Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Download 308.66 Kb.
bet22/52
Sana09.09.2022
Hajmi308.66 Kb.
#803012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
1-4 класс корекцион
Задачник по медицинской генетике, amaliy va tizimli dasturiy taminot , Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Якуний назорат саволлари 15б 16МТ учун Машина деталларини ишлаб(1), Doc1, Turatov Xurshid 6 top.psixologiya , KORRUPSIYA JAMIYAT INQIROZI, dildor3tema, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, Sugurta ishi uq kirill 5a3ce, algo lab-5, world, assessment handbook, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris, Kt va telekomunikatsiya O'rolov Abdulvoris
OTA-ONALAR YIGʻILISHLARI

Mavzu: “Bolani hayotida kun tartibini ahamiyati ”
Jismonan sogʻlom, aqlan rivojlangan, terang fikirli yoshlarni tarbiyalash xar bir pedagogning eng oliy vazifalaridan biridir. Oʻqituvchining vazifasiga oʻquvchilarga ta’lim bilan birgalikta tarbiya berish va xar bir berilgan vazifani oʻz vaqtida bajarishga oʻrgatish yotadi. Ta’lim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning kun tartibini toʻgʻri tuzish va unga amal qilishni oʻrgatish ijobiy natijaga erishishga olib keladi. Oʻquvchilarda kun tartibini toʻgʻri shakllantirish vaqtni toʻgʻri taqsimlashga, tartibli boʻlishga oʻrgatadi. Kun tartibini tuzish va unga amal qilishni boshlangʻich sinfdan boshlash “kun tartibi” shartli refleksni vujudga keltiradi. Kun tartibi inson shaxsiy gigienasining asosiy tarkibiy qismi boʻlib, u toʻgʻri ovqatlanish, dam olish, ta’lim olish kabi qator tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi.
Bugungi kungacha oʻquvchilarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, kun tartibini shakllantirish boʻyicha esa ilmiy-tadqiqotlar olib borilmaganligi ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot olib borishni taqoza etadi. Ayniqsa, bu jarayonni maktab oʻquvchilarining boshlangʻich sinflarida olib borilishi bolada yoshligidan tartib-intizomlilik va ma’suliyatlilik kabi xislatlarning paydo boʻlishiga olib keladi.
Toʻgʻri tuzilgan kun tartibi oʻquvchining kun boʻyi bajaradigan asosiy faoliyatini tartiblashtiradi, aqliy va jismoniy mehnatni, vaqtida ovqatlanishni, badan tarbiya qilishni, dam olishni toʻgʻri olib borishga imkoniyat yaratib beradi.
Kun tartibidagi ertalabki badan tarbiya bolaning uyqusini qochirib, oʻquv faoliyatiga tez kirishib ketish imkon beradi, asab tizimi tonusini oshirib, ichki aьzolar, ayniqsa, yurak tomirlar tizimi ishini yaxshilab, bolani tetiklashtiradi va ancha irodali boʻlishga yordam beradi .
Xar kuni oʻz vaqitda ovqatlanish organizimga ijobiy taьsir koʻrsatadi, natijada ovqat vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo boʻladi, ovqat tez va yaxshi hazim boʻladi. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmda sarflanadigan energiyani qoplashi kerak. Kun tartibining asosiy qismi boʻlgan uyqu oʻquvchi kun tartibining asosiy elementlaridan biri. Gigienik jixatidan toʻlaqonli uyqu asab tizimini toliqib qolishdan saqlaydi, uxlaganda organizimdagi hamma aьzo va toʻqimalar, jumladan, bosh miya poʻstlogʻi ham orom oladi. Nerv hujayralari oziq moddalar zahirasiga toʻlib, quvvat yigʻadi, organizim yangi mehnat kuniga tayyorlanadi.
Uyquga qoniqmaslik oʻquvchilarning ish qobiliyatiga salbiy taьsir koʻrsatadi. Oʻquvchilarga kun tartibini oʻrgatish orqali ularda “kun tartibi” shartli refleksni shakillanadi.
Kun tartibini toʻgʻri tuzish va ularga amal qilishni oʻrgatish orqali oʻquvchilarning sogʻligʻiga, ruhiyatiga, jismoniy rivojlanishiga, tarbiyasiga, bilimiga ijobiy taьsir koʻrsatadi va fanlarni oʻzlashtirish darajasini va bilim samaradorligini oshiradi.
Oʻquvchilar kun tartibiga amal qilishni boshlangʻich sinfdan boshlasak, ularda odat tusiga aylanadi va oʻquvchilarda kun tartibi shartli refleksi paydo boʻladi, taьlim- tarbiya samaradorligini, bilim sifatini yuqori boʻlishiga yordam beradi


Download 308.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling