O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy Davlat Pedagogika Instituti


Download 463.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.06.2020
Hajmi463.71 Kb.
#116009
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-sinf matematika darslarida masalalar yechishni orgatish metodikasi


 

 



 

 

 

 

 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 

 

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti 

 

Boshlang`ich ta`lim uslubiyoti fakulteti 

 

Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi 

 

Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish ta`lim 

yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi  BOTIROVA 

EZOZANING matematika o`qitish metodikasi 

fanidan 

 

«2-sinf matematika darslarida masalalar 

yechishni o`rgatish metodikasi» mavzusidagi 

 

 

 

 

 

 

 

 

    Ilmiy  rahbar:   

 

 

katta o`qit.Ungarov.B.H. 

 

 

 

 

 

Navoiy – 2012-yil 

 


 

MUNDARIJA 



КIRISH……………………………………………………………………. 

 

1-BOB.  BOSHLANG`ICH  SINFLARDA  O`QUVCHILARNI  MASALA 



TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH.………………………………. 

 

 



1.1. 

Masalalar  yechish  orqali  o`quvchilarda  matematika  faniga  oid 

malakalarni shakllantirish…………………………………………… 

 

 



1.2. 

 Sodda  va  murakkab    masalalarning  tuzilishi  va  yechilishini 

ko`rgazmali vositalar yordamida tushuntirish ……………………. 

 

1.3. 



 Masalalar  yechish  orqali  o`quvchilarda  matematik  malakalarni 

shakllantirish ……………………………………………………. 

 

II-БОБ.  2-SINF    O`QUVCHILARIGA  ARIFMETIK  MASALALARNI 



YECHISHNI O`RGATISH METODIKASI…………………………………. 

 

 



2.1. 

2-sinf  matematika  darslarida  murakkab  masalalar  bilan  tanishtirish 

va uni yechishni o`rgatish metodikasi……………………………. 

 

 



2.2. 

2-sinf  matematika  darslarida  qo`shish  va  ayirish  amali  bilan 

yechiladigan  sodda  va  murakkab  masalalarni  yechishni  o`rgatish 

metodikasi…………………………………………………………. 

 

 

2.3. 



2-sinf  matematika  darslarida  ko`paytirish  va  bo`lish  amali  bilan 

yechiladigan  sodda  va  murakkab  masalalarni  yechishni  o`rgatish 

metodikasi………………………………………………………. 

 

 



O`z ish tajribamdan…………………………………………………..   

 

XULOSA…………………………………………………………….   



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….   

 

 

 



 

 

 



 

 


 



Kirish 



Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.  

Ta’limni  isloh  qilish  yo’nalishlari  sifatida    ta’lim  tizimining  kadrlar 

salohiyatini  tubdan  yaxshilash,  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  har xil 

turlarini rivojlantirish, majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar 

ta’limiga    o’tilishini  ta’minlash,  ta’limni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish, 

ta’lim  jarayoni  va  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  xolis  baho  berish  tizimini  yaratish, 

ta’lim  va  ilm-fan  bilan  bog’liq  chet  el  hamda    xalqaro  tashkilotlar  bilan 

hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi.  

Mamlakatimizda  boshlang`ich  sinflarda  matematika  o`qitish  umuman 

maktab matematika kursini o`zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi, 

Shu sababli boshlang`ich sinflarda ishlashda o`rta maktabda matematika o`qitishda 

ko`zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda 

boshlang`ich ta`limning ahamsiyatini to`g`ri baholash kerak, 

Boshlang`ich  sinf  matematika  o`qitish  jarayonida  sodda  masalalarni 

yechishni o`rgatishni  tashkil etish orqali o`quvchilarning matematik tafakkurlarini 

shakllantirish,  kasbiy  ko`nikmalarni  tarkib  toptirish,  umumlashtirish  kabi 

xususiyatlarni  o`quvchilarnda  shakllantirish  masalasi  hozirgi  kunning  dolzarb 

muammolaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. 

Boshlang`ich  sinf  o`quvchilarida  yangicha  tafakkurni  shakllantirish,  o`zaro 

ijobiy munosabat jarayonini tarkib toptirishda o`qituvchi tomonidan tashkil etilgan 

sodda  masalalarni  yechishni  o`qitish    ta`lim  samaradorligini  taminlovchi  muhim 

omillardan biridir. 

Ta`lim  tarbiya  samaradorligini  taminlash    hamda  pedagoglarimiz  kasbiy 

mahoratini  oshirishda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining 

ahamiyati  katta.  Bugungi  kun  o`qituvichisi  mustaqil  O`zbekistonimiz  kelajagi 

uchun  yangicha  fikrlaydigan  hozirgi    rivojlanishga  yangicha  nazar  bilan 

qaraydigan.  Zamon  bilan  hamnafas  bo`lgan  yangi  insonni  shallantirish  komillik 

sari yetaklaydi. 



 

Ta`lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan har bir pedagogdan avvalo barkamol 



shaxs,  mohir  kasb  egasi,  pedagogik  muomala  mahoratini  sirlarini  egallagan- 

umuman  pedagogika  san`atini  egallagan  har  tomonlama  mukammal  bo`limshni 

talab  etiladi.  Demak  hozirgi  davr  talabini  his  qilgan  har  bir  o`qituvchi  o`z  ustida 

tinimsiz ishlashi, mas`uliyatinioshirib borishi, zamondan orqada qolmasligi ta`lim 

tizimiga kirib kelyotgan raqobat muhitiga o`zini tayyorlab borishi lozim. 

O`zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to`g`rsida»gi  qonuni  hamda  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi    talablari  asosida  ta`limning  maqsadi,  vazifalari  hamda 

prinsiplarini  tanlanishi  1-darajalik  ehtiyojga  aylandi.  Ta`lim    O`zbekiston 

respublikasida 

jamiyatning 

ijtimoiy, 

iqtisodiy, 

ma`naviy 

va 


madaniy 

rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. 

Respublika  miqyosida  ta`lim  va  tarbiya  sifatini    yaxshilash,  uni 

takomillashtirish  borasida  hamda  o`qituvchilarning  malakasini  oshirish  borasida 

muhim  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  kabi  ishlarni  maktab  tizimida  amalga 

oshirish  maqsadga muvofiqdir.  

 

Shu  o`rinda  Preident  Islom  Karimovning  quyidagi  fikrlarini  ham  ta`kidlab 



o`tish  maqsadga  muvofiqdir:  “Xalq  ta`limi,  yosh  avlodga  ta`lim  tarbiya  berish 

sohasi  tubdan  yangi  yondashuvlar  talab  qilladi.  Bolalarni  maktabgacha  ta`lim 

muassasalari bilan ta`minlashda keskin burilishga erishish zarur.Uylardagi bolalar 

bog`chasi  shoxobchalarini,  konsultatsiya  punktlarini,  qishloqdagi  bolalar 

bog`chasi-maktab komplekslari shoxobchalarini faollik bilan kengaytirish lozim. 

Istedodli  bolalar  uchun  maktab  –internatlar  tashkil  qilish  davom  ettiriladi. 

Bolalar bog`chasi,  maktab bilan bir qatorda bolalar poliklinikalarini, bolalar bilan 

maktabdan  tashqari  ish  olib  boruvchi  muassasalarni  o`z  ichiga  oladigan  bolalar 

muassasalari territorial komplekslarini barpo etish xususida chuqur o`ylab, bu ishni 

boshlab yuborish o`rinli bo`lur edi”

1

 

Shuningdek 



Prezidentimiz 

tomonidan 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining  19  yilligiga  bag`ishlangan  tantanali 

yig`ilisda so`zlagan nutqida takidlangan fikrlarini ham ta`kidlab o`tish mumkin:  

                                                           

1

  Ислом  Каримов.  “Ўзбекистон  мустақилликка  эришиш  остонасида”.  Т.:  “Ўзбекистон”,  2011  йил,  206-207-

бетлар. 


 

“Istiqlol bizga bergan bebaho boylik va imkoniyatlar, erishgan natijalarimiz 



haqida  ko`p  so`z  yuritishimiz  mumkin.  Ayni  vaqtda  mustaqillik  tarixida  also 

o`chmaydigan,  yorqin  sahifa  bo`lib  yoziladigan  ulkan  marralarimiz  qatorida 

shunday  buyuk  bir  yutug`imiz  borki,  unung  ahamiyatini  hech  narsa  bilan  o`lchab 

baholab bo`lmaydi. 

  Men  buni  zamonaviy  bilim  va  kasb  –  hunarlarni  puxta  egallagan,  mustaqil 

fikrlaydigan, hayotimizda tobora hal qiluvchi  kuchga aylanib borayotgan sog`lom 

va barkamol avlodimiz timsolida ko`raman”

1

 



“Barkamol  avlod  yili”  Davlat  dasturini  amalga  oshirishda  ta`lim  sohasini 

rivojlantirish,  avvalombor,  uning  moddiy  texnik  bazasini  mustahkamlash,  yangi 

o`quv  muassasalari  qurish  va  ularni  zamonaviy  uskunalar  bilan  jihozlash 

masalasasiga e`tbor yanada kuchaytirildi. 

O`rta  maktab    matematika  dasturiga  taalluqli  ko`pgina  masalalalar 

boshlang`ich  sinflardayoq  shu  darajada  mustahkam  o`zlashtrilishi  kerakki,  bunda 

ular  o`quvchilar  ongida  butun  umr  saqlanib  qolsin,  keyingi  sinflarda  mufassal 

qarab  chiqishga  tayorgarlik  ko`rish  maqsadidagina    kiritiladi  yoki  biror  malakava 

ko`nikmalarni  shakllantirish  jarayonida  fikrlash  qobiliyati  darajasini  oshirish 

imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.   

Maktabning  boshlang`ich  sinflarida  bolalar  matematika  sohasida  dasturda 

nazarda tutilgan bilimlar, o`quv uquvlar va ko`nikmalarning  ma`lum hajmini ongli 

ravishda  va  mustahkam  egallab  olishlari  haqida  gap  borganda  yuqorida  aytib 

o`tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak. 

Boshlang`ich  ta`limning  muhim  masalalaridan  biri  o`quvchilarda  ongli  va 

mustahkam  xisoblash  (ko`pincha  avtomatizmga  etkazilagn)  malakalarini 

shakllantirish edi va shunday bo`lib qoladi. 

Bu masala bolalar bilim qobiliyatlrini o`stirishning ancha umumiy  masalasi 

bilan  uzviy  bog`langan.Boshlang`ich  maktabdayoq  bolalarda  kuzatish  va 

                                                           

1

    Prezident  Islom  Karimovning  O`zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  20  yilligiga  bag`ishlangan 



tantanali marosimdagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi 2011 yil 1 sentabr   №38 son

 


 

taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalardagi o`xshashlik va farq qiladigan belgilarni 



ajratish, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstrakciyalash,aniqlashtirish kabi amallarni 

bajarish uchun ko`p ish qilingan bo`lishi kerak. 

O`zbеkiston  Rеspublikasi  mustaqil  davlat  sifatida  dunyoning  rivojlangan 

davlatlari    bilan  ilmiy,  iqtisodiy  tеxnikaviy  hamda  ta'lim  sohasida  kеng  ko`lamda 

hamkorlikni  yo`lga  qo`ygan.  Darhaqiqat,  Toshkent  shahrida  o’tkazilgan  xalqaro 

konferensiya,  unda  Prezident  Islom  Karimovning  “Yuksak  bilimli  va  intellektual 

rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  –  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va 

modernizatsiya  qilishning  eng  muhim  sharti”  mavzusidagi  nutqi  O’zbekistonning 

boy  intellektual  salohiyatini  yana  bir  bor  jahonga  namoyon  etdi.  Zero, 

sivilizatsiyalashgan,  ma’rifatli  jamiyatga  yuksak  bilimli,  intellektual  rivojlangan, 

har tomonlama tarbiyalangan avlod bilan kirib borish mumkin.

 



Bolalar  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirish  masalasi  bilan  ularda 

to`g`ri,  aniq,  qisqa  matematik  nutqni  o`stirish  masalasi  uzviy  ravishda 

bog`langandir.Bu boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan biridir. 

Rivojlanayotgan  ta`lim  haqida  gapirganda    ish  faqat  bilish  qobiliyatlarini 

(idrok,xotira,tafakkur,tasavvur,nutq)rivojlantirishdangina  iborat,deb  o`ylash  xato 

fikrdir. 

Matematika  bilan  shug`ullanish  faqat  xotira  va  tafakkurni  shakllantirib 

qolmay,balki bolalarning mehnat tarbiyasi maktabi ham bo`ladi.U mehnat qilishga 

odat  qilishni  va  mehnatga  ehtiyojni  tarbiyalash  bo`yicha  doimiy  sistemali  ishlash 

uchun  material  beradi,  tafakkur  intizomini  va  mehnatni  aniq  tashkil  etishni  , 

fikrning bir joyga to`planishini, aniqlikni talab qiladi. 

Bu  sohada  oq`ituvchidan  juda  ko`p  narsa  talab  qilinadi.  O`qituvchi 

o`quvchilarning  ishini  ularning  o`quv  faoliyati  har  birini  qoniqtiradigan  qilib 

yo`naltirib, pedagogik taktga ega bo`lishi va mezonini sezishi kerak. 

                                                           

1

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni 



tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” 

mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so`zi gazetasi 2012 yil

 

 


 

Buning  uchun  dastavval  bolalarda  uzviy  ravishda  mustaqillikni  o`stirish,  o`qitish 



jarayonida ularning mustaqil ishlashlariga bo`lgan talabni asta sekin orttira borish 

zarur,  bunda  tavsiya  etiladigan  savol  va  masalalar  boladan  ma`lum  kuchlanishni 

talab qilsa-da, unga kuchi yetadigan darajada bo`lishi kerak. 

 

Prezident  Islom  Karimov  ta`kidlaganidek:  “…ongi,  tafakkuri,  e`tiqodi 



mustahkam  bo`lgan,  o`z  mustaqil  fikri  bilan  yashayotgan  odamni  chalg`itib  ham, 

kimlardir xohlagan tomonga og`dirib ham bo`lmaydi”. 

Sanab  o`tilgan  hamma  masalalarni  yechish  mazmuni  samarali  tanlanganda, 



uni  bayon  qilish  o`ylangan  sistemada  bo`lganda  va  o`qitishning  tegishli  usul  va 

shakllarini hamda o`qitish vositalarini bilib tanlab olganda amalga oshiriladi. 

Bu  masalalarni  hal  qilish  faqat  ta`limning  oldiga  qo`yilgan  masalalarni 

hisobga  olish  bilan  bog`liq  bo`lmay,  balki  o`qitishning  boshqa  hamma  elemntlari 

orasidagi  o`zaro  bog`lanishlarni  to`g`ri  baholash  bilan  bog`liq  bo`ladi.Keyingi 

paragraf  amaliy  jihatdan  juda  muhim  bo`lgan  o`zaro  bog`lanishlarni  qarab 

chiqishga bag`ishlangan. 

Boshlang`ich  matmatika  kursining  asosiy  materiali  natural  sonlar  va  asosiy 

kattaliklar  matematikasidir.  U  bilan  birga  (imkon  bo`lsa,unga  bog`liq  holda)  kurs 

tarkibiga  algebraik  va  geometrik  mazmundagi  masalalar  ham  kiritilgan.  Dasturda 

ko`rsatilganidek,  boshlang`ich  matematika  kursi  maqsadga  muvofiq  ravishda 

tanlangan  sistema  asosida  ochib  beriladi.Bu  asosiy  qoidalr  kursning  asosiy 

mazmunini  qarab  chiqishda  hisobga  olinishi  kerak.  Mazkur  paragrafda  bayon 

qilishni  qulaylashtirish  uchun  arifmetik,  algeraik  va  geometrik  bo`limlarining 

mazmuni  dasturda  va  amalda  o`qitishda  bir  biri  bilan  o`zaro  bog`liq  holda  qarab 

chiqilsa-da bu masalalarning mazmunini  alohida qarab chiqamiz. 

Butun  boshlang`ich  ta`lim  jarayonida  bolalarda  natural  son  va  arifmetik 

amallar haqidagi tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu 

ish  tushunchalarni  amaliy  qo`llanishning  turli  usullarini  qarab  chiqish 

                                                           

1

  Prezident  Islom  Karimovning  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  19  yilligiga  bag`ishlangan 



tantanali marosimdagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi 2011 yil 8 dekabr   №51 son. 

 


 

bilan,bolalarning  sonlarning  bazi  xossalarini,  o`nli  sanoq  sistemasini,  arifmetik 



amallarni  va ularga asoslangan hisoblash usullarini o`zlashtirishiga yo`naltirilgan 

ish  bilan  o`zaro  bog`liq  holda  amalga  oshiriladi.Bu  ishning  natijasida  bolalar 

dasturga  kiritilgan  nazariy  xarakterdagi  masalalarni  ham,  o`rganilgan  nazariy 

masalalarni ham amaliy va uquv masalalarini hal qilishga tadbiq etish malakalarini 

ongli  va  mustahkam  egallashlari  hamda  og`zaki  va  yozma  hisoblashlarni 

bajarishlari ham kerak.   

Bunda  nazariya    va  amaliyot  dasturning  arifmetik  qismi  ustida  ishlash 

davomida   birgalikda va bir-biri bog`langan bo`lishi kerak.Umumiy maktab ishida 

dasturni amalga oshirish tajribasini kuzatishlar dasturning aynan shu muxim talabi 

ko`pincha buzilishini ko`rsatdi. 

Bu,  masalan,  og`zaki  hisoblash  malakalarini  shakllantirishda  o`qituvchilar 

ko`pincha  bolalar  ongiga  bajarilgan  amallarning  nazariy  asosini  yetkazish 

zarurligini  esdan  chiqariladi,  ularni  hisoblash  vaqtida  xato  qilinganda  o`quvchilar 

nazariyaning  yo`l  qo`yilgan  xatoning  sababini  tushunib  olishga    va  uni  mustaqil 

tuzata  olishga  yordam  beruvchi  nazariy  masalalarni  qarab  chiqishga  qaytarishga 

o`rgatmaydilar.Bunda  aynan  ongli  o`zlashtirish  ishonchli,  to`g`ri  va  tez 

hisoblashning  haqiqiy  mustahkam  ko`nikmalari  aniqlanishi  mumkin  bo`lgan 

asosdir. 

Nazariya  va  amaliyotni  ularning  yagonaligida  qarashga  bo`lgan  talabning 

buzilishi matematika darslarida ko`pincha bolalarga nazariy xarakterdagi masalalar 

mavhum  shaklda  berilishida,  tegishli  ta`riflar,  qoidalar  va  hokazolar,  ularning 

amaliy  tadbiqidan  ajralgan  holda  o`rganilishida  namoyon  bo`ladi.  Bunda 

quyidagicha  holatlarni ham  uchratish  mumkin:  o`quvchilardan    dasturda umuman 

ko`zda tutilmagan, yoki bolalar ancha keyin o`zlashtirishi kerak bo`lgan ifodalarni 

bilish    talab  qilinadi.Masalan,  o`qituvchi  1-sinfda  «Sonlar  qo`shishda  qanday 

ataladi?»degan  savolga  to`liq  javob  berishni  talab  qilganda  ish  shunday 

bo`ladi.Matematik  terminologiyani  bu  tarzda  bilishni  umuman  talab  qilib 

bo`lmaydi.(Muhimi  shundaki,  o`quvchilar  tegishli  so`zlarning  ma`nosini 

o`qituvchi foydalanganda tushunishlari va sekin-asta bu terminlarni o`z nutqlariga 


 

kirita  borishi  kerak)  O`qituvchi  2-sinfda  o`quvchilardan  ayirish  amal  qo`shish 



yordamida  qanday  qilib  tekshirilishi  mumkinligini  tushuntirib  berishni  (  bu 

uchinchi yil o`qitish materialidir) talab qilganda ham shunday bo`ladi va hokazo. 

O`quvchilarning  suniy  yuklanishiga  olib  keluvchi  shunga  o`xshash  uslubiy 

xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun I-IV sinfdagi arifmetik material ustida ishlashning 

butun  sistemasini  aniq  tasavvur  qilib  olish,  nazariyaning  dasturda  ko`zda  tutilgan 

elementlarining ahamiyati va o`rnini tushunib  olish muhimdir. 

  

Boshlang`ich matematika kursida nomerlash va arifmetik amallar ustida ish 



konsentrik  ravishda  tuziladi.  Dasturda  bolalar      bilan  ko`rib  chiqiladigan  sonlar 

sohalarini asta -sekin kengaytirish sistemasi ko`zda tutilgan (tayorlov davri o`nlik-

yuz-ming-ko`p  xonali  sonlar),  bunda  bu  mavzularning  har  birini  o`rganishda 

sonning  yangi  sohasini  qarab  chiqish  bilan  bilan  birga  bolalarning  nomerlash  va 

sonlar ustida amallar bajarishda ilgari egallagan bilimlarini asta sekin kiritish (yoki 

chuqurlashtirish, sistemaga solish,umumlashtirish) ko`zda tutilgan. 

Bolalarni  sonlar  va  arifmetik  amallar  bilan  tanishtirish  matematikadan 

dastlabki  darslarda  berilgan  ikki  buyum  to`plamlarining  birlashmasiga,  ikki 

to`plam  elementlari  orasida  moslik  o`rnatishga  va  buyumlarning  berilgan 

to`plamlarii qismini o`rnatishga amaliy mashq qilish bilan tayyorlanadi. 

Bolalar to`plamlar ustida amallar bajarishdan asta-sekin buyumlar sanog`iga 

o`tadilar,  natural  qatorning  dastlabki  o`nta  soni  bilan  (ularning  nomi,tartibi  bilan) 

tanishadilar,  sonlarni  taqqoslashni,ularning  yig`indisi  va  ayirmasini  topishni 

o`rganishadi. Avval bu buyumlar to`plamlari ustida  tegishli amallarni bajarish  va 

ikki  tuplamni  birlashtirish  natijasidan  to`plamning  bir  qismini  olib  tashlaganda 

hosil bo`lgan to`plam elementlarini sanash asosida qilinadi, keyin esa sonlar ustida 

bajariladigan amallarning bazi usullaridan foydalanish bilan  

(bittalab  va  guruhlab  qo`shib  sanash    hamda  ayirib  sanash  va  boshqalar)  amalga 

oshiriladi. 

10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda ,keyin esa yuz ichida qo`shish va 

ayirishni o`rganishda bolalar amallarning xossalaridan foydalanishga ( yig`indining 

o`rin  almashtirish  xossasi,  sonni  yig`indiga  va  yig`indini songa  qo`shishning  turli 



 

10

usullari,yig`indidan  sonni  ayirish  va  sondan  yig`indini  ayirishga)  asoslangan, 



shuningdek  qo`shish  bilan  ayirish  orasidagi  bog`lanishni  tushunish  asosida 

tanishadilar. Bunda yuqorida aytib o`tilganidek, bu xossalarni va hisoblashlarning 

turli  xil  usullarini  qarab  chiqish  bilan  bog`liq  butun  ish  hisoblashlarni  samarali 

qilish masalasiga bo`ysunadi. 

Matematika  boshlang`ich  ta`lim  metodikasining  predmeti  quyidagilardan 

iborat: 


1.Matematika  o`qitishdan  ko`zda  tutilgan  maqsadni  aniqlab  asoslash 

(nimauchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi) 

2.  Matematika  o`qitish  mazmunini  ilmiy  ishlab  chiqish  (nimani  o`rgatish)  bir 

tizimga  keltirilgan  bilimlar  darajasini  o`quvchilarining  yosh  xususiyatlariga  

mos  keladigan  qilib  qanday  taksimlansa,  fan  asoslarini  o`rganishda  izchillik 

ta`minlanadi,  o`quv  ishlariga  o`quv  mashg’ulotlari  baradigan  yuklama  bartaraf 

qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos 

keladi. 


3.O`qitish  metodlarini  ilmiy  ishlab  chiqish  (qanday  o`qitish  kerak,  ya`ni, 

o`quvchilar  hozirgi  kunda  zarur  bo`lgan  iqtisodiy  bilimlarni,  malaka, 

ko`nikmalarni  va  aqliy  faoliyat  qobiliyatlarini  egallab  olishlari  uchun  o`quv 

ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 

4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qullanmalar va 

o`quv- texnika vositalaridan  foydalanish (nima yordamida o`qitish). 

Yosh  avlodni  bilimli,  ma`rifatli  shaxsi  sifatida  kamol  toptirishda  ta`lim 

jarayonining  erkin  va  ochiq  harakter  kasb  etishi  muhim  ahamiyatga  egadir. 

Ushbu  ta`lim  jarayonining  markazida  esa  ta`lim  jarayonining  sub`ekti  bo’lgan 

o’quvchi hamda ushbu jarayonning rahbari – o’qituvchi turmog`i lozim. Chunki 

bu  ikkala  shaxsning  hamkorligi,  o’zaro  muloqoti,  bir-biriga  ko’rsatadigan 

ijoyuiy  ta`siri  eng  zamonaviy,  demokratik  talablar  asosiga  qurilishi  maqsadga 

muvofiqdir. Buning uchun birinchi naavbatda o’qituvchi: 

-o’quv biluv jarayoniga qo’yilgan talablar; 



 

11

-ta`limni tashkil etish va boshqarish  yo’lari va prinsiplari; 



-o’quvchini aqliy hamda jismoniy jihatdan rivojlantirish metodlari; 

-o’quvchi  bilan  hamkorlik  qilish,  uni  bilim  olishga  va  kasb  tanlashga 

yo’naltirish; 

 -o’quvchi yoshlarning kundalik faoliyatini to’gri tashkil etish; 

-

 

ular bilan do’stona muloqotga kirishish; 



-

 

kundalik  o’quv  faoliyati  jarayonida  uchrayydigan  muammolar  va 



kelishmovchiliklarni bartaraf etish yo’llarini birgalikda izlash; 

-

 



o’quvchilar orasida ishchanlik muhitini vujudga keltirish; 

ularning faoliyatini aniq va to’g`ri baholash. 

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  uzluksiz  ta`lim  tizimining  isloxoti 

ta`limda  qotib  qolgan  ko’p  qoidalarning    o’zgartirilishini,  respu`likadagi  ijtimoiy 

iqtisodiy  o’zgarishlarni  xisobga  olgan,  ilmiy  asoslangan  yangi,  yaxlit  tizimning 

shakllanishini taqozo etadi. 

 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi    va  Maktab  talimini  rivojlantirish  davlat 



umummilliy  dasturining  amalgam  oshirilishi  natijasida  kasb  hunar  va  oily  ta`lim 

yo`nalishlari hamda mutaxassisliklarining yangi klassifikatorlari joriy etildi. 

 

Ayni  paytda  mamlakatimizdagi  barcha  yani  12  mingdan  ortiq  ta`lim 



muassasalari, 25 mingdan ziyod o`quv materiallari va resurslarni o`z ichiga olgan 

Ta`lim portaliga ulandi. Bu masofadan turib o`qitish usullarini ta`lim tizimiga keng 

joriy etish,  o`quvchi va yoshlarga boshqa xil axborot kommunikatsiya xizmatlari 

ko`rsatish imkonini berishi bilan ayniqsa ahamiyatlidir

1



Prezidentimiz  o`zlarining  qator  asarlarida  ta`lim  tar`biya  sohasidagi 



islohotlarimizning mazmuni erkin va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga 

qaratishni  takidlab  o`tadilar.    Mana  shunday  sharafli  va  ezgu  ishlarni  amalga 

                                                           

1

  Prezident  Islom  Karimovning  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  18  yilligiga  bag`ishlangan  tantanali 



Download 463.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling