O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi toshkent viloyat davlat pedagogika instituti


Download 296.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi296.79 Kb.
#135547
Bog'liq
xrpt en9ghp55ns30aal1jgj2cikbmcfz9y1dczkkeeesx7sx86mgcx9e7igill9k0yocl1mr5r0rnse


 

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI 



 

TOSHKENT VILOYAT DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

 



 

 

 



O.N. HAKIMOV,  Z.C. HOLMATOVA,  Z.А. QO‘ZIYEVA 

 

 



 

UMUMIY YER BILIMI KURSIDA 

DUNYO KARTALARIDAN 

FOYDALANISHGA OID  

O‘QUV QO‘LLANMA  

 

5041500- Geografiya va 5141500- geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 



talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



TOSHKENT – 2012 

 


 

2

       UDК: 911.5|9 (072) 



КBК 26.1 

H20 

 

H20          O.N.  Hakimov, Z.C. Holmatova, Z.А. Qo‘ziyeva. 

Umumiy yer bilimi kursida dunyo kartalaridan foydalanishga oid

 

o‘quv qo‘llanma . –T.: «Fan va texnologiya», 2012,  60 bet. 

  

ISBN 978–9943–10–714–4 

 

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 



maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta’limi  

standartiga kiritilgan “Umumiy yer bilimi” predmeti  yuzasidan tuzilgan 

dastur mazmuni asosida  yozilgan. 

O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy yer bilimi” 

kursi yuzasidan amaliyot mashgulot darslarini olib borish uchun 

mo‘ljallangan bo‘lib, tabiatshunoslik fakulteti ta’lim yo‘nalishlarida 

tahsil olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.    

 

 



Taqrizchilar: 

Nigmatov A.N. – O‘zbekiston Milliy universiteti professori g.f.d;  

       Rahimov T.I. – TVDPI g.f.n, qotsent  

 

 

 

O‘quv  qo‘llanma TVDPI ilmiy  Kengashining  qarori  asosida nashr 

etildi. 

                                         



 

 

 

 

 

ISBN 978–9943–10–714–4 

 

 

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012. 

 

3

 



KIRISH 

 

 



Oliy ta'lim muassasalarining "Geografiya" va "Geografiya va 

iqtisodiy bilim asoslari" ta'lim yo`nalishlarining talabalarini o`qitishda 

karta va kartografik ma'lumotlarsiz tasavvur etib bo`lmasligi barcha 

geograflarga oydek ravshan. Bu to`g’risida mashhur geograf olim 

N.N.Baranskiyning "Geografiya karta bilan boshlanib, karta bilan 

tugaydi" degan iborasini yodga olishning o`zi kifoya. Mamlakatimizdagi 

olib borilayotgan turli yo`nalishlardagi islohotlar, shu jumladan, ta'lim 

sohasida olib borilayotgan islohotlarning zamirida ham barcha sohalar 

uchun yetuk, jahon talablariga mos keladigan mutaxassis, raqobatbar-

dosh milliy  kadrlar tayyorlash yotadi. Yetuk pedagog kadr bo`lib 

yetishishi uchun, "Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari" ta'lim 

yo`nalishining talabalari karta ustida ishlay oladigan, kartografik 

ma'lumotlarni bemalol o`qiy oladigan va tushuna oladigan bo`lishlari 

kerak. 


 

Har qanday ilmiy geografik tadqiqot ishi karta bilan boshlanib, 

karta bilan tugaydi. Shuning uchun talabalar o`qishga dastlabki qadam 

qo`yishlari bilanoq, ularda kartani o`qish malakasini o`stira borish juda 

muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga geografik ob'ektlarning 

nomlarini bilishlari zarur. Oliy o`quv yurtida bilim olish davomida 

talabalar o`zlashtiradigan geografik ob'ektlar ro`yxati doimo to`ldirib 

boriladi, ular kartani tobora chuqurroq va kengroq o`zlashtirib boradilar, 

shuning uchun bu bilimlar asosi birinchi bosqichdayoq hosil qilinishi 

kerak. Shunday qilib kartografik ma'lumotlarni o`rganish va ulardan 

keng foydalanish amaliy mashg`ulotlarning muhim qismi hisoblanadi. 

 

"Umumiy yer bilimi" kursi mahalliy xarakterdagi tabiiy qonunlarni 



emas, balki butun sayyora miqyosidagi tabiiy qonunlarni o`rganadi. 

Shuning uchun kartada yer yuzasi ayrim qismlarga - regionlarga (mate-

riklar, okeanlarga) bo`lib emas, balki butun yer sharidagi bir-biriga 

o`xshash tabiiy hodisalar guruhlarga birlashtirib o`rganiladi. Talabalar 

geografik ob'ektlarning qaysi landshaft tipiga oid ekanligini ajrata 

bilishlari kerak. Ushbu qo`llanmanning maqsadi birinchi kurs talabalari 

bilishi kerak bo`lgan geografik ob'ektlar o`rganilayotganda ularga har 

tomonlama yordam berishdan iborat. 

Geografik ob'ektlarning ko‘p qismi ularning kelib chiqishiga va qaysi 


 

4

geografik mintaqada joylashganligiga qarab beriladi.  Talabalar kartani 



olingan nazariy bilimlardan ajratilgan holda emas, balki u bilan 

uzviylikda o`rganishlari maqsadga muvofiq sanaladi.  

 

Geografik kartani o`rganish ko`plab geografik ob'ektlar nomini 



yodlab olishdan iborat emas, (afsuski ba'zi bir talabalar yoki geografik 

bilimlarga ilmiy yondoshmagan, geografik bilimlarga chuqur ega 

bo`lmagan ba'zi bir mutaxassislik vakillari shunday fikrga ega) balki 

kartani bilish, eng avval o`qiy bilishi hamda tushunishi kerak. Talaba 

kartaning "tili"ni – rasmlar va ranglarini (shartli belgilarini) tushunib 

olishi kerak. 

 

Kartalarda rel'efni tasvirlash uchun turli xil shartli belgilardan 



foydalaniladi. Ko`pgina geografik kartalarda yer yuzasining rel'efi 

gorizantallar bilan, ya'ni bir balandlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi 

chiziqlar bilan ko`rsatiladi; Okean tagi rel'efi -  izobatalar, ya'ni okean 

tagining bir xil chuqurlikdagi joylarini tutashtiruvchi chiziqlar bilan 

tasvirlanadi. Ko`pincha geografik kartalarda rel'efning balandlik 

mintaqalarini ko`rsatish uchun gorizontallar oralig’i  muayyan ranglarga 

bo`yaladi. Bunday usul rel'efni gipsometrik bo`yash deb ataladi va rel'ef 

gorizontallar oralig’i muayyan ranglarga bo`yash bilan tasvirlangan 

karta-gipsometrik karta deyiladi, shuning uchun yarim sharlar, 

materiklar va boshqalarning tabiiy geografik kartalarini gipsometrik 

kartalar deb ham atash mumkin. 

 

GEOGRAFIK KARTALAR, ATLASLAR, GLOBUSLAR VA 



ULAR BILAN ISHLASH 

 

 

Karta Yer va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirib va umum-



lashtirib shartli belgilar bilan tekis yuzasi tushirilgan tasviri, kartalarda 

tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi. Ular asosan 

dalada olib borilgan ilmiy kuzatish natijasi, boshqa kartografik ma'lu-

motlar, aerokosmik suratlar, ilmiy-statistik ma'lumotlar asosida tuziladi.  

 

Kartalar masshtabiga, ularda tasvirlangan fazo va maydonning 



ko`lamiga qarab, mazmuniga, vazifasiga va tuzilishiga ko`ra bir necha 

turlarga bo`linadi. 

-  Kartalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: 

Tarx (plan) masshtabi 1:10.000 dan 200000 gacha, o`rta masshtabli 

xaritalar 1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli xaritalar 

1:1000000 dan kichik turli xil mashstabli xaritalarda voqea va hodisalar 

turli xil aniqlikda tasvirlanadi. 


 

5

 



Kartani bilish, eng avval, kartani o`qiy bilish hamda tushunish, 

undan foydalanishni mukammal bilish, bugungi kunda geograflar uchun 

grammatika va matematikani o`rganishdan muhim hisoblanadi. 

 

Karta geografiya fanininng hamma sohalarida qo`llaniladi va 



ularning ajralmas va asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kartalarda 

joyning va mamlakatlarning tabiiy, iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy-siyosiy va 

tabiiy hodisa hamda voqealar tasvirlanadi. Geografik kartalarga yer 

yuzasi rel'efi, asosiy tog’ hosil bo`lish bosqichlari, foydali 

qazilmalarning tarqalishi, yer yuzasi iqlimi, tuprog’i, o`simligi, 

hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, dunyoning siyosiy kartasi, aholi va 

uning zichligi mamlakatlarning tabiiy sharoiti, xo`jaligi tavirlangan 

bo`ladi. 

 

Geografik kartalarda turli-tuman voqea-hodisalar tasvirlanganligi 



uchun ular juda xilma-xil bo`ladi. Kartalarni turlarga ajratishdan oldin 

ular to`qrisidagi umumiy tushunchalar qaqida bilishi maqsadga muvofiq 

sanaladi. Geografik kartalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni 

bilish uchun tarx (plan), karta, aerosurat, kosmiksurat tushunchalarining 

mazmunini bilib olishi kerak. 

Tarx (plan) - joyning biron masshtabda (1:5000 va undan kattaroq) 

tuzilgan chizmasidir. Tarxda maydoni uncha katta bo`lmagan kichik-

kichik joylar tasvirlanadi. 

Aerosurat   - Yer yuzasining yoki uning bir qismining samolyot va 

boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri. Aerosuratlar orqali 

joyning tuzilishi, rel'efi, o`simlik qoplami, yo`llar, qishloqlar, shaharlar 

va korxonalarning joylashishi aniqlanadi. 



Kosmosuratlar  - Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar 

yordamida olingan tasviridir. Ular fanning va xo`jalikning turli 

sohalarida keng foydalaniladi. Kosmiksuratlar yordamida Yerning tabiiy 

boyliklari, okeanlari, okeanlar va atmosfera o`rganiladi. 

 

Har bir tarx, karta, aerosurat, kosmosurat ma'lum bir masshtabga 



ega bo`ladi. 

Masshtab - joylarni qog’ozda (plan yoki toporafik karta) haqiqiy 

o`lchamiday qilib ko`rsatib bo`lmaydi, shuning uchun ular kichraytirilib 

tasvirlanadi, maydonlar joylarning tarxi (plani) olinganda, yer ustida 

o`lchanganda masofalarning gorizantal proektsiyalari bir xil darajada 

kichraytiriladi. Gorizantal proeksiyalarning qog’ozda necha marta 

kichraytirilganligiga yoki kartada ma'lum chiziq (masofa) uzunligining 

yer yuzasidagi shu masofa uzunligiga nisbati masshtab deyiladi.  

 

Bu munosabat 1/M ifolanadigan ya'ni suratda doim 1 raqami, 



 

6

maxraji esa M qarfi (raqam) yoziladi. M - yer yuzasidagi masofa necha 



marta kichraytirilganligini bildiradi. Masalan, 1/100; 1/1000 va hokazo. 

 Masshtablar 

kartografiyada 

bir necha xilda ishlatiladi; 

-  Natural (so`zli) masshtab - kartadagi chiziqlar, belgilar uzunligi yer 

yuzasida qanchaga teng ekanligi so`z bilan ifodalanadi. Masalan, 

topografik kartadagi  1 sm uzunlik yer yuzadagi 100 m ga teng. 

-  Sonli masshtab. Bunda nisbat yoki kasr sonlar bilan yozilib, suratda 

doim 1, maxrajda esa kichraytirish darajasini ko`rsatuvchi son yoziladi.  

Masalan, 1:10000; 1:25000 yoki 1/10,000; 1/25,000. 



- Chiziqli masshtab. Ko`pincha plan olish yoki oraliq masofalarni 

o`lchashda sonli masshtabdan foydalanib, ko`paytirish, bo`lish amallari 

bajariladi, bunday hisoblashlarni osonlashtiirish uchun grafik (chiziqli) 

masshtablardan foydalaniladi: o`z navbatida grafik masshtab ikkiga 

bo`linadi; 1. Oddiy chiziqli masshtab. 2. Ko`ndalang masshtab. 

-  Kartalar ularda tasvirlangan fazo yoki maydonning ko`lamiga qarab 

quyidagi turlarga bo`linadi: Yulduzlar kartasi, sayyoralar kartasi va yer 

kartasi, yarim sharlar kartalari, materiklar va okeanlar kartalari, tabiiy 

geografik va dengiz kartalari, mamlakatlar kartalari, ma'muriy birliklar 

kartalari, maxsus hududlar (qo`riqxonalar, sayohatbop joylar) kartalari, 

shahar va viloyatlar, tumanlar kartalari.  

- Mazmuniga ko`ra kartalar ikkita yirik guruhga bo`linadi: Umumiy 



georgaik kartalar va mavzuli kartalar. 

Umumiy geografik kartalarda joyning geografik sharoitining asosiy 

tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: rel'ef, daryo, ko`l, 

muzliklar, tuproq va o`simlik qoplami, aholi yashaydigan manzillar, 

xo`jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo`llari, chegaralari va boshqalar.  

Mavzuli kartalar o`z o`rnida ya'ni ikki guruqga bo`linadi:  



 

Tabiiy kartalar va ijtimoiy-iqtisodiy kartalar 

 

 

Tabiiy geografik kartalar tarkibiga - yer yuzasi va okean tagi 

rel'efi, iqlim, tuproq, o`simlik, hayvonot, landshaft, tabiatni muhofaza 

qilish, foydali qazilma konlari kartalari kiradi.  

 

Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar tarkibiga - iqtisodiy, tarixiy, madaniy, 

siyosiy, siyosiy-ma'muriy kartalar kiradi. 

 

Vazifasiga ko`ra kartalar yana ilmiy, madaniy va tashviqot, texnik, 



sayohat, o`quv kartalariga bo`linadi. 

O`quv kartalari geografiya, tarix va boshqa fanlarni o`qitishda muhim 

manba sifatida hamda mustaqil ta'lim olish uchun asosiy ma'lumotlar 


 

7

manbai sifatida ishlatiladi. Ular o`z navbatida boshlang’ich, o`rta va oliy 



ta'lim kartalariga bo`linadi. 

 

Geografik atlaslar va ularning turlari 



 

Atlaslar to`la va aniq ma'lumotlarga ega bo`lgan, yagona dastur 

asosida tuzilgan, tartibga solingan kartalar to`plamidir. "Atlas" atamasi 

fanga mashhur kartograf Jerard Merkator (1512-1594) tomonidan 

kiritilgan. U o`zining zamonasi uchun noyob bo`lgan mohirona tuzilgan 

ilmiy qiymatga ega butun yer sharining kartasini tuzdi. Jerard Merkator 

o`zining kartalar to`plamini afsonaviy Liviya shohi, birinchi osmon 

globusi avtori Atlas sharafiga Atlas deb nomladi. O`shandan buyon 

kartalar to`plami atlas deb ataladi. Birinchi kartalar to`plami II asrda 

Klavdiy Ptolemiy tomonidan tuzilgan. Hozirgi zamon atlaslarining 

asosiy xususiyatlari undagi kartalarning bir butunligi, bir-biriga 

muvofiqligi va bir-birini to`ldirilishidir.  

Atlas ham katalarga o`xshab juda xilma-xil bo`ladi. Ular qamrab 

olgan, maydonlarga qarab sayyoralar, dunyo, materiklar, tabiiy 

geografik o`lkalar, davlatlar, viloyatlar. atlaslariga , mazmuniga qarab 

umumiy geografik va mavzuli atlaslarga bo`linadi. Vazifasiga ko`ra 

ilmiy, ommabop (o`lkashunoslik), o`quv atlaslari, sayohatlar va yo`llar 

atlaslariga bo`linadi. 

-  Ilmiy atlaslar  ma'lum bir joy haqida to`la ilmiy asoslangan ma'lumot 

beruvchi atlasdir. Bunday atlaslarda ma'lum bir joyning tabiiy sharoiti, 

xo`jaligi, aholisi va majdaniyati ko`rsatiladi. Bunday atlaslarni karta 

ko`rinishidagi qomus desa ham bo`ladi.  

-  Ommabop (o`lkashunoslik atlaslar) keng o`quvchilar ommasiga 

mo`ljallangan bo`lib, ulardan foydalanish juda qulay va oson qilib 

kuzatiladi. Ularda rasmlar, chizmalar, ma'lum bir hudud to`g’risidagi 

ma'lumotlar, tarixiy yodgorliklar ko`rsatiladi. 

-  O`quv atlaslari  maktablar va oliy o`quv yurtlarida foydalanishi 

uchun mo`ljallanadi. Atlasning turlari unda ko`rsatilgan ma'lumotlarning 

aniqligi o`quv dasturiga qarab har xil bo`lishi mumkin. 

Talabalarning o`zlashtirgan nazariy bilimlarini mustahkamlash 

uchun, amaliyot darslarida, mustaqil ishlarni bajarishda matnli 

manbalardan tashqari, tasviriy manba sifatida atlasdan foydalanish 

muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar atlas bilan ishlash uchun maxsus 

qoidalarga amal qilishi lozim. Talabalar dastlab atlasni mundarijasi bilan 

tanishib chiqishi zarur. Atlas tarkibiga geografik kartalar, joy planlari, 

sxemalar, kosmik-suratlar, fotosuratlar va rasmlar kirgan. 



 

8

Ma'lumotnoma bo`limida eng muhim daryolarning uzunligi, hatto ko`l 



va orollarning maydoni, eng baland toq cho`qqilari va okeanlarning eng 

chuqur joylari (qari) va shu kabi statistik ma'lumotlar berilgan. 

Atlas kartalari bilan ishga kirishishdan oldin:  

1.  Karta nomini o`qish;  

2. Qaysi hudud tasvirlanganligini aniqlash; 

3.  Uning miqyosi (masshtabi) bilan tanishish; 

4.  Kartadagi hamma shartli belgilar va uning izohini o`rganish zarur. 

Atlas bilan ishlashning eng asosiy qoidalaridan biri - darslikda 

berilgan matnga mos bo`lgan geografik ob'ektni kartadan, fotosu’ratdan 

va rasmlardan topish ushbu ob'ektlarni izohlash va tuzishda atlasning 

ma'lumotnoma bo`limidan foydalanish zarur. Talabalar kartani o`qishni 

o`rganib, ularni rasmlar va sxemalar bilan solishtirib sayyoramiz tabiati 

va aholisi haqida ko`p  yangi va aniq bilimlarga ega bo`lishadi. 

Geografik ob'ektlarning ba'zi bir nomlarini devoriy kartalardan topish 

qiyin, shuning uchun bunday vaqtda geografik atlaslardan va ulardagi 

nomlar ko`rsatkichidan foydalangan ma'qul. Masalan, kartada Atakama 

cho`lini topish kerak bo`lsin. Buning uchun "Dunyo atlas"ining, birinchi 

tomini va bu atlasdagi "Ilova"ni, ya'ni geografik nomlar ko`rsatkichini 

olasiz, ko`rsatkichdan alfavit bo`yicha 33-betdan "Atakama" so`zining 

va uning yonidagi 263-264 V-3 raqamlarini topamiz. Bu raqamlar qidiri-

layotgan "Atakama" nomi Dunyo atlasining 263-264 betlarida ekanligini 

ko`rsatadi. "V" qarfi kerakli nomni kartani vertikal  ramkasi bo`yicha, 

"3" raqami esa gorizontal ramkasi bo`yicha ko`rsatadi. Demak, 

"Atakama" cho`li "Dunyo atlasi"ning 263-264 betlaridagi V-3 kvadratda 

berilgan. Kerakli ob'ekt atlas kartasidan topilgandan keyin uni devoriy 

kartadan topish oson bo`ladi.  

 

Globuslar va ularning turlari 

 

 

Globus yerning juda kichraytirilgan modeli bo`lib, unda yer yuzasi, 



materiklar va okeanlar, tog’lar va tekisliklar shakli o`ziga o`xshatib aniq 

va to`g’ri tasvirlanadi.  

 Birinchi 

globusni 

vatandoshimiz Abu Rayqon Beruniy XI asr 

boshida yasagan. Keyinchalik shu asosda XVasrda nemis olimi Marten 

Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yasalgan. 

 

Globuslar masshtabiga ko`ra o`rta va yirik masshtabli bo`ladi. 



Mayda masshtabli globuslar eng kichik hisoblanadi, ularning masshtabi 

1:83000000; o`rta masshtabli globuslar 1:30000000 ga teng. Bulardan 

tashqari o`quv va boshqa maqsadlar uchun juda yirik masshtabli ulkan 


 

9

globuslar ham yasaladi. Ana shunday globuslardan biri O`zbekiston 



Milliy Universitetining geografiya fakultetida o`rnatilgan. Uning 

gorizontal masshtabi 1:7000000; vertikal masshtabi esa 1:200000. Bu 

globusdan tog’larning balandligini, okeanlarning chuqurligini bemalol 

o`lchash mumkin. 

 

Globusning og’irligi 500 kg ga yaqin. Balandligi 2,5 metr, diametri 



2 metr. Globus 1984 yilda olib kelib o`rnatilgan. Ushbu globus mashhur 

o‘zbek geograf olimi X. Xasanovning tashabbusi va bevosita jonbozligi 

tufayli Rossiyaning Perm shahrida yasatilib, O`zbekiston Milliy 

Universitetining geografiya fakul’tetida o`rnatilgan. 

 

Kartalarning shartli belgilari 

 

 

Voqea va hodisalar hamma kartalarda ham ma'lum shartli belgilar 



bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar kartalarni boshqa geografik 

ma'lumotlar manbalaridan ya'ni, aerosu’rat, kosmiksu’rat, jadval va 

hakozolardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli 

belgilarga qarab voqea va hodisalarning joylanishini, miqdorini, sifatini 

bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo`linadi.  

 

Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning 

haqiqiy o`lchamlari tasvirlanadi. Masalan, tayga o`rmonlari egallagan 

maydonni, muz qoplagan yerlar maydonini bilish mumkin.  

 

Masshtabsiz shartli belgilar bilan kattalarning masshtabida 

ko`rsatib bo`lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Masalan, turli 

xil shakllar, xomaki chizmalar, harfli belgilar, aholi yashaydigan joylar, 

GESlar, foydali qazilma konlari belgilari masshtabsiz bo`ladi. 

 

Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo`llar, chegaralar ko`rsa-

tiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo`nalishi, 

o`rmondagi daraxtlarning turlari ko`rsatiladi. Ulardan tashqari yozuvli, 

harfli, sonli shartli belgilar ham bo`ladi. 

 

Kartalarda voqea va hodisalar quyidagi usullar bilan tasvirlanadi. 



Belgili usuli bilan karta masshtabida tasvirlab bo`lmaydigan narsalar, 

voqea va hodisalar tasvirlanadi. Belgilar  geometrik shakl, harflar va 

rasmlar bo`lishi mumkin. Belgilar o`zining kattaligi, rangi va shakli 

bilan voqea va hodisalarning ta'rifini beradi. Chiziqlar usuli bilan  

asosan uzun cho`zilgan geografik ob'ektlar - daryolar, yo`llar, chegaralar 

tasvirlanadi.  Rang berish usuli voqea va hodisalarning hududiy 

tarqalishini tasvirlanishida qo`llaniladi. Masalan, o`simlik, tuproq 

kartalari rang berish usulida tuziladi. Teng qiymatli chiziqlar usuli 

asosan bir xil qiymatga ega bo`lgan voqea va hodisalarni tasvirlanishida 


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 

https://kitobxon.com/oz/asar/616

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 

https://kitobxon.com/uz/asar/616

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/616



Download 296.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling