O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi


Download 3.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana15.02.2017
Hajmi3.54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Janubiy-Sharqiy Yevropada milliy-ozodlik harakatlari. XIX asr fan,
madaniyat, gumanistik g‘oyalarning kuchayishi to‘g‘risida ma’lumotlarga
ega bo‘lish;
-
Yevropada maorif, muhim ilmiy kashfiyotlar, ularning texnika
taraqqiyotiga ta’siri (tarix, matematika, biologiya, kimyo, tarix,
mashinasozlik, konchilik, metallurgiya, adabiyot, musiqa, tasviriy
san’at) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ko‘nikmalar:
-
dunyoning rivojlanish xususiyatlari, o‘zaro bog‘liqligi, tarixiy
jarayonlarning umumiy tomonlarini tahlil qilish;
-
ko‘rgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning
xarakterli xususiyatlarini ochib berish;
-
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil
munosabatini bildira olish;
-
Sharq va G‘arb mamlakatlari tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning
tarixiy jarayonlarga ta’sirini anglab olish.

22
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Malakalar:
-
o‘rganilayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, o‘tgan
davrlarning rivojlanish xususiyatlari bilan qiyoslay olish;
-
Vatanimizda sodir bo‘lgan tarixiy voqea, hodisalarni jahon
tarixining muayyan davri bilan taqqoslash, bog‘lay olish;
-
tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon
qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;
-
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara
olish;
-
tarixiy voqealarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tahlil
qilish, umumlashtirish, baholash, tarixiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni
bog‘lay olish;
-
berilgan savollar asosida darslik matni yoki tarixiy hujjatlarni
mustaqil o‘rganib, javoblar topa olish;
-
darslik va berilgan hujjatlar asosida ayrim tarixiy voqealarga, tarixiy
shaxslarga baho berish, qiyoslash;
-
tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil
qilish va xulosalar chiqara olish.
O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:
-
Markaziy Osiyoning shayboniylar va ashtarxoniylar davridagi
xaritasi. Xronologik tahlili. Dashti Qi pchoqdagi siyosiy vaziyat.
Abulxayrxon davlati. Aholi mashg‘ulotlari: o‘troq, yarim-ko‘chmanchi,
ko‘chmanchi aholi mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Zahiriddin Muhammad Bobur - Andijon hukmdori.
Shayboniyxon - Zahiriddin Muhammad Bobur ziddiyatlari,
to‘qnashuvlar. Eron shohlari yurishlari. O‘rta Osiyoda shayboniylar
hukmronligining tashkil topishi. Zahiriddin Muhammad Boburning
Hind sari yuzlanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Bobur-buyuk davlat arbobi, harbiy sarkarda, madaniyat homiysi
bo‘lganligini bilish;
-
Boburiylar davlatiga asos solinishi haqida bilish;
-
Shayboniylar davlatining ichki va tashqi siyosatini bilish;
-
Xiva xonligiga asos solinishi. Xo‘jalik sohalarining rivojlanishi,
pul islohoti. Yer-suv munosabatlari. Aholi etnik tarkibi. «O‘zbek» atamasi.

23
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Markazlashgan davlat tuzish uchun kurash. Ubaydullaxon va
Abdullaxonlarning siyosiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Xiva xonligida xo‘jalik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning
rivojlanishi, xalqaro aloqalar. Shayboniylar davrida fan va madaniyat,
ilmiy-diniy bilimlar to‘g‘risida bilish;
-
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining boshlanishi. Hokimiyatni
mustahkamlash tadbirlari. Buxoro-Xiva xonligi munosabatlari, o‘zaro
urushlarning kuchayishi to‘g‘risida bilish;
-
Buxoro, Xiva xonliklarida xo‘jalik sohalarining rivojlanishi; siyosiy,
iqtisodiy hayot,  xonliklarning savdo-sotiq,  tashqi,  iqtisodiy,  di plomatik
aloqalarini bilish;
-
Eron shohi Nodirshoh hujumlari, xonliklarning zaiflashuvi
to‘g‘risida bilish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarining boshqaruv tizimi. Markaziy va mahalliy
idoralari. Soliq tizimi, dinning mafkuraviy o‘rni, diniy mansablar,
qishloq xo‘jaligi, yerga egalik turlari. Vaqflar. Shaharlar va ular aholisining
mashg‘ulotlari. Pul muomalasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Qo‘qon xonligining tashkil topishi. Geografik o‘rni, xonlarning
harbiy yurishlari. Umarxon - hukmdor, shoir, sarkarda, davlat arbobi,
madaniyat homiysi. Qo‘qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, soliqlar
sistemasi to‘g‘risida bilish;
-
Mang‘itlar sulolasining hukmronligi. Buxoro amirligida mang‘itlar
hukmronligi davrida ichki siyosat, markaziy hokimiyatni kuchaytirish
tadbirlari, pul islohoti. Yer egaligi, mulk shakllari, qishloq xo‘jaligi,
irrigatsiya, davlat boshqaruvi, amaldorlik pog‘onalari. Islom mafkurasi
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Buxoro amirligining iqtisodiy,  siyosiy aloqalari,  di plomatik
(elchilik) munosabatlarini bilish;
-
Xiva xonligida qo‘ng‘irot sulolasi hukmronligining boshlanishi,
sulolaning siyosiy, iqtisodiy sohadagi tadbirlari, qishloq xo‘jaligi, yer
egaligi, davlatni boshqarish tizimi, markaziy hokimiyatning kuchayishi
to‘g‘risida bilish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarida madaniy hayot, me’morchilik, san’at,
hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
qoraqalpoqlar. Qoraqalpoqlarda ijtimoiy, iqtisodiy hayot, aholi
mashg‘ulotlari, ovchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo,

24
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
madaniyat, fan, maorif, san’at, xalq og‘zaki ijodi to‘g‘risida ma’lumotlarga
ega bo‘lish;
-
O‘rta Osiyo xonliklari aholisining turmush tarzi. Islom ma’naviyati,
uning jamiyat va oiladagi o‘rnini bilish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarining xalqaro savdo,  di plomatik aloqalari.
O‘rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
Rossiya tomonidan xonliklarni bosib olish xavfining kuchayishi
to‘g‘risida bilish;
-
Rossiya va xonliklar munosabatlarida ziddiyatlarning kuchayishi
to‘g‘risida bilish.
Ko‘nikmalar:
-
O‘rta Osiyo xonliklarining rivojlanish xususiyatlari, o‘zaro
bog‘liqligi, tarixiy jarayonlarning umumiy tomonlarini tahlil qilish;
-
ko‘rgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning
xarakterli xususiyatlarini ochib berish;
-
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil
munosabatini bildira olish;
-
darslik va berilgan hujjatlar asosida ayrim tarixiy voqealarga, tarixiy
shaxslarga baho berish, qiyoslash;
-
tarixiy voqealarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tahlil
qilish, umumlashtirish, baholash, tarixiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni
bog‘lay olish;
-
Sharq va G‘arb mamlakatlari tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning
tarixiy jarayonlarga ta’sirini bilish.
Malakalar:
-
o‘rganilayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, boshqa
davrlarning rivojlanish xususiyatlari bilan qiyoslay olish;
-
Vatanimizda sodir bo‘lgan tarixiy voqea, hodisalarni jahon
tarixining muayyan davri bilan taqqoslash, bog‘lay olish;
-
berilgan savollar va jadvallarni to‘ldirish uchun mustaqil ravishda
ma’lumot to‘plash;
-
xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, tarixiy
voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish,
munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

25
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara
olish;
-
darslik matni yoki tarixiy hujjatlarni mustaqil o‘rganib, javoblar
topa olish;
-
tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil
qilish va xulosalar chiqara olish.
Jahon tarixi fani bo‘yicha 9-sinf o‘quvchilari egallashi
 zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:
-
Mazkur davrga oid siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlar va urush
harakatlari, dunyo xaritasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida bilish;
-
Fransiya-Prussiya urushi, Parij kommunasining tashkil topishi,
uning tugatilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya. Germaniyaning
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, ichki va tashqi siyosati haqida bilish;
-
Fransiya, Angliya, AQSh va Rossiya davlatlari, ularning ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy hayoti haqida bilish;
-
AQSh taraqqiyoti. Agressiv tashqi siyosati. AQSh-Ispaniya urushi.
«Ochiq eshiklar» doktrinasi. Harbiy bloklar tuzilishi haqida bilish;
-
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy hayoti. Rus-Yapon urushi, xalq hayotining qashshoqlashuvi.
Dehqonlarni ko‘chirish siyosati. Rossiya tashqi siyosati to‘g‘risida
ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Janubiy-Sharqiy va Markaziy Yevropa xalqlarining XIX asr oxiri
va XX asr boshlaridagi ahvoli haqida bilish;
-
Avstriya-Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Chexiyada milliy-
ozodlik harakati. Bolqon xalqlari. Uchlar ittifoqi to‘g‘risida bilish;
-
XIX asr oxirida Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Italiya-Turkiya
urushi (1911-1912), siyosiy inqiroz. Bolqonda milliy-ozodlik harakati
(Bulg‘oriya, Serbiya, Albaniya). Rus-turk urushi to‘g‘risida ma’lumotlarga
ega bo‘lish;
-
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari.
Meksikada burjua inqilobi. Braziliyada qulchilikning bekor qilinishi.
Argentinadagi ahvol. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy
Amerika davlatlari. Gvatemala, Kosta-Rika, Markaziy Amerika

26
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Respublikasining tashkil topishi. Markaziy Amerikada AQSh ta’sirining
kuchayishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Kubaning mustaqillik uchun kurashi haqida bilish;
-
AQShning «yo‘g‘on kaltak» va «dollar  di plomatiyasi» siyosati
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
-
Osiyo, Afrika mamlakatlari. Yaponiyaning XIX asr oxirlari -
XX asr boshlarida iqtisodiy-siyosiy taraqqiyoti. Yaponiyaning agressiv
tashqi siyosati. Xitoy va Hindiston. XIX asr oxiri - XX asr Janubi-
Sharqiy va Markaziy Yevropa xalqlari. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida
Xitoyning yarimmustamlakaga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
Xitoyda sanoatning rivojlanishi. Imperialistik davlatlarning Xitoyga
agressiyasi, inqilobiy harakatlar, Gomindan partiyasining tashkil topishi,
siyosiy inqiroz to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Hindistonning mustamlaka zulmiga qarshi ozodlik kurashi to‘g‘risida
tushunchalarga ega bo‘lish;
-
Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Birinchi jahon urushi arafasida
Hindistondagi vaziyat to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Eron va Afg‘onistondagi siyosiy
ahvol to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Eronning yarim mustamlakaga aylantirilishi. Ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar. Eron inqilobining sodir bo‘lishi (1911 y.) to‘g‘risida
ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Afg‘on-ingliz urushi, uning oqibatlari. Birinchi jahon urushi
arafasida Afg‘oniston. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiya. Usmonli
imperiyasining inqirozi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
-
Bolqon xalqlarining turklarga qarshi kurashi. Bag‘dod temir yo‘li
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Eronda “Ittihod” va Afg‘onistonda “Taraqqiy” partiyasining tuzilishi
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
-
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari to‘g‘risida
ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
arablarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi bilimlarga
ega bo‘lish;
-
Suriya, Livanning yarimmustamlakaga aylantirilishi. Livan,
Suriyada milliy-ozodlik harakati. Arabistonda inglizlar ta’sirining
kuchayishi. Misrning mustamlakaga aylantirilishi. Misrda ozodlik harakati.

27
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Angliyaning Sudanni egallashi. Liviyaning Italiya tomonidan egallanishi.
Fransiyaning Afrikadagi bosqinchilik yurishlari. Marokashning asoratga
solinishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Tropik va Janubiy Afrika. Yevropaliklarning mazkur hududlardagi
mustamlakachilik urushi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Angliya-burlar urushi to‘g‘risida bilish;
-
Sharqiy Afrikada yevropalik mustamlakachilarning harbiy
harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Xalqlarning tenglik, demokratiya uchun kurashi, turli oqimlar
o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
dunyo miqyosida kuchlar nisbati. Germaniyaning gegemonlik
uchun kurashi. Yirik davlatlararo ziddiyatlar. Dunyoni taqsimlashning
tugallanishi. Bolqon urushlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Birinchi jahon urushi, uning boshlanishi, sabablari haqida bilish;
-
Birinchi jahon urushining borishi, urushning yakunlanishi haqida
bilish;
-
Yevropa va Osiyoda fan va madaniyat (XIX-XX asr boshlari)
rivoji to‘g‘risida bilish;
-
Yevropa va Osiyoda moddiy ishlab chiqarishda texnika taraqqiyotining
o‘rni va ahamiyati. Transport va temiryo‘llar, elektrdan foydalanish,
kemasozlik. Binokorlikda metall va oynadan foydalanish. Metallurgiya,
mashinasozlik, neftni qayta ishlash. Energetika, ichki yonish dvigatellari,
samolyotsozlik, radiotelefon, harbiy texnika, matematika va tabiiy fanlar
taraqqiyoti. Mexanika, tarix, kimyo, biologiya, tibbiyot va gumanitar
fanlar, san’at, adabiyotning rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish.
Ko‘nikmalar:
-
tarixga oid bilimlarning turli manbalari, o‘quv adabiyoti, davlat
hujjatlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan
ishlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning
tarixiy jarayonlarga ta’sirini tushunib olish;
-
jahon tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va
ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;
-
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil
munosabatini bildira olish.

28
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Malakalar:
-
tarixiy davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar,
jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilash;
-
tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon
qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;
-
manbalarni har tomonlama o‘rganish va tarixga oid bilimlarni
tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish;
-
adabiyotlarni mustaqil tanlagan holda konspekt va tezislar tuza
olish, referatlar va ma’ruzalar tayyorlay olish;
-
xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, hamda
ulardan tarixiy voqealarni, sotsial-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni
tavsiflashda foydalana olish;
-
Jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma
jadvallar tuza olish;
-
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara
olish;
-
tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil
qilish.
O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 9-sinf o‘quvchilari egallashi
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:
-
O‘rta Osiyo xonliklarining XIX asr ikkinchi yarmi siyosiy xaritasi.
XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.
Xonliklarning siyosiy tuzumi. Davlat boshqaruvi, harbiy ahvoli, soliq
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar, ularning hududiy joylashuvi,
turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati
to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarida madaniy hayot, maorif, adabiyot,
tarixnavislik, san’at, me’morchilik, mashhur san’atkorlar va me’morlar.
Milliy qadriyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishi haqida bilish;
-
Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Rossiya-Angliya raqobati.
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish strategiyasi, maqsadlari to‘g‘risida
ma’lumotlarga ega bo‘lish;

29
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
Rossiya bosqinining boshlanishi. Qo‘qon xonligiga hujum. Oqmachit
uchun jang. 60-yillar boshlarida Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining
Qo‘qon xonligi hududlarini bosib olish harakatining yanada kuchaytirilishi.
Xonlikning mag‘lubiyati. Toshkent uchun jang va uning oqibatlari haqida
bilish;
-
rus bosqinchilarining Buxoro amirligiga qarshi yurishi. Jizzax va
Yerjar uchun janglar. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Samarqandning bosib olinishi. Zirabuloq jangi. Amir
qo‘shinlarining mag‘lubiyati va uning Rossiya vassaliga aylantirilishi
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Amirlikda xalq qo‘zg‘olonlari to‘g‘risida bilish;
-
Xiva xonligiga qilingan hujum. Gandimiyon shartnomasi.
Turkmanlarning jazolanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Qo‘qon xonligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari. Chor
Rossiyasining Qo‘qon xonligini tugatish uchun hujumga o‘tishi to‘g‘risida
bilish;
-
Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy sistemasi. Shahar
va qishloqlarni boshqarish, chorizmning agrar siyosati. Turkistonning
xom ashyo manbaiga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda o‘lkani boshqarish Nizomi to‘g‘risida bilish;
-
chorizmning xalqlarni ko‘chirish siyosati va uning shovinistik
mohiyati. Rus qishloqlarining paydo bo‘lishi, temir yo‘llar qurilishining
boshlanishi, yollanma mehnatga asoslangan dastlabki korxonalar. Milliy
qadriyatlarning toptalishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
ruslashtirish siyosatining boshlanishi haqida bilimlarga ega bo‘lish;
-
Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari va bu harakatlarning milliy-
ozodlik harakatiga aylanishi. Milliy qahramonlar va vatanparvarlar
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashgan
vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik
harakatlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda maorifni isloh qilish talablari. Sotsial-demokratik
harakatlar. Jadidlarning yirik namoyandalari. Jadidlar teatri, adabiyoti
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
O‘lkada tashkil etilgan rus-tuzem maktablari, jadid maktablari
faoliyati haqida bilish;

30
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Xonliklardagi
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar, ularning milliy-ozodlik
harakatiga aylanishi;
-
O‘lkada madaniy hayot, xalq maorifi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
Turkistonda adabiyot, jurnalistika, matbuot, tarix, arxeologiya,
sharqshunoslik. Bu sohalarning yirik vakillari to‘g‘risida ma’lumotlarga
ega bo‘lish;
-
rus olimlarining o‘lkani har tomonlama ilmiy o‘rganishga safarbar
etilishi. Ularning natijalaridan shovinistik maqsadlarda foydalanilishi
to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Turkistonda ilmiy jamiyatlarning tuzilishi, ularning Rossiya
imperiyasi manfaatlariga bo‘ysundirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz)ning tibbiyot va xalq
tabobati, san’at, me’morchilik, musiqa, fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan
hissasi. Dostonchilik va teatr to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
Ko‘nikmalar:
-
ijtimoiy hodisalarni aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda
sabab va oqibatlarini bilish;
-
tarixga oid bilimlarning turli manbalari: o‘quv adabiyoti, davlat
hujjatlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan
ishlay olish;
-
insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning


Download 3.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling