O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 137.14 Kb.
bet1/7
Sana26.06.2022
Hajmi137.14 Kb.
#777791
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PT dastur
171-QXALTE Karimjanova Ambarjon, Документ 2, очик дарс, 2 5192686456673406081, jahon transporti geografiyasi, 4-sinf-ona-tili Sifat Muhammedjanov Ma`murjon, 4-sinf-ona-tili Sifat Muhammedjanov Ma`murjon, 4-sinf-ona-tili Sifat Muhammedjanov Ma`murjon, 4-sinf-ona-tili Sifat Muhammedjanov Ma`murjon, 2 5321293278052617189(1), “COVID-19”, matem-6-sinf, f1J86MdfXK7lxqw1TyvlNfSzjEyd89boTHkeUhFW, populyatsiya va muhit, kuralova

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


«TASDIQLAYMAN»
Markaz direktori
___________ A.Ibragimov
“______” ___________ 2021 y
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI

OLIY MA’LUMOTLI NOPEDAGOGLARNI PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSLARINING “UMUMKASBIY FANLAR” BLOKI TARKIBIGA KIRUVCHI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA FANIDAN


O’QUV REJA VA DASTUR
(Tarix, Matematika, Biologiya o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy va pedagogic qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun)
Samarqand – 2021
Ushbu ishchi o‘quv-mavzu reja va dastur hududiy markazning 2021-yil 31-avgustdagi 4-son Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan


Tuzuvchilar:
D.Qurbonova– SamDU fakultetlararo pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
M.Po’latova- SamDU fakultetlararo pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
R.Tuxtasheva- SamDU fakultetlararo pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

Mazkur ishchi o‘quv dasturi Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasining 2021-yil ____-avgustdagi ___-sonli yig‘ilish qarori bilan ma’qullangan va tasdiqlash uchun Hududiy markaz Ilmiy-metodik kengashi muhokamasiga tavsiya etilgan.



KELISHILDI”
O‘quv ishlarni tashkil etish bo‘yicha
bo’lim boshlig’i
_____________A.Xo‘jamqulov

Kafedra mudiri
_____________G.Fayzullayeva



KIRISH
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1026-son Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olib, xalq ta’limi tizimi xodimlariga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, qayta tayyorlashning samarali usullarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dastur mazmuni o‘qitish texnologiyalari, pedagogik texnologiya, uning shakllanish tarixi; innovatsion o‘qitish texnologiyalarining ilmiy asoslari; ta’limning fanga yo‘naltirilgan texnologiyalari; ta’lim oluvchilari faoliyati faolligini jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar; pedagogik jarayonni tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va tarbiya texnologiyalarini o‘zida aks ettiradi
Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi.

Download 137.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling