin olamga oshkor ayladi

Ilmu-fan o’rganmoqni yoshlarga maqsad ayladi.

Turbo Paskal, Beysikni o’rganib o’g’il-qizlar

Magnit misoli tortib horijni yaqin qildi.

2- guruh: “Kompyuter ” guruhi.

Kompyuter xonasiga kirar bo’lsang eshik ochiq,

Komptuter turar nurlar sochib.

Unda kompyuter qurilmalari joylashar,

Informatika fanini o’rganishga bo’lib kalit.



  1. Siyosiy bilimimizni sinab olamiz.

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, hammamizga ma’lumki, Vatan deganda biz- o’zimiz tug’ilib o’sgan makonini, kindik kindik qonimiz to’likgan zaminni tushunamiz. Hozirgi o’tkaziladigan treningimizda “Mening fukrim yagona emas” shiori asosida , barcha sinf o’quvchilari o’z fikrlarini qalb so’zlarini aytadilar.

Sizlarga savol: “Vatan” deganda nimani his qilasiz? Qalbingizda qanday tug’yonni sezasiz?

1-o’quvchi: Yoqimli tuproq isini his qilaman.

2-o’quvchi: O’zimni go’zal chamanzor qo’ynida his qilaman.

3-o’quvchi: Vatan- bu tandirdan uzilgan issiq non isidir.

4-o’quvchi: Vatanni onajonimning issiq bag’ri va mehriga qiyoslayman.

5- o’quvchi: Uyimiz ostonasidan chiqqach, darrov o’yimni, onamni sog’inaman. Bu vatan hissi bo’lsa kerak.

6- o’quvchi:Vatanga muhabbat ona suti bilan kiradi.

7-o’quvchi: Ona turting-oltin beshiging.

8- o’quvchi: Vatanni sevmoq iymondandir.

9- o’quvchi: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

10-o’quvchi: Vatan- ona so’zi naqadar laziz,

Sensan har narsadan mo’tabar aziz.

Shu zaylda barcha o’quvchilar Vatan haqidagi o’z hissiyotlarini aytadilar.

O’qituvchi: Barakalla, Vatan haqidagi barchangizning his-tuyg’ularingiz to’gri va o’rinli. Endi siz har doim ana shu sevgan Vatanimizni yo’qotmaslik, uni asrab-avaylash uchun yaxshi o’qishimiz, komil inson bo’lishingiz kerak.


  1. Tez aytish olamiga kirib boramiz. Mo’jiza maydonchasiga tez aytishlar to’plami yozilgan bo’ladi. Guruh sardorlari bir-birlariga tez aytish matnini tortib beradi.

1-guruhga: KARIM KOMPYUTERNI KO’P KO’RGANMI?

KOMIL KOMPYUTERNI KO’P KO’RGANMI?

2-guruhga: KARIM KOMPYUTERNI KALITINI TOPDIMI?

KOMPYUTER KARIMNI KALITINI TOPDIMI?



4.Shundan so’ng o’tilgan mavzularni mustahkamlash olish uchun tezkor savol-javoblar o’tkaziladi

1-guruhga:



  1. Informatika faniga qachon asos solingan? (XX asrning 50-yillarida)

  2. Axborot bu- (sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’siri, bog’liqlik darajasi).

  3. Informatika fani nimani o’rganadi? (informatika kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’illanuvchi fandir.)

  4. O’quvchilarni shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti necha minutdan oshmasligi kerak?

(25-30 minutdan).

  1. Kompyuterning qurilmalari nima deb ataladi?

(Hardware).

2- guruhga:



  1. Axborot tashuvchi vositalardan sanab bering. (kitob, gazeta, magnit tasmalar, disk, flash xotira).

  2. Axborotlar qanday turlarga ajratiladi? (analog va diskret).

  3. Alifbo bilan bog’liq qanday kodlash usullari bor? (alifbodagi harflarni tartibini ko’rsatuvchi sonlar bilan almashtirish va aralashtirilgan alifbo usuli).

  4. O’quvchilarni shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti bir kun davomida necha minutdan oshmasligi kerak? (180 minutdan).

  5. Kompyuterning dasturiy yoki yumshoq qismlari nima deb ataladi? (Software).

O’quvchilarni yakka holda bilimlarini sinash uchun quyidagi savollar beriladi. Savol olgan o’quvchilar og’zaki javob beradilar, qolganlariga esa faslga atab kompyuterda rasm chizish vazifasi beriladi.

Har bir to’gri berilgan javoblarga rag’bat kartochkalari berilib boriladi. Darsning yakuniy qismida ko’p rag’bat kartochkalri olgan o’quvchilar baholanadi va izohlab beriladi.



  1. Chap ustundagi so’zlarni o’ng ustundagi

jumlalarga moslab joylashtiring.


Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog’liq barcha jarayonlar …… deb ataladi.

diskret

analog

Axborotlar …. va …. turlarga ajratiladi.

Axborotli jarayonlar

2.Informatika faniga oid atamalardan yozib bering.

3.Informatika faniga oid maqol yozib bering.


  1. Berilgan axborotdagi qonuniyatni aniqlang va nuqtalar o’rniga kerakli sonni yozing.

90





18


12



  1. Matn muharriridagi menyular satrini yozib bering.

  2. Triada jadvalini yozib bering




  1. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu oldindan o’quvchilarga uy vazifasi qilib beriladi.

Shu o’rinda darsning BIO sxemasini aniqlab olishni joiz deb topdim. Yozuv taxtasi yoki oq qog’ozga quyidagicha chizma chiziladi.

1-ustun: “Nimalarni bilaman?”

2-ustun: “Nimani bilmayman?”

3-ustun: “Natijaga erishdikmi?”


Bilaman

Istayman

Oldim

O’quvchilar bilganlarini yozadilar

Bilish istaklarini yozadilar

O’quvchilar va o’qituvchi tomonidan tushunchalar olib boriladi.










Dars jarayonida guruhlar o’rtasida yangi mavzu buyicha tushuntirish, savol-javob, mulohaza, bahs-munozaralar o’tkaziladi. Guruhlar javobini o’qituvchi tinglab baholab boradi va har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkalari berib boriladi.

Hisоblash mashinasining tuzilishi va ularda dasturlashtirish sanоq sistemalari bilan chambarchas bоg’liqdir.

O’qituvchi: Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o’nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini blamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun o’rinli bo’lib, toki oxirgi qiymat bo’yicha eng katta razryadni qo’shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doin eslash kerakki, agar biror razryad sonlarni qo’shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa, yig’indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o’tkazish kerak.

Masalan, o’lik sanoq sistemasida: Videoproyektor orqali o’quvchilarga ko’rsatiladi.



1857910

+ 564810

_________

2422710


Ma’lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo’shish, ayirish, ko’paytirish amllarini bajaramiz. Qani o’quvchilar mavzu sizga oldindan vazifa qilib berilgan edi. Qo’shish amalini jadvalini qaysi guruh doskaga yozib beradi? O’quvchilar mustaqil o’rganib kelganlari uchun ikkila guruh ham baravariga qatnashadilar.

1-guruhdan bir o’quvchi, 2- guruhdan ham bir o’quvchi doskaga chiqib, qo’shish amalini jadvalini yozadilar.


Qo’shish

0+0=0

0+1=1

1+0=1

1+1=10

O’qituvchi videoproyektor orqali jadvalni doskaga uzatadi. Guruhlar to’g’ri yozganlari uchun rag’bat kartochkalari beriladi.

Qo’shish amalini mustahkamlash uchun mashqlar yechiladi. O’quvchilar mo’jizalar maydonchasidan kartochkalarga yozilgan misollardan birini tanlab oladilar.

1-guruhga: 11101

+ 1011

100000 j: 100000


2-guruhga: 10111

+ 1101

100100 j: 100100

Ayirish amalini ham guruhlardagi o’quvchilardan bitadani doskaga chiqib jadvalni doskaga yozadilar.


Ayirish

0-0=0

1-0=0

10-0=10

10-1=1

Ayirish amalini mustahkamlash uchun guruhlar yana mo’jizalar maydonchasidan misollarni tanlab oladilar.

1-Guruhga: 1011



- 101,11

110,11 j: 110,11

2- guruhga: 1111

- 10,11

1101,11 j: 1101,11

Guruhlardan yana bittadan o’quvchilar doskaga chiqib, ko’paytirish jadvalini yozadilar. Har bir o’quvchilar bajarayotgan amllari baholanib boriladi.


Ko’paytirish

0·0=0

0·1=0

1·0=0

1·1=1

1-guruhga: 101

X 101

101

+ 000


101__

11001


2-guruhga: 110

X 100

000

+ 000


110

11000
Arifmetik ammallar bajarilib bo’lgach, o’qituvchi tomonidan quyidagi misol tushuntiriladi.

O’nlik sanoq sistemasidagi 4,7,15 sonlarni o’nlik va ikkilik sanoq sistemalarida qo’shing. Avvalgi darsdagi jadvallardan foydalanib,

410=112, 710=1102, 1510=11112 ekanligini bilamiz.




10 lik s/sda

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

2 lik s/s da

0

1

10

11

100

101

110

111

1000

1001






0

0000


1

0001


2

0010


3

0011


4

0100


5

0101


6

0110


7

0111


8

1000


9

1001



A

1010


B

1011


C

1100


D

1101


E

1110

F

1111














O’nlik Ikkilik

410+710+1510 1002+1112+11112

4 100


+ 7 + 111

15 1111

26 11010


O’qituvchi: Turli asosli sanoq sistemasidagi butun sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazishda quyida keltirilgan asos darajalari bo’yicha yiyish formulasidan foydalaniladi.

Bu yerda: а, ak-1, …, a0-berilgan sonni tashkil etuvchi raqmlar; k-sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor.

Misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 101110 sonni o’nlik sanoq sistemasidaga o’tkazing.

Yechish: Yuqoridagi formulaga muvofiq

a0=0, a1=1, a2=1, a3=1, a4=0, a5=1 va q=2.

Demak, 1011102=1·25+0·24+1·23+1·22+1·21+0·20=32+0+8+4+2+0=4610

1-guruhga misol: Ikkilik sanoq sistemasidagi 101 sonni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazing.

Yechish: 1012=1·22+0·21+1·20=4+1=510

2-guruhga misol: Ikkilik sanoq sistemasidagi 110 sonni o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazing.

Yechish: 1102=1·22+1·21+0·20=4+2+0=610


O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun berilgan son o’tkaziladigan sanoq sistema asosiga natija 1 ga teng bo’lguncha ketma-ket bolinadi va qoldiqlar ongdan chapga qarab yoziladi.

Misol: O’nlik sanoq sistemasidagi 34 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazing.



Yechish:



  1. Har bir o’quvchi o’zini tug’ilgan sanasini o’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazadi.

  2. Bugungi sanani o’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazadi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi test savollar tarqatma materiallar orqali so’raladi.




  1. Qaysi qatorda asos darajalari bo’yicha yoyish formulasi to’gri yozilgan?













  1. 1111+111= Qo’shish amali tog’ri bajarilgan qatorni toping.

  1. 10010 B) 10100 C) 10110




  1. 1010-101= Ayirish amali to’g’ri bajarilgan qatorni toping.

  1. 111 B) 101 C) 100




  1. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 100111101 sonini sakkizlik sanoq sistemasiga o’tkazilgan sonni toping.

  1. 475 B) 485 C) 465




  1. O’nlik sanoq sistemasidagi 18 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazing.

  1. 10010 B) 110010 C) 111010



Uyga vazifa: Darslikdagi 1-7 mashqlarni yechib kelish. Mavzuga oid boshqotirma tuzib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. 7-sinf informatika darsligi.

  2. M.Aripоv, A.Haydarоv «Infоrmatika asоslari» Tоshkent «O’qituvchi»

  3. A. Ahmedov, N. Taylaqov “Informatika” Tоshkent «O‘zbekiston».

  4. A.Boqiyev, M.Yuldashev. F.Zokirova “ Informatika “ Toshkent “Sharq”

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling