Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Ota-onalar uchun maslahatlar


Download 308.66 Kb.
bet12/52
Sana09.09.2022
Hajmi308.66 Kb.
#803012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
1-4 класс корекцион
Задачник по медицинской генетике, amaliy va tizimli dasturiy taminot , Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Doc1, Turatov Xurshid 6 top.psixologiya , KORRUPSIYA JAMIYAT INQIROZI, dildor3tema, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, algo lab-5, world, assessment handbook, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris
Ota-onalar uchun maslahatlar
Har qanday bola – u a’lochi yoki pastroq baholar olsa ham, harakatlari sustroq yoki harakatchan, rostgoʻy yoki yolgʻonchiroq boʻlsa ham hurmatga va qadrlanishga loyiqdir.
Shuni yodda tutingki, bola toʻliq kamchiliklardan, zaifliklardan, muvaffaqiyatsizliklardan iborat emas. Har bir bolada oʻziga yarasha afzalliklar bor, faqat buni koʻra bilish kerak
Bolani maqtashdan charchamang. Ijrochini maqtash, ijroni tanqid qilish kerak.
Bolaning oldiga u bajara oladigan vazifalarni qoʻying.
Doimiy ta’qiqlashdan koʻra ba’zi narsalarga ruxsat berish ular uchun foydali.
Buyruq ohangida gapirishdan cheklaning, aksincha uni oʻzingizga teng ravishda koʻrib maslahatlashing.
Agar jazo zarur boʻlsa, xuddi shu xatolar uchun ikki marta jazolamaslikni unutmang.
Bola nima uchun jazolanayotganini tushunishi kerak.
Bola oldiga qoʻyiladigan talablarni koʻpaytirishdan avval uning avvalgi yutuqlarini yana bir bor ta’kidlang.
III. 2-SINF OʻQUVCHILARI BILAN OʻTKAZILADIGAN PSIXOLOGIK MЕTODIKALAR

Zina” testi.


Testning maqsadi: boladagi oʻziga boʻlgan ishonchni aniqlash.
Yosh: 1- 4-sinf.
Oʻquvchilarga quyidagi vazifa beriladi:
“Bolalar, qoʻlingizdagi qogʻozga 10 ta zinani chizing (psixolog bu zinalarni doskaga chizib koʻrsatadi). Eng pastki zinaga chiqa oladigan oʻquvchilar past bahoga oʻqishar ekan. Ikkinchi zinaga oʻrtacha oʻquvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli oʻquvchilar chiqa olishar ekan. Oʻzingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. Oʻqituvchingiz sizni qaysi zinaga chiqaradi, deb oʻylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, deb oʻylashadi?
Testni baholash:
1-3 zina - oʻziga past baho berish;
4-7 zina - oʻziga adekvat baho berish;
8-10 zina - oʻziga yuqori baho berish.
“Zina” metodi maktabgacha boʻlgan bolalarda va birinchidan toʻrtinchi sinfgacha boʻlgan bolalarda oʻziga boʻlgan ishonchni aniqlash testidir. Bu test orqali bola oʻzidagi imkoniyatlarni, hozirgi ahvolini anglab yetadi. Real “Men” bilan, maqsad qoʻyganidagi paydo boʻlgan “Men” iga oʻzini solishtiradi. Real ichki “Men” ni bilan orzusidagi “Men” ining mos kelishi bolaning ruhiyatidagi kuchni ifodalaydi. Bolaning oʻziga ishonchi oʻz resurslarini toʻgʻri baholay olishi orqali shakllanadi. Resurslariga katta baho berish ota-ona tomonidan ortiqcha maqtovlar sababli paydo boʻlayotgan boʻlishi mumkin. Resurslariga past baho berish esa, ota-ona tomonidan bolaga past nazar bilan qarash orqali boʻlishi mumkin. Oʻqituvchiga ikkala holat ham noqulaylik tugʻdiradi.
Mavjud boʻlmagan hayvon” metodikasi
Ushbu metodika oʻz mazmuniga koʻra proyektiv metodikalar katoriga kiradi. Uning yordamida shaxsning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari haqida ma’lumot toʻplash mumkin. Metodika yoʻnaltiruvchi xarakterga ega boʻlganligi sababli, u tadqiqot batareyasiga kiruvchi metodikalardan biri sifatida qoʻllaniladi.

Download 308.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling